Abduhafiz Abdujabborov. Inson ko'rki — odob  ( 66706 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


siddiqa  20 Mart 2009, 06:48:20

152. Anas ibn Molik (r. a. ) bolalarning yonidan o‘ta turib ularga salom berdi va:
— Rasululloh (s.a.v.) shunday qilar edilar, — dedi.

153. Rasululloh (s.a.v.) kattalarga va bir-birimizga salom berib yurishni buyurganlar.

154. Rasululloh(s.a.v.) dedilar:
— Uchrashganda so‘rashishning eng mukammali qo‘l berib ko‘rishishdir.


Qayd etilgan


siddiqa  20 Mart 2009, 06:48:58

155. Rasululloh(s.a.v.) dedilar:
— Qo‘l berib ko‘rishing — o‘rtangizdan adovat ketadi. Bir-biringizga hadyalar berib turing mehringiz ortadi, gina-kudurat bo‘lmaydi.

156. Rasululloh(s.a.v.) dedilar:
— Uchrashganda qo‘l berib ko‘rishgan ikki musulmon xayrlashgunlariga qadar gunohlari to‘kiladi.

157. Bir kishi so‘radi:
— Rasululloh, kishi birodarini yoki do‘stini uchratganida unga ta’zim qiladimi?
— Yo‘q, — dedilar.
— Quchoqlashib, o‘pishadimi?
— Yo‘q.
— Qo‘l berib ko‘rishadimi? -Ha.

Qayd etilgan


siddiqa  20 Mart 2009, 06:49:20

158. Qatoda Anasdan so‘radi:
— Payg‘ambarimiz (s.a.v.) sahobalari orasida qo‘l berib ko‘rishish rasm bo‘lganmi?
— Ha, bo‘lgan.

159. Bir kishi Abu Zardan:
— Rasululloh sizlar bilan uchrashganlarida qo‘l berib ko‘risharmidilar? — deb so‘radi.
Abu Zar:
— Men bilan uchrashganlarida qo‘l berib ko‘rishmaganlari hech ham bo‘lmagan, — deb javob berdi.


Qayd etilgan


siddiqa  20 Mart 2009, 06:49:41

XVI. Yurish, o‘tirish va yotish odobi haqida

160. Rahmonning (suyukli) bandalari shoshmasdan, salobat bilan yuradilar. («Furqon», 63)

161. Yurganingda shoshmagin ham, imlamagin ham. Ovozingni (keragidan ortiq) ko‘tarmagin. («Luqmon», 19)

162. Rasululloh(s.a.v.) dedilar:
— Namoz boshlanayotgan bo‘lsa ham, chopib kelmang, xovliqmasdan keling. Ulgurganingizni (jamoat bilan) o‘qiysiz, ulgurmaganingizni keyin o‘qib quyasiz.


Qayd etilgan


siddiqa  20 Mart 2009, 06:50:06

163. Rasululloh (s.a.v.) erkak kishining ikki ayol o‘rtasida yurishini taqiqlaganlar.

164. Samura aytgan:
— Rasululloh (s.a.v.) o‘tirganimizda bemalol o‘tirishni, omonat o‘tirmaslikni buyurganlar.

165. Rasululloh(s.a.v.) dedilar:
— Biror davraga kirsangiz, salom berib kiring. Lozim ko‘rsangiz, o‘tiring. Ketmoqchi bo‘lsangiz ham salom berib keting.


Qayd etilgan


siddiqa  20 Mart 2009, 06:50:49

166. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Har kim o‘zi o‘tirgan o‘rnida o‘tirishi kerak. Biror zarurat bilan davradan chiqib, qaytgan kishi avvalgi o‘rnida o‘tirishga haqli.

167. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Zinhor yig‘inda o‘tirgan birodaringizni turg‘azib o‘rniga o‘tirmang.

168. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— o‘tirganingizda, yotganingizda oyoqlaringizni chalishtirib olmang.


Qayd etilgan


siddiqa  20 Mart 2009, 06:51:12


169. Rasululloh (s.a.v.):
— Yo‘l bo‘yida o‘tirmanglar, — dedilar.
— O’tirsak nima qilibdi? Gaplashib o‘tiramizda.
— O’tirmaslikning iloji bo‘lmasa, yo‘lning haqini berib o‘tiring.
— Yo‘lning haqi nima bo‘ladi?
— o‘tganlarga tikilib qaramaslik, odamlarga xalaqit beradigan narsalarni yo‘ldan olib tashlash, salomga alik olish, yaxshilikka undab, yomonlikdan qaytarish.

170. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Yotayotganingizda chiroqlarni o‘chirib, eshiklarni yopib, meshlarning og‘zini bog‘lab, oziq-ovqat va suv idishlarining qopqog‘ini yopib qo‘ying.

171. Xafsa (Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning zavjalari):
— Rasululloh yotganlarida o‘ng kaftlarini o‘ng yonoqlari ostiga qo‘yib yotar edilar, — degan

Qayd etilgan


siddiqa  21 Mart 2009, 05:37:37

172. Rasululloh (s.a.v.) bir odam qornini yerga berib yotganini ko‘rib, «Bunday yotish Allohga xush kelmaydi», — dedilar.

173. Rasululloh (s.a.v.) ustiga hech narsa yopmay qornini yerga berib yotgan kishini ko‘rsalar, uni oyoqlari bilan turtib: «Bunday yotish Alloh taolo nazdida eng yomon yotish», — derdilar.

Qayd etilgan


siddiqa  21 Mart 2009, 05:38:27

XVII. Kamtarlik, kibru havo haqida

174. Gerdayib yurmagin, baribir (tovoning bilan) yerni teshib yuborolmaysan, balandlikda tog‘larga yetolmaysan. («Isro», 37)

175. Odamlarni mensimasdan aftigni burishtirma, gerdayib yurma. Kekkaygan, gerdayganlarni Alloh suymaydi. («Luqmon», 18)

176. Rasululloh(s.a.v.) dedilar:
— Alloh «Kamtarin bo‘linglar, hech kim birovni xo‘rlamasin, o‘zini boshqadan baland ko‘rmasin», deb menga vahiy yuborgan.

Qayd etilgan


siddiqa  21 Mart 2009, 05:40:06

177. Rasululloh(s.a.v.) dedilar:
- Dilida xantal urug‘idek kibru havo bo‘lgan kishi jannatga kirmaydi. Qalbida xantal urug‘idek imon bo‘lgan kishi do‘zaxga tushmaydi.

178. Rasululloh (s.a.v.):
— Qalbida zarracha kibru havosi bo‘lgan kishi jannatga kirmaydi, — dedilar.
Bir kishi so‘radi:
— Odam chiroyli kiyim, yaxshi poyafzal kiyib, yasanib yurishni yaxshi ko‘rsa-chi?
- Alloh o‘zi go‘zal va go‘zallikni suyadi. Kibru havo esa gerdayish va odamlarni mensimaslikdir, - dedilar.

179. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
- o‘ziga bino qo‘yib, kekkayib yurganlar Allohning g‘azabini keltiradilar.

Qayd etilgan