Muallif Mavzu: Forumdoshlarning "Zakovat" intellektual klubi  ( 10976 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Abdullоh

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 355
  • -oldi: 743
  • Xabarlar: 1885
  • Jins: Erkak
Forumdoshlarning "Zakovat" intellektual klubi
« : 23 Mart 2009, 16:51:58 »
Assalomu alaykum. Aziz forumdoshla, men sizlarga bir narsani taklif qilmoqchi edim. O'zim yoshligimdan "Zakovat" klubiga a'zo bo'lishni xohlaganman. Shuning uchun agar kimda-kim o'z bilimiga ishonib va ilm olish maqsadida bo'lsa, kelinglar birgalashib, o'zimizning "Zakovat" intellektual klubimizni tuzamiz va har shanba kuni o'yinlarda ishtirok etamiz. Bu haqda YURIST bilan ham gaplashdi, u kishi ham shu fikrda yurgan ekan. Ammo u kishi bizning guruhga qo'shila olmaydi, chunki o'zlarining komandasi bor va boshqa guruhga qo'shilish mumin emas ekan. U kishi yana Ziyochilarni o'yinlarga tayyorlashi ham mumkin. Sizlardan javoblarni kutib qolaman.

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Forumdoshlarning "Zakovat" intellektual klubi
« Javob #1 : 23 Mart 2009, 18:18:21 »
Men ham bu fikrga qo'shilaman. Bilimga chanqoq userlarni jamlasak juda ajoyib bo'lardi. Juda yaxshi fikr. Ziyochilar kamandasini tashkil qilsak juda yaxshi bo'lardi. Kelinglar Ziyochilar hammadan inoq va kuchli ekanligini ommaga bir isbotlab qo'yaylik.
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Abdullоh

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 355
  • -oldi: 743
  • Xabarlar: 1885
  • Jins: Erkak
Re: Forumdoshlarning "Zakovat" intellektual klubi
« Javob #2 : 23 Mart 2009, 19:15:40 »
Men ham bu fikrga qo'shilaman. Bilimga chanqoq userlarni jamlasak juda ajoyib bo'lardi. Juda yaxshi fikr. Ziyochilar kamandasini tashkil qilsak juda yaxshi bo'lardi. Kelinglar Ziyochilar hammadan inoq va kuchli ekanligini ommaga bir isbotlab qo'yaylik.

Juda zo'r fikr! Bizday inoq forumdoshlarni ko'rib hammaning havasi kelsin.

Musannif Adham

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 15
  • -oldi: 918
  • Xabarlar: 4138
  • Jins: Erkak
Re: Forumdoshlarning "Zakovat" intellektual klubi
« Javob #3 : 24 Mart 2009, 11:14:13 »
Off.

Mana shu forumda o'sha fikringizni amalga oshiravering. Nima qilasiz "Zakovat"ga borib. Bilmadim-u, boshlovchini yaqinroqdan tanib qolsangiz, o'yindan ham ko'nglingiz qolib ketsa kerak.
Donishmand zamonasidan o'zib ketadi
Aqlli kishi zamon bilan qadam-baqadam yuradi
Aqlsiz kishi zamondan orqada qoladi
Ahmoq esa zamon yo'liga to'g'anoq bo'lishga urinadi.

Y_U_R_I_S_T

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1285
  • -oldi: 1505
  • Xabarlar: 3161
  • Jins: Erkak
  • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
    • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
Re: Forumdoshlarning "Zakovat" intellektual klubi
« Javob #4 : 24 Mart 2009, 14:10:08 »
Off.

Mana shu forumda o'sha fikringizni amalga oshiravering. Nima qilasiz "Zakovat"ga borib. Bilmadim-u, boshlovchini yaqinroqdan tanib qolsangiz, o'yindan ham ko'nglingiz qolib ketsa kerak.

Assalomu alaykum.

Bu dunyoni hamma o'z qarichi bilan o'lchaydi. Sizning qarichingiz boshqalarnikiga to'g'ri kelmasligi mumkin. Ammo biron ishtiyoq bilan, ish boshlamoqchi bo'lganlarga foydangiz tegmasa, ularni yo'ldan qaytarib ziyon ham yetkazmang.
Sizga ushbu taklif yoqmasa, qatnashmaslik va bosh tortish huquqingiz bor. Sizni birov majburlayotgani yo'q.

Gapimni to'g'ri tushuning, birodar. O'zimga yaqin olganimdan gapirdim bularni.
Xushnudbek taqdim etadi:
Hamma mavzu haqida blog - asosan huquqshunoslik haqida
http://xushnudbek.blogspot.com/

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Forumdoshlarning "Zakovat" intellektual klubi
« Javob #5 : 25 Mart 2009, 11:34:14 »
YURIST siz xafa bo'lmang. Adham o'zining xolis fikrini bildirdi. Buning yomon joyi yo'q. Bir kishining fikri bilan boshqalarning o'sha odamga nisbatan hurmat yoki e'tiqodi o'zgarib qolmaydi.
Adhamning men hurmat qiladigan jihati o'z fikrini aniq bayon qiladi, ya'ni hayr gumonimcha, nimani o'ylasa, o'shani yozadi.

To'g'risi, menga ham shu boshlovchi yoqmaydi. Efirda o'zini tutishiga chidolmayman...

Lekin komanda tuzib o'zilar uyushtirselar bo'ladi. Boshqa forumlarni ham hamkorlikka chaqirish mumkin.

Musannif Adham

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 15
  • -oldi: 918
  • Xabarlar: 4138
  • Jins: Erkak
Re: Forumdoshlarning "Zakovat" intellektual klubi
« Javob #6 : 25 Mart 2009, 12:07:15 »
Off.

Mana shu forumda o'sha fikringizni amalga oshiravering. Nima qilasiz "Zakovat"ga borib. Bilmadim-u, boshlovchini yaqinroqdan tanib qolsangiz, o'yindan ham ko'nglingiz qolib ketsa kerak.

Assalomu alaykum.

Bu dunyoni hamma o'z qarichi bilan o'lchaydi. Sizning qarichingiz boshqalarnikiga to'g'ri kelmasligi mumkin. Ammo biron ishtiyoq bilan, ish boshlamoqchi bo'lganlarga foydangiz tegmasa, ularni yo'ldan qaytarib ziyon ham yetkazmang.
Sizga ushbu taklif yoqmasa, qatnashmaslik va bosh tortish huquqingiz bor. Sizni birov majburlayotgani yo'q.

Gapimni to'g'ri tushuning, birodar. O'zimga yaqin olganimdan gapirdim bularni.

Assalomu Alaykum.

Xushnudbek, ayni e'tirozingizni kutuvdim. To'g'ri, har kim o'z qarichi bilan o'lchaydi. Men o'z fikrimni bildirdim, xolos. Agar Siz ham men guvoh bo'lgan narsani ko'rganingizda, balki bugun hamfikr bo'lardik.

Sizni yo'lingizdan qaytarmoqchi emasman. Boshqalarni ham. O'z fikrimni aytdim, xolos.

Salomat bo'ling. 
Donishmand zamonasidan o'zib ketadi
Aqlli kishi zamon bilan qadam-baqadam yuradi
Aqlsiz kishi zamondan orqada qoladi
Ahmoq esa zamon yo'liga to'g'anoq bo'lishga urinadi.

ikbaljohn

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 79
  • -oldi: 197
  • Xabarlar: 1101
  • Jins: Erkak
Re: Forumdoshlarning "Zakovat" intellektual klubi
« Javob #7 : 25 Mart 2009, 17:20:22 »
Yuristboy,hafa bo'menu,lekin shu boshlovchiz jaa bo'mag'ur odam.Mani bitta kursdoshim Zakovatga qatnashardi,o'sha boshlovchizdan kerakmas o'yinlardagi savollarni javoblarini sotvolardi.Shuni o'sha qatnashchidan eshitganimdan keyin Zakovatni ko'rmay qo'yganman.
PS: Shu boshlovchini mualliflik dasturimi bu Zakovat? Shu odamni haydash kerak

Abdullоh

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 355
  • -oldi: 743
  • Xabarlar: 1885
  • Jins: Erkak
Re: Forumdoshlarning "Zakovat" intellektual klubi
« Javob #8 : 25 Mart 2009, 19:30:13 »
Assalomu alaykum.

Agar yoshlik qilib bahsga taalluqli mavzuni ochib qo'ygan bo'lsam sizlardan uzr so'rayman.

Muhseena

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1649
  • -oldi: 1047
  • Xabarlar: 626
  • Jins: Ayol
  • ...sevgim Allohga va Rasuliga fido bo'lsin.....
Re: Forumdoshlarning "Zakovat" intellektual klubi
« Javob #9 : 25 Mart 2009, 19:42:59 »
Demak boshlovchini yoqtirishmas ekan-da,qiziq nima uchun?
Alhamdulillah....

Munavvara

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 371
  • -oldi: 426
  • Xabarlar: 844
  • Jins: Ayol
  • Alhamdulillah!
Re: Forumdoshlarning "Zakovat" intellektual klubi
« Javob #10 : 25 Mart 2009, 21:14:27 »
Yuristboy,hafa bo'menu,lekin shu boshlovchiz jaa bo'mag'ur odam.Mani bitta kursdoshim Zakovatga qatnashardi,o'sha boshlovchizdan kerakmas o'yinlardagi savollarni javoblarini sotvolardi.Shuni o'sha qatnashchidan eshitganimdan keyin Zakovatni ko'rmay qo'yganman.
PS: Shu boshlovchini mualliflik dasturimi bu Zakovat? Shu odamni haydash kerak

 :as: ba'zi Zakovatga o'xshash ko'rsatuvlarni eshitgandim javoblarini berishligini lekin Zakovatda shunaqa bo'lishi bilmabman bitta norm o'yin shumi desam bbuyam buzilibtide :(
Panoh tilab, to`kilsa edi ko`z yoshlarim,
Robbim ishqida ketsa edi bardoshlarim,
Ahli din, ko`paysa edi safdoshlarim,
Qalbim shod etuvchi iymonim bo`lsaydi.


Y_U_R_I_S_T

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1285
  • -oldi: 1505
  • Xabarlar: 3161
  • Jins: Erkak
  • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
    • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
Re: Forumdoshlarning "Zakovat" intellektual klubi
« Javob #11 : 26 Mart 2009, 20:13:14 »
Assalomu alaykum.


Iqtibos
Xushnudbek, ayni e'tirozingizni kutuvdim.

Demak siz atayin meni e’tiroz bildirishmini kutib shu mulohazani qoldirgan ekansizda? :7

Bilasizmi, men nega qarshilik bildirdim? Men sizning bildirgan fikringizni e’tiroz bildirmadim. Balki, sizning qilgan ishingizga o’z tanqidimni izhor etdim. Diniy ilmlarim juda ham yuqori deya maqtana olmaymanu, lekin biron majlisda o’zi qatnashmayotgan inson haqida salbiy fikr bildirish, adashmasam g’iybat hisoblanadi. Buni o’zingiz ham yaxshi bilsangiz kerak. Siz esa bu gaplarni tag’inam 2-3 kishini orasida emas, balki katta bir forumda, ko’pchilikning oldida aytayapsiz. Agar siz boshqa inson haqida bunday fikrlarni aytganingizda, u hattoki men umuman tanimaydigan inson bo’lsa ham, qarshilik qilgan bo’lardim. Ya’ni men faqatgina “Zakovat” klubining a’zosi bo’lganligim sababli, ko’rsatuv boshlovchisi haqida yozilgan salbiy fikrga qarshilik qildi degan noto’g’ri fikr paydo bo’lmasligi uchun aytyapman bu gaplarni. Xozir ushbu postimni o’qigandan so’ng, ma’lum bir vaqt mobaynida o’ylab oling, qizishib javob yozishga shoshilmang. Shunda balki o’z xatolaringizni ko’ra olarsiz. Men aynan sizni o’zimga yaqin olganim uchun, sizga bo’lgan hurmatim sababli ushbu javobni yozayapman. Agar boshqa bir inson bo’lganda, “Bu bir oddiy gapda” deya e’tibor ham berib o’tirmagan bo’lardim.

P/S: (Odatda bunday izohlar matn oxirida bo’lardi. Ammo men o’rtasida yozishga qaror qildim.) Pastda yozayotgan gaplarimni o’qiyotganingizda sizdan shuni iltimos qilardimki, meni maqtanchoq deya o’ylamang. Hayotda maqtanishni ko’p ham yoqtiravermayman. Ammo vaziyat taqozo etgani uchun ba’zi gaplarni yozishga majbur bo’ldim.

Iqtibos
Bilmadim-u, boshlovchini yaqinroqdan tanib qolsangiz, o'yindan ham ko'nglingiz qolib ketsa kerak.

Iqtibos
Agar Siz ham men guvoh bo'lgan narsani ko'rganingizda, balki bugun hamfikr bo'lardik.


Boshlovchi haqida aytgan gapingizga kelsak. Men siz aytgan voqea ustida bo’lmaganman va nima bo’lganini ham bilmayman. Buni menga qizig’i ham yo’q. Baribir o’sha insonga bo’lgan hurmatim saqlanib qolaveradi. Nega ularni hurmat qilaman, bilasizmi? Sababi oldin va xozirda ularning qilayotgan ishlari barchaning ham qo’lidan kelavermaydi. Insonlarga bilim ulashish, ularni aql-zakovatga bo’lgan qiziqishini uyg’otish dinimizda ham qadrlanadi. Agar o’sha insonlarning soni juda ham ko’p bo’lsachi? Unda nur ustiga a’lo nur, shunday emasmi? Sizga oddiy misol keltiraman. Xozirda har hafta shanba kunlari bo’ladigan yig’ilishimizda 40 dan oshiq jamoalar ishtirok etmoqda. Bu o’rtacha 250 ta inson degani. Bular safiga shunchaki tomosha qilish uchun keladiganlarni qo’shmadim. O’sha insonlar 2 soat davomida nimanidir o’rganib ketadi. Bilmagan narsasini o’rganadi, biganini takrorlaydi. Endi aytinchgi, nafaqat Toshkentda, balki butun O’zbekistonda shuncha insonni bir joyga yig’ib, yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish uchun faoliyat ko’rsatayotgan shunga o’xshash birorta intellektual klub bormi?
Men xaliyam faqat reyting o’yinlarini aytdim xolos. Bundan tashqari ekran orqali efirga uzatiladigan televizion ko’rsatuv ham bor. Har haftada ko’rsatuvimiz nomiga 200-300 maktub kelar ekan. Demak shuncha inson har haftada “Zakovat”ga savol yo’llash uchun izlanadi, qandaydir kitobni varaqlaydi yoki biror manbani ochib ko’radi. 8 yildan buyon ko’rsatuvning mavjudligi ham yurtimizda bilimga bo’lgan qiziqish qanchalik yuqoriligini ko’rsatib turibdi. Buncha uzoq vaqt efirga ketayotgan ko’rsatuvlar soni unchalik ham ko’p emas. (Men bilganlarim “Axborot”, “Assalom, O’zbekiston” …) To’g’ri biz ham ko’rsatuvimizning saviyasi yuqori, hammasi a’lo bo’ladi deya da’vo qilolmaymiz. Kamchiliklarimiz o’zimizga yetarlicha.
Hammamizga ma’lumki, Eroniy gilamlar ancha pishiq, sifatli va qimmatbaho hisoblanadi. Gilam to’quvchi hunarmandlar o’z ishlarini tugatishdan oldin, gilamdagi birorta naqshni atayin buzib to’qishar yoki albatta birorta kichkina nuqson qoldirishar ekan. Buning ma’nosi, mukammallik faqatgina OLLOHga tegishli, biz insonlarda esa albatta nuqson bo’ladi degani ekan.
Bu bilan shuni aytmoqchi edimki, ko’rsatuv va klub faoliyatida ham shunday nuqsonlar bo’ladi. Bu ajablanarli hol emas. Yaqinda saytimizda boshlovchi bilan bo’lgan intervyuda ham Rasul aka shu gaplarni ta’kidlab o’tdilar:
To‘g‘ri men ham xato qilganman, qilmaganman deya olmayman. Ammo yo‘ldan og‘maganman. Tuzib olgan dasturimdan chetlashmaganman. Teletomoshabin tayyor mahsulotni ko‘rib baho beradi. Ammo tagidagi zahmatlarini, hatto ko‘p bilimdonlar ham bilishmaydi.
Har qanaqa nuqson va kamchilik bo’lsa ham, bular o’yinning texnik ko’rinishiga ta’sir ko’rsatgan. Ammo hech qachon uning halolligiga halaqit bermagan. O’zim 5 yildan shu klubdaman. O’tgan vaqt davomida efirga uzatiladigan o’yinlarda biror marta harom yoki shunga o’xshash nohaqlik bo’lganini ko’rmaganman. Ollohga behisob shukrki, bu borada vijdonimiz pok. Bunga bitta argument keltira olaman. Ya’ni agar ko’rsatuvga harom aralashganda edi, uning umri uzoqqa cho’zilmagan bo’lardi.

Yuqoridagi ishlar tufayli ham, mening boshlovchiga bo’lgan hurmatim cheksiz. Endi ularning shaxsiy hayotda qanday ekanliklari menga qorong’u. Balki shaxsiy hayotda ham xuddi klubdagi kabi qattiqqo’ldirlar. Balki shaxsiy hayotda ham xuddi shoirbek sizga bergan ta’rifday, ya’ni “dilidagi tilida” toifasidagi odamdirlar? Ular ham xatolarga yo’l qo’ydirgandirlar. Balki bunday xatolar ko’p bora bo’lgandir. Xo’sh, nima qilibdi shunga? Nima “Beayb parvardigor” naqlini unutib qo’ydingizmi? Yoki o’zingiz hech qachon xato ish qilmaganmisiz? Yoki o’zingiz qachondir, kimnidir dilini og’ritmaganmisiz? Yoki o’zingiz qachondir, kim bilandir qarama-qarshilikka bormaganmisiz? Xo’sh, qani mard ketib “Yo’q, men qilmaganman, shu ishlarni” deya olasizmi? “Oldin pichoqni o’zinga ur, og’rimasa birovga”. Axir  bunday ishlar hammamizda: menda ham, sizda ham, boshqalarda ham bo’ladiku.
Gaplarimni noto’g’ri tushunmang. Men nafaqat boshlovchi, balki butun klub haqida, undagi bilimdonlar haqida oldin ham bunday salbiy fikrlarni eshitganman. Ammo ularning birortasiga e’tibor bermaganman. Qisqagina “Gapingizda jon bor” deb qo’yganman xolos. Xozir ham aytaman, balki siz haqdirsiz. Menda siz haq yoki nohaqligingizni tekshirish imkoni yo’q. Lekin yuqorida aytganimdek ushbu gapni forumda aytganingiz meni hayron qoldirdi. Kim-kim-u, biroq buni sizdan kutmagandim.
Har qancha tanqidingiz bo’lsa, boshlovchini o’ziga, yuziga ayting. Xoxlasangiz sizga ular bilan bog’lanish manzillarini aytaman. Ammo bu kabi orqadan gapirmang…

Hurmat bilan,
Xushnudbek
Xushnudbek taqdim etadi:
Hamma mavzu haqida blog - asosan huquqshunoslik haqida
http://xushnudbek.blogspot.com/

Y_U_R_I_S_T

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1285
  • -oldi: 1505
  • Xabarlar: 3161
  • Jins: Erkak
  • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
    • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
Re: Forumdoshlarning "Zakovat" intellektual klubi
« Javob #12 : 26 Mart 2009, 20:36:41 »
Iqtibos
Mani bitta kursdoshim Zakovatga qatnashardi,o'sha boshlovchizdan kerakmas o'yinlardagi savollarni javoblarini sotvolardi.Shuni o'sha qatnashchidan eshitganimdan keyin Zakovatni ko'rmay qo'yganman.

Hech qanaqa isbotsiz, faqat farazlar orqasidan, tag’inam o’z ko’zi bilan emas, uchinchi bir shaxsning gapiga ishonib shunday xulosa chiqarish bu yaxshimas. Gumon iymondan ayiradi.
Bundayin gap tarqatganlarning o’z vijdoniga havola. Agar biz noto’g’ri so’zlab, o’z aybimizni berkitayotgan bo’lsak, unda mayli jazo bizniki bo’la qolsin.
Yaxshisi ikbaljohn aka, agar vaqtingiz bo’lsa, klubga keling. O’z ko’zingiz ko’ring. Ko’rganda ham oddiy tomoshabin sifatida emas, balki “Zakovat” bilimdoni sifatida ko’ring. O’shanda o’zingiz shohid bo’lasiz. Agar siz aytgan holatga ko’zingiz tushsa (aynan savollarni oldindan berib qo’yilishi to’g’risida) keyin meni yuzimga “Ey, uka, g’irt insofsiz va iymonsiz ekansan” deya aytishingiz mumkin.

Iqtibos
ba'zi Zakovatga o'xshash ko'rsatuvlarni eshitgandim javoblarini berishligini lekin Zakovatda shunaqa bo'lishi bilmabman bitta norm o'yin shumi desam bbuyam buzilibtide

Kechirasizu, singlim, avvalo bu dunyoda hammaning aytgan gapiga ishonaversak, bilmadim qanaqa ahvolga tushgan bo’lardik xozir…
Xushnudbek taqdim etadi:
Hamma mavzu haqida blog - asosan huquqshunoslik haqida
http://xushnudbek.blogspot.com/

Muslim_4101

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 114
  • -oldi: 79
  • Xabarlar: 90
  • Jins: Erkak
  • The slave of the Allah
Re: Forumdoshlarning "Zakovat" intellektual klubi
« Javob #13 : 26 Mart 2009, 21:46:28 »
Assalomu alaykum! Biz InshaAlloh komanda deyarli yig'dik kelayotgan shanba yoki keyingi shanba Zakovat o'yinlarda ishtirok etmoqchimiz. Hurmatli Abdullоh sizni ham komandamizga taklif qilamiz agar hohlasangiz albatta.   
Ilmning avvali sukut, so’ng eshitish, so’ng yod olish, so’ng amal qilish, so’ng uni tarqatish.
Imom G’azzoliy

Musannif Adham

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 15
  • -oldi: 918
  • Xabarlar: 4138
  • Jins: Erkak
Re: Forumdoshlarning "Zakovat" intellektual klubi
« Javob #14 : 27 Mart 2009, 11:41:26 »
Xushnudbek, Sizning fikrlaringizga javob berishga yetarlicha dalillarim bor. Lekin Siz bilan tortishishni xohlamayman. "G'iybat"ning ma'nosini tushunib oling birodar. Bu birovga yoqmaydigan jihatini orqasidan gapirish bo'ladi. Lekin o'sha boshlovchiga bu xislati yoqar, balki. Buni u o'sha vaqtda (2006 yil mayda) kamchilik yoki ayb deb hisoblamagandi. Agar buni tuhmat desangiz, o'zim guvoh bo'lganman.

Xullas, e'tibor bersangiz, men faqat umumiy gap yozdim. Va bu mavzuni ochgan ukamizga "Qatnashmay qo'yaqoling" ma'nosida maslahat berdim. Men "Zakovat"dan aynan o'sha boshlovchini taniganimdan keyin ko'nglim qolgan. Keyin bunaqa klublar, o'yinlar yo'q deb da'vo qilmang. Avvalo bu o'yinning o'zi ruslarning "Chto? Gde? Kogda?" o'yinidan ko'chirma. Yangi g'oya emas. Men esa bu o'yin bilan bemalol bellasha oladigan o'yinda 2 yil qatnashganman. Siz o'yinga boradigan joyda "Kelajak ovozi"ning binosi bor. O'sha yerda yaxshi intellektual o'yinlar, viktorinalar o'tqiziladi. Qiziqsangiz, borib ko'rishingiz mumkin. Televideniyeda ketmadi degani yo'q degani emas.

Xullas, bu mavzuga boshqa qaytmayman.


Sizni yo'lingizdan qaytarmoqchi emasman. Boshqalarni ham. O'z fikrimni aytdim, xolos.

Salomat bo'ling. 

Ushbu fikrimni to'g'ri deb bilaman. Va fikrimdan qatmoqchi emasman.

Salomat bo'ling.
Donishmand zamonasidan o'zib ketadi
Aqlli kishi zamon bilan qadam-baqadam yuradi
Aqlsiz kishi zamondan orqada qoladi
Ahmoq esa zamon yo'liga to'g'anoq bo'lishga urinadi.

 

"ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar

Muallif Y_U_R_I_S_TBo'lim Intellekt

Javoblar: 113
Ko'rilgan: 71328
So'nggi javob 12 Iyul 2010, 12:52:11
muallifi Sadulla
"Zakovat"

Muallif Murod_bekBo'lim Intellekt

Javoblar: 93
Ko'rilgan: 44002
So'nggi javob 01 Oktyabr 2009, 11:35:24
muallifi Layloxon
KOREYA: FUTBOL BO'YICHA "TINCHLIK KUBOGI"

Muallif muxbirBo'lim Futbol

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 6639
So'nggi javob 31 Yanvar 2007, 12:20:27
muallifi Shoxjahon12
Toshkent haqida "Wikipedia Encyclopedia"da

Muallif AbdusalomBo'lim Toshkent shahri

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 13634
So'nggi javob 20 Iyun 2006, 01:51:11
muallifi Abdusalom
Toshkent haqida "Encarta Encyclopedia"da

Muallif AbdusalomBo'lim Toshkent shahri

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 7321
So'nggi javob 20 Iyun 2006, 01:52:39
muallifi Abdusalom