BOLAJONLARGA...  ( 86319 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 19 B


Muhammad Amin  02 Iyul 2009, 12:02:03


YORDAM YORDAMDEK BO'LSIN

- Ke, oshnajon,
Qo'limdan tort!
- Avval loyga
Durustroq bot.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  02 Iyul 2009, 12:02:28

HAZILKASH

- Shippagimni
Kim oldi?
- Ko'p kutdi...
Ketib qoldi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  02 Iyul 2009, 12:02:56

KALISH AFSONASI

Seni kiyib olishib,
Rosa kezib yurishdi.
Yo'lakdagi haslarni
Dangal ezib yurishdi,
Kalishvoy.

Pisand qilmay qararding,
Eh, o'zingdan pastlarga...
Oxir seni yoqishdi
Qo'shib o'sha haslarga,
Kalishvoy.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  02 Iyul 2009, 12:03:35

MAHALLIY GEOGRAFIYA

- Aholining qalini
Qaysi joyda, To'lanboy?
- U, menimcha, domlajon,
To'qqizinchi tramvay.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  02 Iyul 2009, 12:05:28

G'ALAMIS QO'SHNI

Eski devor bor edi,
Juda serkavak.
Bittasida yashardi
O'rtoq Suvarak.
Zo'r uloqchi edi u,
Kamtarin behad.
Katta-kichik qo'shnilar
Qilardi hurmat:
Qovog'ari - eng qari,
Buzoqboshi - eng yoshi.

Suvarakvoy poygada
Olib mukofot,
Qo'shnilarga kechqurun
Berdi ziyofat.
Dasturxonga yoprilib
Bir guruh mehmon,
Ziyofatni xapira-xap
Qildi talamon:
Qovog'ari - eng qari,
Buzoqboshi - eng yoshi.

Chumakari darchada
Chaldi so'ng g'ijjak.
Boshlab berdi o'yinni
Shaddod O'rgimchak.
Kaltakesak davrada
Aylandi gir-gir.
Boshqalar ham o'yinga
Qo'shildi bir-bir:
Qovog'ari - eng qari,
Buzoqboshi - eng yoshi.

Qiyqirig'u quvonchga
To'ldi hammayoq...
Shunda birdan voydodlab
Qoldi qirqoyoq:
"Oyog'imni bosding deb,
Chaqvoldi Chayon!"
Barcha tengdan dong qotib,
Bo'pqoldi hayron:
Qovog'ari - eng qari,
Buzoqboshi - eng yoshi.

Tindi g'ijjak tovushi,
Buzildi o'yin.
Tarqalishdi mehmonlar,
Egishib bo'yin.
Mezbon noxush tirkadi
Eshikka tanba.
Hafa edi jirraki -
Chayondan hamma:
Qovog'ari - eng qari,
Buzoqboshi - eng yoshi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  02 Iyul 2009, 12:05:52

BEZORI

Qarg'a kirdi
Kinoga,
O'xshab
Buratinoga.
Hamma joylar
Edi band,
Borib dedi
Nopisand:
- Menga qara,
Vey Laylak,
Yeganmisan
Hech kaltak?
Qani,
Tur-chi o'rningdan.
He, o'rgildim Burningdan!

Qayd etilgan


Muhammad Amin  02 Iyul 2009, 12:06:27

TEMUR BOBO RIVOYATI

Amir Temur bobom desang, hurkar yovlar,
Qo'zi* oyin muzlaridek erir g'ovlar,
Yaqin og'ang bo'la boshlar g'irt "birov"lar,
Bu gaplarning mag'zin chaqib ulg'ay, bolam.

Temur bobong sukutin ham naqli bo'lgan,
Temur bobong kulgusin ham jahli bo'lgan,
Temur bobong qilichin ham aqli bo'lgan,
Bu gaplarning mag'zin chaqib ulg'ay, bolam.

Bobong qaddi "Qur'on"dan past, tog'dan baland,
Ko'zlarining biri da'vat, birisi pand,
Husni-Ho'qand, Xeva, Buxoro, Samarqand,
Bu gaplarning mag'zin chaqib ulg'ay, bolam.

Yurt meniki deb berilma keriklikka,
Lekin zog' bo'l surdan chiqqan shwriklikka,
Ega u - kim yarar sodiq cheriklikka **,
Bu gaplarning mag'zin chaqib ulg'ay, bolam.

Zoti azal sarsonlarni yondosh qilma,
Isbot izlab xeshman desa, qondosh qilma,
Taqsimlab cho'ng bobong nomin odosh qilma,
Bu gaplarning mag'zin chaqib ulg'ay, bolam.

Qondoshing ul - bobongdan kim faxrlansa,
Betomir ul - bobongdan kim qaxrlansa,
Sho'ringdir ul - zamon zaylida turlansa,
Bu gaplarning mag'zin chaqib ulg'ay, bolam.

O'z bobongni sendan uzoq yashirdilar,
Dovrug'ingni ko'mib, aybin toshirdilar,
Kimki chaysa, izzatini oshirdilar,
Bu gaplarning mag'zin chaqib ulg'ay, bolam.

Bobong bergan g'ururingdan eguvchi ko'p,
Aytganlarin ters talqinlab deguvchi ko'p,
Bitigiga harom qo'lda teguvchi ko'p,
Bu gaplarning mag'zin chaqib ulg'ay, bolam.

Zar to'nu toj kiymasa ham nodir o'zi,
Afsonayu voqeligu sodir o'zi,
Ulug'begu Boyqaroyu Bobur o'zi,
Bu gaplarning mag'zin chaqib ulg'ay, bolam.

Bobong senga aytmagan bir arzi qoldi,
Hali o'tib bo'lmagan bir darsi qoldi,
Shuncha meros berib ham bir qarzi qoldi,
Bu gaplarning mag'zin chaqib ulg'ay, bolam.
------------
* - Mart oyining turkiycha nomi,
** - Askar.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  02 Iyul 2009, 12:06:48

FATXILLANING KURKASI

Kelib Norga arz qildi
To'rt yasharli ukasi:
- Meni quvdi,
Atajon,
Patpillaning kulkasi...

G'ijinib musht tugdi Nor:
- Boplab qasos olamiz.
Kurkani...
Yo'q, yaxshisi,
Fatxillani solamiz!

Qayd etilgan


Muhammad Amin  02 Iyul 2009, 12:07:20

BIRINCHI MAQTOV

- Ko'rinmaysan Mamajon?
- O'qiyapman, ammajon.
- O'qishlaring durustdir?
- "Balli!" dedi direktor.
- Nega "balli" dedi u?
- Shoshib kelar edi u,
Men darrov yo'l bo'shatib,
Salom berdim o'xshatib!

Qayd etilgan


Muhammad Amin  02 Iyul 2009, 12:07:41

TUSHIMDA

Sakkiz ko'zli alvasti
Men bilan xo'p gaplashdi.
Bitta ko'zin qildi lo'q,
Ikkinchisi o'ynar sho'x,
Uchinchisin suzdi sal,
To'rtinchisin qisdi sal,
Beshinchisi yiltirar,
Oltinchisi mo'ltirar,
Yettinchisi yig'lardi,
Oxirgisi uxlardi...

Qayd etilgan