Ayol ayol boʻlgani yaxshi  ( 21757 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


siddiqa  15 Iyun 2009, 01:00:11

Ayollarning erkaklarga, erkaklarning ayollarga o'xshashlari harom!

Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ayollar kiyimini kiyadigan erkakni va erkaklar kiyimini kiyadigan ayolni la'natladilar» (Abu Dovud, Nasoiy, Hokim).

Agar ayol kishi erkaklarga xos bo'lgan liboslarni kiysa, u o'zini erkaklarga o'xshatgan hisoblanadi va Alloh va Rasulining la'natiga duchor bo'ladi. Eri ham agar uning shunday yurishiga imkon bersa (ya'ni, rozi bo'lsa va uni qaytarmasa) mal'undir (la'natlangandir). Chunki u ayolini Allohga itoat etishga undashi va gunoh ishlardan qaytarishi lozim. Zero, Alloh taolo aytganki:
«Ey mo'minlar, sizlar o'zlaringizni va ahli-oilalaringizni do'zaxdan saqlangizki, uning o'tini odamlar va toshlardir» (Tahrim surasi, 6).

Ya'ni, ularga odob va ta'lim bering, Allohga itoat etishga buyurib, gunoh ishlardan qaytaring, o'zingizga ham xuddi shunday munosabatda bo'ling, deyilmoqda.
Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Har biringiz nozir va o'z ra'iyatiga mas'uldir. Erkak kishi o'z ahli oilasiga nozir va qo'l ostidagilarga mas'uldir» (Muttafaqun alayh).

Abu Bakr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Erkaklar ayollarga itoat etgan vaqtlarida halok bo'ldilar» (Hokim rivoyati).

Hasan roziyallohu anhu aytganlar: «Allohga qasamki, kishi xotiniga uning havoyi nafsi tilagan narsalarda itoat etsa, Alloh taolo uni do'zaxga uloqtiradi».

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Men ko'rmagan ikki toifa borki, ular do'zax ahlidandir: Sigir dumiga o'xshash qamchilari bo'lib, u bilan odamlarni uradigan toifa hamda kiyim kiygan yalong'och, yo'ldan uruvchi, yo'ldan ozgan ayollar. Ularning boshlari tuyaning o'rkachi kabi. Ular jannatga kirmaydilar, uning hidini ham topmaydilar. Holbuki, uning hidi muncha-muncha yo'llik masofadan kelib turadi» (Muslim rivoyati).

Kiyim kiygan - Allohning ne'matlariga musharraf bo'lgan, lekin yalong'och - Unga shukr qilmaydigan ayollar yoki badanining shakli va rangi bilinib turadigan darajada yupqa va tor kiyadigan ayollar, deganidir.

Nofe' roziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Ibn Umar va Abdulloh ibn Amrlar Zubayr ibn Abdulmuttalibning huzurida edilar. Bir vaqt elkasiga kamon osgan ayol qo'ylarini haydab o'tib qoldi. Abdulloh ibn Umar undan: «Sen erkakmisan yo ayol?» deb so'radilar. «Ayolman», dedi u. Ibn Umar Ibn Amrga o'girildilar-da: «Alloh taolo Payg'ambar tili orqali erkaklarga taqlid qiluvchi ayollarni va ayollarga taqlid qiluvchi erkaklarni la'natlagan», dedilar».

Ko'chaga chiqqanda nomahramlarga zeb-ziynat va taqinchoqlari ni ko'rsatib yuradigan, mushk-anbar va har xil xushbo'yliklar bilan o'ziga oro beradigan hamda kalta va tor liboslar kiyadigan ayollar ham mal'undirlar. Bu ishlarning barchasini, ya'ni, o'zini bozorga solib, jamolini ko'z-ko'z qilib yurishni Alloh taolo yomon ko'radi. Lekin ming afsuslar bo'lsinki, ko'p ayollar shaytonning tuzog'iga ilingandirlar. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam ular haqida: «Do'zaxga boqib, uning ko'pchilik ahli ayollar ekanligini ko'rdim», deganlar (Muslim rivoyati).

Yana u zot sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: «O'zimdan keyin erkaklar uchun ayollardan ko'ra zararliroq fitna qoldirmadim» (Muslim rivoyati).

Imom Zahabiy "Gunohi Kabiralar "
 www.muslima.uz

Qayd etilgan


Foniy  20 Iyun 2009, 19:02:20

Oiladagi tarbiya ham o`ta muhim o`rin tutadi,.. "niholni xohlagan tarafga egish mumkin", eng avval tarbiya uchun mas'ul - ota-onalarning tushunchasi bo`lishi kerak: nima to`g`ri va nima noto`g`ri.

Qayd etilgan


Muxsiya  24 Mart 2014, 13:37:37

Ayolning erkakka o'xshashi harom lekin ayolni shumga majburlagan erkakchi DAN xodimg mashinasini to'xtatganda qani xotinjon bir hunaringni ko'rsat deb o'zi mashinadan tushmay shallaqi xotinini nomahram erkak yoniga yuborgan erkaklarga nima deysiz

Qayd etilgan