Abduhafiz Abdujabborov. Inson ko'rki — odob  ( 66617 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


siddiqa  19 Mart 2009, 05:31:08

31. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— «Bizga yaxshilik qilishsa, biz ham yaxshilik qilamiz, bizga zulm qilishsa, biz ham zulm qilamiz», - deydigan pastkash bo‘lmang. Qalbingizni sizga yaxshilik qilganga albatta yaxshilik qilishga, yomonlik qilganga esa yomonlik qilmaslikka o‘rgating.

32. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Biror kishi birodariga «Kofirsan» desa, ikkovidan biri kofir bo‘ladi: gapi to‘g‘ri bo‘lsa — birodari, noto‘g‘ri bo‘lsa — o‘zi.

33. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Mo‘minni la’natlash gunohi uni o‘ldirish gunohi bilan barobar.

Qayd etilgan


siddiqa  19 Mart 2009, 05:31:31

34. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Ikki musulmon qilich solishsa, o‘ldirgan ham, o‘lgan ham do‘zaxga tushadi.
Odamlar so‘rashdi:
- Bu-ku odam o‘ldirgani uchun, o‘lgani nechun, Rasululloh?
Dedilar:
— U ham birodarini o‘ldirmoqchi edi-da!

35. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
- Musulmon bilan urushish - kofirlik, uni so‘kish esa — fosiqlik.

36. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
- Ota-onani so‘kish gunohi kabiralardandir. So‘radilar:
— Odam ham ota-onasini so‘kadimi?
— Ha, — dedilar. - Birovning otasini so‘ksa, o‘z otasini so‘kkan bo‘ladi, onasini so‘ksa, o‘z ona-sini so‘kkan bo‘ladi.


Qayd etilgan


siddiqa  19 Mart 2009, 05:31:58

III. Odamlarni murosaga keltirish haqida

37. Mo‘minlar bir-birlariga birodardirlar. Birodarlaringiz bilan murosa qilinglar. («Hujurot», 10)

38. Mo‘minlarning ikki toifasi urushib qolsa, ularni murosaga keltiringlar.
(«Hujurot», 9)

39. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Zinhor odamlar orasiga nifoq solmang. Nifoq qiron keltiradi.
40. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Ro‘za, namoz, sadaqadan afzal ishni aytaymi?
- Ayting, Rasululloh.
- Urushib qolganlarni yarashtirish. Nifoq solish esa qiron keltiradi.



Qayd etilgan


siddiqa  19 Mart 2009, 05:33:15

IV. Qarindoshchilik va qo‘shnichilik haqida

41. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Savobi eng tez tegadigan yaxshilik—olijanoblik (saxovat) bilan qarindoshchilikni mustahkamlash. Jazosi eng tez tegadigan yomonlik — noinsoflik bilan qarindoshchilikni uzish.

42. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
- Qarindoshchilikni uzgan bilan qarindoshchilikni tiklashing, so‘raganingda bermagan kishi sendan so‘raganda berishing, so‘kkanni kechirishing — eng yaxshi fazilatlar bo‘ladi.

43. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
- Qo‘shningga yaxshi munosabatda bo‘l — musulmon bo‘lasan.

Qayd etilgan


siddiqa  19 Mart 2009, 05:33:38

44. Rasululloh (s.a.v.):
- Xudo haqqi, imoni yo‘q, imoni yo‘q,  - dedilar.
- Kimning imoni yo‘q, Rasululloh?
Dedilar:
- Kasofatidan qo‘shnisi omon bo‘lmaganning imoni yo‘q.

45. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
- Parvardigorim haqqi, yomonliklari bilan qo‘shnisiga ozor beradigan kishi jannatga kirmaydi.

46. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
- Allohga, Qiyomat kuniga imon keltirgan kishi qo‘shnisiga ozor yetkazmaydi.


Qayd etilgan


siddiqa  19 Mart 2009, 05:34:00

47. Bir kishi Rasululloh. (s.a.v.)dan so‘radi:
- Qilgan ishim yaxshilik yo yomonlik bo‘lganini qaydan bilsam bo‘ladi, Rasululloh?
Rasululloh (s.a.v.) aytdilar:
- Qo‘shnilaring «yaxshi qilding», deyishsa, yaxshilik qilgan bo‘lasan, «yomon qilding», deyishsa, yomonlik qilgan bo‘lasan.

48. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Abu Zar, sho‘rva pishirsang, suvini ko‘proq sol, qo‘shnilaringga ham chiqarasan.

49. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Yerini sotmoqchi bo‘lgan odam avval qo‘shnisini xabardor qilsin.



Qayd etilgan


siddiqa  19 Mart 2009, 05:34:29

V. Mehr-muruvvat haqida

50.Bir-biringizga fazlu muruvvat qilishni unutmang. Alloh nima qilayotganingizni ko‘rib - bilib turadi. («Baqara», 237)

51.Buning (ne’matlarimning) evaziga men faqat yaqinlaringizga mehr-muhabbatli bo‘lishingizni talab qilaman. («Sho‘ro», 23)

52. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Alloh rahmdil bandalarigagina rahm qiladi.


Qayd etilgan


siddiqa  19 Mart 2009, 05:34:53

53. Rasululloh(s.a.v.) dedilar:
— Mexr ko‘rgazmagan mehr ko‘rmaydi.

54. Rasululloh(s.a.v.) dedilar:
— Qiyin ahvolga tushib qolganning mushkulini oson qilgan kishining mushkulini Alloh bu dunyoda ham, u dunyoda ham oson qiladi.

55. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Rahmdillarga Rahmon rahm qiladi. Siz yerdagilarga mehribon bo‘lsangiz, sizga Osmondagi mehribon bo‘ladi.


Qayd etilgan


siddiqa  19 Mart 2009, 05:35:16

56. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Duosi ijobat bo‘lib, g‘am-g‘ussadan forig‘ bo‘lishni istagan kishi qiyin ahvolda bo‘lgan kimsaning mushkulini oson qilsin.

57. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Bu dunyoda odamlarga azob berganni u dunyoda Alloh azoblaydi.

58. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Kichigimizni izzat, kattamizni hurmat qilmagan bizning ummatdan emas

Qayd etilgan


siddiqa  19 Mart 2009, 05:35:50


59. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Yoshligida keksalarni hurmat qilgan kishiga uning o‘zi ulg‘ayganida izzat-hurmat ko‘rsatadiganlarni Alloh belgilab qo‘yadi.

60. Bir kishi Rasululloh(s.a.v.)ga o‘zining tosh-bag‘irligidan shikoyat qildi. Rasululloh(s.a.v.):
— Yetimning boshini silagin, miskin-bechoralarning qornini to‘yg‘azgin, qalbing yumshaydi, — deb maslahat berdilar.

61. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Beva va bechoralarning g‘amini yeydigan kishi Alloh yo‘lida jihod qilgan bilan barobar bo‘ladi.


Qayd etilgan