Muallif Mavzu: Savolu-javob. ("Forumdoshdan forumdoshga savollar" arxivi)  ( 94900 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Savolu-javob. ("Forumdoshdan forumdoshga savollar" arxivi)
« Javob #105 : 07 Dekabr 2009, 09:49:08 »
Imlaahga berilgan savollarga javoblar:

3. Savol: 1. Jamiyat hayotida yuz berayotgan va ayni paytda sizni tashvishga solayotgan erkaklarning 3 ta muammosi? Nima uchun sizni tashvishga solmoqda?
2. Jamiyat hayotida yuz berayotgan va ayni paytda sizni tashvishga solayotgan ayollarning 3 ta muammosi? Nima uchun sizni tashvishga solmoqda?

Javob: 1.Jamiyatda erkaklarning eng tashvishli muammosi:
a) Dayuslik
b)Dangasalik va Hudbinlik
c)Mayda gap va g'iybatchilik
2.Ayollarning jamiyatdagi muammolari:
a) Behayolik (bu jumlada juda kop sifatlar jamlangan)
b) "Erkaklikka" intilishlari
c) Ayolikdan osongina o'z hohishlariga ko'ra voz kechayotganlari.


4. Savol: Turmushga chiqishni taklif qilishyapti, biri ilmli, ziyoli siz istagandek ammo ikkinchilari buning aksi-yu lekin namoz o'qishni, islomiy tarbiyadagi oila muhitda farzandlarini ulg'aytirishni ayni shunday tarbiya ko'rgan jufti haloli deb sizni munosib ko'rib tanlamoqchi, ota-onangiz hohishni sizga bergan, ilmni o'rgatish savob umidida islomga endi qadam qo'ymoqchi bo'lgan insonga turmushga chiqish taklifiga rozilik berarmidingiz yoki ziyoli insonga?

Javob: Avvalo bu hayot juda murakkab va shu bilan birga juda yengil ham.Qachonki oila atalmish kichik bir jamiyyatda dunyoqarashingiz va yashash tarzingiz o'zingiz istagan inson bilan bo'lsa bunda hayot yengilroq undagi sinov va mashaqqatlar u qadar og'ir bo'lmaydi deb o'ylayman. Yashaydigan insoningiz bilan o'ylaringiz va fikrlaringiz turli bo'lsa menimcha bunda yengil sinovlar ham mashaqqatli ko'rinadi.
Men albatta ziyoli va o'zimga boshqaruvchi bo'ladigan insonni tanlaganman hayotda.Ayol kishi hech qachon hayotda o'zim yordam beraman deb ishonch bildirmagani yahshi.Oila va hayotda ayol ham erkak ham o'z o'rnida bo'lgani ma'qul.Shu sabab har jihatdan erkakni yuqorida bo'lgani afzal.Hatto ilm va ahloqda ham.


5. Savol: Farzandni haqiqiy Islomiy tarbiya olishida eng birinchi nimaga ahamiyat berish lozim?

Javob: Menimcha hamma narsada hayrli oqibat halol luqma bilan boshlanadi.Luqmani halolligi juda ko'p yahshilikka insonni erishtiradi.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Savolu-javob. ("Forumdoshdan forumdoshga savollar" arxivi)
« Javob #106 : 07 Dekabr 2009, 09:49:22 »
6. Savol: Tasavvur qiling: Sizga tanish bo'lgan bir qizga sovchilar keldi. U qiz siz va oilangizga yaqin, lekin sizga yoqmaydigan ba'zi kamchiliklari bor. Sovchilik deyarli hal bo'lish arafasida. Shu paytda sizdan o'sha qiz haqida surishtirishdi. Agar siz qizning kamchiliklarini aytsangiz, siz aytganingiz haqidagi xabarni ular qizning ota-onasiga ham yetkazadigan, ham bu bilan uchala tomonda ham qarindoshlik rishtalariga putur yetadiganday. Agar aytmasangiz vijdoningiz qiynaladi.
Qanday yo'l tutasiz?

Javob: Savol uchun rahmat juda nozik ayni vaqtda mening qalbimni o'rtaguvchi savolni beribsiz.
Bunday vaziyyatga tushgan edim.Qizni oilasi menga yaqinroq va har ishda faol edi.Ota -onani biroz hayot tashvishlari ko'pligi sabablimi yoki boshqa sabab bilanmi qizlaridagi juda katta o'zgarishni ilg'ashmasdi.Qiz esa balog'at yoshiga yetgani sababli oilaviy hayotni ko'ngli hohlardi,balki shu sabab balki balog'at yoshidagi hislari sabab asli islomni yahshi anglasa ham turfa yigitlar bilan "sevgi" munosabatlarini boshlab yuborgan edi.Qizlaridagi bu o'zgarishni atrofda deyarlik hamma bilsada ota onaga negadir sezilmasdi.Shu sababli bu qizga kelgan "haridorlarga" qizni ba'zi nuqsonlarini berkitib o'g'illari yoqtirsa tarbiyalab olishlari mumkinligi haqida so'z aytgan edim.Alloh har bandani o'ziga munosib inson bilan juftlaguvchi Qodir zot.Bu ikki juftlikni juftlamadi.Taqdirni qarangki qizni oilasi yigitdan nuqson topganlarida qizlaridagi bu yigitga bo'lgan istakni bilganim va qizni iltimoslari sabab qizni onasiga ham chiroyli so'zlar aytib bu ikki yoshga rozilik berishlarini men so'ragan  edim.Yigitdagi islomni o'rganishga bo'lgan intilish qiz bilan turmush va oila hususida jiddiy suhbatda qizdagi istakka aks bo'lib chiqdi va bu ikki yosh juftlashmadi.Bu orada qizni yaqindan bilgan ba'zi birodarlar menga ta'na qildilar bu qizdagi nuqsonni bilib turgan holingizda oilasi bilan juda yaqin bo'lganingiz sababli nuqsonni berkitib yolg'on guvohlik beryapsiz Allohdan qo'rqing deb.Shunday holatda birodarlarga quyidagi javobni bergan edim .Bu qiz mening yaqinlarimdan bo'lgani uchun emas balki qiz turmushni hohlayapti ota onasi kelgan sovchilarni tanlab qizlarini istaklarini tan olmayaptilar.Qizning fikru hayoli oila qutishda buni hech kimdan berkitmay qo'ydi shu sabab halol nikoh bilan oilalik bo'lsa inshaallah qiz o'zini tartibga solib oladi degan umidim bor halos.
Alloh bu yoshlarni shunchalar intilgani bilan shariatni toptab uchrashib ,so'zlashib o'tkazgan vaqtlarida sezdirmagan hislatlarini halollikka ilk qadamni bosganlaridayoq sezdirib ogoh qilib qo'ydi.Alloh qandayin adolatli Zot.
Bu ishdan men uchun hulosa bundan keyin har qanday holatda kim bo'lishidan farqli oila masalasida keyin to'g'rilanib ketar degan hulosa qilmasligim bo'ldi.
Ya'niy Allohdan hayo qilmay shariatni bilib turib toptashga botina olgan har qanday inson keyin ham to'g'rilanmasligi muqarrar bo'lsa kerakki Alloh har kimni o'ziga munosib insonga juftlarkan.


7. Savol: Sizga o'zini yaqin oladigan "birodar"laringiz ham tuhmat qilgan hollari bo'lganmi?
Bunaqa holatda o'zingizni qanday tutgansiz?

Javob: Bunday holatga dastlab bundan o'n yillar muqaddam uchraganimda turmush o'rtog'im o'sha "birodarim" bilan aloqlarni Assalamu alaykumdan boshqasini bas qilishga buyurganlarida hayron bo'lgandim.Nahot birodarlar orasida shunday holat yuz bersa deb ko'p vaqt o'ylanib yurganman.Hayot umr o'tgani sayin unda turfa voqeliklarni ko'rib ba'zilarida ishtirok etib o'rganib hulosa qilinar ekan.Keyinchalik bunday "birodalar"ga  juda ko'p bora uchradim.Orada uchragan har qanday tubanlikka va nizoga sabab avvalo o'zimni haddi harakatimni ,muomalamni tekshiraman.Hulosani o'z amalimdan chiqazib shu "birodar" bilan faqatgina salom alikni qoldirib boshqa har qanday muomalamni bas qilaman.


8. Savol: Hozirda din insonning qalbida bo'lishi kerak,tashqarisida emas-degan gaplarni ko'p uchratamiz.
" Hijob o'rash shart emas,Alloh qalbimizdaku,hijob o'rab olib,jirkanch ishlarni qilayotganlar qancha.Biz ro'mol o'ramasak ham,bunaqa ishlar qilmaymiz.Hijob o'radingmi uyda o'tir."-deydigan ayollarga javobingiz qanday bo'ladi?

Javob: Umuman o'hshatishlik nojoiz bo'lsada men bu holatni huddiki qo'lida "qizil diplomi" bor inson biror korhonaga borib mening bu sohada malumotim oliy ishoning deb tilida aytib qolidagi hujjatni ko'rsata olmaydigan holatga taqqoslab ko'rishni maslahat bergan bo'lardim. Bugungi kunda jamiyyatda qo'lingizda sizning malumotingizni "tasdiqlovchi bir parcha qog'oz" bo'lmasa aqlingiz hargiz tiniq bo'lsa ham sizni oliy malumotli mutahasis sifatida tan olmaydilar.Yana bir fikr shu "hijob kiyib olib har hil buzuqliklardan saqlanmay yurganlar" deb malomat qilguvchilar qo'llarida nufuzli oliygohni nufuzli "diplomlari" bo'lgani holatda o'zlarini jamiyyatni ziyoli va madaniyyatli qatlami hisoblaydilar.Bu "madaniyyat va ziyo sohiblari" buzuqliklarni bemalol qilsa mumkin ekanmi? Bir opadan ko'p eshitardim "inson Allahni buyruq va hukmlarini ba'zilariga tobe' bo'lib imkoni qadar amalga harakat qilyapti degani bu o'sha insonni hato ,nuqson,kamchiliklaridan umuman ozod qiladi degani emas.Inson o'z nomi bilan gunohkor va unutguvchi shundayligicha qoladi "deb ko'p ta'kidlar edilar.O'sha siz aytgandek "romol oramasalar ham qalblari pokiza" bo'lgan ayollarni qollaridagi diplomlarini ko'rmaguncha oliy malumotli ekaniga shubha qilgandek "qalblarini pokizaligiga ham bemalol shubha qilinsa joiz" degan hulosa chiqadi.Huddiki ular hijoblik muslimadan shubha qilganidek ....
Hijob o'ragan ayolni uyda o'tirishiga kelsak jamiyyatda harom va nifoqqa aralashmagan holatda o'z ustida ishlashiga imkon beradigan joylarga hijoblik muslima borib ishtirok etishi afzal deb bilaman.Chunki u ayol kiyimidan farqli avvalo ona, demak farzand tarbiyalaydi.Hijob va islomga taslim bo'lgan bo'lsa ummatni tarbiyachisi hisoblanadi.Bu ummatga esa ilmlik,bilmdon,fikrlaguvchi insonlar zarur.Bunday farzandni ONAlar tarbiya qiladilar...


9. Savol: 1. Oilani mustahkam qiladigan omillar nimalar deb o'ylaysiz?
2. Yigit ona va umr yo'ldoshi orasidagi muvozanatni saqlashi uchun nimalarga e'tibor berishi kerek deb o'ylaysiz?
3. Yigit o'ziga umr yo'ldoshi tanlayotganda nimalarga e'tibor berishi kerak.
4. "Onasini ko'rib qizini ol" ma'nosini ifodalovchi maqolga munosabatingiz.

Javob: 1. Oilani mustahkam bo'lishida mening fikrimcha oila sohiblarida quyidagi sifatlar zarur .Allohdan va insonlardan hayo qila bilishlik va ishonch.
2.Yigit ona va ayoli oralaridagi muvozanatni saqlashi uchun sadoqat zarur.Sadoqat avvalo ona uchun saqlanishi kerak.Har qanday holatda har qanday sharoitda ham onalar farzandlari uchun sadoqat bilan mehr bera oladilar.Balki shu mehrda meyordan oshib ketishlariga sabab ham sadoqat sifatidan bo'lsa ajab emas.Yigit kishi oilasiga qanday munosabatda bo'lsa kelinchak ham huddi shu uslubda muomala qiladi.Yigit beparvoroq bo'lsa kelin undan ko'proq beparvo bo'lishi hayotda juda ko'p kuzatilgan.Onalarni qalbi og'rimasligi uylangan yigitlarning aka uka opa singillar bilan muomalasidagi mehr oqibatning darajasiga ham bog'liqligini unutmagan holda muomala qilishi zarur.Qaysiki ona kelichak va o'g'ildan boshqa farzandlariga nisbatan hurmatsizlik ko'rmasa va sezmasa bu yosh oilani ham behurmatlik va bemehrlikdan asrashga joni bilan harakat qiladi.Demak yigitga ona va ayolni muvozanatda bir hil muomala qila olishi uchun Onaga ko'proq va kuchliroq e'tibor lozim.O'glidan o'ziga bo'layotgan e'tiborni hech qaysi ona suistemaol qilmaydi va uni qiynamaydi.
3.Umr yoldoshi tanlashda mening fikrim yigitga ham qizga ham muhim sifatlar: Hayo,shijoat,ilm , va yigit yoki qiz ulg'aygan oilada luqmaga qay darajada e'tibor berilganini kuzatgan bo'lardim. Inshaallah bu sifatlar bilan ulg'aygan inson farzandlariga yomon hulqli ota yoki ona tanlamasligi aniqroq...
4.Bu maqolga tayanish mumkin deb o'ylayman.Har qanday qiz farzandda onalarining sifatlaridan ma'lum sifat shakllanadi.Qolaversa yosh oilani mustahkam bo'lishida onalarni alohida o'rinlari bor.


10. Savol: Hozirgi kunda sizni o’ylantiradigan eng dolzarb muammo qaysi?

Javob: Hozirgi kunda eng ko'p o'ylaydiganim ota onalarning ota onalik masuliyatini noo'rin talqin qilishlari.Yani kuzatib qarasangiz ba'zi insonlar bolasini usti but ,qorni to'qligini ota onalik vazifasini komil ado qilishlik deb tushunadilar va afsus farzandlar ham shu tushunchaga munosib tarzda "tarbiyalanmoqdalar".
Eng ko'p o'ylaganim shu holat.Yani farzand tarbiyasi va ota onalik burchi va masuliyyat.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Savolu-javob. ("Forumdoshdan forumdoshga savollar" arxivi)
« Javob #107 : 07 Dekabr 2009, 09:49:35 »
11. Savol: Deylik Siz qiz uzatyapsiz? Sovchilar uzoq viloyatdan,chekka viloyatdan. Ammo yigit juda taqvoli, iymonli, ilmli. Qanday yo’l tutardingiz?

Javob: Qizim hali uzatiladigan yoshda emas.Shu sabab bu savolga hozir javob bera olmayman.Kelajakni Allah biladi ,har ishni o'z vaqtida muhokama qilgan afzal.


12. Savol: Yurtingizni sog'inganda Ramazon bilan bog'liq qanday xotiralarni esga olasiz?

Javob: Avvalo bu go'zal va muborak oy bilan barcha ahli ummatni qutlayman.Ramazon barchangizga muborak bo'lsin hurmatli qibladoshlarim.
Taqdir taqozosi bilan musofir yurtlarda turfa halqlar ichida Ramazonni o'tkazishga to'g'ri kelyabdi . Bu Ramazonlar o'zgacha tarovatli bo'lishi bilan Vatan va yaqinlarim va eng asosiy qalbi go'zal birodarlarim qolgan yurtdagi Ramazonlarga bo'lgan sog'inchni unuttira olmaydi.Ramazonni kutib olib Allah ohirtalarini hayrlik qilsin dadam (qaynotam) rahmatlini eslayman.Men kelin bo'lganimda 82 yoshlik qariya edilar.Ramazonni intiqlik bilan kutar edilar.Nima uchunligini eshitganimda tillarim gapirishga lol qolgan edi.Dadam Ramazonni Robbisiga erishmak uchun kutar ekanlar.63 yoshdan keyin qolgan barcha umrlarini Ramazonidan Robbisiga erishmakni umid qilib yashagan bu insonga Allah Ramazonda O'ziga erishmak bahtini berdi.85 yoshlarida Ramazonni ilk juma' kunida Allahga yetishdilar.Kelin bo'lgan kunimdan hayotlarini so'nggi kunigacha biror ibodatda malollangan vaqtlarini ko'rmaganman.Quroni Karimni sokin ovozda ko'zoynaksiz tilovat qilar edilar.Bizlarga ustoz bo'lib islomni tanitgan bu inson ko'z oldimda gavdalanadi har Ramazonda.
Yana Ramazon kirib kelganida oilamiz bilan Bahodir qori bu gal qaysi masjidda ekanlar deb qidirib tarobeh o'qigan vaqtlarimizni qumsayman.Ramazonda birodarlar bilan biroz sho'hlik qilib o'zimiz tanigan dugonalarimizga telefon qilib ovozimizni tanitmaslikka harakat qilib Ramazonnni go'zal sifatlarini aytib go'zal nashidlar qo'yib berar edik :) Qizig'i bu tabriklarimizdan kimlardir hursand bo'lardi qaysidir dugonalarimiz havotir qilardi.Bizlar esa har qanday holatda yahshi gumon afzal ekanini nasihat qilib qo'yar edik.Yurtda yaqin birodar va do'stlar bilan o'tgan Ramazonlar juda farahli va go'zal o'tgan alhamdulillah.Allah yana o'shandek go'zal kunlarni nasib aylasin.


13. Savol: Ramazon oyida o'zi turli bahonalar bilan ro'za tutmaganligi yetmaganday, ramazonga behurmat "musulmon"larning ahvollariga guvoh bo'lganmisiz? Bundaylarga munosabatingiz?

Javob: Vatanda ekanimda bunday insonlarni juda ko'p deyarli har qadamda ko'rar edim.Hozirda yashab turgan joyimda alhamdulillah musulmonlarni orasida bundaylar bor deb bilmayman.Ko'chalarda ramazonni "sezmay" yurgan insonlar boshqa din va boshqa halq vakillari.Vatanda vaqtimda ko'z oldimda ramazonni qadrini bilmay,uni nazar pisand qilmay ovqat chaynashga uyalmagan yurtoshlarimni ba'zida tegishli gap bilan "siylab" turar edim.Hozirda bunday insonlarni uchratmasligim sababli yoki yoshim ulg'ayib biroz mulohazada sabrliroq bo'lganim sabalimi Allah hidoyatga erishtirsin deb duo qilaman halos.


14. Savol: Har gal sahobalar hayotini o’qiganimda, huddi shunday filmni ko’rayotgandek tasavvurga ega bo’laman.
Savol:  Siz rejissyor bo’lganingizda qaysi sahobaning hayotini kinofilm qilib ishlagan bo’lardingiz?

Javob: Hech bir kino asar va hech bir dunyoviy inson islom va uning arkonlarini Quroni Karim va Hadisi shariflardek sifatlab aniqlik bilan insonga yetkazib bera olmaydi.Huddi shuningdek sahobalar hayotlarini bizlardan avvalgi salafi solihlardek tasvirlashga mening aqlim ojiz bo'lgani sabab bu ishga qo'l urmaslikni maqul bilgan bo'lar edim.Balki vaqtimni   shu bizlardan avvalgi ulamolar qoldirgan sahobalar va salaflar hayotlariga bag'ishlangan asarlar mutoalasi bilan o'tkazishlik qiziqarliroq.


15. Savol: Siz ko’rgan va sizga juda ta’sir qilgan filmdagi epizod?

Javob: "Umar Muhtor" va "Salohiddin Ayyubiy" filmlarini ilk bor bundan 12 yil avval ko'rgan edim.Bu ikki filmning deyarli har sahnasi menga juda tasir qilgan edi.Hozirgacha goh gohida takror ko'rib turaman.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Savolu-javob. ("Forumdoshdan forumdoshga savollar" arxivi)
« Javob #108 : 07 Dekabr 2009, 09:49:48 »
16. Savol: Siz yashayotgan joydagi nikoh to'yi bilan bog'liq eng yomon odat qaysi(lar)?

Javob: Yashayotgan joyimdagi nikoh to'ylarida  kelin va kuyov do'stlari bilan mashinalar korteji tuzib mashina signallarini baland qilib chalib yurib ketayotgan mashinada turfa qaltis harakatlar qilishi judayam yoqimsiz holat.


17. Savol: 1.   Jufti halolingiz internetdan foydalanishizga qarshilik qilmaganmilar?
2.   Netdan foydalanishda qandaydur chegara va hadlarni belgilaganmilar?
3.   Oilali ayollarning netdan foydalanishiga munosabatingiz?

Javob: 1. Alhamdulillah int olami umuman kompyuter olamiga turmush o'rtog'im boshlab kelganlar .
2. Har ishda meyor va chegara borligi ma'lum va  ma'qul.Bu chegarani oqil inson o'z nafsiga o'zi belgilashi lozim.Har qanday dunyoqarash va malumotlarga qaramay inson nafsini boshqara bilmasa meyorni saqlay olmaydi .
3.Inson oilaviy ahvolidan farqli ilm olishi va taraqqiyot bilan barobar yashamasa yutqazadi bu hayotda .Bu hayotdagi yutqazishlik ohiratdegini debochasi bo'lishi mumkin Allah asrasin.Har bir ayol farznad tarbiya qilar ekan ilmga ega bo'lishi juda zarur u ilm hoh diniy hoh dunyoviy farqi yoq.Toki farzandlariga ideal inson sifatida ibrat bo'la olishi lozim har bir ona.Bu uchun esa ayni kunimizda int olamida ishlab foydalanishga imkoni bor ayol qizlarni juda hurmat qilaman.Int va kom ilmlaridan foydalanishga iqtisod sababli imkonsizlarni malomat qilmayman .Ammo imkoni bo'lsa ham intilmaganlarni ,izlanmaganlari va bor imkonlarini to'gri sarflay bilmay  suiste'mol qilguvchilarni barobar yoqtirmayman.:)


18. Savol: 1. Oiladagi ishonch - siz uchun bu nima?
2. Deylik, turmush o'rtog'ingiz sizga netdan foydalanishda ma'lum chegara va hadlarni belgiladilar. Masalan, male (erkak) userlar bilan YM, agent, skype, ICQ, MSN orqali muloqot qilishni, forumda mavzudan tashqari va male userlar bilan ortiqcha muloqot qilmaslikni, PM orqali keraksiz suhbatlarni va hokazo... Siz buni qanday qabul qilasiz? Bu sizningcha ISHONCHSIZLIKMI?
3. Sizningcha ayollariga har ishda erkinlik beradigan "zamonaviy" erkaklar ISHONCHNI o'z DAYUSLIKLARINI yashirishda niqob qilmayaptilarmikin?

Javob: 1.Ishonch so'ziga baho berish uchun banda o'ziga manda omonatdorlik hissi qanchalar degan savolni berib holislik bilan bu savolga o'z nafsidan javob ololsa kifoya deb o'ylayman.
2.Int orqali har qanday muloqot u mening diniy va dunyoviy izlanishlarimga manfaatlik bo'lsa hech kimni malollantirmay yuritishga harakat qilaman.Endi erkak kishi tarafidan qandaydir cheklov bo'lsa avvalgi savolda aytganim meyorni buzgan va unga beetiborlik sodir bo'lgan bo'ladi manimcha. O'zini hurmat qilgan insonlarni  nafaqat msn va boshqa shahsiy suhbathonalarda hatto umumiy forum va shunga o'hshash joylarda ham o'ta erkin (hazilga erk berishlik,yoinki erkak userlarning begona ayolga yoinki ayollarning begona erkakka qarata ko'proq fikr tashlashliklari) ilm uchun bo'lmasa kundalik holat uchun bo'lishini ko'p ham maqullamayman.(Yaqinda o'zim hurmat qilgan bir birodardan olgan qisqagina bir ikki jumladan iborat maktub bu hulosamni yanada qat'iylashtirdi).Shunday suhbatlarda erkakni aralashuvi demak ayol chegarani toptaganidan deb bilaman.Demak erkakni aralashuviga ishonchsizlik emas ayolni asrashi va unga mas'ulligi  sabab  ayoldagi nuqson majbur qilgan deb bilgan afzalroq.
3.Hulosangizga men ham qo'shilaman .Men ham ayni fikrdaman.O'z nuqsonlarini oliyjanob sifatlarga berkitishlik bu munofiqlikni bir ko'rinishi.


19. Savol: Шукр билан боғлиқ ҳаётда ўзингиз гувоҳ бўлган қандай ибратли воқеликни эслай оласиз?

Javob: Bir ustoz bor edilar jigargo'shalari qizlari chaqaloqlik bo'lib farzandini bag'riga bosishga ham ulgurmay Allahni huzuriga erishdi.Hamma atrofda u kishini tanigan va eshitganlar hol so'rashga bora boshladilar.Shunda ko'rganim eng  tasirli bo'lgan holatim qizni onasi bo'lgan ustozam Alhamdulillah deyishdan boshamaydi tillari.Ko'zlarida g'am va ammo o'zlari juda sokina edilar.Musibatga eng avval vaqtda hamd ayta olgan ustozamni bu holatlari, berganda hursand bo'lib ham HAMDni unutib qoyadigan bizdek noqislarga juda katta ibrat bo'lgan edilar.

  Huddi yuqoridagidek holatga.Oradan yillar o'tib yana  guvoh bo'ldim boshqa yurt boshqa insolar orasida.Yoshgina ammo ilmni o'z ahloqiga jamlay olgan bir ustoz yigit bor edi (rahimahulloh) .   Subhanallallah ,Mashaallah islomdan bilganlarini hulqida jamlay olishlik darajasida go'zal ahloqi bor edi.
Uylangan va qizchasi dunyoga kelib endigina 15 kunlik bo'lganida fojea sabab vafot etdi.Shu ustozni vafot etgani tarqalib ertaga falon vaqtda ustozni jasadalari va oilasi yurtlariga qaytar ekan degan habar tarqaldi.Hayrlashgani bordik.Yoshgina kelinchak shunday holatdaki ko'zlarida yosh tinmaydi tillari Alhamdulillahdan to'htamaydi.Hamma kelganlar bilan birdek samimiy faqat duo bilan jannatdan umidim bor inshaallah ko'rishamiz degan duolar bilan munosabatda bo'lishga o'zida kuch topib olgan edi..
Buncha matonat va sabr Allahdan juda katta sinov kelganda Alhamdulillah deya olishlikka kuch qaerdan deb hayratlanamiz...
Shunda bir birodarimiz   erkaklar ayollariga rahbar ekanini shogirdlariga ta'kidlab turgan ustozni ayoli bo'lgan bu birodarimizda bunday hulqni ko'rib nega ajablanamiz degan edilar..Fojeaga sabab bo'lgan "aybdorlar" ushlandi mahkamaga bora olasanmi deb savol berishdi hukumat nozirlaridan birlari tel.qilib."Aybdorlar" Allahni qadari shunga bog'langanini  avvaldan bilmagan bo'lsalar aybdor emaslarku, ular mast, alasat , hud behud yuradigan insonlar emas ekanku.Ibodatda qoyim bu birodarlar nogahon sababchilar halosku asli bu Qadarda belgilangan ekan endi mahkamalashib yurishlik bu vafot qilgan insonni shaniga hos ish emas deb , o'zida kuch topa bilgan mo'minlar onalariga izdosh bo'la olgan mana shu birodarimni sog'inch bilan eslayman.

P.S.Yuqoridagi har ikki holatda ham har qanday holatda Alhamdulillah deb shukr qila olguvchi o'zim ibratlangan voqealar edi.Bu ayollarni har safar ko'z oldimga keltirganimda bu birodarlarimni turmushdoshlariga atrofdan berilgan ta'riflarni eslayman.Ular chindan ham avvalo o'z nafslariga va qolaversa oilalariga rahbar bo'la olgan solih insonlar edi..


20. Savol: Ўлим ҳақ. Унга борар йўл ҳақ.
Ҳеч ўйлаб кўрганмисиз? Сиз қандай ўлим топишни истардингиз?

Javob: Dadam rahmatlik (qaynotam) vafot etgan vaqtlarini juda ko'p tasirlanib yodga olaman.
Avvalroq ham esga olib o'tgandim forumda bu muborak insonni.Alloh ohiratlarini hayrlik qilsin.Men bu insonni ilk ko'rgan kunimdan to umrlarini songgi soniyasigacha birovga ozor berguvchi so'z va harakatlarini umuman ko'rmaganman hatto sezmaganman.Ramazonni shunday sog'inar edilarki bunday intiqlikni juda kam insonlarda ko'raman.Allah ramazonni yaqinlashtirsa bu insonni shodligi va yig'ilar bilan sug'orilgan duo va iltijolari ortib borar edi.Umrlarining songgi bo'lgan ramazon ham yetib keldi.Qari va kasal holatlarida ramazon ro'zasini ham tutar va har kuni tarobeh namoziga ham shoshilib turar edilar.Kasalliklari zo'raya boshlagach mahallamiz imomi ...... buva siz hatmini o'tirib o'qisangiz ham bo'lar deb marhamat ko'rsatibdilar (dadamlarda shunday muhlislik bor ediki kasal bo'lsangiz o'zi namozga o'g'illaringiz yordam bermasalar yurib chiqa olmayapsiz chiqmay tura qoling deyishga hech bir inson botina olmagan ekan,bu gaplarni vafot topgan kunlari aytib berishgan edilar).Namoz tarobeh va hatmi Quron bilan qo'shilganda ikki yarim soatlik  , qishning achchiq izg'irini,kasallik bu insonni ibodatlardan to'smasdi va unda dangasalik ham hosil bo'lmasdi.
Nihoyat Ramazonni ilk juma'si oqshomida yani payshanba kechki vaqti iftor yaqinlashgan vaqtda istmalari biroz kuchaydi.Ovqatlanib oling deb taom berishga harakat qilsak iftor vaqti bo'ldimi deb so'radilar yoq deb javob olgach men ro'zaman deb javob berdilar.Nihoyat istma juda oshib vaqtni farqlamay qoldilar.Ovqat berdik va biroz o'zlariga kelgach bugun kunga nima kun qaysi oy? deb so'radilar.Ramazon inshaAlloh ertaga jum'a o'qiymiz deb javob berdilar o'g'illari.Alhamdulillah deb duo boshladilar.Ko'zlarida yosh bilan Allohdan shunday tilandilarki bu inson hozirgina istma alangasidan nasiba olgan inson demasdik kuazatib turib.Iftorlikdan keyin hamma o'z honadoniga tarqaldi.Tunggi soat 1 da dadam ko'zlarini ochib juda sokin holatda boradigan manzilimni men uchun hayrlik qilgin nafsimga ko'p zulm qildim sening marhamatingdan umidvorman deb  shahodat keltirdilar va jonlarini Allahga topshirdilar.Bu shunday sokin bo'ldiki ko'z oldimizda ,guvoh bo'lib turgan biz farzandlar hatto jonlari chiqqanini sezmay qoldik.Har doimgi duolari deb tushundik.
Yana bir mening havasimni keltirgan o'lim holati:
Mana shu yilning ramazoni 27-kecha qadr kechasida yuz beribdi.Bizga juda yaqin oilaning yaqinlaridan bir onahon ushbu kunda omonatlarini topshiribdilar.Ramazonni ko'p qismini ro'za holatlarida o'tkazib ibodatlarda sokin bo'lgan ekanlar.Islomdan bir qancha habarlari bo'lgan qizlarini kuta boshlabdilar.Uyda u onahon bilan birga yashaydigan farzandlar habar bergach u ayol turmush o'rtoqlari bilan onasini huzuriga yetib boribdilar.Onahon juda sokin va tetik ekanlar.Yonlarida mehmonlar bor ekan.Qizlari va kuyovlarini kutib olib chiroyli suhbat boshlanibdi.1soatlar davomida suhbat islom va ohirat haqida bo'libdi.Va onahon qizlaridan tahoratga yordam berishlikni iltimos qilibdilar.Onahonni yetaklab tahoratga olib boribdilar.Tahoratni go'zal qilib nihoyalab joylariga qaytayotganlarida boshqa yura olmayman meni ko'tarib olinglar debdilar.Onahonni joylariga olib o'tirg'azishgach.Qizlaridan Yasin surasini o'qishlikni so'rabdilar.Surani o'qib nihoyasiga yetguncha onahon uhlab qolibdilar.Uyqu orasida voy jonimeey deb ovoz bersalar yonlarida o'tirgan qizlari Subhanallah deng inshaallah joningizga yordam beradi debdilar.Alhamdulillah,Subahaallah deb jon topshiribdilar.
Bu o'lim voqeasini ilk eshitganimdan hozirgi vaqtimgacha har o'ylasam havasim keladi.Hayotlarini qandayin halollikka burkab o'tkazgan insonlarki Allah o'lim soatini mashaqqatini bu insonlarga yengil qilib berdi.Bizlarga ham bundayin lazzatni ohirgi kalimani shahodat bo'lishi va so'nggi maskanimiz hayrli bo'lishini nasib qilsin.Dunyoda kimlarga havas qilib kimlarga intilsangiz ohiratda istaganingiz bilan birga bo'lasiz degan vadaga ko'ra hayotda intilayotgan bo'lsakda birga bo'la olmayotganlarimiz bilan ohiratda birga qilsin .Oqibatimiz hayrlik bo'lsin.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Savolu-javob. ("Forumdoshdan forumdoshga savollar" arxivi)
« Javob #109 : 07 Dekabr 2009, 09:49:58 »
21. Savol: Бола бўлса - шўх бўлсин, деган гап бор. Ёшлигингиздаги қилган қайси шўхлиг(лар)ингизни ҳалигача эслаб юрасиз? Ўшанда қандай воқеа юз берган эди?

Javob: Bolaligim juda qaynoq voqealarga boy bo'lgan :). 12 yoshlarda edim qo'shnimiz bo'lar edi militsiya idorasining qo'riqchi itlarini boqar edi uyida.Shunday zotdor itlar boqar ediki atrofdan itga haridor har qanday odam shu kishini uyiga kuchuk so'rab yalinib kelardi.Juda ko'p kuzatar edim u vaqtlarda qishloq odamlari orasida ko'lbasa degan narsani juda kam inson yeyer edi.Ammo shu qo'shnimizni uyida hech qachon kolbasani turlari uzilmasdi (kuchuklari uchun mahsus ishhonasidan berilardi) .Shu sabab kolbasani itlarni ovqati degan tasavvurimiz bor edi biz mahalladosh bolalarni.Bir kuni militsioner qo'shnimizni qizlari kolbasa qovurib yedik obedda desa dugonalarimiz bilan hayratlanib Alfani (uylarida boqiladigan qo'riqchi it)  ovqatini qanday qilib yeysizlar deb so'raganmiz.Hozirgacha tasirlanib eslayman bu vaqtlarni sababi luqmani halol yoki ishtibohi bo'lsa ajab emas.Bolalikda mahallada eng ibratli oila hisoblangan bu qo'shnimizni oilasida bolalar voyaga yetgani sari mehr oqibat kuchuklar orasida talash bo'layotgan luqma holida edi.

  Mahallamiz deyarli yosh oilalardan iborat bo'lgan.Hammamizni bir oilani eng katta farzandi boshqarar edi.Mahallada hamma bolalar deyarli unga ergashardik.Allah rahmat qilsin shu qo'shni bola nima ish qilsa mahalla bolalari undan qolmasdik.U dorbozlikka qiziqib qolsa mahallani hamma bolasi dorbozlikka qiziqib o'z uyida dor tikkandi.Biz bola vaqtimizda uylarni tomlari shifer bo'lmasdi hamma uyni tomida ishkom qilib uzum yetishtirilardi.Mahallamizni deyarli hamma uylari biri ikkinchisiga ulanib qurilgan tomlardan qo'shnilarni tomiga bemalol o'tib yurardik.Qishda qor yog'sa hammamiz bolalarga bosh bo'lgan qo'shni bolaga qarardik u tomga chiqib qor kurasa bizlar ham chiqardik tomdan qorni kurash vaqtida eng avval mazza qilib tomda qorbo'ron o'ynardik ,qorbobo yasardik.Keyin tomlardagi qorni kurardik.Eng go'zal manzara qo'shnilarimizni kattaroq bolalari bolalar kichkina bo'lgan oilalarga yordam berardilar.Bahorda yer chopar edik lopatkalab.Bolalar o'zlarimiz lopatkada chopmasak adang traktor solib haydatadilar keyin hovlidagi kop mevalaring kesilib ketadi derdi rahmatlik qo'shni bola.O'sha bola nima desa hamma rozi bo'lardi.Undan ajralmaslik uchun aytganidan chiqmasdik.Hovlilarda mevalar pishganda hamma qo'shnini hovlisidagi eng tansiq mevani bilardik va "o'g'irlikka" yuborilardik o'zimizdan katta yoshlilar tarafidan.:) Eng qizig'i bu harakatlarimizga biror ota ona urushmas tergamas edilar.Chunki mahallamiz bolalarini boshqaruvchi qo'shni bolaga hamma ota onalar ishonar edilar.Oilada yagona o'g'il bo'lib 6 singilga aka bo'lgan bu boshlig'imiz hammamizga AKA edilar.25 yoshlarida uch farzandlari yetim bo'lib bu dunyodan o'tganlarida mahallamizni hamma "bolalari" bolalik vaqtimizni beihtiyor esga olgandik.Bolalik hotiralarimizni hech biri bu AKAmizsiz eslanmaydi mahallada.Alloh bu insonga hayrli oqibatni bersin.


22. Savol: Avvalo,Alloh sizlarni oilalaringni mustahkam qilsin.Shunchaki faraz qiling.Agar turmush o'rtog'ilar silarga hiyonat qilsa qanday yo'l tutasizlar?O'rtada farzand bor.

Javob: Bugungi kunning eng "mashshur" mavzusidagi savol bo'libdi tashakkur :)
Inson u erkakmi yoki ayolmi ko'ngli muhabbat,e'tibor,o'z jufti uchun eng sevimli va yagona bo'lishni istaydi.Ammo shuncha narsalarni istagan "oshiq kongil" sohiblari o'zimchi o'zim juftimga nima bera olyabman deb o'ylashga eng kamida jurat qila olmaydilar.Ko'ngil nozik hislar va olovli muhabbat istar ekan.Muhabatlimi yoki muhabbatsiz o'tgan oilaviy turmush jaroyonida Allahni bergan omonatlari farzandlar dunyoga kelgan ekan.Bu omonatlar mehr muhabat va e'tiborga hammadan ko'ra muhtojroq va haqliroq qachonki ota onalar uchun ohirat saodati muhim,farzandalri oldidagi burchlarini o'tashlik shart deb bilinadigan bo'lsa.Men orada farzandlari bor bo'la turib "muhabbat istaguvchilarni" hazm qila olmayman.Inson otalik yoki onalik bahtiga Allahni inoyati bilan saylanibdimi bu tuhfani ochiq yuzlik bilan bajarishga intilishi kerak deb o'ylayman.10 Yillar atrofidagi oilaviy hayotimdan hulosa qilsam oilada ko'ngil to'lar holatlar va ko'ngil qolar holatlar ham bo'ladi.Oila bekorga jamiyatni kichik ko'zgusi deyilmagan.Jamiyatda har doim har ish bir tekis ketavermaganidek oilada ham shunday hollligi aniq.Hiyonat kattami kichikmi u o'z nomi bilan HIYONAT.Juftning juftga hiyonati har qanday holatda ham oqlanmas holat.Endi juftim hiyonat qildi degan bahona bilan otalik yoki onalikka e'tiborsiz qaror bilan oiladan voz kechishlikni ota-onalikka HIYONAT deb bilaman.Mening tushunchamda inson farzandlari uchun ko'ngil istaklaridan kechsagina bu kunda farzand tarbiyasida biror natijaga erisha oladi. Qiyomat yaqinlashgani sayin farzand tarbiyasi kuchuk tarbiyasidan mashaqqatliroq degan gapni qachonlardir o'qigan edim .Allahdan qorqadigan ishtiyoqli farzandga sabab bo'lgan insonni, nafsiy istagi deb oilani barbod qilishlik eng yumshoq tarzda aytilganda  insonlarni eng aqlsiz qarorlari va ishlari.


23. Savol: Агар кимдирга сен яхшилик қилсанг - унут, кимдир сенга яхшилик қилса ўла-ўлгунча унутма, деган ҳикмат бор. Ҳаётда қийин вазиятларда сизга ёрдам берган инсонларни эслаб турасизми?

Javob: Hayotimda shunday unutilmas kunlar borki Alhamdulillah.Turmush o'rtog'im ko'proq ishlari safarlarga bog'langani sabab ko'p vaqtim men uchun tug'ishgan bo'lmasada din va e'tiqodim sabab yaqinlashgan insonlar orasida o'tadi.Shunday yahshiliklar ko'rganmanki bunday insonlardan Alhamdulillah to qiyomat qadar menga eslatma inshaallah. Shunday insonlar orasida hayotga imkon bergan Allahga hamd bo'lsin. Mubolag'asiz ayta olaman hayotim davomida menga ibrat bo'lgan insonlarni har lahza nafaqat men balki farzandlarim ham eslaymiz.Oilamiz uchun quvonchli kunlarda qong'iroqlashib quvonchimizni baham ko'ramiz.Bu hayotda yana qachonlardir uchrashtirishini Allahga duo va iltijo qilamiz.O'tib ketgan bunday yaqin birodarlarimizni haqlariga duolar qilamiz.Ularni Allah eng gozal mukofotlar bilan ajrlantirsin.


24. Savol: Do'stga zor, dushmanga xor, nomardga muhtoj qilma Duo iborasini qanday tushunasiz?

Javob: Kuni kecha bir dugonam ayni iborani quyidagicha sharhladi menga ham juda yoqdi"
"O'ng qo'l chap qo'lga muhtoj bo'lsa shu ham bir kun malol kelishini o'ylayman.Bu hayotda farzandlarim eng mehribonlarim bo'lib ko'rinadi ammo kuch quvvatdan qolganimda ularga ham malol kelishim mumkin.Insonga ota ona eng qadrdon do'st bo'ladilar.Amo keksayib kuch quvattdan qolgan ota onaga ham bizlarni g'alvamiz og'irlik qilib qolar ekan.Shu saba  Do'stga hor,dushmanga zor.O'ng qo'lni chapiga muhtoj qilmay yashab o'tishlikni bizlarga nasib qil deb duo qilaman"

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Savolu-javob. ("Forumdoshdan forumdoshga savollar" arxivi)
« Javob #110 : 07 Dekabr 2009, 09:50:36 »
Ulugbek-Uzga berilgan savollarga javoblar:

6. Savol: Deylik net-kafedasiz.. Yonizda o'tirgan qiz (yigit) ning kompiga beixtiyor ko'ziz tushib qoldi. U Sizning nazdingizda o'zi uchun (din, jamiyat uchun) foydasiz ish bilan mashg'ul. Unga tanbeh berarmidiz yoki indamay qo'ya qolarmidiz?

Javob:  Биринчидан ушбу холатларда, яъни Интернет кафеда ишлаётганда ёнингиздаги кишининг нима билан шугулланаётганини кузатиш ахлокий меъёрларга, маданиятга зид. Истисно тарикасида нохосдан кузингиз тушиб колиши мумкин, лекин ушбу холнинг олдини олиш ва мижозларга кулайлик тугдириш максадида Интернет кафеларда махсус тусиклар куйилади. 
        Хуп, борингки, узимдан мисол келтирадиган булсам,…аввало узига, динга, жамиятга фойдали ёки фойдасизлигини кузингиз тушган вактдаёк ажратолмайсиз бир ондаёк манимча. Агарда бехаё сайтларга мурожаат килинган булса буни билиш мумкин ва шу инсонга норози киёфада 2-3 карашни узиёк етарли манимча, фаросати бор одам узи тушуниб олади. Ёш болалар, усмирлар булса уларга танбех беришим мумкин. Чунки ёнимдаги кишининг ушбу харакатига муносабат билдириш ёш категорияларига хам боглик (тушундингиз шекилли нима демокчи булганимни). 
       ÐÐ½Ð¸Ð¼Ð´Ð°Ð³Ð¸ киши манга шахсан таниш булса унга мулойимлик билан бу ишнинг зарарини тушунтираман ва узим куп мурожаат киладиган, билимини ошириш учун фойдали сайтларни тавсия киламан.


7. Savol: Sizga eng yoqadigan, doim yodingizda turadigan biror mashxur insonning aforizmi?

Javob: Кўзни юмгил, кўзга айлансин кўнгил,
кўз бўларми Ҳақни кўрмас бўлса ул?
Жалолиддин Румий

Кимки бир кўнгли бузуқнинг хотирин шод айлагай,
онча борким, Каъба вайрон бўлса обод айлагай!

Бу гулшан ичра йўқдир бақо гулига сабот,
ажаб саодат эрур қолса яхшилик бирла от!
Алишер Навоий

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Savolu-javob. ("Forumdoshdan forumdoshga savollar" arxivi)
« Javob #111 : 07 Dekabr 2009, 09:51:13 »
Chustiyga berilgan savollarga javoblar:

3. Savol: Bilishimcha sizlar ota onangizdan uzoqda mustaqil yashaysizlar.Ba'zilaringiz o'qish va ba'zilaringiz ish sababli.Aytingchi uylanishga qaror qilsangiz.Forumda islomiy postlar qoldirayotgan qizga   yozganlariga ko'ra turmush qilish taklifini qila olasizlarmi?

Javob: Vatandan, oila a'zolardan, yaqinlardan yiroqda mustaqil yashash (o'qish yoki ishlash) degani, bunday masuliyatli, judayam nozik masala bo'limish, kichik jamiyat ya'ni oila masalasini, o'zi mustaqil hal qila olidi degani emas.
Shuning bu masala avvalo oila a'zolar bilan birga va ularning boshchiligida hal qilinadi, ana undan keyin ularni fikr va maslahatlaridan so'ng keyingi etapga o'tiladi inshaAlloh.
Agar keyingi etapga o'tish jarayonida, tanigan, bilgan muslimalar topilmasa, ana undan keyin forum eshiklarini qoqish ehtimoli ham yo'q emas.


4. Savol: Deylik, sizga bir taomni tayyorlash ishonch bilan topshirildi. Siz e'tiborsizlik yoki boshqa sabab yuzasidan o'sha taomni buzib qo'ydingiz, taom dasturxonga tortilishiga juda oz vaqt qoldi. Uning ustiga boshqa masalliq ham mavjud emas. Shunaqa holatga tushganmisiz? Mobodo shunaqa holat bo'lib qolsa qanday yo'l tutasiz?

Javob: Bunday holat tez tez bo'lmasada, har holda tarjibada kuzatilgan.  ;D Misol uchun 2001 yil edi chog'i o'shanda somsani hamirini tuzsiz qilganman,  ba'zan drojjili hamirlaga droji tashash yoddan ko'tarilgan.  ;D
Endi qanday qovun tushirilganligiga bog'liq, buzib qo'ygan taomni sal bo'lsayam tog'irlash mumkin bo'lgan versiyasi bor, umuman tog'irlashni iloji bo'lmaydigan versiyalari bor.

Misol uchun drojili hamir qorildi, vaqt esa tig'iz, hamir ko'tarilmagan, shunda sal iliqroq suvga drojjini va ozgina shakar qoshib aralashtirib ustini yopib qo'yiladi, 2-5 daqiqada tayyorlangan suyuqlik ko'tariladi, shuni sekin hamir oralariga quyib ishlov beriladi. Tezda kutilgan natijaga yetishadi.

Sho'r bo'lib qolsa, suv bilan, qattiq bo'lib qolsa yog' bilan, suvli bo'lib qolsa un bilan, ishlov beriladi. bitta taomda ikki hil mahsulot bo'lsa (deylik somsa hamiri va masallig'i) shulardan birini tuzi kamro bo'lsa, birinikini ko'pro qilinadi.

Lekin kuyib ketgan, achib qolgan, dimiqib qolgan kabi va h/k holatlar bo'lsa unda o'zini o'tga cho'qqa urish befoyda.


5. Savol: Sizningcha "qabr" qanday maskan,uni qanday tasavvur qilasiz?Iloji bo'lsa hadis va rivoyatlar bilan javob bersangiz

Javob: Аввало барча савол йўллаганларга савол учун ўз минннатдорчилигим билан бирга, жавоб кеч қолгани учун ўз узримни ҳам айтиб ўтсам.

Қабр бу абадий хаётга боргувчи биринчи бекат, киши агар ушбу бекатдан, мувафақиятли ўтиб олса, сафар мобайнида қийналмаслиги шубхасиздир. Шу ўринда Абу Бакр Сиддиқ  :ra: нинг "Қабрга тайёргарликсиз борган киши, денгизга кемасиз чиққан киши кабидир" деган сўзларини ёдга олсак фойдадан холи бўлмас иншаАллоҳ.

Қабр ҳақида, азоби, дахшати ҳақида, у ерда  Мункар ва Накир номли фаришталар майитнинг ўтқазиб олиб савол жавоб қилишлари ҳақида, қўп эшитгандирмиз.
Аммо бу сафар қабрни азоби, дахшати ва сиқуви ҳақида эмас, балки қабрни мўмин(а)ларга бўладиган хушхабари ҳақида сўз юритсак. Шоядки бу хушхабаралар мусулмонларнинг қалбларига малҳам бўлиш билан бирга тасалли ҳам бўлса...
Бунинг учун биз Жалолиддин Суютийнинг "Барзах ҳаёти" номли рисолаларидан фойдаланамиз иншаАллоҳ..

Абдуллоҳ ибн Муборак ва ибн Абу Шайбалар Робиъ ибн Хусаймдан ривоят қилади: «ÐŽÐ»Ð¸Ð¼ мўъмин киши учун кутилаётган ғайбий нарсалардан кўра яхшироқ»

Абу Наъим «Ҳалия» китобида Ибн Убайдуллоҳдан ривоят қилади: У Макҳулга: «Ð¡ÐµÐ½ жаннатни яхши кўрасанми? деди. Макҳул: «Ð–аннатни ким ҳам яхши кўрмайди», деди. Убайдуллоҳ: «Ð¡ÐµÐ½ ўлимни яхши кўр, чунки ўлмагунингча жаннатни кўра олмайсан», деди.

Ҳиббон ибн Асваддан ривоят қилади: "Ўлим дўстни дўстга етказадиган яхшиликдир".

Ибн Абу Шайбадан ривоят қилинишича, Масруқ шундай деди: "Мўъмин киши учун лаҳаддан кўра яхшироқ нарса йўқ. Кимки лаҳадга қўйилса, дунё ғамларидан қутилиб, Аллоҳнинг азобидан омонда бўлади».

Ибн Қосим: «Ҳар бир нафс учун тўрт ҳовли (ҳолат) бор, ҳар бир ҳовли аввалгисидан каттароқ. Биринчиси онанинг қорни бўлиб, у тор ва уч қатлам қоронғулик ўрнидир. Иккичиси бу ҳаёти дунё. У шу дунёда яралди, улғайди, яхшилик ва ёмонликни ҳам шу диёрда касб қилди. Учинчиси барзах ҳовлиси. Барзах бу дунё ҳовлидан каттароқ ва кенгроқ бўлиб, унинг дунёга нисбатан ўлчами ернинг она қорнига нисбатан ўлчови кабидир. Тўртинчиси банданинг охирги қарор топиш ҳовлиси – Ñ‘ жаннат ёки дўзах ва бу ҳовлида бошқаларида бўлмаган қатъий ҳукм ва ҳолатлар мавжуд.

Ибн Абу Дунё Солим ибн Омирнинг «ÐœÐ°Ñ€Ð¾ÑÐ¸Ð»Ð¸»Ð´Ð°Ð½ қуйидагича ривоят қилади: «ÐœÑžÑŠÐ¼Ð¸Ð½Ð½Ð¸Ð½Ð³ бу дунёдаги мисоли она қорнидаги ҳомилага ўхшайди. Гўдак онасининг қорнидан чиққан вақтда йиғлайди. Лекин ёруғликни кўргач ва онаси томонидан эмизилгач, олдинги маконига қайтишни хоҳламайди. Худди шунга ўхшаб мўъмин киши ҳам дастлаб ўлимдан хавотирланади. Парвардигоридан неъматлангач эса, дунёга қайтишни асло истамайди.

Яна Ибн Абу Дунё Амр ибн Динорнинг «ÐœÐ°Ñ€Ð¾ÑÐ¸Ð»Ð¸»Ð´Ð°Ð½ ривоят қилади: «Ð‘ир киши вафот қилганда Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам: «Ð‘у киши дунёдан риҳлат қилди. Агар у етишган нарсаларидан рози бўлса, дунёга қайтиши уни хурсанд қилмайди, худди бирортангизнинг онасининг қорнига қайтиш хурсанд қилмагани каби», дедилар.

П,С: хохловчиларга ушбу китобни электрон версиясини юборишим мумкин.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Savolu-javob. ("Forumdoshdan forumdoshga savollar" arxivi)
« Javob #112 : 07 Dekabr 2009, 09:51:28 »
6. Savol: Islom dinini o'rganishni xohlaydigan insonga eng avval qaysi kitobni o'qishni tavsiya qilardingiz?
Sizningcha u kitob qaysi jihati bilan insonga ta'sir qilishi mumkin?

Javob: Ислом дини ўрганишни қасд қилган кишига аввало намозни ўргативчи "Мен ҳам намоз Ñžқийман", "Ислом дини" каби китоьларни тавсия этган бўлар эдим, шу билан бирга Шайх МСМЮнинг "Иймон" китобларини тавсия этган бўлар эдим.
Шу китобга боғлиқ бир воқея эслаб ўтишни жоиз деб билдим..

"Ikki-uch yil oldin shu kitobga bog'liq bir voqea bo'lgan edi, Poytahtimizni Chorsu kitob rastalari oldida do'stim bilan unga kitob harid qilmoqchi edik, ungayam shu kitobni olishini va judayam zo'r yozilganini tavsiya qilgan edim, suhbatga sotuvchi ayol qo'shildi va so'zlarimni tasdiqlab, "39 yil g'aflatda yurib Islom nima eknaligini va hidoyatni shu kitob sababli topdim, albatta farzadlarim ham ko'p harakat qilishdi Alloh rozi bo'lsin, ammo shu kitob katta turtki bo'ldi" degandi."


7. Savol: Bir rus do'stim bor, unga islomni o'rgatmoqchiman, ammo nimadan boshlashni bilmayman, nimadan boshlash kerak va qanday kitoblarni sovg'a qilish kerak. Umuman olganda odamni o'ziga qarab islom qabul qiladigan va qilmaydiganga ajratish mumkinmi. Hidoyat Allohdan emasmi? Lekin ba'zilar bunga gapirib og'zingni charchatma deyishadi, shundaymikin-a...

Javob: Рус миллатдаги дўстингиз, бошқа динга, аниқроғи насоро динига мансуб бўлсалар керак.
Хеч бир киши ўз динидан қўра, қониқарли, барча саволларига жавоб бериб, қалбини тинчлантирадаган динга дуч келмагунга қадар бошқа динни қабул қилмайди.. (бу мани ожизона фикрим)
Бас шундай экан ўша дўстинигизга, "Сравнительное религиоведение" мавзусига оид китоблар ва мақолаларни тавсия қилинг, бунга мисол тариқасида, Аҳмад Дийдотнинг қитоблари, Абдураҳим Байматовнинг "200 пророчеств Ислам в Библии" (бу китобни хужжатли фильм қилиб видео версиясиям чиқди), Али Полосиннинг китоб ва мақолалари ва Ñ….к.
ИншаАллоҳ дуо қилиб туринглар насиб этса, www.hilol.com сайтини русча версияси хам тайёрланмоқда. Юқоридаги санаб ўтилган барча китобни ўша сайтдан бемалол юклаб олиш имкони бўлади иншаАллоҳ.

Шунингдек, қўшимча қилиб Хорун Яхёнинг "Чудо Корана", Ахмад Дийдотнинг "Коран-чудо из чудес" ва ÑŽқорида таъкидлаганидек, Шайх МСМЮнинг "Иймон" номли китобларини рус тилига таржима қилиниб "О Вере" деб номланган, шунингдек, рус тилидаги "Тафсири Ҳилолни",(Шайх МСМЮнинг "Тафсири Ҳилол"ларини рус тилига таржима қилинган, хозир мухаррир томонидан таҳрирланмоқда) шу каби китобларни тавсия этган бўлар эдим...


8. Savol: Sizga o’z sohangiz bo’yicha magistraturaga grant va butun dunyo bo’ylab sayohatga biletdan birini tanlang deyilsa, qaysi birini tanlaysiz va nega?

Javob: Бутун дунё бўйлаб саёхатни танлаган бўлар эдим манимча  ;D яна Аллоҳ билгувчироқ..
Негаки, биззи сохада ҳақиқий мутахасис, ўз ишни устаси бўлиш учун албатта Ñžқиш шарт эмас, асосийси хохиш истак бўлса бас, Ñžқимай туриб ҳам қўзлаган мақсад ва манзилга эришишб етишиш мумкин, деган ожизона фикрдаман.


9. Savol: Eng katta islomiy va eng katta dunyoviy orzuyingiz?

Javob: Диний ҳам, дунёвий ҳам энг катта ва биринчи орзу бу оила аъзоларим билан бирга жамоат бўлиб намоз Ñžқиш.


10. Savol: O’zingizni bahsga moyil deb hisoblaysizmi? Qaysi hollarda bahs qilish behuda? O’zi bahs qilish kerakmi, nechog’lik foydasi bor?

Javob: Тўлиқ холда, бахсга тайёрман дея олмайман.
Бахс муноза қайсидир даражада яхши, чунки мунозаралар кишини, изланишга, ўрганишга, китоб варақлашга ундайди.. Лекин китобни, маълумотлани "оппонентимнинг мот қиламан" деган мақсад ва ўйда ўрганиш мутлақо хато. Валлоҳи аълам.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Savolu-javob. ("Forumdoshdan forumdoshga savollar" arxivi)
« Javob #113 : 07 Dekabr 2009, 09:51:43 »
11. Savol: Tanqidga munosabatingiz? Hayotingiz davomida eng esda qolgan tanqid (o’zingizga nisbatan)?

Javob: Танқидни Ñ‚Ñžғри қабул, қиламан ҳаётимда кўп танқидларга дуч келаганман, шуларни орасида доимо ва тез тез такрорланадиган ва хатто ёд бўлиб кетган танқид бу, "мани ўзга динни ва уларнинг китобини ўрганишим ва Ñžқишимдир" бир қанча мана шундай танқидлар ила танқид қилганлар маълум вақÑ‚ ўтган баъзи сабаблар туфайли ўзлар хам ўша насоролар динни ўрганиб уларга ўз китобидан раддия беришни ўрганишга киришиб кетдилар. Аллоҳ уларнинг Ислом дийнида собит қадам қилсин...


12. Savol: Sizni forum.ziyouz.com siteda ko'pincha pazandalik bo'limidan tashqati, missionerlarga oid bo'lim mavzularda uchratishimiz m-n. Bu narsani forum.islom.uz, hilol.com sitelarida ham kuzatish m-n. Bu mavzu ayni nimasi bilan sizni o'ziga jalb qilgan?

Javob: Юртимиз мустақилликка эришгандан сўнг, диний масалаларда эмини эркилик берилгандан сўнг, юртимизга хар хил секта, фирқа ва оқим аъзолари келиб ўз таълимотини бериб бошлашди, шуларнинг орасида, миссионерлар хам бор эди.
Ўзларининг ғаразли мақсадларини энг асосийси ўзбек ҳалқини Инжиллаштириш эди ва бу мақсадга эришиш учун хатто хар хил ёлғонлардан хам тойилишмаган (мисол учун текинга хар хил курсларни ташкиллаштириб) ҳалқни йўлдан оздиришган...

2000- йилларда маниям бир қўшним бўларди (хозир Молдова ва Руссияга кўчиб кетишган) шулар мангаям кўп хамла(даваът) қилишганди, хар кўришганда диспут қилиб уларга раддияни Ислом таълимотидан, Қуръон ва Ҳадисдан олиб беришга уринардик, аммо улар "ўзиники олдинга суряпти", деб хеч қабул қилишмасди шундан сўнг уларнинг динини, китобини ўрганишга киришдим ва энди раддини уларнинг ўзининг китобидан беришни  ўрганмоқдаман.
Шоядки шу йўл билан, лоқал битта бўлсада ватандош, миллатдош ва қибладошни уларнинг тузоғига илинишни олдини олишга сабабчи бўлсам каби мақсадларда...

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Savolu-javob. ("Forumdoshdan forumdoshga savollar" arxivi)
« Javob #114 : 07 Dekabr 2009, 09:52:32 »
Mashhuraga berilgan savollarga javoblar:

4. Savol: 1. Siz maza qilib tomosha qilgan 3 ta o'zbek filmi. Nima uchun shu filmlarni tanladingiz?
2. Siz maza qilib tomosha qilgan 3 ta jahon filmi? Sababi?

Javob: 1. "Mahallada duv-duv gap" - o`zbekning haqiqiy qiyofasini ochib bergan film.
2. "Kelgindi kuyov" - birgina qizning otasini gapi uchun - "O`zi dardi borning ovozi chiqmaydi, qizim".
3. "Yaratganga shukur". Shu so`z bilan shunday hodisalar sodir bo`lishiga ishonaman.

1. "Bog`bon" (hind) - otalar va bolalar haqidagi yaxshi filmlardan.
2. "Vir va Zara" (hind) – birov uchun 22 yillik azob va rohatlik umrdan ancha vaqtgacha ta`sirlanganman.
3. ''Devdas" (hind) - bu film menda "Lison ut-tayr"dagi "Shayx San`on" qissasini eslatadi.


5. Savol: Sizning rasmingiz imzosi ostida "Men qadahga emas, uning ichidagi mayga oshiqman." so'zlariga ko'zim tushib qoldi. Buning asl ma'nosi nima?

Javob: Qays Layli ishqida Majnun bo`lgach, odamlar unga, Laylida boshqa qizlardan alohida jihat yo`qligini, u ham boshqalar singari ekanligini, hatto undan chiroyli qizlar borligini aytganda, u shunday javob bergan ekan: "Siz qadahga baho bermoqdasiz, men qadahga emas, uning ichidagi mayga oshiqman".

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Savolu-javob. ("Forumdoshdan forumdoshga savollar" arxivi)
« Javob #115 : 07 Dekabr 2009, 09:53:05 »
ORIFga berilgan savollarga javoblar:

3. Savol: 1. Siz photo olishni orzu qilgan 3 ta shahardagi biron joy (Masalan, Big Ben yoki Ozodlik haykali, shunga o'xshash)
2. Siz hali olmagan va orzu qilgan 3 ta manzara?

Javob: 1. Afsuski bu haqda o`ylab ko`rmagan ekanman. Sababi hamma joyni suratga olaverib siyqasini chiqarib yuborishgan.
Hozircha eng avvali Xitoydagi "Ta'qoqlangan qirollik" ("Zapretnaya carstvo" dermidi?) ni suratga olishni orzu qilayapman, va "Buyuk Xitoy Devori". Qiblamiz bo`lmish muqaddas kaba esa .... endi buni hamma orzu qilsa kerak.
2. Hech ikkilanmay aytaman, Qutub yog`dusi. Butan yoki Tibet davlati vodiylari, tog`lari. Va albatta forumdoshimiz Akbar yashaydigan qishloqlar.


4. Savol: Фараз қилайлик, рақамли фотоаппаратлар йўқ. Олдингизда Зенит, ФЭД, Киев аппаратлари бор. Қайси бирини танлайсиз? Нима учун?

Javob: Avvalo ZENITni va keyinchalik balkim KIEVni tanlar edim. Sababi Zenit professional apparat hisoblanadi va men eng yaxshi ko`rish ishlatgan texnikam ham ZENIT 11 hisoblanadi. Fed ishlatganman, lekin KIEVni hech sinab ko`rmaganman. KIEVning keng plyonkaliklari yaxshiroq.


5. Savol: Энг биринчи профессионал фотоаппаратингиз?

Javob: Albatta ZENIT 11.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Savolu-javob. ("Forumdoshdan forumdoshga savollar" arxivi)
« Javob #116 : 07 Dekabr 2009, 09:53:37 »
Hadijaga berilgan savollarga javoblar:

9. Savol: 1. Siz yoqtirgan 3 ta erkaklar ismi. Nima uchun yoqtirasiz?
2. Siz yoqtirgan 3 ta ayollar ismi. Nima uchun yoqtirasiz?

Javob: 1. Mustafo, Abdulloh, Rahmatulloh
2. Islom shariyatiga to'g'ri keladigan barcha muslimalar ismi o'ziga yarasha jozibali va go'zal, ajratmayman...
Nimani yoki kimnidir yoqtirish yoqtirmasdligimni sabablarini aniq aytolmayman, chunki o'zim ham bilmayman sabablarini... Asosan shariyatga to'g'ri kelsin.


10. Savol: Chet elda o'qiydigan yoki  ishlab yashaydigan hayotingizda umuman ko'rmagan bir yigit sizni int orqali forumlarda yoki umuman ba'zi manbaalardagi fikrlaringizga tayanib sizni "yoqtirib qoldim menga turmushga chiqing" deb aytsa bu taklifni qanday qabul qilasiz?

Javob: Wertual hayot bilan real hayotni aralashtirishni hohlamasdim. Agarda shunday taklif bo'lib qolsa, taklif qilgan insonni ko'ngliga ozor bermay iloji boricha to'g'ri aniq va chiroyli tushuntirib rad javobimni berardim.
Ammo, taqdirda bo'lsa, manga bildirmay haqiqatda harakat qilsalar, taqdirda yozilganidan qochib keta olmaysan kishi...


11. Savol: Tasavvur qiling, siz turmushga chiqdingiz. Va sizning hijobda yurishingizga, ya'ni Allohning bir farzini bajarishingizga turmush o'rtog'ingiz tomonidan keyinchalik qarshilik boshlandi. (Alloh saqlasin) Hattoki ish shu darajaga yetdiki, oilangiz buzilish arafasida. Siz hijobni tanlaysizmi yoki oilani?

Javob: Hayotda yashashdan eng asosiy maqsad va niyatim, Alloh bergan umrni o'z rizoligi yo'lida, o'zi suygan solih bandalari qatorida bo'lish, hayirli amallar ila umr kechirish, mustahkam iymon, kuchli taqvo ila yashash, farz, sunnat va vojib amallarda sobit va qoyim turmoqlik... Shundoq ekan, kelajakda, go'zal islomiy tarbiya hukmronlik surgan oilaning kelini bo'lishlikni Allohdan so'rab qolaman....
Agarda, siz aytgandek holatga tushib qolsam (ilohim bunday bo'lmasin) iloji boricha yaxshilikcha yotig'icha hijoblanishlik farz ekanligini tushuntirishga harakat qilardim. Shunda ham Alloh hidoyat bermay, tushunishni istamasalar, oilani yoki hijobni tanlash sharti qo'yilsa, hech ikkilanmay shak shubhasiz Alloh buyurgandek "hijob"lanishlikni tanlagan bo'lardim. Axir, eng orzu istagimga erishdim degan-da kecharmidim


12. Savol: Fiqh,tafsir ilmlarini to’liq egallagan arab yigiti va unchalik ilmga ega bo’lmagan, ammo iymoni kuchli o’zbek yigiti. Sizning tanlovingiz?

Javob: Oila masalasidagi taklif va tanlovlarni ota-onam ixtiyoriga, zimmalariga yuklaganman. InshaAlloh ota-onam ilmligu ilmsizni, amalda iymonda mustahkamu aksilarini mandanda ko'proq ajrata oladilar. Ammo ular tanlab, yana bir imkonni bergan taqdirlarida, Mustahkam iymonga ega, o'zbek, iymoni islomiy shariyatlarga muvofiq keladigan barcha ilmlarni istagan va olgan ilmiga amal qilish qat'iy qalbiga tukkan va shu niyatida qoyim bo'lgan insonni tanlagan bo'lardim...
Yana taqdirni Alloh bilguvchiroq :)


13. Savol: Tasavvur qiling, turmushga chiqdingiz. Turmush o’rtog’ingiz ishingni yig’ishtir, uyda o’tirasan desa, nima qilardingiz?

Javob: Hech ikkilanmay rozi bo'lardim. Ammo sabablarini bilgan holda :)


14. Savol: Chetdagi "rahmat" deb qo'yilgan joyni bosmoqchisiz, yani post uchun rahmat aytmoqchisiz, postni manosiga e'tibor berasizmi yoki postni kim yozganligigami?

Javob: Barcha kabi "Rahmat" tugmasiga albatta post uchun baho beraman. Fikri ojizimcha post insonning kimligini, dunyo qarashini bildiradi (bu forumga tegishli).
Shu savoldan foydalanib, ayrim "Rahmat" tugmasiga qarshi birodarlarga fikrimni bildirmoqchiman. Rahmat tugmasi bu kim uchundir rahmat, rahmat uchun yanada ilmga intilish deb bilaman... Ammo shu o'rinda riyo va kibrdan ham saqlanishlikni bilmoq zarur.


15. Savol: Ayni kunlarda siz uchun asosiy yetishmayotganday tuyulayotgan narsa nima?

Javob: Juda ko'p narsa: Sabr, sust ilm, bor ilmga ham amal. Shular bo'lsa InshaAlloh taqvoning ziyodalashuviga asosiy ko'makdosh bo'ladi.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Savolu-javob. ("Forumdoshdan forumdoshga savollar" arxivi)
« Javob #117 : 07 Dekabr 2009, 09:53:47 »
16. Savol: Siz avtobusda o’qishga ketayotgandingiz, shu payt tasodifan avtobusdagi kelishgan, istarali notanish bir yigit sizga negadir ko’p tikilib qoldi (bot-bot qarayapti), aftidan u bir ko’rishda yaxshi ko’rib qolgandek… Avtobusdan tushganingizda u ham tushib ortingizdan yura boshladi… Shunda nima qilasiz? Mobodo, sizni sevib qolgan bo’lsa, shunday vaziyatda u, sizningcha, nima qilishi va o’zini qanday tutishi lozim, deb o’ylaysiz?

Javob: Agarda shunday holatga tushib qolsam, kim tikilishidan qat'iy nazar u tomonga umuman qaramasdim. (InshaAlloh agarda dinni tushungan inson bo'lsa siz aytgan darajada tikilib qarashdan qo'rqardi) Orqamdan ergashib kelaversa qochardim :)), shunchalik 1 ko'rishda yoqitirsh darajasiga borib yetgan bo'lsa o'zi harakat qilishini va niyati holis va jiddiy bo'lsa bu masalada faqatgina qiz(man) emas ota-ona(m) ham ma'sul ekanini yo o'zi tushunishi lozimligini, juda bo'lmasa qiz(o'zim) aytib o'tardim...


17. Savol: Bir kuni sizga siz tanimaydigan userdan pm habar keldi. Habarda sizdan faqat hol ahvol so'ralgan. Aytingchi, bu xatga javob berarmidiz?

Javob: Musulmon musulmondan hol-ahvol so'rashi bu sunnatga hos bo'lgan amallar, u hoh muslim bo'lsin, hoh muslima. Muslim birodar bo'la turib hol-ahvol so'rasal, savollarga yarasha iloji boricha ziyod javob berishga harakat qilaman, shariyat chizgan rombikdan chiqilib keyingi maktub yozilsa, rombikni albatta chiroyli eslatgan holda, hayirlashaman... Muslima opamiz, tengdosh birodar yoki singlimiz bo'lsa jon deb tanishib birodar bo'lardim...


18. Savol: Tasavvur qiling, siz jamoat transportiga - avtobusga chiqdingiz. Yarim yo'lga kelganda cho'ntagingizni titkiladingiz, yo'l kartochkangiz yo'q, pul olishni ham esdan chiqaribsiz. Bir so'm ham pulingiz yo'q, lekin avtobusga to'lash kerak. Uning ustiga yoningizda tanishingiz ham yo'q. Konduktor ham yomon muomalali... Shu vaziyatda nima qilasiz?

Javob: Odatda transprotga chiqishdan oldin albatta bunday holatga tushmaslik u-n tekshirib olaman. Agarda haqiqatda siz aytgan vaziyatga tushib qolsam, sekingina tushib ketaman (dilimdan uzurimni aytib :))


19. Savol: Sahobalar, hatto sahobiya ayollar ham din uchun, Rasululloh uchun jonlarini fido qilganlar. Siz uchun joningizni fido qilishingizga arzidigan narsa nima?

Javob: Савол учун ташаккур. Аллоҳ рози бўлсин. Жудаям чиройли савол бўлибди.
Тўғри биз саҳоба ва саҳобийялар олдида ким бўлибмиз. Аммо ИншаАллоҳ биз уларнинг издошлари бўлишлик ниятида ҳаракатидамиз. Шундоқ экан, аввало Аллоҳ Ризолиги йўлида, сўнг эса пайғамбаримиз  :sw: нинг ҳақиқий умматлари бўлиш, изларига издош бўлиш йўлида жонимни фидо қилардим. ИншаАллоҳ биз йўловчимиз, Ҳақ йўлига чиққан, холис ният ва ихлос амаллар муждасидаги йўловчилар.
ИншаАллоҳ отланган йўлимизда Аллоҳнинг Раҳмати ва Севгисига муштоқ қалбларни ниятларига етказсин.
Яна бир бора ташаккур сизга биродарим...


20. Savol: O'zizni juda chorasiz deb o'ylagan vaqtingiz bo'lganmi? Bu holda nima qilgansiz?

Javob: Инсон ожиз экан, ҳаёти давомида ҳар хил тасодифларга учраши тайин. Бундай вазиятларда чорасизликлар ҳам бўлиб туради. Айнан сиз айтган чорасизликка жуда кўп бора дуч келганман. Алҳамдулиллаҳ. Сиз айтган вазиятда ҳам, бошқа ҳолларда ҳам фақатгина Ўзига таваккул қила олганман ҳолос. Зеро шундан бошқа йўл бўлмаса ҳам керак.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Savolu-javob. ("Forumdoshdan forumdoshga savollar" arxivi)
« Javob #118 : 07 Dekabr 2009, 09:54:00 »
21. Savol: Sizga judayam ta'sir qilgan, Ramazon oyida bo'lib o'tgan voqea?

Javob: Ramazon oyida juda ko'plab yodda qolarli voqealar bo'lgan, ammo hamish qo'msab, eslab o'ylab turadiganim bu oila davrasida katta dasturhon boshida huddi bayramdeb saharlik va iftorlik vaqtini hursandchilik bilan kutish...


22. Savol: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga dunyo hazinalari kaliti berilganida ul zot “Men bu dunyoga dunyo, mol-davlat, boylik uchun kelmadim. Men ummmat uchun (ya’ni ummatni do’zaxdan ogohlantirish, Allohning amrlarini yetkazish uchun) keldim” deganlar.
Savol:Sizni Alloh nima maqsadda dunyoga keltirdi deb o’ylaysiz?

Javob: Avvalo, Alloh taolo o'z kalomida har bir yaratgan mavjudotu mahluqotini yolg'iz O'zigagina ibodatda va itoatda bo'lishi uchun yaratganini aytib o'tadi.
InshaAlloh, o'sha yaratgan mahluqotlari ichida eng ojizasi bo'lib bu buyruqqa bo'yin sunmaslik Butun Olamlar Robbisiga bo'lgan hurmatsizlik o'z boshimchalik bo'ladi.
Asosiy maqsad haqiqiy musulmon bo'lis xolis ixlos bilan O'zigagina ibodatda bo'lish, dinimiz ilmini mukammal o'rganib hayotim davomida tadbiq etish.InshaAlloh.


23. Savol: 1.Kundalik odatlaringizda payg'ambar alayhissalomga sevikli odat va ummatlariga sunnat bo'lgan tahajjud namozni o'qishlikni odat qilganmisiz?
2.Bir kunda 1 ju'zdan Quroni Karim mutoalasida toqat bilan davomli o'qiy olasizmi? (shu vaqtgacha o'qimaganlar bo'lsa endi kirisha olasizmi )

Javob: 1. InshaAlloh, juda odat tusiga kirgan demayman-u, ammo imkonim va ilojim boricha o'qishda bardavomlikdamiz. Odatga aylanib davomli bo'lishini istab duolardamiz...
2. Qur'onning o'zbek tilidagi mazmunini Alloh qodir qilganicha o'qiy olishim m-n. InshaAlloh aslini esa, o'rganishda bardavommiz...


24. Savol: Kecha bir birodarimiz bilan suhbatda bir ajoyib gap eshitib qoldim.
"Ehtiyotkorlik TAQDIRni o'zgartirmaydi". Menga bu gap juda yoqdi. Siz bu gapni qanday tushunasiz?

Javob: Bu borada Mahdiyahning fikrlariga qo'shilib, shaxsiy fikrilarimni ham qo'shimcha qilsam...
Haqiqatda inson bu dunyoga kelishidan oldin, uning taqdiri bitilgan bo'ladi. Ammo, taqdirimda bor ekan shu hol deb, o'zimizni o'z holimizga qo'yib qo'yish ham bu yaxshi ish emas.
Deylik misol uchun, o'zi musulmon bo'la turib islom va iymonni tushunmagan isnonni olaylik. Unga avvalo din va uning arkonlarini tushunishlik uchun hohish va iymon zavqi berildi ammo tashqi bir muammolar bo'lishini tahmin qilgan va  Allohga tavakkul qilgan holatida, u o'zini ehtiyotkorlik bilan ushbularni o'rganmoqlikka kirishdi. Bu uning taqdirida bor edi, ya'ni asli u dinni o'rganishi va ehtiyotkorligi uning taqdirida bitilgan edi. Shuning uchun ham uning bu ehtiyotkorligi taqdirini o'zgartirmaydi iborasi to'g'ri kelsa k-k...


25. Savol: To’ydan keyin turmush o’rtog’ingiz sizga netdan foydalanishni ta’qiqlasalar qanday yo’l tutardingiz?

Javob: Ertani Alloh biladi nima bo'lishini, agarda shunday buyruq kelsa, bo'yin sunmay iloj yo'q. Ammo har narsadan ham to'g'ri foydalanishga bog'liq. Netda bor ko'pchilik ilmiy hamda marifiy kitob va dasturlar, real hayotda kam topiladi...

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Savolu-javob. ("Forumdoshdan forumdoshga savollar" arxivi)
« Javob #119 : 07 Dekabr 2009, 09:54:09 »
26. Savol:
Forumda eng ko'p foydalanadigan qayta qayta ochadigan kitobingiz bormi ? Qaysi kitob?

Javob: Netdan foydalanib o'qiydigan kitoblarim Alhamdulillah talaygina. Ammo deyarli barchasini, forumdan emas, sitedan o'qiyman... Aslidaku, kitobni o'ziga kirsangiz avtomaticheskiy forumga kirib ketadi. Hamda, sofislom.com dan ham ko'p foydalaman... Kooo'p sevib o'qiydigan kitobim, Al-Adab al mufrad, "Payg'ambarlar izdoshi"
 

27. Savol: Sizga eng yoqadigan, doim yodingizda turadigan biror mashxur insonning aforizmi?

Javob: Ali  :ra: ning "Hayo va Sabr qilishdek iymon bo'lmas" aforizmlari
Hasan Basriyning O'zimniki bo'lmagan narsaga nega kuyayinki Alloh uni boshqa nasib qilgan bo'lsa edi, yana Sizlar xohlagancha ilm o‘rganaveringlar. Allohga qasamki, amal qilmaguningizcha Alloh sizlarga uning uchun ajr bermaydi. Ahmoqlar himmati rivoyat qilish, ulamolar himmati rioya qilishdir.
Umar ibn Hattob :ra:ning: Eng johil inson oxiratini birovning dunyosi uchun sotgan kishidir. Alloh xohlasa, bu dunyoda beradi, xohlasa, oxiratga qoldiradi. Alloh dargohidagi ajr-mukofotlar tavakkul qilganlar uchun dunyo manfaatlaridan yanada ustun va bitmas-tuganmasdir.

 

"Siz sevgan..." mavzusi savollari arxivi

Muallif LayloBo'lim Forumdoshlar hayoti

Javoblar: 12
Ko'rilgan: 8860
So'nggi javob 12 Noyabr 2007, 07:30:49
muallifi Laylo
,,Islomiy viktorina" savollar.

Muallif Muslim IslomiddiynBo'lim Intellekt

Javoblar: 5
Ko'rilgan: 5358
So'nggi javob 23 Sentyabr 2013, 08:26:03
muallifi Muslim Islomiddiyn
KOREYA: FUTBOL BO'YICHA "TINCHLIK KUBOGI"

Muallif muxbirBo'lim Futbol

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 6629
So'nggi javob 31 Yanvar 2007, 12:20:27
muallifi Shoxjahon12
Toshkent haqida "Wikipedia Encyclopedia"da

Muallif AbdusalomBo'lim Toshkent shahri

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 13623
So'nggi javob 20 Iyun 2006, 01:51:11
muallifi Abdusalom
Toshkent haqida "Encarta Encyclopedia"da

Muallif AbdusalomBo'lim Toshkent shahri

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 7312
So'nggi javob 20 Iyun 2006, 01:52:39
muallifi Abdusalom