10 — Podshoh huzurida
Shaharda juda ham katta va juda ham zolim podshoh bor e`di.
Odamlar bu podshohga sajda qilishar e`di.
Podshoh Ibrohimning Allohdan boshqa hech kimga ibodat qilmasligini e`shitib, g`azablandi va uni huzuriga chaqirtirdi.
Ibrohim podshoh huzuriga keldi.
Chunki U Allohdan boshqa hech kimdan qo`rqmas e`di.
Podshoh: "œIbrohim, sening robbing kim?"- deb so`radi.
Ibrohim: "œMening robbim — Allohdir"- dedi.
Podshoh: "œAlloh kimdir?"- deb savol berdi.
Ibrohim: "œHayot beruvchi va o`ldi ruvchi zot"- deb javob berdi.
Podshoh: "œMen ham o`ldirib, tiriltira olaman"- dedi-da, bir kishini chaqirdi va uni o`ldirdi.
Boshqa bir kishini chaqirib, uni qo`yib yubordi-da: "œMen ham o`ldirib, tiriltira olaman. Mana, bir kishini o`ldirib, boshqasini qo`yib yubordim"- dedi.
Podshoh aqlsiz e`di. Hamma mushriklar ham shunday aqlsiz bo`ladilar.
Ibrohim podshohni ham, qavmini ham tushunishini hohladi va podshohga dedi:
"œAlloh Quyoshni sharqdan olib keladi. Sen uni g`arbdan olib kelchi?!".
Podshoh hayron bo`lib, gapirishga so`z topa olmay qoldi.
Podshoh hijolat bo`ldi. Chunki u javob topa olamagan e`di.