Muallif Mavzu: Abduhafiz Abdujabborov. Inson ko'rki — odob  ( 39322 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

siddiqa

  • shunday dardlar borki,tasallisi faqat iymondadir .
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1879
  • -oldi: 2405
  • Xabarlar: 1798
  • Allohim hulqimizni chiroyli qil !!!!
Abduhafiz Abdujabborov. Inson ko'rki — odob
« : 19 Mart 2009, 05:25:03 »
INSON KO’RKI — ODOB
(Odob-axloq haqidagi Qur’oni karim oyatlari va hadisi shariflar)

To‘plovchi va tarjimon: Abduhafiz Abdujabborov

«Toshkent islom universiteti»
Nashriyot-matbaa birlashmasi
Toshkent – 2004

MUNDARIJA

Xushxulqlik va xushfe’llik haqida
Mo‘min-musulmonlarning bir-birlariga munosabatlari haqida
Odamlarni murosaga keltirish haqida
Qarindoshchilik va qo‘shnichilik haqida
Mehr-muruvvat haqida
Sadaqa haqida
Saxiylik va ziqnalik haqida
Isrofgarchilik haqida
Halol va harom haqida
Vafo va xiyonat haqida
Hayo haqida
Ozodalik, orastalik haqida
Izn so‘rash haqida
Mehmondo‘stlik haqida
Salom berish, ko‘rishish haqida
Yurish, o‘tirish va yotish odobi haqida
Kamtarlik, kibru havo haqida
G‘azab haqida
G‘iybat, bo‘hton haqida
Shubha, gumon haqida
Yolg‘on haqida
Boshqa turli mavzular


I. Xushxulqlik va xushfe’llik haqida

1. «Ezgulik va taqvo yo‘lida hamkor bo‘ling. Gunoh va adovat yo‘lida hamkor bo‘lmang.» («Moida»,2)

2. Rasululloh (s.a.v.) aytganlar:
— Mo‘minlarning imonda barkamollari xulqi yaxshilaridir.

3. Rasululloh (s.a.v.) aytganlar:
— Mo‘min xushxulqlik bilan ro‘zador va qoim (tunini toat — ibodatda o‘tkazuvchi) darajasiga yetadi.
« So'nggi tahrir: 19 Yanvar 2012, 14:24:55 muallifi AbdulAziz »

siddiqa

  • shunday dardlar borki,tasallisi faqat iymondadir .
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1879
  • -oldi: 2405
  • Xabarlar: 1798
  • Allohim hulqimizni chiroyli qil !!!!
Re: inson ko'rki odob
« Javob #1 : 19 Mart 2009, 05:27:34 »
4. Rasululloh (s.a.v.)dan so‘radilar:
— Odamlarga berilgan ne’matlarning eng yaxshisi nima, Rasululloh?
— Xushfe’llik, — dedilar.

5. Abdulloh ibn al-Muborak xushxulqlikni ta’riflab bunday degan:
— Ochiq chehralik bo‘lish, mudom yaxshilik qilish, hech kimga ozor bermaslik.

6. Rasululloh (s.a.v.) aytganlar:
— Qiyomat kunida mo‘minning tarozusiga quyiladigan eng salmoqli narsa yaxshi xulqdir.

siddiqa

  • shunday dardlar borki,tasallisi faqat iymondadir .
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1879
  • -oldi: 2405
  • Xabarlar: 1798
  • Allohim hulqimizni chiroyli qil !!!!
Re: inson ko'rki odob
« Javob #2 : 19 Mart 2009, 05:28:06 »

7. An-Navvos dedi:
— Rasululloh(s.a.v.)dan so‘radim: «Yaxshilik nima-yu, yomonlik nima?» Dedilar:
— Yaxshilik xushfe’llikdir. Biror ish qilsang-u, ko‘ngling g‘ash bo‘lib, odamlar bilib qolishidan hadiksirasang, o‘sha ishing yomonlik bo‘ladi.

8. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Orangizda kimlar yomonligini aytaymi? -Vaysaqi, safsatabozlar. Yaxshilar kimligini aytaymi? - Xushfe’l, odoblilar.

9. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Din ixlosdir. So‘radik:
— Kimga? Dedilar:
— Allohga, Uning Kitobiga, Elchisi (Rasuli)ga, musulmon rahbarlarga va musulmon qavmlarga.


siddiqa

  • shunday dardlar borki,tasallisi faqat iymondadir .
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1879
  • -oldi: 2405
  • Xabarlar: 1798
  • Allohim hulqimizni chiroyli qil !!!!
Re: inson ko'rki odob
« Javob #3 : 19 Mart 2009, 05:28:28 »
10. Rasululloh (s.a.v.) aytganlar:
— Teshik-tuynugi yo‘q qoyatoshning ichida bo‘lsa ham biror ish qilsangiz, baribir ma’lum bo‘ladi.

11. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Alloh taolo (farishtalarga) bunday degan (Uning gapi esa doimo haq): «Bandam biror yaxshilikni niyat qilishi bilan yaxshilik qilgan savobini yozib qo‘ying. Niyatini amalga oshirsa, o‘nta savob yozing. Mabodo yomonlikni niyat qilsa, hech narsa yozmay turing. Yomon niyatini amalga oshirsa, o‘sha ishiga teng gunoh yozing, amalga oshirmasa bitta savob yozib qo‘ying».
Keyin Rasululloh mana bu oyatni o‘qidilar: «Yaxshilik qilganga savob o‘n barobar ko‘paytirib yozilur» («An’om», 160).

12. Rasululloh(s.a.v.) dedilar:
— Xudojo‘yligingizni hech qo‘ymang! Biror yomonlik qilib qo‘ysangiz, albatta uni yuvadigan yaxshilik ham qiling! Odamlar bilan muomalada xushfe’l bo‘ling!

siddiqa

  • shunday dardlar borki,tasallisi faqat iymondadir .
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1879
  • -oldi: 2405
  • Xabarlar: 1798
  • Allohim hulqimizni chiroyli qil !!!!
Re: inson ko'rki odob
« Javob #4 : 19 Mart 2009, 05:28:49 »
II. Mo‘min-musulmonlarning bir-birlariga munosabatlari haqida

13 «Mo‘minlar bir-birlariga birodardirlar» («Hujurot», 10)

14. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Musulmon musulmonga birodar. Odam birodarini aldamaydi, unga xiyonat qilmaydi, uni xo‘rlamaydi. Musulmonning eng qabih ishi —musulmon birodarini haqoratlashidir.

15. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Musulmon musulmonning birodaridir. Birodariga zulm qilmaydi, xiyonat qilmaydi. Birodarining hojatini chiqarganning hojatini Alloh chiqaradi. Musulmonning og‘irini yengil qilgan kishining Qiyomat kunidagi og‘irini Alloh yengil qiladi. Musulmonni panohiga olganni Qiyomat kunida Alloh panohiga oladi.
« So'nggi tahrir: 19 Mart 2009, 07:16:49 muallifi AbdulAziz »

siddiqa

  • shunday dardlar borki,tasallisi faqat iymondadir .
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1879
  • -oldi: 2405
  • Xabarlar: 1798
  • Allohim hulqimizni chiroyli qil !!!!
Re: inson ko'rki odob
« Javob #5 : 19 Mart 2009, 05:29:15 »
16. Rasululloh(s.a.v.) dedilar:
— Bir-biringizdan nafratlanmang, hasad qilmang, adovatda bo‘lmang, Allohning bir-biriga birodar bandalari bo‘ling.

17. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— o‘ziga ravo ko‘rganini birodariga ham ravo ko‘rmaguncha hech kim mo‘min bo‘lmaydi.

18. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— O’zingga ravo ko‘rganingni o‘zgalarga ham ravo ko‘rsatsangina musulmon bo‘lasan.

siddiqa

  • shunday dardlar borki,tasallisi faqat iymondadir .
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1879
  • -oldi: 2405
  • Xabarlar: 1798
  • Allohim hulqimizni chiroyli qil !!!!
Re: inson ko'rki odob
« Javob #6 : 19 Mart 2009, 05:29:36 »

19. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Odamlarga na tili va na qo‘li bilan ozor bermaydigan kishilargina musulmon bo‘ladilar.

20. Rasululloh (s.a.v.) dedilar: Musulmonning birodari oldida olti burchi bor.
- Ular qaysilar, Rasululloh?
- Uchrashganda salom berish, chaqirganida borish, so‘raganida maslahat berish, aksa urib «alhamdulillah» desa, «yarhamukalloh» deb tashmit aytish, betob bo‘lsa, ziyorat qilish, vafot etsa, janozasida qatnashish.

21. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
- Musulmonning musulmon bilan uch kecha-kunduzdan ortiq arazlashib yurishi mumkin emas. Araz uch kundan ortiq cho‘zilsa, ikkovi ham adashgan bo‘ladi. Arazni birinchi bo‘lib bas qilish gunohni yuvadi. Salom bersa-yu, birodari alik olmasa, maloikalar alik olishadi, alik olmaganga esa shayton salom beradi. Arazlashgan holda dunyodan o‘tib ketsalar, jannatda qech qachon uchrashmaydilar (ya’ni ulardan biri jannatga tushmaydi).


siddiqa

  • shunday dardlar borki,tasallisi faqat iymondadir .
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1879
  • -oldi: 2405
  • Xabarlar: 1798
  • Allohim hulqimizni chiroyli qil !!!!
Re: inson ko'rki odob
« Javob #7 : 19 Mart 2009, 05:29:58 »
22. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
- Birodarining uzrini qabul qilmaganning gunoqi nohaq soliq to‘lashni talab qilganning gunohidek bo‘ladi.

23. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Kechirimli bo‘l, senga xam kechirimli bo‘lishadi.

24. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Qo‘lingizdan kelgancha birodarlaringizga xizmat qiling.

siddiqa

  • shunday dardlar borki,tasallisi faqat iymondadir .
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1879
  • -oldi: 2405
  • Xabarlar: 1798
  • Allohim hulqimizni chiroyli qil !!!!
Re: inson ko'rki odob
« Javob #8 : 19 Mart 2009, 05:30:22 »
25. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Kerak bo‘lganida birodaringizdan maslahatingizni ayamang.

26. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Noto‘g‘ri fatvoga ko‘ra qilingan ishning gunohi fatvo beruvchiga bo‘ladi. Bila turib birodariga noto‘g‘ri maslahat berish xiyonat qilish bilan tengdir.

27. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Birodaring zulm ko‘rayotgan bo‘lsa ham, zulm qilayotgan bo‘lsa ham, yordam ber.
Bir kishi so‘radi:
— Zulm ko‘rayotganga-ku yordam beraman. Zulm qilayotganga qanday yordam beraman, Rasululloh?
Dedilar:
— Zulm qilishdan to‘xtatasan. mana shu yordaming bo‘ladi.

siddiqa

  • shunday dardlar borki,tasallisi faqat iymondadir .
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1879
  • -oldi: 2405
  • Xabarlar: 1798
  • Allohim hulqimizni chiroyli qil !!!!
Re: inson ko'rki odob
« Javob #9 : 19 Mart 2009, 05:30:46 »

28. Rasululloh (s.a.v.) delilar:
— Bir-biringizga hadyalar berib turing, hadya dildagi kekni ketkizadi.

29. Abu Abdurahmon al-Hubliy degan:
— Birodaringizga dono maslahatdan ortiq hadya berolmaysiz.

30. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Taklifni yerda qoldirmang, hadyani rad etmang.

siddiqa

  • shunday dardlar borki,tasallisi faqat iymondadir .
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1879
  • -oldi: 2405
  • Xabarlar: 1798
  • Allohim hulqimizni chiroyli qil !!!!
Re: inson ko'rki odob
« Javob #10 : 19 Mart 2009, 05:31:08 »
31. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— «Bizga yaxshilik qilishsa, biz ham yaxshilik qilamiz, bizga zulm qilishsa, biz ham zulm qilamiz», - deydigan pastkash bo‘lmang. Qalbingizni sizga yaxshilik qilganga albatta yaxshilik qilishga, yomonlik qilganga esa yomonlik qilmaslikka o‘rgating.

32. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Biror kishi birodariga «Kofirsan» desa, ikkovidan biri kofir bo‘ladi: gapi to‘g‘ri bo‘lsa — birodari, noto‘g‘ri bo‘lsa — o‘zi.

33. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Mo‘minni la’natlash gunohi uni o‘ldirish gunohi bilan barobar.

siddiqa

  • shunday dardlar borki,tasallisi faqat iymondadir .
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1879
  • -oldi: 2405
  • Xabarlar: 1798
  • Allohim hulqimizni chiroyli qil !!!!
Re: inson ko'rki odob
« Javob #11 : 19 Mart 2009, 05:31:31 »
34. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Ikki musulmon qilich solishsa, o‘ldirgan ham, o‘lgan ham do‘zaxga tushadi.
Odamlar so‘rashdi:
- Bu-ku odam o‘ldirgani uchun, o‘lgani nechun, Rasululloh?
Dedilar:
— U ham birodarini o‘ldirmoqchi edi-da!

35. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
- Musulmon bilan urushish - kofirlik, uni so‘kish esa — fosiqlik.

36. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
- Ota-onani so‘kish gunohi kabiralardandir. So‘radilar:
— Odam ham ota-onasini so‘kadimi?
— Ha, — dedilar. - Birovning otasini so‘ksa, o‘z otasini so‘kkan bo‘ladi, onasini so‘ksa, o‘z ona-sini so‘kkan bo‘ladi.


siddiqa

  • shunday dardlar borki,tasallisi faqat iymondadir .
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1879
  • -oldi: 2405
  • Xabarlar: 1798
  • Allohim hulqimizni chiroyli qil !!!!
Re: inson ko'rki odob
« Javob #12 : 19 Mart 2009, 05:31:58 »
III. Odamlarni murosaga keltirish haqida

37. Mo‘minlar bir-birlariga birodardirlar. Birodarlaringiz bilan murosa qilinglar. («Hujurot», 10)

38. Mo‘minlarning ikki toifasi urushib qolsa, ularni murosaga keltiringlar.
(«Hujurot», 9)

39. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Zinhor odamlar orasiga nifoq solmang. Nifoq qiron keltiradi.
40. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Ro‘za, namoz, sadaqadan afzal ishni aytaymi?
- Ayting, Rasululloh.
- Urushib qolganlarni yarashtirish. Nifoq solish esa qiron keltiradi.


« So'nggi tahrir: 19 Mart 2009, 07:17:08 muallifi AbdulAziz »

siddiqa

  • shunday dardlar borki,tasallisi faqat iymondadir .
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1879
  • -oldi: 2405
  • Xabarlar: 1798
  • Allohim hulqimizni chiroyli qil !!!!
Re: inson ko'rki odob
« Javob #13 : 19 Mart 2009, 05:33:15 »
IV. Qarindoshchilik va qo‘shnichilik haqida

41. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Savobi eng tez tegadigan yaxshilik—olijanoblik (saxovat) bilan qarindoshchilikni mustahkamlash. Jazosi eng tez tegadigan yomonlik — noinsoflik bilan qarindoshchilikni uzish.

42. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
- Qarindoshchilikni uzgan bilan qarindoshchilikni tiklashing, so‘raganingda bermagan kishi sendan so‘raganda berishing, so‘kkanni kechirishing — eng yaxshi fazilatlar bo‘ladi.

43. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
- Qo‘shningga yaxshi munosabatda bo‘l — musulmon bo‘lasan.
« So'nggi tahrir: 19 Mart 2009, 07:17:25 muallifi AbdulAziz »

siddiqa

  • shunday dardlar borki,tasallisi faqat iymondadir .
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1879
  • -oldi: 2405
  • Xabarlar: 1798
  • Allohim hulqimizni chiroyli qil !!!!
Re: inson ko'rki odob
« Javob #14 : 19 Mart 2009, 05:33:38 »
44. Rasululloh (s.a.v.):
- Xudo haqqi, imoni yo‘q, imoni yo‘q,  - dedilar.
- Kimning imoni yo‘q, Rasululloh?
Dedilar:
- Kasofatidan qo‘shnisi omon bo‘lmaganning imoni yo‘q.

45. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
- Parvardigorim haqqi, yomonliklari bilan qo‘shnisiga ozor beradigan kishi jannatga kirmaydi.

46. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
- Allohga, Qiyomat kuniga imon keltirgan kishi qo‘shnisiga ozor yetkazmaydi.


 

Inson qalbi bilan hazillashmang Siz ...

Muallif KumushbibiBo'lim She'riyat

Javoblar: 8
Ko'rilgan: 10313
So'nggi javob 17 Iyun 2006, 12:08:41
muallifi Mohinur
Inson kim va u nima uchun yaralgan?

Muallif Muhammad AminBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 10957
So'nggi javob 29 Sentyabr 2007, 18:53:57
muallifi Muhammad Amin
Zohidjon Islomov. Musulmonning odob kitobi

Muallif Muhammad AminBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 34
Ko'rilgan: 32275
So'nggi javob 24 Iyul 2008, 09:37:42
muallifi AbdulAziz
Inson o'ylashi kerak..............

Muallif MuzayyanaBo'lim Islom

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 3799
So'nggi javob 30 Avgust 2014, 10:58:19
muallifi MirzoMuhammad
Sizningcha haqiqiy musulmon inson qanday bo'lishi kerak?

Muallif Muhammad AminBo'lim Islom

Javoblar: 3
Ko'rilgan: 4552
So'nggi javob 23 Iyul 2012, 15:11:51
muallifi Muslimahon