20 — Binyamin Yusuf huzurida
Akalar otalarii tayinlaganidek, turli darvozalardan kirib keldilar va Yusufning huzurida hozir bo`ldilar.
Yusuf Binyaminni ko`rgach juda ham quvondi va uni o`z uyiga joylashtirdi va: "œMen sening akangman"- dedi. Binyamin xotirjam bo`ldi.
Yusuf oradan uzoq vaqt o`tganidan so`nggina Binyamin bilan ko`rishdi va ota-onasi, uyi va yoshlik chog`larini e`sladi.
Yusuf Binyaminning o`z huzurida qolishini, uni har kuni ko`rish va u bilan suhbatlashish hamda undan uyi-xonadoni haqida so`rashni hohlar e`di.
Lekin buning qanday iloji bo`lishi mumkin? Axir Binyamin e`rtaga Kan`onga qaytadi-ku!
Buning qanday iloji bo`lishi mumkin? Axir akalar Binyaminni qaytarib olib kelish uchun Allohga ahd berdilar-ku!
Yusuf Binyaminni sababsiz o`z huzurida olib qolishi mumkinmi?
Axir odamlar: "œAziz Kan`onlini sababsiz ushlab qoldi"- deb aytmaydilarmi? Axir bu katta zulm-ku!
Yusuf aqlli va zukko e`di.
Yusfning xonasida qimmatbaho idish bor e`di. Yusuf shu idishda ichar e`di.
Yusuf bu idishni Binyaminning narsalari ichiga qo`yib qo`ydi va jarchi akalarga qarata: "œSizlar o`g`irlik qildingiz!"- dedi.
Akalar burilib: "œNimangizni yo`qotdingiz?"- deb so`radilar.
Jarchilar: "œPodshohning idishini. Uni kim topib olib kelsa, unga bir tuyaga yuk bo`ladigan mukofot bor"- dedilar.
Akalar: "œ(Aloh nomiga ond ichib aytamizki, sizlar bizlarning Yer yuzida fasod yoyish uchun kelmaganimizni va bizlar o`g`ri e`masligimizni yaxshi bilasizlar!)- dedilar.
Jarchilar: ("œYolg`on gapirgan bo`lsangiz, o`g`rining jazosi nima bo`ladi?")- deb so`radilar.
Akalar: "œKimning yukidan chiqsa, bu uning jazosidir. Biz zolimlarni shunday jazolaymiz)- dedilar.
Idish Binyaminning yuklari ichidan chiqdi. Akalar xijolat bo`ldilar. Keyin e`sa uyalmay: "œBinyamin o`g`irlik qilgan bo`lsa, uning akasi Yusuf ham bundan avval o`g`irlik qilgan e`di"- dedilar.
Yusuf bu buhtonni e`shitdi, biroq, sukut saqladi.
Yusuf bu so`zlarga g`azablanmadi. Chunki u, oliyjanob va halim e`di.
Akalar: ("œE`y, Aziz, uning qari otasi bor. Uning o`rniga bizlardan birimizni oling. Biz sizni yaxshilik qiladigan odam deb o`ylaymiz"- dedilar).
Yusuf: [Narsamiz chiqqan kimsadan boshasini olib qolishdan Alloh saqlasin. (Agar boshqasini olib qolsak) zolimlardan biri bo`lamiz-ku!"- dedi].
Shunday qilib, Binyamin Yusufning oldida qoldi va ikki aka-uka xursand bo`ldilar.
Yusuf uzoq zamondan beri yolg`iz va o`z oilasidan hech bir kishini ko`rmagan e`di.
Alloh ta`olo unga Binyaminni olib keldi. Yusuf Binyaminni har kuni ko`rishi va u bilan gaplashishi uchun olib qolmasinmi? Ukaning aka oldida qolishi zulmmi? Yo`q! Yo`q!