"Qulchilikka keldik, yangajon!"  ( 108539 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 18 B

The_Alchemist  18 Mart 2009, 23:37:54

Kup viloyatlara Toshkentdagidek kup narsa talab qilishmaydi qiz tarafdan, lekin aslida yigit kishi kelin tomondan narsa kutishi uyat buladi.
Kelin uzining 5-6 ta kiyimi bilan kelsa buldida, qolganini eri olib beraveradi. Lekin bazida qiz tomon ham ujarlik qilishadi bizni ham orzu havasimiz bor deb olib kelib tiqishtiraverishadi, kuyov tomon qaytarsa hiddi raxmi kelib qaytargandek bulib qolishadi, yani narsalarni qaytarsa kelin tomon hurmatsizlik deb qabul qilishadi.Demak ayb ikki tomonda ham, eng tugri yuli tuydan avval hech narsa kerak emas, shundoq ham kuzizni oqu-qorasizni bizga beryapsizlar deb aytish kere kuyov taraf va hech narsa olmay turib olish kere...
Toshkentda kelinni narsalariga etibor berib hurmat qilishlarini, narsalari oddiyroq bulsa yuziga solishini eshitib hayratdan yoqamni ushlab qolganman.(Rostdan ham shu holat uchraydimi yoki yuq buni bilmayman faqat eshitganman holos)

The Alchemist

Qayd etilgan

siddiqa  19 Mart 2009, 05:44:46

Jizzax va Sirdaryoda kimnikiga sovchilikka borilayotgani ba'zida sir tutiladi. Ba'zi hududlarida ko'proq dushanba, payshanda kunlari boriladi. Seshanba kuni sovchilikka borishni xosiyatsiz, deb bilishadi.

Sirdaryoda sir tutib kelishligi mumkin ,lekin ular kun tanlashmidi ....Seshanbami ,chorshanbami farqi yo'q.

Qayd etilgan

G_u_l_i  19 Mart 2009, 06:41:06

Kup viloyatlara Toshkentdagidek kup narsa talab qilishmaydi qiz tarafdan, lekin aslida yigit kishi kelin tomondan narsa kutishi uyat buladi.
Kelin uzining 5-6 ta kiyimi bilan kelsa buldida, qolganini eri olib beraveradi. Lekin bazida qiz tomon ham ujarlik qilishadi bizni ham orzu havasimiz bor deb olib kelib tiqishtiraverishadi, kuyov tomon qaytarsa hiddi raxmi kelib qaytargandek bulib qolishadi, yani narsalarni qaytarsa kelin tomon hurmatsizlik deb qabul qilishadi.Demak ayb ikki tomonda ham, eng tugri yuli tuydan avval hech narsa kerak emas, shundoq ham kuzizni oqu-qorasizni bizga beryapsizlar deb aytish kere kuyov taraf va hech narsa olmay turib olish kere...
Toshkentda kelinni narsalariga etibor berib hurmat qilishlarini, narsalari oddiyroq bulsa yuziga solishini eshitib hayratdan yoqamni ushlab qolganman.(Rostdan ham shu holat uchraydimi yoki yuq buni bilmayman faqat eshitganman holos)

The Alchemist

 :as:, hm, bunaqa holatlar uchrab turadi!

Qayd etilgan

Muhseena  19 Mart 2009, 07:06:39

:as: ha shu mebeli Toshkentniki ekan degan gapni eshitsa bo'ldi demak qiz o'rtahol oiladan ekan deyishadi.Orzu-havaslar ham sal chegarada bo'lishi kerakda.Orzular osmonlargacha yetib borsa kerak,to'g'ri ayrimlar bor uyingizning ko'rkiga emas,qizning chaqqonligiga qaraydigan,lekin ular kamida challari bo'lishini talab qilishadi.Bizda salom,challari,haftalik degan udumlar bor.Qiz taraf shu udumlar uchun alohida sarpo yig'adi.Sekin-sekinlik bilan mebel qilish viloyatlarga ham ko'chib boryapti.

Qayd etilgan

Munira xonim  19 Mart 2009, 09:21:29

Assalamu alaykum.
Ko'p viloyatlarda, asosan, sovchilar "qulchilikka keldik..." degan so'zlari bor.
Lekin ming afsuski, to'y bo'ladigna bo'lsa, bu kelganlar o'zlarini xo'jayindek tutishadi.(albatta hammasi emas)
Qizni dunyoga keltirib, tarbiya qilib, bir kishinikiga tayyor hizmatchi qilib berayotgan ota-ona kuyov tomonga qulga aylanadi. Astag'firulloh.
Kichikkina ro'molchasidan tortib, eng katta narsasigacha tayyor qilib berishi lozim. Bunga kuyov tomon ham kelin tomon ham teng aybdor. Orzu havasni ham cheki chegarasi bor, albatta.
Ahli Havas - Ahli Bid'at, Ahli - Bida't esa - Ahli ......
Shuning uchun oilada Islom va uning ahkomlari birinchi o'rinda tursa, qiz yigitlarning tarbiyalari ham Islomiy tarzda olib borilsa, to'ylari ham shunday Islomiy Go'zal bo'lsa, hammaga oson va savobli bo'lardi.
Aks holda esa, inson o'ziga va o'zgalarga zulm qilgan boladi....

Qayd etilgan

AbdulAziz  20 Mart 2009, 06:45:30

Sovchilik odoblari qanday?

Savol: Qizga sovchi qo‘yish dinimizda bor narsami yoki urf-odatga kiradimi? Umuman, sovchilikning tartib-qoidalari qanday bo‘ladi?

Javob:
Nikohdan oldin sovchilik sunnatdir. Zero, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o‘zlariga va boshqalarga sovchilik qilganlar. Sovchilikdan maqsad qizning xohishini, shuningdek, ota-onasining fikrini, nikohga roziligini yo noroziligini bilishdir. Sovchilik odatda er tarafidan bo‘ladi. Sovchilik erning ayolni birga yashashga taklif etishidir.
Nikohdan oldin qiz va oila a’zolarining roziligi lozim. Sovchilik qiz va uning yaqinlarining fikrlarini ko‘rsatadi. Payg‘ambarimiz solallohu alayhi vasallam ayollarning o‘zlari talab qilmaganida yo ijozat bermaganida ularni nikohlashdan qaytarganlar. Imom Buxoriy va Muslim Abu Hurayra roziyallohu anhudan shunday rivoyat qiladilar: «Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar: «Bevani u bilan maslahatlashmasdan nikoh qilinmaydi. Qizning roziligi olinmasdan nikoh qilinmaydi». Sahobalar so‘radilar: «Yo Rasululloh! Qizning roziligi nima?» Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Indamasligi», deb javob qildilar».
Bevaning maslahatini olish lozim. Bevaning yaqinlari uning nikohga ochiq roziligini olishlari kerak. Qizdan esa roziligi so‘raladi. Ammo u ochiq javob berishga majbur qilinmaydi. Uning indamasligi kifoya. Zero, qiz ochiq javob berishdan tortinadi. Oysha roziyallohu anho onamizdan shunday rivoyat qilinadi: «Oysha onamiz: «Yo Rasululloh, qiz uyaladi», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uning indamasligi roziligidir», dedilar» (Imom Buxoriy rivoyati).
Manba

Qayd etilgan

AbdulAziz  20 Mart 2009, 07:15:24

Rasululloh (s.a.v.)ning qizlari Fotima 18 yoshga to‘lganidan so‘ng sovchilar keti uzilmay qoldi.
Abu Bakr va Umar Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning huzurlarida hurmati baland kishilar bo‘lib, Payg‘ambar alayhissalomga nasab jihatidan yaqin bo‘lishni xohlardi. Bu borada Usmon ibn Affon har ikkovidan o‘tib ketdi. Hazrati Usmon Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning qizlari Ruqiyaga uylanish baxtiga musharraf bo‘ldi. Badr jangidan keyin Ruqiya vafot etgandan so‘ng Nabiy alayhissalom Usmonga ikkinchi qizlari Ummu Gulsumni nikohlab berdilar.
Bir kuni Abu Bakr Nabiy alayhissalomning oldilariga kelib:
- Ey Rasululloh, mening islomda samimiyatim va ibratimni yaxshi bilasiz, men... men... - dedi va tili boshqa so‘zga aylanmay qoldi.
Nabiy alayhissalom nima demoqchi ekanini tushunmasdan aytdilarki:
- Nima bo‘ldi? Siddiq aytdi:
- Fotimaga uylansam degandim.
Abu Bakrning taklifidan Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning yuzlarida norozilik alomatlari ko‘rinib turardi. Hattoki yuzlarini burib oldilar. Shundan so‘ng Abu Bakr Umarning oldiga borib bo‘lgan voqeani aytib berdi:
- Ey Umar, tamom bo‘ldim. Umar so‘radi:
- Nima bo‘ldi?
- Men Rasulullohdan qizlari Fotimani o‘zimga so‘radim. U kishi mendan yuz o‘girdi.
Umar ibn Xattob aytdi:
- Siz qilgan ishni men oxiriga yetkazaman. Siz so‘ragan narsani men ham so‘rayman.
Shundan so‘ng Umar masjidga qarab jo‘nadi. Nabiy sallallohu alayhi vasallamning huzurlariga borib: "Ey Rasululloh, mening islomda samimiyatim va ibratimni yaxshi bilasiz, men... men...", dedi-yu uning ham tili boshqa so‘zga aylanmay qoldi.
Muhammad sallallohu alayhi vasallam so‘radilar:
- Nima bo‘ldi? Umar aytdi:
- Fotimaga uylansam degandim
Xotamul anbiyo sallallohu alayhi vasallam undan ham yuzini burdilar.
Umar Abu Bakrning oldiga kelib bo‘lgan voqeani aytib berdi.
- Albatta, u zot Allohning bu xususdagi hukmini kutyapti. Alining oldiga boraylik, biz Rasulullohdan so‘ragan narsani u ham so‘rab ko‘rsin.
Ikkalalari Alining oldiga borishdi. U xurmo shoxlarini butayotgan edi. Hazrati Abu Bakr Siddiq: "Amaking qiziga uylansang, yaxshi bo‘lardi", deb taklifini bildirdi.
Siddiq bilan Foruq uni uylanishga da’vat qildi. U ham Abu Bakr va Umar bilan bo‘lgan voqeani eslab biroz ikkilandi. So‘ngra tavakkal qilib yo‘lga chiqdi. Nabiy sallallohu alayhi vasallamnichg quzurlariga borib o‘tirdi va:
- Ey Rasululloh, islomdagi ibratimni yaxshi bilasiz, men... men...- dedi-yu, uning ham tili boshqa so‘zga aylanmadi.
Nabiy alayhissalom undan so‘radilar:
- Nega kelding, ey Ali?
Ali: "Fotimani menga bering", dedi. Rasululloh alayhissalom Alidan so‘radilar:
- Senda biror narsa bormi? Ali ibn Abu Tolib aytdi:
- Yo‘q.
Xotamul anbiyo (s.a.v.) aytdilar:
- Zirhli qalqoning qaerda? Ali ibn Abu Tolib aytdi:
- O’zimda.
Nabiy alayhissalom:
- Uni sotgin, - dedilar.
Ali ibn Abu Tolib qalqonini 480 dirhamga sotib, pulini Payg‘ambar alayhissalomning oldilariga keltirib qo‘ydi. U kishi puldan bir qism olib, Hazrati Bilolga berdilar:
- Ey Bilol, bu pulga yaxshi narsalardan keltir. Rasululloh (s.a.v.) Fotimani to‘yga yasantirishni buyurdilar. Bo‘lg‘usi kelin uchun bitta to‘shak, xurmo po‘stlog‘i solinib, teri bilan qoplangan yostiq, tagiga qum to‘shalgan uyni berdilar. So‘ng Aliga aytdilarki:
- Sen uni nikohlab olguncha unga hech narsani aytmagin. Rasululloh (s.a.v.)ning qizlari Fotima Ummu Ayman bilan birga kelganidan so‘ng hazrati Aliga nikohlandi.

Abdulaziz Shanaviyning "œRasulullohning izdoshlari" kitobidan.

Qayd etilgan

Foniy  20 Mart 2009, 17:18:12

Qashqadaryo... Qizig'i shundaki, sovchilar uy egasiga bildirmasdan ko'rpachaning tagiga pul qo'yib ketishadi.
Rostdan ham qiziq ekan,.. agar bu mavjud odat bo`lsa?..

Qayd etilgan

ikbaljohn  20 Mart 2009, 19:53:53

Bahor kelib,sovchilik-qulchilik mavzulari jonlanib qopti-yu.O'zi odatda o'ldim-kuydim,muhabbat mavzulari bahorda jonlanadi ;D

Qayd etilgan

Muzayyana  23 Mart 2009, 11:33:59

Assalamu alaykum!
Juda ajoyib va foydali maslahatlarga to'la mavzu ochilibdi, Alloh rozi bo'lsin.
Bu mavzuni ko'proq sovchi bo'lib keladiganlarga o'qitilsa yaxshi ish bo'lardi deb o'ylayman, shoyatki nimalarga e'tibor berish kerakligini tushunib yetishgan. Hozir bazi sovchilarni birinchi beradigan savoli, "oyiz nima ish qiladilar yoki dadez nima ish qiladilar?" bunde savollar asabizga teyadi xolos, naxotki kelajakdagi hayotni mana shu narsalar belgilab bersa?! Xuddi magazinga kirib narsa tanlagandey qizlarga qarashadi, boshqwa joylarda bilmadimkuya lekin qo'qonda shu odatdat. kelin qilishadi, uzog'i bilan 1 yilga boradi, ekyin nimamish kelin yomonmish, xech narsani bilmasmish....
Allohdan xammamiz o'zimizga islomiy turmush va ismoliy turmush o'rtoq so'raymiz, inshaAlloh! Sababi solix er yoki solixa xotin qiyomat kunida Robbimiz xuzurida inshaAlloh boshimizda toj bo'ladi.

Qayd etilgan