Eng go'zal qissa
1- Ajoyib tush
Yusuf kichkina bola e`di. Uning o`n bitta akasi bor e`di.
Yusuf chiroyli va ziyrak bola e`di. Otasi Ya`qub uni boshqa o`g`illaridan ko`ra ko`proq se- var e`di.
Yusuf kechalarning birida ajoyib tush ko`rdi.
U tushida o`n bitta yulduz, Quyosh va Oyning o`ziga sajda qilayotganlarini ko`rdi.
Kichik Yusuf bu tushidan hayratga tushdi! Chunki u tushni tushunmagan e`di. Axir yulduzlar, Quyosh va Oy qanday qilib odamga sajda qilishi mumkin?!
Kichik Yusuf Otasi Ya`qubning oldiga bordi va unga tushini aytib berdi:
"œOtajon, men o`n bitta yulduz, Quyosh va Oyning menga sajda qilganlarini (tushimda) ko`rdim".
Yusufning otasi Ya`qub payg`ambar e`di.
Ya`qub bu tushdan xursand bo`ldi va dedi:
"œHoy Yusuf, Alloh senga ne`matlarini serob qilsin, tez kunda sening boshingga ajoyib ishlar keladi.
Bu tush ilm va payg`ambarlikdan xushxabardir.
Alloh ta`olo bobolaring Ishoq va Ibrohimlarga ham ko`p ne`matlar ato e`tgan e`di.
Alloh senga ham, Ya`qub xonadoniga ham ne`matlar ato e`tadi".
Ya`qub yoshi ulg`aygan va narsalarning tabiatlarini yaxshi bilgan odam e`di.
Ya`qub Shayton odamlarga qanday g`olib bo`lishi va odamlarni qanday o`yinchoq qilib olishini yaxshi bilar e`di. Shuning uchun ham o`g`li Yusufga: "œO`glim, bu tushingni akalaringning birortasiga aytib berma. Aytib bersang ular senga hasad qilishib, dushman bo`lib qoladilar"- dedi.