BOLAJONLARGA...  ( 88704 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 ... 19 B


Muhammad Amin  14 Sentyabr 2009, 05:56:26

OChKO'Z BOLA

Shaharning bir kсchasida yig'lab turgan bolani kсrgan bir yсlovchining rahmi kelib:
- Ey bola, nimaga yig'laysan?-deb sсrabdi.
- Bir sсm pulimni yсqotdim,- deb bola badtarroq yig'lay boshlabdi.
- Bir sсm uchun kсz yoshi tсkaveradimi kishi? Ma, bir sсm bсlsa ol, - deb haligi yсlovchi bir sсm beribdi-da, сz yсliga ravona bсlibdi.
Yana qaytib shu kсchadan сtsa haligi bola yana yig'lab сtirgan emish.
- Ha, yana nimaga yig'laysan, bir sсm bсlsa olding yoki uni ham yсqotib qсydingmi?-deb sсrabdi haligi kishi.
- Yсq yсqotmadim. Agar oldingisini yсqotmaganimda siz bergan bir sсm bilan ikki sсm bсlardi-da,- deb bola badtarroq yig'labdi.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  24 Sentyabr 2009, 05:37:30

OQ KO`YLAKLI LAYLAKLAR

Laylak keldi, yoz bo`ldi,
Ko`p kelgani soz bo`ldi.
Tortimlidir ovozi,
Birlik ramzi parvoz
 
Laylak qayga in solsa,
Demak, havo top-toza.
Mustaqillik maydoni —
Laylak, laylak, laylaklar,
Egnida oq ko`ylaklar.
Inlari cho`p-savatdan,
Ko`rpasi qirq qavatdan
Eng suyukli oshyoni.
Qator-qator oq laylak
Ko`kka osdi belanchak.
Oppoq rang tinchlikka xos,
Osmonda — oq poyondoz!
 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  24 Sentyabr 2009, 05:37:59

Botirlik

Egam meni bekorga
Demas «polvon Xo`rozim».
Qichqirsam, bor qishloqni —
Zirqiratar ovozim.
Jo`jalarni asrayman
Qonxo`r o`g`ri Kalxatdan.
Xo`roz botir bo`lmasa,
Naf yo`q quruq savlatdan.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  24 Sentyabr 2009, 05:38:32

PARTAGA YOZILGAN SHE’R

Bu yil bizdan o`chdi u
O`tgan yili men bilan
O`tirardi Mirto`lan.
Baxil edi juda ham,
Ko`chirtirar edi kam
Uchinchiga ko`chdi u.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  24 Sentyabr 2009, 05:39:16

KALISH AFSONASI

Seni kiyib olishib,
Rosa kezib yurishdi.
Yo`lakdagi xaslarni
Dangal ezib yurishdi,
Kalishvoy.
Pisand qilmay qararding
Eh, o`zingdan pastlarga...
Oxir seni yoqishdi
Qo`shib o`sha xaslarga,
Kalishvoy.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  24 Sentyabr 2009, 05:39:45

BEZORI

Qarg`a kirdi
Kinoga,
O`xshab
Buratinoga.
Hamma joylar
Edi band,
Borib dedi
Nopisand:
— Menga qara,
Vey, Laylak,
Yeganmisan
Hech kaltak?
Qani, tur-chi
O`rningdan.
He, o`rgildim
Burningdan.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  24 Sentyabr 2009, 05:40:23

KEL, OPPOG`IM, BAG`RIMGA...

Yer uzra qo`ndi oqshom,
Oy shu`lasi bir mayin.
Kel, oppog`im, kel, erkam,
Men seni allalayin.
Dudog`ing guldan xushbo`y,
Yuzlaring undan xushro`y.
Kel, oppog`im, bag`rimga
Jajji boshginangni qo`y.
Tovuq uxlar qo`noqda,
Shamol tingan butoqda.
O`t-o`lanlar jimgina
Orom olar o`tloqda.
Yulduz charaqlayapti,
Oy ham yaraqlayapti.
Qizcha uxladimi, deb
Mendan so`roqlayapti.
Yer uzra qo`ndi oqshom,
Oy shu`lasi bir mayin.
Kel, oppog`im, kel, erkam,
Men seni allalayin.
 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  24 Sentyabr 2009, 05:41:17

HAYRONLIK

-Buvijon, nega ukam
Gapirolmas hali ham?
— Ukajoningni tili
Chiqqani yo`q-da, bolam.
Vo-oy, buvijonim-ey,
Gaplaringiz qiziq-ku.
Axir, tili bo`lmasa,
Og`zidagi nima u?
 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  24 Sentyabr 2009, 05:41:48

O`JAR AKA-UKALAR

Urishadi ikki xo`roz:
Najim bilan kichik O`roz.
Bir-biriga ho`mrayadi,
Dakan kabi hurpayadi.
Musht tushirar, bet-yuziga,
Goh boshiga, goh ko`ziga.
Urishadi ikki xo`roz:
Najim bilan kichik O`roz.
Kechiksam ham, mayli, ishga
Urinaman ajratishga.
Yurakkinam taka-puka,
Axir ular... aka-uka!

Qayd etilgan


Muhammad Amin  24 Sentyabr 2009, 05:42:21

HAYOTBEKNING XAYOLI

O`rgimchak to`r yaltirar,
Irmoqlar yo`l topishgan.
Panjalarin sal tirab,
Quyon tayyor chopishga.
Quyosh sochib nurini,
Osmonda kuladi-da.
Ana endi Bo`rini
Chizsam ham bo`ladi-da.

Qayd etilgan