Turp
Turpdan ko'hna zamonlardan beri xalq tabobati amaliyotida bir qancha xastaliklarning davosi sifatida foydalanib kelinadi.
Turp bilan asal aralashmasi har xil jarohat va yaralarga malham bo'ladi.
Jolinus hakim qoldirgan ma'lumotga qaraganda, turp ovqatdan oldin iste'mol qilinsa, ishtahani ochadi. Ovqatdan so'ng iste'mol qilinsa, uning tez hazm bo'lishiga yordam beradi.