Murdaning qo'li (hikoya). Gi de Mopassan  ( 5662 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


AbdulAziz  10 Iyul 2006, 19:27:05


Bir kuni kechqurun, bundan sakkiz oy muqaddam, do‘stimiz Lui R.ning xonasiga bir kecha sobiq sinfdoshlar yig‘ildik. Punsh ichdik, chekdik, adabiyot va rassomlik san’ati haqida gap sotdik, odatda yoshlarning gurunglarida aytiladigan hazil-mutoyibalar bo‘ldi. Bir payt tuyqusdan eshik lang ochilib, bolalikdagi bir do‘stim xonaga quyunday bostirib kirdi.
— Xo‘sh, qani kim aytadi, men hozir qaerdan keldim, — qichqirdi u.
— Garov o‘ynashim mumkin, Mabildan! — dedi kimdir.
— Yo‘q, ko‘rinishingdan kayfing chog‘, harqalay, biror joydan qarzga pul undirgansan yo buvangni dafn etib qaytdingmi? Ha, topdim, soatingni garovga qo‘ygansan, mo‘ljalingdagi narxda, — dedi boshqasi.

davomi >>>

Qayd etilgan


Nurdinboy  05 Dekabr 2010, 21:07:43

AbdulAziz oka bu asar nechanchi yili kitob bo'lib chiqqan?

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Dekabr 2010, 09:31:38

AbdulAziz oka bu asar nechanchi yili kitob bo'lib chiqqan?

Kitob bo'lib chiqqanini bilmayman.
Hikoya Ahmad Otaboyev tomonidan tarjima qilingan va 2006 yili "7 mo'jiza" gazetasida chop etilgan.

Qayd etilgan