BOLAJONLARGA...  ( 65239 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 19 B


Muhammad Amin  15 Mart 2009, 04:17:17

Namoz dinning tayanchidir. Payg’ambarimiz s.a.v. farzandlarimizga 7 yoshdan namoz o’qitishni buyurganlar.
Quyidagi jadvalni yuklab olib, bosmadan chiqaring hamda har bir o’qilgan namozi uchun farzandingizni bitta yopishtirgich(nakleyka) bilan siylang va mos katakchaga yopishtiringlar. Jadvalni har bir oy uchun chiqaring hamda har oyning ohirida yopishtirgichlarni sanab, musobaqa shaklida qilsangiz ham bo’ladi. 





Qayd etilgan


Muhammad Amin  15 Mart 2009, 04:24:36

Odam ato va Momo Havo

Juda qadim zamonlarda hozir biz yashab turgan yer yuzida hech kim yashamas edi.
Alloh taolo, Meni tanib ibodat qilsinlar va yer yuzida imorot qurib, ekinlar eksinlar, deb insonlarni yaratmoqchi bo'ldi.
Alloh maloikalarga:
-Yerda o'zimga bir halifa yarataman,- dedi
Maloikalar:
- Yo Robbiy, u yerda buzg'unchilik qilib, qon to'kadigan kishilarni yaratasanmi? Biz senga shaningni ulug'lab, ibodat qilyapmiz-ku,-deyishdi.
Alloh shunday marhamat etdi:
-Men siz bilmagan narsalarni bilaman.
Maloikalar jim bo'lib qolishdi va bir-birlariga qarab:
-Shubhasiz, Robbimiz har narsani bilguvchidir va foydasiz hech bir narsani yatarmaydi,-deyishdi.
Keyin Alloh ularga:
- Ey maloikalarim! Men insonni tuproqdan yaratib, shakl beib, O'z ruhimdan jon kiritganimda hammangiz unga sajda qilsiz,-dedi.
Maloikalar:
-Ey buyuk Robbimiz, amringga bo'ysunib, Senga itoat qilamiz,-deyishdi.
Alohning bu amri faqat SHaytonga ma'qul bo'lmadi. Shayton o'ziga bino qo'ygan, Alloh bandalari ichida o'zini hammadan ustun deb bilar edi.
Nihoyat Alloh Odam mayg'ambarni yaratib, unga o'z ruhidan jon ato etdi. Maloikalar shu zahoti Odam Atoga sajda qilishdi. Shayton esa g'ururlanib, isyon etdi, Odamga sajda qiliushdan bosh tortdi va Allohning buyrug'iga qarshi chiqdi.
Alloh isyonkor Shaytonda so'radi:
-Nega amrimga bo'ysunmading? Seni sajda qilishdan nima qaytardi?
Shayton:
- Meni olovdan, uni bo'lsa loydan yaratding. Men undan ustunroqman,-deb javob berdi.
Bu ishi uchun Alloh g'azab qildi, Shaytonni jannatdan quvib:
- Tush jannatdan, yo'qol! Sen endi la'natga duchor bo'lding,-dedi,
Alloh taoloning g'azabiga uchrab jannatdan quvilgan shayton nima qilishini bilmay olgan edi.
Keyin shunday dedi:
-Ey Robbim! Meni Odam Ato tufayli jannatdan mahmm etdingt. Endi men ham uni va zurriyotlarini tog'ri yo'ldan adshtirib, ularga yomonlik qilaman. Ularni axloqsizlik va tarbiyasizlikka o'rgataman.
Alloh taolo marhamat qilib dedi:
-Ey jannatimdan quvilib, rahmatimdan uzoqlashtirilgan shayton, men tuproqdan yaratganim Odam Ato va zurriyotlariga aql berdim. Ular aqllari bilan yaxshini yomondan ajratib, senga quloq solmaydilar. Ular ichida senga ergashganlar esa, qilmishlariga o'zlari javobgardirlar, ularni jazolab do'zoxga tashlayman. Ammo shuni bilginki, aqlli va yaxshi bandalarini to'g'ri yo'ldan aslo adashtira olmaysan. Senga qiyomat kunigacha muhlat beraan.
Har narsani yaxshi bilgan Ulug' Alloh Odam Atoning maloikalardan ko'ra biimli ekanini va inson Alloh nazdida ustun bir mavjudot ekanligini ko'rsatishga ixtiyor qildi. Ularning oldiga turli hayvob va qushlarni chiqarib:
- Ey maloikalarim! Sen har narsani yaxshiroq bilguvchisan. Biz Sen o'rgatganlardan boshqa narsani bilmaymiz,- deyishdi.
Shu payt Alloh taolo Odam Atoga qarab:
- Ey Odam! Bularning otlarini maloikalarga aytib ber,-dedi.
Odam Ato hayvon va qushlarning otlarini birma-bir sanab o'tgach, Alloh taolo shunday dedi:
-ey maloikalarim, ko'rdingizmi? Men sizga, osmonlarda va yerda yashirin va chiq nima bo'lsa bilaman, siz oshkor qilgan va yashirgan narsalarni ham bilaman, demaganmidim?
Keyin Alloh taolo Odamni jannatga kirgizdi. Odam Ato u yerda bir o'zi yashar, jannat mevalarida tanovul qilib, suvlaridan ichar edi. Lekin suhbat qurish uchun o'z jinsidan biron kishini topa olma edi. Buni yaxshi bilgan Alloh taolo unga rahm qilib, birga yashashsin degan maqsadda o'z jinsidan bir hamroh yaratishni ixtiyor etdi.
Bir kuni Odam Ato uxlab, keyin uyqudan uyg'ondi. Ko'zini ochib yonida avval hech ham uchratmagani bir ayol o'tirganini ko'rdi. Hayron bo'lib so'radi:
-Sen kimsan? Isming nima?
Ayol javob berdi:
- Men bir ayolman. Lein ismimni bilmayman.
Odam Ato unga sevinch va hayrat aralash qarab chiqdi.
Ayol jonli ekanini va harakat qilayotganini ko'rib hayajondan hayqirib:
- Sen Havosan,- dedi.
Shu payt maloikalar kelib, Odamning bilimini sinash uchun undan hamrohining kimligini so'rashdi:
- Ey Odam, ayr-chi, uning ismi nima?
- Uning oti Havo,- deb javob berdi Odam Ato.
Endi Odam Ato va Momo Havo jannatda birgalikda huzur-halovat ichida yashay boshlashdi. Istagan noz-ne'matlari muhayyo edi. Qo'rquv va tashvish nimaligini bilishmasdi.
Bir safar Alloh taolo odamga shunday dedi:
- Ey Odma! Hamrohing bilan jannatda omon va salomat ichida yashanglar. Istaganingizni yeb-ichig, ammo mana bu daraxtga yaqinlashmanglar, aks holda zolimlardan bo'lib qolasizlar.
Alloh ularga barcha daraxtlardagi mevalardan tanozul qilishga ruxsat berib, faqat bir daraxtga yaqinlashishni man etgan edi. Alloh taolo insonning nafsiga hokim bo'lishi va irodasini mustahkamlashi uchun shunday qilgan edi. Odam Ato va Momo Havo Ulug' Allohning amriga itoat qilin, jannatda baxtiyor yashay boshladilar.
Alloh taolo ularni shaytonning hiylasiga uchmaslik va aldanib qolmasliklari uchun ogohlantirdi:
-Ey Odam! Darxaqiqat, shayton sening va hamrohingni dushanidir. Ehtiyoe bo'ling, u sizlarni jannatdan chiqarmasin, aks holda badbaxtlardan bo'lib qolasiz.
Odam Ato va Momo Havo jannatda huzur va halovatda yashab turganii ko'rgan shayton har xil hiylalar o'ylab topib, ularni to'g'ri yo'ldan adshtirmoqchi bo'lardi.
Bir payt ularning yoniga suqulib, shivirlab dedi:
- Ey Odam, senga mangulik daraxtini va abadiy davom etuvchi saltanatni ko'rsataymi?
Odam Ato shaytonga qarab:
- Nima ekan u? Qani ko'rsat, - dedi.
Shayton unga barmog'i bilan Alloh taqiqlagan daraxtni ko'rsatdi. Odam Ato unga ishonmadi va yonidan haydab yubordi. Ammo shayton yana boshqa tomondan ularga yaqinlashib shivirlardi:
- Robbingiz bu daraxtni nima uchun taqiqlaganini bilasizmi? Agar uning mevasidan yesangiz, maloika bo'lasiz, yoki jannatda abadiy qolasiz. Alloh sizning bu yerda qolmasligingiz uchun buni taqiqladi. Qani, yeb ko'ringlar mevadan.
Odam Ato shaytonga quloq osmay, undan uzoqlashdi. Shayton esa yana orqasidan kelib, Alloh nomi bilan qasam ichib, shunday dedi:
- Menga ishoning, darhaqiqat, men sizga go'zal bir nasihat beryapman.
Odam Ato va Momo Havo iblisning Allhga qasam keltirganini ko'rib, o'zlaricha o'ylay boshlashdi:
- Birov yolg'on gap uchun Alohga qasam keltirmaydi. htimol tog'ri aytayotgandir.
Keyin borib Alloh taqiqlab qo'ygan daraxtning mevasidan yeyishga boshladilar.
Meva ichlariga tushishi bilan birdaniga yalang'och bo'lib qolishdi. Bir-birlaridan uyalib ketib, daraxt barglari bilan badanlarini bekita boshlashdi. Ular nima qilishni bilmay qolgan edilar. Allohdan iyzo chekib, uyatli bo'lib, uzoqlarga qochdilar. Chunki, Alloh taolo ularni ko'rib turar, taqiqlagan mevadan yeb, isyonga kelganlarini yaxshi bilar edi.
Alloh, qochib ketayotgan Odamga qarata:
- Ey Odam! Mendan qochayapsanmi> - dedi.
Odam Ato:
- Yo'q, ey Robbiy. Sendan aslo qocha olmayman. Ammo qilmishim uchun sendan uyalmoqdaman, - deb javob berdi.
Alloh marhamat qilib dedi:
- Men sizga u daraxtni taqiqlab qo'ymaganmidim? Shayton sizga ochiq dushman ekanligini aytmaganmidim?
Nega amrimga qarshi keldingiz?
ODdam Ato va Momo Havo:
- Yo Robbiy, bizni mag'firat qil, gunohimizni kechir,
Bizni avf et, yo Robbiy, - deyishdi.
Ulug' Alloh ulartga marhamat qildi:
- Men sizga amr berdim, buyurdim, siz esa, buyrug'imga qarshi ish qildingiz,- dedi. Odam Ato va Momo havo yana yolvorib:
- Ey Robbimiz! O'zimizga zulm qildik, agar bizni avf etib, gunohimizdan kechmasang, shubhasiz, katta ziyonga uchraganlardan bo'lib qolamiz, - deyishdi.
Ulug' Alloh Odam Atoga xitoban:
- Senga eng buyuk ne'matni, jannatni berdim. Istagan har narsangni muhayyo qildim. Bu ehsonlarim kamlik qildimi, u daraxtga yaqinlashding? - dedi.
Odam Ato:
- Izzatingga qasamki, birov sening pok nomingni o'rtaga qo'yib qolg'on qasam keltirishni bilma edim, - dedi.
Alloh taolo yig'lab turgan Odam Atoga marhamat ila:
- Izzatimga qasamki, endi sen yer yuziga tushasan, charchoq va te to'kish evaziga kun kechirasan, - dedi.
Keyin esa, Odam Ato, Momo Havo va la'nati shaytonga xitob qilib dedi:
- Bir- biringizga dushman bo'lgan holda yer yuziga tushing. U yerda ma'lum muddatgacha qolib, hayot kechirasiz.
Shaytonga aldanib Alloh taoloning g'azabiga uchragan Odam At qilmishiga pushaymon bo'lib, yig'lay boshladi.
- Yo Robbiy, meni avf et, yo Robbiy, gunohimdan o't, meni kechir, - deya yolvordi.
Nihoyat, Alloh taolo unga rahmat ko'rsatib, tavbasini qabul qildi va gunohini kechirdi.
Shubhasiz, Alloh taolo o'z xatosiga pushaymon bo'lib, tavba qilganlarni kechiradi. Chunki U cheksiz marhamat egasidir!

Qayd etilgan


Muhammad Amin  15 Mart 2009, 04:25:32

QOBIL VA HOBIL

    Odam Ato va Momo Havo jannatdan quvilib yer yuziga tushganlaridan keyin birgalikda hayot kechira boshladilar. Endi ular jannatdagidek istagan noz- ne'matlarni topa olmasdilar. Oziq-ovqat topish uchun ertalabdan kechgacha ter to'kib ishlashlariga to'g'ri kelardi. Ular yer yuzida yolg'iz bo'lganlari uchun Allohdan o'zlariga o'xshash insonlar yaratishini va dunyoning hamma tomonlariga yoyilib yashashlarini duo qilib so'rashdi. Shu tariqa, Alloh taoloning marhamati bilan ulardan farzandlar tug'ulib yer yuziga yoyila boshladilar. Bugun yer yuzida yashab turgan barcha insonlar Odam Ato va Momo Havoning zurriyotlari hisoblanadilar.
Endi sizlarga Oam Ato va Momo Havodan tug'ilgan ilk farzandlar Qobil va Hobil xaqidagi hikoyani naqil qilamiz.


    Qobil va Hobil voyaga yetib, oilani tebratishda otalariga qarashadigan bo'lib qolishdi. Qobil Hobildan katta bo'lsa ham, lekin Hobil akasidan ko'ra kuchli va quvvatli edi. U yumshoq qalbli, mehribon bo'lgani uchun hayvonlarni yaxshi ko'rardi. Odam Ato bu ikki o'g'ilga ro'zg'or ishini bo'lib bermoqchi bo'ldi. Qobilga yer haydash va ekin ekish ishlarini topshirdi. Chunki u qattiq qalbli va dag'al edi. Hobilga esa mol va qo'ylarni boqish vazifasi berildi.


    Alloh taolo Odam ato va farzandlarining rizqini yanada barakali qildi. Odam Ato bunday hisobsiz ne'matlari ehson qilgan Alloh taologa qanday shukr qilish kerakligini farzandlariga o'rgatmoqchi bo'ldi. Qobil va Hobilga bir tog'ning tepasiga chiqib, topgan-tutgan rizqlaridan ma'lum bir qismini u yerda qolib keldirishlarini bildirdi. Bu narsa Alloh taolo yo'lida qurbonlik va mollarining zakoti o'rniga o'tishi lozim edi.


    Yaxshi bir inson bo'lgan Hobil bu ishdan juda mamnun bo'ldi. Qobil esa qovog'ini osib: <<Nega endi qiynalib topgan mollarimni tog'ning tepasiga eltib tashlar ekaman?>> deb o'ylar edi. Lekin otasining buyrug'iga qarshi kela olmadi.


    Hobil darhol qo'ylarining oldiga borib ularning ichidan eng yaxshisini tanlab oldi va qurbonlik uchun so'ydi. O'ziga bunchalik ne'matlarni ato etgan Alloh taologa tashakkur sifatida amalga oshirgan bu ishidan qalbi quvonchga to'lgan Hobil hayajonlaib ketgandi. Qobil bo'lsa xo'mrayganicha borib yiqqan meva-sabzavotlaridan eng yomonlaini va chiriganlarini ajratib, aytilgan tepalikka keltirib tashladi. Uning qalbi va niyati buzuq bo'lgani uchun hadyasi ham shunga yarasha edi. Bu ish unga yoqmagandi.


    Ertasiga Odam Ato o'g'illarini olib kimning qurbonligi qabul bo'lganligini bilish uchun tog' tepasiga yo'l oldi. Hobilning hadyasi u yerda yo'qligini ko'rib Alloh uni qabul qilganini tushundi. Qobil qo'yib ketgan chirik mevalar esa o'shandayligicha turgan edi. Uning hadyasi qabul bo'lmagandi.


    Hobil xursandligidan Allohga hamdu sanolar aytar, Qobil esa, jaxli chiqib, ukasiga hasad bilan qarab turar edi. U otasiga qarab shunday dedi:
    - Siz Qobilga duo qilganingiz uchun Alloh uning hadyasini qabul etti. Menga esa duo qilmadingiz. Siz meni sevmaysiz.
   Odam Ato esa:
    - Og'lim, Alloh taolo Hobilning hadyasini qabul qildi. Chunki u ochiq ko'ngillik bilan molinig eng yaxshisini Allohga atadi. Sen esa qora niyat bilan mollaring ichidan eng yomonini ataganing uchun Alloh sening hadyangni rad etdi, - dedi.


    Hobil orqasiga qaytdi. Qobil esa hasad va nafrat to'la ko'zlari bilan ukasinig orqasidan qarab qoldi. Keyin asta-sekin uning izidan yura boshladi. Qobilning qovog'idan qor yog'ardi. U o'zini qo'yishga joy topolasdi. Chunki Alloh ukasini undan ustun qilgan edi. U sira ham o'zini aybdor deb bilmasdi. Aksincha, hammasi uchun ukasini ayblar edi.


    Shu asnoda shayton kelib Qobilning qulog'iga pichirlab uni vasvasaga sola boshladi:
    - Nega qarab turibsan? Ukangni o'ldir. Hobilni o'ldir!

    Qobil aqldan ozgandek ukasiga yetib olish uchun tez-tez qadam tashlashga tushdi. Shayton ham undan bir qadam orqada qolmay u bilan yonma-yon borar, uni qotillikka undar edi. Qobil ukasiga yetib borib baqirdi:
    - To'xta seni o'ldiraman!
    Hobil xech narsaga tushunmay hayron bo'lib qoldi.
    - Nega men o'ldirmoqchisan?- deb so'radi.
    Qobil jaxli bilan tishlarini g'ichirlatib shunday dedi:
    - Chunki otam seni mendan ko'poq sevadi. Alloh ham sening hadyangni qabul qildi.
    Hobil unga javoban yumshoq ovoz bilan:
    - Meni o'ldirganing bilan xech narsa o'zgarib qolmaydi-ku. Agar meni o'ldirsang unda otam seni umuman yaxshi ko'rmaydi. Alloh Taolo ham sendan g'azablanadi, bu ish uchun seni xech qachon kechirmaydi, - dedi.


    Bu gaplar Qobiga zarracha ta'sir qilmadi. Hasad o'ti uning butun vujudini qoplab olgan edi. Jahl bilan kelib ukasining yoqasidan tutib:
   - Seni o'ldirmasam ko'nglim joyiga tushmaydi. Seni o'ldiraman, o'ldiraman!- deya baqira boshladi.
   - Agar meni o'ldirsang, hech qachon halovat topmaysan, Sen mani o'ldirish uchun qo'l ko'tarib turibsan. Lekin men sendan kuchliroq bo'lsam ham, qo'l ko'tarmayman. Olamlarning Robbi bo'lgan Alloh taolodan qo'rqaman.

     Keyin Hobil asta-sekin yurib ukasidan uzoqlashdi. Qobil esa boshini yerga egib nafrat bilan: << Baribir uni o'ldiraman!>> deb tong'illar edi.

   Qobil g'am-alamga botib uyiga qaytdi. lekin xech uxlay olmadi. Bo'lib o'tgan voqealar bir-bir ko'z oldidan o'tar edi. La'nati shayton yana qulog'iga kelib pichirlashga tushdi:
   - Hobildan qutulish uchun uni o'ldirishing kerak. Hobilni o'ldir! Hobilni o'ldir!
   Shayton tinmay vasvasaga solar edi. Ertalab o'rnidan shahd bilan turib ukasi qo'y o'tlayotgan dalaga yo'l oldi. U endi nima bo'lsa ham, Hobilni o'ldirishga ahd qilgan edi.


    Hobil har doimgidek hushchaqchaq bir kayfiyatda qo'ylarini o'tlatardi. Qobil uni xursandligini ko'rib yana ham qattiqroq jahli chiqdi. Yana shayton kelib:
    - Uni o'ldir, maqsadingga yetasan, - dedi.
    Qobil atrofiga qaradi. Katta bir toshga ko'zi tushdi. Uni olib telbalarday ukasiga hamla qildi. Toshni ast ko'tarib uning boshiga tushirdi. Hobil yerga yiqildi. Shu tariqa yer yuzida birinchi marotaba jinoyat sodir bo'lib, ilk bor tuproqqa qon to'kilgan edi.

   Qobil o'ziga kelib ukasining qonga belanib yotganini ko'rdi. Juda yomon ish qilgandi. O'z ukasini aybsiz o'ldirgan edi. Endi nima qiladi? O'z ukasini o'ldirib nimaga erishdi? Shaytonning gapiga kirib nima qilib qo'yfi?
    Qobil endi pushaymon bo'la boshladi. Go'yoki shamol, daraxtlar, hayvonlar va atrofdagi butun mavjudot unga bir ovozda:
    - Sen qotilsan! Sen qotilsan! - deb hayqirayotgandek edi.
    Bu ovozlar qulog'i ostida tinmay sado berar, boshi gangib qolgandi:
   - Qotil! Qotil! Qotil!...
    Qobil qo'rquvdan titrar , oyoqlaridan kuchi ketib ukasining yoniga yiqildi. Ukasini siltab:
    - Hobil! Hobil! Tur o'rningdan, - deb yolvorardi. Ammo Hobil jonsiz va sassiz yotgancha akasiga javob bermas, allaqachon o'lgan edi.
    - Endi nima qilaman? Jonsiz jasadini qaerga qo'yaman? - deb yig'lardi Qobil.
    Axir, uni bu ahvolda tashlab ketish mumkin emasku! Vahshiy hayvon va qushlarga yem bo'ladimi endi? Yo'q bunday bo'lishi mumkin emas.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  15 Mart 2009, 04:26:05

DAVOMI...

Qobil o'rnidan turib ukasining jsadini yelkasig ortdi. Keyin yurib keta boshladi. Bir joyga borib charchab qoldi va jasadni yerga qo'yib o'tirib oldi. Ukasining tepasida ko'z yosh yo'kib, nima qilish haqida o'ylar edi. O'zini o'zi la'natlab, << Qani endi uni o'ldirmasam>> deb yig'lardi.
Bir oz o'tirib o'ziga kelgach yana ukasini yelkasiga olib telbalarday boshi oqqan tomonga keta boshladi. Nihoyat madori qolmay yana jasadni yerga qo'yib o'tirdi. U jasadni nima qilishni bilmay boshini changallar edi.

    Shu payt bir qarg'aga ko'zi tushdi. Uning yonida yana bir o'lik qarg'a bor edi. Qobil ularni kuzata boshladi. Qarg'a tumshug'i va oyoqlari bilan yerni kavlab chuqur qazdi. Keyin o'lik qarg'ani sudrab chuqurga tushirdi va tuproq bilan ustini yopdi.
    Qobil buni ko'rib o'ziga-o'zi:
    -La'nat bo'lsin menga. Bir qarg'achalik ham bo'lolmadim,- dedi
    Darhol o'rnidan turib bir chuqur qazdi va jasadni unga ko'mib, ustiga tuproq tortdi. Endi bir oz o'ziga kelganday bo'ldi. Shu paytda Odam Ato bolalarining kech qolganidan tashvishlanib, ularni qidirishga tushgan edi. Qobil uzoqdan otasini ko'rib qo'rqib ketdi. Bu qilmishini otasi aslo kechirmasligini o'ylab qocha boshladi. Odam Ato o'g'li o'zidan qochayotganini ko'rib shubhalandi. Atrofga qarab yerdagi qon izlariga ko'zi tushdi. Bu Hobilning qoni edi. Odam Ato Qobil ukasini o'ldirganini bildi. Yuragi orqaga tortib ketdi. Ko'zlaridan duv-duv yosh to'kildi. Alam bilan Qobilning orqasidan chopib baqira boshladi:
    - Qobil! Ukangni nima qilding?


    Uning ovozi shunday sado berdiki, go'yoki butun dunyo Qobilga hayqirayotgandek tuyulardi.
Qobil qo'rquv va dahshat ichida qochishda davom etib, tog' etagiga tushdi.
    Otasi hamon orqasidan tinmay baqirar edi:
    - Qobil! U dunyo bu dunyo halovat topmaysan! Sen o'zingga o'zing zulm qilding. Bu qo'rquv eshigini o'zing ochding. Endi bir umr qo'rquv bilan yasha. Ket, ko'zimga ko'rinma, daf bo'l!
Otasining qarg'ishiga qolgan Qobil uchun endi dunyo zindonga aylangan edi, u bir la'natga qolib, dunyodan xor- zorlikda o'tdi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  15 Mart 2009, 04:27:10

SOLIH PAYG'AMBARNING TUYASI
Hazrati Hud (a.s) qavmidan bo’lmish Od qabilasi halok etilganidan so'ng bir zamonlar o'tib ulardanda boy va kuchliroq bir qavm paydo bo'ldi.
Samud qavmi deya atalmish bu qabila yashaydigan vodiy juda unumdor yerlardan iborat edi. Katta-katta bog'lari bo'lib, ularda totli, lazzatli, oson va tez hazm bo'ladigan xurmolar yetishtirilar edi.
Bu vodiyga saroylar qurishdi. Atrofidagi bog'larda baland-baland uylar solishdi, Bu uylarning devorlari mustahkam, yiqilmas qoyalardan iborat edi.
Ular uzoq vaqt rohat- farag'atda yashashdi. Bunday rohat-farog'atda yashab turib o'z Rabbilarini unutishdi. Toshlardan o'zlariga but yasab topina boshlashdi. Mukofat va jazo kuni bo'lmish oxiratga ishonmay qo'yishdi. Yer yuzida fasod islarni qilishga tushishdi.
Shundan so'ng Alloh ularga Solih ismli bir kishini payg'ambar qilib jo'natdi. Solih hammasidan aqlli va go'zal inson edi. Ularni zulm va bosqinchiliklarni tark etib, to'g'ri yo'lni yanlashga chaqirdi. Va butlarni tark etib, yakka-yu yagona Allohga ibodat qilinglar, dedi.
Alloh ularga buyuk na'matlarni ato etgan edi. Ular Allohga isyon etgani va o'z ne'matlariga sukr qilmagani uchun yer yuzidan yoqotib yuborilgan Hud qabilasi, Od qavmidan so'ng turadigan eng quvvatli va boy qabila edi.
Hazrati Solih qavmini to'plab shunday dedi:
- Ey qavmim, Allohga ibodat qiling. Sizni undan o'zga ilohingiz yo'q. Siz Od qavmidan keyingi o'rinda turadigan eng kuchli va boy ekanligizni eslang. Sizga yer yuzidagi har turli ne'matlar berdi. Sayhonliklarda saroylar, yiqilmas qoyalardan uylar yasadingiz.
Allohning sizga bergan ne'matlarini unutib, yer yuzida fasod qo'zg'atuvchi kimsalardan bo'lmang.
- Ey Solih, sen bizdan ota-bobolarimiz sig'inib kelgan ilohlarimizni tark etishimizni so'rayapsanmi? - dedilar.
- Bu ilohlar sizga hech qanday foyda bermaydi.
Shunday na bir foyda, na bir zarar etkaza oladigan butlarga ibodat qilasizlarmi? - dedi.
Uning so'zlarii qavmdan bir guruhi qabul etdi. Ular sof va faqir insonlar edi. Kibrlanib inkor etmadi.
Zolim boylar esa shunday dedi:
- Ey Solih, bunday so'zlaringni qo'y, sen bizni ota-bobolarimiz ilohlariga ibodat qilishimizdan qaytarishingdan avval biz seni hurmat qilardik. Endi esa sen bizni orzulardan cheklayapsan. Har holda jinni bo'lmasang kerak.
- Ey qavmim, dedi hazrati Solih. Men jinni emasman, sizni to'g'ri yo'lga boshlamoqdan boshqa narsa istamayman. Allohdan qo'rqing va unga itoat qiling. Bu uchun sizdan haq so'ramayman, bunig mukofatini Alloh beradi. Yaxshi insonlar iymonga keldilar, sizchi?..
Qavmning badavlat, kibrli kishiulari Solih (a.s) ga iymon keltirganlarga qarab shunday deilar:
- Chinda ham Solihni payg'ambarligiga ishonasizlarmi?
Ular esa:
- Biz unga iymon keltirdik, dedilar.
Kibrlilar esa:
- Biz sizi iymonga kelganingizga ham ishonmaymiz, - dedilar.
Hazrati Solih Rabbisiga, abiy va payg'ambarligiga dalolat qiladigan bir mo'jiza berishini so'radi.
- Ey Rabbim, qavmim meni yolg'onchilardan qildi. JUda ozchilik tushundi, qolganlari esa inonmadi. Ba'zilari esa boy, kibrli kishilarning so'zini tingladi. Menga hamisha ishonishlari uchin bir mo'jiza ber.
Alloh (j.j.) shunday buyurdi:
- Qavminga ayt, ular shahr tashqarisidagi katta qoyaning yonida to'plansin. Ular shu yerdan buyuk bir mo'jiza chiqaraman. U yerdan bir tuya chiqadiki, uni qancha sog'salar ham suti tugamaydi.
Faqat ularga ikkita shart qo'y: tuya erkin yursin, hech kim uga ozor bermasin va shahar suvini bir kun xalq ichsin, bir kun tuya o'zi yolg'iz ichsin. Tuya ular hammasi ichadigan suv miqdorida ko'p suv ichadi.
Hazrati Solih bu habarni qavmiga yetkazdi. Qoyaning yoniga odamlarni to'plab, mo'jizaning chiqishini va Allohning shartlarini gapirib berdi.
Ularning orasidagi iymonlilar sevinib shunday deyishdi:
- Alloh haqqi, biz mo'jizaga ishonamiz va Solih (a.s) ni qo'llab-quvvatlaymiz.
Kofirlar esa kibrlanib:
Bu qadar ko'p suv ichadigan tuya bo'lmaydi. U chindan ham aqldan ozibdi, -dedilar
Boshqa insonlar esa:
- Endi bizga Slihning so'zlari rostmi yo yolg'onmi ajratadigan fursat yetib keldi. u chundan ham payg'ambarmi yo jinni, qani ko'ramiz,- deyishdi.
Ulkan qoyaning yoiga borib u tomon tikila boshladilar.
Hammasining ko'zi o'ngida u yerdan bo'kirib-bo'kirib, og'zi ko'pirib bir tuya chiqib keldi. Ko'kragi sutga to'la edi. Tuya uzun tizilib turgan, dahshatla qotgan xalq orasidan yurib o'tdi.
Ayollar sut sog'moq uchun idishlarini hozirladi. Bir xotin sut sog'a boshladi. Sut sog'ib olgach, tuyaning elini yana sutga to'lib qoldi.
Keyin tuya shahar xalqi ichadigan suv tomon yurdi. U yerdagi suvning hammasini bir tomchi qoldirmasdan ichib qo'ydi.
Bu paytda odamlar bir ovozdan baqira boshlashdi:
- Solih to'g'ri aytdi. U chindan ham Alloh tomonidan yuboriulgan payg'ambardir, bu tuya ham Allohnikidir.
Kibrli kofirlar esa shiddatli bir holatd g'azablandilar. Tuzukroq so'z ham demasdan, yuzlari qizarib tarqala boshlashdi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  15 Mart 2009, 04:27:40

Davomi...

Bu g'aroyib tuya Solih (a.s) ning qavmi bilan birga yashay boshladi. Bir kun suvni ular ichar, bir kun tuya ichardi. Tuya evaziga o'zlari va bolalari to'yadigan miqdorda sut berardi. Suti hech qachon kamaymasdi.
Solih insonlarga shunday dedi:
- Bu Allohning tuyasi. Sizga yuborilgan bir mo'jiza. U yer yuzida xotirjam yashasin, unga hech kim ozor bermasin. Yo'qsa, sizga bir balo keladi.
Shahrda bir buzg'unchi odam bor edi. Iflos ishlar qilib fasod qo'zg'ab yurardi. Sharob ichib yurar, Allohga ishonmas edi.
Bir kecha hamtovoqlari bilan to'planib aroq ichdilar va sarhushlikda bahslashib ketdilar:
- Solihning tuyasi kunini ko'rsatib qo'ymaymizmi, chunki u suvimizning yarmini ichib qo'yayapti-ku.
Kelinglar, ulardan qutilish uchun Solihning o'zi va oilasini tuyasiga qo'shib o'ldiramiz.
Boshqa bittasi shunday dedi:
- Agar biz Solihni o'ldirsak, uning birodarlari bizdan intiqom oladi-ku.
Ikkinchisi ham gap boshladi:
- Men boshqa bir hiyla topdim. Tuyani, Solih va uning oilasini qorong'i kechada o'ldiramiz. Qorong'ida bizni hech kim ko'rmaydi. Agar birodarlari sizlardan so'rab qolsa, biz hech narsa ko'rmadik deysizlar.
Shunday qilib, kun chiqmasidan burunroq fitnachilardan biri tuyaga o'q otdi. Tuya tuya dahshatli bir tarzda bo'kirdi. Solih tuyaning ovozini eshitib qo'rquvla uyg'ondi. Ayrim insonlar tuyaning ovozini eshitgan zahoti qochib qoldi. Faqat fasidchi odamgina qochmadi. Solih tuyasi o'ldirilganini bildi. Ko'p ezildi. Bu ishlari uchun Samud qavmiga buyuk bir azob kelajagini tushundi.
Alloh (j.j) o'ziga iymon keltirganlarni shaharni tark etishlariga amr qildi. Chunki uch kundan so'ng shaharda qolganlarning hammasi halok qilinishi kutilardi.
Solih qavmiga shunday dedi:
- Alloh sizdan g'azablandi, uch kundan so'ng U sizga azob yuboradi.
Uch kundan so'ng shahar xalqi dahshatli bir qichqiriqni eshitdilar.
Qo'rquvdab qalblari parchalanib ketdi. Hamma yoqni dahshat qopladi. Odamlar qo'rquv, iztirobning shiddatidan tizzalab o'tirib qoldi va shu shaklda halok bo'ldilar. Yolg'iz qoyalar ichida uylari uyum-uyum bo'lib qoldi. Zulmlari va Allohga ishonmaganliklari uchun ularga buyuk bir azob yetdi. Ulardan so'ng keladigan qavmlar uchun esa bu bir ibrat bo'lib qoldi...

Qayd etilgan


Muhammad Amin  15 Mart 2009, 04:33:35

Musulmonmiz!

Go'zal islom din bizga
O'xshar porloq yulduzga
Bu din deydi to'g'ri bo'l
Bu din deydi toza bo'l
Bu dindan yana go'zal
Bormidir boshqa bir yo'l
Payg'ambarim Muhammad (sav)
Ikki dunyo quyoshi
Payg'ambarlar ichida
Yo'qdir uning hech eshi
Kitobimizdir Qur'on
O'qiymiz uni har on
Ko'p shukrlar Allohga
Musulmonmiz, musulmon
 
 
 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  15 Mart 2009, 04:35:32




Shukr

Ushlash uchun qo’l berding,
So’zlash uchun til berding,
Hidlash uchun gul berding,
Robbim senga ko’p shukr.

Yurishga oyoq berding,
Tinglashga quloq berding,
Og’iz, tish, tomoq berding,
Robbim senga ko’p shukr.

Shu go’zal chechak uchun,
Uchgan kapalak uchun,
Osmonu falak uchun,
Robbim senga ko’p shukr.

Otam va onam uchun,
Ajoyib olam uchun,
Barcha ne’mating uchun,
Robbim senga ko’p shukr.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  15 Mart 2009, 04:37:07





Bismillah

Allohdir ilk so’zimiz,
Imon to’la ko’zimiz.
Uhlagani yotiboq,
Uyg’onganda har saboh
Darhol deyman BISMILLOH.

Narsa yerkan, icharkan,
Kitobimni ocharkan,
Darsimga o’tiriboq,
O’yinimni boshlar chog’
Doim deyman BISMILLOH.

Tushurmasman tilimdan,
Aytarman jon dilimdan.
Alloh tutar qo’limdan,
Adashtirmaz yo’limdan.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  15 Mart 2009, 04:39:01




Ovqatdan oldingi duo

Taom  yeyishdan oldin,
Qo’l ochdim Robbim senga.
Aql, sihat, to’g’rilik,
Go’zal axloq ber menga.

Yemasam o’solmayman,
Maktabga borolmayman.
Qani tez tez yeyaylik,
Maktabga tez ketaylik.
Yaratgan Allohimga
Doim duo qilaylik.

Ovqatdan keyingi duo

Alhamdulillah alhamdulillah,
Bu ne’matni bergan Alloh.
Payg’ambarim Rasululloh,
Yerkan deyman bismilloh.

Ko’paysin ozaymasin,
Toshsinu kamaymasin.
Ohiri ko’rinmasin,
Ishtaha kesilmasin.

O’tganlarning ruhi uchun,
Qolganlar sog’ligi uchun,
Dardi borga darmon uchun,
Allohim rizosi uchun
Al-Fotiha.

Qayd etilgan