BOLAJONLARGA...  ( 88705 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 ... 19 B


Muhammad Amin  02 Iyul 2009, 12:12:27

TUMSHUQLAR

Tirikchilik uchun, do'stlar, hammaga ham kerka tumshuq,
O'z tumshug'i har kimga soz, darkor emas bo'lak tumshuq.

Bigiztumshuq bo'lar Laylak, qaychitumshuq ana - Turna,
Ko'lda baliq titkilovchi O'rdak esa kuraktumshuq.

Qashqirniki qonli tumshuq, Ayiqniki shira tumshuiq,
Kirtumshuq bu - Cho'chqa polvon, Itlar azal so'laktumshuq.

To'p-to'p sayoq baliqlarni qo'shib suvga simirgay Kit,
Suvni tuflar, qolar baliq, ana sizga elak tumshuq.

Qurbaqa - g'irt qoshiqtumshuq, Fillar esa - ichaktumshuq,
Pichoqtumshuq - To'ng'izlaru, Begemotlar - chelaktumshuq.

Deganmishsiz:"Tumshuq turin yaxshi bilmas ekan Bulbul",
Mening yozgan kitobimga suqibsiz-da, demak, tumshuq?!

Qayd etilgan


Muhammad Amin  02 Iyul 2009, 12:12:49

G'ALATI MAKTUBLAR
---------------------------------


KALISHNING BOTINKAGA YOZGAN XATI

Boshlandiyu loychaydi,
Tashvishlarim ko'paydi.
Tugamaydi hech ishim,
Qurimaydi tash-ichim.
Tishlarimning sog'i kam,
Qashqa bo'ldi burnim ham,
Cho'gal teshdi tagimni...
Qisqa qilay gapimni,
Shoshilyapman,
Bormish to'y.
Mendan salom aytib qo'y:
Ko'netikboy dadangga,
Satang xirom akangga,
Dono Chorig' bobongga,
Suluv Shippak opangga,
Cho'tir Kerza tog'angga,
Amrikoni xolangga,
Mahsibibi oyingga
Va ikkinchi poyingga.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  02 Iyul 2009, 12:13:12

DO'PPINING SHLYAPAGA YOZGAN XATI

Yurgandirsan cho'chchayib,
Soya tashlab burunga?
Uchrashgandik so'nggi bor
Qaysidir bir gurungda.

Egam bilan birga men
Chiqqanim payt to'riga,
Sen yechilib,
Bir chetda -
Qolgan eding mo'riday.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  02 Iyul 2009, 12:14:05

KO'ZTIKONNING KIRPITIKONGA YOZGAN XATI

Shirin kurmak Qo'y uchun -
Ovqatning eng zo'ri-da!
Qancha satang Quyonlar
Yemish bo'ldi Bo'riga.

Kallangizga qoyilman,
Juda dono ekansiz.
Yashab bo'lar ekanmi
Shu zamonda tikonsiz!

Qayd etilgan


Muhammad Amin  02 Iyul 2009, 12:14:22

UVADANING PAXTAGA YOZGAN XATI

Sendek lo'ppi Paxta edim
Bir paytlar Quvada.
To'n ichida ezg'ilanib,
Oxir bo'ldim
Uvada.

Oftob joyda jim yotibman,
Nurdan ko'zim qamashib.
Boshqa to'nga tiqisharmish
Yumshatishib,
Savashib.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  02 Iyul 2009, 12:14:42

PO'STINNING AYIQCHAGA YOZGAN XATI

Omonmisan, do'mbo'gim?
Ehtiyot bo'l o'zingga.
Juftakni ur,
Odamlar -
Ko'rinsayoq ko'zingga.

Taqdiringni o'ylasam,
Zirqiraydi har tolam.
Telpak bo'lib
Yonimga
Ilinmagin, jon bolam.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  02 Iyul 2009, 12:15:05

KARNAYNING SURNAYGA YOZGAN XATI

Salom, uka...
Vax-vaxa,
Vax-vaxa-vax,
Vax-vaxa.
Va-vu-u
Vaxax-xa.
Vax-xa vaxa,
Vax-xa vaxa,
Va vu-u-u-u...
Xayr!

Qayd etilgan


Muhammad Amin  02 Iyul 2009, 12:15:22

ATALANING LAG'MONGA YOZGAN XATI

Kampir meni pishirdi
Erinmasdan atalab.
Qirmochimni qozondan
Bolalar yer tatalab.

Sen ham tezroq pishsang-chi,
Qisqa-qisqa uzilib.
Ishdan qochgan yalqovdek
Yotaverma cho'zilib.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  02 Iyul 2009, 12:16:21

KULCHALAR
----------------------


KELINPOSHSHO

Mushuk bibi
Miyov, dedi.
Menga qarang,
Kuyov, dedi.

Bozorga tez
Borib keling.
Shirin sichqon
Olib keling.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  02 Iyul 2009, 12:16:38

OBBO, KALAMUSH-EY!

Kalamushvoy,
Kalamush.
Savoding sal
Chalamish.

Yoz desalar
"Temir" deb,
Sen yozibsan
"Kemir!" deb.

Qayd etilgan