Savolu-javob. ("Forumdoshdan forumdoshga savollar" arxivi)  ( 158604 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 B


shoir  07 Dekabr 2009, 10:03:54

4. Savol: Sizga eng yoqadigan, doim yodingizda turadigan biror mashxur insonning aforizmi?

Javob: "So'zi va harakati bilan senga ALLOHni va Oxiratni eslatmaydigan kimsa bilan aslo do'st bo'lma".
Fuzayil ibn Iyoz.

5. Savol: Сснгги 10-15 кун ичида ушбу мавзуда берилган жавоблар ичида сизга снг маъқул келганлари қайсилар бслди?

Javob: Bu mavzuda berilgan barcha Savol va Javoblar men uchun har doim ibrat, hayot haqida ya'na bir bor fikrlashga imkon bo'lmoqda.Barcha javoblarda yodda qoladigan fikrlar mavjud, lekin shular orasida menga eng ta'sir qilganlarini sanab o'tmoqchiman:

1.Ulug'bek 75 ning: "O'lim bilan uchrashuv-Yohud hayotdagi orzularim" nomi ostidagi javoblari.
2.Shokirbekning: Omonotdor yigit; Qabr haqidagi;Ixlos haqidagi fikrlari.
3.Munira xonimning: Shukr,sabr haqidagi va 12 yil deganda ALLOH farzand ato etgan oila haqidagi javoblari.
4.Kapalakning:Onalarimiz mehri haqidagi xikoyalari.
5.Gulining:"Talaba bo'lolmadim,lekin alhamdulillah Musulmon bo'ldim" degan so'zlari.
6.AbdulAzizning:bulajak turmush o'rtoqlari bilan uchrashuvga chiqqanda bermoqchi bo'lgan 3ta savollari; Chimyondagi masjid xizmatchisining ibratli o'limi haqidagi xikoyalari.
7.Abdullohning: "Bugunni o'yladim, kecha o'tdi, erta bormi?! Yoshlikga ham ishonma, o'layotgan faqat qarilarmi?!" deb yozgan hikmatli so'zlari.
8.Imlaahning qaynotalarining chiroyli o'limlari haqidagi xikoyalari.
9.Saltanatning ayol sabri haqidagi xikoyalari.
10.Muhseenaning Payg'ambarimiz s.a.v.ga mehr haqidagi xikoyalari menga juda ham ta'sir qildi.

ALLOH taolo barchamizga,O'zinig yulida Birodar bo'lishlikni hasib qilsin.


6. Savol: 1. Sizga qilingan eng yaxshi sovg'a nima bo'lgan?
2. Hech begona kishidan ham sovg'a olganmisiz?
3. "Sovg'ani boshqasiga sovg'a qilib bo'lmaydi", - deydi ruslar. Agar yaqin bir insoningiz sizga qilingan sovg'ani yoqtirib qolsa, unga berarmidingiz?

Javob: 1.9-sinfda o'qib yurgan vaqtimda Dadam tug'ilgan kunimga chiroyli, qul soati sovg'a qilganlar. Shunda juda ham hursand bo'lganman. O'zimni shundan boshlab katta insonlardek tuta boshlaganman. Hozirgi kungacha ko'plab soatlar oldim, lekin usha soatni xaliyam saqlab yuraman, u menga chiroylik xotiraday bo'lib qolganligi uchun...

2.Taqdir ekan hozir Vatandan uzoqdaman, shu yerda usha vaqtlari menga notanish bo'lgan birga ishlaydigan inson bir kuni yangi qimmat kuylak sovg'a qilgan edi. Notanish, o'zga dindagi insonni menga bunday sovg'a qilganidan dastlab hayratlanganman. Lekin keyinchalik ALLOH taolo har bir insonni qalbiga, u kim va qanday dinda bo'lishidan qatiy nazar mehr nurini solishiga amin bo'ldim.

3.O'zim rus maktabida o'qiganim uchun ruslarda shunday odat borligidan xabarim bor. Men o'zimga berilgan sovg'ani boshqa uni yoqtirib qolgan insonga bermagan bo'lardim. Menimcha, har bir berilgan sovg'ada o'zgacha mehr borday tuyuladi. Men yaxshisi usha insonga huddi shunga uxshagan sovg'ani hadya qilgan bo'lardim. Agar uxhsashini topa olmasam, boshqa sovg'a berardim, chunki qanday bo'lishidan qat'iy nazar usha men bergan sovg'a uni o'ziniki bo'ladi.

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 10:04:08

Lologa berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Do'stga zor, dushmanga xor, nomardga muhtoj qilma Duo iborasini qanday tushunasiz?

Javob: Xalqimiz masalan, suv balosi, o't balosi va tuhmat balosidan Allohdan panoh so'ragani kabi va boshqa horliklar; do'stga zorlik, dushmanga horlik va nomardga muhtoj bb qolishlikdan ham panoh so'rab keladi. Chunki kishi hayotta turli vaziyatlarda bb, boshiga xar hil ishlar tushib borar ekan, qaysidir ma'noda shu horliklarni kichik ko'rinishlariga ham duch kelib qoladi. Hammani ham o'ziga yarasha do'stlari, dushmanlari bor. Va atrofimizda mard va nomard (pastkash) insonlar ham yo'q emas. Xattoki ba'zan "O'zingni eng yaqin odamingdan g'irt begona ming marta yaxshikan" deb qolasan kishi. Shunday qiyinchiliklarni ko'rib, tushunib kelayotgan mulohazali odamlar tabiiyki Allohdan bu vaziyatlardan asrashini so'rab kelishadi.

Endi esa tahlilni so'raganakansiz. Inson zotida his-tuyg'u bor ekan, hayotta turli hil ruhiy holatlarga tushib boradi. Va doimo inson do'stga - hamfikrga, maslahatgo'yga, dardini yoki quvonchini eshituvchiga, hamdard va boshqa asosan ruhan yordam bn kuch bag'ishlab turuvchiga ehtiyoj sezaveradi. Lekin moddiy tomondan ham ko'pincha aynan do'stlar yordam beradi. Shunday ekan, do'stsiz odam, yoki keyin do'stdan ayrilgan odam qattiq iztirobga tushadi. Bu boshida bilinmasligi mn, ammo keyinroq boshiga tashvishlar tushganidagina bilinadi. Shunday vaziyatlarda esa Dushmanning bog'iga shamol keladi va sizga har tomonlama tajovuz qilishga harakat qiladi. Bundan ortig'i bo'lmasa kk. Bu ham juda qattiq ruhiy zarba bb, dushmanga hor bo'lgan hisoblanadi. Ba'zan esa eng g'aroyibi - dushmanda "rahm" paydo bo'lishi yuz beradi! Dushman yaxshilik qiladi! Lekin minnatli! Burningizdan chiqaradi qilgan yaxshiligini (bugin qilmasa ertaga albatta qiladi). Buni nomardlik deb bo'lmaydi, chunki dushman shundog'am dushmanda. Undan hamma narsani kutish mn. Lekin haqiqiy nomardlar boshqacha! Boshida do'stga o'xshaydi, biroq dushmandanda yomonroqdir (bamisoli dinimizdagi munofiqlar singari). Aslida ular faqatgina o'z manfaatini ko'zlagan bb chiqadilar. Yolg'onchilikni va birovni haqqi olishlikni o'zlariga halol sanaydilar. Agar ortiq unga sizni foydangiz tegmaydigan bo'lsa "Borre...", "Sani tanimayman!" deb surbetlarcha hotirjam ketaverishadi. Bu holatga hayotta eng, eng va eng ko'p uchraydigan misol - yigitlar tomonidan aldangan qizlar! Qancha-qancha yolg'on vadalar...! Eng yomoni esa - so'nggi pushaymon! Mana shuda nomardga muhtohlik!
Alloh barchamizga insof-tavfiq bersin! Shunda inshaalloh bunday muhtojliklarga uchramaymiz!


2. Savol: Uchrashuvga chiqqanizda yigitga beradigan asosiy 3 ta savoliz qanday?

Javob: 1. Dunyoviy ilmlardan qaysilarini o'zlashtirgani.
Harf taniganimizadan boshlab o'rtacha 15 yil mobaynida asosan dunyoviy ilmlarni o'rganamiz. Shuncha yil besamar o'tmagani va bularga qo'shimcha ravishda yana qanday fanlarni o'zlashtirgani, hamda bilimi qay darajada ekanligini aniqlashga qiziqaman. (Bir kuyovdan nega unv.larda o'qimaganini so'raganimda javob bergandi: Sahobalayam o'qishmaganku, diplomi yo'qku! Keyin man etganman: Agar o'sha payt unv.lar bo'lgani ular albatta o'qishgan bo'lishardi - eng a'lo baholarga!)
2. Diniy ilmi va tushunchasi qandayligi.
Qaysi yoki qanday mavzudagi kitoblarni o'qishini, iymon kalimasi va tavhid haqidagi bilimini, hamda Qur'ondan necha pora yodlagani yoki harf taniydimi, yo'qmi, shularni so'rayman. (Yana bir boshqa kuyovdan so'radim: Tavhid nima? Javob berdi: Uzr, arabchani bilmiman!)
3. Qanday kasb tanlagani.
Qanday kasb-hunarlarni egallagani va ayni damda yoki keyinroq qilmoqchi bo'lgan ishi haqida yetarlicha surishtirish o'rinli deb ham bilaman, chunki bo'lajak oilasini halol luqma bilan boqishi shart bo'ladi.


3. Savol: Sizga eng yoqadigan, doim yodingizda turadigan biror mashxur insonning aforizmi?
Javob: Sheyh Albaniy rahimahulloh etganla: "Odamni tilidan ko'ra uni qilayotgan ishi gapiruvchiroq!"

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 10:04:37

Ulugbek75ga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Ихлос билан боғлиқ ҳаётда сзингиз гувоҳ бслган қандай ибратли воқеликни сслай оласиз?

Javob: Ixlos. Bu qalb amali, bazi tashqi belgilar bilan uning mavjudligini bazan taxmin qilinishigina mumkin bo'lgan - faqat egasi va uning Egasigagina ayon amal. Omonotdorlik esa umumiy shaklda ,zohiriy amal. Shu sababli ixlosga misol keltiraolamasam kerak.
Mavzudan sal chetroq bo'lsa ham, meni xotiramda qolgan bir kishi va uning hayotida kuzatganim holatni aytib o'tay.

U kishi bilan faqatgina o'gli bellasha oladi xolos!

Arab o'lkalaridan birida yashovchi, ham vatanda va ham u kishining uyida kuzatganim holatlarga tavsifim bu.

U kishi bilan birga bo'lganim bir necha kun muddat davomida, Men kuzatganim bo'yicha, shunchalar hayratga tushdimki, haligacha yodimdan chiqmaydi. Rasmiy diplomlari uncha yuqori emas, ammo ko'plab doktorlik unvonlilardan sharíy ilmida kam emasdi. Kundalik yumushlarida birorta hatto borýo'gí muboh bo'lib qoladigan, ya'ni vojib va mustahab bo'lmagan amalni topish juda juda qiyin edi.
Masjidga hammadan ilgari chiqqan, namozgacha Qurón o'qib o'tirgan, namozdan keyin turib qisqagina va'z o'qigan, undan chiqib yana qandaydir da'vat ishiga bog'liq biror yumushga bog'langan, dukonga kirsak, dukon ichida, yondagi sartaroshxonayu boshqa joylarda kimgadir, amr ma'ruf yoki nahiy munkar qilgan, toýga borsak u yerda ham kimgadir nasihat qilgan, qaysidir dinga bog'liq mavzuda bahs yuritgan, jumadan qaytsak, tushlik mahali o'glini boshqa masjidga yuborgani uchun (menimcha ataylab), undan nima haqida xutba bo'lganini so'ragan. Qisqasi u kishining oldida, o'zimni shunday his qildimki, hatto muboh ishni qilishga ham uyalib qoldim. Undan tashqari shaxsiyati juda siniq, g'o'zal axloqli, muloyim tabiatli, ammo kezi kelganda qattiqqo'l va qatíyat egasi.
Birga qayerga borsak, kim bilan uchrashsak, agar bazida bu kishining fikriga qarshi bó'lishsa ham, hamma hammalari hurmat qilishardi, aynan mana shunday noyob sifatli musulmon bo'lganliklari cuhun, menimcha.

U kishining ijaraga bergan uyida turgan bir kishi bilan suhbatlashib qolib, u kishi va o'g'lining jamoat namozi, yodlagan Qurónlarini takror etishlari va mahalla masjidini obod etishlarini quvonch bilan so'zlaganimda u kishi, hali hali qulogímda jaranglaydigan quyidagi jumlalarni aytgandi:

U kishi bilan faqatgina o'gli bellasha oladi xolos!

Hayotda inson imkoniyati chegarasini chamalashga va ibratlanishga chorlaydigan mana shunday musulmonlar borligiga shukur. Mana shunday kishilarni Allohim ajrlarini buyuk qilib berib, bu yo'lda davomli qilsin, ameen!


2. Savol: Сиз сснгги марта баҳраманд бслган ва жуда маъқул келган воқеий ҳикосча(лар)дан бизни ҳам баҳраманд ста оласизми?

Javob: Yaqinda Menga aytib berishgan, o'xshashi kam, nodir, hayotiy bir voqea xayolimni mashg'ul etib keladi. (Menga hikoyani aytib bergan kishi bu oilani shaxsan taniydi). Buni aslida qadrdon maskanim ARBUZda yozmoqchi edim, lekin svol sabab birinchi bo'lib bu fayzli maskandan yer olar ekan endi... :)

Bu hikoyaga o'zimcha sarlavha ham topib qo'ygan ammo yozishga vaqt topa olmayotgan edim, u quyidagicha edi:

MAHBUSNING CHIN YORI VA AG'YORI

Oilali va farzandli bir didndor birodar, hammamizga ma'lum sabablarga ko'ra, juda uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etiladi.
Ko'p o'tmasdan esa hali ozodlikda ekan, atrofida parvona bo'lgan xotini ajrashib, bu yigitning xonadonidan ketib qoladi (farzandlari hozir u ayol bilan yoki yigitning ota-onalari bilan ekanligini bilmayman, so'ramagan ekanman). 
O'z - o'zidan ma'lumki, bu bevafolik, yigitning musibati ustiga musibat, dardi ustiga chipqon bo'ladi. Chunki bu ayol, o'zining endi sobiqga aylangan erini, manaviy yordamga eng muhtoj bo'lgan paytida, yaqinlari duosini his etib madad olish va farzandlari o'zining vafodor umr yo'ldoshi qo'lida ekanligini bilib qisman bo'lsa ham xotirjam bo'lishdek ne'matdan ham mahrum etadida.

Hikoya shu yerigacha, neqadar alamli va achinarli bo'lmasin, unchalik ajablantira olmasa kerak. Sababi, bunga o'xshash xiyonat, bevafolik, sabrsizlik va mas'uliyatsizlikdan va aynan muhtoj bo'lganingda qaqshatib ketadigan "do'st"lar xabarini beruvchi boshqa holatlarni, afsuski, Men ham va taxmin qilamanki Sizlar ham ko'p eshitgansizlar.

Kutilmagan nodir hodisa esa keyin sodir bo'ladi.

Imkoniyatlari cheklangan bu dindor mahbus, o'z hayotidagi eng og'ir damlarini boshidan kechirayotgan, kimning unga haqiqiy do'st va kimning aslida dushman ekanligini kun sayin kashf etishda davom etayotgan, SABRning achchiq mazasini butun vujudida, tanasining har bir hujayrasida har bir o'tgan daqiqada takror va takror tuyayotgan kunlarning birida, uning aqli va nafaqat uning, balki ko'plab eshituvchi va o'quvchilarning aqli bovar qilmas hodisa ro'y beradi. Uning ziyoratiga kelgan yaqinlaridan antiqa xabar eshitadi av bir muddat bunga ishonishi ham juda qiyin kechadi.
Ne quloq bilan eshitsinki, mahbusning Parvardigori, unga bevafolik qilgan xotini o'rniga, Men hali-hali izlab ta'rifiga so'z topoolmayotganim, O'zining eng hayratga soluvchi bandalaridan birini - turmush qurmagan bokira qizni halol juft qilib berayotgan bo'ladi.
Qamoqda mahbus bo'lgan, juda uzoq muddat u yerda qolishga mahkum etilgan va balki aynan shu sababli xotini uni tashlab ketgan kishiga - dunyo va undagi holatlarni ko'plab insonlardan butunlay o'zgacha o'lchay oladigan, noyob bir qiz bu dindor mahbusga g'oibona ko'ngil bog'lagan bo'ladi.
To'g'ri, ko'ngil bog'lashni, hurmat etishni, achinishni, qandaydir yordam qo'li cho'zishni boshqalar ham qila olishi mumkindir, ammo bu kabi o'ta jiddiy va turli oqibatlarni o'zida tashigan qarorni hayotda yashay olish, nihoyatda kam uchraydigan, yuksak tahsinga sazovor, noyob holatdir. Kamida Men shunday deb ishonaman.
Bu antiqa nikoh, bundan 3 yil ilgari mahbus yotgan qamoqxonada, uchrashuvga kelgan qiz va ikki taraf yaqinlari huzurida qiyiladi. O'shandan beri qiz, endi esa oilali muhtarama ayol, o'z mahramini har oyda (adashmayotgan bo'lsam 2 marta) ziyoratiga borib turadi.

Antiqa va inshaalloh bu muborak nikoh o'qilarkan, ozodlikka qachon chiqishi va umuman chiqishi noaniq bo'lgan mahbusga, kelajak oilaviy hayotini topshirgan va qaysidir manoda, butun hayotini noaniqliklar qa'riga cho'ktirgan bu QAHRAMON QIZ, o'zining o'ta dovyurak qarori va tan olish kerakki qimmatgina to'lovi bilan (kamida biz bandalar nazdimizda) - Alloh roziligidan va dini uchun bunday og'ir imtihonga solingan bir musulmon birodarini hech bo'lmasa ko'nglini ko'tarishdan boshqa narsani maqsad etgani mening na aqlim va na vijdonimga sig'maydi.

Hikoyani tinglarkanman beixtiyor bu muborak juftga:
Allohim, Sizlarni mukofotlar yurti - JANNATida eng saodatli juftlar qatorida, doimiy mehmonlaridan qilsin, deya duo qilgim keldi. Ilohim shudnay bo'lsin, ameen!

ps. Hikoya hayotiy voqea rivoyatiga asoslangan bo'lib, faqat bazi o'rinlarigina adabiy tasavvur va tasvir bilan boyitildi.


3. Savol: O'zlaringizni e'tiroflaringizcha forum arbuzda ko'p vaqtdan beri ishtirokchi ekansizlar.Shu ishtirokinglar davomida forum sizga nima berdiyu sizlar forumga (yoki forumdoshlar sizlarga ,sizlar forumdoshlaringizga) nima berdinglar?

Javob: FORUMlar - fikr almashish, bahslashish, malumot almashish, nimagadir da'vat etish yoki nimagadir raddiya berish kabi maqsadlarni ko'zda tutgan OMMA sahnasidir.
ARBUZ esa - o'zbek jamiyati turli qatlamlari vakillarini eng ko' proq qamray olgan va birinchilardan bo'lib tashkil etilgan forumlardan biridir, menimcha.

Shuning uchun ARBUZ, Men kabi o'zbeklar bilan bevosita muloqot qilish va ishlash imkoniyati cheklangan, ammo boshqalarga nimalardir demoqchi bo'lgan, o'zbek jamiyati ahvoliga befarq bo' lmagan, uni yaqindan kuzatishni o'z vazifalarifdan biri deb bilgan, boshqalardan o'rganmoqchi, shaxsiyatini doimiy o'stirmoqchi bo'lgan, musulmon intellektual tabaqaga mansub bo'lish uchun intilgan, bunday qatlam hosil bo'lishini kelajakda muhim deb bilgan, jamiyatning turli qatlam vakillari ko'z o'ngida musulmonman deganning aqliy qobiliyati hech birinikidan kam emasligini (buning ahamiyatini anglash uchun SSSR va g'arbning musulmonga bergan tasvirini ko'z oldiga keltirish lozim bo'ladi) takidlamoqchi, buni isbotlamoqchi, boshqacha aytganda, Islomga ko'pincha bil-vosita, bazida bevosita da'vat etishni istaganlar kirib borishi qiyin bo' lmagan va kirishga juda arzigulik joydir.

Bu maqsadga shu shaklda o' ylagan Men va bunga yaqin qarashda bo'lgan ishtirok etgan va etayotgan forumchilar qancha erisholdik?
Bunga ARBUZning kechasi va bugunidan xabardor kishilar, qolaversa o'sha forum foydalanuvchilari baho berishlari mumkin. Meningcha esa biz, bu bo'shliqni ozgina bo'lsa ham to'ldira oldik.

Musulmonlarimiz ichida ham juda ko'plab jiddiy muammolar bor. ARBUZ Men uchun, ana shu muammolarni o'rganish, tahlil etish, ma'lum yechimlar taklif etish, ularni qisman bo'lsa ham sinab ko'rish o'rni hamdir. Bu yo'nalishda nimaga erisha oldim? Bilmayman. (Bilaman, buni samaraliroq qilish uchun, boshqa profili islomiyroq bo'lgan saytlar bilan ham ishlash lozim edi, ammo bunga vaqt va boshqa to'siqlar imkon bermaydi.)

Men din va dindorning faoliyat doirasi imkon qadar keng bo'lishi va ularning insonlar bilan muloqoti imkon qadar tabiiy kechishi tarafdoriman. Forum mana shu manoda ham keng maydon taqdim etadi. Boshqalarni bunga qancha o'rgata oldim? Bilmayman.

Undan tashqari, turli ruhiy, ma'naviy va moddiy ehtiyojlari mavjud, hayot davomida turli holatlarni yashagan va yashayotgan ojiz insonlar sifatida, forum taqdim etadigan turli xizmatlardan foydalanib kelaman. Misol tariqasida, ARBUZning Adabiyot bo'limi bular sirasiga kiradi.

Forum, shu bilan birga, qaysidir ma'noda bizni kimligimizni, boshqalar bahosiga qarab, o'zimga ko'rsatuvchi ko'zgu hamdir. Men ko'zgu oldida imkon qadar bor bo'yim bilan turishni yoqtiraman. Mendan qancha ayb topilsa, demak bular faqat mening ayblarimdir, ARBUZ (shunngdek ZIYOUZ ham) bundan xoli :) , unga bu ayblarimni ko'rsatb bergani uchun esa tashakkurlarim.


4. Savol: Ўлим ҳақ. Унга борар йсл ҳақ.
Ҳеч сйлаб ксрганмисиз? Сиз қандай слим топишни истардингиз?

Javob: O'lim bilan uchrashuv - Yoxud hayotdagi orzularim:
O'lim - amal olami bo'lmish sinov dunyo hayotining nihoyasi va ayni paytda kelajak natijalar dunyosi bo'lmish abadiy hayotning debochasidir.
O'lim eshikni qoqqan on, inson bu hayotda nimaga erishib erisholmagani deyarli aniq bo'lgan ondir.
O'lim oldi lahzalari, kelasi, hisob-kitob, mukofot yoki jazo hayotiga inson nimalarni o'zi bilan olib borayotganini chamalash uchun so'nggi imkoniyat damidir. U shuning bilan birga, quvonch, hayajon, umid, orzu, qoniqish, afsus, nadomat, dahshat va qo'rquv kabi tuyg'ularning bazilari yoki hammasining birdaniga inson vujudida so'nggi bor to'lqinlangan lahza hamdir.

Mening boshimga ham shu holat tushganida, quyidagilarni istardim:
1. O'sha dam, hayotimda Allohning diniga imonim eng kuchli bo'lgan, Robbim marhamati va mag'firatiga eng kuchli ishongan va umid qilgan dam bo'lishini,
2. Eng yaqin halqadan tortib uzoqroq halqadagilargacha bo'lgan yaqinlarimning DINni, hayotlarining birlamchi mezoni qilib yashayotganliriga ishonch hosil qilgan holimda,
3. O'lkamizda, insonlar ISLOMni yashashlariga nafaqat keng yo'l qo'yib berilgani, balki buning ongli, o'rganilgan va rejali tarzda targ'ib etilgani xabarini ham eshitgan holimda,
4. O'lkamizda, bugun Turkiyada shakllangani kabi Islomni, zamonaviy hayot tarzi bilan uyg'unlashtirolgan, qayerlardandir nusxa kochirishni chetlab o'tolgan, yurtimiz va xalqimiz xususiyatlarini unutmagan, islomiy dunyo qarashga ega, o'qimishli, ziyoli tabaqa shakllangani va bu tabaqa o'lkamizdagi dindorlarning eng katta nisbatini tashkil etganini eshitganim holda,
5. Dunyodagi musulmon o'lkalar va kishilar, kamchiliklari uchun birovlarni ayblashni to'xtatib, o'zlarini tuzatishga kirishgani, bu harakat o'z samarasini bera boshlagani, buning natijasi o'laroq boshqalar, musulmon o'lkalar va insonlar bilan hisoblashishga majbur bo'layotganini, demakki yaqin kelajakda musulmonlar o'z shavkatini qayta tiklashi faqat vaqt masalasiga aylanganini eshitgan va/yoki tushungan holimda,
6. Yuqoridagi holatlar yuzaga kelishiga, qaysidir shaklda bo'lmasin, ozgina bo'lsa ham hissa qo'sholganimni taxmin qiladigan holimda,

bu dunyoni tark etishni istardim. Agar bu orzular ruyobga chiqsa, o'limning qayerda va qachon Menga duch kelishining unchalik katta ahamiyati bo'lmasdi.

Lekin negadir bu onning Ramazonda ro'za tutayotganim damda va negadir vatanda sodir bo'lishi va ota-onam yoniga dafn qilinishim qalbimga yaqinroq tuyuladi.


5. Savol: Keyingi kunlarda bu mavzuda qoldirilgan hikoyalardan menga eng manzur bo'lgani qaysilar bo'ldi?

Javob: Hamma hikoyalar go'zal, ammo bazilari boshqalaridan yanada go'zalroq.
Aslida bu, qanday baholashga ham bog'liq. Hikoyaning mazmuniga qarabmi, yoki hikoyachining neqadar tasirli tasvirlay olishiga qarabmi yoxud ikkalasini ham ko'zdan qochirmaslik lozimmi?

Men eng oson yo'lini tutdim :) , ya'ni mazmuni menga eng ta'sirli sezilganlaridan misollar keltiraman:

1. Munira xonim hikoya qilgan, 12 yil sabr qilishib farzandli bo'lgan juftning sabri va shukri.
2. Muhseenaning Janob Payg'ambarimizga bo'lgan muhabbatiga kuchli havasim keldi.
3. Abdulaziz hikoya qilgan, Chimyondagi masjid supurgich kishining husni xotimasi.
4. Kapalak hikoya qilgan, mahalladagi egasiz it va mushuklar g'amini yeb yurgan Istanbullik qarya kampir.
5. Saltanat hikoya qilgan, opasining hasadi tufayli ukasi xotinini taloq qilganda, bu ayol ko'rsatgan ulkan sabr.
6. Imlaahning qaynotalari yashagan namunali hayot va u kishiga haqli tarzda nasib etgan husni xotima. Menga eng tasir qilgan hikoya aslida mana shu bo'ldi. Allohim shunday go'zal xotimani bizlarga ham nasib etsin, ameen!
7. Salmon Forsiyning mehr haqidagi hikoyasi. (Aravakashni yollagan yigitning, voqeadan so'ng unga yordamlashib ketishiga, (faqat) u bolaning gapi emas, aynan Salmonnig va bolakayning chopib yordamga kelgani va u juda noqulay vaziyatga tushib qolgani sabab bo'lgan menimcha...)
8. Gulining talaba bo'lolmadim, ammo muslima bo'ldim degan tasirli iboralari.

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 10:05:09

Muhammad Sohibga berilgan savollarga javoblar:

Ассаламу алайкум!
Аллоҳдан барчангизнинг илм ва зеҳнингизга барака ссрайман! Биродарлар малол олмасангиз Аллоҳнинг биз ғариб қулига ҳам саволларингиз бслса бераверинглар! :) Хурсанд бслардик! Умуман олганда шу мавзу анча қизиқарлироқ скан! Биродарлар билан фикр алмашиб, анча самимий суҳбатлар бсларкан! Аллоҳ барча аҳли форумнинг мана шу каби ахиллигини давомли қилсин. :))

1. Savol: Kurtlar vodiysi kabi kinolarni ko'rish insonga yaxshi deb o'ylaysizmi? Bunday kinolarni ko'rish har bir insonning vaqtini olib qo'ymaydimi? Bunday kinolarni ko'rgandan ko'ra kitob o'qishmi yoki Qur'on o'rganish bilanmi shug'ullangan yaxshi emasmi? Bu haqda fikringiz.

Javob: "Куртлар водийси" фильми дунёдан ибрат излаб сшайдиган тоифали одамлар учун унчалик зарарли смас. Хатто баъзи сундай саҳналари борки, инсонни қаттиқ таъсирлантиради. Филмдаги Умар ота қаҳрамони орқали шундай ривост ва хикослар англитиладики, бу орқали катта ибрат олиш мумкин. Ман ана шу Умар ота қахрамонини Исломий психолог деб қсрқмай айта оламан!
Умуман олганда оз бслса-да фойдаси ҳам бор. Валлоҳу аълам!


2. Savol: Bilishimcha forum.islom.uz ning aktiv qatnashuvchilaridansiz. Forum.islom.uz va forum.ziyouz.com ning farqi nimada?

Javob: Ажойиб савол! Фарқлар мавжуд! Ислом уз да қатнашчилар кспроқ. Зиё.узда сса бу ксрсаткич сал камтарроқ Лекин бу Зиё.узнинг камчилиги саналмаслигини алоҳида таъкидлаш керак. Сизнинг саволингизга жавоб тарзида мана шу жиҳатини ксрсата оламан холос.
Қолган фарқларни санашни сп ксрмадим. Чунки, билишимча ҳар икки форумда ҳам иштирок стадиган форумдошлар бор. Яна постимни сқиганлар Muhammad Sohib форумларнинг фарқини санаб стирибди деб ёмон хаёлга боришмасин. Валлоҳу аълам!


3. Savol: Kun qizigan, quyosh tig'i ostida soya joy izlab ketayapsiz. Shu payt bir haydovchi mashinasidagi nosozlik tufayli uni itarib yuborishingizni iltimos qildi. Siz rozi bo'lib, asta itara boshladingiz. Haydovchi esa, sizga yordam berish o'rniga o'zi rulga o'tirib oldi. Oftob tig'ida allaqayergacha mashinani itarib bordingiz, rosa qizib, terlab ketdingiz. Haydovchi esa mashinasi o't olishi bilan, orqasigayam qaramay, sizga rahmatni-da nasiya etib, jo'navordi. Bu holatingizdan achinasizmi? Bu holatga qanday baho berasiz?

Javob: Аллоҳнинг Қудрати илоҳийси ва шомил иродасига ксра сратган бандаларининг фитратлари(характерлари) турлича. Қолаверса, турфа инсонлар айни бир хил бслмаган тарбис ксрадилар ва оилавий мухитга срашур ссадилар. Гар мен куннинг иссиғида сиз айтгандай холатга тушсам, снг аввало Аллоҳга хамд айтаман! Ҳамд айтаманки, мени ана шу улов сгасидек рахмат айтишга ҳам хасис қилиб қсймаганига! Яна ҳамд айтаманки, хожатманднинг хожатин чиқариб, бир савоб олиб, бандаларнинг хисоби бандаларда бслмаганига!
Кейин майли, инсоф ҳам ссраймиз! Зотан лаънат билан ёмон хулқ сгасини баттар бузиш мумкинки, асло схшилаб бслмайди.
Юқоридаги айтганларимдан бирортасини бажара олмасам, сзи дунёда шунақа одамлар хам бор деб сзимга таскин бераман!


4. Savol: Tasavvur qiling, siz jamoat transportiga - avtobusga chiqdingiz. Yarim yo'lga kelganda cho'ntagingizni titkiladingiz, yo'l kartochkangiz yo'q, pul olishni ham esdan chiqaribsiz. Bir so'm ham pulingiz yo'q, lekin avtobusga to'lash kerak. Uning ustiga yoningizda tanishingiz ham yo'q. Konduktor ham yomon muomalali... Shu vaziyatda nima qilasiz?

Javob: Исломий одоб ила тушунтиришни инсон қиёфасидаги... тушунмаслиги мумкин! Гар мен чиройли тушунтиришимни ҳам инобатга олмаса, на илож! Аллоҳга таваккал қиламиз!


5. Savol: 1. Sizningcha, hozirgi kunimizda Dinga va umuman yaxshiliklarga da'vatni qay yo'sinda olib bormoq lozim?
2. Tasavvur qiling, biror muslima qizga mehringiz tushdi va onangizga u qiz haqida ma'lumot aytdingiz va kelajagingizni u qiz b-n o'tkazmoqchi ekanligingizni bildirdingiz, ammo onangiz bunga qarshilar ya'ni ular o'zlari topgan boshqa qizga sizni uylantirmoqchilar, ham onangizni ham mehringiz tushgan insonni bunday vaziyatda qanday rozi qilasiz va qanday chiqib ketasiz?

Javob: 1. Ҳозирги кунда динга даватни даватга муҳтож бслган шахснинг нафси қандай муомалани кстаришига қараб олиб бориш керак. Айни шу нарсага охирги пайтларда амин бслдим. Ва лекин шундай тоифалар ҳам борки, уларга на гсзал мужодала билан на қаттиқ тегиш билан таъсир стиб бслмас скан. Ана шу каби инсонларга муомаланинг қайси турини танлаш кераклигин хали-хануз англай олмадим. Аммо қалбида ҳақ томонга мойиллиги бор одамга гсзал мужодала ила олиб борилган дават ижобий бслади.  Бу борада Ҳақ Таоло марҳамат қилиб:
«(А­й Муҳаммад), Ларвардигорингизнинг йсли - динига донолик-ҳикмат ва чиройли панд-насиҳат билан даъват қилинг» деган.(Ааҳл сураси, 125-ост)
2. Агар шу нарса реал ҳаётда манда содир бслиб қолса, онам билан хеч иккиланмай тил топишамиз! Аммо сиз айтган вазист юзага келса, Аллоҳдан айни пайтда менга учраган солиҳа ила жаннатда учраштирмоқни, онам топган қиз сса менга учраган солиҳаданда аълороқ чиқишини ссрардим. Чунки, Аллоҳ таоло «Исро» сурасида айтади: «А оббинг фақат Унинг Ўзигагина ибодат қилишингни ва ота-онага схшилик қилишни амр стди. Агар ҳузурингда уларнинг бирлари ёки ик-ковлари ҳам кексаликка етсалар, бас, уларга «уфф» дема, уларга озор берма ва уларга схши ссз айт! Икковларига меҳрибонлик ила хокисорлик қанотингни пастлат ва: «А оббим, алар мени кичикликда тарбис қилганларидек, уларга раҳм қилгин», деб айт» (23—24-остлар).
Аллоҳнинг амри турганда онамга қайси юз билан "уфф" дейман?!

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 10:05:45

6. Savol: Hozirgi ummatda vasatiylik qay darajada ? va vasatiy bo'lishlik insonni mukammal bir darajada ushlay oladimi ?

Javob: Ҳозирги умматда таассуфки, васатийликка интилиш камайган. Бунинг асосий сабабларидан бири васатийлик нима сканини тушуниб етилмаганидир. Биз учун васатийлик - бу Ислом динидир. Чунки агар ислом динининг  таълимотларига худди айтилганидек амал қилсангиз сиз айни васатий, съни мсътадил ҳаракат қилаётган бсласиз. Бу ҳақиқатни хеч ким инкор ста олмайди. Исломда буюрилган ҳар бир амал васатийликдан намунадир. Демак бир ссз билан айтганда мусулмонликни даво қилингани билан мусулмончиликка тсғри келмайдиган ишларни ксп қиламиз. Бу сса четда туриб олиб, мен сртадаман деган билан баробар.
Васатий бслиш инсонни мукаммал даражада ушлай олади. Чунки, васатийлик айни Ислом сканини ҳисобга олсак, ким айта олади-ки, Исломга амал қилган мукаммал бсла олмайди деб. Мукаммалликнинг барчаси Исломда-ку. Қолаверса, васатийликка биз мсминларни Аллоҳ ва Унинг А асули амр стмоқда. Аллоҳнинг амрини, А асулининг суннатини бажариб мукаммаллик даражасига етмасак, бошқа қай йсл билан ета оламиз!?
Васатийликка амрдан баъзи мисоллар:
Аллоҳ Таоло "Луқмон" сурасида:
"Юришингда мсътадил бсл ва овозингни пасайтир", деган. (19-ост).
Абу Ҳурайра :ra: дан ривост қилинади:
Лайғамбар :sw:
"Албатта дин осондир. Кимки динда ашаддий бслмоқчи бслса, дин унга ғолиб келади. Бас, тсғри амалда бслинглар, сқинлашиб юринглар. Яхшилик башоратини беринглар..., дедилар".


7. Savol: Sizningcha ilm bilan amal o'rtasida qanday o'xshashligu, qanday farq bor?

Javob: Илм билан амал сртасида схшашликни қандай ифода стиш мумкин.  Тсғриси, мен у даражада катта схшашликларни топа олмадим. Ўхшаш тарафи, илмни касб қилаётганингизда ҳам, амални юзага чиқараётганингизда ҳам ақлий ва жисмоний ҳаракат қиласиз.  Фойдалик илм икки дунё саодати учун ажойиб воситалардан биридир. Худди шу каби фойдалик амал ҳам. Ва лекин бир нарсани унутмаслик керакки, Илм бслган билан амал бслмаса, амал бслгани билан илмсизлик оқибати зоҳир бслса, ҳар иккиси беҳуда. Демак, биз илм билан амалнинг схшашлик ёки фарқли томонларини смас, кспроқ боғликлик жиҳатларини диққат ила срганиб, онгимизга сингдирмоғимиз даркор. Бу икки ссзни десрли айириб ишлатиб бслмайди. Чунки, "илм талаб қилишда нималарга амал қилиш керак", "фалон амални бажариш учун қандай илм бслиши керак" деган гапларни жуда ксп сшитамиз ва қсллаймиз! Ана шу каби муносабатлар туфайли келинг биз бу икки ажойиб нарсанинг боғлиқлик жиҳатларига сътибор қаратайли. Аллоҳ Хақ Таоло барчамизни илмига амал қилувчи солих ва солиҳа бандаларидан қилсин. Ҳар икки дунё саодатига омил бсладиган манфаатлик илм ва манфаатлик амалларга соҳиб бслишимизга мусссар айласин.


8. Savol: Siz Ramazon tarovihlarida muxlislik qilib, qiroatidan ilk marta zavq olgan qori kim edi?

Javob: Таровеҳларда мухлислик қилиб, қироатларидан завқ олган қори Собитхон қори деган киши бсладилар. Аллоҳ у кишига раҳм қилсин. А аҳмоннинг гсзал каломини тартил ва таъсирли қироат қилиб, қалбимизда Аршнинг сгасига бслган муҳаббатимизни снада ошишига ҳам хиссаларини қсшганлар.
Хеч қайси сас йсқ-ки, Аллоҳнинг каломини тиловат қилингандагидек завқли бслган. А­шитган қулоққа раҳмат, қироат қилганга шарофат олиб келадиган ссздан бизни баҳраманд айлаб, қалбларимизни титратиб келаётган муҳтарам қориларимизга Зул Жалали вал Икромнинг сзи муносиб ажр ато стсин!


9. Savol: Har gal sahobalar hayotini o’qiganimda, huddi shunday filmni ko’rayotgandek tasavvurga ega bo’laman.
Savol:  Siz rejissyor bo’lganingizda qaysi sahobaning hayotini kinofilm qilib ishlagan bo’lardingiz?

Javob: Aслида биз сркаклар шундоқ ҳам ҳаётимизни режиссёрлик билан стказамиз. Боиси, Ҳақ Таоло ва У буюк зотнинг А асули :sw: томонларидан оила бошқарувини муносиб таъминлашимиз кераклиги уқтирилган. Гар биз комил мсмин бслишни истасак, сз-сзидан одобда, аҳлоқда, адолатда, фазилатда, меҳрда, мурувватта ва қсйингчи барча инсоний аҳлоқларнинг мукаммали ила сифатланган Лайғамбар алайҳиссаломнинг ва у зотга елкадош, ҳамроҳ ва ҳамнафас бслган саҳобий :ra: ларнинг ҳаётларини кинодан ҳам юқори сависда аҳли оиламизга ксргазмали дарс қилиб ксрсатиб беришимиз шарт. Ва уйлайманки, бутун ҳаётимни А асулуллоҳ :sw:нинг хулқлари ила хулқланишга интилиб сшашимнинг сзи менинг ксп серислик киноимга асос бслади. Бу кинода албатта, хаётлари ибратга лойиқ бслган саҳобалар ҳам бош қаҳрамонлар вазифасини стаб боришади.


10. Savol: Ba'zi muslimlarni yoki muslimalarni ayblari tufayli barcha muslim va muslimalarni qoralashni siz qanday baholaysiz?

Javob: А­нг аввало савол жуда долзарблигини ва бунга жавобни қисқа сатрларда ифодалаб бслмаслигини айтиб стсам. Айни менга шу саволни берганлари учун Мунира опага ташаккурларимни айтаман.
Баъзи муслимларни ва муслималарни айблари туфайлик, бошқаларни омматан қоралаш нотсғри иш.
Аммо шу жойда озгина мулоҳазабоп жойлар бор. Ўша муслим ва ёки муслима содир стган айбнинг аҳамисти ҳамда моҳисти, унинг келиб чиқиш сабабларини чуқур срганиш керак. Гар, айб содир стувчининг табиати асли насийҳат ва пандларни қабул қилмайдиган, аввал ҳам огоҳлантирилишага қарамай сна иш ксрсатган бслса, бунинг учун қолганларни маломат қилиш схши смас. Ва лекин, сзимизга сқин биродаримизнинг содир стган айби учун биз ҳам айбдор сканлигимизни биров уқтирмасада тан олишимиз керак. Боиси, Ислом дийнининг сзаги насийҳатдир.
Аллоҳнинг А асули :sw: Тамийм ад-Дорий :ra: дан қилинган ривостда :
" Дин насиҳатдир" деганлар.
Ана шу мсътабар ҳадисга биноан, биз ён-атрофимиздагиларга насийҳат қилиб ва снг асосийси бизга қилинган насиҳатларни ҳам тсғри қабул қилиб бормоғимиз лозим.
Саволдан келадиган маънодан четлашмасак, аввало шунга ахамист қаратиш керакки, ҳар қандай холатда ҳам бировга ва мусулмон оммасига айб тақашдан жуда ҳам схтиёт ҳамда хушёр бслишимиз лозим. Токи, тилимиздан келадиган офат охир бориб, кснгилхираликка олиб келмасин.
Ксп айтамиз-ки, мусулмон биродаримиз қсполлик қилса, унга чиройли тушунтириш керак деб. Бу жуда тсғри. Аммо ундан аввал сса, сша қсполлик ила муомала қиладиган биродарни шу жараёнга етиб боришига йсл қсйиб қсймаслигимиз керак. Зотан, ана шу холат мусулмонларнинг айримлари қилган айби учун омматан айбланишига сабаб бслмоқда. 
Хуллас, биродарлар бир-бирларимизга асоссиз скка тартибда ҳам, бир киши қилгани учун бошқаларни ҳам айблашга ошиқмайлик.

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 10:05:57

11. Savol: Har qadamni, har bir ishni Alloh rizosi uchun, xolis bajarishimiz uchun nimalarga ahamiyat berishimiz lozim?

Javob: Ўша бажарадиган ҳар бир иш ва қадамимиздаги шариатнинг хукмини билишимиз лозим. Ва билиш билан  чекланиб қолмай, сша билганимизга амал слароқ, қадам босишимиз лозим.
Бизни Аллоҳнинг ризоси ва холисликдан ажратидиган асосий омиллардан бири сз насийҳатларимизнинг гсзал намунасини снг аввало сзимизда ксрсата олмаслигимиз ва илмимизга сраша амал қилмаслигимиздир.
Биласизларми, инсон Исломга снги ошуфта бслган пайтда унинг бажараётган фарз ибодатлари ста хузурбахш бслади. Бииир ссланглар-а! Янги ҳидостга келган пайтингизни. Сажда қилганда роҳат қилардингиз, шу сажда тугамаса дердингиз. Лекин аксарларда кейинчалик ана шу хузурлар негадир йсқолиб қолади. Бунинг боиси нима скан-а? Боиси, кейинчалик илмимиз кспасди, лекин амалимиз кспаймайди. Биз хали ҳам сша дастлабки хидостга келган пайтимиздагидек салмоғда ибодат қилаётган бсламиз. Ваҳоланки, агар қалб ҳузурни истар скан, илм ортган сари амал ҳам ортишини талаб қилади. Валлоҳу аълам.


12. Savol:  Tuy qanday bo'ldi? Taassurotlar bilan o'rtoqlashing? :)
Tuyni qanday tartiblarga ko'ra o'tkazdila?

Javob: Аллохга хамдки, туй схши утди. Имкон кадар исрофдан четлашилди. Суннатга сргашиб, никохни чилдирмада сълон килдик... Сизга маслахат, Аллохдан куп бора суранг баайни калбингиз истагидек туй булсин.  Хак Таолодан сиз ва сиз каби биродарларимга Бахтли такволи оила сохиблари булишингизни сураб коламан.

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 10:06:21

Munavvaraga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Deylik siz bir kitob yozmoqchisiz.Kitobingizda qalbizdagi eng katta muammoni yoritish niyatidasiz.Sizni qalbingizni qiynayotgan muammo va uni yechimini qisqa qilib qanday izohlagan bo'lardingiz.

Javob: Savol juda o'ylantiradi odamni, agar kitob yozmoqchi bo'lsam kitobni nomiga qarab avval o'z fikru hayolimdan o'tgan narsalarni jamlab keyin qog'ozga tushirib kerakli joylarini olib mazmunli qisqa lo'nda qilib kitob yozar edim InshaAlloh!  :)


2. Savol: O’zingiz o’zingizga yoqmaydigan vaqtlar ham bo’ladimi? Shunday holda nima qilasiz?

Javob: Yoqmaydigan holatim bo'lmaganu ammo afsuslanga holatlar bo'lgan, maslahatlashib ish qilamanu ammo ba'zan o'z bilganimdan qolmayman keyin o'zim afsus qilib o'tiraman bilmadim balki o'sh paytda o'zimni o'zim yomon ko'rib ketsam kerak Vallohu a'lam...


3. Savol: Oyijoningizga bo’lgan mehringizni qanday izhor qilasiz?

Javob: Menimcha har bir insonning ota-onasiga bo'lgan mehri bo'lakcha, ularning ota-onasi uchun qilgan ishlarida, so'zlarida mehr izhorlari aks ettirilgan bo'ladi.
Men ham onamlarga faqatgina shirin so'zlarim biln emas bajargan ishlarim bilan ham ba'zan ularning gaplariga kirmaganlari bilan ham mehrimni sezdirib turaman balki bu ham mehr izhoridir... (bu mening fikrim)


4. Savol: Chetdagi "rahmat" deb qo'yilgan joyni bosmoqchisiz, yani post uchun rahmat aytmoqchisiz, postni manosiga e'tibor berasizmi yoki postni kim yozganligigami?

Javob: Menga postni kim yozganligini ahamiyati yo'q, muhimi postdagi ma'no jihadlari mani dunyo qarashimga to'g'ri kelsa rahmat deb qo'yaman.


5. Savol: Sahobalar, hatto sahobiya ayollar ham din uchun, Rasululloh uchun jonlarini fido qilganlar. Siz uchun joningizni fido qilishingizga arzidigan narsa nima?

Javob: Dunyo jon fido qilishga ruxsat berilgan yo'l bu islom uchun jon fido qilish. Man ham Alloh, uning farzlari yo'lida jonimni fido qilaman deb ayta olamanu lekin iymonim Sahobiylarning iymonidek Alloh farz qildi tamom buning uchun jon fido qiladigandek darajada emas. Shunday bo'lsa ham hozirgi iymonimni bergan Allohga hamd aytaman!

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 10:06:35

6. Savol: Kelajakda tanlagan kasbingizga ko'ra hamshira yoki sabr va iqtidoringiz yetsa vrach bo'lar ekansiz.Sizni yordamingizdan umid qilib kelgan bemor shifo Allahdan vrach yoki hamshira sababchi ekanini his qilmaydi.Rahmat doktorjon.... deb sizni ko'klarga ko'tarib maqtay boshlasa o'zingizni qanday tutasiz?

Javob: InshaAlloh kelajakda Vrach bo'lsam va bemorlarim shunday rahmat deb kelishsa hush muomalalik b-n ularga arzimaydi barchasi Allohning irodasi men esa bunga sababchiman halos  taqdiringizda shifo topasiz deb yozilgan bo'lsa mening ko'magimsiz ham shifo topar edingiz der edim. :)


7. Savol: Alloh nasib qilsa, kelajakda shifokor bo'lib yetishasiz. Hozirda juda ko'plab shifokorlar bemorlardan moddiy foyda ko'zlashadi. Agar moddiy tomondan nochor bo'lsang qarash ham malol keladi ularga. Afsuski bu achchiq haqiqat.
Siz keljakda shundaylarga o'xshab qolmaslik uchun hozirdan nimalarga e'tibor berib, nimalarni o'rganish lozim, deb o'ylaysiz?

Javob: Onam doimo dars qilayotganimizda bizga nasihat qilib qo'yardilar ya'ni bollarim yaxshi o'qing hech kimning kuchiga pulberib kiritaman yoki tanishlar b-n gaplashib kiritaman degan gaplarga e'tibor bermang yoshlikdan yaxshi bilim olsangiz fundamentni mustahkam qilsangiz ertaga qiynalmaysiz der edilar.
Buni yozishimdan maqsad ko'p eshitaman falonchi o'qituvchi buncha so'rabdi 5ni bunchaga yopamiz degan gaplarni eshityapman (lekin pul berib o'qish niyatim yo'q). Agar hozirdanoq barcha pul berishlarga e'tibor bermay o'z kuchiga ishonib o'qisa kelajakda InshaAlloh be'mornni qancha miqdorda pul berishi emas, shifokor yoki hamshira u-n uning sog'lig'i muhim bo'ladi.   


8. Savol: To’ydan keyin turmush o’rtog’ingiz sizga netdan foydalanishni ta’qiqlasalar qanday yo’l tutardingiz?

Javob: InshaAlloh shunaqa baxt nasib qilib qolsa agar kelajakda turmush o'rtog'im i-netga kirmaysiz desalar tushuntirishga harakat qilardim internet deganga faqat yigit va qiz gaplashmaydi u yerdan ilm olsa ham bo'ladi derdim. Agarda ular barbir ubu narsadan shubha qilib kirmang desalar kirmasdim. Axir mo'mina ayolning farzi erini rozi qilishku...


9. Savol: Forumda eng ko'p foydalanadigan qayta qayta ochadigan kitobingiz bormi ? Qaysi kitob?

Javob: Bu forumda mani eng ko'p foydalanadigan kitobim Qur'oni Karim. Qayta-qayta ochib o'qidigan deyolmimanu lekin iloji boricha kirishga harakat qilaman. Har gal kirganimda oyatlarni ko'z yugurtirib chiqaman o'sha paytda o'zim uchun judayam ko'p dalda, sabr, ishonch olaman. Allohimning naqadar buyuk zotligiga yana bir karra iymonim komil bo'lib Alloh doim man bilan ekanligini his etib turaman.
 

10. Savol: Do'stga zor, dushmanga xor, nomardga muhtoj qilma Duo iborasini qanday tushunasiz?

Javob: Har bir insonni Allohim hech kimga zor qilmasin o'zidan boshqa. Bu iborani man yshligimdan eshitib kelaman, nima uchun ota-onam bunday deb duo qilishlarini avvalari tushunmasdim ammo bir kuni qarindoshimizni yordamiga muhtoj bo'lib qoldik o'sha paytda ular yordam qilishdiyu ammo yuzizga solayotganday qo'pol muomalada bo'lib (ensalarini qotirib) yordam qilishgan o'sha paytda qilayotgan yormadimiga tupurib yuborgim kelgan ammo na iloj agar boshqa chora bo'lganda yordam kutmas edik. Shu duoning mag'zini o'sha voqeadan keyin chaqqanman. Ming jigaringdan yordam kutayotgan bo'lsangda baribir ertaga yuzinga solishi bor ekan, Allohim hech bir bandasini bandaga ham moddiy ham ma'naviy muhtoj qilib qo'ymasin  :amn:


11. Savol: Uchrashuvga chiqqanizda yigitga beradigan asosiy 3 ta savoliz qanday?

Javob: 1. Qur'ondan necha pora yod olgansiz?
2. Kelajagda keyinchalik ham ilmingizga amal qila olishingizga ko'zingiz yetadimi?
3. Har qanday holatda ya'ni qaynona-kelin mojarolari, qarindoshlar bo'hton, tuhmat va hokazolar bo'lgan paytda to'g'ri qaror chiqara olasizmi,  doimo haqiqatni ustun qo'yasizmi yoki qarindoshimku deya ular tomonga og'ib ketasizmi?

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 10:06:53

Muqaddasga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Inson o'zini yaxshi ko'rishi kerakmi?

Javob: Albatta. Manimcha inson o'zini yaxshi ko'rishi kerak, chunki o'zini yaxshi ko''rgan inson boshqalarniyam yaxshi ko'radi va hurmat qiladi.
Lekin bu digani inson hudbin bo'lishi kerak digani emas. Hamma narsani o'z me'yori bor.

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 10:07:11

Zaydga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Shu forumga deyarli har kuni kirasiz. Sizga bu forum nimasi bn yoqadi?
Va shu forum orqali o'zingiz uchun nimadur foydali ola oldingizmi?

Javob: avvalo bu forumda qatnashayotganlarning kupchiligi islomiy dunyoqarashga ega bulgani uchun qandaydir uzimga yaqin olaman. qolaversa, kupgina postlar samimiy, qiziqarli yozilgan (jumladan eski postlar ham), ishtirokchilar bir-birlariga iloji boricha odob doirasida muomila qiladilar, bu erda ba'zi narsalar man ucnun yangilik, ba'zilari esa oldindan tanish. shunday bulsa ham ulardan muhimlarini gohida zehnda yahshi qolishi uchun ham takror bulsada o'qib chiqaman. qisqasi bu erda har sohadan bir shingil bulsa-da bor. :)


2. Savol: Rahmat tugmasini POST yoqmasa ham bosgan vaqtingiz bo'lganmi? (Deylik o'sha insonga hurmat yuzasidan Rahmat tugmasini bosgansiz, yoki boshqa sababdan?)

Javob: Odatda rahmat tugmasini faqat uzimga yoqqan yoki kayfiyatimni kutarishga sabab bulgan post uchun bosaman, man tanigan va hurmat qilgan odamning ham faqat yahshi, mazmunli postlariga rahmat aytaman. lekin bir marta yanglish rahmat aytib yuborganman. Furqat Nazarovich nomli uzerga bulsa kerak..balki etiborsizlik bilan uqiganim boisdir..shu onda fikrim uzgargan,, ammo..

Qayd etilgan