Muallif Mavzu: Forumdoshlarning "Zakovat" intellektual klubi  ( 11064 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Muhseena

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1649
  • -oldi: 1047
  • Xabarlar: 626
  • Jins: Ayol
  • ...sevgim Allohga va Rasuliga fido bo'lsin.....
Re: Forumdoshlarning "Zakovat" intellektual klubi
« Javob #15 : 27 Mart 2009, 12:52:19 »
 :as: bizga bir mashhur jurnalist dars beradi,ammo man uni yoqtirmayman.Lekin fanini o'qishim kerak,javob berishim kerak.Ko'p boshlovchilarni ko'rdim-u birortasi yoqmadi menga.Ammo man o'z fikrimni bildirmoqchiman.Muslim inson,ham diniy ham dunyoviy bilimlarini sinab ko'rishida ayb bo'lmasa kerak.Biz xalqimizni ongini o'stirish,bilimga chanqoq yoshlarni yanada intilishlari,bir joyda qotib qolmasliklari uchun turtki bo'lishimiz kerak.Hozir guvoh bo'lyapmizki yoshlar na diniy va na dunyoviy bilimlarga qiziqadilar.Masalan,shaxsan man Zakovatning boshlovchisi bilan umuman ishim yo'q.O'yin davomida kimni savolga qanday yondashayotganligiga qarab baho beraman.Ya'ni insonni qay darajada zukkoligi gap-so'zlaridan bilinib turadi,aslida.Ammo savollarning javoblari sotilgan bo'lsa,unda yaxshi ish bo'lmaydi menimcha.Kimdir o'zini xalqga "aqlli" ko'rsatmoqchi bo'lsa ham,turmush tarzida,faoliyatida uning kimligi baribir ayon bo'ladi.Baribir har bir ishga Xolislik bilan yondashgan yaxshi.
Alhamdulillah....

Y_U_R_I_S_T

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1285
  • -oldi: 1505
  • Xabarlar: 3161
  • Jins: Erkak
  • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
    • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
Re: Forumdoshlarning "Zakovat" intellektual klubi
« Javob #16 : 27 Mart 2009, 13:37:49 »
Assalomu alaykum.

Iqtibos
Xushnudbek, Sizning fikrlaringizga javob berishga yetarlicha dalillarim bor.

Keltiring, o'sha dalilni. Faqat unim bor, bunim bor degandan ko'ra, ayting menga. Bundan tashqari o'sha dalilni keltirganingiz bilan, bu bitta voqea ekanligini unutmang. Bitta holat bilan insonni baholab bo'lmaydi. Tag'inam butun klub haqida xulosa chiqarishga asos bo'lmaydi. Masalan, rostini aytsam menga sizning ushbu mavzuga yozgan fikrlaringiz yoqmadi. Ammo bu degani sizga bo'lgan hurmatim o'zgardi degani emasku. Men sizni forum orqali yaxshi bilganim va ancha mulohazakor yigit deya tasavvur qilganim hech qachon o'zgarmaydi bitta postingiz bilan. Siz ham shu narsani qo'llab ko'rsangiz yomon bo'lmasdi. Qachonlardir bir klubga kelib, bitta voqea guvohiga aylanganingiz taasurotida 3 yildan buyon yurishingiz to'g'rimi? Axir o'shanda xar xil vaziyat bo'lgandir? Inson doimo robotdek bir xil yashamaydiku. Siz aytganchilik ular yomon inson bo'lsa, balki xozirga kelib o'zgargandirlar. Xo'sh, sizning xozirda ham ular xuddi o'shanday insonligiga biror dalilingiz bormi? Tarix bilan emas, bugun bilan yashashi kerak.

Iqtibos
Avvalo bu o'yinning o'zi ruslarning "Chto? Gde? Kogda?" o'yinidan ko'chirma. Yangi g'oya emas.

Men xali hech qachon buni o'zimiz o'ylab topganmiz deganim yo'qku. Nega endi darrov gapni bu tomonga burayapsiz? Ma'lumotingiz uchun, o'sha "Chto? Gde? Kogda?" ham asli ko'chirma. Ruslarning yangi g'oyasi emas.

Bundan tashqari agar bilsangiz, MAK (Mejdunarodnaya Asotsiyatsiya Klubov) degan xalqaro tashkilot bor. Bu o'sha "Chto? Gde? Kogda?" o'yining asotsiyasiyasi hisoblanadi. Ana shunga biz ham rasmiy a'zomiz. "Chto? Gde? Kogda?" o'yinining barcha atributlari va musiqalaridan foydalanish huquqmiz bor. E'tibor bergan bo'lsangiz oldin musiqa va dizaynimiz boshqacha edi. Ushbu tashkilotga a'zo bo'lishdan oldin ular bizga ana shu shartni qo'yishgan edi. Ya'ni "Bizga qo'shilmoqchi bo'lsang, bizning barcha atributlarimizdan foydalanasan" deyishgandi. Shu sababli buni xozirda ko'chirmachilik deya baholash noto'g'ri. Axir Futbol vatani Angliya bo'lsada, ammo uni boshqa davlatlarda o'ynash ko'chirmachilik emasku. (Siz sport bilan buni farqi bor deb qarshilik qilishingiz mumkin. Ammo "Chto? Gde? Kogda?" ham intellektual sport darajasiga teng.)

Iqtibos
Siz o'yinga boradigan joyda "Kelajak ovozi"ning binosi bor. O'sha yerda yaxshi intellektual o'yinlar, viktorinalar o'tqiziladi. Qiziqsangiz, borib ko'rishingiz mumkin.

 :7
Bilasizmi nega kulayapman? Sababi siz menga ma'lumot sifatida bermoqchi bo'lgan narsaning asos solinishiga o'zimning ham ozmi-ko'pmi hissam bor. 2006 yildan buyon "Kelajak ovozi" YTM aktivistiman. O'sha siz aytgan o'yinlarning boshlanishi, ularning rivojlanishi ko'z o'ngimda ro'y bergan.  Ishonmasangiz o'sha o'yinlarga borganda (Har yakshanba kunlari soat 10:00 da bo'ladi) men haqimda so'rab ko'ring ulardan. Svolarni tayyorlaydigan Azizbek (Yusupov) ham boshida "Zakovat"ning tarbiyasi olgan. (Balki o'zi tan olmas)

Men bu mavzuni ochganimda qatnashuvchilar sonini nazarda tutgandim.
Iqtibos
Endi aytinchgi, nafaqat Toshkentda, balki butun O’zbekistonda shuncha insonni bir joyga yig’ib,

Shaxsan o'zim ham bunday klublarning ba'zilarini bilaman. Maslan, ruslarning "Roma" degan klubi bo'lardi, Navoiyda ham "Chto? Gde? Kogda?" klubi bor. Bulardan xabarim bor.

Iqtibos

Sizni yo'lingizdan qaytarmoqchi emasman. Boshqalarni ham. O'z fikrimni aytdim, xolos.


Ushbu fikrimni to'g'ri deb bilaman. Va fikrimdan qatmoqchi emasman.


Bu fikringizning noto'g'riligi haqida hech kim hech narsa degani yo'q. Men ushbu fikringizni hurmat qilaman va sizga ham salomatlik tilayman.
Xushnudbek taqdim etadi:
Hamma mavzu haqida blog - asosan huquqshunoslik haqida
http://xushnudbek.blogspot.com/

Abdullоh

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 355
  • -oldi: 743
  • Xabarlar: 1885
  • Jins: Erkak
Re: Forumdoshlarning "Zakovat" intellektual klubi
« Javob #17 : 27 Mart 2009, 15:44:55 »
Assalomu alaykum! Biz InshaAlloh komanda deyarli yig'dik kelayotgan shanba yoki keyingi shanba Zakovat o'yinlarda ishtirok etmoqchimiz. Hurmatli Abdullоh sizni ham komandamizga taklif qilamiz agar hohlasangiz albatta.   

Va alaykum assalom. Taklifingizni bajonidil qabul qilaman. O'ylaymanki, sizlarga foydam tegadi. Sizga PM orqali xabar yubormoqdaman.

P.S. Buncha bahsni ko'rib, to'g'risini aytsam, birorta mavzu ochishga ham qo'rqib qoldim. Nima bo'lganda ham, bu o'yinda bir o'z omadimni ham sinab ko'rishning zarari yo'q deb o'ylayman.

Shokir63

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 285
  • -oldi: 372
  • Xabarlar: 309
  • Jins: Erkak
Re: Forumdoshlarning "Zakovat" intellektual klubi
« Javob #18 : 01 Iyun 2009, 21:54:58 »
Bu yerda xech ham intelektual bahs emas kimnidir yomonlash yoki oqlash haqida gap ketyaptiku?Bu menga judayam kulgili ko'rindi...
Zakovatinglar shunga yetadi holosmi?????????????

Hayron bo'lmang! Zotan bu mavzu intelektual bahs yuritish uchun ochilmagan. Bu mavzu komanda to'plash uchun ochilgan va postlarga qaraganda maqsadiga yetganga o'xshaydi.

Millatimizning nimalar bilan mashg'ul bo'lganimizni ko'rib kulganlar ko'p. Lekin kulmasligimiz kerak, kulgili joylarini tuzatishimiz, tuzalguncha yig'lashimiz, achinishimiz kerak, deb hisoblayman. Shundagina kulgu bo'lishdan qutulishimiz mumkin.

Bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor.

Mr.Twister

  • Mehmon
Re: Forumdoshlarning "Zakovat" intellektual klubi
« Javob #19 : 13 Noyabr 2009, 15:08:46 »
Unda boshlaymizmi zakovatni???!

Shukrona

  • Alhamdulillah
  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 897
  • -oldi: 445
  • Xabarlar: 273
  • Jins: Ayol
  • Xulqim Qur’on bo’lsin desang Qur’on o’qi!
Re: Forumdoshlarning "Zakovat" intellektual klubi
« Javob #20 : 22 Iyul 2010, 07:33:52 »
Assalomu alaykum qadrli musilmon qardoshlar ortiqcha gaplani yig'ishtirib Alloh rizoligi yo'lida ilm olishni boshlasak, ilm olish biz uchun farz.Zakovat o'yini forum ichida o'tkazilsa yaxshi bo'lar edi,yana bilmadim kimga qanaqa. ::)Alloh bir-birimizaga bo'lgan mehr - muhabbatni so'ndirmasin. :amn:
Bas, siz o�zingizga vahiy qilingan narsani Qur’onni mahkam ushlang!
Albatta, siz To�g�ri yo�ldadirsiz.(Zuhruf Surasi,43 Oyat.)

 

"ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar

Muallif Y_U_R_I_S_TBo'lim Intellekt

Javoblar: 113
Ko'rilgan: 71699
So'nggi javob 12 Iyul 2010, 12:52:11
muallifi Sadulla
"Zakovat"

Muallif Murod_bekBo'lim Intellekt

Javoblar: 93
Ko'rilgan: 44282
So'nggi javob 01 Oktyabr 2009, 11:35:24
muallifi Layloxon
KOREYA: FUTBOL BO'YICHA "TINCHLIK KUBOGI"

Muallif muxbirBo'lim Futbol

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 6693
So'nggi javob 31 Yanvar 2007, 12:20:27
muallifi Shoxjahon12
Toshkent haqida "Wikipedia Encyclopedia"da

Muallif AbdusalomBo'lim Toshkent shahri

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 13727
So'nggi javob 20 Iyun 2006, 01:51:11
muallifi Abdusalom
Toshkent haqida "Encarta Encyclopedia"da

Muallif AbdusalomBo'lim Toshkent shahri

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 7371
So'nggi javob 20 Iyun 2006, 01:52:39
muallifi Abdusalom