Forumdoshlarning "Zakovat" intellektual klubi  ( 17395 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Munavvara  25 Mart 2009, 21:14:27

Yuristboy,hafa bo'menu,lekin shu boshlovchiz jaa bo'mag'ur odam.Mani bitta kursdoshim Zakovatga qatnashardi,o'sha boshlovchizdan kerakmas o'yinlardagi savollarni javoblarini sotvolardi.Shuni o'sha qatnashchidan eshitganimdan keyin Zakovatni ko'rmay qo'yganman.
PS: Shu boshlovchini mualliflik dasturimi bu Zakovat? Shu odamni haydash kerak

 :as: ba'zi Zakovatga o'xshash ko'rsatuvlarni eshitgandim javoblarini berishligini lekin Zakovatda shunaqa bo'lishi bilmabman bitta norm o'yin shumi desam bbuyam buzilibtide :(

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  26 Mart 2009, 20:13:14

Assalomu alaykum.


Iqtibos
Xushnudbek, ayni e'tirozingizni kutuvdim.

Demak siz atayin meni e’tiroz bildirishmini kutib shu mulohazani qoldirgan ekansizda? :7

Bilasizmi, men nega qarshilik bildirdim? Men sizning bildirgan fikringizni e’tiroz bildirmadim. Balki, sizning qilgan ishingizga o’z tanqidimni izhor etdim. Diniy ilmlarim juda ham yuqori deya maqtana olmaymanu, lekin biron majlisda o’zi qatnashmayotgan inson haqida salbiy fikr bildirish, adashmasam g’iybat hisoblanadi. Buni o’zingiz ham yaxshi bilsangiz kerak. Siz esa bu gaplarni tag’inam 2-3 kishini orasida emas, balki katta bir forumda, ko’pchilikning oldida aytayapsiz. Agar siz boshqa inson haqida bunday fikrlarni aytganingizda, u hattoki men umuman tanimaydigan inson bo’lsa ham, qarshilik qilgan bo’lardim. Ya’ni men faqatgina "œZakovat" klubining a’zosi bo’lganligim sababli, ko’rsatuv boshlovchisi haqida yozilgan salbiy fikrga qarshilik qildi degan noto’g’ri fikr paydo bo’lmasligi uchun aytyapman bu gaplarni. Xozir ushbu postimni o’qigandan so’ng, ma’lum bir vaqt mobaynida o’ylab oling, qizishib javob yozishga shoshilmang. Shunda balki o’z xatolaringizni ko’ra olarsiz. Men aynan sizni o’zimga yaqin olganim uchun, sizga bo’lgan hurmatim sababli ushbu javobni yozayapman. Agar boshqa bir inson bo’lganda, "œBu bir oddiy gapda" deya e’tibor ham berib o’tirmagan bo’lardim.

P/S: (Odatda bunday izohlar matn oxirida bo’lardi. Ammo men o’rtasida yozishga qaror qildim.) Pastda yozayotgan gaplarimni o’qiyotganingizda sizdan shuni iltimos qilardimki, meni maqtanchoq deya o’ylamang. Hayotda maqtanishni ko’p ham yoqtiravermayman. Ammo vaziyat taqozo etgani uchun ba’zi gaplarni yozishga majbur bo’ldim.

Iqtibos
Bilmadim-u, boshlovchini yaqinroqdan tanib qolsangiz, o'yindan ham ko'nglingiz qolib ketsa kerak.

Iqtibos
Agar Siz ham men guvoh bo'lgan narsani ko'rganingizda, balki bugun hamfikr bo'lardik.


Boshlovchi haqida aytgan gapingizga kelsak. Men siz aytgan voqea ustida bo’lmaganman va nima bo’lganini ham bilmayman. Buni menga qizig’i ham yo’q. Baribir o’sha insonga bo’lgan hurmatim saqlanib qolaveradi. Nega ularni hurmat qilaman, bilasizmi? Sababi oldin va xozirda ularning qilayotgan ishlari barchaning ham qo’lidan kelavermaydi. Insonlarga bilim ulashish, ularni aql-zakovatga bo’lgan qiziqishini uyg’otish dinimizda ham qadrlanadi. Agar o’sha insonlarning soni juda ham ko’p bo’lsachi? Unda nur ustiga a’lo nur, shunday emasmi? Sizga oddiy misol keltiraman. Xozirda har hafta shanba kunlari bo’ladigan yig’ilishimizda 40 dan oshiq jamoalar ishtirok etmoqda. Bu o’rtacha 250 ta inson degani. Bular safiga shunchaki tomosha qilish uchun keladiganlarni qo’shmadim. O’sha insonlar 2 soat davomida nimanidir o’rganib ketadi. Bilmagan narsasini o’rganadi, biganini takrorlaydi. Endi aytinchgi, nafaqat Toshkentda, balki butun O’zbekistonda shuncha insonni bir joyga yig’ib, yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish uchun faoliyat ko’rsatayotgan shunga o’xshash birorta intellektual klub bormi?
Men xaliyam faqat reyting o’yinlarini aytdim xolos. Bundan tashqari ekran orqali efirga uzatiladigan televizion ko’rsatuv ham bor. Har haftada ko’rsatuvimiz nomiga 200-300 maktub kelar ekan. Demak shuncha inson har haftada "œZakovat"ga savol yo’llash uchun izlanadi, qandaydir kitobni varaqlaydi yoki biror manbani ochib ko’radi. 8 yildan buyon ko’rsatuvning mavjudligi ham yurtimizda bilimga bo’lgan qiziqish qanchalik yuqoriligini ko’rsatib turibdi. Buncha uzoq vaqt efirga ketayotgan ko’rsatuvlar soni unchalik ham ko’p emas. (Men bilganlarim "œAxborot", "œAssalom, O’zbekiston" "¦) To’g’ri biz ham ko’rsatuvimizning saviyasi yuqori, hammasi a’lo bo’ladi deya da’vo qilolmaymiz. Kamchiliklarimiz o’zimizga yetarlicha.
Hammamizga ma’lumki, Eroniy gilamlar ancha pishiq, sifatli va qimmatbaho hisoblanadi. Gilam to’quvchi hunarmandlar o’z ishlarini tugatishdan oldin, gilamdagi birorta naqshni atayin buzib to’qishar yoki albatta birorta kichkina nuqson qoldirishar ekan. Buning ma’nosi, mukammallik faqatgina OLLOHga tegishli, biz insonlarda esa albatta nuqson bo’ladi degani ekan.
Bu bilan shuni aytmoqchi edimki, ko’rsatuv va klub faoliyatida ham shunday nuqsonlar bo’ladi. Bu ajablanarli hol emas. Yaqinda saytimizda boshlovchi bilan bo’lgan intervyuda ham Rasul aka shu gaplarni ta’kidlab o’tdilar:
To‘g‘ri men ham xato qilganman, qilmaganman deya olmayman. Ammo yo‘ldan og‘maganman. Tuzib olgan dasturimdan chetlashmaganman. Teletomoshabin tayyor mahsulotni ko‘rib baho beradi. Ammo tagidagi zahmatlarini, hatto ko‘p bilimdonlar ham bilishmaydi.
Har qanaqa nuqson va kamchilik bo’lsa ham, bular o’yinning texnik ko’rinishiga ta’sir ko’rsatgan. Ammo hech qachon uning halolligiga halaqit bermagan. O’zim 5 yildan shu klubdaman. O’tgan vaqt davomida efirga uzatiladigan o’yinlarda biror marta harom yoki shunga o’xshash nohaqlik bo’lganini ko’rmaganman. Ollohga behisob shukrki, bu borada vijdonimiz pok. Bunga bitta argument keltira olaman. Ya’ni agar ko’rsatuvga harom aralashganda edi, uning umri uzoqqa cho’zilmagan bo’lardi.

Yuqoridagi ishlar tufayli ham, mening boshlovchiga bo’lgan hurmatim cheksiz. Endi ularning shaxsiy hayotda qanday ekanliklari menga qorong’u. Balki shaxsiy hayotda ham xuddi klubdagi kabi qattiqqo’ldirlar. Balki shaxsiy hayotda ham xuddi shoirbek sizga bergan ta’rifday, ya’ni "œdilidagi tilida" toifasidagi odamdirlar? Ular ham xatolarga yo’l qo’ydirgandirlar. Balki bunday xatolar ko’p bora bo’lgandir. Xo’sh, nima qilibdi shunga? Nima "œBeayb parvardigor" naqlini unutib qo’ydingizmi? Yoki o’zingiz hech qachon xato ish qilmaganmisiz? Yoki o’zingiz qachondir, kimnidir dilini og’ritmaganmisiz? Yoki o’zingiz qachondir, kim bilandir qarama-qarshilikka bormaganmisiz? Xo’sh, qani mard ketib "œYo’q, men qilmaganman, shu ishlarni" deya olasizmi? "œOldin pichoqni o’zinga ur, og’rimasa birovga". Axir  bunday ishlar hammamizda: menda ham, sizda ham, boshqalarda ham bo’ladiku.
Gaplarimni noto’g’ri tushunmang. Men nafaqat boshlovchi, balki butun klub haqida, undagi bilimdonlar haqida oldin ham bunday salbiy fikrlarni eshitganman. Ammo ularning birortasiga e’tibor bermaganman. Qisqagina "œGapingizda jon bor" deb qo’yganman xolos. Xozir ham aytaman, balki siz haqdirsiz. Menda siz haq yoki nohaqligingizni tekshirish imkoni yo’q. Lekin yuqorida aytganimdek ushbu gapni forumda aytganingiz meni hayron qoldirdi. Kim-kim-u, biroq buni sizdan kutmagandim.
Har qancha tanqidingiz bo’lsa, boshlovchini o’ziga, yuziga ayting. Xoxlasangiz sizga ular bilan bog’lanish manzillarini aytaman. Ammo bu kabi orqadan gapirmang"¦

Hurmat bilan,
Xushnudbek

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  26 Mart 2009, 20:36:41

Iqtibos
Mani bitta kursdoshim Zakovatga qatnashardi,o'sha boshlovchizdan kerakmas o'yinlardagi savollarni javoblarini sotvolardi.Shuni o'sha qatnashchidan eshitganimdan keyin Zakovatni ko'rmay qo'yganman.

Hech qanaqa isbotsiz, faqat farazlar orqasidan, tag’inam o’z ko’zi bilan emas, uchinchi bir shaxsning gapiga ishonib shunday xulosa chiqarish bu yaxshimas. Gumon iymondan ayiradi.
Bundayin gap tarqatganlarning o’z vijdoniga havola. Agar biz noto’g’ri so’zlab, o’z aybimizni berkitayotgan bo’lsak, unda mayli jazo bizniki bo’la qolsin.
Yaxshisi ikbaljohn aka, agar vaqtingiz bo’lsa, klubga keling. O’z ko’zingiz ko’ring. Ko’rganda ham oddiy tomoshabin sifatida emas, balki "œZakovat" bilimdoni sifatida ko’ring. O’shanda o’zingiz shohid bo’lasiz. Agar siz aytgan holatga ko’zingiz tushsa (aynan savollarni oldindan berib qo’yilishi to’g’risida) keyin meni yuzimga "œEy, uka, g’irt insofsiz va iymonsiz ekansan" deya aytishingiz mumkin.

Iqtibos
ba'zi Zakovatga o'xshash ko'rsatuvlarni eshitgandim javoblarini berishligini lekin Zakovatda shunaqa bo'lishi bilmabman bitta norm o'yin shumi desam bbuyam buzilibtide

Kechirasizu, singlim, avvalo bu dunyoda hammaning aytgan gapiga ishonaversak, bilmadim qanaqa ahvolga tushgan bo’lardik xozir"¦

Qayd etilgan


Muslim_4101  26 Mart 2009, 21:46:28

Assalomu alaykum! Biz InshaAlloh komanda deyarli yig'dik kelayotgan shanba yoki keyingi shanba Zakovat o'yinlarda ishtirok etmoqchimiz. Hurmatli Abdullоh sizni ham komandamizga taklif qilamiz agar hohlasangiz albatta.   

Qayd etilgan


Musannif Adham  27 Mart 2009, 11:41:26

Xushnudbek, Sizning fikrlaringizga javob berishga yetarlicha dalillarim bor. Lekin Siz bilan tortishishni xohlamayman. "G'iybat"ning ma'nosini tushunib oling birodar. Bu birovga yoqmaydigan jihatini orqasidan gapirish bo'ladi. Lekin o'sha boshlovchiga bu xislati yoqar, balki. Buni u o'sha vaqtda (2006 yil mayda) kamchilik yoki ayb deb hisoblamagandi. Agar buni tuhmat desangiz, o'zim guvoh bo'lganman.

Xullas, e'tibor bersangiz, men faqat umumiy gap yozdim. Va bu mavzuni ochgan ukamizga "Qatnashmay qo'yaqoling" ma'nosida maslahat berdim. Men "Zakovat"dan aynan o'sha boshlovchini taniganimdan keyin ko'nglim qolgan. Keyin bunaqa klublar, o'yinlar yo'q deb da'vo qilmang. Avvalo bu o'yinning o'zi ruslarning "Chto? Gde? Kogda?" o'yinidan ko'chirma. Yangi g'oya emas. Men esa bu o'yin bilan bemalol bellasha oladigan o'yinda 2 yil qatnashganman. Siz o'yinga boradigan joyda "Kelajak ovozi"ning binosi bor. O'sha yerda yaxshi intellektual o'yinlar, viktorinalar o'tqiziladi. Qiziqsangiz, borib ko'rishingiz mumkin. Televideniyeda ketmadi degani yo'q degani emas.

Xullas, bu mavzuga boshqa qaytmayman.


Sizni yo'lingizdan qaytarmoqchi emasman. Boshqalarni ham. O'z fikrimni aytdim, xolos.

Salomat bo'ling. 

Ushbu fikrimni to'g'ri deb bilaman. Va fikrimdan qatmoqchi emasman.

Salomat bo'ling.

Qayd etilgan


Muhseena  27 Mart 2009, 12:52:19

 :as: bizga bir mashhur jurnalist dars beradi,ammo man uni yoqtirmayman.Lekin fanini o'qishim kerak,javob berishim kerak.Ko'p boshlovchilarni ko'rdim-u birortasi yoqmadi menga.Ammo man o'z fikrimni bildirmoqchiman.Muslim inson,ham diniy ham dunyoviy bilimlarini sinab ko'rishida ayb bo'lmasa kerak.Biz xalqimizni ongini o'stirish,bilimga chanqoq yoshlarni yanada intilishlari,bir joyda qotib qolmasliklari uchun turtki bo'lishimiz kerak.Hozir guvoh bo'lyapmizki yoshlar na diniy va na dunyoviy bilimlarga qiziqadilar.Masalan,shaxsan man Zakovatning boshlovchisi bilan umuman ishim yo'q.O'yin davomida kimni savolga qanday yondashayotganligiga qarab baho beraman.Ya'ni insonni qay darajada zukkoligi gap-so'zlaridan bilinib turadi,aslida.Ammo savollarning javoblari sotilgan bo'lsa,unda yaxshi ish bo'lmaydi menimcha.Kimdir o'zini xalqga "aqlli" ko'rsatmoqchi bo'lsa ham,turmush tarzida,faoliyatida uning kimligi baribir ayon bo'ladi.Baribir har bir ishga Xolislik bilan yondashgan yaxshi.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Mart 2009, 13:37:49

Assalomu alaykum.

Iqtibos
Xushnudbek, Sizning fikrlaringizga javob berishga yetarlicha dalillarim bor.

Keltiring, o'sha dalilni. Faqat unim bor, bunim bor degandan ko'ra, ayting menga. Bundan tashqari o'sha dalilni keltirganingiz bilan, bu bitta voqea ekanligini unutmang. Bitta holat bilan insonni baholab bo'lmaydi. Tag'inam butun klub haqida xulosa chiqarishga asos bo'lmaydi. Masalan, rostini aytsam menga sizning ushbu mavzuga yozgan fikrlaringiz yoqmadi. Ammo bu degani sizga bo'lgan hurmatim o'zgardi degani emasku. Men sizni forum orqali yaxshi bilganim va ancha mulohazakor yigit deya tasavvur qilganim hech qachon o'zgarmaydi bitta postingiz bilan. Siz ham shu narsani qo'llab ko'rsangiz yomon bo'lmasdi. Qachonlardir bir klubga kelib, bitta voqea guvohiga aylanganingiz taasurotida 3 yildan buyon yurishingiz to'g'rimi? Axir o'shanda xar xil vaziyat bo'lgandir? Inson doimo robotdek bir xil yashamaydiku. Siz aytganchilik ular yomon inson bo'lsa, balki xozirga kelib o'zgargandirlar. Xo'sh, sizning xozirda ham ular xuddi o'shanday insonligiga biror dalilingiz bormi? Tarix bilan emas, bugun bilan yashashi kerak.

Iqtibos
Avvalo bu o'yinning o'zi ruslarning "Chto? Gde? Kogda?" o'yinidan ko'chirma. Yangi g'oya emas.

Men xali hech qachon buni o'zimiz o'ylab topganmiz deganim yo'qku. Nega endi darrov gapni bu tomonga burayapsiz? Ma'lumotingiz uchun, o'sha "Chto? Gde? Kogda?" ham asli ko'chirma. Ruslarning yangi g'oyasi emas.

Bundan tashqari agar bilsangiz, MAK (Mejdunarodnaya Asotsiyatsiya Klubov) degan xalqaro tashkilot bor. Bu o'sha "Chto? Gde? Kogda?" o'yining asotsiyasiyasi hisoblanadi. Ana shunga biz ham rasmiy a'zomiz. "Chto? Gde? Kogda?" o'yinining barcha atributlari va musiqalaridan foydalanish huquqmiz bor. E'tibor bergan bo'lsangiz oldin musiqa va dizaynimiz boshqacha edi. Ushbu tashkilotga a'zo bo'lishdan oldin ular bizga ana shu shartni qo'yishgan edi. Ya'ni "Bizga qo'shilmoqchi bo'lsang, bizning barcha atributlarimizdan foydalanasan" deyishgandi. Shu sababli buni xozirda ko'chirmachilik deya baholash noto'g'ri. Axir Futbol vatani Angliya bo'lsada, ammo uni boshqa davlatlarda o'ynash ko'chirmachilik emasku. (Siz sport bilan buni farqi bor deb qarshilik qilishingiz mumkin. Ammo "Chto? Gde? Kogda?" ham intellektual sport darajasiga teng.)

Iqtibos
Siz o'yinga boradigan joyda "Kelajak ovozi"ning binosi bor. O'sha yerda yaxshi intellektual o'yinlar, viktorinalar o'tqiziladi. Qiziqsangiz, borib ko'rishingiz mumkin.

 :7
Bilasizmi nega kulayapman? Sababi siz menga ma'lumot sifatida bermoqchi bo'lgan narsaning asos solinishiga o'zimning ham ozmi-ko'pmi hissam bor. 2006 yildan buyon "Kelajak ovozi" YTM aktivistiman. O'sha siz aytgan o'yinlarning boshlanishi, ularning rivojlanishi ko'z o'ngimda ro'y bergan.  Ishonmasangiz o'sha o'yinlarga borganda (Har yakshanba kunlari soat 10:00 da bo'ladi) men haqimda so'rab ko'ring ulardan. Svolarni tayyorlaydigan Azizbek (Yusupov) ham boshida "Zakovat"ning tarbiyasi olgan. (Balki o'zi tan olmas)

Men bu mavzuni ochganimda qatnashuvchilar sonini nazarda tutgandim.
Iqtibos
Endi aytinchgi, nafaqat Toshkentda, balki butun O’zbekistonda shuncha insonni bir joyga yig’ib,

Shaxsan o'zim ham bunday klublarning ba'zilarini bilaman. Maslan, ruslarning "Roma" degan klubi bo'lardi, Navoiyda ham "Chto? Gde? Kogda?" klubi bor. Bulardan xabarim bor.

Iqtibos

Sizni yo'lingizdan qaytarmoqchi emasman. Boshqalarni ham. O'z fikrimni aytdim, xolos.


Ushbu fikrimni to'g'ri deb bilaman. Va fikrimdan qatmoqchi emasman.


Bu fikringizning noto'g'riligi haqida hech kim hech narsa degani yo'q. Men ushbu fikringizni hurmat qilaman va sizga ham salomatlik tilayman.

Qayd etilgan


Abdullоh  27 Mart 2009, 15:44:55

Assalomu alaykum! Biz InshaAlloh komanda deyarli yig'dik kelayotgan shanba yoki keyingi shanba Zakovat o'yinlarda ishtirok etmoqchimiz. Hurmatli Abdullоh sizni ham komandamizga taklif qilamiz agar hohlasangiz albatta.   

Va alaykum assalom. Taklifingizni bajonidil qabul qilaman. O'ylaymanki, sizlarga foydam tegadi. Sizga PM orqali xabar yubormoqdaman.

P.S. Buncha bahsni ko'rib, to'g'risini aytsam, birorta mavzu ochishga ham qo'rqib qoldim. Nima bo'lganda ham, bu o'yinda bir o'z omadimni ham sinab ko'rishning zarari yo'q deb o'ylayman.

Qayd etilgan


Shokir63  01 Iyun 2009, 21:54:58

Bu yerda xech ham intelektual bahs emas kimnidir yomonlash yoki oqlash haqida gap ketyaptiku?Bu menga judayam kulgili ko'rindi...
Zakovatinglar shunga yetadi holosmi?????????????

Hayron bo'lmang! Zotan bu mavzu intelektual bahs yuritish uchun ochilmagan. Bu mavzu komanda to'plash uchun ochilgan va postlarga qaraganda maqsadiga yetganga o'xshaydi.

Millatimizning nimalar bilan mashg'ul bo'lganimizni ko'rib kulganlar ko'p. Lekin kulmasligimiz kerak, kulgili joylarini tuzatishimiz, tuzalguncha yig'lashimiz, achinishimiz kerak, deb hisoblayman. Shundagina kulgu bo'lishdan qutulishimiz mumkin.


Qayd etilgan


Mr.Twister  13 Noyabr 2009, 15:08:46

Unda boshlaymizmi zakovatni???!

Qayd etilgan