195. Bir kishi Rasulullohdan so‘radi:
— Jannatga nima olib boradi, Rasululloh?
— Rostgo‘ylik. Rostguy odam pok bo‘ladi, pok bo‘lsa imonli bo‘ladi, imon esa jannatga olib boradi.
— Do‘zaxgachi, Rasululloh?
— Yolg‘onchilik. Yolg‘on gapirgan kishi buzuq bo‘ladi, buzuqlik kofirlikka yetaklaydi. Kofirlik esa do‘zaxga olib boradi.
196. Rasululloh (s.a.v.)dan so‘radilar:
— Mo‘min qo‘rqoq bo‘lishi mumkinmi?
— Ha, mumkin, — dedilar.
— Mo‘min xasis bo‘lishi mumkinmi?
— Ha, mumkin.
— Mo‘min yolg‘onchi bo‘lishi mumkinmi?
— Yo‘q, mumkin emas, — dedilar Rasululloh (s.a.v.).
197. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Mo‘minda hamma xislatlar bo‘lishi mumkin, faqat xiyonatkorlik va yolg‘onchilik bo‘lmaydi