AbdulAziz, yaxshi maqola bo'libdi.
Bu mavzuga oid Ali Nazimoning "Qizlar tarbiyasi" kitobida yaxshi maqola keltirilgan ekan:
ZIYNAT, KIYINUV, YASAN-TUSAN
Bizlarni hayron qoldira turgan bir narsa bordirki, u ham bo‘lsa xotunlarning yasantusanga cheksiz mayl qiluvlari, kiyinuvga keragidan ortiq tirishuvlaridir. Bu ayb egasi bo‘lgan xotun oxiri xatarli natija keltirur. Oqibatda aqlga muvofiq bo‘lmagan harajatlar qiluviga, yurtning xarob bo‘luviga sabab bo‘lur. Do‘stlar hayronlikda, ota-ona umidsizlikda qolur. Ishlar yaxshi bo‘la turib, er ila xotun aqlli va tadbirli bo‘la turib, hech bir kishining ko‘ngliga kelmagan bu xaroblikning sabablari xotirga kelur... Yurtning xarob bo‘luvi sababini oila onasidan so‘rangiz. Bu to‘g‘rida sizga javob bera olguvchi yolgiz uginadir. Yurtning xarob bo‘luviga uning bashang kiyinuvga odatdan tashqari mubtalo bo‘luvidan boshqa hech bir sabab yo‘qdir. Birovning ustida yangi uslubda bir kiyim ko‘rdimi, undan o‘ziga tiktirmay hech tura olmas. Do‘konda bir yaxshi mato borligini eshitdimi, qanday qilib bo‘lsa ham, borib undan o‘ziga bir kiyimlik olmasdan ko‘ngli rohat topmas. Shuning uchun erining topgan aqchasi xotunning buzuq orzulariga xizmat etmakdan boshqa bir narsaga foydasi tegmas. Qaysi xotunlar uchun lentadan qanday suvratda bant yasalishi, kuylakning qanday tusda bo‘lajagi yoki boshu soch ziynatlarining qanday ravishda qo‘yilajagi eng kerakli bir ish hukmida tutilmakda bo‘lib, turmushlarining ko‘proq qismi bir necha foydasiz va kerakmas narsalar ila yo‘qolmakda bo‘lganini ko‘rib o‘ylansa, odam bir qattiq qayg‘urishdan o‘zini tuta olmas. Agar xotunlar ustlarida qimmatli bir necha ziynatlar bilan har kimni o‘zlariga hayron qilishga tirishish fikriga tushsalar, es og‘arlik bir suvratda aldangan bo‘lurlar. Agar boshlariga taqqan patlari chiroyli bo‘lsa, agar kiyimlarining bichimi kelishgan bo‘lsa, hayron bo‘luv to‘ppato‘ g‘ri ul patni o‘stirgan qushcha, ul kiyimlarni tikkan tikuvchi xotunga qaratiladir.
Chetdagilarga ko‘rkam ko‘rinish uchun moda va kiyinuv balosiga giriftor bo‘lishni o‘zlariga lozim deb o‘ylagan xotunlar fikrlari yo‘qligi uchun g‘oyat bir yomon dalil ko‘rsatgan bo‘lurlar. Sizga zarar keltirishdan va sizni xalq-ning yomon xayollariga tushiruvdan boshqa hech bir foydasi ko‘rinmagan, holingiz, o‘zingiz va kuchingiz yetganidan ortiq takallufli kiyinishga hech qiziqmasangiz, har kimning yaxshi fikrini qozonib, o‘zingizning qadringizni saqlagan bo‘lursiz. Kiyim to‘g‘risida shu yo‘ldan yiroqlashmaslik kerak. Yoshiga, o‘rniga va holiga kelisharlik bir suvratda kiyinmak, bir ziyrak xotun butun xalqqa kulgu bo‘lmay, chegaradan tashqari, xususan, hamma jinsdoshlaridan yuqori turishga harakat qilmay, imkon yetarlik kiyimga kanoatlanur, ongli va bilikli xotunning ongliligining alomati, kiyimlarning kelishimlik va takallufsizini saylay biluvidan iboratdirki, bu hech bir vaqt go‘zallik va yasan-tusanuvni chetga tashlamas. Xotirga kelganda shuni ham so‘zlay, oqshom vaqtida rasm bo‘lgan kiyimlar kiyishni va kunduzlari sochlari yoyilgan, ko‘ylaklari yirtiq, so‘kilgan bo‘lib, ko‘pincha tungi kiyimlar ila yuruvni odat qilgan xotunlarning ham oz bo‘lmagani eshitilmakdadir.
Bu ham juda zo‘r bir aybdir. (Oqshomlari teatr kabi o‘rinlarga borish uchun rasm bo‘lgan kiyimlar kiyish turk xonimlariga xos bo‘lib, bizda buning o‘rniga majlislarga borganda tashlandiq kiyimlarimizni kiyib, fozil muhtaram muharrir Rizouddin janoblari aytganicha, erlarimiz yonida mo‘ri tozalovchilar kabi yurish odatdir). Yosh qizlarning ertalab karavotlaridan turar-turmas sochlarini tarab tuzatuiga va kunduz uchun ustlarida bejirim, yirtig‘u so‘kiksiz, faqat so‘nggi darajada pok, uyda kiya turgan kiyimlarini kiyishga odatlanuvlari lozim bo‘ladur.