Assalomu alaykum.
Xushnudbek, ayni e'tirozingizni kutuvdim.
Demak siz atayin meni e’tiroz bildirishmini kutib shu mulohazani qoldirgan ekansizda?
Bilasizmi, men nega qarshilik bildirdim? Men sizning bildirgan fikringizni e’tiroz bildirmadim. Balki, sizning qilgan ishingizga o’z tanqidimni izhor etdim. Diniy ilmlarim juda ham yuqori deya maqtana olmaymanu, lekin biron majlisda o’zi qatnashmayotgan inson haqida salbiy fikr bildirish, adashmasam g’iybat hisoblanadi. Buni o’zingiz ham yaxshi bilsangiz kerak. Siz esa bu gaplarni tag’inam 2-3 kishini orasida emas, balki katta bir forumda, ko’pchilikning oldida aytayapsiz. Agar siz boshqa inson haqida bunday fikrlarni aytganingizda, u hattoki men umuman tanimaydigan inson bo’lsa ham, qarshilik qilgan bo’lardim. Ya’ni men faqatgina "œZakovat" klubining a’zosi bo’lganligim sababli, ko’rsatuv boshlovchisi haqida yozilgan salbiy fikrga qarshilik qildi degan noto’g’ri fikr paydo bo’lmasligi uchun aytyapman bu gaplarni. Xozir ushbu postimni o’qigandan so’ng, ma’lum bir vaqt mobaynida o’ylab oling, qizishib javob yozishga shoshilmang. Shunda balki o’z xatolaringizni ko’ra olarsiz. Men aynan sizni o’zimga yaqin olganim uchun, sizga bo’lgan hurmatim sababli ushbu javobni yozayapman. Agar boshqa bir inson bo’lganda, "œBu bir oddiy gapda" deya e’tibor ham berib o’tirmagan bo’lardim.
P/S: (Odatda bunday izohlar matn oxirida bo’lardi. Ammo men o’rtasida yozishga qaror qildim.) Pastda yozayotgan gaplarimni o’qiyotganingizda sizdan shuni iltimos qilardimki, meni maqtanchoq deya o’ylamang. Hayotda maqtanishni ko’p ham yoqtiravermayman. Ammo vaziyat taqozo etgani uchun ba’zi gaplarni yozishga majbur bo’ldim.Bilmadim-u, boshlovchini yaqinroqdan tanib qolsangiz, o'yindan ham ko'nglingiz qolib ketsa kerak.
Agar Siz ham men guvoh bo'lgan narsani ko'rganingizda, balki bugun hamfikr bo'lardik.
Boshlovchi haqida aytgan gapingizga kelsak. Men siz aytgan voqea ustida bo’lmaganman va nima bo’lganini ham bilmayman. Buni menga qizig’i ham yo’q. Baribir o’sha insonga bo’lgan hurmatim saqlanib qolaveradi. Nega ularni hurmat qilaman, bilasizmi? Sababi oldin va xozirda ularning qilayotgan ishlari barchaning ham qo’lidan kelavermaydi. Insonlarga bilim ulashish, ularni aql-zakovatga bo’lgan qiziqishini uyg’otish dinimizda ham qadrlanadi. Agar o’sha insonlarning soni juda ham ko’p bo’lsachi? Unda nur ustiga a’lo nur, shunday emasmi? Sizga oddiy misol keltiraman. Xozirda har hafta shanba kunlari bo’ladigan yig’ilishimizda 40 dan oshiq jamoalar ishtirok etmoqda. Bu o’rtacha 250 ta inson degani. Bular safiga shunchaki tomosha qilish uchun keladiganlarni qo’shmadim. O’sha insonlar 2 soat davomida nimanidir o’rganib ketadi. Bilmagan narsasini o’rganadi, biganini takrorlaydi. Endi aytinchgi, nafaqat Toshkentda, balki butun O’zbekistonda shuncha insonni bir joyga yig’ib, yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish uchun faoliyat ko’rsatayotgan shunga o’xshash birorta intellektual klub bormi?
Men xaliyam faqat reyting o’yinlarini aytdim xolos. Bundan tashqari ekran orqali efirga uzatiladigan televizion ko’rsatuv ham bor. Har haftada ko’rsatuvimiz nomiga 200-300 maktub kelar ekan. Demak shuncha inson har haftada "œZakovat"ga savol yo’llash uchun izlanadi, qandaydir kitobni varaqlaydi yoki biror manbani ochib ko’radi. 8 yildan buyon ko’rsatuvning mavjudligi ham yurtimizda bilimga bo’lgan qiziqish qanchalik yuqoriligini ko’rsatib turibdi. Buncha uzoq vaqt efirga ketayotgan ko’rsatuvlar soni unchalik ham ko’p emas. (Men bilganlarim "œAxborot", "œAssalom, O’zbekiston" "¦) To’g’ri biz ham ko’rsatuvimizning saviyasi yuqori, hammasi a’lo bo’ladi deya da’vo qilolmaymiz. Kamchiliklarimiz o’zimizga yetarlicha.
Hammamizga ma’lumki, Eroniy gilamlar ancha pishiq, sifatli va qimmatbaho hisoblanadi. Gilam to’quvchi hunarmandlar o’z ishlarini tugatishdan oldin, gilamdagi birorta naqshni atayin buzib to’qishar yoki albatta birorta kichkina nuqson qoldirishar ekan. Buning ma’nosi, mukammallik faqatgina OLLOHga tegishli, biz insonlarda esa albatta nuqson bo’ladi degani ekan.
Bu bilan shuni aytmoqchi edimki, ko’rsatuv va klub faoliyatida ham shunday nuqsonlar bo’ladi. Bu ajablanarli hol emas. Yaqinda saytimizda boshlovchi bilan bo’lgan intervyuda ham Rasul aka shu gaplarni ta’kidlab o’tdilar:
To‘g‘ri men ham xato qilganman, qilmaganman deya olmayman. Ammo yo‘ldan og‘maganman. Tuzib olgan dasturimdan chetlashmaganman. Teletomoshabin tayyor mahsulotni ko‘rib baho beradi. Ammo tagidagi zahmatlarini, hatto ko‘p bilimdonlar ham bilishmaydi.Har qanaqa nuqson va kamchilik bo’lsa ham, bular o’yinning texnik ko’rinishiga ta’sir ko’rsatgan. Ammo hech qachon uning halolligiga halaqit bermagan. O’zim 5 yildan shu klubdaman. O’tgan vaqt davomida efirga uzatiladigan o’yinlarda biror marta harom yoki shunga o’xshash nohaqlik bo’lganini ko’rmaganman. Ollohga behisob shukrki, bu borada vijdonimiz pok. Bunga bitta argument keltira olaman. Ya’ni agar ko’rsatuvga harom aralashganda edi, uning umri uzoqqa cho’zilmagan bo’lardi.
Yuqoridagi ishlar tufayli ham, mening boshlovchiga bo’lgan hurmatim cheksiz. Endi ularning shaxsiy hayotda qanday ekanliklari menga qorong’u. Balki shaxsiy hayotda ham xuddi klubdagi kabi qattiqqo’ldirlar. Balki shaxsiy hayotda ham xuddi
shoirbek sizga bergan ta’rifday, ya’ni "œdilidagi tilida" toifasidagi odamdirlar? Ular ham xatolarga yo’l qo’ydirgandirlar. Balki bunday xatolar ko’p bora bo’lgandir. Xo’sh, nima qilibdi shunga? Nima "œBeayb parvardigor" naqlini unutib qo’ydingizmi? Yoki o’zingiz hech qachon xato ish qilmaganmisiz? Yoki o’zingiz qachondir, kimnidir dilini og’ritmaganmisiz? Yoki o’zingiz qachondir, kim bilandir qarama-qarshilikka bormaganmisiz? Xo’sh, qani mard ketib "œYo’q, men qilmaganman, shu ishlarni" deya olasizmi? "œOldin pichoqni o’zinga ur, og’rimasa birovga". Axir bunday ishlar hammamizda: menda ham, sizda ham, boshqalarda ham bo’ladiku.
Gaplarimni noto’g’ri tushunmang. Men nafaqat boshlovchi, balki butun klub haqida, undagi bilimdonlar haqida oldin ham bunday salbiy fikrlarni eshitganman. Ammo ularning birortasiga e’tibor bermaganman. Qisqagina "œGapingizda jon bor" deb qo’yganman xolos. Xozir ham aytaman, balki siz haqdirsiz. Menda siz haq yoki nohaqligingizni tekshirish imkoni yo’q. Lekin yuqorida aytganimdek ushbu gapni forumda aytganingiz meni hayron qoldirdi. Kim-kim-u, biroq buni sizdan kutmagandim.
Har qancha tanqidingiz bo’lsa, boshlovchini o’ziga, yuziga ayting. Xoxlasangiz sizga ular bilan bog’lanish manzillarini aytaman. Ammo bu kabi orqadan gapirmang"¦
Hurmat bilan,
Xushnudbek