Abduhafiz Abdujabborov. Inson ko'rki — odob  ( 66674 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 B


siddiqa  21 Mart 2009, 05:55:19

XXII. Boshqa turli mavzular

209. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
—-Kuchli mo‘min zaif mo‘minga qaraganda yaxshiroq va Alloh taologa suyukliroq.

210. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Odamlar zulm qilayotgan kishini ko‘rsalar-u, birontalari uni to‘xtatmasalar, Alloh o‘sha zulm uchun ularning hammalarini jazolashi mumkin.

211. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Yomonlarning yomoni — olimlarning yomoni, yaxshilarning yaxshisi —- olimlarning yaxshisi

Qayd etilgan


siddiqa  21 Mart 2009, 05:56:18


212. Bir kishi Rasululloh (s.a.v.)dan so‘radi:
— Jihodning qanday afzal?
— Zolim sulton huzurida ham haq gapni gapirish, - dedilar.

213. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Yo‘lda yotgan tikan, shoxni olib tashlagan kishidan Alloh mamnun bo‘ladi va uning gunohlaridan kechadi.

214. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Banda tilanchilik eshigini ochishi bilan Alloh unga qashshoqlik eshigini ochib qo‘yadi.

Qayd etilgan


siddiqa  21 Mart 2009, 05:56:56

215. Rasululloh (s.a.v.) sudxo‘rlik qilib daromad olganni ham, berganni ham, bu ishda
kotiblik qilganni ham, guvoh bo‘lganni ham la’natlaganlar.

216. Rasululloh (s.a.v.) pora berganni ham, olganni ham la’natlaganlar.

217. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Ovqatlanib, shukrini ado qilgan kishi sabr bilan ro‘za tutgan darajasida bo‘ladi.

Qayd etilgan


siddiqa  21 Mart 2009, 05:57:30

218. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Ozga shukr qilmagan ko‘pga ham shukr qilmaydi. Odamlardan minnatdor bo‘lmagan Allohdan ham minnatdor bo‘lmaydi (shukr qilmaydi).
Alloh bergan ne’mat haqida gapirish unga shukr aytishdir, gapirmaslik esa kufrdir.

219. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Jamoatga imomlik qilgan kishi namozni yengilroq o‘qisin, chunki jamoat ichida betoblar, ojizlar va shoshib turganlar bo‘lishi mumkin.

220. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
—Kimdir biror aybing uchun seni so‘ksa, uning o‘zida ham shunday ayb borligini bilsang ham, sen uni so‘kma. Shunda senga savob, unga gunoh bo‘ladi.

Qayd etilgan


siddiqa  21 Mart 2009, 05:58:28

221. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Mol-mulkning ko‘pligi boylik emas. Boylik — ko‘ngil to‘kligi.

222. Rasululloh(s.a.v.) dedilar:
— Maslaxat ishonchli odamdan so‘raladi.

223. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— o‘rgating, osonlashtiringu qiyinlashtirmang. Jahlingiz chiqsa, sukut saqlang

Qayd etilgan


siddiqa  21 Mart 2009, 05:59:26


224. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Ezgulikka yo‘l ko‘rsatuvchi o‘sha ezgulikni qilgan bilan teng ajrga ega bo‘ladi.

225. Rasululloh (s.a.v.) dedilar: .
— Men sizlarni uch narsadan qaytarar edim:
Qabrlarni ziyorat qilishdan.
Keyin bilsam mozorda ko‘zdan yosh oqib, qalb yumshar ekan. Ziyorat qilaveringlar, ammo (qabr tepasida) qo‘pol gaplarni gapirmanglar;
Qurbonlik go‘shtini uch kundan ortiq saqlab turishdan. Keyin bilsam, odamlar uning terisini olishni, mehmonlariga taqdim etishni, safardagilariga asrab qo‘yishni istar ekanlar. Xohlasangiz saqlab, yeyavering;
Mana bu idishlar (qovoqdan yasalgan, mumlangan)dan ichishdan. (Bilsam, gap idishda emas ekan). Xohlagan idishingizdan ichavering.

226. Muoz ibn Jabal (sahoba) dedi:
— Rasululloh: «La ilaha illalloh» (Allohdan boshqa iloh yo‘q), «va Muhammadun abduhu va rasuluhu» (Muhammad esa uning bandasi va elchisi) deb sidqidildan shahodat keltirgan bandasini Alloh do‘zaxdan asraydi, - degandilar. Men: «Odamlarga bu gapni yetkazib, suyuntiraymi?» — deb so‘rasam: «Unda xotirjam, loqayd bo‘lib qoladilarda», - degandilar.
Muoz bu gapni o‘limi oldidan aybdorona ohangda gapirdi.

227. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
- Odam bolasining hammasi ham xatoga yo‘l qo‘yadi. Xato qilganlarning yaxshilari - tavba qilganlardir.

Qayd etilgan



AbdulAziz  21 Mart 2009, 21:01:48

Inson ko'rki — odob



To'plovchi: Abdulhafiz Abdujabborov
Hajmi: 257 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
Online o'qish

Qayd etilgan