Imom G'azzoliy. Mukoshafatul qulub  ( 342297 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 44 45 46 47 48 49 B


Robiya  14 Mart 2009, 16:01:52

Keyinroq buyurdilarki:

-   Banda dunyoda yashash bilan Alloh yonida bo‘lish degan ikki voqelik orasida erkin qoldirildi. Va u Alloh yonida bo‘lishni afzal bildi.
Gap shu yerga yetganda, Abu Bakr — Alloh undan rozi bo‘lsin — yig‘lab yubordi. Rasululloh (s.a.v.)ning bu so‘zi o‘ziga qaratilgan deb o‘ylab, endi dunyodan ko‘chaman, deb taxmin qildi. Rasululloh (s.a.v.) buyurdilar:
— Tinchlaning, ey Abu Bakr! Masjidning ko‘chaga ochiladigan hamma eshiklarini yopinglar! Yolg‘iz Abu Bakrning yo‘liga ochiladigan eshik qolsin! Men Abu Bakrning suhbatidan bahramand bo‘lay, men uchun uning suhbatidan shirin narsa yo‘q dunyoda.

Hz. Oysha so‘zlarini davom ettirib, aytadiki: - Rasululloh (s.a.v.) mening uyimda, mening uyimda bo‘ladigan kunlarida va mening quchog‘imda vafot etdilar. Alloh, o‘lim onida ul zotning og‘iz suvi bilan mening og‘iz suvimni birlashtirdi. Shu asnoda ukam Abdurahmon keldi. Qo‘lida misvok bor edi. Rasululloh (s.a.v.) misvokka qaradilar. Tish tozalagilari kelayotganini sezib: «Uni sizga olaymi?» dedim. Boshlari bilan «ha» deb ishora qildilar. Olib berdim. Og‘izlariga suqdilar. Biroq dag‘al edi.

Men «yumshataymi?» dedim. Boshlari bilan ishora qildilar. Men misvokni tishlarim bilan uchlarini uzib yumshatib berdim. Yonlarida bir idishda suv bor edi. Qo‘llarini unga tiqib, yuzlarini ho‘lladilar va: «Allohdan boshqa iloh yo‘q. Va, albatta, o‘limning o‘z sarxushliklari mavjud», dedilar. Keyin men qo‘llariga suv quyib turdim. Ul zot: «Fir-Rafiq-il-a’lo», «Fir-rafiq-il-a’lo» (ya’ni «Eng a’lo do‘st». «Eng a’lo do‘st») (deb Allohga murojaat qilib — pichirlar edilar). Men o‘zimcha: «Alloh bizni afzal ko‘rmayapti, shekilli!» dedim.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 16:02:24

Said ibn Abdulloh(Hz. Umar ibn al-Hattobning o‘g‘li Abdulloh ibn Umar (vafoti h. 76 y) 2630 hadis rivoyat qilgan. Said uning o‘g‘li bo‘lib, otasidan eshitgan hadisni hikoya qilgan), otasidan rivoyat qiladi: — Ansorlar Rasululloh (s.a.v.)ning kasali og‘irlashganini ko‘rib, Masjidda to‘plandilar. Abbos — Alloh undan rozi bo‘lsin — Payg‘ambar (s.a.v.)ning oldiga ketdi. To‘planganlarini va xavotir olayotganlarini aytdi. Keyin Fazl — Alloh undan rozi bo‘lsin — bordi. U ham ayni hollarini izhor etdi. Keyinroq Hz. Ali bordi. Sahobalar to‘planganini va bezovtaligi ortganini bayon etdi. Alloh Rasuli qo‘l uzatib imo qildilar. «Egiling» deb buyurdilar. Ular egildilar. Rasululloh (s.a.v.): «Nima deyapsiz» deb so‘radilar.
Ular: «Ayrilib qolishdan qo‘rqyapmiz!» deyishdi. Erkaklar Rasulullohning tepasida uymalashayotganini ko‘rib, xotinlar bir-birlarini chaqira boshladilar. Alloh Rasuli (s.a.v.) bir amallab o‘rinlaridan turdilar. Hz. Ali va Fazlga suyanib tashqari chiqdilar. Abbos oldinda borardi. Rasululloh (s.a.v.)ning boshi hali mahkam va tik turardi. Qadamlari ancha shaxdam, risoladagiday odimlashni eplayotgan edilar. Shu taxlit masjidga keldilar. Minbarning eng pastki zinasiga o‘tirdilar. Butun jamoat Rasuli Akram (s.a.v.)ga yuzlangancha qotib turardi. Rasululloh avval Allohga hamd o‘qidilar, sano aytdilar va dedilarki:

— Ey insonlar, menga xabar berishlariga qaraganda, sizlar mening o‘lishimdan qo‘rqayotirsiz. Bu — bir navi sizning o‘limni inkor etishingiz demakdir. Siz endi payg‘ambaringizning o‘limini inkor etolmaysiz. Men sizlarga o‘lim xabarini bermaganmidim? Nafslaringiz sizga o‘lim xabarini bermadilarmi? Mendan ilgari yuborilgan biron bir payg‘ambar o‘zi yuborilgan qavmi orasida boqiy qoldimi-ki, men sizning orangizda boqiy qolsam? Habaringiz bo‘lsin, men Rabbimga qovushaman, sizlar ham qovushasizlar Unga! Men sizlarga - birinchi bo‘lib kelgan muhojir-larga yaxshi muomala qilishingizni vasiyat qilaman. Muhojirlarga ham — o‘zaro xushmuomala bo‘lishlarini vasiyat qilaman.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 16:03:00

Chunki Alloh buyuradi:
- Asr (vaqti)ga qasamki, (barcha) inson ziyon-baxtsizlikdadir. Faqat iymon keltirgan, yaxshi amallar qilgan, bir-birlariga Haq yo‘lini tavsiya etgan va bir-birlariga (mana shu Haq yo‘lida) sabr-toqat qilishni tavsiya etgan zotlargina (najot topguvchilardir). (Val-Asr surasi)
Barcha ishlar Allohning izni bilan yuradi. Bir ishning kechnkkanligi sizni shoshma-shosharlikka yetaklamasin. Chunki, shubhasiz, Alloh, birov shoshgani bilan shosha qolmaydi. Kim Allohning hukmlariga qarshi chiqsa, uni Alloh uradi. Kim Allohni laqillatmoqchi bo‘lsa, Alloh uning hiylasini buzadi. «Demakki, idorani va hokimiyatni qo‘lga olsangiz, darhol yer yuzida buzg‘unchilik chiqarib, qarindoshlik munosabatlaringizni ham parchalab uzib tashlaysiz, shundaymi?» Men ansorlarga yaxshi muomala kilishingizni sizlarga tavsiya etaman. Zero, ular siz, muhojirlardan oldin Madinani boshpana va iymon uyi qilgandilar. Ularga (ansorlarga) yaxshilik qilishingizni o‘gitlayman. Ular (ansorlar) sizlarni mollariga sherik qilmadilarmi? Ular sizning ro‘zg‘oringizga mo‘lchilik, qut-baraka qo‘shmadilarmi? Ular o‘zlarida qanchadan-qancha muhtojliklar bo‘lgani holda, sizlarni siylab, nafslarini tiymadilarmi? Ogohlantirib qo‘yay: kimki taqdir taqozosi bilan ulardan ikki kishi orasida hakamlik (qozilik) qilayotgan bo‘lsa, yaxshisiga yaxshilik bilan muomala qilsin, qusurli bo‘lganining qusurini kechirsin, ko‘rmaslikka olsin. Hech bir narsani ulardan ustun qo‘ymanglar. Men sizlardan ayrilib ketayotirman. Sizlar ham mening orqamdan borasiz va men bilan qovushasiz. Xabaringiz bo‘lsin, topishadigan joyimiz mening hovuzimning bo‘yidir. U hovuzga «Kavsar tarnovi»dan shunday bir suv oqib yotgan bo‘ladiki, sutdan oq, ko‘pikdan yumshoq, boldzn shirinroqdir. Qim undan bir marta ichsa, ortiq hech qachon suvsamaydi, chanqog‘i abadiyan qonadi. Uning toshlari inju, oqib kelayotgan daralaridan mushk hidi ke-ladi. Kimgaki barcha yaxshiliklar harom bo‘lsa, ertaga o‘sha, hisob-kitob beriladigan joyda ham unga harom bo‘lajak. Xabaringiz bo‘lsin, kim ertaga men bilan qovushishni sevsa (xohlasa), qo‘lini, tilini yomonliklardan va yoqimsiz qiliqlardan tiysin.
Shu payt Abbos luqma tashladi:
-   Ey Allohning Rasuli, Qurayshlarga ham nasihat qiling!

Rasululloh (s.a.v.) buyurdilar:

—   Men bularni Qurayshlarga vasiyat qilayotirman. Insonlar, Qurayshlarga — yaxshilari yaxshilariga, yomonlari yomonlariga tobedirlar. Quraysh oilasi ham insonlarga yaxshilik qilsa, yaxshilikni tavsiya etsinlar. Ey insonlar, gunohlar ne’matlarni o‘zgartiradi — ne’matlarning qo‘ldan ketishiga sabab bo‘ladi. Insonlar (tobea — payg‘ambarga ergashuvchilar) yaxshi bo‘lgan paytlarida yo‘lboshchilari ularga yaxshi muomala qiladilar. Insonlar (tobea) yomonlashgan paytlarida yo‘lboshchilari ularga zulm qiladilar, ularni ezadilar.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 16:03:57

Alloh bildirdi:

-   Ular aytdilar: «Sen bizga (payg‘ambar bo‘lib) kelishingdan ilgari ham, sen kelganingdan keyin ham ozor ko‘rdik». U (Muso) aytdi: «Shoyad Parvardigoringiz dushmanlaringizni halok etib, sizlarni bu yerga xalifa qilsa va qanday amallar qilishingizni ko‘rsa». (A’rof surasi, 129-oyat)

Ibn Mas’ud - Alloh undan rozi bo‘lsin - hikoya qiladi: Rasululloh (s.a.v.) Abu Bakrga dedilar:
-   Nima deysiz, so‘rang, ey Abu Bakr! Abu Bakr dedi:
-   Ajal yaqinlashdimi, ey Allohning Rasuli? Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
-   Ajal yaqinlashdi, yaxshigina yaqinlashdi! Abu Bakr dedi:
-   O’lim sizga oson bo‘lsin, ey Allohning Nabiysi, Allohning yonida siz uchun hozirlangan ne’matlar muborak bo‘lsin. Netardi, ketar yo‘limiz qaylarga ekanini bilsam!..

Rasululloh (s.a.v.) buyurdilar:
-   Allohga, Sidrai Muntahoga!.. Keyin Jannatga, Firdavsi A’loga, oliy do‘st yoniga, zavqu nash’alarga tayyorlangan go‘zal hayotga!..
Abu Bakr so‘radi:
-   Sizni kim yuvsin, ey Allohning Nabiysi? Rasululloh (s.a.v.) bildirdilar:
-   Yaqinlik navbatiga ko‘ra, ahli baytimdan bir guruh erkak!
Abu Bakr dedi:
-   Nima bilan kafanlaylik? Rasululloh (s.a.v.) buyurdilar:
-   Shu libosim, Yaman libosi, Misrning oq surpi bilan!

Abu Bakr dedi:
-   Janoza namozingizni qanday qilaylik (ado etaylik)?
Bu asnoda biz yig‘ladik. Rasululloh (s.a.v.) ham yig‘ladilar.

Buyurdilar:
-   To‘xtang! Alloh sizni mag‘firat etsin va Payg‘ambaringizdan sizga xayrlar bersin... Meni yuvib, kafanlanganingizdan keyin, shu uyimdagi qabrimning yoniga, sadirim — chorpoyam ustiga qo‘ying. So‘ng tashqari chiqib ketingiz. Bir soat mendan uzoq bo‘lingiz. Chunki dastavval meni Alloh rahmat qiladi. U sizni ham rahmat qiladi, albatta. So‘ngra mening janoza namozimni o‘qishlari va istig‘for-da bo‘lishlari uchun malaklarga izn beradi. Alloh bandalaridan birinchi mening yonimga kelib janozamni o‘qiydigan zot Jabroil bo‘ladi. So‘ng navbati bilan Mikoil, Isrofil, ulardan keyinroq jamoat bilan birgalikda Azroil va eng oxiri boshqa barcha farishtalar — Allohning salomi barchalarining ustiga yog‘ilsin! So‘ng sizlar, bo‘lim-bo‘lim bo‘lib kiringlar, janoza namozimni alohida guruh-guruh bo‘lib o‘qinglar, salom beringlar. Meni ulug‘lovchi so‘zlar aytilishiga, nutqlar qilinishiga, yig‘i-sig‘ilarga, shikvalar izhoriga aslo yo‘l qo‘ymanglar. Birinchi bo‘lib boshliq (xalifa) namozimni o‘qisin. So‘ng eng yaqinlarimdan boshlab, ahli baytim, undan keyin xotinlar va eng oxirida bolalar! Abu Bakr so‘radi:
-   Sizni kim qabrga qo‘ysin?

Rasululloh (s.a.v.) buyurdi:

-   Ahli baytimning eng yaqinlaridan boshlab bir guruh qo‘yadi, undan tashqari bir to‘da farishtalar ham bo‘ladi; siz ularni ko‘rmaysiz, lekin ular sizlarni ko‘radilar. Endi turinglar. Mendan keyingilarga mening o‘gitlarimni yetkazinglar!

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 16:04:28

Hz. Oysha - Alloh undan rozi bo‘lsin — deydiki: — Rasululloh (s.a.v.) vafot etgan kunning ilk soatlarida ul zot biroz tuzalib qolganday ko‘rindilar. Erkaklar chiqib ketishdi, uy-uylariga va ishlariga tarqalishdi. Rasulullohning tuzalayotganini aytib, odamlarni sevintira boshladilar. Uyda faqatgina xotinlar qoldi. Biz xotinlar, umid bilan shu tariqa shodlanib o‘tirardik. Bir payt Rasululloh buyurdilarki:

— Xotinlar tashqari chiqishsin. Manovi farishta oldimga kirish uchun ruxsat so‘rayapti.

Mendan boshqa hamma xotinlar chiqib ketishdi. Rasululloh turib o‘tirdilar. Boshlari mening quchog‘imda edi. Keyin men uyning bir burchagiga o‘tdim. Kelgan malak bilan anchagacha gaplashdilar. So‘ngra meni chaqirdilar. Takror boshlarini quchog‘imga qo‘ydilar. Xotinlarga ham: «Kiraveringlar!» deya sado berdilar, Men: «Bu kelgan, Jabroil emasmidi?» dedim. Rasululloh (s.a.v.): «Yo‘q, ey Oysha, Jabroil emasdi!» dedilar. «Bu kelgan, o‘lim malagi (Azroil) edi. Menga dediki:
— Alloh meni yubordi. Sendan ruxsatsiz yoningga kirmasligimni, izn bermasang qaytib ketishimni, faqat izn berganing taqdirda kirishimni amr etdi. Nima deysan, kiraveraymi, - dedi. Men dedimki:
—   Hozircha ket. Jabroil kelsin, undan keyin, sen!..
Hozir bir soat ichida Jabroil kelib qoladi.

Hz. Oysha deydilar:
—   Biz shunday bir ahvolda edikki, na bir savolga javob bera olar, na biron narsa haqda o‘ylay olar edik. Bizni mudhish bir qayg‘u bosgan edi. Naq boshimizga bir qattiq narsa urilganday garangsigan edik. Katta bir xavotir edi bu. Ichimizni dahshat qoplagan edi. Uydagilarning birontasida churq etib gapirishga majol yo‘q edi. Jabroil ayni vaqtida keldi. Salom berdi. Men, bu kelgan Jabroil ekanligini angladim. Uydagilar tashqari chiqdilar. Jabroil kirdi va dediki:
—   Alloh senga salom aytdi. O’zingni qanday his qilayotganingni so‘radi. U seni sendan yaxshiroq biladi. Lekin bunday qilayotganining sababi bor: U sening karomatingni, sening sharafingni orttirmoqchi, sening yaratilganlar olamidagi karomat va sharafingni poyoniga yetkazmoqchi. Sendan esa, ummatingga namuna bo‘lishingni talab qiladi.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 16:05:12

Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
—   Men o‘zimni ojiz bir xasta holida ko‘rib turibman.
Jabroil buyurdi:
—   Men senga xushxabar keltirdim. Alloh seni sen uchun tayyorlab qo‘ygan narsalariga yetishtirmoqchi.

Rasululloh (s.a.v.):

—   Ey Jabroil, o‘lim malagi oldimga kirish uchun mendan ruxsat so‘rab keldi, - dedilar va Azroilning tashrifi haqida unga xabar berdilar.
Jabroil buyurdi:

—   Ey Muhammad alayhissalom, Rabbing senga mushtoq. Senga nima tilayotganini senga bildirmadimi? Allohga qasamki, o‘lim Malagi bungacha hech kimdan jonini olish uchun ruxsat so‘ramagan. Bundan keyin ham aslo so‘ramaydi. Xabaring bo‘lsin, Rabbing sening sharafingni poyoniga yetkazmokda. U senga mushtoq. Shunday bo‘lgach, qayg‘uga botma, kelaversin.

Rasululloh (s.a.v.) xotinlarga ruxsat berdilar. Fotimaga: «Ey Fotima, menga engash!» dedilar. Ul muhtarama boshlarini egdilar. Rasululloh dillaridagi bir gapni aytib edilar, Fotima boshlarini ko‘tarib, yig‘lay boshladilar. Hech gapirmasdilar. Shunda Rasululloh (s.a.v.) ul muhtaramaga yana: «Menga engash!» dedilar, Fotima yana engashdilar. Rasululloh uning qulog‘iga yana bir narsalar deb pichirladilar. Bu safar Fotima kula boshladilar. Lekin hamon gapirolmasdilar. Biz Fotimaning bu holidan taajjublandik. So‘ng o‘zlaridan so‘radik. Shunday dedilar: - Avval qulog‘imga pichirlab: «Men bugun o‘laman» dedilar. Shunda men yig‘ladim. Ikkinchi martasida esa: «Men Allohga duo qildim. Ahli baytimdan birinchi bo‘lib seni men bilan qovushtiradi va seni men bilan birga qiladi!» dedilar. Shunday deganlarida men kulib yubordim.
Men (Hz. Oysha) Fotimaning bolalarini (Hasan bilan Husaynni) Rasululloh (s.a.v.)ning tepalariga olib bordim. Ularni o‘pdilar va hidladilar. Bu orada o‘lim Malagi keldi (Azroil). Salom berdi. Kirishga izn so‘radi. Rasululloh (s.a.v.) unga izn berdilar. O’lim Malagi: «Bizda nima tilagingiz bor, ey Muhammad?» dedi. Rasululloh (s.a.v): «Endi meni Rabbimga olib bor!» deb javob berdilar. O’lim malagi dediki:

—   Ha! Rabbing seni ishtiyoq bilan kutmokda. U senda to‘xtagani kabi xech bir kishida to‘xtamagan edi. Hech bir kimsaning yoniga iznsiz kirishni menga taqiqlamagan edi.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 16:06:59

O’lim malagi shu gaplarni aytgandan keyin chiqib ketdi. Va shu ondayoq Jabroil kirdi. «Salom senga, ey Allohning Rasuli!» dedi va davom etdi:
—   Bu — mening Yer yuziga so‘nggi marta tushishim. Endi vahiylar abadiyan to‘xtatildi. Dunyoning ishi tamomlandi. Mening Yer yuzida sendan boshqa biron kishiga ehtiyojim yo‘q edi. Faqatgina sening Yerdaliging meni shu yoqqa tortardi. Ortiq bunda turishimning kerakli joyi yo‘q.

Hz. Oysha davom etadi:
—   Men sakrab turib, Rasululloh (s.a.v.)ga yaqinlashdim. Boshlarini bag‘rimga olmoqchi bo‘ldim. Ko‘kraklarini siladim. Boshlarini o‘ramoqchi bo‘ldilar. Peshonalari shunday terlagandiki, men biron odamdan buncha ter oqqanini hech ko‘rgan emasman. O’zim ham ter oqishiga qo‘yib berdim. Biron narsaning hidi bu terchalik yoqimli emasdi. U zot sal o‘zlariga kelganlarida men shunday dedim:

—   Onam, otam, jonim va ahlim sizga fido bo‘lsin, peshonangiz shu qadar ko‘p terladiki!..

Rasululloh (s.a.v.) buyurdilar:
—   Ey Oysha, mo‘minning joni ter bilan chiqadi. Shu payt ukam keldi. Rasululloh (s.a.v.) uni otamning oldiga (Hz. Abu Bakrga) jo‘natib yubordilar. Lekin hech kim kelmasdan burun Alloh Rasuli (s.a.v.) vafot etdilar. Alloh ularni Rasululloh (s.a.v.)ning o‘limi oniga yetishtirmadi. Chunki Jabroil ila Mikoilga uning qoshida bo‘lish vazifasi topshirilgan edi. Rasululloh (s.a.v.)ning o‘limi onida ular o‘z vazifalarini o‘tab, u bilan birga bo‘ldilar. Alloh Rasuli, o‘zlaridan ketgan, «A’lo do‘st», «a’lo do‘st» derdilar. Takror o‘zlariga kelganda esa:
—Namoz, namoz!.. — derdilar. — Siz jamoat bilan birga namoz o‘qishda davom eting, shunda gunohlaringiz to‘kiladi va yangi gunohlardan qochishga muvaffaq bo‘lasiz. Namoz, namoz!..

Rasululloh (s.a.v.) olamdan o‘tgunlariga qadar namozni vasiyat qildilar. Hatto jonlari uzilayotganda ham: «Namoz, namoz!» dedilar.

Hz. Oysha derki:
—   Rasululloh (s.a.v.) dushanba kuni choshgoh bilan peshin vaqti orasida vafot etdilar.

Hz. Fotima aytadi:
—   Dushanba kuni ummati Muhammad buyuk musibatga duchor bo‘ldi.

Ummu Gulsum (Hz. Payg‘ambar s.a.v.ning nevaralari. Hz. Ali va Hz.Fotimaning qizi) aytadi:
—   Dushanba kuni men duchor bo‘lgan musibatga Kufada Hz. Ali ham duchor bo‘ldi. Rasululloh (s.a.v.) o‘sha kuni vafot etgandilar. Hz. Ali ham o‘sha kuni shahid etildi.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 16:09:02

Hz. Oysha hikoya qiladi:

—   Rasululloh (s.a.v.) vafot etganda hamma yig‘lay boshladi. Yig‘i-sig‘ilar borgan sari avjiga chiqib borardi. Rasululloh (s.a.v.) mening libosimga o‘ralgandi. Odamlarning ba’zilari Rasululloh (s.a.v.)ning o‘limini hech qabul qilolmasdi. Ba’zi birovlarning tili tutilgan edi. Ular uzoq muddatdan keyingina so‘zlay oldilar. Ba’zi birovlar hushidan ketib, bir-birining ustiga yiqilardi. Birovlar aqlini yo‘qotib qotib qolgan, serraygancha turardi. Yana birisining tili gapga kelmay qolgandi, qimirlashga majoli yo‘q edi. Hz. Umar hadeb «u o‘lmagan, u o‘lmagan» der edi. Tili gapga kelmay qolganlarning biri Hz. Ali edi. Hz. Usmonning tili kalovlanar edi. Bu asnoda Hz. Abu Bakr bilan Hz. Abbosning ahvollari esa butunlay boshqacha edi. Alloh ularga tavfiq bergan, Rasululloh (s.a.v.)ning o‘limi voqelikka aylanib turgan og‘ir bir pallada qanday qilib to‘g‘ri yo‘l tutish kerakligini ko‘rsatgan edi. Xalq Hz. Abu Bakrning so‘zidan bir muncha hushyor tortdi. Shunday bo‘lsa ham bu orada Hz. Abbos kelib yig‘ilganlarga xitoban shunday dedi:
—   Ha, Allohdan boshqa iloh yo‘q va Alloh nomiga qasam ichib aytamanki, Rasululloh (s.a.v.) haqiqatan ham o‘lim sharbatini totdi. Rasululloh (s.a.v.) hala oramizda yurgan chog‘laridayoq Alloh shunday bildirgandi:
-   (Ey Muhammad), hech shak-shubhasiz, siz ham o‘lguvchidirsiz, ular ham o‘lguvchidirlar. So‘ngra, albatta, sizlar qiyomat kunida Parvardigoringiz huzurida (bir-birlaringiz bilan) talashib-tortishursizlar. (Zumar surasi, 30-31-oyatlar)

Hz. Abu Bakr Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning vafoti to‘g‘risidagi xabarni Hozraj o‘g‘illarining uyida eshitdi. Shu ondayoq uydan otilib chiqdi. Rasululloh (s.a.v.)ning uyiga keldi. Uni ko‘zdan kechirdi. Ustiga egildi. O’pdi va:
— Onam, otam senga fido bo‘lsin, ey Allohning Rasuli, Alloh ssnga o‘lim sharbatini ikki marta ichirmaydi, albatta. Allohga qasamki, Rasululloh olamdan ko‘z yumdi! -dedi.

Keyinroq u bu yerda yig‘ilgan xaloyiqqa o‘girilib, odamlarga shunday xitoba bilan murojaat etdi:

- Ey xaloyiq, muhtaram jamoat, orangizda kimda-kim Muhammad alayhissalomga topinib kelgan bo‘lsa, bilib qo‘ysinki, haqiqatan ham. Muhammad alayhissalom vafot etdi. Kimda-kim Muhammad alayhissalomning Rabbiga topinib kelgan bulsa, bilib qo‘ysinki, U hayotdir. U hech qachon o‘lmaydi! Alloh aytadi:
Muhammad faqat bir payg‘ambar, xolos. Undan ilgari ham payg‘ambarlar o‘tgandir. Bas, agar u (ya’ni Muhammad alayhissalom) vafot-qilsa yoki o‘ldirilsa, ketingizga (kufrga) qaytib ketasizmi? Kimda-kim ketiga qaytib ketsa, Allohga biron ziyon yetkaza olmas. Alloh esa (yo‘llaridan qaytmay) shukr qilguvchi bandalarini munosib mukofotlaydi. (Ol-i Imron surasi, 144-oyat)

Sahobalar go‘yo shu on kelgunga qadar bu oyatni hech eshitmaganga o‘xshardilar. Hz. Abu Bakrning yuqoridagi so‘zlari va bu oyatni o‘qishi hammani hushiga keltirdi.


Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Mart 2009, 21:17:53

MUNDARIJA

G’azzoliy

BIRINCHI QISM
Allohdan qo‘rqish
Sabr. Xastalik
Nafs tarbiyasi
G’aflat
Allohni unutmoq
Tavba
Sevgi-muhabbat
Ishq
Allohga itoat, Allohga va uning Rasuliga sevgi
Iblis
Omonat
Namozni tavozu va xushu bilan ado etish
Yaxshilikka undash — yomonlikdan qaytarish
Shaytonning dushmanligi
Omonat — tavba
Marhamat
Namozda xushu
G’iybat — gap-so‘z — ig‘vo
Zakot
Zino
Silai rahim (yaqinlararo mehr-oqibat), ota-ona huquqi
Onaga va otaga yaxshilik
Zakot va xasislik
Hoyu-havas yoki orzu-havaslarning bitmas-tuganmasligi
Haromdan qochish
O’limni xotirlash
Tavakkul-rizq
Dunyo hayoti
Qanoatning fazilati
Allohdan boshqasiga do‘st bo‘lish va mahshar
Oxir zamon yoxud insonlarning qabrdan turishi
Jonzotlararo hukm
Mol-mulkning bevafoligi
Amallar, tarozi, azob
Allohga itoatning fazilati
Shukr
Kibr-havoning yomonligi
Tafakkur (fikrlash)

IKKINCHI QISM
Qilmishiga yarasha
Qabr va qabrdagi savol-javoblar
Ilmal-yaqin, aynal-yaqin
Allohni zikr etishning fazilati
Namozning fazilatlari
Namoz o‘qimaganning jazosi
Jahannam va jahannam azobi
Gunohdan qo‘rqishning fazilati
Tavbaning fazilati
Zulmning yomonligi
Yetimga zulm o‘tkazishdan saqlanish
Kibrning yomonligi
Tavozu (kamtarlik, odob) va qanoatning fazilati
Dunyoga mag‘rur bo‘lmoq
Dunyoning yomonligi va undan tiyilish
Sadaqaning fazilati
Musulmon birodarning ehtiyojini qondirmoq
Tahoratning fazilati
Namozning fazilati
Qiyomatning qurqinchilari
Jahannam - tarozi
Kibr-havo
Yetimga yaxshilik qilish va zulmdan tiyilish
Harom yeyish
Foiz
Bandalik haqqi (burchi)
Havoyi nafsga berilishning yomonligi va nafsning orzularidan voz kechish
Jannat va jannat ahlining darajalari
Sabr — rizo - qanoat
Tavakkulning fazilati
Masjid va jome’larning fazilati
Karomat ahlining fazilatlari va riyozat
Iymon-nifoq
G’iybat - chaqimchilik (gap tashish)
Shaytonning dushmanligi
Muhabbat bilan nafsning hisob-kitobi
Haq bilan botilni aralashtirmoq
Jamoat bilan birga namoz o‘qishning fazilati
Tungi namozning fazilati
Yomon olimlarning jazosi
Go‘zal axloq
Kulmoq, yig‘lamoq, libos
Qur’onning, ilmning va olimlarning fazilati
Namoz va zakotning fazilati
Ota-onaga yaxshilik va farzandlik burchi
Qo‘shnichilik haqqi va yo‘qsullarga yordam
Mayxo‘rlikning kasofati
Payg‘ambarimizning me’roji
Jumaning fazilatlari
Xotinning eridagi haqqi
Erning xotinidagi haqqi
Jihodning fazilati
Shaytonning hiylasi
Cholg‘u tinglamoq
Bid’at va havoyi nafsga berilish
O'yin - ermak qurollari
Rajab oyining fazilatlari
Muborak sha’bonning fazilati
Ramazonning fazilati
Qadr kechasi
Bayramning fazilati
Zulhijjaning fazilati
Ashuro ko‘nining fazilati
Faqirlarga izzat-ikrom
Tobut - qabr
Jahannam azobi
Tarozi va Sirot ko‘prigi
Payg‘ambarimizning vafoti

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Mart 2009, 21:19:06

Mukoshafatul-qulub



Muallif: Abu Homid G'azzoliy
Hajmi: 2,35 Mb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
Online o'qish

Qayd etilgan