Savolu-javob. ("Forumdoshdan forumdoshga savollar" arxivi)  ( 97444 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 B


shoir  07 Dekabr 2009, 09:55:00

Uzmusga berilgan savollarga javoblar:

2. Savol: Oila qurganingizdan keyin ayolingizning siz uyda bo'lmagan paytda internetdan foydalanishiga ruxsat berarmidingiz?

Javob: Xudo xohlasa uylansam, avvalo, ayolimni ishlatmoqchimasman. Unga uyda kerakli shart-sharoitlarni baholiqudrat qilib berishga harakat qilaman, jumladan, ilm olishi, ibodat qilishi va kompyuterda ishlashi uchun sharoitlarni ham, inshaalloh. Vaqti-vaqti bilan sayrga olib chiqishni ham unutmayman.
O’zim shu paytgacha yiqqan hamma kitoblarni, media ma’lumotlarni uning ihtiyoriga topshiraman. Birorta yaxshi kitob, jurnal yoki qiziqarli narsa Internetda va Media olamida paydo bo’lsa, o’zim olib kelib qo’yib beraman.
Oldindan bir narsa deyishim qiyin, balki uydaligimda u bu islomiy saytlarda ishlashiga ruxsat berarman. Faqat ma’lum bir muddatgacha uyda Internetga ulanishni kechiktirib turmoqchiman. Qolganini, keyin o’ylashib ko’rarmiz"¦
Qisqasi uni zeriktirmaslikni, hayotimizni go’zal va sermazmun bo’lishni ming bitta chorasini topishga harakat qilaman, inshaalloh"¦


3. Savol: Allohga muhabbatni ikki og’iz so’z bilan ifodalang. O’zingizni nechog’lik Allohga muhabbatli deb hisoblaysiz?

Javob: Allohga muhabbat qanday bo’lishini anbiyo va avliyolardan ortiq ta’riflash mahol ish. Ta’riflansa-da, u albatta batafsil sharhga muhtoj bo’ladi"¦

Allohga muhabbat bu — U zotga butun borlig’ini bag’ishlash, U zotga e’tirozsiz bo’yinsunish va U zotdan kelganiga rozi bo’lish...

"œHar holda muhabbat da’vosi ulug’ ish. Shu sabab Fuzayl rahmatullohi alayh deydilar: "œAgar sendan: "œAllohni yaxshi ko’rasanmi?" deb so’rasalar, sukut saqla. Chunki agar sen, "œyo’q", desang, kofir bo’lasan. Agar, "œha", desang, sening holing oshiqlarning holi kabi emasdir"¦ " "œIhyo"dan. Meni ham javobim bundan ortiq bo'lmaydi...


4. Savol: Tanqidga munosabatingiz? Hayotingiz davomida eng esda qolgan tanqid (o’zingizga nisbatan)?

Javob: Tanqidga munosabatim o’rtacha. Tanqidni o’rniga, odamiga qarab, o’sha insonni sal ehtiyotlab aytgan ma’qulroq, menimcha. Chunki inson - xatokor... Agar shaxsan o’zimga taalluqli tanqid bo’lsa, uni o’zimga aytilsa to’g’ri qabul qilaman"¦

Bu kabi voqealar hayotimda bo’lgan. Men bir narsaga aminmanki, sizga nisbatan eng o’rinli tanqidni sizga joni achiydigan insonlargina berar ekan. Shunday insonlarni boriga shukr"¦


5. Savol: Ikki jins orasidagi sevgi va ishq nima sizngingcha.Nikohli nikosiz bunday munosabatda chegara qanday bo'lishi kerak?
Sizning yoningizda siz hurmat qiladigan tanishingiz shunday "ishq va sevgi" otashidan nikohdan avval zino sababli "kuyib kul bo'lib"ota yoki ona bo'lishga majbur bo'lib qolganini sezib qoldingiz o'sha inson bilan munosabatlaringizni qay tarzda davom ettirasiz?

Javob: Farhod Shirinni jahonnamodagi aksini ko’riboq oshiqu beqaror bo’lganini yoxud Otabek Kumushni tasodifan ko’rib qolib ishq dardiga mubtalo bo’lganini, so’ngra esa uylangani ko’pchiligimizga ma’lum va mashhur. Demoqchimanki, inson avval sevadi yoki qalbida boshqa bir insonga nisbatan o’zgacha bir mehr va mayl paydo bo’ladi. Ko’ngilda uyg'ongan ana shu pokiza tuyg’uni nikoh qonuniylashtiradi. Bu esa o’rtadagi sevgi va muhabbat rishtasini yanada mustahkamlaydi...
Pok sevgi-muhabbat bu ilohiy ne’mat. Uni taqdir xatiga o’xshatgim keladi. Ko’ngilda pok muhabbatning uyg’onishi g’ayriihtiyoriy hodisa (inson ihtiyorida emas). Shunday ekan, uni ko’ngildan quvish ham uni qo’lidagi ish emas. «Muhabbat qalbning mahbubga maylidir. Muhabbat ko’ngil ishi. U zohiriy a’zolarning ishi emas. Oila er-xotin o’rtasidagi muhabbat va maylga asoslangandagina baxtli va foydali bo’ladi...» (Muhammad Ahmad Kan’on.  "œEr-xotinlik asoslari" risolasi ).

Mazkur muallifning nikohdan avvalgi munosabatlar chegarasi haqida shunday fikrlari bor: "œAlloh taolo musulmonlarga buzuq yo’llardan saqlanish uchun avvalo ko’zni tiyishni buyurdi. Zero, ko’rish qalb kalitidir. Xato va buzuqlikka oli boruvchi barcha yo’llarni, begona ayol bilan yolg’iz qolish, qo’l olishish va h.k. kabilarni harom qildi. Bu ishlar qalb mayliga sabab bo’ladi. Qalb mayl qilgach, nafsni jilovlash o’ta mushkul bo’ladi. Alloh taolo rahm qilganlargina o’zlarini tiyib qolishlari mumkin..."

Uylangach esa oilada musulmoncha-o’zbekona odobga rioya qilish lozim deb bilaman. Masalan, yigit kishi o’z juftini har qancha yaxshi ko’rsa-da, uni yaqinlaridan yuqori darajaga qo’yib, oiladagi avvaldan mavjud sokin va fayzli iqlimni barbod qilmasligi kerak. Deylik, ishdan yoki safardan qaytganida eng avval ota-onasini so’roqlashi, ularni ziyorat qilishi lozim; ularning huzurida ayoliga, go’yo e’tibor bermaganday o’zini tutishi kerak, ya’ni ayoliga chetdan qaraganda erish tuyuladigan muomalani qilmasligi kerak (qancha shirin gaplari bo’lsa marhamat uyga kirganda gapiraversin"¦)

Oxirgi savolingizga javob berishim biroz mushkul, chunki bunday vaziyatga tushmaganman. Lekin bu savolingiz menga yoshligimdagi bir ta’sirli voqeani esga soldi... Qo’shni qishloqda ikki sevishgan yigit va qizning to’ydan oldingi "œjiddiy ishqiy munosabatlari" haqida gap tarqaldi... Tez orada qishloq ahli ularni qishloqqa isnod keltirganlari uchun bir xafta ichida zudlik bilan qishloqni tark etishlarini talab qilishgandi. Ular shu zaylda qishloqdan badarg’a qilingandi. Aytishlaricha, ular o’shandan beri sira qaytib ko’rinmay ketgan ekanlar...

P.S.

Shu risolani (Muhammad Ahmad Kan’onning  "œEr-xotinlik asoslari" ) forumga joylasak yaxshi bo'lardi. U "Hidoyat" jurnaling 2002-2003 sonlarida chop etilgan. Juda yaxshi risola. Bu boradagi ko'pgina savollarga u erdan javob olish mumkin.

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 09:55:13

6. Savol: Kun qizigan, quyosh tig'i ostida soya joy izlab ketayapsiz. Shu payt bir haydovchi mashinasidagi nosozlik tufayli uni itarib yuborishingizni iltimos qildi. Siz rozi bo'lib, asta itara boshladingiz. Haydovchi esa, sizga yordam berish o'rniga o'zi rulga o'tirib oldi. Oftob tig'ida allaqayergacha mashinani itarib bordingiz, rosa qizib, terlab ketdingiz. Haydovchi esa mashinasi o't olishi bilan, orqasigayam qaramay, sizga rahmatni-da nasiya etib, jo'navordi.
Bu holatingizdan achinasizmi? Bu holatga qanday baho berasiz?

Javob: Bunga o’xhash holatlar bo’lib turadi. Odatda, Alloh nasib qilib, birovga yaxshilik qilganimizda yoki ehson qilganimizda "œRahmat!", "œAlloh rozi bo’lsin!" deyishadi yoki biror xos duo qilishadi, shunda ko’nglimiz o’zgacha bir sururga to’ladi... Biz bilamizki, mo’min kishi bir ishni — yordam, ehson va h.k. solih amallarni Alloh rizosi uchun (Fisabilillah) qilishi lozim. Shunda siz keltirgan holatda bo’lgani kabi rahmat aytilmasa ham zinhor hafa bo’linmaydi, boisi o’sha inson biladiki Parvardigori olam har bir qilingan hayrli amalni ko’rib turibdi"¦ Osha holatda ham men ko'pam achinib o'tirmayman. Ha mayli-da, nima ham deysiz, birodar... Yaxshilik qilishda davom etaveramiz... :)
Xalqimizda "œYaxshilik qil suvga ot, baliq bilmasa Xoliq biladi", yana "œKimdir xizmat, kimdir himmat bilan Haqqa yetishadi", degan gaplar bor"¦ Yana, hozir esimda yoq bir kitobda o’qigandim, Mavlono Rumiyniki bo’lsa kerak, mazmuni: mobodo rahmat aytilmasa savobi to’liqroq bo’larkan"¦  Shu o'rinda azizlarimiz hayotidan bir misol. Xoja Bahouddin Naqshband (q.s.) hazratlari ham doim yo’l ustidagi insonlarga ozor etkazadigan narsalarni terib, olib tashlab yurgan ekanlar. Shubhasizki u zotning bu ibratomuz ishlari ham faqat Alloh rizosi uchun bo'lgan, deb bilamiz...

Qur’oni Karimda ham bu haqda ko’plab oyatlar bor. Ulardan ba’zilarini keltirib javobimni yakunlayman.

Kim mo’min holida solih amallardan qilsa, sa’yi-harakati zoye ketmas. Albatta, Biz uni yozib qo’yguvchidirmiz (Anbiyo, 94).

Yo’q! Kimki yaxshilik qilgan holida yuzini Allohga topshirsa, unga Robbi huzurida ajr bordir. Ularga xavf yo’q va ular xafa ham bo’lmaslar (Baqara , 112).


7. Savol: Ramazon bilan bog'liq hayotingizdagi eng go'zal xotiralar bilan o'rtoqlashsangiz.

Javob: Har birimizda Ramazondan qolgan o'ziga xos go’zal xotiralar bor...

Bolaligim, maktab davrlarim ko’proq buvimlarnikida o’tgan. Ramazonda og’iz ochar paytlarida
buvim rahmatlik biz nevaralariga, hali arabcha duolarni bilmaganimiz uchun, o’zbekcha duolarni o’rgatardilar.
- Hoy Farhodjon, eshit!.. — deb qo’llarini qimirlatib, o’sha duoni aytib berardilar:

Ro’za tutdim noz uchun,
Nozu ne’mat bor uchun,
Ro’zamni qabul qilsin,
Ohirat iymon uchun"¦

Biz esa ularni ortlaridan takrorlardik"¦

Buvim rahmatlik bundan 10 yilcha burun Ramazon oyida Arafa kuni bu foniy olamdan boqiy olamga rihlat qildilar. Alloh taolo ruhlarini shod qilsin"¦


8. Savol: Siz yashayotgan yoki siz guvohi bo'lgan to'ydagi uchta eng yaxshi odat qaysi?

Javob: Yaqinda bir nikoh to’yi (valima) munosabati bilan amri-ma’rifda qatnashdik. Go’zal bo’ldi. To’yxonaga barcha yig’ilgach, avval chiroyli Qur’on tilovati qilindi, duolardan so’ng, taklif etilgan hurmatli imom domla chiroyli ma’ruza qildilar. Hamma jon qulog’i bilan eshitdi. Ma’ruzadan keyin dasturxonga osh tortilib, xushovoz hofizlar tomonidan mumtoz qo’shiqlar kuylandi"¦
Tan olish kerakki, xalqimiz san’atsevar xalq, shu boisdan, menimcha, Navoiy, Haziniy, Muqimiy, Furqat kabi shoirlar g’azallariga bastalangan yaxshi, ma’nili kuy-qo’shiqlarni eshitishni hech zarari bo’lmasa kerak.
Qisqasi, qachonki to’ylar shariatga muvofiq (ichkiliksiz, erkak-ayol alohida-alohida "¦) o’tkazilsa yaxshi, aks holda yaxshimas...


9. Savol: Deylik net-kafedasiz.. Yonizda o'tirgan qiz (yigit) ning kompiga beixtiyor ko'ziz tushib qoldi. U Sizning nazdingizda o'zi uchun (din, jamiyat uchun) foydasiz ish bilan mashg'ul. Unga tanbeh berarmidiz yoki indamay qo'ya qolarmidiz?

Javob: Bu va bunga o’xshash narsalar kishining atrofga (jamiyatga) munosabatini belgilaydi. Hozir ko’pchilikni shiorlaridan biri — "œO’zingni bil, o’zgani qo’y"dek tuyuladi menga. Bu bir tomondan to’giri bo’lsa, ikkinchi tomondan noto’g’ri (o’ta befarq bo’lish ham bo’lmaydi).

Men faqat ishxonada internet ishlamay qolib zarurat tug’ilsagina inet kafega kiraman va ko’pincha shoshilinchda birovni nima ish qilayotganiga unchalik e’tibor bermayman.Umuman olganda, shunda ham ma`lum-ku: bir yonda yosh bollar komanda-komanda bo’volishib Counter Strike o’ynayotgan, talabalar o’ziga kerakli ma’lumotlarni qidirayotgan, pochtasini tekshirayotgan, yana allakimlardir agentlarda o’tirgan bo’ladi va bu aksari inet kafelardagi holat. Begonalarga dabdurustdan nasihat qilish yoki tanbeh berish noqulay va ko’p holda foydasiz. Menimcha, biz eng avvalo yaqinlarimizni ahvolidan boxabar bo’lishimiz lozim.
(Hamma narsaga parvo qilaversangiz, go’yo ularga muakkaldek, o’zingizni qiynab qo’yasiz. Menga ham bir paytlar shunday deb aytishgan edi"¦)

Qaniydi, shunday bir muttaqiy, ma`rifatli insonlar ko’paysa-yu, boshqalar ularni ko’rganlarida salobatlaridan darrov o’zlarini tuzatib olsalar, ularni yurish turishlaridan va hulqlaridan ibrat olsalar...


10. Savol: Аллоҳ учун схши ксриш билан боғлиқ ҳаётда сзингиз гувоҳ бслган қандай ибратли воқеликни сслай оласиз?

Javob:
Hozir, hayotimda manov voqea bo’lgandi, deb aynan keltir olmasam-da, lekin savolingizga umumiy tarzda bo’lsa ham javob berishga harakat qilaman"¦

Kishi bir insonni yoshidan (nuroniy cholmi yo yosh bolami), jinsidan (erkakmi yo ayolmi) qat’iy nazar, Alloh uchun yaxshi ko’rib qolishi mumkin ekan"¦ Shunda (kishi) o’sha insonni qattiq hurmat qila boshlaydi, sal ko’rmay qolsa diydorini sog’inadi, unga chin dildan faqat va faqat yaxshilikni sog’inadi"¦

Bu tug’u qalbga o’rnashib, kuchaysa Payg’ambar (as) bilan Abu Bakr Siddiq (ra) o’rtalaridagi do’stlik va muhabbat yoki deylik Shams Tabriziy bilan Jaloliddin Rumiy ortalarida bo’lgan muhabbat singari tus olishi ham ehtimoldan holi emas"¦ Bu shunday bir pok sevgiki (mehrki), dunyolar uning oldida hechga aylanadi"¦ Abu Bakr Siddiq (ra) holatiga tushib qoladi inson, huddi u kishining Payg’ambar (as) yurganlarida ham, turganlarida ham qaboqlaridan ketmay qolgani kabi"¦ Ajab emaski (umid borki), bu tuyg'u Alloh taologa bo’lgan muhabbatning go'zal ibtidosi bo'lsa"¦ Kimda mazkur tuyg'u bo'lsa Alloh muborak qilsin!..

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 09:55:22

11. Savol: Болалигинингизда сзингиз иштирокингизда рсй берган снг кулгили ҳодисани сслай оласизми?

Javob: Bolaligimdan juda ko’p qiziqarli voqelar esda qolgan"¦ Uydagi, mahalladagi, hopitgani (cho’milgani) borgandagi  voqelar qay birini aytay  :)

Bolaligimda meni bog’chaga berishgandi. Har kuni ertalab kichkina ammamlar qo’limdan yetaklab bog’cha opaning qo’llariga topshirib yoki bog’cha darvozasidan ichkariga qo’yvorib qaytardilar. Biz u yerda har xil o’yinchoqlar o’ynardik, rasmlar chizardik, bog’cha hovlisidagi sirpanchiqda sirpanardik, ba’zan "œoq terakmi ko’k terak" o’yinini o’ynardik. Yoz paytlari tashqariga ekskursiyaga ham olib chiqishardi. Shunda biz ikkita-ikkita bo’lib qo’l ushlashib, allaqanday qo’shiqlarni jo’r bo’lib aytib boraverardik. Ekskursiyadan qaytgach, tush payti mazza qilib yotog’imizda uxlardik. Ko’pincha uyqumiz kelmasdi. Ko’zimizni yumib, jim yotsak-da, lekin sira uxlamasdik. Hammasi bog’cha opamiz chiqib ketishlari bilan boshlanardi....   ;D
Avvaliga past ovozda qiqirlashib bog’cha opamiz chiqib ketganlarini bir-birimizga bildirardik, keyin yo’qliklariga to’la ishonch hosil qilgach, qiyqirishib, kravat ustida chiqib sakrashlarni boshlavorardik. Bu yog’i endi kim balandga sakrash!... Baqir-chaqir qilishib shirin uyqudagi uyquchilarni ham bir zumda uyg’otib yuborardik... Bir payt, maza qilib o’ynayotganimizda, ichimizdan kimdir (ko’pincha qizlardan biri) eshik tomonga, go’yo razvedkaga borganday pusib borib, qaytarkan, qo’qqisdan:
- Opoy kelyaptiii!!! - deb baqirib yuborardi... :o : )
Buni eshitgan zahotimiz hammamiz apil-tapil o’rnimizga kirib, o’zimizni, huddi uxlaganga solib yotishga tushardik... "œIshqilib opamiz bilib qolishmasinda!..."  ;)


12. Savol: "O'zini aqlli qilib ko'rsatish!" Bu iborani hayotta juda ko'p ishlatamiz, lekin baribir hayron qolasan, odam o'zini qanday qilib aqlli ko'rsatishi mumkin?

Javob: Menimcha, bu biroz ilmsizlikning va yoki mutakabbirlikning oqibati bo'lsa kerak. Bir shoira aytganiday (Tursunoy Sodiqova yanglishmasam) "Kibrni ko'proq biroz ilmdan boxabarlar qiladi...", odam ba'zan dunyoda o'zidan ko'ra aqlli insonlar borligini esdan chiqarib qo'yadi. Ilmni ko'z-ko'z qilish ichdagi yashirin shuhratparastlik hissi tufayli namoyon bo'ladi. Ammo, Xoja Bahouddin Naqshband hazratlarining "Shuhratda ofat bordir" deganlarini yoddan chiqarmaslik kerak...

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 09:56:01

Fatimaga berilgan savollarga javoblar:

2. Savol: 1. Eng yaqin do'stingizda qaysi xislatlar bo'lishini xohlaysiz?
2. Joynamoz ustida namoz o'qib turgan paytingizda yig'laganmisiz? Nima sababdan?
3. Siz do'stingiz qaysi xatosini umuman kechira olmaysiz?
4. Issig'ingiz ko'tarilganda termometr ko'rsatgan eng yuqori daraja necha bo'lgan?

Javob: 1. Eng yaqin do`stimni... Eng asosiysi mani tushuna oladigan bo`lishini xohlayman.
2. Ha, yig`laganman. Sababi hammaga ayon.
3. Nima xato qilgandayam baribir kechirardim.
4. Juda ajoyib savol bo`libdi, Allohga shukr hech qachon termometr k`orsatkichi manda uncha yuqori b`olmagan. Eng balandi 37-38.


3. Savol: Oyijoningizga bo’lgan mehringizni qanday izhor qilasiz?

Javob: Onajonimga bo`lgan mehrimni ikki og`iz shirin so`zim, yoki ba`zan ularga yoqqan biror yaxshi ishim bilan, yoki... xullas har xil yo`llar bilan izhor etolaman mehrimni onajonimga.
Alloh rozi bo`lsin.


4. Savol: O’zingiz o’zingizga yoqmaydigan vaqtlar ham bo’ladimi? Shunday holda nima qilasiz?

Javob: O`zimga yoqmaydigan holatlarim juda ko`p bo`ladi. Keskin holatda qaror qilishdan qo`rqaman. Har doim shunaqa bo`lganida "keyingi gal albatta o`ylab qilaman",- deyman yo`q, ba`zan to`g`ri, ba`zan xato o`ylab qaror qilib qo`yaman. Kecha ham shunday xato o`ylab, kimlargadir ishonib adashganimdan, o`sha holatda qilgan qarorimdan hozir afsuslanib o`tiribman.
  Bu uchun forumimizdagi bir yaqin dugonajonim, ajoyib userkamizdan kechirim so`rayman. U kishi bilan Uchrashganimizda, albatta hammasini tushuntirib beraman InshaALLAH.  Hammamizni Yaratgan Egam fitnachi, ig`vogarlardan O`z panohida asrasin.


5. Savol: Oiladaga muhit, sizni ro'mol(hijob)ni tanlab uyda o'tirishlik yoki bo'lmasa ro'mol(hijob)siz dunyoviy ilm olib, biror kasb egasi bo'lish shartini qo'ymoqda qay birini tanlaysiz?

Javob: Man, albatta, har qanaqa holatdayam hijobni tanlagan bo`lardim.


6. Savol: Tasavvur qiling, siz jamoat transportiga - avtobusga chiqdingiz. Yarim yo'lga kelganda cho'ntagingizni titkiladingiz, yo'l kartochkangiz yo'q, pul olishni ham esdan chiqaribsiz. Bir so'm ham pulingiz yo'q, lekin avtobusga to'lash kerak. Uning ustiga yoningizda tanishingiz ham yo'q. Konduktor ham yomon muomalali... Shu vaziyatda nima qilasiz?

Javob: Men ham bunaqa vaziyatga tushmaganman. Agar siz aytganday bo`ladigan bo`lsa: 1) agar avtobus ko`proq vaqt yuradigan bo`lsa, tushadigan joyimga yaqinroq birorta tanishimga telefon qilib, pul olib meni o`sha bekatda kutib turishini iltimos qilardim.

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 09:59:56

Abdulhafizga berilgan savollarga javoblar:

2. Savol: 1. Siz sevib o'qigan badiiy 3 ta asardagi 3 ta zo'r iqtibosni keltira olasizmi?
2. Siz sevib o'qigan 3 ta jahon adabiyotidan 3 ta zo'r iqtibos yoki baytni keltira olasizmi?

Javob: Birinchi savolingizga javob yozolmadim, chunki badiiy asarlarni ko'p o'qimaganman.
2. 1) Dasturxonlar qozon-tovoqlar xalqning yuqori tabaqasi va boshliqlarning uylarida borib kelaveradi. Yurtlar-u odamlar Ummatning payg'ambari Muhammad (s.a.v)ning qo'l ostida. Tuyalar ustida oziq-ovqatlar yuklangan holda kelar, u zotning oldilarida oltin-kumush to'lib toshar edi! Aytingchi Rosululloh(s.a.v)ning yeb-ichishlari qanday bo'lgandi?! Podshohlar hayoti kabi edimi, yoki ulardan ko'ra buyuk va azamatli edimi? Davlatmand boylarning ovqatlari kabi edimi? Yoki ularnikidan yaxshiroq edimi?! Siz Rosululloh(s.a.v)ning taomi, uning ozligi va soddaligini ko'rganingizda hayratga tushmang!
    Anas r.a bizga rivoyat qilib dedi: "Rosululloh(s.a.v)ning oldida kamdan kam holatlarda non va go'sht peshinlik yoki kechki ovqat paytida jamlangan" (Imom Ahmad rivoyati)
 Oisha r.anho dedi:"Rosululloh(s.a.v) vafot etgunlariga qadar u zotning oila a'zolari ketma-ket ikki kun arpa noniga to'ymaganlar"(Muslim rivoyati)...
...Gap ozlik va tanqislikdan emas. Chunki, boyliklar Rosululloh(s.a.v)ning qo'l ostida to'lib toshgan va huzuriga yuklar ortilgan tuyalar kelar edi. Lekin Alloh taolo payg'ambari sallallohu alayhi vasallam uchun mukammal va eng to'g'ri hayotni tanlagan edi...
  "Payg'ambarimiz(s.a.v)ning uyida bir kun"
 2) Agar Rosululloh(s.a.v)ning amrlariga modaga ahamiyat berganimiz kabi munosabatda bo'lganimizda edi, ko'plab pokiza haqiqiy musulmon kishilar yetishardi.
 "O'gay ona" Ahmad Lutfiy
 3) Eyki, sen, Haq, sha'niga urguvchi do'q,
Lashkari Haq ichradirsen, o'yla qo'rq.
Juzvi juzving lashkari Haqdir, biroq,
Bosh egarlar senga, etmasdan nifoq.
Ko'zlaringga yetsa gar Haq buyrug'i,
Shul zamon joningni olgay og'rig'i.
Tishlaringga bersa Alloh amrini,
Ne uqubatlarga solgaydir seni.
Jaloliddin Rumiy.


3. Savol: Tasavvur qiling, siz jamoat transportiga - avtobusga chiqdingiz. Yarim yo'lga kelganda cho'ntagingizni titkiladingiz, yo'l kartochkangiz yo'q, pul olishni ham esdan chiqaribsiz. Bir so'm ham pulingiz yo'q, lekin avtobusga to'lash kerak. Uning ustiga yoningizda tanishingiz ham yo'q. Konduktor ham yomon muomalali... Shu vaziyatda nima qilasiz?

Javob: Xudoga shukr hali bunday vaziyatga tushmaganman. Bizda avtobuslar yo'q, ko'proq damas va yengil mashinalar yuradi. Men iloji boricha tanishroq moshinaga chiqishga harakat qilaman. Agar shunday vaziyatga tushib qolsam, tushintirishga harakat qilaman, agar siz aytganday tushunmaydigan odam bo'lsa, biror narsamni garovga berib ketardim...


4. Savol: Shu forumga deyarli har kuni kirasiz. Sizga bu forum nimasi bn yoqadi?
Va shu forum orqali o'zingiz uchun nimadur foydali ola oldingizmi?

Javob: Menga bu forumda hamma narsa yoqadi, lekin eng asosiysi birodarlarimizni o'zaro samimiyliklari, mehr-muhabbatlarini aytib o'tmoqchiman. Bu yerda yoqtirmaydigan narsam yo'q desam xato qilmayman.
Albatta bu forumdan juda ko'p narsa oldim, olyapman va yana olaman inshialloh. Alloh davomli qilsin.


5. Savol: Rahmat tugmasini POST yoqmasa ham bosgan vaqtingiz bo'lganmi? (Deylik o'sha insonga hurmat yuzasidan Rahmat tugmasini bosgansiz, yoki boshqa sababdan?)

Javob: Menda bunday vaziyat bo'lmagan. POSTni kim yozganidan qat'iy nazar biror joyi yoqsa rahmat aytaman.

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 10:00:13

6. Savol: Aqlingizni tanib, ilk ro'za tutgan kuningizni eslay olasizmi?

Javob: Alhamdulillah 3-4 sinfdaligimda ro'za tutishni boshlaganman, lekin ilk tutgan kunim aniq esimda yo'q uzr!


7. Savol: Siz judayam hurmat qiladigan inson Ramazon oyida, birdan oldingizga keldi-da, sizni tushlikka taklif etdi...
Nima qilasiz? Qanday yo'l tutasiz? Munosabatingiz o'zgaradimi?

Javob: Xudoga shukr hali bunday bo'lmagan. Agar shunday vaziyat bo'lsa, jahlim chiqadi, lekin tushuntirishga harakat qilaman, ammo muloyimlik bilan emas. Agar gunohkor bo'layotganini tushunib, yaxshi tomonga o'zgarsa munosabatim o'zgarmaydi. Tushunib bilib turib shu ishini davom ettirsa, munosabatim o'zgaradi.


8. Savol: Har gal sahobalar hayotini o’qiganimda, huddi shunday filmni ko’rayotgandek tasavvurga ega bo’laman.
Savol:  Siz rejissyor bo’lganingizda qaysi sahobaning hayotini kinofilm qilib ishlagan bo’lardingiz?

Javob: Javobga keladigan bo'lsak, men har bir sahobaning hayotlarini alohida-alohida yoritib beruvchi, serial ishlagan bo'lardim. Chunki hozirgi vaqtda odamlar seriallarni ko'proq berilib ko'rishyapti...


9. Savol: 1.Kundalik odatlaringizda payg'ambar alayhissalomga sevikli odat va ummatlariga sunnat bo'lgan tahajjud namozni o'qishlikni odat qilganmisiz?
2.Bir kunda 1 ju'zdan Quroni Karim mutoalasida toqat bilan davomli o'qiy olasizmi? (shu vaqtgacha o'qimaganlar bo'lsa endi kirisha olasizmi )

Javob: 1. Odatga aylantirishga juda qiynalyapman. Aniqrog'i nafsga hokim bo'lolmayapman.
2. Har kuni odatga aylantirib o'qishmi boshlamaganman, har kuni eshtishga toqatim yetadi Alhamdulillah...


10. Savol: Siz guvohi bo'lgan eng ibratli yoki hayratlanarli to'y qanday bo'lgan edi?

Javob: Ko'plab ibratli to'ylar guvohi bo'lganman va hammasi ham eng ibratli deyishga loyiq deb bilaman(chunki sunnatga xilof bo'lgan to'ylarga anchadan beri bormayman Alhamdulillah).
O'tgan yil bir to'yda bo'lgandik, to'y oxirida bir qoriaka qur'onni judayam chiroyli tilovat qildilar, va ko'plab kishilar beixtiyor ko'ziga yosh olgandi. Bunday holatga boshqa biror to'yda guvoh bo'lmaganim uchun hayratimga sabab bo'lgandi va xotiramda yaxshi saqlanib qolgan...

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 10:00:24

11. Savol: Deylik net-kafedasiz.. Yonizda o'tirgan qiz (yigit) ning kompiga beixtiyor ko'ziz tushib qoldi. U Sizning nazdingizda o'zi uchun (din, jamiyat uchun) foydasiz ish bilan mashg'ul. Unga tanbeh berarmidiz yoki indamay qo'ya qolarmidiz?

Javob: Men hali net-kafeda bo'maganman. Agar net-kafeda bo'lsam va shunday bo'lib qolsa, u insonga tushuntirishga harakat qilib 1-2 ta saytlarni taklif qilardim(biri albatta ziyouz bo'ladi).


12. Savol: Turmush qurishda qiz bilan uchrashuvga chiqqanda Unga berildigan asosiy 3ta savoliz qanday bo'ladi?

Javob: Savollarni u qizni qandayligi va dunyoqarashiga qarab bergan bo'lardim. Uni qanday inson ekanligini bilmasdan, mana bu savolni beraman deyolmayman chunki mendan ilmliroq bo'lishayam mumkinku...


13. Savol: Болалигинингизда сзингиз иштирокингизда рсй берган снг кулгили ҳодисани сслай оласизми?

Javob: Hozir esga olsam eng kulgim keladigani samolyotni ovozini eshitsam judayam qo'rqardim. Ko'chada bo'sam uyga qarab yugurardim va uyga kirib stolni tagigami biror joyga bekinib olardim, ovoz yo'qolganda keyin chiqardim.
    *  *  *
Adashmasam beshinchi sinflarda o'qirdim bitta qo'shnimizni kichik bolalarini bir-ikki marta urishib beruvdim. Bir kun man yo'q edim qo'shni ayol yig'lab bolasini yetaklab uyimizga chiqib onamga: o'g'liz doim bolamni uradi har kun "Tolib urdi" deb yig'lab kiradi deptila. Onam mani 3-4 kundan beri uyda yo'q amakimnikidaligimi aytiptilar. Qo'shnimiz hayron bo'lib, yaxshilab so'rab bilsala, kim uni ursa o'shani "Tolib" deb o'ylarkan.


14. Savol: Sizga eng yoqadigan, doim yodingizda turadigan biror mashxur insonning aforizmi?

Javob: Doim yodimda turadigan hikmatli so'zlardan biri: Sukut saqlang uning eng oz foydasi omonlikdir.
Ali ibn Abu Tolib r.a


15. Savol: 1. Sizga qilingan eng yaxshi sovg'a nima bo'lgan?
2. Hech begona kishidan ham sovg'a olganmisiz?
3. "Sovg'ani boshqasiga sovg'a qilib bo'lmaydi", - deydi ruslar. Agar yaqin bir insoningiz sizga qilingan sovg'ani yoqtirib qolsa, unga berarmidingiz?

Javob: 1. Rusiyada yurgan paytlarimiz bir birodar "Hikmatli dunyo"(muallif shayx hazratlari) nomli diskni hadya qilgandilar. (Hozir esimga kegani shu bo'ldi).
2. Esimda yo'q.
3. Men yaxshi ko'rgan, hurmat qilgan inson so'rasa albatta beraman.

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 10:01:05

Huseynga berilgan savollarga javoblar:

2. Savol: 1. Siz maza qilib tomosha qilgan 3 ta o'zbek filmi. Nima uchun shu filmlarni tanladingiz?
2. Siz maza qilib tomosha qilgan 3 ta jahon filmi? Sababi?

Javob: "Ватан",  "Утов", "Утган кунлар" - ватанпарварлик ва миллийлик кучли акс сттирилгани учун!
"Титаник", "Чайладан чиккан миллионер", "Зулмат"(Хинд киноси) - инсоний муносабатлар кучли тахлил килинган.


3. Savol: Oxirgi marotaba O'LIMni eslashingizga sabab bo'lgan holat?

Javob: Бугун ссладим. Ишхонамда ёлғиз ухлар сканман, "Мабодо шу ерда омонатимни топширсам, шубҳасиз мени ҳам хизмат вақтида халок бслган дейишса керак?" деган жиннича фикрлар келганди хаёлимга. Аегалигини билмайман...


4. Savol: Siz uchun [kelajakda] ayolingizda bo'lishi kerak bo'lgan eng asosiy 3 hislat?

Javob: 1. Керакли пайтда сукут сақлай олиш
2. Яқинларимни қадрлаш
3. Фаросатли бслиш

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 10:01:45

Nurzodaga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Болалигинингизда сзингиз иштирокингизда рсй берган снг кулгили ҳодисани сслай оласизми?

Javob: Bu voqeaga ancha bo'gan 1-sinda o'qib yurgan vohtlarim edi.
Ammamni qizlari mehmonga keludi keyin zerikdikde uyda ammamni qizi sinilarim bekinmachoq o'ynashga kelishdik o'yinimiz uzoqqa cho'zilda uyda bo'ganiga bekinadigan joyam qomudide keyin nima qilarimni bilmiy oyimlani xonalarida to'yida qilingan kotta sandiq turardide keyin ichidegi narsalani bo'shativolganmande ichiga kirib sandiqni yopganimni bilaman...haligi qulflidigan narsasi bo'ladiyu o'sha ilinib qogande  :( azgina o'tmiy nafasim bo'g'ilib havo yetishmiy boshlagan i bor ovozim b-n baqirib "man betdaman" diganman  :2 keyin sandiqdan chiqib oyimga shunqayam bo'ladimi yasashvotganda ustala u bu joyidan teshik qo'ysa bo'midimi sal kechro ochganiylada sandiqni ichida o'lib qolardim nafasim qaytib dib hafa bo'gan ohangda gapirganimda ...oyimla kulib nima sanga bekinmachoq o'ynaganda bekinish uchun ham ishlatiladigan qiberishlari kereymidi dib rosa kulishgan ...haligachayam etib kulishadi uydegila shu voqeani

shu sandiq yasidigan ustalani havo kiradigan teshik qo'ymaganligidan nolinganmanu sandiqqa tushmasdan oldin siqilib qolaman dib o'ylamaganman  ;D


2. Savol: Sizga eng yoqadigan, doim yodingizda turadigan biror mashxur insonning aforizmi?

Javob: Mani eng yoqadigani doim esimda turadigani  matematika ustozimni aytgan gaplari  " TIRIKMISAN HALI HECH NARSA YO'QOTMAGANSAN" dirdila doim bizaga

keyin yana bir Ximiya darsidan kiradigan o'qituvchimiz bo'lardi yoshlari 70 dan oshgan o'sha o'qituvchimiz har darsga kirganda shu nasihatni doim etardila takror.

Aziz o'g'il qizlarim shuni doim yodiylada tutinglarki ichkilik eng yomon odat derdilarde manashu gaplarini etardila:  "Agar aroqni bitta tomchisi yerga tomsayu ustidan 7 yil daryo oqib o'tib ana shu yerdan bittgina maysa o'sib chiqib shu maysani yegan molni go'shti xarom" dirdila.

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 10:02:05

Salmon Forsiyga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol:Меҳр билан боғлиқ ҳаётда сзингиз гувоҳ бслган қандай ибратли воқеликни сслай оласиз?

Javob: Mehr haqida deb berilgan hayotiy savolni ko'rib negadir shu voqea birinchi bulib hayolimga keldi:
Bir kuni yaqinlarim yashaydigan va men tez borib turadigan shaxrimizdagi bir mahallaga bordim.Bu mahalla tuman dehqon bozorini yaqinida joylashgan.Tirikchilik yulida hozirgi kunda ko'pchilik yosh bolalar bozorda aravakashlik qilishadi,bu hayot haqiqati.Men mashina bilan katta yuldan mahallaning tor ko'chasiga burilgan joyda yul ozroq balandlikga ko'tariladi. Usha joyda bir yoshi 11-12 larda bulgan bolakay yuk ortilgan katta aravani usha tepalikga tortib chiqaraolmay yotgan ekan.Yul tor bulganligi uchun utib ketaolmasdan men mashinani aravakashni xavotirga solmaslik uchun ozroq uzoqroqda tuxtatib turdim.Lekin aravadagi yuk juda ham ogir bulgani uchun u bola uni hadeganda tortib chiqara olmayotgan edi.Uni yollagan 30-35 yoshlardagi YIGIT esa unga baqirar:-Kuching etmasa nega aravakashlik qilasan derdiyu lekin umuman unga yordam bermasdi ! Diqqatim oshib mashinadan tushgan edim, shu mahallada yashaydigan, Sirojiddin ismli akaning 10-11 yoshlardagi o'g'li chopib kelib aravakash bolaga yordam bera boshladi. Ularni orqasidan borib men ham ularga ozroq yordamlashib yubordim.Arava haqiqatdan og'ir ekan.

Bir amallab aravani tepalikga chiqarganimizdan keyin, yordam bergan bola ko'zida chinakam qahr bilan aravakashni yollagan YIGITGA baqira boshladi:
-Aka sizda MEHR yuq ekan,bergan 100 so'mingizga shuncha baqirasizu, shu aravani ozroq tortib chiqarishga yordam bergingiz kelmaydi ! Hozir siz bergan 100 so'mga nima beradi ?! O'g'lingiz arava tortsa nima qilasiz ?!
Bolakayni bu ohangdagi gapidan men ham u Yigit ham noqulay ahvolga tushib qoldik.

Men ushanda shu gaplarni aytgan bolakayni ko'zida chinakam MEHRNI (aravakash tengdoshiga nisbattan) va chinakam QAHRNI (aravakashni yollagan Yigitga nisbattan) ko'rgandek bo'ldim.Aravakash bola esa qora mehnatni qilib,terlab ya'na ayibdordek boshini egib turardi. Men bu ikki bir-biriga tengdosh bolakaylarni timsolida doimo DANGAL va doimo SODDA O'zbegimni ko'rgandek bo'ldim.

Mashinaga qaytib borib yulda davom etarkanman usha "tanbeh" eshitgan Yigitni aravakash bolaga yordamlashib aravani bir tomonidan surishib ketayotganini ko'rdim. Nahotki bir bolakayni MEHR tula qalbi bilan rahmi kelib aytgan so'zlari katta yoshdagi Yigitni MEHRSIZ qalbiga ham ozroq bo'lsa ham MEHR kiritgan bulsa...

Biz kattalar "katta ishlarimizni" bitirish uchun o'zi shunday ham qorni to'q kishilarga poralar beramiz, egilib bukilamiz,yaxshi gaplar gapiramiz. Lekin halol mehnat qilib og'irimizni engil qilayotgan oddiy bir aravakash bolaga ozgina MEHR ko'rsata olmaymiz... Axir u ham yaxshi kunidan arava surib yurmagandir ? Nahotki biz shaytoni layinni kasbi bo'lgan kibrni murg'ak qalblarga qilsak !!!


2. Savol: Hayotda o'zingiz qadrlagan eng yaqin kishingizni qabrga qo'yganmsiz? Yaqinlaringiz uchun qabr kovlab ko'rganmisiz? O'sha vaqtlarda qalbingizda o'tgan kechinmalaringiz qanday bo'lgan?

Javob: Qabr kovlab va qabrga tushib kurmaganman.Lekin o'lim har doim Oxiratni eslatib turadi. O'zim qadrlagan insonlarimdan ajralganda qancha harakat qilmayin ovoz chiqarib yig'lay olmaganman. Lekin ko'zimdan yosh tinmay kelaveradi...

Har erkak kishi o'z hayoti davomida kamida uch marta qabr kovlab, bo'lmaganda etti marta tobut ko'tarishi kerak degan gaplarni Bobolarimdan eshitganman. Shunda inson o'zining o'limidan so'ng, uni qabrga quyganlarni mehnatini o'zi uchun halollagan buladi deb eshitganman.

Bu dunyoda ikki joyda insonni qo'lidan hech bir ish kelmaydi. Bu ishlar uning uchun qilinadi, lekin usha vaqtda u eng ojiz bo'ladi:
Birinchisi Inson dunyoga kelgan vaqtda.
Ikkinchisi Inson vafot etganda.

Dinimiz ISLOM naqadar go'zalki unda hamma narsaning hisob kitobi qilingan. Payg'ambarimiz (s.a.v.) musulmon erkaklarni namozlarni har doim JAMOAT bilan o'qishga chaqirganlar, men shu haqda juda ko'p fikr qilaman ! Chunki Jamoatga chiqqan insonni uning atrofidagi barcha musulmonlar taniydi. Uning yaxshi va yomon kunlarida ana usha musulmonlar uning yonida buladi.

Tiriklikda insonlar qanchalik KIBRGA ketishadiki ayrim insonlarni o'zlaridan past hisoblaydilar. Kimlardandir nafratlanadi, mazah qilib aybini topishga, ustidan kulishga, kamsitib odamlar oldida sharmisor qilishga harakat qilishadi. Lekin usha insonlar bilishmaydiki bir kuni ular vafot etishsa balkim usha o'zlari mensimagan, kamsitgan, ustidan kulgan INSON, MUSULMON uning tobutini o'z elkasida ko'tarib uni qabristongacha olib boradi ! Usha INSON, MUSULMON unga atab qabr kovlaydi ! Usha INSON, MUSULMON duoga qo'l ochib JAMOAT bo'lib uning haqqiga ALLOH taolodan unga RAHMAT so'rab DUO qiladi !

Usha vaqtda hozir O'Z KIBRI bilan bu dunyoda yurgan odamni qo'lidan nima ish keladi ?!!
Shuning uchun har doim ALLOH taologa Musulmon bulganimiz uchun, Hidoyatga kirgizgani uchun, ALLOH yulida qasd qilib Do'stlashgan do'stlarimiz borligi uchun Shukr qilishimiz kerak ! Yonimizdagi har bir Musulmonni hurmat qilishimiz kerak, axir ertaga nima bo'lishini ALLOH taolodan boshqa hech kim bilmaydi ! Balkim ertaga usha Birodarlarimiz bizni tobutimizni o'z elkalarida ko'tarishlari mumkin...
INNA LILLAHI VA INNA ILAYHI ROJI'UUN.


3. Savol: Ayolingiz yoki  singillaringiz qisqacha aytganda yaqin mahramlaringizdan birortasi forumlarda qatnashadilarmi? Sizning bunga munosabatingiz? (Ayollar forumlaridan boshqa umumiy forumlarni nazarda tutdim)

Javob: Ibratli savollaringiz uchun rahmat ! Odamni fikrlashga undaydigan savol, to'g'risini aytsam ! ALLOH taoloning eng katta mo'jizasi bu INSON ! Erkak va Ayol ! Bu savolni o'qib mana shu mo'jiza haqida fikr qilgim keldi, negadir !

Har bir erkakka tusatdan shu savolni bersangiz, o'zining erkaklik g'ururi bilan bu savolga birinchi bulib: Yuq !-deb javob beradi !!! Lekin bu dunyoda tushungan inson bor va tushunmagan inson bor ! ALLOH taoloning buyuk mo'jizasi shuning uchun ham Mo'jizada ! Menimcha mana shu birgina javobda juda ham ko'p javoblar mujassamlashgan, aslida...

Bu savolni o'qiganimda mening fikrimga birinchi bo'lib, men uchun qadrli bo'lgan insonning bir fikri keldi.Onamning onalari Buvim (ALLOH rahmat qilsin) bir gapni ko'p takrorlab turardilar:"-Ayol kishi yomon ish qilaman desa paranjini ichida ham qilaveradi !"

Kitob o'qishni umuman yoqtirmaydigan kishiga qanchalar ko'p shox asarlarni olib kelib, ular haqida ma'lumot berib, qiziqtirishga harakat qilsangiz ham u baribir kitob o'qimaydi. Kitob o'qishni sevadigan insonni qanchalik bu ishdan qaytarsangiz ham u baribir ilojini qilib shox asarlarni topib o'qiyveradi, ilm yulida izlanaveradi. Bu fikrim bilan shuni aytmoqchimanki har bir inson har doim o'zi yoqtirgan ishni qilishga harakat qiladi.

Oxir zamon bolalari bulmish o'zimizning davrimizga kelib katta o'zgarishlar sodir bo'ldi, shulardan biri-Internet ! Meni ayolim va ikkala singlim ham forumlarda qatnashishmaydi ! Lekin men ularni Islomiy,Ilm olsa buladigan forumlarda qatnashishlariga norozilik bildirmagan bulardim ! Chunki men ularni hammasini ichki dunyosini, fikrlash doirasini, hayotda menga aytmasada oldiga quygan maqsadini bilaman.Men norozi bo'lmasdim deb ana shularga tayanib aytayapman.

ISLOM dinida Ayolning mavqeyi baland, chunki Payg'ambarimiz (s.a.v) "Jannat onalarning oyog'i ostidadir", deganlar ! Ahamiyat bergan bulsangiz Otalarning emas, balkim Onalarning ! Men bu fikrim bilan Ayollarni Erkaklardan ustun quymoqchi emasman ! Endi bir fikrlab kuraylik, qanday qilib o'zi yaxshi bilimga ega bulmagan Ona, masalan Sizning farzandlaringizga yaxshi ILM berishi mumkin ?! Yuqoridagi fikrim bilan bu fikrlarimni birlashtirsam kitobdan ham, internetdan ham har bir inson o'z bilim salohiyatiga ko'ra foydalanadi. Ana endi savol:- Unda biz erkaklarning vazifamiz nimadan iborat ?

Payg'ambarimiz (s.a.v.) o'z hadislaridan birida shunday fikrni bildirganlar:-"Har bir erkak o'z qo'li ostidagilarga mas'uldir !"

Ayolim, qizim, singillarim, mening qo'l ostimdagilar. To'g'ri singillarim bunga qisman kirarlar, chunki ularning turmush o'rtoqlari bor. Lekin men ularga hozir ham nasihat qilishga haqliman. Men ularni o'z nazoratimdan qoldirmasam, ularni qiziqtira olsam, da'vat eta ololsam, asosiysi ALLOH taolo ularni O'zining Hidoyati, Rahmati, Mehridan benasib qilmasa ular qanday qilib adashishlari mumkin.

Endi ziyouz forumi asosida fikr yuritsam, men bu yerda ko'plab Iymonli, Ilmli, Iffatli opa-singillar bilan tanishdim. Ularning yozgan fikrlarini o'qib ularning dunyoqarashlari haqida tasavvurga ega buldim. Men o'zim sevgan insonlarga yaxshilikni ravo ko'rsam qanday qilib ularni Iymonga, Ilmga, Ayollik Iffatiga da'vat etadigan kishilar bilan do'st bulishga to'sqinlik qilishim mumkin. Axir bu dunyoda Erkakmi Ayolmi kimdandir fikr olib, ilm va iymon o'rganib yashashi kerak-ku !

Har bir Inson o'z bilim doirasidagi fikrlarni gapiradi va yozadi ! Men ham bu yerda O'z fikrim, ojiz ilmim darajasidagi g'oyalarimni bayon qildim. Agar bu yozganlarim kimlarnidir ranjitgan bo'lsa oldindan uzr surayman, bular faqat mening shaxsiy fikrlarim edi...

Qayd etilgan