"Qulchilikka keldik, yangajon!"  ( 108462 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 18 B


Zamiraxon  18 Mart 2009, 13:08:29


   Avvalo, sovchi kim degan savolga to'xtalsak. Tarixiy manbalarga nazar solsak, VII - VIII asrlargaoid O'rxun-Enasoy bitiklarida ham bu haqda ma'lumotlar keltirilgan. Xususan, Mahmud Qoshg'ariy bu elchilarga "kelin va kuyov orasida bir-biriga xabar eltuvchi", deya ta'rif bergan. Rostdan ham kelin bilan go'shangadagina tanishgan kuyov u haqda sovchi orqali bilgan.
  Turkiy xalqlarda, jumaladan, biz o'zbeklarda ham qadimdan sovchilikka dastlab ayollar, so'ngra erkaklar borishgan. Odatda, obruli, ko'pni ko'rgan, uvali-juvali, serfarzand va fozil kishini sovchilikka munosib, deb bilishgan.
  O'zbekistonning ba'zi bir viloyatlarda sovchilarga oid qanaqa udumlar, odatlar borligini yoizb o'tsam.
 
 Qoraqolpog'iston Respublikasida kuyovning kelinni olib qochish odati  bo'lgani uchun sovchilik kamdan-kam hollarda bo'ladi. Yigit qizni olib qochgach, o'sha kuni qiznikiga kuyov tomondan xabarchi jo'natiladi. Agar qizning ota-onasi bu nikohga norozi bo'lishsa, xabarchi bilan yigitnikiga borib, qizni qaytarib olib keladi. Rozi bo'lsa, qizning yangalarini kuyovnikiga yuborishadi. Yangalarning kelishi "Tap berdi" deyiladi. Qiz roziligini aytsa, yangalarga kuyov tomondan sarpo beradi.


Qayd etilgan


Zamiraxon  18 Mart 2009, 13:08:55

  Xorazmda sovchilikka asosan, erkaklar-kuyovning otasi, amakisi yoki tog'asi boradi. Qiz tomonning rozi bo'lishi sezilsa, keyingi gal ayollarni ham olib borishadi. Ayollar, patir, shirinliklar solingan dasturxon olib borishadi. Qizning ota-onasi rozilik bildirsa, dasturxon ochiladi, aks holda shundayligicha qaytarib yuborishadi.

Qayd etilgan


Zamiraxon  18 Mart 2009, 13:09:17

  Buxoroda sovchi sifatida avvaliga erkaklar borishadi. Qiz tomon "ayollar kelsin, maslahatlashib ko'ramiz", desa, yoki oq mato berib yuborsa, bu rozilik alomati. Ba'zi joylarda sovchilar "til topishsa bo'ladigan vaqt" deb kech soat 9-10da, asosan, dam olish kunlari borishadi. Ayollar o'rgimchak uyasi bor-yo'qligini tekshirish uchun, albatta uy shiftlarini ko'zdan kechirishadi

Qayd etilgan


Zamiraxon  18 Mart 2009, 13:09:48

  Navoiy. Sovchilikka avval ayollar, so'ng erkaklar boradi. Sovchilar qancha urinmasin, bo'lajak kelinni ko'ra olmaydilar. Chunki qiz sovcilar kelishini bilib, qo'shnisinikiga yoki biror qarindoshinikiga, dugonasinikiga ketgan bo'ladi. "Qizi borning nozi bor" maqoli bu hudud odamlariga ham mos: sovchilar qiznikiga kamida uch marta qatnashlari shart.

Qayd etilgan


Zamiraxon  18 Mart 2009, 13:10:14

  Samarqandda ba'zilar sovchilikka chorshanba, shanba, yakshanba kunlari borish kerak, deb irim qilishadi. Sovchilar albatta juft holda borishadi. Ayrimlar ishlari bitmasiligidan, ko'z tegishidan qo'rqib, sovchilikka borishini sir tutadi. Kelgan sovchilar xonadon egalarining ozodaligini tekshirib ko'rish maqsadida to'shalgan gilam tagini ko'tarib ko'rishadi. Agar toza bo'lmasa, maqsadini aytmasdan ham shunchali mehmonga kelgan kishi bo'lib qaytib ketaverishadi.

Qayd etilgan


Zamiraxon  18 Mart 2009, 13:11:39

 Jizzax va Sirdaryoda kimnikiga sovchilikka borilayotgani ba'zida sir tutiladi. Ba'zi hududlarida ko'proq dushanba, payshanda kunlari boriladi. Seshanba kuni sovchilikka borishni xosiyatsiz, deb bilishadi.

 Toshkent shahrida sovchilar "qulchilikka keldiiiik", deb kirib kelishadi. Boshqa viloyatlardan farqli ravishda ular bo'lajak kelinni ko'rishlari kerak. qiz sovchilar uchun choy damlab kiradi. Salom berib, choynakni qo'yadida, darrov chiqib ketadi. Bu paytda sovchilar o'zlari bilan kuyovni ham olib kelishlari va yigit-qiz uchrashib, gaplashib ko'rishlari mumkin. Sovchilar biror bahona qilib oshxonaning tozaligini ko'zdan kechirishga harakat qilishadi.

 Toshkent viloyati. Kelinlikka nomzod qiznikiga ko'pincha yigitning onasi, yangalari borishadi, erkaklar bormaydi. Ikki tomon bir-birini yaxshi tanisa, sovchilarning uch marta borishi shart emas, bir borgandayam rozi bo'lishlari mumkin. Qiz tomon qudachilikka rozi bo'lsa, keltirilgan buyumlarni olib qolishadi. Qiz tomon tanish bo'lmasa, sovchilar "qizni ko'raylik", deydi, Qiz choy damlab kiradi. Tomonlar tanish bo'lsa buning keragi yo'q.

Qayd etilgan


Zamiraxon  18 Mart 2009, 13:12:47

  Qashqadaryo. Bu viloyatda qizning ota-onasi rozilik bersa, sovchilar ikki tomoni ham meva-cheva, nonlar bilan to'ldirilgan xurjun va kelin uchun qalin pulining bir qismini olib borishadi. Qizig'i shundaki, sovchilar uy egasiga bildirmasdan ko'rpachaning tagiga pul qo'yib ketishadi.

  Surxondaryoda avvaliga ayollar sovchi bo'lib borishadi. Qiz tomonning roziligi sezilsa, kelasi safar erkaklar borishadi. Agar qizning ota-onasi norozi bo'lsa, buni sovchilarga birinchi kelishlaridayoq bildirishlari mumkin. Ba'zi joylarda seshanba kuni sovchilikka borilmaydi. Bu borada chorshanba, payshanba kunlari omadli, deb hisoblashadi.

Qayd etilgan


ZUBAIR  18 Mart 2009, 15:47:59

  Qashqadaryo. Bu viloyatda qizning ota-onasi rozilik bersa, sovchilar ikki tomoni ham meva-cheva, nonlar bilan to'ldirilgan xurjun va kelin uchun qalin pulining bir qismini olib borishadi. Qizig'i shundaki, sovchilar uy egasiga bildirmasdan ko'rpachaning tagiga pul qo'yib ketishadi.
 

Qiziq odatlari bor ekanmi  :)

Qayd etilgan


Munavvara  18 Mart 2009, 21:30:43

  Buxoroda sovchi sifatida avvaliga erkaklar borishadi. Qiz tomon "ayollar kelsin, maslahatlashib ko'ramiz", desa, yoki oq mato berib yuborsa, bu rozilik alomati. Ba'zi joylarda sovchilar "til topishsa bo'ladigan vaqt" deb kech soat 9-10da, asosan, dam olish kunlari borishadi. Ayollar o'rgimchak uyasi bor-yo'qligini tekshirish uchun, albatta uy shiftlarini ko'zdan kechirishadi

 :as: MashaAlloh judayam ajoyib maqola bo'libdi lekin ota-onam ko'pincha sovchilikka birga boradilar lekin ba'zida adamlar o'zlari qiz tomon adalari b-n ishni pishitib kelishadi  :D amakimni o'g'illari shunaqa uylandi adam sovchi bo'lib bordilar k-n to'y bo'p ketti  :). keyin Buxoroda sovchilikka borishsa ham ozodaligiga unchali e'tibor qaratishmidi sababi u yerni qizlari ozoda har ishi pok shunaqa gaplar ko'proq muomalasiga e'tibor berishadi...

Qayd etilgan


Muhseena  18 Mart 2009, 21:49:21

Toshkentda ko'proq nasl-nasabiga ham qarashadi.Bizda to'y qilish qiyin.Yangi jihozlar deganday.. :).Gilamlar,elita pardalar,mebellar,sarpalar....ehhe.Bizani uyda tayyorgarliklar boshlanib yuborilganiga ancha bo'lganu,lekin hech oxiri ko'rinmayapti,oyim hali duhoba dilla,hali chinni dilla ishqilib qachon bizada shunaqa jinnicha odatla yo'qolarkin dip o'ylab qolaman.

Qayd etilgan