Muallif Mavzu: Savolu-javob. ("Forumdoshdan forumdoshga savollar" arxivi)  ( 96211 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 2 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Savolu-javob. ("Forumdoshdan forumdoshga savollar" arxivi)
« Javob #165 : 07 Dekabr 2009, 10:15:16 »
5. Savol: Shukronalik deganda nimani tushunasiz? Kishi qanday hollarda shukr qilishi kerak?

Javob: Shukronalik deganda kishining o'z holatidan shikoyat etmasligi, aksincha Allohga hamd aytishi, shukr qilishini tushunaman.

Bizni Alloh yo'qdan bor qildi, borqilibgina qolmay jon ato etdi, janlilar ichida eng ulug' maxluq inson etti, bu bilan ham cheklanmay, menga iymon nasib etti, yaxshi, mo'min birodarlarning ichiga soldi bular uchun shurk qilishim kerak, shukronasini ado eta olamayman ham.

Ayniqsa chet elga kelganimdan beri har qadamda shukr etadigan bo'ldim. Bu yerdagilar hayotning sirrini kashf eta olmagani uchun (men ham etaolmasdim, Allohning lutfi), o'zlariga ovunchoq qilib itiga, mushugiga, shishaga yana allambalolarga suyanganini ko'rib Allohimga beadad hamdu sanolar aytaman. Men ham shunday bo'lishim mumkin edi, lekin menga Alloh beadad lutfu ehsonlarda bo'ldi.

har qancha shukr qilsakda biz uchun oz ekanligi singari, shukr qilishimiz kerak bo'lgan holatlarning ham hisobi yo'q.


6. Savol: Vatandan uzoq bo'lgan barchaga savol. Siz sog'inch juda kuchayib ketgan paytlari o'zingizni qanday ovutasiz?

Javob: Yig'lab olaman. soatimga qarayman, vaqti kirgan bo'lsa namozimni qilsamda duo qilib, dardimni to'ksam deb.
telefonimda qolgan pulga qarayman, uydagilar bilan gaplashay deb
shaharni kesib o'tgan daryoga qarayman, shu oqayotgan su misoli soginchim va umrim o'tib ketadi, undan keyin ortiq ayriliq bo'lmas deb...

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Savolu-javob. ("Forumdoshdan forumdoshga savollar" arxivi)
« Javob #166 : 07 Dekabr 2009, 10:15:39 »
Afruzaga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Oyijoningizga bo’lgan mehringizni qanday izhor qilasiz?

Javob: Albatta birinchi o'rinda shirin so'z bilan!
Har kuni ko'rishganimizda yuzlaridan o'pib qo'yaman.
Bu mayda hafagarchiliklarni ham bartaraf qiladi.
Xaqlariga duodamiz.


2. Savol: O’zingiz o’zingizga yoqmaydigan vaqtlar ham bo’ladimi? Shunday holda nima qilasiz?

Javob: Bunday paytlar tushkunlikka tushganimda bo'lishi mumkin. O'zimni chalg'itishga harakat qilaman. Yaqin dugonam bilan suhbatlashaman. Muhimi, shuning uchun ham Allohga shukrona keltirishim kerakligini o'ylayman.


3. Savol: Siz avtobusda o’qishga ketayotgandingiz, shu payt tasodifan avtobusdagi kelishgan, istarali notanish bir yigit sizga negadir ko’p tikilib qoldi (bot-bot qarayapti), aftidan u bir ko’rishda yaxshi ko’rib qolgandek… Avtobusdan tushganingizda u ham tushib ortingizdan yura boshladi… Shunda nima qilasiz? Mobodo, sizni sevib qolgan bo’lsa, shunday vaziyatda u, sizningcha, nima qilishi va o’zini qanday tutishi lozim, deb o’ylaysiz?
 
Javob: Bir ko'rishda yaxshi ko'rib qolish kamdan kam bo'ladi. Manimcha, birinchidan agar din qoidalaridan habardor inson bo'lsa, nomahramga bot-bot tikilib qarashdan o'zini tortadi. Keyin, birinchi tasavvur har doim ham to'g'ri chiqmaydi. Agar niyati jiddiy bo'lsa, o'zbekchikikda sovchilik degan udatlar bor. Har tomonlama surishtirilgandan so'ng uydigi kattalar hal qiladigan masala deb bilaman. Bunday paytda o'zim mustaqil qaror qabul qilmayman. Indamay ketishni afzal ko'raman.


4. Savol: Tasavvur qiling, tusmushga chiqdingiz. Xo'jayingiz o'ziga to'q odam. Bolalarni bog'chadan olib kelish va boshqa yumushlarda foydalansang, mashhina olib beraman, desa rozi bo'larmidingiz?
 
Javob: Inshaaloh, agar shunday taklif bildirsalar rozi bo'lardim. Birinchidan , mashina haydashga qiziqaman, azgina mashq qilib ham turaman. Ikkinchidan, u inson shuni hohladilarmi, demak, bu ishonchni bildiradi. Ishlardan ortib, bunaqa mayda ishlarga ulgurolmasalar bu ishda ularga albatta yordam bergan bo'lardim. Faqat oldin prava olishim kerak  :)


5. Savol: "Alloh yo'lidagi birodarimsiz" deb turib ayni so'zning ma'sulyatini bila turib amalda bo'lmayotgan birodaringizga munosabatingiz?
 
Javob: Allohning muborak nomi tilga olingan joyda  ma'sulyatga amal qilmagan insondan  yana nimadir kutish qiyin...

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Savolu-javob. ("Forumdoshdan forumdoshga savollar" arxivi)
« Javob #167 : 07 Dekabr 2009, 10:16:14 »
 
Shokirbekka berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Ихлос билан боғлиқ ҳаётда ўзингиз гувоҳ бўлган қандай ибратли воқеликни эслай оласиз?

Javob: "O'zimda yaqinda shunday voqea bo'ldi. Hajga kelganlar orasida Qirg'izistondan kelgan bir nechta o'zbek yosh yigitchalar bor ekan. Universitetga hujjat topshirish uchun kelishganda meni yana uchratib qolishib, telefon raqamimni so'rashdi. Berdim. Bir-ikki kun o'tgach, tel. jiringladi:
- .... aka, bu sizmisiz?
- Ha.
- Bir arab sotuvchisi bizni tushunmayapti, shunga tarjima qilib tushuntirib yuboring.
- Xo'p, nima dey?
- Biz bundan 25 (7 dollarga yaqin) riyolga bir narsa olib, 10 dollar beruvdik, bizga 348 riyol qaytarib berib, pulni shuncha qaytarsak ham, omayapti, 100 dollar berdi deb o'yladi, shekilli.. Shuni aytib yuborsangiz unga..

Sotuvchi haqiqatan ham 100 dollar berdi deb o'ylab, ular pulni qaytarishsa kamsinishayapti, shuning uchun qaytarayapti, deb o'ylagan ekan.

Gaplashib bo'lgach, u yigitdagi amonat, iffatni o'ylab, ichimda unga tahsinlar aytdim, yigitligidanoq bunday amonatdor bo'lgan, birovning haqidan qo'rqadigan kishi kelgusida ummati uchun albatta foydali shaxs bo'ladi. Odamlar haqini turli yo'llar bilan tortib olayotganlar, bunday qulay kelib qolgan fursatdan emas, balki yolg'onchilik, firibgarlik evaziga pul yig'ayotganlar mana bunday yorqin namunalar borligini ham bilib qo'yishsa yomon bo'lmas edi.."


2. Savol: Ҳаётда ўзингиз гувоҳ бўлган сизнинг наздингизча энг ибрат олса арзигулик бўлган инсон ким?

Javob: Ulamolarning aytishlaricha (bunga tarix ham guvoh), payg'ambar sallallohu alayhi va sallam o'z ummatlarining barcha jabhalarida harakat qiluvchi kishilari uchun o'rnak va namuna edilar. U kishidan muallimlar (olimlar) ta'lim sohasida, tarbiyachilar tarbiya borasida, zohidlar zuhdda, botirlar shijoatda, qo'mondonlar boshqarish borasida, qozilar hukmda, taqvodorlar taqvo va parhezkorlik - vara' bobida, va h.k. juda ko'p o'rinlarda o'rnak olar edilar. Shuning uchun u zotga birkitilgan vazifa benihoya katta va og'ir edi, shuning uchun ham buning uhdasidan eng a'lo darajada chiqqan Rosululloh sallallohu alayhi va sallam Alloh taolo bergan eng ulug' maqomga haqli ravishda loyiq bo'ldilar.
U zot rafiqi a'loga ketganlaridan so'ng Islomni tablig' etish, dinni tarqatish zimmasi u zot izdoshlariga, ulardan so'ng ummat ulamolariga yuklandi. Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam)ning vazifalarini bir kishi uddalay olish imkoni bo'lmaganidek, har tomonlama yetuk bo'lgan, barcha ezgu axloqlarni o'zida bekamu ko'st jamlagan mutlaq olim, ideal kishi uchrashining imkoni yo'q.
Shu yuqoridagi haqiqatga suyangan holda men o'zim ko'rishish va muloqot qilish sharafiga muyassar bo'lganim ulamolarning har biri ham umumiy holda namunali va o'rnak olsa bo'ladigan ulamolar bo'lib, biri ixlos bobida bizni qoyil qoldirgan bo'lsa yana biri saxovatda, boshqasi esa tavozu' va shikastanafslikda, tag'in bittasi behudalikdan qattiq uzoq bo'lishda, boshqa birlari zohidlik va tarkidunyochilikda ibrat bo'lganlar.
To'g'ri, ular ichida yuqorida zikri kelgan va kelmagan xislatlarning aksarini jamlagan kishilar ham bor bo'lib, bular ham bir nechta kishilardan iborat edi.

Eng muhim va biz uchun kerakli bo'lgani - Rasullulloh va sahobalar xislatlaridan o'shalar o'zlarida jamlagandek jamlay olishga urinishimiz, xislatda serqirra bo'lgan kishilar bo'lishga intilishimizdir.


3. Savol: Ўлим ҳақ. Унга борар йўл ҳақ.
Ҳеч ўйлаб кўрганмисиз? Сиз қандай ўлим топишни истардингиз?

Javob: Albatta, o'lim haq. Musulmon kishining vazifasi - o'limni ko'p esga olish. Payg'ambarimiz "Lazzatlarni kesuvchi o'limni ko'p yodga olinglar" der edilar (Termiziy, Nasoiy va boshqalar rivoyat qiladilar). Men ham boshqa musulmon kabi hayotim yaxshilik bilan tugashini, chiroyli xotima topishimni orzu qilaman. Imom Muslim Sahl ibn Sa'd (r.a.) dan rivoyat qilgan hadisda payg'ambarimiz sallallohu alayhi va sallam "Kim Allohdan shahidlikni chindan (chin yurakdan) so'rasa Alloh uni (Jannatda) shahidlar turadigan o'rinlarga yetkazadi, garchi to'shagida vafot etsa ham" deydilar. Alloh bizlarni shunday martabalardan bebahra qilmasin.


4. Savol: Hayotda o'zingiz qadrlagan eng yaqin kishingizni qabrga qo'yganmsiz? Yaqinlaringiz uchun qabr kovlab ko'rganmisiz? O'sha vaqtlarda qalbingizda o'tgan kechinmalaringiz qanday bo'lgan?

Javob: Qabr kovlab ko'rmaganman. Lekin qabrga tushgan vaqtlarim bo'lgan. Oxirgi bor qabrga tushganim bundan ikki yil ilgari Ramazon oyida ko'pchilik xabardor bo'lgan Abdulquddus qori (Abduvali qori aka o'g'illari) vafot etganida uning qabriga kiruvdim (mendan boshqa bir Makkalik asli o'zbek domla, Abdulquddusning bir qarindoshi bor edi). Hozirgidek esimda. O'sha kunlari Abdulquddus kelganidan keyin menga tel. qildi, bir necha bor gaplashdik. O'sha vaqtlarda Makkada edim. "Aka, Makkada ko'rishar ekanmiz unda, mana biz ham 13-Ramazonlarda Madinadan chiqayapmiz" dedi. Ha...  :( Makkada ko'rishdik, lekin qabristonda, qabr ichida ko'rishdik.. Ehromda jon taslim qilgani uchun boshi, yuzi yopilmagan, shunday kulimsirab yotar edi.. O'shanda o'pka to'lib ketganidan ancha vaqt o'zimizni yig'idan to'xtata olmagan edik.. Bir yoqda mahramlari uning onasini qo'yishayotgan, yana bir tomonda uning o'g'lini yerga berishayotgan edilar...
Unday paytda dunyo bir muddat odamning xotiridan ko'tarilib, oxiratdagi holatlarni eslab qoladi kishi.. Yurak dunyo ishlaridan sovib, barcha narsadan eng muhimi - qoldirilgan foydali amal ekanini chin dildan his qiladi odam...  Xotimamiz chiroyli bo'lsin Ilohim..

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Savolu-javob. ("Forumdoshdan forumdoshga savollar" arxivi)
« Javob #168 : 07 Dekabr 2009, 10:16:34 »
5. Savol: O'zlaringizni e'tiroflaringizcha forum arbuzda ko'p vaqtdan beri ishtirokchi ekansizlar.Shu ishtirokinglar davomida forum sizga nima berdiyu sizlar forumga (yoki forumdoshlar sizlarga ,sizlar forumdoshlaringizga) nima berdinglar?

Javob: Forumdan ko'p narsa o'rgandik. Birinchi navbatda shaxsan men o'z g'azabimni jilovlashni, yaxshi gaplar bilan birga yomon gaplarni hazm qila olishni o'rgandim desam noto'g'ri bo'lmaydi, buni men juda katta foyda deb bilaman. Forumga nima berganimiz esa postlarimizdan ma'lum, yaxshi narsa bergan bo'lsak Xudoga ming bor shukrlar aytamiz, agar boshqacha bo'lgan bo'lsa Alloh taolo o'zi kechirsin, qo'limizdan kelgan narsalarni yozishga harakat qildik.


6. Savol: Бола бўлса - шўх бўлсин, деган гап бор. Ёшлигингиздаги қилган қайси шўхлиг(лар)ингизни ҳалигача эслаб юрасиз? Ўшанда қандай воқеа юз берган эди?

Javob: - Yoshligimda sho'xliklar ko'p bo'lgan. Ko'plari yillar o'tib xuddi oftobda turaverganidan rangi uchib, yupqarib ketgan kiyimdek eskirib ketgan, elas-elas yodga keladigan, hayotda ularni qo'zg'ovchi turtki bo'lmasa yodga ham kelmaydigandek xayol tokchalarining bir chetida yotibdi.. Lekin bir voqea borki, u umuman yodimdan o'chmaydi, xotiramga qo'rg'oshindek quyilib qolgan, har safar uni qo'rquv va alam, afsus va nadomat bilan eslayman (agar buni sho'xlik deb atash mumkin bo'lsa..)..
Ikkinchi yo uchinchi sinflarda o'qir edik.. O'sha paytlar ayni yoz boshlangan vaqtlar bo'lib, tomorqamizda yeryong'oq pishgan palla edi.. Yeryong'oq ekkanlar biladi - avval egatlarga yeryong'oq urug'i (o'zimiz yeydigan yeryong'oq) har 8-10 smga ko'mib chiqiladi, sal o'tmay yeryong'oqning barra bargchalari yerni yorib chiqadi, bir necha kun o'tmay tomorqa ko'm-ko'k yo'l-yo'l ko'katlar bilan bezanib, ko'rganning ko'zini quvontiradigan holga yetadi. Bir-ikki oy davomida ishlov berish natijasida tomorqa ko'm-ko'k bedasimon yeryong'oq o'simligiga, yer tagi esa tuproq ostida yetilib chiqadigan yong'oqlarga - yer yong'og'iga to'ladi.. Ehh... Men gapirib bermoqchi bo'lgan voqea ham ayni yeryong'oq pishig'iga to'g'ri kelgan bo'lib, hosilini yig'ishtirish asnosida bo'lgan edi.. Bir kuni uydagilar (kattalar) yeryong'oqni yig'moqchi bo'ldilar, bunga vaqti, fursati bor qo'shnilar ham yelkalariga shoxa (panshaxa emas, balki temirlari uzun, ingichka qoziqdek qilib ishlangan besh uchli shoxa, beshlik. Buni o'tin ko'tarishga, g'ozapoya yig'imida ko'p ishlatishadi) qo'yishib kirib kelishdi. Tomorqamiz anchagina katta edi.. Bir chetdan har bir kishi xuddi belkurak orqali yer qazigandek shoxa bilan o'zining egatidagi yeryong'oqni yeri bilan ag'daradi, yerdan esa yeryong'oq tomirlariga osilib chiqqan, g'ij-g'ij pishgan hosillar oltindek tovlanib ko'zga quvonch beradi, tevarakka yangi qazilgan yer hidi, hali qurib ulgurmagan ho'l yeryong'oqning o'ziga xos jozibador ifori tarqaydi... Ba'zan yer uncha qumloq bo'lmay, loyi ko'proq bo'lsa hosillar loyga aralashib, qorayib chiqadi.. Biz yosh bolalar esa o'sha tomirlarga osilgan yeryong'oqlarni sitib, paqirlarga yoki kichkina qoplarga solamiz, keyin hovlidagi sementlangan maydonlarga yoyib chiqamiz... Kattalar yetarli egatlarni qazib bo'lib, to biz bularni yig'ib olgunimizcha tomorqani tark etishgan.. Shunday qilib bir-birimizni quvib, g'ala-g'ovur, qiy-chuv bilan ish qilib yurganimizda sheriklarimizdan biri "pishak!!" (janubliklar mushukni pishak deydi) deb baqirib yubordi! Hammamiz sherigimiz ko'rsatgan tomonga qarab chopdik.. Bir-ikkita sherigim kattalar ishlatgan shoxa bilan yugurib keldi.. Hali qazilmagan egatlardan birining orasiga kirib ketgan bu jonivor kichkinagina mushuk bolasi ekan... Bolalarning hay-huylariga uchib, o'zim ham qiziqqanimdan bo'sh turgan shoxalardan bittasini qo'lga olib, 5-6 ta bola mushukchani qurshovga ola boshladik.. Avval quvib, egatlardan tashqariga, yeryong'og'i qazib bo'lingan shudgor bo'lib qolgan yerga haydab keldik, keyin har tomondan hamla qilib o'ynay boshladik.. Mushukcha kichik bo'lganidan, atrofidagi vahshiylarning shoxalar bilan hamla qilaverganidan dovdirab qolgan edi, qochaman deb qalqib ketar, bundan qiyqirishib biz yana unga hamla qilar edik, oxiri qo'rqqanidan qaltiray boshladi, bir-ikki marta shoxa kelib tegib achchiq-achchiq chiyilladida, o'lishga ko'zi yetib, kim hamla qilsa unga sapchiy boshladi, axiyri ko'pchilikning qo'li baland keldi - biz g'olib bo'ldik, mushukchani o'ldirdik!!  :-[
Har doim mushuk haqida so'z borganida yoki shunday vahshiyliklar haqida so'zlanganda lop etib o'sha jon berayotgan mushukcha yodimga keladi, tomog'imga g'ip etib bir nima tiqiladi.. Alloh taolo o'zi kechirsin usiz ham dunohga g'arq bo'lib yotgan bu osiy bandasini...  :2

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Savolu-javob. ("Forumdoshdan forumdoshga savollar" arxivi)
« Javob #169 : 07 Dekabr 2009, 10:16:43 »
Bekmirzoga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Бола бўлса - шўх бўлсин, деган гап бор. Ёшлигингиздаги қилган қайси шўхлиг(лар)ингизни ҳалигача эслаб юрасиз? Ўшанда қандай воқеа юз берган эди?

Javob: Moziy... O'sha vaqtlarda 10 yoshda edim.
Iyul oyi o'rtalari. Paxtazorda ishlash uchun chiqqan qizlar tush vaqtida ko'lda cho'milishardi, bu vaqtda kattaroq yoshli qizlar yigitlarni borini (o'zi quyosh ayni qizdirgan tush mahali ko'p yigit bo'lmasdi ko'lda) ko'lni huuv narigi chekkasiga haydab yuborardi. Ko'lning yonida 15 qatorli tutzor bor, pilladan keyin o'sganlari ham ancha uzun bo'lib ketadi, shunga kiyinish-yechinish xonasi tabiiy bo'lardi.
Uyimiz ko'ldan atigi 200 metr narida. Tushlik qilib bo'lgach, kitob o'qib o'tirsam, qiyqir-qiyqir qizlarning ovozlari eshitilib qoldi. Qo'shnimizni o'zimdan bir yosh katta o'g'lini chaqirvolib, "ketdik, qizlarni poylaymiz" dedim
Bordik tutzor oralab. Qizlar cho'milishyapti. Kuzatdik. Vah-vah, qishlog'imizni bir-biridan barno va go'zal qizlari hamma kiyimlarni suv chekkasida qoldirib, faqat bitta ko'ylak bilan cho'milib yurishibdi.
Vah-vah, deb sekiin tutzordan chiqib boribmiz deng
- Assalomu alaykuuum, opalar!
- Bor, yo'qol!
- Bizaram cho'milgani keluvdik.
- Bor, yo'qol, huuuv naryoqqa boringlar!

Mayli, dedigu, qizlarni kiyimlarini olvolib, qochdik.
50 metr nariga bir teparoq joyga borib o'tirvoldik. Endi qizlarni yalinishini ko'rsangiz.
- Bekmirzo, kiyimlarimizni ber. Uyga boraylik, qorin ochdi.
- Yo'q.
- Kiyimlarimizni ber!
(shu payt qo'shnim qulog'imga bir nima deb shivirladi, bir kulishvoldik):
- Kim menga muchchi bersa, o'shani kiyimini beraman.
(bitta shaddodrog'i bor edi, o'sha chaqirib qoldi):
- Ke, men senga muchchi beraman.

Qizlar hammasi hali suvda. Bir xillari dunyoga beparvo, uzun ko'ylagi suv ustida parashyutday shishib, suzib yuribdi qiyqir-qiyqir qilib.
Boyagi shaddod qizni kiyimini olib, sekin uyaliiib bordim muchchi olish ilinjida va tezroq qochish payida. Muchchini o'rniga bir mahal kutilmaganda qarsillatib shapaloq tortmoqchiydi, qochib qoldim.
"Otangga aytib beramiz seni", deyishgach, hammasini kiyimini qaytarib kelib berdik.

Ehhh, bolalikda sho'x vaqtlarimiz ham bo'lgan ekan ancha...

Tongda derazamdan siniq nur tushar,
Ne tongkim, bugun ham namlidir ko'zlar.
Axir, tushimda ham suvlar sepishar,
Ko'ylaklari bilan cho'milgan qizlar...


2. Savol: Sizga eng yoqadigan, doim yodingizda turadigan biror mashxur insonning aforizmi?

Javob: 1) Y. W. Gyote: "Hayotga ishon, u har qanday notiq yoki kitobga qaraganda yaxshiroq ta'lim beradi."
2) L. N. Tolstoy: "Erkakka o'xshamoqchi bo'lgan ayol xuddi ayolsifat erkak singari tasqaradir."

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Savolu-javob. ("Forumdoshdan forumdoshga savollar" arxivi)
« Javob #170 : 07 Dekabr 2009, 10:17:22 »
TITAN-UZga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Sizga eng yoqadigan, doim yodingizda turadigan biror mashxur insonning aforizmi?

Javob: Odam albatta baxtli bo'lishi kerak agar u baxtsiz ekan bunga o'zi aybdor!

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Savolu-javob. ("Forumdoshdan forumdoshga savollar" arxivi)
« Javob #171 : 07 Dekabr 2009, 11:09:21 »
Assalomu alaykum!
Imkon boricha Forumdoshdan forumdoshga savollar mavzusidagi javoblar arxivini ko'chirishga harakat qildim.
Ba'zi mulohazalar qolib ketgan bo'lishi mumkin. Agar o'z javoblaringizni to'plab yuborsangiz, inshaalloh kiritib qo'yaman.

Mavzuda quyidagi userlarga berilgan savollarga javoblar kiritildi:

AbdulAziz 1-qism 2-qism
Munira xonim 1-qism 2-qism
Robiya 1-qism 2-qism
Muslima 1-qism 2-qism
Mahdiyah 1-qism 2-qism
Mutaallimah 1-qism 2-qism
Muhseena 1-qism 2-qism
Hadija 1-qism 2-qism
Imlaah 1-qism 2-qism
Siddiqa 1-qism 2-qism
Abdulloh 1-qism 2-qism
Diydor 1-qism
Kapalak 1-qism
Y_U_R_I_S_T 1-qism 2-qism
Abdulhafiz 1-qism 2-qism
G_u_l_i 1-qism 2-qism
Chustiy 1-qism 2-qism
Muhammad Sohib 1-qism
Uzmus 1-qism 2-qism
Zamiraxon 1-qism 2-qism
Munavvara 1-qism
Ikbaljohn 1-qism 2-qism
Muzayyana 1-qism
Saltanat 1-qism
Muhammad Amin 1-qism
Rukhiya 1-qism
Ulugbek-Uz 1-qism 2-qism
Fatima 1-qism 2-qism
IXLOS 1-qism
Salmon Forsiy 1-qism
Shokir63 1-qism
Shokirbek 1-qism
ЖАМШИДЖОН 1-qism
Abdul_malik 1-qism
Afruza 1-qism
Chehmik 1-qism
Mashhura 1-qism 2-qism
ORIF 1-qism 2-qism
Salmoni Forsiy 1-qism 2-qism
Shohjahon12 1-qism
Ulugbek75 1-qism
Ziyovuddin 1-qism
ZUBAIR 1-qism
Huseyn 1-qism 2-qism
AbdurRohman 1-qism
Lolo 1-qism
Musannif Adham 1-qism
Usmon 1-qism
Alchemist 1-qism
Bekmirzo 1-qism
Kumush 1-qism
Nurzoda 1-qism
Zayd 1-qism
Abdusalom 1-qism
Birodar 1-qism
JaruleUZB 1-qism
Muqaddas 1-qism
Muslima.bgm 1-qism
Registon 1-qism
TITAN-UZ 1-qism

BelleQizcha

  • Forum Mafiasiman
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 468
  • -oldi: 1840
  • Xabarlar: 2626
  • Jins: Ayol
  • Forum Mafiasiman
Re: Savolu-javob. ("Forumdoshdan forumdoshga savollar" arxivi)
« Javob #172 : 27 Iyun 2010, 02:49:43 »
zor mavzu ochilgan ekan.. davom etirillaa
.اللَّهُمَّ انْفَعْنِي بِمَا عَلَّمْـتَنِي وَ عَلِّمْنِي مَا يَنْفَعُنِي
FORUM MAFIASIMAN

 

"Siz sevgan..." mavzusi savollari arxivi

Muallif LayloBo'lim Forumdoshlar hayoti

Javoblar: 12
Ko'rilgan: 8970
So'nggi javob 12 Noyabr 2007, 07:30:49
muallifi Laylo
,,Islomiy viktorina" savollar.

Muallif Muslim IslomiddiynBo'lim Intellekt

Javoblar: 5
Ko'rilgan: 5478
So'nggi javob 23 Sentyabr 2013, 08:26:03
muallifi Muslim Islomiddiyn
KOREYA: FUTBOL BO'YICHA "TINCHLIK KUBOGI"

Muallif muxbirBo'lim Futbol

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 6698
So'nggi javob 31 Yanvar 2007, 12:20:27
muallifi Shoxjahon12
Toshkent haqida "Wikipedia Encyclopedia"da

Muallif AbdusalomBo'lim Toshkent shahri

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 13730
So'nggi javob 20 Iyun 2006, 01:51:11
muallifi Abdusalom
Toshkent haqida "Encarta Encyclopedia"da

Muallif AbdusalomBo'lim Toshkent shahri

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 7375
So'nggi javob 20 Iyun 2006, 01:52:39
muallifi Abdusalom