Bodom - nafas yo'llarini yumshatar mudom.  ( 13763 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Zamiraxon  18 Mart 2009, 11:56:06

                  Bodom - nafas yo'llarini yumshatar mudom.

  Bodom mag'zi tarkibida salmoqli miqdorda moy, emulsin fermenti, B1 va B2 vitaminlari, qand, oqsil, ma'danli unsurlar jamlamasi mavjud.
  Xalq tabobati amaliyotida shirin bodom mag'zining qand (shakar) bilan aralashtirilgani darmonsizlik, nafas qisishi, ko'z tinib, bosh gangishi va quruq iztirobli yo'talga qarshi shifo sifatida ishlatiladi.
   Achchiq bodomning musallas bilan aralashtirilgani noxush eshakemni davolashda, toza asal bilan qo'shilgani esa toshma yaralarni quritishda yordam beradi.
   Bodomning sirka bilan omixta qilingani zamburug'li kasalliklarga qarshi sinalgan vosita.
   Tabib Mir Muhammad Husayn al-Oqiliyning "Mahzan al-Adviyya" ("Davolar xazinasi") kitobida bayon etilishiga qaraganda, chuchuk bodom ichki a'zolarni tozalaydi, miyani peshlaydi. Ayniqsa novvot bilan iste'mol etilsa, natijasi ziyoda bo'ladi. Bodom ko'zning ko'rish xususiyatini mustahkamlaydi, tomoqni yumashatadi, ko'krakka foyda beradi.
   Bodom shakar bilan iste'mol qilinsa, ziqnfas, zotiljam hamda qusishga foyda qilishi bilan birga kesilgan, shilingan, tilingan, qirilgan joylarga, ichak yaralari, qovuq yaralarini tuzatishga yordam beradi, urug'ni ko'paytirib, semirtiradi.
   XVI asrda yashab ijod etgan shoir va tabib Hakim Davoiy al-Giloniy qalamiga mansub "Favoyid al-inson" ("Insonga foydalar") asarida shirin bodom haqida shunday deyiladi:
                   
               Nafas yo'llarini yumshatar bodom,
               Bodomdan badan ham semirar mudom.
               To'siq bo'lsa agar jigar, taloqda,
               Shishni ham yo'qotar yeyilgan chog'da.
               Unda miya bilan pushtga quvvat bor,
               Tozasi ho'l mijoz qiladi nisor.
               Ochuvchi hislatga egadir bodom,
               Achchig'ida kuchli bu ta'sir mudom.
               Isitma egasi yegani zamon,
               Issig'i pasayar undan begumon.
               
  Tabiblardan Sayyid Muhammad Hasrat bodomning xosiyatlarini ta'rif etar ekan, u achchiq bodomga sharob qo'shilsa, dog' va sepkillardan xalos qiluvchi surtmaga aylanishi mumkinligi, shuningdek, hayz haydashini ta'kidlaydi.
  Bodomli murabbo o'ya ozuqali bo'lib, tanani to'lishtiradi va bo'yraklarga juda foydali.
  Moyi ajratib olingan shirin bodom qoldig'i teriga qo'yilsa, uning rangini tiniqlashtirib, latif va chiroyli qiladi.
  Shirin bodom moyi yoki mag'zini suvga obdon ezib aralashtirilsa, bodom "suti" hosil bo'ladi. Bodom suti iste'mol qilinsa, beozor peshob haydovchi sifatida xizmat qiladi.
  Qizamiq chiqqan bolalarga chuchuk bodom urug'i po'chog'ining qaynatmasi ichiriladi.
  Achchiq bodom moyi quloq og'rig'ini davolashda, shirin bodom mag'zi esa qandga qo'shilib kamqonlik, ziqnafas, zo'raki yo'tal, uyqusizlik, bosh og'rig'i kabilarni davolashda ishlatiladi.
  Zamonaviy tib amaliyotida chuchuk bodom urug'idan tayyorlangan emulsiya me'da-ichak og'riqlarini qoldirish uchun ishlatiladi.
  Achchiq bodom urug'i kunjarasidan achchiq bodom suvi olinib, u tinchlantiruvchi va og'riqni qoldiruvchi dori sifatida ishlatiladi.
 

Qayd etilgan


Zamiraxon  08 Iyul 2009, 19:37:12

Bodomning yog'ini soch ildizlariga yaxshilab uchigacha sursangiz sochingizni mustahkam va jozibali qiladi. Bundan tashqari sochni o'stirish xususiyatiga ham egadir. Hozir mana shu postni yozib turganda ham sochimda bodom yog'i :)

Qayd etilgan