Savolu-javob. ("Forumdoshdan forumdoshga savollar" arxivi)  ( 100265 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 18 B


shoir  30 Mart 2009, 15:06:06

Munira xonimga berilgan savollarga javoblar:

11. Savol: Bitta javobni tanlang: Farzand uchun otaning tarbiyasi eng muhimmi yoki onaning? Qaysi biriniki ustunroq va nima uchun?

Javob: Otaning ham tarbiyasi muhim,lekin onaning tarbiyasi muhimroq. Chunki ona farzandi bilan ko'proq vaqt o'takazadi. Farzand onaga qalban juda yaqin bo'ladi. Buni boshqalar tan olishmasa ham bu ochiq haqiqat...


12. Savol: Farzandingizga sovg'a qilib turasizmi? Nimani sovg'aq qilasiz, ko'proq?

Javob: Savol uchun tashakkur:
Ko'p ham sovg'a qilmayman... Ba'zida bir qilaman, ya'ni men bergan saboqlarni yaxshi topshirishganida...
Farzandlarimni kichigiga ko'proq shirinlik sovg'a qilaman.
Kattalariga hozirda ko'proq kitob sovg'a qilaman.


13. Savol: Hayit kuni turmush o'rtog'ingiz, bolalaringizning hayit namozidan kelishlarini qanchalik intizorlik bilan kutasiz. Shu paytdagi ajib holatingiz haqida gapirib bera olasizmi?

Javob: Buni til bilan tushuntirib berolmasam kerak.
Odatda bizni oilamizdan turmush o'rtog'im va o'g'lim namozga chiqishadi. Ularni qizlarim bilan kutamiz. Bezatilgan dasturoxon va duolar bilan...
Lekin o'sha paytdagi ichki kechinmalarimni so'z bilan tasvirlab berolmayman...
Lekin hayitlik olishni juda yaxshi ko'raman.
Yoshligimdan shuni yaxshi ko'rardim, ona bo'lganimda ham bu odatim qolmadi. Berishmasa So'rab olaman. :)


14. Savol: Hayit kuni farzandlaringizni qanday xursand qilishni rejalashtiryapsiz?

Javob: Farzandlarimni shirinliklar pishirib va ularga hayitlik berib xursand qilaman.
Lekin qurbonlik qilayotganimzda hammadan ham xursand bo'lishadi.  so'yilayotgan jonliqni oldiga chiqib qo'rqmay qarab turishadi....
Men esa unga qarolmayman... O'sha pytdagi quvonchalrini boshqa hech qaysi paytda ko'rmayman ularning ko'zlarida...


15. Savol: Siz uchun eng katta baxtsizlik nima?

Javob: Eng katta baxtsizlik - nafsimni quli bo'lib qolishlik...

Qayd etilgan


shoir  30 Mart 2009, 15:07:35

Munira xonimga berilgan savollarga javoblar:

16. Savol: Qaysi userning forumda
1. savollari;
2. javoblari;
3. o'zini tutishi, intizomi;
4. ilmga chanqoqligi, ilmiy mavzularga munosabati;
5. javob berish uslubi;
6. tili (ya'ni qanday yoza bilishi, shevadami yo adabiy tilda)
7. boshqalarga munosabati, samimiyati
SIZGA YOQADI 

Javob:
1. Shoir.
2. Diydor opa.
3. Salmoni Forsiy.
4. Muslima.
5. Diydor opa.
6. Fazilat.
7. Abdulaziz.


17. Savol: Yaqin birodaringizni nohaq ayiblashdi, siz unga ishongansiz, lekin barcha dalil va holatlar shu insonga qarshi. Nima qilardiz, ayblovlarga qo'shila olasizmi yoki o'sha insonni tarafida turasizmi?

Javob: Agar uni nohaq ayblashsa albatta uni yonida oxirigacha turardim. Chunki haqiqat ertami kechmi ro'yobga chiqishiga ishonaman.


18. Savol: Siz qanday insonni kuchli inson deb bilasiz?

Javob: G'azabi kelganda o'zini bosib olgan insonni eng kuchli inson deb hisoblayman....


19. Savol: Siz haqiqiy musulmon deganda qanday insonlarni tushinasiz?

Javob: Qur'oni karim va Hadisi shariflar asosida yashagan va ularni hayotidagi eng katta ne'mat va boylik deb bilgan insonni...


20. Savol: Odatda ayollarni ko'p yig'laydi deyishadi. Erkaklarchi? Ko'pincha buyuk sahobiylarni o'qiganimizda ularning ham ko'p yig'laganliklarini guvohi bo'lamiz. Savol umumiy: oxirat uchun ham, dunyo uchun ham, sizningcha kim ko'p yig'laydi?

Javob: Menimcha, ko'proq ayollar yig'lashadi. CHunki ular erkakalrga nisbatan ta'sirchan va nozik,hissiyotga beriluvchan bo'lishadi. Lekin ayollar ham ko'pincha bu dunyoning g'am tashvishlari uchun yig'lashadi.
Erkaklarni yig'laganini ham ko'rganman....lekin buni ko'rish juda qiyin. Erkak kishini yig'laganiga chidab turish juda mushkul.

Qayd etilgan


shoir  30 Mart 2009, 15:08:15

Munira xonimga berilgan savollarga javoblar:

21. Savol: Sizni iymon bilan birinchi ta'sirlantirib, qalbdan yig'latgan voqea qaysi edi?

Javob: Hazrati Umar r.a.ning o'z qizlarini ko'mishlari va iymonga kelishlaridagi hodisotlar.
Bunday hodislara ko'p, lekin bu hodisani yuz marta o'qigan bo'lsam ham, har gal yig'latadi...


22. Savol: Sizningcha nima uchun ko'p a'zolarimiz o'z vaqtlarini "Forumdoshlar hayoti" bo'limida o'tkazadilar? Hatto diniy bilimga ega bo'lgan a'zolarimiz ham. Va yana sizningcha, boshqa bo'limlarda foydali narsalarimizni saviyasi pastligimi bunga sabab yoki a'zolarimiz o'zlari buni xohlamaydilarmi?

Javob: Forumdoshlarni unday-bunday deyish niyatim yo'q. Forumdoshlar hayoti bo'limi ham judaaa ko'ngilochar emas. Bu yerda ham jiddiy, mulohazaga chorlaydigan, odamni o'ylantirayotgan mulohazalar qoldiriladi. Mana bunga misol shu mavzu ham. Ko'pchilik aynan shunday go'zal postlar uchun kirsa kerak. Boshqa maqsadlari ham bordir, buni men bilmayman va yomon gumonga ham borish niyatim yo'q. Kimning qayerga kirishi o'ziga bog'liq. Agar shu bo'limni hush ko'rib kirishgan ekan, ularni tanqid qilishga haqqimiz yo'q. Boshqa bo'limlarda ham saviyasi past postlar ko'p degan fikrga ham qo'shilmayman. Hamma bo'limda ajoyib, mulohazakor mavzular mavjud. Faqatginba ba'zi yosh va yangi userlar tushunmay postlar qoldirishadi. Bu ham umumiy saviyaga umuman ta'sir ko'rsatmaydi, deb o'ylayman.
Lekin ba'zi userlarning ataylab, forumda bir fitna yoxud ixtilof, o'zlarining shaxsiy g'arazlarini ifodalash uchun kirishlari va shu holatda post qoldirishlari odamni hafa qiladi...


23. Savol: Hozirgi kunlarda qizlarimizda islomga yaqinlashish ko'p kuzatilmoqdami yopki islomdan uzoqlashish. Bunga nima sabab?

Javob: Avvalo, Allohga hamd bo'lsinki hozirgi qizlarimizni orasida Islomga qiziqish kuchayib boryapti. Albatta, bu meni nazarimda. Va buning sabablari, avvalo, hidoyat Allohdan,qolaversa,ularda tafakkur ba haqiqiy ilm olish ishtiyoqi kuchli. Va qizlarimiz (ota-onalarga) qaraganda, sabr bilan tinglashni va tinglagan narsalarni mulohaza qilib ko'rish salohiyatiga egadirlar.
Buning sabablarini juda ko'p keltirishimiz mumkin.
Asosiysi, haqiqiy muslim va muslimalarimiz safi ko'payaversin.


24. Savol: Tasavvur qiling, yaqinlaringizdan biriga o'qishda, ishda yoki oilada Alloh buyurgan buyruqqa (masalan, hijob) qarshi harakat qilishni majburlashmoqda. Agar ularning aytganini qilishmasa, o'qishi, ishi, hatto oilasidan ayrilishi mumkin. Siz bunga qanday munosabatda bo'lardingiz?

Javob: Go'zal savollaringiz uchun tashakkur. Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Yaqin birodarlarimni hayotlarida bunaqa hodisalarga ko'p guvoh bo'lganman va bo'lib kelyapman, ming afsuski.
Men har doim ularga birinchi bo'lib Alloh roziligi turishni anglatganman. Allohni yo'lida, uning buyruqlarini bajarishda sobit qolgan holatda, Allohga tavakkul qilib davom  etishliklarini maslahat berganman. Va har doim shu fikrimda qolaman,InshaAlloh. Bu fikrimdan hech kim, hech qachon qaytara olmaydi. Ish, o'qish ekanku, men agar kerak bo'lsa oiladagilarga ham qarshi chiqib shu yo'lda bardavom bo;lishlikni tavsiya qilgan bo'lardim. (hatto oiladan ajrashgacha olib kelsa ham) Bu meni shaxsiy fikrim.
Alloh barchamizni faqat O'ziga ibodat va itoat qiladiganlardan qilsin!!!  Amiyn!!!


25. Savol: Muslimalik niqobi ostida sharr ishlarni qilib yurgan munofiqalarga duch kelganmisiz. Ularga qanday munosabatda bo'lgansiz?

Javob: Endi savolingizga kelsak, Alhamdulillahki, men hali unaqa "Muslima"larni uchratmadim. Balki ko'chga kam chiqqanim va bu yerda tanishlarim oz bo'lgani uchundir.Vallohi a'lam.
Lekin bunaqalar haqida tanishlarimdan ko'p eshitganman. Bizni suygan va suymagan insonlardan, bizga nafrat to'la ko'zlardan,nafratini so'z bilan ifodalab bergan insonlardan ham...
Ularga munosabatim, Alloh ularni mag'firat qilsin va O'zi Haq yo'lni ko'rsatsin. Alloh ularni Tavba qilishiga imkon bersin va tavbalarini qabul qilmasdan jonlarini olmasin.
Qisqa qilib aytganda, Alloh taolo bularni buyuk IYMON bilan jazolasin!!!

Qayd etilgan


shoir  30 Mart 2009, 15:09:28

Munira xonimga berilgan savollarga javoblar:

26. Savol: Ushbu mavzuda berilayotgan javoblardan
a) kimlarning sizga juda ma'qul kelyapti?
b) kimlarning javobi sizni qoniqtirmadi?
c) kimning javobi sizni taajjubga soldi?

Javob:
a) Abdulaziz bilan mutaallimahni;
b) Hammaniki qoniqtirdi;
c) Mutaallimahni javobi taajjubga soldi;qaysi yigitni tanlash haqida bergan savolingizga bergan javobi.  :)


27. Savol: Sizni so'nggi marta yig'latgan (xoh quvonch, xoh qayg'u ko'z yoshi bo'lsin) forum bilan bog'liq hodisa yoki bironta mavzu?

Javob: Meni oxirgi marta chinakam yig'latgan, ushbu forumdagi "Oila va Jamiyat" bo'limidagi "Qiziq hikoya" mavzusiga Zubair tomonidan joylangan "Otasini tiriltirgan qizaloq" nomli hikoyacha edi.
Bu hikoyani bolalarimga o'qib berib turib, hech o'zimni tutib turomagandim, meni yig'laganimni ko'rib bolalarim ham yig'lashgandi o'shanda.
Alloh barchalarimizni faqat ezgu amallarga sababchi bo'ladigan bandalaridan qilsin. Amiyn!!!


28. Savol: Yigitning ori deganda nimani tushunasiz? hozirgi zamon bilan bog'liq mulohazalaringiz.
Yigitning orsizligi - ayolning halokatiga sabab bo'ladi degan fikrga munosabatingiz?

Javob: Yigitni ori - bu IYMONI deganidir. CHunki yigitning IYMONI butun bo'lsa,albatta, orli, g'ururli bo'ladi. Hozirgi zamon ham, oldingi zamon kabi bir xil ketyapti. Lekin insonlar ancha o'zgargan. Sizga uzunroq bo'lsa ham ushbu javobni bermoqchiman.
1990-1992 yillarda biz 13-15 yoshlarda edik. O'sha paytlarda bizni mahhalamizda qizlar juda ko'p edi.Aksariyat o'rtoqlarimini oilasida akalari yo' edi, shu jumladan mening ham. Lekin mahallamiz yigitlari bizni har doim himoya qilishardi. Ba'zan mahallamizga begona notanish yigitlar oralab qolishsa, besh olti yigit bir bo'lib, uni o'rtaga olishardi. Agar u yigit biror qizni orqasidan "ergashib" kelgan bo'lsa, uni bu mahallaga qaytib kelmasligini "qo'pol" ravishda "iltimos" qilishardi. Agar u yana keladigan bo'lsa bolalar uni do'pposlab qaytib kelmaydigan qilishardi. Agar biror qizga ko'ngil qo'ygan bo'lsa unga uylanishni taklif qilishar, lekin zinhor u qizni obro'sini to;kib mahallada o'ralashmasligini ta'kidlashardi.Oilamzida berilgan tarbiya va mahallamizdagi yigitlarning ori, g'ururi tufayli bizni mahalladan birorta yomon otliq bo'lga qiz yetishib chiqmagan. Alhamdulillah.
Hozirgi zamon yigitlariga shu narsa yetishmaydi.....(Hammalarida emas albatta)
Yigitning orsizligi ayolning halokatiga qisman sabab bo'lishi mumkin. Agarda ayol o'zining fikriga, iymoniga e'tiqodiga ega emas ekan, uni halokatga yuz tutishi uchun ozgina sabab kifoya.
Agarda ayol Iymonli, e'tiqodi kuchli, Hayo iboda ustun, haqiqiy AYOL bo'lsa  uni hech qaysi erkakning hech qanday salbiy "fazilatlari" halokatga boshlay olmaydi....
Alloh har bir muslimni ham muslimani ham o'z IYMONIdan va HAYOsizdan ayirmasin!!!


29. Savol: Ma'naviy boylik nima? Uning moddiy boylikdan farqi, afzalligi va kamchiligi nimada?

Javob: Ma'naviy boylikka ko'pchilik ilm olish orqali erishiladi, deb o'ylaydi. Bu gap ham qisman to'g'ridir. Lekin inson ko'proq ma'nan boy bo'lishi uchun TAFAKKUR qilishi lozim deb o'ylayman. Chunki necha necha ilm dargohlarida ilm olib, necha necha diplomga sazovar bo'lgan insonlar borki, ularni hayot haqida, isnonlar haqida fikrlarini eshitsangiz:"Tavba, bu nimani o'qigan ekan" degan hayol keladi. BA'zi bir ilmli insonlarni fikrlaridan dalada ishlaydigan dexqonning fikrlari haqiqatga yaqinroq tuyuladi.
Ma'naviy boylik bu INSON o'zligini tanishida, Yaratuvchisini tanib Unga ibodat qilishida, Alloh bergan har bir ne'matni ham, yaxshilikni ham, musibatni ham birdek sabr va tafakkur bilan qarshi olishi deb o'ylayman. Inson yuksak ma'naviy boylikka ega bo'lishi uchun asosiy, diniy ilmni egallashi va bu bilimga amal bilan yashashi lozim.
Ma'naviy bolyikni moddiy boylikdan afzalligi juda ko'p, bu yerda uni sanab o'tsak postimiz juda uzun bo'lib ketadi.
SHuning uchun qisqagina javobim: Moddiy boylik vaqtincha omonat, bir kun sizga xiyonat qiladi, ma'naviy boylik esa, sizni hech qachon tashlab ketmaydi. Agar siz ilmingizni va bu boyligingizni xolis ALloh uchun boshqalarga ulashsangiz va bu boyligingiz tufayli kibrga, riyoga berilmasangiz, bu siz cuhun ikki dunyoda saodat baxsh etadi,InshaAlloh.
Kamchiligi umuman yo'q, faqat inson bu boyligini to'g'ri yo'lga yo'naltira olsa va o'zini BANDA ekanini unutmasa, bo'ldi. U ma'naviy bolyikdan hech qanday kamchilik topa olmaydi....
Men katta universitetlarda ta'lim olmaganman, shuning uchun savolingizga qo'limdan kelganicha javob berishga harakat qildim. Albatta o'z dunyoqarashimdan kelib chiqqan holda.
Siz kutgan go'zal so'z va fikrlarni bera olmagandirman. Rozi bo'lasiz...


30. Savol: Biror-bir ishni qilishda iroda yetmasa inson o'zini qanday qilib shu ishga unday olishi mumkin?

Javob: Men o'zim bunday holatda nima qilishimni aytib o'ta qolay:"Alloh meni musulmon qilib yaratdi, Iymon va ozgina bo'lsa ham ilm berdi. NAhot, meni kuchim va irodam shu ishga ham yetmaydi? Albatta, yetadi, meni kuchim va irodam bundan qiyin va mushkul ishlarga ham yetadi,InshaAlloh. Menga ALloh birinchi yordamchi va Iymonim meni doim haq yo'lga boshlab turadi, meni irodam yetadi, sabrim ham yetadi", deyman. Odamlar nazarida eng qiyin hisoblangan ishlarga ham shu tarzda osonlik bilan erishganman va bundan keyin ham erishaman,InshaAlloh.

Qayd etilgan


shoir  30 Mart 2009, 15:09:46

Munira xonimga berilgan savollarga javoblar:

31. Savol: Maktab davridagi eng qiziq voqea(lar)ni eslay olasizmi?

Javob: Taxminan 6-7sinflarda edik. Fizika darsi.Ustozimiz juda qattiqqo'l, qizlarni ham yigitlarni ham aybi bo'lsa birdek kaltaklaydigan kishi edi. SInf bo'yicha faqat menga qo'l ko'tarmagan, men bunga yo'l ham qo'ymasdim. Navbatadagi darslarni birida, bitta qizni katta-katta qo'llari bilan dars tayorlamagani cuhun ura ketdi. HAmma jim. Oxiri men chiday olmadim, sharta o'rnimdan turdim-da:"Domla, nahtoki qiz bolani ham shunchalik rahmsizlik bilan ursangiz, nima qilibdi dars tayorlamasa? BAribir sizga o'xshagan fizikachi bo'lmaydi u. Agar sizni qizingizni birov shunchalik ursa nima qilgan bo'lardingiz?" dedim. Domla dong qotdi, sinfdoshlarimni hammaisni ko'zi menda. Men hayronman:"Nega menga bunday qarashyapti?" Chunki o'qitivchilarga bunday "isyon"larni ko'p qilganman. Bir vaqt ne ko'z bilan qarayki, domlamiz urgan qiz, o'zini qizi ekan... Shu-shu fizika o'qituvchimiz qizlarga qo'l ko'tarmaydigan bo'lib qolgandi...Qizi esa haqiqatan ham fizikachi bo'lmadi...   :)


32. Savol: Sumalakni birinchi marta qo'zg'aganingizda qanday niyat qilgansiz? (Sumalakni qo'zg'ovchi kishi niyat qiilishi kerak, degan tushuncha bor xalqimizda, bunga qanday qaraysiz?)

Javob: Sumalakni pishirishda va kovlashda nima niyat qilsangiz amalga oshadi, degan gapga men umuman qarshiman. Bu shirk, sumalak ham ALlohning boshqa taomlarga o'xshab, bizga bergan ne'mati.
Men 12-13 yoshlarimda sumlakni kavlashga kelgandim, o'shanda qo'shnilarimiz, bolasi yo'q keinlar yon'oq tashlab duo qilib, sumalak kovlashgandi. Va sumalakni "Siz"lab gapirishgandi. Men o'shanda ham ularga qarshi chiqqanman. MAhallamiz keksalari meni beodoblikda ayblashgandi. Onamdan ham rossa gap eshitgandim. Men bunda hech qanday niyat qilmagandim, faqat, qanday qilib oddiy bug'doydan bunchalik shirin taom qilinadi, yana 24 soat davomida pishiraladi-ya, deb o'ylagandim.


33. Savol: Farzand tarbiyasi juda ma'suliyatli, juda yoqimli, maroqli, shu bilan birga jiddiy masala. Siz farzandlaringiz tarbiyasida birinchi navbatda nimaga e'tibor berasiz? Bola tarbiyasida nimalar, qanaqa munosabatlar (bola bilan) salbiy va ijobiy ta'zir ko'rsatishi mumkin?

Javob: Farzand tarbiyasida, asosan farzandlarimni o'ynaydigan o'rtoqlariga va sinfdoshlaridan qaysilari bilan yaqinligiga ahamiyat beraman. Va yana, tarbiyada eng asosiysi, ota-onaning gapi bir xilda chiiqshi deb o'ylayman. Chunki bir mavzu haqida ota boshqacha ona boshqacha fikr bildirsa, bolaga juda qiyin bo'ladi, chunki otaniki to'g'rimi, onaniki to'g'rimi, ular farqlay olisholmaydi. Shuning uchun, ota gapirgan gapga, agar u to'g'ri bo'lsa labatta, ona qarshilik qilamsligi, onaning gapiga esa ota qarshilik qilmasligi lozim.
Keyin farzandiginzga bir ishni yoki amalni yoki ilmni o'rgatsangiz, bunda  birinchi bo'lib o'zingiz to'g'ri bo'lishingiz kerak. Chunki unga bergan odoblaringizda o'zingiz sobit bo'lmasangiz, bu bolaga sabiy ta'sir qiladi. SIzni yolg'onchi deb o'ylaydi va shunday qilsa bo'larkan, deb u ham sizni izingizdan ketadi. UNga ibrat bo'la olishingiz, har narsada, albatta, bu ijobiy natija beradi,InshaAlloh.


34. Savol: Sizning hayot yo'lingini belgilab bergan 3 ta hadis?

1."Albatta, barcha amallar niyatlariga bog'liqdir".
2."Kimki o'ziga yaxshi ko'rgan narsasini, boshqa bir musulmon birodariga yaxshi ko'rmagunicha, komil mo'min bo'lolmaydi".
3."Qaysiki ayol, besh vaqt namozini o'qisa, Ramazon ro'zasini tutsa va eriga itoat qilsa, Jannatni xohlagan eshigidan kiradi".
PS:Uchinchi hadis, menga oilamni izga solishga, hamma havas qiladigan oila darajasiga ko'tarishimda juda katta yordam bergan. Barcha muslimalarga shu hadisni, o'zlarini hayotlariga tadbiq etishlarini maslahat berardim.
Alloh barchamizni O'zining eng sevimli bandalari qatorida qilsin. Amiyn.


35. Savol: Siz doim o'qib yuradigan 3 ta duo?

Javob: 1."EY, ROBBIMIZ, USTIMIZDAN SABRU TOQAT YOG'DIRGIL, QADAMLARIMIZNI SOBIT QIL VA BIZNI BU KOFIR QAVM USTIGA G'OLIB QIL!!!" (Baqara/250/)
2."ALLOH HECH BIR JONNI TOQATIDAN TASHQARI NARSAGA TAKLIF QILMAYDI.HAR KIMNING QILGAN YAXSHI AMALI O'ZI UCHUNDIR VA YOMON AMALI HAM O'ZINING BO'YNIDADIR. ROBBIMIZ, AGAR UNUTGAN YOKI XATO QILGAN BO'LSAK, BIZLARNI AZOBINGGA GIRIFTOR AYLAMA! ROBBIMIZ, BIZLARNI ZIMMAMIZGA BIZDAN ILGARI O'TGANLARNING BO'YINLARIGA QO'YGAN YUKINGNI YUKLAMA! RABBIMIZ, BIZLARNI TOQATIMIZ YETMAYDIGAN NARSAGA ZO'RLAMA! BIZLARNI AVF ET,(GUNOHLARIMIZNI)MAG'FIRAT QIL,(HOLIMIZGA) RAHM AYLA! O'ZING XOJAMIZSAN! BAS, BU KOFIR QAVM USTIGA O'ZING BIZNI G'OLIB QIL! (Baqara/286/)
3."ROBBIMIZ, BIZNI HIDOYAT QILGANINGDAN KEYIN - ENDI DILLARIMIZNI HAQ YO'LDAN OG'DIRMA VA BIZGA O'Z XUZURINGDAN RAHMAT ATO ET! ALBATTA, SENGINA BARCHA YAXSHILIKLARNI ATO ETGUVCHISAN!"(Ol-Imron/8/)

Qayd etilgan


shoir  30 Mart 2009, 15:38:16

Diydor opaga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Farzandlaringizni qaysi sahobaga o'xshashini istardingiz? (O'g'il bo'lsa qaysi sahobiyga, qiz bo'lsa qaysi sahoibiyaga)?

Javob: Og'illarimda hazrati Abu-Bakrni sizddiqlik ,Umar raziallohu anhuni shijoatlari,Abdurrahmon ibn-Avfni diniy bag'rikengliklari va Salman Forsiyni sabrlari jamlanishini duo qilaman.Qizlarimni Hadicha onamizdek bag'rikeng va Oisha onamizdek zakiy va Fotima onamizdek fasohatli bo'lishlarini duo qilaman.


2. Savol: Farzandlariga kerakli tarbiyani bermay turib, bolalari voyaga yetganida ularni mehrsizligidan shikoyat qiliadigan ota-onalar haqida qanday fikrdasiz?

Javob: Farzand tarbiysai..... qiyomat yaqinlashib borgani sari juda mashaqqat va qiyinchilik bilan davom etadigan jaroyon.Qiyomatga yaqin farzand tarbiya qilish koppak tarbiya qilmakdan og'ir degan mazmundagi hadisni ilk bora o'qiganimda farzandlarim kichina va kozlarimga qarab turadigan vaqtlar bo'lgani sabab hayron bo'lgandim.Alhamdulillah hozirda islom ne'mati bilan tarbiya topayotgan bo'lsalarda ularni tashqi muhitdan ,ba'zida biz ota-onalardagi nuqsonlardan ibrat olib qilayotgan muomalarini ko'rib hech bir ota-onaga oson tutmayman.Lekin dunyo va ohiratdan umid qilgan inson farznadlar bilan qanchalik kop mashg'ul bo'lsalar shuncha kamlik qilayotganini sezadilar.Farzandlar bizlarga Allohdan omonat shunday ekan ularni solih inson bo'lmaklari uchun charchadim demay harakat qilmog'imiz juda zarur.Bu yo'lda bir lahza e'tiborsiz qolsangiz hammasi bekor ketishi juda oson ekan.Vaqtida farzandlari bilan tarbiya borasida hamma ham mashg'ul bo'ladi lekin shunday vaqtlar bo'ladiki inson bandaligi sabab chalg'ib qoladidalr ozgina vaqtga va shu sabab bolalardagi o'zgarishni payqay olmay hayotda yutqaiz qo'yilar ekan....Allohim umid bilan farzand tarbiya qilayotgan har bandangni o'zing arosatga tashlama!!!


3. Savol: Hijobdan Alloh farz qilgan libos sifatida emas, niqob sifatida foydalanayotganlarga munosabatingiz? Shunaqalarni qanchalik zarari bor deb o’ylaysiz?

Javob: Bunday qizlar chin mo'mina muslima qizlarni naqadar ayanchli holatga soladilar!!! Hozirda O'zbek qizlari orasida hijob kuyov topish kiyimiga aylanib qolayotganini eshitib yuragim og'riydi.Albatta hijoblilar orasidagi bunday ayol qizlarga qarab hamma mo'minalarga birdek baho berayotgan insonlarga achinaman halos.CHunki o'zlarini zamonaviy va madaniyat timsoli deb bilgan ikkita ba'zida uchtalab oliygohlarni imtiyozli diplomlarga tamomlagan hulqi buzuq ayollarga qarab barcha hijob ne'matiga erishmagan ayollarni malomat qilmaganimizdek kochadegi havaskor hijoblilarga qarab mo'minalarni malomat qilguvchilar qattiq pushaymon bo'ladilar.Fitna va nafs botqog'idan o'z nafslarini malomatlarga burkamay yashayotgan birodar ayollarga Alloh hayrlik natija bersin.!!


4. Savol: So'nggi paytlar nimadan xavotirdasiz?Sizni nima tashvishga solyapti?

Javob: Hozirda eng kop tashvishga va oy'lanishimga sabab farzandlarim tarbiyasi. Va mo'minlarni birlasha olmasliklari,ilm kop lekin amal yoqligi birodarlar orasida ham g'iybat, bohton, kibr va manmanlik kabi sifatlar chuqurlashib borayotgani.Eng ayanchlisi omonat juda noyob va nodir sifat bo'lib borayotgani!


5. Savol: O'zini musulmonman degan bir ayol kelib, sizni yoki ro'mol o'ragan muslimalarni yomon ko'rishini aytsa, unga qanday javob berasiz?

Javob: Juda qiziq savol avvallari koplardan eshitardim meni  e'tiqodim sabab yomon korishlarini lekin o'sha yomon korguvchilar bilan bir davrada o'tirishga tog'ri kelib qolsa bilintirishmasdi.Hozirda bundaylar safiga birodar erkaklar ham qo'shilganlar .Bunday holatda usoz alloma aytganlaridek haqqa ergashganlarga emas balki HAQni O'Ziga ergashib tilimni saqlashni zarur deb biladigan bo'ldim(albatta boshida besabrlik qilib javob berardim,lekin natijasi ko'rinmagach sabr va skut afzalligini ko'rdim) .Birodar ayollar haqida gap bo'layotgan davrada bo'lsam agar o'sha ayolni yahshi sifatlari gapirilsa qo'shilaman ,fe'lidagi nuqsonlari gapirilsa davradagilar o'zimdan yosh bo'lsalar tohtataman.Agar davradagilar yoshi katta ayollar bo'lishsa suhba mavzusini boshqa tomonga chalg'itishga harakat qilaman va orada suhbatdosglarga malol kelmaydigan tarzda imkon qadar kamchiligi gapirilayotgan birodarni yahshi hulqini aytib o'taman.Agar mo'minani aziz kiyimi ro'mol haqida yomon korishni gapirsalar kim bo'lishidan farqi yoq muomala ohangiga moslab ayolni kafanlangan holatini va bu holatga har qanday ayolni romollik ayollar "kiyintirish"larini eslatib o'taman.Inson qanday kiyim kiyib yashab o'tsa ham ohiratga muslimaman deb davo qilgan ayollarni muslimalarga hos kafanda yuboramiz.Bunday kafanda romol albatta shart!!Va hayotida romolga qarshi bolgan "qalbida Allohdan qorquv bolgan"ayollarga ham shu kiyimni ravo koramiz,chunki kafanni sharti bo'lgani sabab!!Aslida ularni hayotdagi kiyimlari va qalblarida bo'lgan sirlardan Alloh voqif bo'lgan.

Qayd etilgan


shoir  30 Mart 2009, 15:41:10

Diydor opaga berilgan savollarga javoblar:

6. Savol: Sizga hech kelgindiga qilingandek munosabat bildirilganmi? Bu paytda nima qilgansiz?

Javob: Bunday muomala ba'zi Toshkentlik insonlar tarafidan uchrab turadi,achinarlisi o'zlarini ilm ahlidan deb bilguvchi o'z ta'birlari bilan aytganda" kitob ko'ra oladigan" birodarlar tarafidan qishloqlarda yashovchi birodarlarga nisbatan kamsitilgan muomalani guvohi bo'laman ba'zi hollarda.O'zimga nisbatan bunday muomalaga juda kam uchraganman e'tibor bermaslikka harakat qilaman.Alhamdulillah hozirda yashab turgan joyimda bunday muomalani umuman uchratmadim.Balki yerli halq bilan islomiy birodarlikni kop his qilgan holda muomala qilamiz.


7. Savol: Islomiy tarbiya olib ulg'aymagan, islomdan habari bo'lmagan insonni qilgan kamchiligidan ranjish, uni tanqid qilinishiga munosabatiz?

Javob: Islomiy tarbiya olib ulg'aymagan lekin hayotida iymon halovatini topgan birodarlarni hurmatlash kerak.Inson hatolardan holi emas bordiyu bunday birodarlardan hato ko'rilsa kopchilik ichida gapirilmay alohida ohista malol kelmaydigan qilib tushuntirish kerak.Lekin bu birodar hayotda avval ogohlantirilgan nuqsonni qayta korilsa o'sha birodarni foydasi uchun kopchilik orasida ham malol kelmaydigan tarzda tushuntirish kerak,zero kopchilikdan hayo qilgan birodar o'z nuqsonini tog'rilashga harakat qilishini umid qilgan holda.


8. Savol: Vatanni sevish deganda nimani tushunasiz?

Javob: Musofir bo'lmagunimga qadar mo'minga iymoni barkamol bo'lgan makon vatan bola oladi degan tushunchada edim...Lekin hozir yurtdan uzoqda bu fikrim butunlay bo'lmasada qisman o'zgargan.Inson qaerda bolsa ham tug'ilib o'sgan joyini qo'msab unga talpinishiga guvoh bo'lmoqdaman.Balki mana shu his vatan sevgisi bo'lsa kerak..(bu mening fikrim)


9. Savol: Muslima a'zolaridan hech xafa bo'lgan paytlariz bo'lganmi? Nima uchun?

Javob: Internetda juda kop islomiy forumlarni kuztib kordim.Ba'zilaridagi mo'mina va muslima ayollarni gohida suhbat mavzulari,gohida muomala olib borish tartiblari yoqmagan.Lekin alhamdulillah bu forumda hususan Muslima bo'limida qizlar madaniyat ,iltifot va nazokat bilan suhbat olib boradilar.Bu singillarimni hali hech birlaridan hafa bo'lmaganman.InshaAlloh keyin ham bu muomala tartibi yo'qolmaydi deb umid qilaman.


10. Savol: Farzand tarbiyasi uchun ularga ba'zan qattiqqo'llik qilish mumkinmi yoki doimo yaxshi so'z bilna tushuntirish afzalmi?

Javob: Farzand tarbiyasidan murakkab ish yoq ekanligiga chin ma'noda tarbiya bilan mashg'ul bo'lgan insonlar amin bo'ladilar.Mening fikrimcha farzand tarbiysaida hadislardan chetga chiqmay gohi yahshi so'z gohida qattiqqo'llik bilan hatto qulga muomala qilgandek qattiqlik qilishga ham tog'ri kelarkan.Albatta bunday qattiqlik onalar tarafidan bo'lgani afzal deb bilaman.CHunki har bir inson tabiatan onasiga yaqinroq bo'ladi.Onalarni qahri bolalarda tezroq unutiladi,qolaversa otalar qattiqqollik qilsalar albatta ayollik sifatlari bilan onalar oraga tushib bolaga aks ta'sir qiladi.SHu sabab bolalar tarbiysai bilan koproq onalar shug'ullansalar maqsadliroq bo'ladi.Erkaklar ayollarni tarbiya qilganlaridek inshaAlloh farzandlari tarbiyasida ko'zlangan maqsadga yetadilar deb o'ylayman.

Qayd etilgan


shoir  30 Mart 2009, 15:41:29

Diydor opaga berilgan savollarga javoblar:

11. Savol: Bitta javobni tanlang: Farzand uchun otaning tarbiyasi eng muhimmi yoki onaning? Qaysi biriniki ustunroq va nima uchun?

Javob: Farzand uchun ham ota ham onani tarbiyasi juda zarur.Lekin farzandlarga onaning tarbiyasi va ayollarga erkakning munosabati juda muhim.CHunki bolalarning eng kop vaqtlari ona bilan o'tadi demak onalar koproq ma'ul bo'ladilar.  (albatta bu mening fikrim)


12. Savol: Farzandlariz bormi, eng kottalarini yoshi nechada?

Javob: Ha Alhamdulillah farzandlarim bor. Eng kattalari islom hukmi bilan balog'at yoshiga yetganlar.


13. Savol: Farzandlaringiz sizga sovg'a qilishadimi? Nimani sovg'a qilishgan?

Javob: Alhamdulillah farzandlarim sovg'alar qilishadi har birisi o'z imkoniga qarab.CHunki ular hali hukman balog'atga yetgan bo'lsalar ham yoshlari kichik.Lekin kata o'gilcham o'z imkoniga qarab insonlarga sovg'a ulashmakni juda yahshi ko'radi.Sovg'alari asosan payg'ambarimiz S.A.V.ga sevimli bolgan narsalar misvak ,atir shunga o'hshash narsalar.


14. Savol: Eshitishimcha Misrda ayollar ham hayit namoziga chiqshar ekan. Tartibsiz bo'lib ketmaydimi? Ayollar qayerda namoz o'qishadi va qanday tarqalishadi?

Javob: Uzr, bu savolga aniq javob bera olmayman.CHunki men namozlarni uyda o'qiyman.Lekin  eshitishimga ko'ra barcha arab davlatlarida ayollar namozga masjidlarga bemalol chiqisharkan.Masjidlarda esa ayollar uchun alohida joylar mavjud bo'larkan.

15. Savol: Musofir yurtda ham arafa kuni osh pishirib qo'shnilarga tarqatasizlarmi?

Javob: Yoq biz yashab turgan yurtda yerlik halq shirinlikni koproq iste'mol qilganlari sabab shirinliklar pishirib tarqatamiz.Eng qizig'i bu odatdan bizlar voz kecha olmagandek qo'shnilar hayralanishlarini berkitmaydilar.


16. Savol: Erkak kishidagi (iymonsizlikdan tashqari yana) qaysi jihat sizni ko'nglingizni qoldirishi, o'sha erkak kishini hurmat qilmasligingizga sabab bo'la oladi?

Javob: Erkak kishidagi kop gapirishlik ,hotinini aytgan gapi bilan ish tutishlik,begona ayollar haqida nima  bo'lsa ham o'zi bilmagan gaplarni gapirib yurish sifatlarini juda yomon ko'raman.Eng yoqmaydigani mayda gap erkaklar,chunki bu sifat bilan hamma yomonlikni qilishi mumkinligini hayotimda juda koop ko'rganman.


17. Savol: Odatda inson oddiy nutqda ayta olishga qiynaladigan gaplarini yozsa, yaxshiroq ta'sir qiladi deyishadi. Siz bunga qanday qaraysiz? She'r ham yozib turasizmi?

Javob: Manim fikrimcha inson nutqda chiroyli va mazmunli gapira olsagina ta'sirli yoza oladi.Yozganlarida insonni kongil oinasi va nutq madaniyatini koraman.Yozgan fikrlariga qarab insonni tabiatiga baho berishga harakat qilaman avvaldan.SHeriyatga unchalik ham qiziqmayman.Nasriy narsalar koproq qiziqtiradi.Lekin H.Hamidov she'rlarini o'qib rohat va fikr olaman.O'zim yozmayman.


18. Savol: Zamon Islomga moslashadimi yoki Islom zamonga moslashadimi, degan savolga qanday javob bergan bo'lardingiz?

Javob: Men uchun zamon islomga moslashgani afazal.SHunday muhitda yashshash osonroq deb bilaman.

Qayd etilgan


shoir  30 Mart 2009, 15:45:41

Muslimaga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Eng yaxshi ko’rgan kitobingiz?
Javob: Ahmad Lutfiyning "œSaodat asri qissalari".


2. Savol: Sevgan yumushingiz nima?

Javob: Ilm olish, kitob o'qish, forum.ziyouz.com ga kirish. Agar uy ishlarini nazarda tutgan bo'sez: ovqat qilishi, kir yuvish :D


3. Savol: Yashash tarzingizdan qoniqasizmi?

Javob: Alhamdulillah, hozirgi yashash tarzimdan qonqyapman. Agar qoniqmasam noshukurlik qilgan bo'laman, shunisiga ham shukur! :)


4. Savol: Sizni eng ko'p yig'latgan hadis qaysi?

Javob: Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: "œMen Rasululloh sallallohu alayhi vassallamdan eshitganman: "œKimniki ikkita farzandi voyaga yetmagan vaqtda vafot etsa, o’sha farzandlari tufayli Alloh uni Jannatga kirgizadi", dedilar. Shunda Oisha roziyallohu anho so'radilar: "Yo Rasululloh kimni bitta farzandi vafot etsachi? Uni holi nima bo'ladi?"
Rasululloh sallallohu alayhi vassallam: "Unga ham huddi shu va'da bor" dedilar. Shunda Oisha roziyallohu anho aytdilarki: "Yo Rasululloh kimni-ki umuman farzandi vafot etmasachi? U qanday Jannatga kiradi?"
Rasululloh sallallohu alayhi vassallam: "Unday kishilarga men o'zim ZAHIRAMAN! Chunki ummatim uchun farzandini yo'qotishdan ko'ra mendan judo bo'lishlik, ummatim uchun achchiqroq, alamliroq" dedilar.


5. Savol: Bizga ma'lumki, Islomda oilaning moddiy ta'mini erkak kishining zimmasida. Siz turmushga chiqqaningizda bu tomondan turmush o'rtog'ingizga yordam bergan bo'larmidingiz? Yoki uni topganiga sabr va qanoat qilarmidingiz?

Javob: Manimcha oilani ustuni, moliyaviy manbai erkak kishini bo’ynida bo’lishi shart!
Rasululloh sallallohu alayhi vassallam: "œAlloh taolo farz qilgan amallarni bajargan va erini rozi qilgan ayol Jannatning istagan eshigidan kiradi" deb marhamat qilganlar. Agar turmush o’rtog’imni roziligiga erishishimda sabr zarur bo’lsa albatta sabr qilaman, topganiga qanoat qilaman. Albatta har bir musulmon va muslima kabi mani ham Alloning Jannatidan umidim bor"¦

Qayd etilgan


shoir  30 Mart 2009, 15:48:06

Muslimaga berilgan savollarga javoblar:

6. Savol: Sizningcha mo'min o'zi haqidagi maqtovni eshitganida nima qilishi lozim?

Javob: Alloh taolo Ramazoning eng hayrli kechasida ilm ahli bilan birga bu kechani kutish baxtini nasib qilgandi. Shunda ilm talabidagilarni mehmon qilgan uy mezboniga (Alloh taolo shu insondan rozi bo'lsin), hammani mehmon qilganligi, iftorlik va saharlikka tansiq taomlarni qo'yganligi va boshqa hislatlarini maqtashdi. Shunda uy egasi "Maqtov yo'lg'iz Alloga, duo qilsangiz bo'ldi" dedilar. Manimcha haqiqiy musulmon bandani maqtovga munosabati shunaqa bo'lishi lozim, vallohu alam. Bu mani fikrim :)


7. Savol: Sizning fikrlaringizni tubdan o'zgartirgan, sizni umuman boshqa olamga yetaklagan hikoya, qissa yoxud maqola qaysi?

Javob: Bitta alohida hikoya, qissa yoxud maqolani ayta olmayman, chuki bunaqa hikoya, qissa yoxud maqolalar ko'p bo'lgan. Asosan "Musulmonlar taqvimi", "Hilol", "Irfon" taqvim kitoblaridagi, "Hidoyat" jurnalidagi va bir paytlar chiqqan "Odamlar orasida" gazetasidagi  hikoya, qissa, maqolalarni o'qiganda shunaqa bo'ladi.


8. Savol: Tasavvur qiling, siz bir kishi bilan tortishib qoldingiz. Unga hech yuragingizdagi gaplarni tushuntirib berolmayapsiz va bundan juda qiyin ahvolga tushib qoldingiz. Shunda qanday yo'l tutasiz?

Javob: Opajon, shunday holga tushganman. Alloh qodir qilganicha qalbimdagini tushuntirishga harakat qilaman, agar o'sha vaqtda tushunishga ojizlik qilsa bir oz vaqt o'tgach yana harakat qilib ko'raman. Shunda ham tushunmasa Allohni o'zi o'sha insonga tog'ri yo'l ko'rsatishini so'rayman, va u bilan ortiq tortishib o'tirmayman.


9. Savol: Muslima bo'limi faoliyatidan mamnunmisiz?

Javob: To'grisini aytaman, bo'lim moderatori sifatida hafa bo'lmaysiz degan umiddaman. :)
Oldingi Muslima bo'limi bilan hozirgi Muslima bo'limini farqi bor. Hozir bo'lim ancha zerikarli, sababi ko'pchilik kamnamo. Man uchun Muslima bo'limi qadrdon bo'lib qolgan, bo'limdagi har bir birodarimni yaxshi ko'raman. Bu bo'limni faoliyatini yaxshimasligi mani tashvishga soladi. Agar hozir forumdagi muslimalar yaxshiroq harakat qilsak, Muslima bo'limimizni oldingi go'zal holidanda go'zalroq holatga keltira olamiz, inshaolloh! Bunda albatta sizni hissangiz katta! : )


10. Savol: Sizni bu hayotingizda  eng katta qilgan hatoyiz va eng to'g'ri tanlagan yo'lingiz?

Javob: Xatolarimni Alloh  biladi, Alloh ularni yashirgan, man ularni oshkor qilishim yaxshimas! So'nggi nafasimga qadar qilgan hatolarimga tavba qilib ulgurib olsam bo'ldi. Alloh tavbalarni qabul qilguvchi Zot! Allohni rahmatidan umidim bor albatta!
Tanlagan eng to'g'ri yo'lim esa Alloh taolo O'z inoyati ila manga ko'rsatgan Haq yo'ldir! Alloh hammamizni O'zini Haq yo'lida bardavom qilsin!

Qayd etilgan