Abduhafiz Abdujabborov. Inson ko'rki — odob  ( 66676 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


siddiqa  19 Mart 2009, 05:36:14


62. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Betob birodarini ko‘rgani kelgan kishi jannat yo‘lidan kelgandek bo‘ladi. Bemor yonida o‘tirganida, unga Allohning marhamati yog‘iladi. Ertalab kelgan bo‘lsa kechgacha, kechqurun kelgan bo‘lsa ertalabgacha yetmish ming farishta unga salavot aytadi.

63. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Bemor kishi huzuriga kirganingizda «umring uzoq bo‘ladi», deb ko‘nglini ko‘taring. Bu bilan hech narsa o‘zgarmaydi, ammo bemorning ruhi yengillashadi.

64. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Bemorni ziyorat qilganingizda uning peshonasiga yoki qo‘liga qo‘lingizni qo‘yib, «tuzukmisan?» deb so‘rang.

Qayd etilgan


siddiqa  19 Mart 2009, 05:36:37

65. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Bir buzuq (fohisha) ayol bir itning quduq yonida tashnalikdan o‘lay deb yotganini ko‘ribdi. Belbog‘iga kavshini bog‘lab, quduqdan suv olib, itga ichirgan ekan, gunohlari kechirilibdi.

66. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
- Bir ayol mushuk tufayli azobga hukm qilingan. U mushukni qamab qo‘ygan, mushuk ochdan o‘lgan ekan. Shu ishi uchun ayol do‘zaxga tashlangan.

67. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
- O’lganlarni so‘kmang. Ular qilgan ishlariga javob beryaptilar.

68. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
- O’lganlarning yaxshiliklaridan gapiring, yomonliklaridan gapirmang.

Qayd etilgan


siddiqa  20 Mart 2009, 04:00:21

VI. Sadaqa haqida

69. Sizlarga bergan rizqimizdan ajalingiz yetishidan avval xayr-ehson qilib turing, toki «Rabbim (ajalimni) keyinroqqa sursa edi, sadaqalar berib solih (odam)lar qatoriga o‘tib qolardim», — deb qolmang. («Munofiqun», 10)

70. Oltin, kumushlarini g‘aznalariga yashirib, Alloh yo‘lida sarflamaydiganlarga alamli azob borligshi xabar qiling. («Tavba»,34)

71. Yaqining — qarindoshing haqqini ado et, miskin (bechora), yo‘lovchi (musofir)ning ham. Mana shu Alloh jamoliga intilganlar uchun yaxshidir. Ana o‘shalar najot topguvchilardir.

Qayd etilgan


siddiqa  20 Mart 2009, 04:00:44

72. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Olov o‘tinni ado qilganidek, hasad xayrli ishlar savobini ado qiladi. Olovni suv o‘chirganidek, xato — gunohni sadaqa o‘chiradi.
   
73. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Sadaqa bergan bilan bandaning moli kamayib qolmaydi.

74. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Birodaringga kulib boqishing — sadaqa, yaxshilikka undab, yomonlikdan qaytarishing -sadaqa. Adashgan kimsaga yo‘l ko‘rsatishing - sadaqa. Senga yomon ko‘z bilan qaragan kishiga yaxshi ko‘z bilan qarashing — sadaqa. Yo‘ldan tosh, tikan, suyaklarni olib tashlashing — sadaqa. Chelagingdagi suvingdan birodaringga quyib berishing - sadaqa.

Qayd etilgan


siddiqa  20 Mart 2009, 04:01:09

75. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
- Inson har a’zosi uchun har yorug‘ kunda sadaqa qilishi kerak. Ikki kishini murosaga keltirsa — sadaqa, biron kishining ulovga minib olishiga, yoki yukini ortib olishiga yordam bersa — sadaqa, yaxshi so‘z — sadaqa, namoz o‘qish uchun qo‘yilgan har bir qadam - sadaqa, o‘tishga xala-qit berayotgan narsani yo‘ldan olib tashlash — sadaqa.

76. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Ekilgan o‘simlik mevasidan biror kimsa yo hayvon yesa, o‘sha o‘simlikni ekkan musulmonga sadaqa savobi yoziladi.

77. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Xar bir musulmon sadaqa berishi kerak.
— Sadaqa qilishga hech narsasi bo‘lmasa-chi?
— Ishlab o‘ziga va sadaqa qilishga narsa topsin.
— Ish topa olmasa-chi?
— Boshiga musibat tushib, yordamga muhtoj bo‘lib qolgan kishiga madad bersin.
— Unday qila olmasa-chi?
— Yaxshilikka undasin.
— Unday ham qila olmasa-chi?
— Yomonlikdan o‘zini tiysin, shu ham sadaqa bo‘ladi.

Qayd etilgan


siddiqa  20 Mart 2009, 04:01:32

78. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Har qanday yaxshi ish - sadaqa. Birodaringni ochiq chehra bilan kutib olishing ham - yaxshi ish, birodaringning idishiga chelagingdan suv quyib berishing ham — yaxshi ish.
   
79. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Bir miskinga berilgan sadaqa — bitta savob, qarindoshga bersangiz ikkita savob — ham qarindoshchilik, ham sadaqa savobini olasiz.

80. Rasululloh (s.a.v.)dan so‘radilar:
— Rasululloh, ayting, eng afzal sadaqa qanday bo‘ladi?
— Aytaman, — dedilar Rasululloh (s.a.v.) — o‘zing sog‘-salomat bo‘lib, boyligingni ko‘zing qiymaydigan paytda berganing, dunyodan hali umiding ko‘p bo‘lib, faqirlikdan qo‘rqadigan vaqtingda berganing afzal. Bu ishni keyinga surib, ajaling yetib joning bo‘g‘zingga yetganida «Falonchiga uni bering, pismadonchiga buni bering» deganingning foydasi yo‘q, chunki endi xoxlasang ham, xoxlamasang ham, bor topganing o‘shalarniki bo‘ladi.


Qayd etilgan


siddiqa  20 Mart 2009, 04:01:55

VII. Saxiylik va ziqnalik haqida

81. Ey, imon keltirganlar! Bergan sadaqalaringizni minnat qilish va ozor berish bilan yo‘qqa chiqarmang. («Baqara», 264)

82. Alloh o‘zining fazlu karami ila bergan narsalariga ziqnalik qilganlar buni o‘zlariga yaxshilik deb bilmasinlar, aksincha, bu ular uchun yomondir, ziqnalik qilib olib qolgan narsalari qiyomatda bo‘yinlariga bo‘yinturuq qilib qo‘yiladi («Oli Imron», 180)

83. Rasululloh (s.a.v.) o‘z xutbalarida dedilar:
— Hech ziqnalik qilmang — sizlardan avvalgilarni halok qilgan ziqnalikdir.

Qayd etilgan


siddiqa  20 Mart 2009, 04:02:23


84. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Saxiy kishi — Allohga yaqin, jannatga yaqin, odamlarga yaqin, do‘zaxdan uzoq. Xasis kishi — Allohdan uzoq, jannatdan uzoq, odamlardan uzoq, do‘zaxga yaqin. Alloh taologa xasis olimdan saxiy omi suyukliroq.

85. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Kishining qalbida ham imon, ham ziqnalik bo‘lmaydi.



Qayd etilgan


siddiqa  20 Mart 2009, 04:02:46

VIII. Isrofgarchilik haqida

86. Yenglar, ichinglar, ammo isrof qilmanglar. U (Alloh) isrof qilguvchilarni sevmaydi. («A’rof», 31)

87. Yaqining (qarindoshing) haqqini ado et, miskin (bechora) va yo‘lovchi (musofir)ning ham, ammo isrofgarchilik qilma. Isrofgarlar shaytonlarga birodar bo‘ladilar. Shayton esa Rabbiga ko‘rnamak bo‘lgan. («Isro», 26 — 27)

88. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Yeng, iching, sadaqa qiling, kiyim-kechaklar kiying, ammo isrofgarchilik va manmanlikka yo‘l qo‘ymang.

89. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
- Ko‘ngling tusaganini yeya berishing isrofgarchilikdan bo‘ladi.


Qayd etilgan


siddiqa  20 Mart 2009, 04:03:08

IX. Halol va harom haqida

90. O’limtik go‘shti, qon, cho‘chqa go‘shti, Allohdan o‘zgaga atab so‘yilgan, bo‘g‘ilib o‘lgan, urib o‘ldirilgan, yiqilib o‘lgan, suzishdan o‘lgan, (biror joyini) yirqtich hayvon yegan hayvonlar go‘shti sizlarga harom. (Shar’iy yo‘l bilan so‘yib) poklab olishga ulgurganingiz bundan mustasno. Shuningdek, but - sanamlarga atab so‘yilganlar ham — harom. («Moida», 3)

91. Endi sizlarga (hamma) pokiza narsalar halol bo‘ldi. Ahli kitoblarning (yahudiy va nasroniylarning) taomlari sizlarga, sizlarning taomingiz ularga halol («Moida», 5)

92. Ey, imon keltirganlar, Alloh sizlarga halol qilgan narsalarni haromga chiqarmang. Haddan oshmang, Alloh haddan oshganlarni sevmaydi. («Moida», 87)


Qayd etilgan