BOLAJONLARGA...  ( 119470 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 19 B


Muhammad Amin  20 Mart 2009, 17:34:45

Asosiy g’oyalarga urg’u bering.

"œInson maktabda o’rgangan barcha narsalarini unutganidan keyin unda ilm qoladi."
A. Einstein


O’zingizdan so’rangchi, 11 sinf matematika darslaridan nechta tenglamalaru nechta formulalarani eslay olasiz. 5 yoki 2, yoki bironta ham eslolmassiz. Ochig’i ko’pchiligimiz o’rgangan bilimlarimizning ozini eslab qolganmiz. Bolalar ham Fiqhning Zakot, Tahorat yoki Namoz haqidagi hukmlarini eslab qololmaydilar, bunga hojat ham yo’q. Nimani bilishlarini xohlasangiz, asosan o’shani eslab qolishlariga harakat qiling. Alloh bizni ko’rib turishi, Qur’on va Sunnaga asosan harakat qilishimiz, Namoz o’zini poklash yo’li ekanligi kabi muhim ahamiyatga ega g’oyalarni bilishlariga e’tibor bering. Farzandlaringiz bu tamoyillarni o’zlashtirib olganlaridan keyin qolgan narsalarni o’zlari qanday o’rganishlari mumkinligini o’rgating. Farzandlaringizning narsalarni qanday o’rganishlari mumkinligini tushunishlariga yordam bering. Fiqh bo’yicha ma’lumotlarni qayerdan olishlari, biron bir mavzu bo’yicha qanday tadqiqot qilishlarini yoki kimdan ma’lumot haqida so’rashlari mumkinligini o’rgating. Shu asnoda, asosiy tamoyillarni bilsalar, qolgan ikkilamchi ma’lumotlarmi qayerdan topishni bilib oladilar. Barcha hukmlarni eslab qolishga harakat qilish sizning ham, farzandingizning ham vaqtini bekorga sarflash demaktir.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Mart 2009, 17:35:25

Boshqaruvni ularga topshiring.

Ba’zan bolalar ma’suliyatni kattalarga qaraganda jiddiyroq qabul qiladilar. Payg’ambarimiz (s.a.v) Ali, Anas va Usoma ibn Zayd kabi yoshlarni ba’zan yoshi ulug’roq va tajribaliroq sahobalarni boshqarish bilan vazifalantirganlar. Bolalarga muhim ishlarda boshqaruvni topshirib, o’zingiz chetga o’ting. Farzandlaringizdan biriga qolganlarini saxarga turg’izishni vazifa qilib bering. Boshqasiga esa har kungi iftor vaqtlarini yangilashni. Qarindoshlar uchun qanday hayitlik sovg’alarni sotib olishni rejalashtirish va olishda ular sizlarga yordam bersinlar. Ulardan qaysi vazifani bajarishni xohlashlarini so’rang. Farzandlaringizning xato qilishlari va o’z xatolarini anglashlariga yo’l qo’yib bering. Tajriba buyuruqdan ko’ra ko’proq narsa o’rgatadi. Farzandingiz sovuq kunda ustiga kamzulini kiymasdan ketgan bo’lsa, keyingi safar siz eslatmasingizdan avval o’zi kamzulini kiyib oladi. Bolalarning biron bir narsani o’rganishlariga o’zlarini ma’suliyatli qilib qo’ying. Masalan, farzandingizning "œTishimni yuvish ro’zamni buzadimi?" degan savoliga oddiygina "œha" yoki "œyo’q" javob bo’lishi mumkin, lekin ko’p vaqt esda qolmasligi mumkin. Undan ko’ra "œBu haqda ma’lumotlarni qayerda topish mumkin? Kel birga qarab ko’ramiz" deng. Ramazonni farzandlaringizdan ro’zani nimalar buzishi va nimalar buzmasligi haqida loyiha hozirlashlarini so’rash bilan boshlang. O’zlari qidirib topgan ma’lumotlar ularning esida ko’proq qoladi va kelasi yil ularni qayerdan topishni ham bilib oladilar.

"œHaqiqiy ilm olgan kishi o’rganishni va o’zgartirishni o’rgangan odamdir."
Karl Rojers


Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Mart 2009, 17:35:57

Hayajonlaning.

"œTa’lim chelakni to’ldirish emas, balki yonib turgan mash’aladir."
W.B.Yeats


Bolalar sizning tashabbusingizdan ilxomlanadilar. O’rgatayotgan mavzuingizga hissiy tomondan yondoshing. Farzandlaringizga Ramazon kelishini intizorlik bilan kuzatayotganingizni ko’rsating. Namoz vaqtlarida xursand bo’ling. Hayit kelishi munosabati bilan uyingizni bezating. Payg’ambarimiz (s.a.v) o’rnak bo’lib o’rgatganlar. Ularning shaxsiyatlari va harakatlari odamlarni ularni sevishga va ulardan o’rnak olishga sabab bo’lgan. Farzandlaringiz qanday bo’lishini istasangiz, ularga shunday o’rnak bo’ling. Ular biron bir faoliyatni yaxshi ko’rishlarini istasangiz, o’zingiz unga sevgi bilan yondoshishga harakat qiling. 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Mart 2009, 17:37:10

O’rgatish jarayoniga sevgingizni qo’shing.

Abu Hurayra rivoyat qiladilar, al-Aqro bin Xabis Payg’ambarimiz (s.a.v) nevaralari Xasanni o’payotganlarini ko’radi. U: "œMening o’n farzandim bor, lekin hech qaysinisini biron marta o’pmaganman.", dedi.
Bunga Payg’ambarimiz (s.a.v): "œ O’zgalarga mehr ko’rsatmagan odamning o’ziga ham mehr ko’rsatilmaydi", dedilar. (Muslim)


Bolalarga ulani qanday bo’lishlaridan qat’iy nazar sevishingizni ko’rsating. Ularning o’z imkoniyatlari doirasida mukammalik sari qadam tashlashlariga yo’l qo’yib bering. "œQara, Omina allaqachon 15 juzni tugatibdi" deyish bolangizning o’ziga ishonchini  va qilayotgan ishiga ixlosini yo’qotishiga sabab bo’ladi. Ortiqcha musobaqa va taqqoslash  ko’pincha o’zlashtirishi sekin yoki qiyinroq bo’lgan bolalarda ilojsizlikni keltirib chiqaradi va harakatning yo’qolishiga olib keladi. Farzandlaringizning o’z yutuqlarini o’zlari baholashlari va uni boshqalar bilan emas, balki o’zlarining avvalgi natijalari bilan solishtirishlarini o’rgating. Ramazonni o’zingiz va farzandlaringiz uchun yillar davomida esda qoladigan o’rganish tajribasiga aylantiring. 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  21 Mart 2009, 18:38:31

Ajoyib o'yinlar xohlaganizni bemalol shu erdan o'ynashingiz mumkin

http://www.islamicplayground.com/

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Mart 2009, 06:55:32


Qayd etilgan


G_u_l_i  28 Mart 2009, 07:39:29

 :as:
Rahmat AbdulAziz Aka! Katta bolajon bo`lib labirintdan o`tib oldim!

Qayd etilgan


Muhammad Amin  03 May 2009, 13:35:21

Mehribonlik

    Oldin mana bu mantiqiy savolga javob topishga harakat qiling. Ushbu savolga bo`lgan javobingiz maqolani davomini o`qishingizga bir yo`nalish bo`ladi.  Ikki ona o`z sevimli farzandlarini safarga jo`natmoqda.  Farzandlari boradigan joy-bir kimsasiz o`rmon deb tasavvur qilaylik. Ular alohida joyga borishadi va u yerda uzoq muddat qoladi. O`rmonga boradigan yo`l esa uzoq emas, atigi ikki soatlik yo`l. Har ikki ona ham, umuman barcha onalar ham o`z farzandlarini juda yahshi ko`rishadi va ularga yordam berishga, og`irini yengil qilishga harakat qiladi. Lekin buni har kim o`z holicha tushunadi.
 
   Birinchi ona farzandini ushbu safarda qiynalmasligini o`ylarkan, ko`prok o`rmondagi hayotiga urg`u beradi. Chunki u yerda farzandi uzoq qoladi. O`g`li uchun barcha narsani tayyorlaydi-yotadigan to`shak, kiyim bosh, oziq ovqat, gugurtdan tortib tuzgacha sumkaga joylab beradi. Albatta yuk ancha og`ir, uni farzandi ancha yo`l ko`tarib borishi kerak. Ona hamma narsa kerakligini, yo`ldagi qiyinchilik albatta ortda qolishini va o`rmonda qiynalmasdan yashashini tushuntiradi. Qanchalik og`ir bulmasin o`g`lini barcha yukni kutarishga majbur qiladi.

   Ikkinchi ona ham mehribon. Farzandini u ham yahshi ko`radi. O`g`lim bechora yo`lda qiynalmasin deydi.Hatto sumka ko`ziga yanada og`ir ko`rinib, baazi narsalarni qaytarib olib qoladi. O`rmondagi hayoti haqida esa kam o`ylaydi. U faqat o`g`linig ko`z oldida qiynalishiga chidolmaydi.

Endi savolni eshiting: Qaysi ona mehribonroq?

Boshni qotirma, shu ham savolmi dersiz.. Bunaqa holat qayerda ham bo`lardi deb o`ylarsiz. Kimsasiz o`rmonga nimaga boriladi deb kularsiz.. lekin savolga chuqurrok yondoshsangiz gap nima haqida ketayotganligini darov payqaysiz. 

Hammamiz ham safarga chiqqanmiz,. Hozir esa usha qisqa yo`lda turibmiz. Bir kun barchamizning yo`limiz tugaydi. Yo`l ohiriga qandai tayyorgarligimiz bor? Nimalarni joylab oldik sumkamizga? Farzandlarimiz ham o`z safarlariga chiqqanligini ularga tushuntiryapmizmi?  Payg`ambarimiz Muhammad (s.a.v.) «Bu dunyo men uchun bir daraht  kabidir, biroz soyada dam olaman va yana turib ketaman» deb marhamat qilganlar. Biz esa darahtdan soya olish o`rniga, bu darahtni bezashga berilib ketmadikmikin? Endi yuqoridagi savolni yana o`qib ko`rnngda, hozirgi kunda qanday ota-onalar ko`pligini o`ylab kuring.   

     «Hali yoshsan, bunaqa kitoblarni o`qishga yoshlik qilasan», «Kampirga o`hshab o`ranib olmasdan zamonaviy kiyinsang bo`lmaydimi», «Bolam shirin uyquda, bomdodga uyg`otishga ko`zim qiymadi», «Yoshligida o`ynab olsin, ibodat qilish qochmaydi»

    Bunday so`zlarni deyarli har kuni eshitamiz. Shunday so`zlar orqali go`yoki ular avlodlariga «mehribonlik» qilishadi. Bu bilan o`z jigargushalarini do`zah o`tiga tashlayotganliklarini, hozirda qanday fikr bilan ulg`aysa huddi shunday yashashda davom etishini kam o`ylashadi.
    
Alloh Taolo Qur`oni Karimda shunday marhamat qilgan: «Ey iymon keltirganlar, o`zingizni va ahli ayolingizni odamlar va toshlardan bo`lgan o`tdan qo`rqiting. Uning tepasida qo`pol, darg`azab farishtalar bo`lib, ular Allohning amriga isyon qilmaydilar va nima buyurilsa shuni bajaradilar». («Tayrim» surasi 6)
Imom Termizii rivoyat qilgan hadisda Payg`ambarimiz sallollohu alayhi vasallam:
«Yosh bolani yetti yoshida namoz o`qishga buyuring, o`n yoshga etganda ham o`qimasa uring», deganlar.
    Namoz o`qish-bu Islom ahkomlari asosida hayot kechirish deganidir. Hozirgi kunimizda esa «musulmon» va «namozhon» degan kalimalar umuman boshqa ma`noni anglatgandek.  Bundan ancha yillar oldin, bir ma`navyat sohasida ishlaydigan insondan «hali yosh bo`lsang, gunohing ham yo`q nima qilasan hozirdan namoz o`qib, avval bizga o`xshab yoshing bir joyga borsin, gunohga botgin keyin tavba qilaverasan» degan gapni eshitgandim. U ham o`z holicha menga MEHRIBONLIK qilgandi.

      Hazrati Umar yuqorida zikr qilingan oyati karima nozil bo`lgandan so`ng:
«Ey Rasululloh! O`z nafsimizni-ku saqlaymiz, aqlimizni qandai saqlaymiz?», deb so`ragan ekanlar.
Shunda Payg`ambar alayhissalom:
«Alloh sizlarni nimadan qaytargan bo`lsa, ularni ham qaytarasizlar. Alloh sizlarni nimaga buyursa, ularni ham buyurasizlar», deb javob bergan ekanlar.

    Aziz ota-ona! Siz farzandingizga qanchalik mehribonsiz?
    Siz juma namozini o`qib qaytayotganingizda ko`chada allaqachon namoz farz bo`lgan farzandingizni ko`chada o`ynab yurganini ko`rib ko`zingiz quvnaydi. Ertalab  bomdod namoziga majburlab turg`azishga ko`zingiz qiymaydi. Mayli uhlasin, ahir siz mehribonsizku to`g`rimi? «Qiynalib ketding, qo`y ro`za tutmay qo`ya qol» deymiz ramazon oyining qoq o`rtasiga kelib. Lekin hech qachon biror ishni buyurib, «qiynalib ketding, qo`y shu ishni qilmagin» demaysiz. Hurmat talab qilasiz. Biror buyrug`ingizni qilmasa achchiqlanasiz. Lekin sizni va uni yaratgan, bir KUN kelib, sizni va uni hisob qiladigan Alloh bu`yruqlarini bajarmayotganligiga befarqsiz. Ba`zilaringiz esa hali o`zingiz ham «zamonaviy» hayot kechirmoqdasiz. Alloh ibodatini «eskicha» deb nomlab, nafaqa yoshi uchun rejalashtirib qo`ygansiz. Qizingizning hali yoshligi u bilan turli bemaza seryallarni muhokama qilayotganingizda yoki ketma ket sovchilarni kuzatayotganingizda emas, Alloh buyruqlarini bajarishga kelganda esingizga tushib qoladi. Obro` havas qilasiz. Mashina, tillo taqinchoqlar olib berasiz. O`glim, qizim qiynalmasin, o`ksimasin, armon qilmasin deysiz. Restoranlarda to`y qilib berasiz.  Bir umr esda qolsin deysiz. Lekin buyo`q armon KUNI uchun farzandingiz sumkasiga nimalar solib qo`ydingiz?

    Farzand ota ona uchun omonat. Alloh taolo farzandni berar ekan, rizqlantirishni O`zi tarafidan bo`lishini bayon qildi va eng avvalo o`ziga ibodat qiladigan solih amallar qiladigan qilib tarbya qilishni buyuradi. Buning natijasida ulkan savob va ajrlar va`da qildi. Paygambarimiz Muhammad (s.a.v.)  inson vafot etgandan keyin ham solih farzandining yahshi amallari tufayli savoblari kupayib turishi haqida marhamat qilganlar. Bundan kelib chiqadiki, farzandga qilingan chin manodagi MEHRIBONLIK faqat uning uchun emas balki ota ona uchun ham ulkan ajrlarga sabab bo`lar ekan.

    So`zimiz ohirida sizni yana savol bilan qiynamayda, bir ertak aytib bera qolay. Bir guruh insonlar oltin izlab sayohatga chiqishibdi, va uyon qorong`u tunel bo`ylab yo`l yurishlariga to`g`ri kelib qolibdi. Tunel judayam qorong`u bulsada bir birlarini ushlab, paypaslanib oldinga harakatni boshlashibdi. Yo`l mobaynida ularning oyoqlariga turli toshlar urilib, halaqit bera boshlabdi. Shunda yo`lboshchi:

    -Ey dustlar, bizdan keyin ham bu yerdan boshqalar yurishadi. Kelinglar, o`zimiz qiynalsak ham yerdagi toshlardan qo`limizga olib ketaylik, yo`l tugagach tashlab yo`boramiz. Zora bizdan keyingilar bizchalik qiynalishmasa,-debdi.

    Bu gap birovga yoqibdi birovga yoqmabdi. Ba`zilar, katta katta toshlarni olishibdi, ba`zilar hatto qo`njilarini ham to`ldirib olishibdi. Ba`zilar ataylab yengil yengilini tanlab olishibdi. Ayrimlar esa go`yo o`zlarin olgandek ko`rsatishibdi, lekin hech narsa olishmabdi. Menga nima deb ochiqchasiga olmaganlar ham bo`libdi. Eng ahmoqlari esa o`sha yo`lboshchini yoqtirmaganliklari uchun aytganini qilishni hohlashmabdi. Hullas yo`l tugagach hama yorug`likka chiqibdi. Qo`llarini qarashsa tosh deb o`ylaganlari oltin ekan.Hamma afsus chekibdi. Olmaganlar ham olganlar ham. Hatto butun qo`njini to`ldirib olgan kishi ham yana ozgina olsam ham bo`lardi deb yiglarmish. 

    Biz ham hammamiz oltin dardida yo`lga chiqqan sayohatchilarmiz. Alloh taoloning o`zi  hammamizni yo`l ohirida oltinsiz qolishdan asrasin. Omin

MANBA: farzand.uz

Qayd etilgan


Muhammad Amin  03 May 2009, 13:39:34

Farzandni Alloh beradi.
 

Dunyoga chuqur nazar bilan qaray boshlaganimdan buyon hayot Yaratganning ulug` mo`jizasi ekanligiga iqror bo`lmoqda edim. Ha, hayot g`oyat go`zal, maftunkor va mo`jizakor. Biz, odamlar esa nodonligimiz bois bu mo`jizani anglab yashash o`rniga undan nolir ekanmiz. O`zim guvoh bo`lgan bir voqeani ibrat bo`lib qolar degan niyatda sizlarga so`zlab bermoqchiman.
Andijondan bir ayol uyimizga keldi. Shikoyatlarini eshitib, zarur maslahatlarni bergandan so`ng, Unga ruhiy yupanch bo`lsin deb Qur`on suralaridagi ba`zi oyatlarni o`qib berdim. "Alloh bilguvchidir" degan oyatni o`qishim bilan ayol inkor qilgan holda shunday dedi:

 
 - Kechirasiz, Alloh hamma narsani ham bilavermas ekan. Mana, qizim ikki yildirki, farzandga zor. Biz bormagan shifokor, tabib, tilamagan, qadamjo qolmadi. Alloh bilganda, bola berardi. Har xil yengiloyoqlarga beradi, lekin keragiga bermaydi!

Ayolga gap aytish befoydaligini angladim, qizini olib kelishini so`radim. Bir hafta o`tar-o`tmas ayol qizi bilan kirib keldi.

23 yoshda turmushga chiqqan bo`lishiga qaramay, qarshimda qalbi hali go`dak erka bir qizchani ko`rdim. Alloh bilguchi. U jismni emas, ichidagi jonniholatini ham bilguchi. Jism onalikka tayyor bo`lsada jism ichidagi jon hali go`dak. Qalbimdan Allohga hamd aytim-da, bemorga kuzatishlarimni so`zladim. Ona gaplarimni betoqatlik bilan eshitgach, dedi:

 - Sizga befarzandligini sababini bilish uchun amas, balki farzand tilab bering, deb kelganmiz, qo`lingizdan kelsa, davolang, bo`lmasa qataylik.

Nainki jismim balki ruhi ham davolashga muhtojligini, vazifam shundan iboratligini tushuntirishga urindim. Axir, kasaallikning asl sababini topmay turib Ona tushunishni istamagan haqiqatni go`dak qalbili qizi tushunarmidi! Azbaroyi noilojlikdan talablariga ko`nib, 10 kunlik muolajani taklif qildim. Ular rozi bo`lib qaytishdi.

Joynamozga o`tirib, Allohdan uning ishlariga aralashayotganim uchun kechirishini so`radim, go`dak qalbli kelinga farzand berishini tilab iltijo qildim.

10 kun g`oyat tez o`tdi. Keyin - bemorimga tinmay nasihat qilar, o`z ko`nglimda uni bo`lajak onalik vazifasiga tayyorladim.

Oradan ikki oy o`tib, ona-bola yana kelishdi. Suyunchili habar his etgan yuragim quvonib urardi.
Albim Bejiz quvonmagan, kelin homilador bo`lgan edi. Iltijolarimiz O`ziga yetibdi. en onadan ham ana shunday shukronani kutardim, afsuski u yana diy-diyosini boshladi:

- Hayotxon, bo`yida bo`lari bo`lib, bolaginamning tomog`idan ovqat o`tmay qoldi. Boshqorong`iligi biram og`ir o`tyapti-ey! Sho`rlikkinam juda qiynalipti-da, yordam bervoring...

Onaning yoniga qizi ham qo`shilishdi:

- Toksikozi munchayam yomon ekan, opa, umuman chidab bo`lmayapti. Charchab ketdim, hali yana sakkiz oy qanday qilarkinman? Yaratganning qahrini keltirmang, shukur deng.

- Shukur qiling, singlim biroz sabrli bo`ling, axir ko`pchilik orzu qiladi bu kunlarga yetishni.

- Voy-ey, sakkiz oy o`tishini ayting,  - qo`shildi ona "qizalog`ini" bag`riga bosib.

- Sabr opa, sabr. Qancha-qancha kelinchaklar homilador bo`lyapti, ko`pchiligining bo`yidan tushib qolyapti.

Ha,  kelin boshqorong`u bo`ldiyu, boshim baloga qoldi. Sakkiz oy davomida har ikki haftada ara-dod bilan kelishadi, Nolishlarini sabr bilan eshitib, maslahat kuzataman. Ajab emas, bola tug`ilsa, shukur qilishar.

Afsus unday bo`lmadi, Bola tug`ilibdiki hamki, ona-boladan quvonch, shukur o`rniga shikoyat, nolish eshitardim. Emishki, bola injoq, ko`p yig`laydi, tun bilan kun farqini bilmaydi, ya`ni kunduzi uxlab, kechasi oonasiga tinim bermaydi.

Bu noshkurlikka yuragim chidolmadi. Munchoq ko`zlarini menga tikkancha, qandaydir sokin bo`lib qolgan bolani bag`rimga bosib, opaga aytdim: ko`ngilngizga qarab davoladim, ikkingiz, nainki sizlar, balki kuyovingiz, quda-andalaringiz kutgan bola tug`ildi, ammo buning shukuri, rahmati qani? Shu go`dak bag`ringizda tug`ilib nima ko`rdi, bilasizmi? Og`ir bo`yligingizdagi barcha injiqliklaringiz, nolalaringiz, isyonlaringiz uning yurakchasiga yozilib bo`ldi. U ona joniga shodlik emas, og`riq, sitam olib kelganligini sizning holatingizdan sezdi.

Ha, qizaloq, yoshing 23 da bo`lsa, aqling, joning hali bola edi. Bola joning, aqling ona bo`lmasligini bilgan Alloh senga farzand bermayotgan, qalban loyiq bo`lishingni kutayotgan edi. Ammo shu zayl isyon qilaversang, bolangni olib qo`ysa, netasan? Axir berguchi ham, olguchi ham o`zi ...

So`zlarim ona-bolananing yuragiga nishtarday sanchilsa-da, gapirishim shart edi. Ona-bola qo`chqorday sog`lom dilbandlarini bag`riga bosgancha, hayirlashib ketishdi.

Hayotimdagi bu voqea ulug` dars edi. Inson bilimsizligi sababi Allohdan nimani hohlasa, shuni so`raydi. Parvardigori olam esa bilguchiroq, u tilaganimizni biz hohlaganda emas, shunga tayyor bo`lganimizda beradi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  03 May 2009, 19:06:46

DONOLAR SO'ZLAYDI

Chaqaloqqa ovqatdan keyin suv bermaslik kerak, aks holda burundan suv ketadi.
 
* * *

Bir yoshgacha badaniga, qulog’iga zaytun yog’i surtilsa va tomizsa, shamollash bo’lmaydi.

Qayd etilgan