Ayol ayol boʻlgani yaxshi  ( 21754 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


AbdulAziz  22 Mart 2009, 06:59:02

Ayol ayol bo‘lgani yaxshi

Alloh taolo insonni juft-juft qilib yaratishi ajib bir hikmatdir. Juftlikdan muhabbat yaraldi. Muhabbatdan qalb yaraldi. Agar juftlik bo‘lmaganida na qalb bo‘lardi va na muhabbat! Xuddi shuningdek inson o‘z juftidan ajrab turishi uchun kiyimni kashf etdi. Juftlik bo‘lmaganida kiyim ham bo‘lmasdi, balki. Kiyimning birinchi vazifasi tanani yopish bo‘lsa, ikkinchisi qarama-qarshi juftdan ajralib turishdir.

Ibtidoda kiyimlar ham oddiy edi"¦ Keyinchalik inson kibrni kashf etdi. Shuning bilan kiyimlar ham o‘zgara bordi. Asta-sekin libosning funktsiyasi almashdi. Endi odamlar modaga qarab (ehtiyojga qarab emas) kiyina boshladilar. Har xil  liboslar paydo bo‘ldi. Millatlar, xalqlar o‘z kiyimlarini tanladilar. Kimdir uzun, kimdir keng, kimdir tor, yana kimdir "¦

Afrikada bir qabila bor ekan. Ularning "œmadaniyati"da kiyinish degan tushuncha yo‘q ekan: qip-yalang‘och jamiyat"¦ Bu faktni bekorga keltirganim yo‘q. Negadir taraqqiy etgan davlatlarning "œaqlli" jamoalari o‘sha Afrikadagi qarindoshlari "œmadaniyatlari"ga tobora ergashmoqdalar.

Yaqinda Avstraliyada yana o‘sha qip-yalang‘ochlar namoyishi bo‘lib o‘tibdi. Ular ko‘chalarda ham shunday yurishni targ‘ib qilishibdi. Yaxshiyam politsiyachilar bor ekan. Bo‘lmasa nima voqealar ketardi"¦

G‘arb jamiyatlarida kiyim tanani yopish vositasi emas, namoyish etish vositasi bo‘lib bormoqda. Inson istaganini amalga oshiryapti. U juda ko‘p narsalarni xohlayapti. Endi savol tug‘iladi: erkak erkakni, ayol ayolni xohlayotgan jamiyatlar uchun kiyimning nechog‘li ahamiyati bor ekan?

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Mart 2009, 07:00:10

Oddiydek tuyuladigan bu muammoni fransiyalik Jan Martin degan olim shunday izohlaydi:

"œAgar Yevropada shunaqa holat davom etaversa, yaqin yillar ichida G‘arb juda katta ma’naviy bo‘xronga uchraydi. Yevropa erkaklari va ayollari bir-biridan to‘yib bo‘ldi. Ko‘cha-ko‘yda ham matbuot-jurnallar, televidenieda yalang‘och ayol va erkaklar bijg‘ib yotibdi. Ko‘chalarda behayo kiyingan ayollar hech kimni qiziqtirmay qo‘ydi.

Erkaklar potentsiali aynan shu ayollar harakatlari orqali susayib bormoqda. Bunga Yevropa jamiyatlaridagi aholi ko‘payishning kamayib borayotgani misol bo‘ladi. Mana misol uchun, dunyodagi eng sovuqmijoz germaniyalik oilalarning 4/3 qismi farzandsiz o‘tmoqda. Bu holatni boshqa davlatlarda ham kuzatish mumkin. Endi erkak ayoldan, ayol erkakdan to‘ygandan so‘ng o‘z jinsiga nisbatan qiziqish ortmoqdaki, bunday besoqolboz va lezbian jamiyatlari tobora ko‘payib, o‘z tashkilotlari, qonungiy himoyalariga ega bo‘lmoqdalar. Albatta inson huquqlari hamma narsada ustun. Lekin ma’naviy qadriyatlarimiz toptalishida inson huquqlarining ba’zi bandlari chetga surilsa yaxshi bo‘lardi.

Hozirda Yevropa erkaklarining kamida 20 foizi impotentdir. Men bunga sabab qilib, behayo kiyingan ayollarni ko‘rsataman. Men xristianman. Lekin bu borada musulmonlar an’analarini hurmat qilaman. Chunki musulmon jamiyatlarida kiyinish, ayniqsa, ayollar kiyinishlari yaxshi tartibga tushirilgan. Shuning uchun ham musulmon jamiyatlarida aholi ko‘payishi kuchli, salomatlik darajasi ham normal darajada.

Garchi inson huquqlariga to‘g‘ri kelmasa-da, kiyinishni tartibga tushirish kerak. Shundagina Yevropa tarixdagi muvaffaqiyatlariga yana erishadi".


G’arblik olimning fikrlari bilan tanishdingiz. Bu holat Frantsiyadan boshqa davlatlarda ham kuzatiladi. Bir yil oldin, Angliyada erkaklar namoyishga chiqishdi. Ularning talablari ayollarning liboslari bilan bog‘liq edi. Hatto namoyishchilaro erkak va ayollarning alohida transporti bo‘lishini ham talab qildilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Mart 2009, 07:02:42

Chet-elni tahlil qilib chiqdik. Xo‘sh O‘zbekistonda ham bu muammo mavjudmi? Bu haqdagi fikrlarni o‘rganishga harakat qildik:

Shohida, 24 yosh:
— Tengdoshlarim menga ham nega shim kiymaysan, deyishadi. Men esa: ayol ayol kabi bo‘lmoqi lozim deb aytaman. Uzun ko‘ylak kiyiyshga harakat qilaman. Shim kiygan bo‘lganimda ham ota-onam bunga qarshilik qilgan bo‘lardilar. Ba’zi dugonalarim ota-onalari qarshi bo‘lsalar-da, o‘zlari xohlagan kiyimni kiyishga urinadilar.

Farrux, 20 yosh:
— Qizlarning hozirgidek kiyinishlariga qarshi emasman, lekin"¦ ularga qarab zavq olaman. O‘zbeklarning boshqa millat qizlaridan nima kami bor? Ular ham "œmodniy" kiynsalar boshqalarni ortda qoldiradilar.

Maftuna, 20 yosh:
— Men kiyinishga qarshimasman. Hamma o‘ziga yoqqanini kiyishi kerak. U shim bo‘ladimi, yupkami, o‘ziga yarashsa, qulay bo‘lsa bo‘ldi. Masalan, ota-onam mening kiyinishimga qarshimaslar. Hatto adamlar o‘zlari shim olib beradilar. Shim kiyish yaxshi: "œuyutnс‹y", "œpriyatnс‹y". Umuman yoshlikda o‘ynab qolish kerak. Ba’zi dugonalarim turmushga chiqqanlaridan so‘ng, erlari ularga shim kiygizmay qo‘yishadi. Ba’zilari esa turmushga chiqqanlaridan so‘ng kiyina boshlashadi. Umuman olganda kiyinishda inson erki o‘zida qolishi kerak.

Abdug‘ani, 37 yosh:
— Qizlarning hozirgi shim, miniyubka, tor kiyimlar kiyishiga qarshiman. Lekin bu narsa tobora jamiyatimizga singib bormoqda va oddiy holdek bo‘lib qolgan. Masalan, men ham 5-sinfda o‘qiyotgan qizimga shim sotib olib berdim. Bunga esa quyidagi voqea sabab bo‘ldi: Bir kuni qizim maktabdan yig‘lab keldi. Nima bo‘ldi deb so‘rasam, dugonalari "œadang senga shim olib bersa bo‘miydimi, puli yo‘qmi? Mana mani adamlar shuncha shim olib berganlar", deyishibdi. Shundan so’ng majbur bo‘ldim. Men bu muammoning kelib chiqishiga ota-onalar sababchi deb bilaman.

Abdulfattoh, 21 yosh:
— Jamiyatimizni buxronga olib borayotgan muammolardan biri kiyinish bilan bog‘liqdir. Bu narsa faqat ayollar muammosi emas. Yigitlarimizning ham ba’zi kiyimlari axloqqa to‘g‘ri kelmaydi. Qizlarimiz esa, bahor kelishi bilan juda "œochilib" ketishadi. Badanga juda yopishib, tananing eng nozik a’zolarigacha shundoq bilinib turadigan kiyimlarni, afsus, o‘zbek qizlarimizda ham ko‘rib turamiz. Tor shim, bluzkalar kiyib, belini ochganda tanasini namoyish qilib yurgan o‘zbek qizlarimizga ming qaramay desang ham ko'zing tushib qoladi. O‘qishda esa qizlar shundoqqina ko‘zing oldida ataylab belini ochib o‘tiradi. Avvallari faqat fohisha ayollar shunday kiyinishardi"¦ Hozir esa"¦

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Mart 2009, 07:04:39

Fikrlar bilan tanishdingiz. Bu mavzu haqida yozilgan boshqa maqolalardan iqtibos keltiramiz:

"œHidoyat" jurnali, 2003-yil. "œGunohlar yo‘lini to‘saylik" maqolasidan. Muallif: Ziyouddin Rahimov:
— Ajnabiy  allakimlarning behayo liboslariga havas qilib, ularga taqlid qilgan xotin-qizlar hammaning nigohi tushadigan joylarda yarim-yalang‘och holda yurishibdi. Tor, yupqa, kalta va harir narsalarni kiyganlarida eng nozik, nomahramdan pana bo‘lishi kerak a’zolarigacha shundoq bilinib turadi. Bu bilan o‘zlari gunoh qilganlari holda boshqalarni ham gunohga botiryaptilar. Qolaversa, bunday kiyinish sog‘liklari uchun ham koni zarar, tug‘ilajak farzandlar  uchun ham xavfli. Bunga ayollarning  o‘zlarigina emas, erkaklarimiz ham aybdordir. Axir shunday sharmandali va behayo kiyinib ko‘chaga chiqqan qiz, ayollar qaysi birimizning opamiz, singlimiz, qizimiz, xotinimiz emasmi? Ularni insofga chaqirish, risoladagidek kiyinishlari  uchun jon kuydirish bizning ham burchimiz.

Tribune-uz.info mustaqil internet nashri. "œShimsiz qolgan erkaklar" maqolasidan. Muallif: Nurullo Ostonov:
— Ko‘cha-ko‘yda nega erkaklar yerga qarab yuradigan bo‘lib qoldi? Bu hammasi moda tufayli. Ko‘zingni ko‘tarishing bilan maykasi kindigidan ko‘tarilib, shimining tarangligidan hamma joyi bilinib turgan do‘ndiqchaga beixtiyor qarashga to‘g‘ri keladi. Yana yerga qarab yonidan o‘tib ketayotganingda modaparast moda maykasini kindigiga qarab ikki marta tortib ham qo‘yadi. Erkak bundan battar o‘ng‘aysizlanib, duch kelgan tomonga surib qoladi. Ilgari striptiz ko‘rish uchun odamlar maxsus restoranlarga kirishardi. Endi bunga hojat ham bo‘lmay qoldi. Ko‘chaga chiqsang bas, striptiz!

Islam.uz internet nashriga berilgan savolga sayt muharriri Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf shunday javob beradilar:
— Kiyinishda umumiy qilib aytadigan narsa shuki, boshqa begona kishilarga ko‘rinishi imkoni bo‘lgan vaqtida muslima ayollar yuzlarini va qo‘llarini, ya’ni kaftlarini ochib yurishga ruxsat berilgan. Endi kiyimga kelsak, bunday kiyimlar chiroyli, sarishta bo‘lishi nihoyatda yaxshi bo‘ladi. Lekin chegara shuki, badanning to‘silishi lozim bo‘lgan joylarga kiyiladigan kiyim birinchidan, o‘ta yupqa bo‘lib kiyim tagidagi badanning ko‘rinishiga sabab bo‘lmasligi kerak. Ikkinchidan ana shu kiyim o‘ta tor bo‘lib tanani shaklini ko‘rsatadigan bo‘lmaslik kerak. Asosiy shartlar shu, avrat hisoblangan joylarni to‘sib turishi kerak. Shu bilan birga ulamolarimiz aytadiki "œjuda ola-bula bo‘lib e’tiborni tortadigan xolda bo‘lmasligi ham odobdan bo‘ladi"œ, deydilar. Bu ko‘chaga chiqqanda kiyiladigan kiyimni vasfi bo‘ldi. Uy ichida, mahramlarini oldida bunday kiyinish shart emas. Shimga kelsak, bu torligi uchun badanni vasf qilgani uchun to‘g‘ri kelmaydi va shariatga muvofiq emas. Lekin uyda va kiyimini ostidan kiysa, ayollar uchun tikilgan shim bo‘lsa bo‘ladi, deyishgan ulamolarimiz.

Kiyinish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarimizning o‘zi bir qancha ekan. Jamiyatimizda axloq-odobni yana-da mustahkamlash yo‘lida albatta bu muammoni ham isloh qilish darkor. Bu borada yana o‘sha milliy an’analarimizga qaytsak yaxshi ish bo‘lardi.
Xulosa chiqarish esa sizdan.

Davronbek Tojialiyev
"œHurriyat" gazetasining 2006-yil 18-oktabr sonida chop etilgan.

Qayd etilgan


shoir  23 Mart 2009, 12:12:49

AbdulAziz, yaxshi maqola bo'libdi.

Bu mavzuga oid Ali Nazimoning "Qizlar tarbiyasi" kitobida yaxshi maqola keltirilgan ekan:

ZIYNAT, KIYINUV, YASAN-TUSAN

Bizlarni hayron qoldira turgan bir narsa bordirki, u ham bo‘lsa xotunlarning yasantusanga cheksiz mayl qiluvlari, kiyinuvga keragidan ortiq tirishuvlaridir. Bu ayb egasi bo‘lgan xotun oxiri xatarli natija keltirur. Oqibatda aqlga muvofiq bo‘lmagan harajatlar qiluviga, yurtning xarob bo‘luviga sabab bo‘lur. Do‘stlar hayronlikda, ota-ona umidsizlikda qolur. Ishlar yaxshi bo‘la turib, er ila xotun aqlli va tadbirli bo‘la turib, hech bir kishining ko‘ngliga kelmagan bu xaroblikning sabablari xotirga kelur... Yurtning xarob bo‘luvi sababini oila onasidan so‘rangiz. Bu to‘g‘rida sizga javob bera olguvchi yolgiz uginadir. Yurtning xarob bo‘luviga uning bashang kiyinuvga odatdan tashqari mubtalo bo‘luvidan boshqa hech bir sabab yo‘qdir. Birovning ustida yangi uslubda bir kiyim ko‘rdimi, undan o‘ziga tiktirmay hech tura olmas. Do‘konda bir yaxshi mato borligini eshitdimi, qanday qilib bo‘lsa ham, borib undan o‘ziga bir kiyimlik  olmasdan ko‘ngli rohat topmas. Shuning uchun erining topgan aqchasi xotunning buzuq orzulariga xizmat etmakdan boshqa bir narsaga foydasi tegmas. Qaysi xotunlar uchun lentadan qanday suvratda bant yasalishi, kuylakning qanday tusda bo‘lajagi yoki boshu soch ziynatlarining qanday ravishda qo‘yilajagi eng kerakli bir ish hukmida tutilmakda bo‘lib, turmushlarining ko‘proq qismi bir necha foydasiz va kerakmas narsalar ila yo‘qolmakda bo‘lganini ko‘rib o‘ylansa, odam bir qattiq qayg‘urishdan o‘zini tuta olmas. Agar xotunlar ustlarida qimmatli bir necha ziynatlar bilan har kimni o‘zlariga hayron qilishga tirishish fikriga tushsalar, es og‘arlik bir suvratda aldangan bo‘lurlar. Agar boshlariga taqqan patlari chiroyli bo‘lsa, agar kiyimlarining bichimi kelishgan bo‘lsa, hayron bo‘luv to‘ppato‘ g‘ri ul patni o‘stirgan qushcha, ul kiyimlarni tikkan tikuvchi xotunga qaratiladir.
Chetdagilarga ko‘rkam ko‘rinish uchun moda va kiyinuv balosiga giriftor bo‘lishni o‘zlariga lozim deb o‘ylagan xotunlar fikrlari yo‘qligi uchun g‘oyat bir yomon dalil ko‘rsatgan bo‘lurlar. Sizga zarar keltirishdan va sizni xalq-ning yomon xayollariga tushiruvdan boshqa hech bir foydasi ko‘rinmagan, holingiz, o‘zingiz va kuchingiz yetganidan ortiq takallufli kiyinishga hech qiziqmasangiz, har kimning yaxshi fikrini qozonib, o‘zingizning qadringizni saqlagan bo‘lursiz. Kiyim to‘g‘risida shu yo‘ldan yiroqlashmaslik kerak. Yoshiga, o‘rniga va holiga kelisharlik bir suvratda kiyinmak, bir ziyrak xotun butun xalqqa kulgu bo‘lmay, chegaradan tashqari, xususan, hamma jinsdoshlaridan yuqori turishga harakat qilmay, imkon yetarlik kiyimga kanoatlanur, ongli va bilikli xotunning ongliligining alomati, kiyimlarning kelishimlik va takallufsizini saylay biluvidan iboratdirki, bu hech bir vaqt go‘zallik va yasan-tusanuvni chetga tashlamas. Xotirga kelganda shuni ham so‘zlay, oqshom vaqtida rasm bo‘lgan kiyimlar kiyishni va kunduzlari sochlari yoyilgan, ko‘ylaklari yirtiq, so‘kilgan bo‘lib, ko‘pincha tungi kiyimlar ila yuruvni odat qilgan xotunlarning ham oz bo‘lmagani eshitilmakdadir.
Bu ham juda zo‘r bir aybdir. (Oqshomlari teatr kabi o‘rinlarga borish uchun rasm bo‘lgan kiyimlar kiyish turk xonimlariga xos bo‘lib, bizda buning o‘rniga majlislarga borganda tashlandiq kiyimlarimizni kiyib, fozil muhtaram muharrir Rizouddin janoblari aytganicha, erlarimiz yonida mo‘ri tozalovchilar kabi yurish odatdir). Yosh qizlarning ertalab karavotlaridan turar-turmas sochlarini tarab tuzatuiga va kunduz uchun ustlarida bejirim, yirtig‘u so‘kiksiz, faqat so‘nggi darajada pok, uyda kiya turgan kiyimlarini kiyishga odatlanuvlari lozim bo‘ladur.

Qayd etilgan


Munira xonim  24 Mart 2009, 09:15:07

Assalamu alaykum.
Abdulaziz,Shoir,Alloh sizlardan rozi bo'lsin.
Bu maqoladan bitta singlimiz bo'lsin, xulosa chiqarsa, juda soz ish bo'lardi.
Alloh sizlardek oriyatli, g'uruli ERKAKlarni safini kundan-kunga ko'paytirisin.
Bizlarni AYOL qilib yaratgan ALloh esa, hammamizni ham AYOLdek yashab ayoldek vafot topishimiz uchun buyuk IYMON bilan mukofatlasin...Amiyn...

Qayd etilgan


Munira xonim  27 Mart 2009, 09:27:51

Assalamu alaykum.
Men bu yerga men yaqinda guvoh bo'lgan, meni lol qoldirgan voqea haqida yozmoqchiman.
Ayol birinchi navbatda ona. Lekin ularni hammasi ham bir xilda bo'lavermas ekan.
Bizni adamizni bir og'aynilari bor edi. O'zi Xitoydan kelib bu yerda 7-8yildan beri ishlagan. Erkak kishiga yolg'iz yashash qiyin bo'lgani uchun, ikkinchi xotinni shu yerdan olgan. Va ma'lum sabablarga ko'ra birinchi oilasiga bora olmagan ko'p vaqt. Bu yerdagi oilasidan bitta o'g'li bor. Ayolini birinchi turmushidan ham bitta qizi bor. Xullas, shuncha yildan keyin, bu kishi Xitoyga birinchi oilasi oldiga ketadigan bo'ldi.
U yerdagi ayoli va bolalari 7-8 yil kutdi. Bu orada bolalalari katta bo'ldi, qizlari uzatildi, o'g'illari uylandi. Bitta o'g'li vafot etdi. Shunda ham birinchi ayoli, eriga biror marta norozilik bildirmadi. Mana vaqti kelib u kishi ketadigan bo'lganida, 7-8 yildan beri birga yashagan ikkinchi xotinining qilgan ishalri va gapirgan gaplarini eshitib yoqamni ushladim.
Mana uning gaplari:"Ketganingizdan keyin u yerdagi xotiningiz va bolalaringizni ko'rib bizni  unutasiz. Tashlab ketadigan bo'lsangiz nima qilardingiz uylanib? Agar umuman kelmaydigan bo'lsangiz, orttirgan bolangizni olib keting. Menga "lichniy problema" kerakmas. Agar kelmaydigan bo'lsangiz o'zim borib bolangiz bilan, bolangizni sizga tashlab kelaman, o'sha xotiningiz boqsin, bolangiz kerak bo'lsa....."
Bu gaplarga bizni adamiz guvoh bo'lganla. U kishidan bu gaplarni eshitib, o'zim ayol bo'lsamda ayoldan nafratlandim. Qachondan beri farzand "problema" bo'lib qoldi ekan? deb o'yladim. Shu ayol oxiri bolasining mehriga zor bo'lib o'tib ketadi, dedimda, Astag'firulloh,Alloh insof bersin, dedim.
Mana sizga o'zbekman, musulmonman, deb boshiga ro'mol o'ragan ayolning xolati.
Bu yerda ikki xil ayol, bir kishi bilan yashayotgan ikki olamga, ikki xil iymonga ega bo'lgan ikki ayolning misoli.
Men ba'zida hayron qolaman. Ayollarning bu darajada tubanlashib ketishiga, nafsiga qul bo'lishiga, kim yoki nima sabab? Nima uchun ayollar oilaga bu qadar yengil qarashadi? Oila nima o'zi? Xohlaganda barpo qilib, xohlaganda vayron qiladigan qum tepaliklarmi?
Fikrlaringiz kutib qolamiz, aziz forumdoshlar....

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Mart 2009, 08:09:10

OCHIQ-SOCHIQ KIYIMLAR HAQIDA MUTAXASSISLAR FIKRI:

Leonid Kitayev-Smik: - Rossiya Fanlar akademiyasi madaniyatshunoslik instituti katta ilmiy xodimi:
- Ayollarning yalang'ochlashuvi erkaklar uchun halokatlidir, chunki erkaklarga xos kasalliklarning asosiy qismi uning shaxvatni qondirmasligidan kelib chiqadi. Mana, masalan, u ko'chada, ishxonada kindigini ochgan, yarim yalang'och ayolga ko'zi tushdi, deylik. Bu uning shaxvatini qo'zg'aydi, hirsini junbushga keltiradi, ammo uni qondirishning iloji yo'q. Yoz faslida bu holat bir necha bor takrorlanadi. Qo'zg'olish ko'p, ammo qondirish yo'q. Shu tariqa jinsiy bezlarning yallig'lanishi, jinsiy ojizlik (impotensiya) yuzaga keladi. Fikrimcha, agar ayollar hayoliroq bo'lishganida muammolar (shu jumladan demografik muammolar ham) kamroq tug'ilar edi. Ayollar badanini hammadan yashirib yuradigan musulmon mamlakatlarda erkaklar kasalliklarga ancha kam chalinishadi. Musulmon xalqlarda ayolning hatto qo'lini ochib yurishi ham uyat sanaladi. Shuning uchun ularni berkitishga buyurilgan. Shunday ekan, oyoq va qorinlarni ochib yurish haqida gap bo'lishi mumkinmi?
(«Аргументы и факты», 27, 2006)

Yuliya Shigareva, AiF muxbiri:
- Moskvalik qizlar qanday kiyinayotganini ko'rib, butun Rossiya aql bovar qilmas jinsiy xastalikka mubtalo bo'lgan, degan xayolga borasan, kishi. Bu birinchi navbatda qizlarning qornini ochib yurishida ko'rinadi. Vaholanki, dunyoning bironta ham davlatida bunday kiyinishmaydi.
(«Аргументы и факты», 28, 2006)

Qayd etilgan


zuhrahon  30 Mart 2009, 10:32:47


Базан киенар мени ажиб хаёллар сузим огир олманг аёллар
Хуркамасин сизни ажиб хаёллар жаханамга утин булманг аёллар
Жанжал килиб арзимаган матодан айрасиз болаларни отадан
Бу ишингиз албат срур хатодан жаханамга утин булманг аёллар
Аомахрага курсатиб сиз бадани чаёнларга тулгизасиз кафани
Тарк стасиз жаннатдаги чамани жаханамга утин булманг аёллар
Токат килинг бой бермангиз имкони чаёнларга тулдимагиз кафани
Тарк сдмангиз жанадаги чамани жаханамга утин булманг аёлар

Qayd etilgan


Robiya  07 Aprel 2009, 11:27:46

ААЛАИАГ МЕҲААТИ ВА ТАҲСИЛ ВАЗИЯТИ
Аёлнинг сзи ва оиласи учун ризқ-насиба излаш мақсадида меҳнати ёки уммат учун фойдали бир соҳада тадқиқ ва таҳлилда қатнашиши, таҳсил олиши, таҳсил бериши ҳаҳида Исломнинг ҳукми сркаклар билан айнидир. Яъни, бу масалада сркак ва аёллар бошқа соҳаларда бслгани каби тенгдирлар.
Ислом таълимотининг қайси бир ҳукмига назар солманг аёл меҳнати ва таҳсил олишини манъ стадиган, таъқиқлайдиган жойини тополмайсиз. Агар бу хусусда бирор нарса учрайдиган бслса, у ҳам бслса ҳаромларга боғланиш сҳтимолини йсқотиш учундир. Масалан, сркаклар ёнида Исломнинг аёллар учун қсйган қоидаларини бажариш имконидан маҳрум қолса ёки унинг меҳнати сркакларнинг ишлаш ва ризқ йслларини кесса, торайтирса, бу ҳолларда аёллар учун чегаралаш бордир. Чунки бу каби ҳолатлар бирикиши натижасида сркакларнинг, хусусан оилаларига даҳлдор масалалари қаршисида, умуман сса, Ислом умматининг йирик масалалари қаршисидаги масъулистларини идрок стишлари жиҳатидан муаммоларга сабаб бслади.
Бу масала ушбу машҳур қоидага боғлиқдир: "Вожибнинг фақат сзи билан тамомланган ҳар нарса вожибдир. Аммо бирор ҳаромнинг аралашуви туфайли рсёбга чиққан ҳар нарса ҳаромдир"

Яъни, қилинадиган иш нақадар қонуний ва ҳатто шарафли бслса-да, аёлнинг шариатда белгиланган вазифаларига риос қилишига тссиқ қсйса ёки остда зикр стилган сқин сркаклардан ташқари бегона сркакларнинг ёнига сралмасдан чиқишга мажбур бслса, бундай иш сз-сзидан соқит бслади: Бу вазистга тушиш сркакларга ва ҳамда аёлларга мутлақ ҳаромдир. Чунки бу каби ҳолда баробар бслишлари-аёлнинг у ердаги сркаклар олдида слангочлик гуноҳига ботиши, сркакларнинг ҳам унга тикилиши, у билан суҳбатда бслиши туфайли фитнага тушиш сҳтимоли ҳисобидан ҳар икки томон ҳам гуноҳ қилган бсладилар.
Аслида аёл меҳнати ҳалол бслишига қарамай, Ислом динининг аёл ва сркак орасида тақсимлаган ижтимоий талаб ва масъуллик тарозисининг палласида сзгариш сезилса, шу заҳоти аёл меҳнати таъқиқланади.

Qayd etilgan