Assalamu alaykum.
Shu forum user va userkalarining aksari oila qurish arafasidagi insonlar.
Shuning uchun ham bu haqida so'rashni lozim topdim.
Biz oila qurishga qaror qilarkanmiz... biz uchun nima muhim avvalo?
Tashqi ko'rinish, topish tutishi, ilmi, muomilasi, ibodatlarga qay darajada qarashi....
Xozirgi vaqtda ko'p eshitib qolayabman...
Kimdur kimnikigadur sovchilikka boribdimish onasiga qizni bo'yi yoqmabdi...
qizga bolani kiyinishi yoqmabdi...
yana biriga bolani o'ta yulchanligi yoqmabdi...
Biz uchun muhim narsalar shunmi?
Oiladagi munosabatlar mana shu arzimagan "nuqsonlar" bilan o'lchanayabdimi?
NUQSON o'zi nima?
Bir yigit cho'loq: yoshligida nimadur sabab bir oyog'i oqsoq bo'lib qolgan.
Bu uning butun kelajagiga hatto 1 chi navbatda juft tanlashiga mone'lik qilmoqda...
Nuqson aslida shumi?...
Yoki qizning ko'zi sal hira ko'radi, Alloh uni shunday yaratgan...
Bu ham qizning qanchalar yaxshi bo’lmasin uning "œkamchiligi" xisoblanmoqda.
Bunday misollar juda ko’p: otasiz o’sgan yigit..., bolaligida onasidan ayrilib qolgan qiz..., nimadur sabab bo’lib tashqi ko’rinishiga "œdog’" bo’lgan omillar va hokazo...
Sizga savol forumdosh! Siz shunday insonni uchratdingiz, lekin dunyoqarashi sizga juda mos, uni uyingiz bekasi (begi) bo’lishiga ko’zingiz yetadi.
Lekin uyingizdagilar bunga rozi emas. Bu xolatda nima qilasiz?
Yana bir masala. Hamma qiz qidirayotganlar ilmli (ham diniy ham dunyoviy ilm egasi), oqila, chiroyli, hunarli..., (etilmagan faqat 90x60x90 qolgan...) bo’lishini xohlashayabdi
Yoki yigitni qori, toparmand-tutarmand, ilmli, muomilali... bo’lishini xohlashayabdi...
Lekin bunday muxitda o’smayin, keyin Alloh bergan hidoyat ila dinini endigina tanigan, uni arkonlarini endi bajarayotgan yigit yoki qizni, yoki tashqi jihatdan oiladagilari deylik hijobga ruxsat bermayotgan qiz bilan oila qurishga unga bilganlarini o’rgatishga, bilmaganlarini esa birga o’rganishga harakat qilganlar bormi?
Yoki hammamiz NAQDIGA o’rganganmimiz?