Forumdoshlarning "Zakovat" intellektual klubi  ( 17384 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Abdullоh  23 Mart 2009, 16:51:58

Assalomu alaykum. Aziz forumdoshla, men sizlarga bir narsani taklif qilmoqchi edim. O'zim yoshligimdan "Zakovat" klubiga a'zo bo'lishni xohlaganman. Shuning uchun agar kimda-kim o'z bilimiga ishonib va ilm olish maqsadida bo'lsa, kelinglar birgalashib, o'zimizning "Zakovat" intellektual klubimizni tuzamiz va har shanba kuni o'yinlarda ishtirok etamiz. Bu haqda YURIST bilan ham gaplashdi, u kishi ham shu fikrda yurgan ekan. Ammo u kishi bizning guruhga qo'shila olmaydi, chunki o'zlarining komandasi bor va boshqa guruhga qo'shilish mumin emas ekan. U kishi yana Ziyochilarni o'yinlarga tayyorlashi ham mumkin. Sizlardan javoblarni kutib qolaman.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  23 Mart 2009, 18:18:21

Men ham bu fikrga qo'shilaman. Bilimga chanqoq userlarni jamlasak juda ajoyib bo'lardi. Juda yaxshi fikr. Ziyochilar kamandasini tashkil qilsak juda yaxshi bo'lardi. Kelinglar Ziyochilar hammadan inoq va kuchli ekanligini ommaga bir isbotlab qo'yaylik.

Qayd etilgan


Abdullоh  23 Mart 2009, 19:15:40

Men ham bu fikrga qo'shilaman. Bilimga chanqoq userlarni jamlasak juda ajoyib bo'lardi. Juda yaxshi fikr. Ziyochilar kamandasini tashkil qilsak juda yaxshi bo'lardi. Kelinglar Ziyochilar hammadan inoq va kuchli ekanligini ommaga bir isbotlab qo'yaylik.

Juda zo'r fikr! Bizday inoq forumdoshlarni ko'rib hammaning havasi kelsin.

Qayd etilgan


Musannif Adham  24 Mart 2009, 11:14:13

Off.

Mana shu forumda o'sha fikringizni amalga oshiravering. Nima qilasiz "Zakovat"ga borib. Bilmadim-u, boshlovchini yaqinroqdan tanib qolsangiz, o'yindan ham ko'nglingiz qolib ketsa kerak.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  24 Mart 2009, 14:10:08

Off.

Mana shu forumda o'sha fikringizni amalga oshiravering. Nima qilasiz "Zakovat"ga borib. Bilmadim-u, boshlovchini yaqinroqdan tanib qolsangiz, o'yindan ham ko'nglingiz qolib ketsa kerak.

Assalomu alaykum.

Bu dunyoni hamma o'z qarichi bilan o'lchaydi. Sizning qarichingiz boshqalarnikiga to'g'ri kelmasligi mumkin. Ammo biron ishtiyoq bilan, ish boshlamoqchi bo'lganlarga foydangiz tegmasa, ularni yo'ldan qaytarib ziyon ham yetkazmang.
Sizga ushbu taklif yoqmasa, qatnashmaslik va bosh tortish huquqingiz bor. Sizni birov majburlayotgani yo'q.

Gapimni to'g'ri tushuning, birodar. O'zimga yaqin olganimdan gapirdim bularni.

Qayd etilgan


shoir  25 Mart 2009, 11:34:14

YURIST siz xafa bo'lmang. Adham o'zining xolis fikrini bildirdi. Buning yomon joyi yo'q. Bir kishining fikri bilan boshqalarning o'sha odamga nisbatan hurmat yoki e'tiqodi o'zgarib qolmaydi.
Adhamning men hurmat qiladigan jihati o'z fikrini aniq bayon qiladi, ya'ni hayr gumonimcha, nimani o'ylasa, o'shani yozadi.

To'g'risi, menga ham shu boshlovchi yoqmaydi. Efirda o'zini tutishiga chidolmayman...

Lekin komanda tuzib o'zilar uyushtirselar bo'ladi. Boshqa forumlarni ham hamkorlikka chaqirish mumkin.

Qayd etilgan


Musannif Adham  25 Mart 2009, 12:07:15

Off.

Mana shu forumda o'sha fikringizni amalga oshiravering. Nima qilasiz "Zakovat"ga borib. Bilmadim-u, boshlovchini yaqinroqdan tanib qolsangiz, o'yindan ham ko'nglingiz qolib ketsa kerak.

Assalomu alaykum.

Bu dunyoni hamma o'z qarichi bilan o'lchaydi. Sizning qarichingiz boshqalarnikiga to'g'ri kelmasligi mumkin. Ammo biron ishtiyoq bilan, ish boshlamoqchi bo'lganlarga foydangiz tegmasa, ularni yo'ldan qaytarib ziyon ham yetkazmang.
Sizga ushbu taklif yoqmasa, qatnashmaslik va bosh tortish huquqingiz bor. Sizni birov majburlayotgani yo'q.

Gapimni to'g'ri tushuning, birodar. O'zimga yaqin olganimdan gapirdim bularni.

Assalomu Alaykum.

Xushnudbek, ayni e'tirozingizni kutuvdim. To'g'ri, har kim o'z qarichi bilan o'lchaydi. Men o'z fikrimni bildirdim, xolos. Agar Siz ham men guvoh bo'lgan narsani ko'rganingizda, balki bugun hamfikr bo'lardik.

Sizni yo'lingizdan qaytarmoqchi emasman. Boshqalarni ham. O'z fikrimni aytdim, xolos.

Salomat bo'ling. 

Qayd etilgan


ikbaljohn  25 Mart 2009, 17:20:22

Yuristboy,hafa bo'menu,lekin shu boshlovchiz jaa bo'mag'ur odam.Mani bitta kursdoshim Zakovatga qatnashardi,o'sha boshlovchizdan kerakmas o'yinlardagi savollarni javoblarini sotvolardi.Shuni o'sha qatnashchidan eshitganimdan keyin Zakovatni ko'rmay qo'yganman.
PS: Shu boshlovchini mualliflik dasturimi bu Zakovat? Shu odamni haydash kerak

Qayd etilgan


Abdullоh  25 Mart 2009, 19:30:13

Assalomu alaykum.

Agar yoshlik qilib bahsga taalluqli mavzuni ochib qo'ygan bo'lsam sizlardan uzr so'rayman.

Qayd etilgan


Muhseena  25 Mart 2009, 19:42:59

Demak boshlovchini yoqtirishmas ekan-da,qiziq nima uchun?

Qayd etilgan