Abduhafiz Abdujabborov. Inson ko'rki — odob  ( 66590 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


siddiqa  20 Mart 2009, 04:03:30

93. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Musulmon-musulmonga birodar. Birodari bilan oldi-sotdi qilganida molining nuqsonini aytib qo‘ymaslik halollikdan emas.

94. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Halol rostgo‘y savdogar (oxiratda) nabiylar, siddiqlar va shahidlar bilan birga bo‘ladi.

95. Rasululloh(s.a.v.) dedilar:
— Sen so‘ramasang ham biron narsa berilsa, olginda, o‘zingga ishlat va sadaqa qilib yubor.

96. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Kuchuk yalagan idish yetti marta yuviladi. Birinchi yo ikkinchi martasida tuproq bilan. Mushuk yalagan bo‘lsa, bir marta yuvilsa yetadi.

Qayd etilgan


siddiqa  20 Mart 2009, 04:04:36

X. Vafo va xiyonat haqida

97. Rasululloh(s.a.v.) dedilar:
— Ishonchli bo‘lmaganda imon yo‘q, axdiga vafo qilmaganda diyonat yo‘q.

98. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Senga ishonganning ishonchini oqla, senga xiyonat qilsalar xam sen xiyonat qilma.

99. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Birodariga to‘g‘ri yo‘lni bila turib, boshqa yo‘lni ko‘rsatish - xiyonat.

Qayd etilgan


siddiqa  20 Mart 2009, 04:04:56

100. Rasululloh(s.a.v.) dedilar:
- Kishi va’dasini bajarishga urinsa-yu, imkon topa olmasa, gunohkor bo‘lmaydi.

101. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
- Qavmga bosh bo‘lgan kishi Allohdan so‘raganida yolg‘iz o‘zi uchun so‘ramasin. Agar shunday qilsa, qavmiga xiyonat qilgan bo‘ladi.


Qayd etilgan


siddiqa  20 Mart 2009, 04:05:19

XI. Hayo haqida

102. Rasululloh(s.a.v.) dedilar:
- Har dinning o‘ziga xos xususiyati bor. Musulmonchilikning xususiyati - sharm-hayo.

103. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
- Hayo faqat yaxshilik keltiradi.

104. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
- Hayo va kamgaplik imondandir. Og‘zi shaloqlik va sergaplik esa — munofiqlikdan.

105. Bir ansoriy birodariga hayoli bo‘lish lozimligini uqtirayotganida Rasululloh(s.a.v.) o‘tib qoldilar va:
- Qo‘y, ovora bo‘lma, hayo imondan bo‘ladi, - dedilar.


Qayd etilgan


siddiqa  20 Mart 2009, 04:05:44

XII. Ozodalik, orastalik haqida

106. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Uyg‘onganingizda uch marta yuvmasdan qo‘lingizni suvli idishga tiqmang — uyquda qo‘lingiz qaerlarga tekkanini bilmaysiz.

107. Rasululloh (s.a.v.) xoh kechasi, xoh kunduzi uyqudan turganlarida, tahoratdan oldin tishlarini albatta misvok bilan tozalar edilar.

108. Molik ibn Nadla hikoya qiladi:
— Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) xuzurida o‘tirgan edim. U kishi mening juldur kiyimdaligimni ko‘rib: «Mol-davlating bormi?», — dedilar. «Ha, hamma narsam bor», — dedim. «Alloh senga mol-davlat bergan bo‘lsa, ust-boshingdan bilinib tursin», — dedilar.

Qayd etilgan


siddiqa  20 Mart 2009, 04:06:06

109. Erkakka o‘xshamoqchi bo‘lgan ayolni va ayolga o‘xshamoqchi bo‘lgan erkakni Rasululloh (s.a.v.) la’natlaganlar.

110. Husn deb, Alloh bergan suratni o‘zgartirgan — badaniga igna bilan naqsh soldirganga ham, solganga ham, qoshini va yuzidagi boshqa tuklarini terganga ham, terdirganga ham Rasululloh (s.a.v.) la’nat aytganlar.

111. Oysha (r. a. ) aytadilar:
— Bir kuni oldimga Usmon ibn Maz’unning xotini Huvayla bint Hakim kelgan edi. Rasululloh uni ko‘rib, menga: «Oysha, Huvayla nechuk bunday isqirt bo‘lib qolibdi?» — dedilar. Men: «Uning eri yo‘q hisob, Rasululloh, — dedim. — Eri kunduzi ro‘za tutadi, kechasi bilan toat-ibodat qiladi. Xotini bilan ishi yo‘q. Shuning uchun o‘ziga qaramay qo‘ygan».
Rasululloh Usmonni chaqirtirdilar. Kelganida: «Mening sunnatimdan yuz o‘giryapsanmi, Usmon?», — dedilar. U bo‘lsa: «Yo‘g‘-e, Rasululloh, Xudo haqqi, sunnatingizni deb yuribman-ku!», — dedi. Shunda Rasululloh: «Men uxlayman, namoz o‘qiyman, ro‘za tutaman, iftor qilaman, xotinlarimga qarayman. Xudodan qo‘rqqin, Usmon, senda oilangning haqqi bor, mehmoningning haqqi bor, o‘zingning ham haqqing bor. Vaqtida ro‘zangni tut, iftoringni qil, namozingni o‘qi va vaqtida yot», — dedilar.

Qayd etilgan


siddiqa  20 Mart 2009, 04:06:31

XIII. Izn so‘rash haqida

112. Ey, imon keltirganlar! o‘zingiznikidan boshqa uylarga o‘zingizni tanitmasdan, izn so‘ramasdan va xonadon ahliga salom bermasdan kirmang. Shunday qilsangsh o‘zingizga yaxshi bo‘ladi, buni yodingizda tutarsiz. Xonadonda hech kim bo‘lmasa ham, ruxsat tegmaguncha kirmang. Agar kimdir sizga «Qayting (kirmang)!» desa, qayting (kirmang). Shunda o‘zingizga munosib ish tutgan bo‘lasiz. Alloh nima qilayotganingizni biladi. Hech kim yashamaydigan uyda biror yumushingiz bo‘lsa, (izn so‘ramasdan) kirishigizning aybi yo‘q. Alloh oshkor qilayotgan va pinhon tutayotgan ishlaringizning hammasini biladi. («An-nur», 27 — 28 )

113. Ey, imon keltirganlar!Uch paytda — bo-dod namozidan avval, yechinib yotishingiz ehtimoli bo‘lgan tushdan keyingi paytda va xufton namozidan keyin qo‘l ostingizdagilar (qul va cho‘rilarigiz) va voyaga yetmagan bolalaringiz ham huzuringizga ruxsat so‘rab kirsinlar. («An-nur», 58)

114. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Biror kishining huzuriga kirish uchun uch marta ruxsat so‘rasangiz , javob bo‘lmasa, ortingizga qaytavering.

Qayd etilgan


siddiqa  20 Mart 2009, 04:06:54

115. Bir kishi Rasululloh (s.a.v.)dan so‘radi:
- O’z onamning huzurlariga kirish uchun ham ruxsat so‘rashim kerakmi?
- Ha, - dedilar.
— Men ular bilan bir uyda yashayman-ku?
— Baribir, huzurlariga kirish uchun ruxsat so‘raysan.
— Axir men ularning xizmatlaridaman-ku?
— Baribir izn so‘raysan. Onangni kiyimsiz holda ko‘rishni istaysanmi?
— Yo‘q.
— Shuning uchun ruxsat so‘rab kirasan.

116. Erlari uyida yo‘q ayollarning huzurlariga kirishimizni Rasululloh (s.a.v.) taqiqlaganlar.

117. Rasululloh (s.a.v.) ayollarning huzurlariga kirish uchun avval ularning erlaridan ruxsat olib, keyin o‘zlaridan izn so‘rashni buyurganlar.

Qayd etilgan


siddiqa  20 Mart 2009, 04:07:18

118. Rasululloh (s.a.v.) biror uyga kelsalar, eshikning to‘g‘risidan emas, o‘ng yoki chap tomonidan: «Assalomu alaykum, assalomu alaykum», deb yaqinlashar edilar. o‘sha vaqtlarda eshikka parda tutish rasm bo‘lmagan edi.

119. Bir kishi Rasululloh (s.a.v.)nikiga keldi va eshikning to‘g‘risida turib kirishga izn so‘radi. Rasululloh (s.a.v.):
— Undoqroq yoki bundoqroq turgin, chunki izn aslida (kirish uchun emas) ko‘rish uchun so‘raladi, — dedilar.

120. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Hech kim ruxsat so‘ramay uy ichkarisiga qaramasin. Qaragan kirgan bilan barobar.


Qayd etilgan


siddiqa  20 Mart 2009, 04:07:40

121. Rasulullog‘(s.a.v.) dedilar:
— Uyingga ruxsatsiz mo‘ralagan kishiga tosh otib, ko‘zini chiqarsang ham gunox bo‘lmaydi.

122. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Birovning uyiga ruxsat so‘ramay pardani ochib qaragan va xonadon ahlining avratini ko‘rgan kishi katta gunoh qilgan bo‘ladi. Uni urib ko‘zini chiqarganni men ayblamayman. Pardasi yo‘q ochiq eshik yonidan o‘tayotib, nazari tushgan bo‘lsa, ayb unda emas, xonadon ahlida bo‘ladi.

123. Rasululloh (s.a.v.) uylarida ibodat bilan mashg‘ul edilar. Bir kishi xonalariga mo‘ralab turganini ko‘rib qoldilar. Sadoklaridan kamon o‘qi olib, ko‘zdan g‘oyib bo‘lgunicha tiqib olmoqchidek o‘qtalib turdilar.

Qayd etilgan