"Qulchilikka keldik, yangajon!"  ( 73280 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 18 B


Ansora  10 Noyabr 2009, 19:26:19

A.alaykum. Hamma narsa niyyatga bog'liq. Doimo duo qilardim: "Allohim, ota-onam meni shundayam qiynalib katta qilishgan, iloyim shunday kuyov nasib qilging-ki mendan na sep hohlasin na ichkili to'y".

Baxtli kun, deyilgan kunda bazilar uchun baxtsiz kun bo'lib qolmasin, deb rosa qo'rqardim. Qarzga botish, ichkili to'y vhk...

Rabbim duolarimni qabul qildi, hamd bo’lsin"¦.

Ayamga doimo aytardim, "aya menga sep yig'mang", deb. Doimo menga yomon ta'sir qilardi, qiz tarafni bir dunyo kiyim-kechak qilib kuyovga berishi. Bir qizni katta qilish, o'qitishni o'zi bo'ladi-mi azizlar??? Ayniqsa xozirgi kunda, kimga ishonishingni ham bilmaysan.
Qiz butun umrga oilasidan ajralib chiqadi, har qancha ko'rishib turishsa ham bundan keyin qizning joyi-erining va oilasining yonida.

Shunday ekan, nima uchun qiz yana yonida bir narsalar olib kelishi kerak.

Ayamga xazillashib: "Menday qizni oladi-yu yana nima kerak", derdim : )

Tabiiy bu gaplarning xazil tarafi, har bir qiz kelajakdagi uyida hamma narsasi bo'lsin, birovdan kami bo'lmasin, hohlaydi.

Biz Andijonliklarda qizga 20-30 ta ko'ynak qilinadi, oyoq kiyimlari vhk..Nima keragi bor, shuncha kiyimni birdaniga olishni. Eng yomon ko'rgan narsam esa: "Sep yoydi". Hoy birodar, birov boy, birov kambag'al nima keragi bor ko'z ko'z qilishni.

Ko'z tegish degan narsalar bor...

Urf-odatim, mayli, hurmatim cheksiz, lekin shunga ketadigan pulga kelin-kuyovni ishlatadigan eng kerakli buyumlarini olsa bo'ladi-ku. Ja bo'lmasa pullari yonlarida qolsin, kerak bo'lganda ishlatishadi...

Kelinayam ham 20-30 ta ko'ynak olib kelgandilar, 1 yil o'tmay "modasi o'tdi" yo toraydi, yo kiyishdan siqildi. Xudo biladi u ko'ynaklar nima bo'ldi : )
Buni ko'rib ham, hech ham foydali tarafi yo'q, degandim bu odatni.
Hali turmushga chigmagan, uylanmaganlar "œduoni qo’yiq qilaveringlar", insholloh Rabbim ko’nglingizday to’y nasib etadi"¦
Bizni insonlarimiz bir narsadan :

"œVoy palonchi nima deydi, degan narsadan,

to’y-hashamni insonlarni ko’zi uchun qilishdan

kim o’zarga bir narsalar qilishdan voz kechishsa,

ishoning ko’p narsa o’zgarar edi"¦

Qayd etilgan


Chustiy  10 Noyabr 2009, 20:00:15

Ikki kun oldin, bozordan qaytayorganimda, orqa o'rindiqda, ikki ayolni suhbati odamni hayratda qoldirdi, bir moshinada bo'lganligimiz, bois ularning gaplarini bemalol eshitish mumkin edi... Gapdan gap chiqib sovchilik haqida so'z ketdi...

"Qaysi birinidir ta'kidlashiga ko'ra, jiyani bir qiz bilan uchrashuvga chiqibti, qiz, yigitdan, "Amerikalarda o'qib ishlab keldiz, nega oyizga ubu kiyim obermisiz? uch marta sovchi bo'lib kelidilar uch martadayam bir hil kiyimdalar"... Aslida esa yigitni onasi kamtar o'zbek ayollaridan ekanlar" deb qoldi... Ikkinchisi esa so'zlarini tasdiqlab, ha opa hozir kelayitgan sovchilarni kiyimigayam qarashvotti, har sapar har hil kiyinib borish kerak dedi....
Ular so'zlashar ekanu man ichimda Alloh asrasin shundaylardan deb ketardim...

Qayd etilgan


Mahdiyah  11 Noyabr 2009, 04:59:59

Yuqoridagi fikr muloxazalardan ma'lum bo'ldiki insonlar moddiylikka, dunyo matohlariga keragida ortiq ruju qo'yganlar...

Rasululloh  :sw: Fotima onamizni uzatayotib qizlariga rozg'orda kerakli qozon-tovoq kabi 1-2 narsalarni sep qilib berganlar, lekin Ali  :ra: o'sha payt kambag'al xolatda bo'lsalar ham menga uni oberilar, buni oberilar dimaganlar.

Etmoqchimanki bizni o'zbek oilalarida qiz tug'ildi degunicha unga sarpa yig'ishadi.
Bu qon qonimizga singib ketgan.

O'zimda ham har gal oyligimni olsam ayam "Qizim o'zinga u-bu narsa ob qo'ygin, ertaga turmushga chiqqaningda kere bo'ladi" dirdilar.
U payt qonim qaynagan vaqti edi, jaxlim chiqardi.
Nima endi ertaga bo'ladigan ishga xozirgi oyligimni ishlatishim kerak 1 chidan,
2 chidan Alloh beraman disa ertagayam beraveradi...
3 dan mani sepim uchun emas man uchun keladigan inson bilan oila quraman dirdim  :D
Buvim "Unda o'risga tegasan shekilli" dib hazillashardilar.
Man ham "Manga farqi yo'q musulmon bo'sa bo'ldi, chukchagayam tegaveraman" dirdim.
Hammalari xoxolab kulishardi.

Alhamdulillah tushunadigan, qizni sepi uchun emas, o'zi uchun uylanadiganlar bor.

Qizni ota-onasi o'zi rozi bo'lib biror narsa olib borsa boshqa gap,...
Lekin undan talab qilishlari shuncha uy beramiz shunchasini to'ldirasan deyishlari...
yoki qiz taraf gap so'zlardan qo'rqib, ertaga qizlariga yaxshi muomila bo'lmasligidan qo'rqib qurbilari yetsa-yetmasa quda tarafni og'zini "moylashlari" aql bovar qilmidigan xolat.
BU bir SOXTALIK!
Shunaqa boshlangan oila nima bo'larda SOXTALIKka qurilgan oila sinmasada dars ketishi tabiiy!!!

Qayd etilgan


Arbuzchi  11 Noyabr 2009, 10:40:24



O'zimda ham har gal oyligimni olsam ayam "Qizim o'zinga u-bu narsa ob qo'ygin, ertaga turmushga chiqqaningda kere bo'ladi" dirdilar.

Oyizla ko'pni ko'rgan ayol ekanla. Ha endi siz bugungi hayot bilan kun ko'rganizdan keyin, hayotda butun qiyinchilikla shu ota oneyzni boshida bo'lib, siz paqat kayfu safo (eni shu gapimgayam osilvomen ;)) bilan kotta bo'ganizdan keyin qattanam bu gaplarni tagiga yetardiz... :)

Iqtibos
Nima endi ertaga bo'ladigan ishga xozirgi oyligimni ishlatishim kerak 1 chidan,
2 chidan Alloh beraman disa ertagayam beraveradi...
1-dan hamma narsa bugundan boshlanadi. Bugungi qo'yilgan poydevor, ertangi kunning baland binosi bo'ladi oyqiz... ;)
2-dan "Allah beraman" degan va'dasi, qandaydur sabab bilan bo'ladi. Masalan sayu harakat bizdan, rizq Allahdan. Allah musabib, a siz sabab qiluvchi... :)
Iqtibos
Man ham "Manga farqi yo'q musulmon bo'sa bo'ldi, chukchagayam tegaveraman" dirdim.
Hammalari xoxolab kulishardi.
Shu gapiz gapmi? Sizga o'zim yaaaaxshi bir kuyov topperaman... :D

Qayd etilgan


Mahdiyah  12 Noyabr 2009, 05:27:22

Albatta Arbuzchi bu sizi fikriz!

Mani dunyoqarashim shunaqa!
Albatta onam mandan ko'ra dunyoni yaxshi biladilar, uni baland pastini.
Lekin ko'p xollarda ham ISLOM yuzasidan xulosa chiqarmaydilar.
Faqat shu borada kelishmovchilik bo'lishi mumkin.
Boshqa narsada imkon qadar onamga quloq solaman.

Siz balki gaplarimni "Olma pish og'zimga tush didiganlardan" dib tushungandirsiz,
lekin man Allohga har bir ishda tavakkal qilib yashashni yaxshi ko'raman
Va bu bilan hali biror marta yutqazmadim! ALHAMDULILLAH!

Rizq masalasida esa ISLOM bo'limida ko'p fikrlar bor alohida mavzu ham bor (kaminaniki),
bir o'sha tarflarga sayr qilib kesez InshaAlloh hammasi yaxshi bo'b ketadi.

Kiyov bola borasida qayg'urmen. Alloh buni ham o'zi oson qilgan.
InshaAlloh oz qoldi.
INSHAALLOH forumdoshlar safida sizni ham taklif qizlarmiz to'yga - AMRI MA'RUF va NAHIY MUNKARga.

Qayd etilgan


Mahdiyah  12 Noyabr 2009, 05:54:23

Shu o'rinda yana bir gap, Munira xonim etganlariday bozorlarni ayollar egallab olishvatti, lekin bundagi aybni butunlay erkelaga yuklash ham to'g'ri emas.
Mana Mahdiyahni gaplaridanam ancha hulosalarni olish mn:
...insonlar moddiylikka, dunyo matohlariga keragida ortiq ruju qo'yganlar...
...Etmoqchimanki bizni o'zbek oilalarida qiz tug'ildi degunicha unga sarpa yig'ishadi.
...Qizni ota-onasi o'zi rozi bo'lib biror narsa olib borsa boshqa gap,...
Lekin undan talab qilishlari shuncha uy beramiz shunchasini to'ldirasan deyishlari...
yoki qiz taraf gap so'zlardan qo'rqib, ertaga qizlariga yaxshi muomila bo'lmasligidan qo'rqib qurbilari yetsa-yetmasa quda tarafni og'zini "moylashlari" aql bovar qilmidigan xolat.
Hamma mash-mashalarni hotinlarni o'zlari o'ylab topishadi, "Orzu-havas" oldida esa "imkoniyatiga qarab ish qilishlik"dan uyaladilar, va "odamlar nima deydi?" deb ham anaqa qilishadi. Shuning uchun ham o'zlarini o'qqa-cho'qqa urib bo'lsa ham hech kimdan kam bo'lmaslikka harakat qiladilar. Natijada ilm olish, farzand tarbiyalash kabi ishlarni unutib qo'yishadi. Keyn esa o'zligini boshligi qotadi, nega mani farzandlarim ilm olishni yomon ko'rarkin? nega tarbiyasizikin? deb. Shunday hotini bor erkelar nima ham qila olardi?

To'ppa to'g'ri!
Ko'p xollarda ayollar bekorchi narsalarga qattiq ruju qo'yvorishadi.
Bunga esa aslida erlari qarshi chiqishlari va ayollarini bunday bekorchilikdan saqlashlari kerak edi!
Lekin boshlarini g'alvaga qo'yib nima qiladilar?

Undan ko'ra tinchgina pulini berib, Hojiboy etganidek "antijag'" bergandek qutiladilar!  ;D
Manimcha esa bu yana bir bor uyda erkakning emas ayolning gapiga 1-o'rinda qaralishiga misol!
Aslida esa OILADA ayol qancha fikrini bildirsa ham, ERKAK kishi xulosa chiqarishi yaxshi.


Qayd etilgan


Arbuzchi  12 Noyabr 2009, 14:34:30

Albatta hammani ham o'z dunyoqarashi bor, lokigin sizzikini ko'pi esa dunyoqarashizni yoshliy hijatidan, tajribasizlik jihatidan yuzaga kelmoqda.

Lekin onajonizni o'sha etgan gaplari Islomiy nuqtai nazardan ta'qiqlangan narsa emas edi. Buni kak  Islomda sizdan ko'pro ko'yney yitgan sifatida aytyapman... :)
Hay mayli erta indin, oyizni gapini nechog'li hikmatli ekanligini tushunib yetarsiz...

O'zi hayotimda rosa mashnaqa devushki s harakterimlarni juda ko'p ko'rganman. Hammasi egarlanmagan asov otga o'xshab pisqirib tururishadi. Hayotni o'zi ulani yaxshilab egarlab, pakladistiy qip qo'yadi... :D
Yana Mahdiyah  "man tortishishga ustaman" deb qarshi chiqishga shoshilmen, prosta kereyamas ortucha gapla.  ;)

Bitta do'stim bor edi. Otasiz kotta bo'gani uchun onasini juda yaxshi ko'rardi. Hullas hu yigit bitta qizga uylandi. Akazivaetsya o'sha kelin haligi etganimdey asov otladan ekan. Nimamush "Oyiz namoz o'qimaydilar. Ulani oldida man hijobda yuraman. CHunki bizani ustozimiz benamoz ayollar huddi begona erkaklar kabi" deb boshini aynitib qo'ygan emush.
Eshtib qolib o'sha do'stimni chaqirtirdim.
"Hotiniyni popugini  bosib qo'y. Bu nima qiliq. Ahir oneyni shu bilan kofir-fodiq deyaptiku. Onaga bunaqa behurmatli qima. Undan tashqari bu oila hayoti hali nima ahvolla yuz beradi boshiylada" deb nasihat qilsam ham, o'sha hotinni gapini gap qilib yurdi.
Mana hayot o'z o'rniga qo'p qo'ydi. 2 yilga bormadi bu taqvosi. Qarasaki bu qigan ishi taqvo emas, balki johiliyat ekan.
Hozir kelinbola mani ko'rsa uyaladigan bo'p qogan, qigan ishlari uchun... ;)

Shunchunam Mahdiyahhon tinch bo'sinla deyappista... :1

Qayd etilgan


Mahdiyah  13 Noyabr 2009, 05:06:27

Rahmaaaaaaaaaaaaaat, yaxshi deyappistuuuuuuurrrrrrrrrriiiiiiiiiin unda.

U qizga kim unaqa digan bilmadimu, lekin boshqalani gapiga emas QUR'ONga 1 navbatda qarash keregidi.
Qur'onda esa ayol kishi kimni yonida ro'molda yurishi kere, va kimdan avratlarini to'sishi kerakligi ANIQ va TINIQ ko'rsatib qo'yilgan:

Mo‘minalarga ham ayting, ko‘zlarini (nomahram erkaklarga tikishdan) to‘ssinlar va avratlarini (haromdan) saqlasinlar! Hamda ko‘rinib turgandan boshqa zeb-ziynatlarini (ya’ni ustlaridagi liboslaridan boshqa zeb-ziynatlarini nomahramlarga) ko‘rsatmasinlar va ko‘kraklarini ro‘mollari bilan to‘ssinlar! Ular zeb-ziynatlarini ko‘rsatmasinlar, magar erlariga yo otalariga yo erlarining otalariga yo o‘g‘illariga yo erlarining o‘g‘illariga yo o‘zlarining og‘a-inilariga yo og‘a-inilarining o‘g‘illariga yo opa-singillarining o‘g‘illariga yo o‘zlari (kabi) ayollarga yo qo‘l ostilaridagi cho‘rilarga yo (ayollardan) behojat bo‘lgan (ya’ni juda keksayib qolgan yoki aqlsiz-devona) erkak xizmatkor-qullarga yo ayollarning avratlaridan xabardor bo‘lmagan go‘daklargagina (ko‘rsatishlari joizdir). Yana yashirgan zeb-ziynatlar bilinsin uchun oyoqlarini (erga) urmasinlar! Barchalaringiz Allohga tavba qilinglar, ey mo‘minlar! Shoyadki (shunda) najot topsangizlar. [Nur/31]

Shunchun taqvoni gapirishdan oldin hammayam QUR'ON va SUNNATNI o'qib qo'ysin.
Man ham Qur'onni zo'r o'qib qo'ymaganman hali, lekin o'qigan va bilgan oyatlarimga amal qilishga harakat qilaman.

Man tortishishga ustamasman. Shunchaki SALOMGA yarasha ALIK olishni hush ko'raman  

O'zizam chelovek s harakterim sizde shunga o'ziga o'xshaganla uchrasa kere  
O'xshatmasdan uchratmas dib bekorga etishmidiku!

Rahmat lekin man uchun, kelajagim uchun qayg'urvotkanizga.
Onam ham shunchali qayg'urmasala kere

Ha tajribasizligimniyam tan olaman...
Lekin atiga 23 yilcha yashagan bo'sam ham bildimki, aql biz o'ylagandek yoshdamas BOSHDA ekan.
Yoki boshqacharog'i O'QIGANMAS UQQAN BILADI diyishadiyu
(Bashorat xola bo'b kettimmi o'ziyam )  :D

P.S. "Amallar niyatga qarab..." dib etib ketganlar man sevgan inson  :sw:
Bu har birimiz ne maqsadda nima ish qilayotganimizga misol. Darrov boshqacha tushunmela (kesatibdi dib)



Qayd etilgan


Nurzoda  15 Noyabr 2009, 04:40:21

  Xorazmda sovchilikka asosan, erkaklar-kuyovning otasi, amakisi yoki tog'asi boradi. Qiz tomonning rozi bo'lishi sezilsa, keyingi gal ayollarni ham olib borishadi. Ayollar, patir, shirinliklar solingan dasturxon olib borishadi. Qizning ota-onasi rozilik bildirsa, dasturxon ochiladi, aks holda shundayligicha qaytarib yuborishadi.

Avvalo uzr opajon sal yanglishibsiz bizada xorazmda unaqamas odat avvalo "ayolla" kelishadi juft bo'lib dasturxonda albatta juft non va oq qand bo'lishi kerey "oq qand"siz sovchilikka borilmidi agar qiz tamon rozi bo'sa "oq qand"ni olib qoladide keyin erkakla kesin diyishadi keyingi kuni erkeyla kelishadi keyin bizada ko'pincha yakshanba kuni kechqurun kelishadi kundizi sovchilikka borishganini ko'rmaganman hich =))[/b][/font][/color]

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Noyabr 2009, 06:33:48

Astag'firulloh...

Bu hali hayot tugadi digani emasku...
Tavbaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaa

Qayd etilgan