Mahbus (hikoya). Jan Pol Sartr  ( 14002 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


AbdulAziz  10 Iyul 2006, 19:20:12


izni saroyday keng yop-yorug‘ xonaga itarib kiritib yuborishdi. Yorug‘dan ko‘zlar qamashib ketdi, men ko‘zlarimni yumdim. Bir lahzadan so‘ng nazarim stolga, stol ortida allaqanday qog‘ozlarni varaqlab o‘tirgan fuqaro kiyimidagi to‘rt kimsaga tushdi. Boshqa mahbuslar bir chetda to‘da bo‘lib turishardi. Biz xonani oralab o‘tib, ularga qo‘shildik. Ko‘pchiligini men tanirdim, qolganlari, aftidan muhojirlar edi. Oldda boshlari dumaloq, bir-biriga o‘xshab ketadigan ikki nafar malla soch turishardi: frantsuzlar bo‘lsa kerak, deb o‘yladim. Bo‘yi pakanarog‘i dam-badam shimini yulqib qo‘yadi — asabiylashayotir.
Shu alfozda uch soatcha turdik, sillam qurib merovlanib qoldim, boshim g‘uvillay boshladi. Biroq xona issiq edi, bir necha kun sovuqda qolganimizdanmi, harqalay, bu yerda jon saqlasa bo‘lardi. Soqchilar mahbuslarni bitta-bitta stolning oldiga olib kelishdi. O‘tirgan o‘sha to‘rt kimsa ulardan birma-bir ism-sharifi va kasbini so‘raydi.

davomi >>>

Qayd etilgan