Abduhafiz Abdujabborov. Inson ko'rki — odob  ( 66709 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


siddiqa  20 Mart 2009, 04:08:02

124. Jobir ibn Abdulloh aytadi:
— Otamning bo‘yinlaridagi qarz masalasida Rasululloh (s.a.v.)ning oldilariga kelgan edim.Eshikni taqillatsam, «Kim u?», deb so‘radilar. «Men», — deb javob berdim. U kishi javobimni yoqtirmaganday «Men"¦ men emish», — dedilar norozi ohangda.

125. Bir kishi Rasululloh (s.a.v.) uylariga kelib: «Kirsam bo‘ladimi?», deb izn so‘radi. Rasululloh (s.a.v.) xodimlariga: «Chiqib, unga ruxsat so‘rashni o‘rgat, - dedilar. - «Assalomu alaykum, kirsam bo‘ladimi?» - desin». U kishi bu gapni eshitib, «Assalomu alaykum, kirsam bo‘ladimi?» — degan edi, Rasululloh (s.a.v.) ruxsat berdilar.

Qayd etilgan


siddiqa  20 Mart 2009, 04:08:25

126. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Ikki kishining orasiga faqat ularning ruxsatlari bilangina kirish mumkin.

127. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Uch kishi bo‘lsangiz, ikkitangiz bir-biringiz bilan shivirlashmang. Uchinchingizga og‘ir botadi.

128. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Kimdir sizga biron narsani aytayotib atrofga alanglab qo‘ysa, bilingki, uning gapi sir, omonat bo‘ladi, uni oshkor qilish mumkin emas.


Qayd etilgan


siddiqa  20 Mart 2009, 04:08:51

XIV. Mehmondo‘stlik haqida

129. Abu Hurayra rivoyat qiladi:
— Bir ansoriynikiga mehmon kelibdi. Uning uyida oilasishshg bir kunlik yemishidan ortiq hech vaqo yo‘q ekan. Xotiniga: «Avval bolalarni uxlatib, chiroqni o‘chir. Keyin mehmon oldiga boringni qo‘yasan», — debdi.
Mana bu oyat o‘shanda nozil bo‘lgan ekan:
O’zlari tang ahvolda bo‘lsalar-da, o‘zgalar hojatini chiqaradilar…  («Hashr», 9)

130. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Allohga va oxirat kuniga imon keltirgan kishi yaxshi gapni gapirsin yo sukut saqlasin; qo‘shnisini hurmat qilsin; mehmoniga izzat-ikrom ko‘rsatsin.

131. Rasululloh(s.a.v.) dedilar:
— Mehmondo‘st bo‘lmagandan yaxshilik kutma.

Qayd etilgan


siddiqa  20 Mart 2009, 04:09:18

132. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Ovqat tortilgan bo‘lsa, idishlar yig‘ishtirib olingunga qadar o‘rningizdan turib ketmang.Qorningiz to‘ysa ham qo‘lingizni artmay turing yoki uzringizni aytib qo‘ying, toki boshqalar qorinlari to‘ymagan bo‘lsa ham uyalganlaridan qo‘llarini artib qolishmasin.

133. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
- Mehmonni uyning eshigigacha kuzatib chiqish vojib.

134. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
- Mehmondorchilik uch kungacha. Ortig‘i — mehmonga sadaqa.


Qayd etilgan


siddiqa  20 Mart 2009, 04:09:43

135. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
- Ziyofat bir kun bo‘ladi. Ikkinchi kun — ehson, uchinchi kun — riyo, dovruq chiqarish uchun bo‘ladi.
   
136. Molik ibn Nadla (sahoba) Rasululloh (s.a.v.)dan so‘rabdi:
- Men mana bu kishinikiga borsam, meni mehmondek kutib olmaydi. Menikiga kelganida men ham shunday qilaymi, Rasululloh?
Rasululloh (s.a.v.):
- Yo‘q, sen mehmon qilgin, - debdilar.



Qayd etilgan


siddiqa  20 Mart 2009, 04:10:07

XV. Salom berish, ko‘rishish haqida

137. Sizga salom berilsa, siz undan yaxshiroq yoki unikidaqa alik oling.  («An-Niso», 86)

138. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Rahmonga ibodat qiling, (nochorlarga) ovqat bering, salom berib (tinchlik tilab) yuring, shunda jannatga kirasiz.

139. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Jonim qo‘lida bo‘lgan zot nomi bilan qasamki, imonli bo‘lmaguncha jannatga kirmaysiz. Bir-biringizga mehrli bo‘lmaguncha imonli bo‘lmaysiz. Qanday qilib bir-biringizga mehrli bo‘lishni aytaymi? — Bir-biringizga salom berib (tinchlik tilab) yuring.


Qayd etilgan


siddiqa  20 Mart 2009, 04:10:31

140. Bir kishi Rasululloh (s.a.v.)dan so‘radi:
— Musulmonchilik fazilati nimada? Rasululloh (s.a.v.) javob berdilar:
— Nochorlarni to‘yg‘azishda va tanigan-tanimaganlarga salom berib (tinchlik tilab) yurishda.

141. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Allohning dargohida qabul qilinadigan hajning mukofoti jannat bo‘ladi.
— U qanday haj bo‘ladi, Rasululloh?
— Nochorlarni to‘ydirib turish va salom berib (tinchlik tilab) yurish.

142. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Kishi musulmon birodarini uchratganida «Assalomu alaykum va rahmatulloh» desin.


Qayd etilgan


siddiqa  20 Mart 2009, 04:10:54

143. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Odamlar faqat tanishlariga salom beradigan bo‘lib qolishlari Qiyomat yaqinlashganining belgisi bo‘ladi.

144. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
- Birinchi bo‘lib salom beradiganlar Alloh nazdida yaxshi odamlardir.

145. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— (Gapni) salomdan boshlagan odam Alloh (azza va jalla)ga va uning Rasuliga yaqinroq bo‘ladi

Qayd etilgan


siddiqa  20 Mart 2009, 06:47:34

146. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Kichik kattaga, yurgan o‘tirganga, ozchilik ko‘pchilikka salom beradi.

147. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Otliq piyodaga, yurgan o‘tirganga, ozchilik ko‘pchilikka salom beradi.

148. Rasululloh(s.a.v.) dedilar:
 — Avval salom, so‘ngra kalom. Salom bermaganni dasturxonga taklif qilmang.


Qayd etilgan


siddiqa  20 Mart 2009, 06:48:00

149. Anas ibn Molik aytadi:
— Rasululloh (s.a.v.) menga: «o‘g‘lim, xonadoning ahli huzuriga ham salom berib kir. Shunda senga ham, ularga ham baraka bo‘ladi», deganlar.

150. Usoma ibn Zayd aytadi:
— Rasululloh (s.a.v.) musulmonlar va yahudiylar aralash o‘tirgan jamoa oldidan o‘taturib, ularga salom berganlar.

151. Jobir ibn Abdulloh aytadi:
— Rasululloh (s.a.v.) minbarga ko‘tarilganlarida albatta salom berardilar.


Qayd etilgan