Savolu-javob. ("Forumdoshdan forumdoshga savollar" arxivi)  ( 100247 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 18 B


shoir  07 Dekabr 2009, 09:01:36

71. Savol: Turmush qurishda qiz bilan uchrashuvga chiqqanda Unga berildigan asosiy 3ta savoliz qanday bo'ladi?

Javob: Avvalo kelinbo'lmishning qandayligi avvaldan surishtiriladi. Surishtiruv davomida uning ilmi, odobi haqidagi ma'lumotlarga muvofiq unga savol berish mumkin. Uning ilm darajasi, dunyoqarashi qandayligini bilish maqsadida quyidagi savollarni berishim mumkin:

1. Kalimai shahodat ma'nosini bilasizmi?
(Ko'rinishidan oddiy savol. Lekin barcha musulmon - "La ilaha illalloh, Muhammadur-Rasululloh" iymon kalimasi ekanligini bhiladi-yu, lekin nomi "kalimai shaodat" ekanligini bilmaydi. Uning ma'nosi haqidagi javob esa, diniy tafakkur va aqidaning qandayligini ifodalaydi)

2. Dunyoda eng ko'p kimga mehr qo'ygansiz? Va kelgusida kimni ko'proq sevasiz?
(Payg'ambar SAV aytganlaridek: "Meni hammadan - o'zingiz, ota-onangizdanam ko'ra yaxshi ko'rmaguiningizcha komil musulmon bo'lolmaysiz". Ushbu savolga javoblar, sarvari koinot, buyuk nabiyimiz Muhammad SAV haqidagi muhabbatga dalolat beradi.)

3. Payg'ambar SAVning 4 ta otalari nomi nima?
("Tarixi Muhammadiy"da yozilishicha, ushbu savol javobini har bir musulmon bilmog'i darkor. Bu savolga javobdan uning siyrat bilimlaridan qanday ekanligini bilsa bo'ladi.)


72. Savol: Бола бслса - шсх бслсин, деган гап бор. Ашлигингиздаги қилган қайси шсхлиг(лар)ингизни ҳалигача сслаб юрасиз? Ўшанда қандай воқеа юз берган сди?

Javob: Bolalik sho'xliklarga boy bo'lgan desa bo'ladi...

* * *

Birinchi marta tarovihga chiqqanimda namoz paytida yonimdagi bolaga qarab: "Aka, siz namoz o'qishni bilasizmi? Zo'r-u!" deya hayratlangan edim.

* * *

Bir kuni mahalla bolalari bilan to'plandik-da boshqa mahalladagi masjidga boramiz, dedik. U paytlarda hamma masjidlar ochiq bo'lar, barchasida mikrofonda azon aytilar edi. Hali xuftonga yarim soatlar bor.
Biz kirdik-da, asta mikrofonni yoqib san'atimizni namoyish etdik: "Hey, odamlar, chiqmesizlarmi? O'tiro'rasilarmi uyda. Biz machittamiz!"
Xitobimizni eshitib, tezda yetib kelishgan va shumtakalarni quvib solishgan edi...

* * *

Mahalla imomidan ilk ta'limni olishni boshlaganimizda... hammamiz xavas qilib salla kiyardik. Tasavvur qiling, kichkina bolakaylar sallada. Bizni ikkinchi safga qo'yishardi. 1-safga o'tishga hali yoshlik qilardik. Orqada 7-8 ta shunaqa bolakaylar. Rukuga egilganimda mening sallam tushib ketib, matosi yechilib ketdi. Yonimdagi shumroq bolamiz esa uni torta boshladi. Men ham bo'sh kelmadim... :)
Jazo: necha kungacha dars ololmadik. Imomimiz bizdan xafa bo'lib qolgandilar (Alloh rahmat qilsin!)

* * *

Bir kuni uyda o'ynayotib, kuchimni tekshirib ko'rish maqsadida bir toshni osmonga otdim-u, lekin uni yerdan topolmadim. Bir payt qo'shnimiz qizini yetalab chiqdi. Qarasam, uning boshi qonayotgan ekan. Asta pusib berkinib oldim. Onam esa uni yupatdilar...


73. Savol: Sizga eng yoqadigan, doim yodingizda turadigan biror mashxur insonning aforizmi?

Javob: Men bu aforizmni www.ziyouz.com ning yuqori qismiga doimiy muhrlaganman. Forumdagi imzomda ham bu buyuk insonning buyuk gaplari menga quvvat bag'ishlaydi:

Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

Yana shu zotning buyuk fikrlaridan:

Sukut - mo'minning eng harir libosidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.


74. Savol: "O'zini aqlli qilib ko'rsatish!" Bu iborani hayotta juda ko'p ishlatamiz, lekin baribir hayron qolasan, odam o'zini qanday qilib aqlli ko'rsatishi mumkin?

Javob: Fikrimcha inson aqlsizlar yoki aqli, dunyoqarashi o'zidan ko'ra ancha past bo'lgan davradagina, o'shanda ham oniy holatda o'zini aqlli qilib ko'rsatishi mumkin. Masalan istalgan aktyor, biron olim ro'parasida olim roliga kirib, uni ishontira olmaydi.

Aql - insonning hatti-harakatlari, yurish-turishi muomalasi va xulqida doim namoyon bo'ladi. Aqliy kamolotga ilm hosil qilish bilan erishiladi. Ilmsiz inson o'zining qanchalik "aqlli deb ko'rsatish"ga urinmasin, undagi noqislik uning aqliy kamoloti yuksak emasligidan dalolat beraveradi.


5. Savol: Hozir zino,hiyonat juda ham dolzarb mavzu bo'lgani uchun silarni ham fikrilarni bilgim keldi.
Aytilarchi,erkaklar haloli pokiza ayolini qo'yib,hiyonat ko'chasiga kirishiga nima sabab deb o'yleslar?Hiyonat qilmagan taqdirda ham nega ayoliga befarq bo'lib qolishar ekan?Asosiy sabablarni nima,sizningcha?Bu holat achchiq bo'sa ham,haqiqat.
Iltimos,fikrilarni bildirib o'tselar.

Javob: Buning sabablari juda ko'p. Ana shunday sabablardan biri haqida misrlik olim Vahid Abdussalomning fikrlarini keltirmoqchiman:

"œEy singlim!
Sen eringni o’zingga isitaman, deb harom folchilarga bording-a"¦ Iymondan ajrading-a"¦ Allohning rasuli qaytargan harom joyga halol pullaringni sarflading-a"¦
Bir menga quloq solgin-a, men senga halol sehrni o’rgatay:
Ering seni, farzandlaringni boqaman deb ko’chada ishlab, horib uyga kelganda ro’parasida kulib turgan, eri uchun go’zal kiyimlarini kiygan xushsurat, xushmuomala ayolini ko’rmaydimi? Sen esa bironta marosim bo’lsa birovlar uchun go’zal kiyimlarni kiyib, atir-upalar bilan o’zingga oro berasan-u, shularni senga olib bergan ering ishdan kelganda esa dog’lanmagan yog’ hidi ufurib turgan yamoq kiyim bilan uni kutib olasan. Unga yaxshi keldingizmi, deya ko’ngil so’rash o’rniga, kundalik g’alvalaringni gapirasan. Shunday qilishga qilasan-u, keyin folchi qidirib yurasan. Sen uning uchun pardozlanishing va unga go’zal muomala qilishing sehrning halolidir. Sen yana bunda Allohning rizoligini ham topasan."

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 09:02:00

76. Savol: Сснгги 10-15 кун ичида ушбу мавзуда берилган жавоблар ичида сизга снг маъқул келганлари қайсилар бслди?

Javob: Barcha javoblardan nimanidir o'rgandim. O'sha javoblar tufayli ko'p xotiralar esga tushdi. Ba'zi javoblardan xursand bo'ldim, kuldim ham. Ba'zilari esa meni o'ylashga, hayotimni hisob-kitob qilishga, Yoqinjon qori aytganidek, shu 25 yillik umrda, aytishga arzigulik 25 daqiqa bormi yoki yo'qligi haqida tafakkur qilishga majbur etdi.
Menga eng ta'sir qilgan jumlalar quyidagilar bo'ldi:
Shokirbek: Gaplashib bo'lgach, u yigitdagi amonat, iffatni o'ylab, ichimda unga tahsinlar aytdim, yigitligidanoq bunday amonatdor bo'lgan, birovning haqidan qo'rqadigan kishi kelgusida ummati uchun albatta foydali shaxs bo'ladi. Odamlar haqini turli yo'llar bilan tortib olayotganlar, bunday qulay kelib qolgan fursatdan emas, balki yolg'onchilik, firibgarlik evaziga pul yig'ayotganlar mana bunday yorqin namunalar borligini ham bilib qo'yishsa yomon bo'lmas edi.."
Kapalak: Yana İstambulda talaba ekanman uyda birga turadigan dugonalarim aytib berishgandi. Bizni mahallada o’tiradigan 70 yoshlarda hech kimi yo’q bir kampir bor ekan. U har kuni marketdan tovuqning suyakli qismlarini sotib olib, plastmassa idishlarga solib yo’l chekkalariga tashlab ketarkan. Sababi esa mahallada yashaydigan egasiz it va mushuklar ochlikdan o’lishmasin, deb shunday qilar ekan. Bu odatini esa 15 yildan beri kanda qilmas ekan"¦
Salmon Forsiy: Biz kattalar "katta ishlarimizni" bitirish uchun o'zi shunday ham qorni to'q kishilarga poralar beramiz, egilib bukilamiz,yaxshi gaplar gapiramiz. Lekin halol mehnat qilib og'irimizni engil qilayotgan oddiy bir aravakash bolaga ozgina MEHR ko'rsata olmaymiz... Axir u ham yaxshi kunidan arava surib yurmagandir ? Nahotki biz shaytoni layinni kasbi bo'lgan kibrni murg'ak qalblarga qilsak !!!
G_u_l_i: Talaba bo`lolmadim, lekin alhamdulillah, muslima bo`ldim...


77. Savol: А­нг сснгги олган фотоларингиздан сзингизга снг ёққан(лар)и қайсилар бслди?

Javob: So'nnggi tushiorganlarim ichida o'zim ham maroq bilan, maza qilib suratga olganim - kuz manzaralari bo'ldi. Mashaalloh, oltin fazlning tillo ranglariga boqib, qanchalar go'zal chevar borligi haqida tafakkur qilasan, kishi.

O'sha rasmlardan o'zimga eng yoqqanlari:







boshqa rasmlar



78. Savol: 1. Sizga qilingan eng yaxshi sovg'a nima bo'lgan?
2. Hech begona kishidan ham sovg'a olganmisiz?
3. "Sovg'ani boshqasiga sovg'a qilib bo'lmaydi", - deydi ruslar. Agar yaqin bir insoningiz sizga qilingan sovg'ani yoqtirib qolsa, unga berarmidingiz?

Javob: 1. Men uchun eng qadrli sovg'a, ajdodlarimiz tomonidan qadimdan asrab kelinayotgan qo'lyozma Qur'oni karim mushafining menga taqdim etilgani bo'lgan.

2. Yoshligimda ustachilikka qiziqardim. Ustachilik asboblarini ham yig'ib yurardim. Bir kuni teshamni charxlatgani charxchiga bordim. U teshamni charxlab berib, pul bersam olmadi va teshaga qo'shib, yana bir katta ombur sovg'a qildi. Haligacha ishlaydi o'sha ombur.

3. Qarayman. Agar o'sha sovg'aga ehtiyoj o'zimda bo'lsa, uni boshqaga sovg'a qilmayman. Agar ehtiyojim bo'lmasa, uni boshqasiga ham taqdim etaman. Agar so'raguvchi men judayam hurmat qiladigan inson bo'lsa, ehtiyojga ham qaramay, unga sovg'ani sovg'a qilishim mumkin.

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 09:03:14

Munira xonimga berilgan savollarga javoblar:

36. Savol: 1. Jamiyat hayotida yuz berayotgan va ayni paytda sizni tashvishga solayotgan erkaklarning 3 ta muammosi? Nima uchun sizni tashvishga solmoqda?
2. Jamiyat hayotida yuz berayotgan va ayni paytda sizni tashvishga solayotgan ayollarning 3 ta muammosi? Nima uchun sizni tashvishga solmoqda?

Javob: 1.Erkaklarning g'urursiz, boylikka ruj'u qo'yishgani va va'daga vafo yo'qligi meni ko'proq tashvishga soladi,hafa qiladi.

2.Ayollarning hayosiz, boylikka ruj'u qo'yishi va oilani qadrini bilmasliklari, ya'ni oila haqida kalta va o'z nafslaridan kelib chiqqan holatda o'ylashlari meni tashvishga soladi va nafratlantiradi...

1.Erkaklar g'uruni unutsa, jamiyat va hatto har bir oila halokatga yuz tutadi. Boylikka ruj'u qo'ysa, haromdan ham hazar qilmaydigan bo'ladi, oiqbatda oilada tarbiya topayotgan farzandlarning xalqumi nopoklanadi va ulardan DIN uchun haqiqiy xizmat qiladiganlar yetishib chiqishi amri mahol.Va'da vafosiz bo'lsih esa munofiqlikning belgisi.

2.Ayolning hayosiz bo'lishi, hammani gunoh botqog'iga botiradi...
Boylikka ruju' qo'yishi erkakni zada qiladi, hammanarsani boylik bilan o'lchaydigan ayol bolalarini Haq yo'lida tarbiya qila olmaydi.
Oilani qadriga yetmaslik, uni buzilishiga sabab bo'ladi. Bunday ayollarimiz, hatto diniy ilmga ega bo'lgan ayollarimizning ichida ham bunday holatlar ko'payib ketyapti. Oila uchun farzand uchun bir kishi o'zini qurbon qilmasa oila OILA bo'lib shakllanmaydi. Bunda ko'proq og'rilik AYOL zimmasiga tushadi. Agarda ayol sabrli va iymonli bo'lsa OILAni haqiqiy Islomiy OILA qila oladi. Bolalar ham yetim bo'lmaydi, zinokorlarni ham safi kamaygan bo'lardi...


37. Savol: Tasavvur qiling qizingiz uzatiladigan yoshga yetdi.Va vaqti kelib turmush qurishga oilalik lekin yahshi ta'minlangan bir insonga ikkinchi ayol bo'lishni tanlaganini aytdi siz bu holatda qizingizga qanday maslahat berasiz?

Javob: InshaAlloh meni qizlarim bunday qarorga kelishmaydi keljakda, deb umid qilaman.
Agar tasavvur qiladigan bo'lsam, men qarshilik qilgan bo'lardim. Unga tushuntirgan va InshaAlloh bu yo'ldan qaytarishga kuchim yetgan bo'lardi.
Unga:Oila qurish juda jiddiy, uni saqlab qolish esa o'ta qiyin va mas'uliyatli masala. Moddiy tomon hayotda hech narsani belgilab bermaydi. Bir oilada ikki ayol bo'lishi...bunday vaziyat juda chigal. Hozir ko'p insonlar nafsini xohishi uchun ko'pxotinlikka intilmoqdalar.... va shunga o'xshash gaplar bilan uni yo'ldan qaytarardim. Avvalo Alloh bunday kunni menga ravo ko'rmasligini tilab qolaman....


38. Savol: Forumga birinchi marta kirganizda sizni e'tiboringizni tortgan user va uning postini eslay olasizmi?

Javob: Men bu forumga birincha marta kirganimda net olami haqida ham, forumlar yoki saytlar haqida ham hech qanday tushunchaga ega emasdim. Hattoki yozishni ham yaxshi bilmasdim.
Bu forumga tasodifan kirib qolganman, lekin kirganimdan juda xursand bo'lganman.
O'sha paytda menga biror user yoki uning posti yoqqan yoqmaganini aniq eslay olmayman. Ammo shuni aniq aytishim mumkinki, bu forumdagi ilmli insonlarni har bir postlari va sahih fatvolar, insonlar mehnati tufayli joylanagn ko'plab kitoblar menga juda maq'ul kelgan,  mana shu paytgacha ularga bog'lanib qolganman va hech ajrolmayapman.
Bu yerdagi har bir userni hurmat qilaman, hammalari o'zlariga yarasha dunyoga egadilar.
Alloh barchalaridan rozi bo'lsin.


39. Savol: Tasavvur qiling: Sizga tanish bo'lgan bir qizga sovchilar keldi. U qiz siz va oilangizga yaqin, lekin sizga yoqmaydigan ba'zi kamchiliklari bor. Sovchilik deyarli hal bo'lish arafasida. Shu paytda sizdan o'sha qiz haqida surishtirishdi. Agar siz qizning kamchiliklarini aytsangiz, siz aytganingiz haqidagi xabarni ular qizning ota-onasiga ham yetkazadigan, ham bu bilan uchala tomonda ham qarindoshlik rishtalariga putur yetadiganday. Agar aytmasangiz vijdoningiz qiynaladi.
Qanday yo'l tutasiz?

Javob: Juda qiyin savol, men hali bunday ahvolga tushmaganman.
Yaxshilab o'ylab ko'rdim.
Albatta, aytgan bo'lardim. chunki haqiqat har doim haqligicha qoladi.
Alloh taolo hammaga o'ziga munosib juft beradi. Har ishda Allohning hikmati bor...InshaAlloh.
Agar ularning taqdiri qo'shilgan bo'lsa va ular bir-biriga munosib bo'lsa, hech kimning gapi so'ziga qarab o'tirilmaydi...


40. Savol: O'zim chet elda bo'lganim sababli chet elga turmushga chiqib tez orada chet elga kelgan dugonalarim va yoshgina qizlarni ko'p kuzataman.Bu qizlarni  ko'plarida chet elda o'qiydigan yoki yashaydigan yigitga turmushga chiqishlaringing asosiy sababi qaynona qaynota nazoratisiz chet elda "erkin" yashashlik bo'lgan bo'ladi.Albatta atrofdagilarga bu ichki hislarini hammasi ham ochiq sezdirmaydilar.Turmush qurib chet elga chiqib olganlaridan keyin boshida juda a'lo yashaydilar.Ayni ko'ngillaridagi holat "ozodlik".Ammo ota -ona sog'inchi va hayotning turfa sinovlariga duchor bo'lganlarida qattiq afsus qiladilar.Aytingchi vaqti yetib o'g'lingizni chet elda o'qish yoki ishlash imkoni bo'lib qolsa va bu ayni uylanib oila quradigan vaqtiga to'g'ri kelib qolsa siz ikki yoshni chet eldagi "mustaqil" hayotlariga  ona sifatida qanday munosabat bildira olasiz?

Javob: Agar o'g'lim mustaqil hayot kechira olishiga va uni jufti ham mustaqil fikrga va sabrga ega bo'lsa, oiladagi har qanday sinovlarni birgalikda mustaqil va Haq yo'lidan chiqmagan holatda hal qila olishiga ko'zim yetsa, rozi bo'lardim.
Vallohi a'lam.
Keljakda bo'lishi mumkin bo'lgan ishlarga javob berish juda mushkul.

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 09:03:29

41. Savol: Hayotingizda yolg'on gapirishga ham majbur bo'lib qolgan paytlar bo'lganmi?

Javob: Ha, bunaqa holatga tushganman.
Lekin tezda buning uchun uzr so'raganman va tan olganman.
Bunday ishga ko'p ham majbur bo'lmagan bo'lsam-da, lekin bo'lgan va faqat bir narsada yoki bir kishidan qattiq qo'rqqanim uchun sodir qilganman. Va bu qo'rquvni yengganimdan keyin va qo'rqqan kishim jahlidan tushganidan keyin hammasini tan olganman va uzr so'raganman.
Bu narsalar ancha yillar oldin bo'lgan, hozir esa qo'rqqanimdan(aksar hollarda hech kimdan va hech narsada qo'rqmayman) ham bunday gunoh qilishdan Allohdan qo'rqaman.


42. Savol: Hozirda din insonning qalbida bo'lishi kerak,tashqarisida emas-degan gaplarni ko'p uchratamiz.
" Hijob o'rash shart emas,Alloh qalbimizdaku,hijob o'rab olib,jirkanch ishlarni qilayotganlar qancha.Biz ro'mol o'ramasak ham,bunaqa ishlar qilmaymiz.Hijob o'radingmi uyda o'tir."-deydigan ayollarga javobingiz qanday bo'ladi?

Javob: Bunday ayollarga javobim:"Sizlarni aynan, o'sha bizni qalbimizda Islom, degan qalblaringiz zang bosgan" degan bo'lardim.
Aksar hollarda, ro'mol o'ragan ayol qizlardan nimagadir hamma "IDEAL" insonni izlaydi. Lekin ular ham gunohkor banda ekanligini hehc kim o'ylab ko'rmaydi. Va hamma narsaga ishlatiladigan "BEsh barmoq barobar emas" degan maqolni, nimagadir hech kim bu sohada qo'llamaydi.
Bundan 2-3yilcha oldin menga bir qo'shnim shunday gapni aytgandi. Ya'ni, meni turmush o'rtog'im ro'mol o'raganlarni yomon ko'radi, ro'mol o'raganlar, har xil buzuq ishlarni qilarkan, o'z ko'zi bilan ko'rgan ekan, shunga yomon ko'radi", degandi. Holbuki, shu ayol bilan meni birinchi suhbatimiz edi. "Sizga o'xshab yurgan ayollar ichida siz aytayotgandek buzuqlik qilayotganlar yo'qmi? Albatta bor, lekin biz hech qachon ro'mol o'ramaganlar hammasi YOMON, degan fikrdan umuman yiroqmiz. Chunki sizni qaysidir amalingiz tufayli Alloh sizni mendan ko'ra ko'proq yaxshi ko'rar. Balki sizning gunohlaringizdan meniki ko'pdir", deb javob qilgandim.
Alhamdulillahki, shu qo'shnim hozi haqiqiy Muslimalar safida. Va men uni har ko'rganimda chin baxtga erishganidan hursand bo'laman.
Ro'mol o'ragan muslimalarni uyda o'tirishiga kelsak, albatta, muslima ayol ko'proq vaqtini uyda bolalar tarbiyasida o'tkazgani afzal. Lekin unda faqat ro'mol bo'lsayu, ilm bo'lmasachi? Albatta, buning uchun u ilm o'rganishi va buning uchun ko'chaga chiqishi, soliha ayollarga aralashishi lozim. Din va Ummatning kelajagi ONAlarning qo'lida. Har birimiz shu nomga loyiq bo'lishimiz lozim.


43. Savol: Yurtimizdagi islomiy muhit haqida nima deysiz? Unda yoshlarning o’rni qay darajada bo’lyapti? Ijobiy va salbiy jihatlari bilan.

Javob: Yurtimizdagi Islomiy muhitni ko'rib albatta inson xursand bo'lmaydi, lekin men ishonaman va duo qilaman har doim, bir kun kelib yurtmizda ham biz xohlagandek haqiqiy islomiy muhit o'rnatailadi, InshaAlloh.
Bu muhit kishini xursand qilmasa-da, muslim va muslimalarni boriga shukr. Yoshi kattalarga nisbatan yoshlarni o'rtasidagi Dinga qiziqish va eshitganiga amal qilishga harakat qilishni ko'rib kishi sevinadi.


44. Savol: Deylik Siz qiz uzatyapsiz? Sovchilar uzoq viloyatdan,chekka viloyatdan. Ammo yigit juda taqvoli, iymonli, ilmli. Qanday yo’l tutardingiz?

Javob: Agar o'rtada ishonchli inson bo'lsa,ya'ni u yigitda siz sanab o'tgan sifatlar borligiga ishonchli inson guvohlik bersa va qizimni ham shunday insonga loyiq tomonlari bo'lsa, ikkilanib o'tirmay bergan bo'lardim. (Yana adasi biladila, bu shunchaki tasavvur xolos :)  )


45. Savol: Insonlarni yaxshi va yomon toifalarga ajratishishadi, sizningcha bu to'g'rimi? Islom dinimiz bunga qanday munosabatda? Yomon odamlar bormi, ularning toifalari qanday?

Javob: Har bir insonning yaxshi yoki yomon tomoni bo'ladi. Mukammal inson yo'q. Mukammal inson yer yuzida bitta bo'lgan, U Zotga Allohning salomi bo'lsin.
Mukammal inson bo'lmganidek, hamma tomoni yomon bo'lgan inson ham yo'q, ayniqsa musulmonlarni orasida.
Biz yomon deb bilgan insonlarni yaxshi taraflarini ham kimdir ko'radi va hurmat qiladi yoki aksincha.
Shuning uchun insonga baho berish insonni ishi emas.
Kim qandayligini Allohdan boshqa hech kim bilmaydi.
Qalblar egasi faqat Allohdir...

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 09:03:42

46. Savol: Siz uchun forum nimalarni beradi?

Javob: Bu Forum menga juda ko'p narsa bergan.
Avvalo ham Diniy ham Dunyoviy juda ko'p bilamagan narsalarimni o'rganganman.
Qolaversa jonga yaqin jon yo'ldoshlarimni birodarlarimni, opa-singillarimni topganman.
Bu narsa esa men hayotda hech narsaga va hech kimga almashtirmaydigan Alloh nasib qilgan ne'matlarimdir.


47. Savol: Sizningcha oldingi userlar bilan hozirgi userlar orasida farq bormi? Agar farq bo'lsa ular nimalarda nomayon bo'ladi?

Javob: Albatta farq bor.
avvalgi ishtirokchilarimiz ko'proq har bir mavzuga jiddiy qarab fikr bildirishardi.Hazil, bir-birini tushunmasdan fikr bildirishlar deyarli bo'lmasdi. Bir-birlariga o'ta baland hurmatda fikrlarini bayon qilishardi.Noroziliklar ham juda go'zal uslubda bildiriliardi.
Bu deganim hozirda unday emas deganim emas, albatta. Lekin hozirda ishtirokchilarimizni ko'paygani,yangi a'zo bo'layotganlar esa asosan yoshi kichik qoni qaynoq uka va singillarimiz ekanligi qilayotgan postlaridan bilinadi.
Lekin ularni safi ko'pligi, ilmga qiziqishlari, fikrlarini ochiq bayon eta olishliklari kishini hursand qiladi.
Sekin astalik bilan barcha ishtirokchilarimiz bir birarini yaxshi tushunib fikr bildirishda yoki fikrlariga qarshiliklarni bildirishda ham nozik yo'l tutib zinhor bir birlariga ozor bermaslikni o'rganishadi,InshaAlloh.


48. Savol: O'zizni juda chorasiz deb o'ylagan vaqtingiz bo'lganmi? Bu holda nima qilgansiz?

Javob: Allohga tavakkul qilishni o'rgangunimcha balki bo'lgandir, lekin eslolmayman.
BAnda ekanligimni haqiqiy his qilganimdan buyon  esa bunday holatga tushmaganman. InshaAlloh bundan keyin ham tushmayman, deb umid qilaman.


49. Savol: Ramazon oyida o'zi turli bahonalar bilan ro'za tutmaganligi yetmaganday, ramazonga behurmat "musulmon"larning ahvollariga guvoh bo'lganmisiz? Bundaylarga munosabatingiz?

Javob: Albatta, guvoh bo'lganman va bo'lyapman, afsuski, juda ko'p martalab.
Bundaylarga munosabatim,bunday "musulmonlarga" faqat rahmim keladi va ularni har ko'rganimda "Voy, bechora", degan so'z keladi tilimga negadir.
Bu bechoralar faqat nafslarini quli bo'lgan insonlar, xolos. Boshqa payt ibodat qilish haqida gapirsangiz ularga, doim Shayton "bechora"ni aybdor qilishadi, lekin Ramazonda bu bechoralar kimni aybdor qilishni ham bilishmaydi. Axir ularni yelkalariga minib olgan shaytonlari Ramazon hurmatidan o'z vazifalaridan ozod qilinadiku?! Agar Ramazonda ularga ibodat haqida gapirsangiz, ularni gunohlariga sababchi bo'lgan Shayton "bechora" yo'q. Buni bilmaganlar yana shaytonni aybdor qilishadi, bilganlar esa o'z nafsimizni qulimiz deyishga kibrlari yo'l qo'ymaydida, har xil baxonalarni izlashga tushishadi.
Bundaylar o'zalrini kimliklarini ham bilishmaydi, o'zlarini hurmat ham qilishmaydi. O'zini hurmat qilmagan kishida Dinga va DIndoshga ham hurmat bo'lmaydi, bu aniq.
Alloh bundaylarga Chin Iymon ato qilsin. Tavba qilmaslaridan jonlarini olmasin. Aamiyn!!!


50. Savol: Avvallari Ko'kcha, Hastimom, Hoja Ahror Valiy masjidlarida ayollar ham tarovih namoziga kelishar, alohida o'ralgan joylarda jamoat bilan namozni ado qilishar edi. Keyinchalik bunga ruxsat berishmadi.
Hozir ham tarovih namoziga ayollar ham borib, bahramand bo'lishlarini xohlarmidingiz? Ayni damda bunday ibodatlarda qatnashishga qanday sabablar monelik qilishi mumkin?

Javob: Ha, men ham avvallari ayollar ham masjidda namoz o'qishgani haqida eshitgandim. Lekin guvoh bo'lmaganman. CHunki o'zim hech namoz o'qish uchun masjidga bormaganman.
Albatta, xohlayman ayol qizlarimizni masjidda namoz o'qishlarini, lekin eng afzali uylarida ibodat qilishlaridir.
Monelik qiladigan sabablari juda ko'p. Eng birinchisi, hozirgi "hijob"da yurgan ayol qizlarimiz (anchagina qismi) agar namoz o'qish uchun masjidga borishadigan bo'lishsa faqat fitnaga sababchi bo'lishadi xolos.
Boshqa sabablarini keltirmasam ham hamma biladi.
Alloh taolo bizni yurtimizni ham, musulmonlarimizni ham O'zi isloh qilsin...

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 09:03:59

51. Savol: Ramazon bilan bog'liq hayotingizdagi eng go'zal xotiralar bilan o'rtoqlashsangiz.

Javob: 10 yoshlarimda bo'lgan edi bu voqea.
U vaqtlarda qishda kelardi Mohi Ramazon. Men bir ikki dugonalarim bilan saharlikdan keyin Qur'on o'rganish uchun uyimizdan ikki uch eshik naridagi ustoznikiga chiqardik.U paytlarda ilm olish u yoqda tursin namoz va ro'za kabi iboidatlar ham yashirincha qilinardi. Buvim rahmatlini avvalgi Islom dini va muslima ayollar haqidagi hikoyalarini eshitib, ayollarni paranji o'rab yurganliklarini aytganlaridan keyin bu narsa menga juda yoqib qolgandi. U paytda esa bu narsalarni farz ekanligini ham bilmasdim. O'zim shunchaki qiziqardim shunday yurishga. Bir kuni saharlikdan keyin paltoni kiydimda uydan chiqdim. Yuzini to'sib yurgan ayollarni o'zimcha tasavvur qildim-da, paltoni yechib boshimga tashladim, astar tomonini yuzimga yopib usti tomonini orqamga tashladim, kitobimni ichimga tiqdimda, o'rtog'omni chaqirish uchun ularni hovlisiga kirib bordim. O'rtog'imni 70-75 yoshlardagi buvisi bor edi. U kishi tahorat olish uchunmi, tashqariga chiqqan ekanla. Men eshikdan "Muyassar, hoy Muyas", deb chaqirib kirib borganimni bilaman, buvisi meni ko'rib dod deb o'zini tashlab yuborsa bo'ladimi.  :(  (Qorong'uda juda g'alati ko'ringan bo'lsam kerak-da)
Birdaniga qiy chuv bo'lib ketdi, bittasi menga yopishga, boshqasi buvi bechorani ko'targan. O'zim ham juda qo'rqib ketgandim. Ota-onamdan rossa gap eshitgandim. Shundan keyin onam har doim chiqib ketishimdan ustoznikiga yetib kirgunimcha orqamdan kuzatib turadigan bo'lgandila...
Hozi butun qo'shnilarimiz bilan shu hodisani eslab qotib-qotib kulamiz...


52. Savol: Har gal sahobalar hayotini o’qiganimda, huddi shunday filmni ko’rayotgandek tasavvurga ega bo’laman.
Savol:  Siz rejissyor bo’lganingizda qaysi sahobaning hayotini kinofilm qilib ishlagan bo’lardingiz?

Javob: Har bir sahobiyning, Alloh ulardan rozi bo''lsin, hayotlari uzluksiz filmlar, tom-tom kitoblar yozilishga arziydigan go'zal hayot yo'lidir.
Savolingizga tasavvur qilib javob beradigan bo'lsam, agar rejissyor bo'lganimda, bunday film ishlashga yuragim dov bermagan bo'lardi. Yaxshisi qo'l urmagan bo'lardim.


53. Savol: Har bir sahobaning umr daftari juda ta’sirli.
Savol: Sizga qaysi sahobaning hayotida bo’lub o’tgan voqea juda ta’sir qilgan?

Javob: Aslida har bir sahobiyning hayotlarida bo'lib o'tgan har bir hodisa Islomda o'z o'rniga ega va ozgina iymoni bor kishini larzaga keltiradi.
Menga eng ta'sir qilgani:
Umar ibn Xattob r.a.ni o'z qizlarini tiriklayin ko'mishlari.
Umar ibn Xattobni r.a. Makkadan Madinaga hijrat qilishlaridagi hodisa.
Abu Bakr Siddiq r.a. RAsululloh SAV Me'rojga chiqib tushganlaridan keyingi sahobalarga aytgan so'zlari.
Bu ikki Zotni Madinaga hijrat qilishlaridagi G'ordagi hodisalar....
Bu ro'yxatni davom ettirsam, bugun tugamaydi...
Alloh barchalaridan rozi bo'lsin.
Biz ojizalarga ham Allohni rahmati bilan Qiyomat tongida shunday Zotlarni qatorida bo'lishlik nasib qilsin... Aamiyn.


54. Savol: Siz ko’rgan va sizga juda ta’sir qilgan filmdagi epizod?

Javob: Bundan 14 yil oldin ko'rganim"Daniyalik kelin" filmidagi Hadijaning ilk sajda qilishi...
"Umar Muxtor" filmidagi deyarli har bir sahna...
"Zehraning ko'zlari" filmidagi Zehra bilan bobosining vidolashish sahnasi....Aslida bu filmdagi juda ko'p sahnalar meni larzaga keltirgan, lekin shu sahnasida umuman chidab turolmayman.


55. Savol: 1.Kundalik odatlaringizda payg'ambar alayhissalomga sevikli odat va ummatlariga sunnat bo'lgan tahajjud namozni o'qishlikni odat qilganmisiz?
2.Bir kunda 1 ju'zdan Quroni Karim mutoalasida toqat bilan davomli o'qiy olasizmi? (shu vaqtgacha o'qimaganlar bo'lsa endi kirisha olasizmi )

Javob: 1.Alloh qodir va nasib qilgan kechalarda....
2.Albatta, toqatim Alloh qodir qilganicha yetadi...

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 09:04:22

56. Savol: "Oilada ayolni erkak tarbiya qiladi Bolalarni esa onasi " bu gapga qanday fikr bildirgan bo'lar edingiz?

Javob: Albatta, bu fikrga qo'shilaman. Ayol kishini tarbiya qilish ancha mushkul. Agar u ayol farosatsiz bo'lsa Alloh erkakka sabr va aql bersin.
RAsululloh SAV:"Ayol kishi Odamni qovurg'asidan qovurg'asidan yaralgan. (QOvurg'a esa qiyshiq bo'ladi) Uni o'z holiga tashlab qo'ysangiz battar qiyshiqlashib ketadi. To'g'rilayman deb qattiqroq harakat qilsangiz, sinib ketishi mumkin", deganlar.
Shuning uchun, bu qovurg'ani sindirmasdan va battar qiyshiqashtirmasdan tarbiya qilish uchun erkakdan anchagina aql, salohiyat va sabr talab qilinadi. Agar erkakni har bir gapidan, o'zini tutishidan, hatto ko'z qarashlaridan nima deyotganini bila oladigan farosatli ayol bo'lsa undan ajoyib beka va ona chiqadi, InshaALloh.
Farzand go'zal axloq egasi bo'lishi uchun esa avvalo ona shu narsaga ega bo'lishi lozim.
Tabiatan ayol kishi tez o'zgaruvchan hisoblanadi. Agar erkak kishi uni o'z holiga tashlab qo'ysa...
Shuning uchun bu dunyoda hamma narsani chegarasi borligini hisobga olgan inson muhabbatni ham qattiqqo'llikni ham me'yorda ushlay olsa, uning o'quvchisi u o'ylagandan ham ortiq tarbiyali bo'lib yetishadi,InshaAlloh.
Alloh barcha erkaklarga mardlik, aql, salohiyat, ayollarga esa sabr, farosat va go'zal axloq nasib qilsin...


57. Savol: 1. Siz uchun forumda eng qiziqarli 3 ta mavzu (bloglardan tashqari)? Va nima uchun?
2. Bloglar ichida sizga eng ko’proq yoqadigan 3 ta blog nomi? Va nima uchun?
3. Siz forumga kirganingizda birinchi bo’lib ko’radigan mavzuingiz?
4. Siz forumdagi qaysi 3 ta BO’LIMGA deyarli kirmaysiz?
5. Siz tez-tez foydalanadigan 3 ta BO’LIM nomi?
6. Siz uchun forumda eng yoqmaydigan 3 ta mavzu?
7. Siz uchun forumda ibrat bo’lgan va bo’layotgan 3 ta mavzu nomi?

Javob: 1."Forumdoshdan forumdoshga savol","Meni yig'latgan holat","Islomiy Sh'eriyat".
2. Zubairniki"Ibrat izlaganga ibratdir dunyo".Muhammad Sohibniki "Jannatda birga bo'lmoq istadim". Mutaallimahniki "Kundalik".
3.Forumdoshdan forumdoshga savol, Bugunki kun mulohazalari va qaysi mavzuda yangi post bo'lsa.
4.Foydasiz mavzularni hech biriga kirmayman. Ko'pini mavjudligini ham boshqalarni postlaridan bilib qolaman.  :)
5.Forumdoshdan forumdoshga savol, Meni yig'latgan holat,Hikmatlar durdonasi.
6.Oshkora aytilgan hayollarmidi, shunga o'xshash nomi bor mavzular....
7.Bugungi kun mulohazalari, Meni yig'latgan holat va Xonimlar, sizlar ular oldida kimsiz? mavzulari.


58. Savol: Siz yashayotgan joydagi nikoh to'yi bilan bog'liq eng yomon odat qaysi(lar)?

Javob: To'ylarga ko'p qatnashmaganim uchun undagi urf-odatlarni yaxshi bilmayman. Ayniqsa hozirgi yasahyotgan joyimdagi to'ylarga deyarli qatnashmaganim uchun.
Shuning uchun o'zim tug'ilgan joydagi to'ylar haqidagi fikrimni bildirsam..
Islomdan tashqarida bo'lgan har qanday urf-odat men uchun yomon hisoblanadi.
Ayniqsa, ZAGS deb atalgan nikoh marosimiga kelin bilan kuyovni yetalashib, hammani ko'z o'ngida chiqishi.
Kelinlarni g'ayridin vakillarini kiyimlarini kiyishi.
Kelinga deb bir dunyo, kuyovga deb bir dunyo mato, kiyim kechaklarni qilinishi.(Chunki bu narsalar ortiqcha isrof va oilani ko'p hollarda qarz botqog'iga botiradigan eng yomon odat)
Kelinni hammani o'rtasiga olib chiqib kelinsalom qildirishlari.
Xullas, bunaqa kamchilik va yomon odatlar ko'p.
Bular albatta men uchun yomon hisoblangan odatlar. Ba'zilar uchun bu to'gridir, lekin bu mening shaxsiy fikrlarim.
Bu narsadan qutulish uchun haqiqiy ISLOMni nimaligini insonlarga tushuntirmas ekanmiz, bu natijaga erishish ancha mushkul.


59. Savol: 1.   Jufti halolingiz internetdan foydalanishizga qarshilik qilmaganmilar?
2.   Netdan foydalanishda qandaydur chegara va hadlarni belgilaganmilar?
3.   Oilali ayollarning netdan foydalanishiga munosabatingiz?

Javob: 1.Men faqat shu forumga a'zoman, xolos. Bunga qarshilik qilmaydila.
2.Lekin Chatlarda behudaga vaqt sarflashimga qarshila. Keyin forumda ham bekorchi joylarda aralashishimga qarshila.
3.Chegaradan chiqmagan holatda, xaromdan hazar qilib foydalanilsa, ilm olish uchun buni hech kimga zarari yo'q, shu jumladan oilalik ayollarga ham.

60. Savol: 1. Oiladagi ishonch - siz uchun bu nima?
2. Deylik, turmush o'rtog'ingiz sizga netdan foydalanishda ma'lum chegara va hadlarni belgiladilar. Masalan, male (erkak) userlar bilan YM, agent, skype, ICQ, MSN orqali muloqot qilishni, forumda mavzudan tashqari va male userlar bilan ortiqcha muloqot qilmaslikni, PM orqali keraksiz suhbatlarni va hokazo... Siz buni qanday qabul qilasiz? Bu sizningcha ISHONCHSIZLIKMI?
3. Sizningcha ayollariga har ishda erkinlik beradigan "zamonaviy" erkaklar ISHONCHNI o'z DAYUSLIKLARINI yashirishda niqob qilmayaptilarmikin?

Javob: 1. Ishonch bu men uchun hamma narsa...Buni izohlasam postim juda uzuuuuuun bo'lib ketadi...
2. Bu albatta ishonchsizlik emas. Bu ayolini har xil insonlardan har xil dilni vayron qiladigan hodisalardan asrash va boshqalardan rashk qilish. Men erkak ishtirokchilar u yoqda tursin, ayol qizlar bilan ham behuda narsalarni gaplashishlikni yoqtirmayman. Agar tasodifan shunaqa bo'ladigan bo'lsa, bu suhbat menga katta foyda beradigan bo'lsa ham turmush o'rtog'imni ra'yiga qarayman va hammasidan voz kechaman.
3. Fikringizga to'la holda qo'shilaman. Bu dayuslik va munofiqlik. O'zini qadrini bilmaydigan, ayolligini unutgan shunday ayollar borki...agar bularga hamma narsada erkni berilsa, ko'ngillari nelarni xohlamaydi.
Shuning uchun hamma narsada me'yor afzal. Me'yorga amal qilgan kishi, diniy ishlarida ham, dunyoviy ishlarida ham, ilm olishda ham, oilaviy hayotida ham faqat hayrli oqibatga erishadi,InshaAlloh.

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 09:04:58

61. Savol: Шукр билан боғлиқ ҳаётда сзингиз гувоҳ бслган қандай ибратли воқеликни сслай оласиз?

Javob: Bunday holatlar juda ko'p bo'lgan.
Men ham o'lim bilan bilan bog'liq hodisani aytmoqchi edim, lekin Imlaah bu haqida aytibdila.
Shunga boshqasini aytib bera qolay.
Bir birodarimiz bor edi. Turmush qurib, juda baxtli hayot kechirishdi.Lekin Alloh taolo har bir bandani bir tomondan sinaydi. Alloh ularni farzand tomondan sinovga tashladi. Yillar o'tdi. Ular shunday ahil yashashdiki, oilalarni ajratish cuhun har qanday harakat behuda ketdi. Ayolni sabriga, hammadan ham erkakni sabriga va shukriga qoyil qolmay ilojisi yo'q edi kishini.Ayoliga shunday go'zal munosabatda bo'lardiki qo'yaverasiz....
Bunday xususiyat erkaklarda juda noyob, menimcha.
Xullas, bu oila beki va bekasi juda go'zal shukri va sabrlari uchun 12yil deganda Alloh ularni o'g'il farzand bilan mukofatlagandi.
U oilani farzandli bo'lganini eshitib, yig'lab yuborgandim. Alloh taolo hech bir narsani yaxshilikni ham, yomonlikni ham, sabrni va shukrni ham bejavob qoldirmaydigan Hikmat Egasidir...


62. Savol: Ўлим ҳақ. Унга борар йсл ҳақ.
Ҳеч сйлаб ксрганмисиз? Сиз қандай слим топишни истардингиз?

Javob: Sizga ham tashakkur, go'zal va ibratli savollaringiz uchun. Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Ushbu savolga yuqorida javob bergan har bir ishtirokchiga rahmat aytmoqchiman. Juda go'zal va ibratli javoblari uchun, har birlaridan Alloh rozi bo'lsin.

Kapalak xonim aytganlaridek:"Iymonimni qutqarmagunimcha u dunyoga ko'chmaslikni Allohdan so'rardim".
Shokirbek aytganlaridek:"Har doim Allohdan shahidlikni nasib qilishini, shahid holatda jon taslim qilishimni nasib etishini so'rayman.
Imlaah aytganlaridek:"Alloh yo'lida xolis ibodat qilib, pok va go'zal ibodatlar qilgan holatda, O'zini rozilgini topgan holatda O'ziga qovushishni so'rayman.
Abdulaziz aytganlaridek:"Ka'bada, barcha ibodatlarni qilib, gunoh va mas'iyatlarimga tavba qilgan holatda sajda paytida jonimni O'z huzuriga olishini tilayman".

Alloh mehribon va rahmli Zotdir. InshaAlloh har kishini niyatiga yarashasini ato qiladi. Har bir musulmonga O'zini roziligini topgan holatda Malakul Mavt kelishini so'rab qolaman. Har bir musulmonni oxirgi manzilini Alloh taolo go'zal aylasin. Va bizlar uchun eng shirin Visol bo'lgan O'z Jamolini beparda ko'rishlikni nasib etsin. Amiyn.


63. Savol: Do'stga zor, dushmanga xor, nomardga muhtoj qilma Duo iborasini qanday tushunasiz?

Javob: Lekin juda qiyin savolni tanlabsiz, baholi qudrat javob berishga harakat qilaman, InshaALloh.
Kishilarni tili bilan aytilgan bu duoni:"Allohim, O'zingdan o'zgaga muhtoj qilmagin..." duosi bilan bir tenglashtiraman.
Biz xohlagan, qalbimiz istagan, o'zimiz qoniqadigan va biz so'raganimizni aynan o'zini bera oladigan zot faqat va faqat Alloh taolodir. Bundan boshqasi berolmaydi va biz Uning yordamiga doim muhtojmiz. Men bu duoni shunday tushunaman.
Do'stga zor - birinchidan, bu dunyoda Alloh hech kimni do'stga zor qilmasin. HAmmaning Alloh uchun do'stlashgan do'sti bo'lsin.chunki do'stga zor bo'ladigan, uning hamdardligiga, maslahatiga va suyanch bo'lishiga inson ba'zan juda muhtoj bo'ladi.
Dushmanga xor - insonning eng katta dushmani nafsi hisoblanadi. ALloh hech bir bandani dushmani qo'lida xor qilib qo'ymasin.
Nomardga muhtoj bu so'zni izohlashni hojati yo'q. Chunki nomard vaqti kelganda o'z oilasidan kecha oladigan pastkash bo'ladi, shuning uchun bundaylarga muhtoj bo'lib qolishlikdan Allohni panohiga sig'inishimiz lozim.


64. Savol: Azaga borsangiz eng ko'p tasirlangan voqeangiz?

Javob: Doim azaga borganimda ikki xil holatdan ta'sirlanaman.
Birinchisi - jasadni kafanlik holda ko'rganimda chidolmayman. Go'yoki kafanda o'zim yotgandek his qilaman, o'zimni. Agar jasadni ko'rishni imkoni bo'lmasa tobut chiqib ketayotganida shunday holatga tushaman.
Ikkinchisi, insonlarni tirik yurgan kishilarni hollaridan ta'sirlanaman. Jasad ichkarida yotibdi yoki yelkalarda tubut ketyapti,lekin tiriklar va aqli borlar, o'z g'amlarida, o'z gaplarini so'zlab ketishyapti. Azaga kelgan o'z dardini aytib yig'laydi deganlaridek, azaga kelgan kishilar ham, ayollar ham, o'tib ketgan, hamma unutib ketgan dardlarini ham kovlab chiqarib gaplashishini yoqtiradilar. Shularni holatiga hayron qolaman. Oldilarida jasad yotib, shuni his qila olmayotgan bechorlarmiz aslida biz. Aslida bizni qalblarimiz jasadga aylanib qolgan deyman...
Buni o'z opamni janozasiga kelgan kishilarda ko'rgandim birinchi marta. Uni jasadi oldidan ketolmay o'tirganimda, insonlarni gaplaridan va qilayotgan ishlaridan juda lol qolgandim va nafratlagandim. O'sha paytda hammani uyda haydan chiqargim kelgandi, to'g'risi....
Alloh barchamizni oxirimizni go'zal qilsin.Avvalo har birimizga amal qilinadigan ilm va diniy bag'rikenglik nasib etsin. Qalbimizda iymonimiz shu qadar to'lsinki, unda gina, adovat, hasad va g'iybatga joy qolmasin. Ana shundagina bizni oxiratimiz ham go'zal bo'ladi,InshaAlloh.

PS:Bunday go'zal va ibratli savollar zanjirini boshlab bergan Shoirdan, bu savollarga go'zal javob berayotgan barcha ishtirokchilardan Alloh rozi bo'lsin. Va savollar berishda davom etayotgan barcha muslim va muslimalardan ham Alloh rozi bo'lsin. Barchamizga shu savol va javoblardan o'rnak o'la biladigan aql ato qilsin Alloh.


65. Savol: Int va forum orqalik munosabat va muomala sizga nima beradi.Forum sabab ilm olaman degan tushunchaga ko'p uchrayman sizning bu iboraga fikringiz?

Javob: Asalni ham ozi shirin, deganlaridek, hamma narsani ham ozi va me'yorda bo'lgani yaxshi. Shu jumladan int va forumlarda qatnashishni ham. Ilm olishga imkoniyatlar katta albatta, lekin faqat shu bilan chegaralanib qolish qiyin ko'p hollarda.
Chegaradan, ham Islom, ham Iymon, ham Hayo chegaralridan chiqish bo'ladi ba'zan.
Shu narsalardan saqlanib, faqat va faqat o'zi va boshqalar foydasi uchun ishlash, kishini iymoniga va taqvosiga bog'liq, InshaALloh.
Alloh har birimizni vaqtini qadriga yetadigan aql egalari qilsin. Amiyn.

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 09:05:11

66. Savol: Бола бслса - шсх бслсин, деган гап бор. Ашлигингиздаги қилган қайси шсхлиг(лар)ингизни ҳалигача сслаб юрасиз? Ўшанда қандай воқеа юз берган сди?

Javob: Haqiqatan bolalik shoxlik bilan amalga oshirgan sarguzashtlarimizga juda boy...

Birinchi o'qigan namozimni hech esimdan chiqarmayman. U paytlarda namoz o'qiydiganlar kamdan kam topilardi. O'shanda 8yoki9 yosh bo'lganman. Ammamni qiziga menga ham o'rgatsan deb turib olibman. Bir amallab tahoratni olgandan keyin joynamozga turdim, mazza qilib o'qiganman namozni, lekin og'zimda saqich bilan o'qigandim.  :(
Ammamni qizi keyin rossa urushgandi meni...Shunda unga o'rgatgan kishida ayb menda emas, o'zingiz, o'gizda hech narsa bo'lmasligi shart demadingizku degandim. :)

Juda sho'x va urushqoq qiz bo'lgandim. Bir kun ko'chaga chiqsam, qo'shni bolalar teshada yo'l bo'yidagi ariqni kovlayotgan ekan. Qiziqib borib nima qilyapsan deb, u bolani itarib kovlayotgan joyiga, ariqni ichiga boshimni tiqib qarabman. U bola qoch deb baqirsa, jim tur deb o'rnimdan turmaganman. Shunda u bolani jahli chiqib, qo'lidagi tesha bilan boshimga bir solgandi. U sariq edida, shunga juda tez jahli chiqardi.

Opam rahmatlik juda yuvosh va kamtar edila. Deyarli hech kim bilan urushmasdila. Bir kun ko'chada o'ynab tursak opamni o'rtoqlari bilan, opamga noxaqlik qilishgan. Ular mendan uch yosh ketta edilar. Bir o'rtolqari opamni urdi. Opam bo'ldi ketdik, Nargiz dedila. Meni bo'lsa jahlim chiqdi, nimaga nohalqik qilib urasan opamni dedim. U hayron chunki mendan ancha katta-da. O'ynayotgan joyimizda bir mashina tuproq to'kilgan edi. Shartta bordimda, haligi qizni kuchimni boricha, itarib yiqitib, ustiga chiqib urib, ustiga tuproq tortib qo'ygandim. Kechqurun oilaviy majlisda meni turgizib qo'yib "tarbiya"lashgandi...

Bir o'rtog'im bilan urushib, uni ko'mirga yumalatib, uyga qopchib kirganman. Onasi bizni nazarimizda shallaqi ayol edi. Onasini boshlab chiqadi, deb qo'rqib, uyga kirib tokchaga chiqib pardani orqasiga yashirinib uxlab qolgandim. Onam bechora izlab izlab zo'rg'a topgandila  :)


67. Savol: Sizga eng yoqadigan, doim yodingizda turadigan biror mashxur insonning aforizmi?

Javob: Bu gapni kim aytganligini eslolmayman, afsus.
Unda shunday deyilgan:"Ey Inson,sen nimangga kibrlanasan?Axir, seni avvaling, bir tomchi nopok suv, ko'tarib yurganing hammasi axlat,oxiri borar joying qaro qabr va oqibating qurt qumursqalarga ozuqasanku?!"


68. Savol: "O'zini aqlli qilib ko'rsatish!" Bu iborani hayotta juda ko'p ishlatamiz, lekin baribir hayron qolasan, odam o'zini qanday qilib aqlli ko'rsatishi mumkin?

Javob: "O'ZINI AQLLI QILIB KO'RSATISH!"
Bunday insonlar, ilmlari kam, dunqarashlari tor, tafakkur qilmaydigan kishilarni orasida o'zlarini aqlli qilib ko'rsatadilar. Ularni aqlli gaplar bilan lol qoldiradilar. Aslida bu narsa ham o'zini aqlli qilib ko'rsatish emas, chunki ularni lol qoldridimi demak, uni shunga aqli yetadi.
Faqat o'zlarini ustun tutgan bunday kishilar, o'zlaridan ko'ra aqlli va ilmli kishini oldida, kimliklari ma'lum bo'ladi. Chunku uni aqli yetgan narsaga ularni aqli yetmaydi. Va tabiiyki, o'zlari aqlli qilib ko'rsata ham olmaydilar.
Demak bu fikrdan shu ma'lum bo'ladiki:"Qozonda bori cho'michga chiqadi", sizni ta'biringiz bilan aytganda.
Qozonda esa nima bor, nima yo'qligi esa davraga qarab ma'lum bo'lib qoladi.


69. Savol: Avvalo,Alloh sizlarni oilalaringni mustahkam qilsin.Shunchaki faraz qiling.Agar turmush o'rtog'ilar silarga hiyonat qilsa qanday yo'l tutasizlar?O'rtada farzand bor.

Javob: Bizni 14yillik hayotimiz davomida bunday ish bo'lmagan, bo'lmasligiga ham umid qilamiz, InshaAlloh.
Endi tasavvur qilsak... (Alloh saqlasin)
Agar bunday holat yuzaga kelsa, meni oilamda, avvalo o'z aybimni axtarib topib uni yo'qotishga harakat qilgan bo'lardim. Topolmasam turmush o'rtog'im bilan yaxshilab dildan, xotirjam gaplashib olgan bo'lardim.
Chunki men bolalarim va ularni tarbiyasi uchun mas'ulman. Men ming harakat qilsam ham, bolalarimga otani o'rnini bosib berolmayman. Shuning uchun, o'z qalbimga berilgan ozor uchun bolalarimni qalblariga bir umrlik armon urug'larini qadamagan bo'lardim. Alloh uchun go'zal sabr qilib, bolalarimni tarbiyalash va o'zimni isloh qilish uchun harakat qilgan bo'lardim.
Alloh taolo avvalo har birimizga o'z aybini ko'ra oladigan qalb va ularni bartaraf etadigan aql ato qilsin.
Har birimizni qalbimizni kibrdan va amallarimiz riyodan saqlasin. Amiyn.


70. Savol: Сснгги 10-15 кун ичида ушбу мавзуда берилган жавоблар ичида сизга снг маъқул келганлари қайсилар бслди?

Javob: Avvalo savol berganlarga ham, bu savollarga go'zal javob qilgan barchaga tashakkur aytaman. BArcha javoblar o'zicha go'zal va ibratli edi.
Ayniqsa,Abdulaziz, imlaah, Ulug'bek75 va Kapalakni javoblari insonga ko'p narsani o'rgatadi.
Barcha javoblar desam ham bo'ladi, lekin menga eng ta'sir qilgan va hali hanuz yodimdan ko'tarilmagan javob Salmon Forsiyni Mehr haqida savolga bo'lgan javoblari bo'ldi.


71. Savol: Агар кимдирга сен схшилик қилсанг - унут, кимдир сенга схшилик қилса сла-слгунча унутма, деган ҳикмат бор. Ҳаётда қийин вазистларда сизга ёрдам берган инсонларни сслаб турасизми?

Javob: Albatta, bunday insonlarni unutib bo'larkanmi? Unutishga haqqimiz ham yo'qku.
Bunday vaziyatlar va bu vaziyatlarda yonimda bo'lgan qadrdonlarim ko'p bo'lgan va hozirda ham bo'lmoqda Alhamdulillah.
Alloh bunday mehribonlarni nasib qilganiga ham O'ziga hamd bo'lsin.
Shunday kishilar mehnati va ko'rsatgan mehribonchiligi tufayli hayotdagi eng qiyin kunlarim ham osonroq o'tgan va o'tmoqda. Ularning haqqiga duodaman. Va bizlarni ham birodarlarimizni yonida tirgak va suyanch bo'la oladigan mo'minalardan qilsin. Amiyn.

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 09:32:46

Muslimaga berilgan savollarga javoblar:

24. Savol: Sizning hayot yo'lingini belgilab bergan 3 ta hadis?

Javob:Unaqa hadislar ko'p, lekin asosiylari qiyidagilar:

1. Nabiy sollallohu alayhi vassallam marhamat qiladilar: "œAlloh taolo aytadi: "œEy odam bolasi, sen Meni o’zing zikr qilsang, Men ham seni bir o’zim zikr etaman. Sen Meni jamoat ichida eslasang, Men seni farishtalar ichida (yoki "œundan yahshiroq jamoat ichida", dedilar) eslayman. Sen Menga bir qarich yaqinlashsang, Men senga bir quloch yaqinlashaman. Sen Menga bir quloch yaqinlashsang, Men senga to’rt quloch yaqinlashaman. Agar Men tomonga qarab yursang, Men sen tomonga yuguraman" (Hadisu qudusiy) 
Bu hadisni eshitganimda, Allohning mehribonligi va cheksiz rahm shavqat egasi ekanligini tushungandim. Allohni yo'lida yurishlikni anglashga kirishgandim. Ayniqsa, "Agar Men tomonga qarab yursang, Men sen tomonga yuguraman" degan joyi qattiq ta'sir qilgandi.

2. Bir marta «Birodarlarimni sog‘indim» degan edilar Rasuli Akram  sollallohu alayhi vassallam va buni eshitgan sahobalar: «Biz sizning birodarlaringiz emasmizmi yo Rasululloh» deb so‘raganlarida, «Sizlar mening do‘stlarimsizlar, birodarlarim oxir zamonning og‘ir imtihonlariga duch kelgan paytda ham Islomni tark etmagan mo‘minlardir» deb javob bergan edilar.
Bu hadisni eshitganimda ko'zlarim yoshlangandi, Rasululloh  (sav) aytgan o'sha birodarlar qatorida bo'lish bahti nasib qilishini duo qilgandim. Va shu yo'lda jiddiy harakat boshlagandim.

3. (Hadis mazmuni): Rasululloh sollallohu alayhi vassallam dedilar: "Qaysi ayol besh vaqt namozizni o'qisa, ramazon ro'zasini tutsa, Alloh buyurgan farzlarni bajarsa va erini rozi qilsa, Jannatga kiradi"
Bu hadis inshaAlloh mani hayotimni ohirigacha man uchun "hayot yo'lini belgilovchi" hadis bo'ladi, inshaAlloh!


25. Savol: Siz doim o'qib yuradigan 3 ta duo?

Javob: 1. "Robbana atina fiddunya hasanatav va fiyl ahirotu hasanatav, va qina a'zaban nar"
Ma'znosi: Allohim bizga bu dunyoda ham ohiratda ham yaxshilikni ato qilgin, va do'zah a'zobidan asragin

2. Amana rosulu ya'ni Baqara surasini 285-286 oyatlari (arabiyda), bu oyatla duo o'rniga ham o'tadi dib eshitgandim.
Ma'nosi: Baqara/285. Payg‘ambar o‘ziga Parvardigoridan nozil qilingan narsaga iymon keltirdi va mo‘minlar (ham iymon keltirdilar). Allohga, farishtalariga, kitoblariga va payg‘ambarlariga iymon keltirgan har bir kishi (aytdi): «Uning payg‘ambarlaridan biron kishini ajratib qo‘ymaymiz». Va «Eshitdik va itoat etdik. Parvardigoro, gunohlarimizni mag‘firat qilishingni so‘raymiz. Va faqat O’zingga kaytajakmiz», dedilar.

286. Alloh hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmaydi. (Har kimning) qilgan (yaxshi) amali o‘zi uchundir va (yomon) amali ham o‘zining buynigadir. Parvardigoro, agar unutgan yoki xato qilgan bo‘lsak, bizni azobingga giriftor aylama! Parvardigoro, bizlarning zimmamizga bizdan ilgari o‘tganlarning bo‘yinlariga qo‘ygan yukingni yuklama! Parvardigoro, bizlarni toqatimiz yetmaydigan narsaga zo‘rlama! Bizlarni afv et, (gunohlarimizni) mag‘firat qil, (holimizga) rahm ayla! O’zing xojamizsan! Bas, bu kofir qavm ustiga O’zing bizni g‘olib qil!

3. Bugungi kunda eng ko'p qalbimga taskin berayotgan va ko'p o'qiydigan duo:
"Hasbun allohi va ni'mal vakil, ni'mal mavla va ni'mal nasiyr"
Ma'nosi: Buyuk Alloh bizga yetarlidir, U naqadar yaxshi vakil, naqadar yahshi qo'riqlovchi va naqadar yaxshi yordamchidir!


26. Savol: Oilani eng baxtli oilalar qatoriga qo'shish uchun va unda solih farzandlar tarbiya topish uchun va haqiqiy islomiy oilaga aylanishi uchun, kimning xizmatlari, fazilatlari ko'proq muhim deb o'ylaysiz?

Javob: Manimcha bu yo'lda oiladagi ayolni va erkakni ham xizmati va fazilati muhim. Lekin oilani oila qilishda, uni eng baxtli oilalar qatoriga qo'shish va unda solih farzandlar tarbiya topish uchun haqiqiy islomiy oilada ayolni SABRI eng muhim. Ayol kishi SABR qilsa, boriga qanoat qilib, jufti haloliga hadeb noliyvermasa, farzandlari tarbiyasiga e'tiborli bo'lsa, yaxshi yomon kunda jufti halolini eng yaqin madadkori bo'lsa, Alloh buyurgan har bir ishda turmush o'rtog'ini qo'llab quvvatlasa haqiqiy go'zal islomiy oilaga aylantira oladi. Vallohu a'lam. Bu mani fikrim.


27. Savol: O'zim chet elda bo'lganim sababli chet elga turmushga chiqib tez orada chet elga kelgan dugonalarim va yoshgina qizlarni ko'p kuzataman.Bu qizlarni  ko'plarida chet elda o'qiydigan yoki yashaydigan yigitga turmushga chiqishlaringing asosiy sababi qaynona qaynota nazoratisiz chet elda "erkin" yashashlik bo'lgan bo'ladi.Albatta atrofdagilarga bu ichki hislarini hammasi ham ochiq sezdirmaydilar.Turmush qurib chet elga chiqib olganlaridan keyin boshida juda a'lo yashaydilar.Ayni ko'ngillaridagi holat "ozodlik".Ammo ota -ona sog'inchi va hayotning turfa sinovlariga duchor bo'lganlarida qattiq afsus qiladilar.Aytingchi vaqti yetib o'g'lingizni chet elda o'qish yoki ishlash imkoni bo'lib qolsa va bu ayni uylanib oila quradigan vaqtiga to'g'ri kelib qolsa siz ikki yoshni chet eldagi "mustaqil" hayotlariga  ona sifatida qanday munosabat bildira olasiz?

Javob: Mani hayotimga ancha yaqin bo'lgan savolni yozibsiz, lekin hamma qizlar ham "ozodlik" ka erishish uchun chet elga turmishga chiqishmaydi. Aslida qaynona nazoratida turishning ham ko'p hayrli hislatlari bor. Faqat sabr bilan o'tish kerak hammasidan. Munira opajonim aytganlaridek kelajak haqida biror narsa deyish juda qiyin, chunki u paytda biz qay holatda bo'lamiz biz bilmaymiz. Lekin o'g'limni bahtli qila olsa, boshida qiynalsam ham keyinchalik rozi bo'lardim. Chunki ona uchun farzandi qayerda bo'lmasin salomat bo'lsa, bahtli bo'lsa bo'ldi. Allohdan uni haqqiga duo qilib o'tiradi ONA!!!


28. Savol: Sizningcha armon bu nima? Sizning armoningiz? (sir bo'lmasa) :)

Javob: O'zi armon so'zi - ushalmagan orzu digan ma'noni bildiradi. Man armon digan so'zni lug'atimdan o'chirib tashlaganman. 1-sabab, orzularga qattiq berilishlik yaxshi emas dib hisobliman. Keyingi sabab, agar biz hohlagan biror narsa, deylik orzu qilib yurgan narsamiz ushalmasa uni armon dib emas, balki Alloh tao'lo hayrli qilmagani sabab bo'lmadi, nasib qilmadi, albatta Allohning har bir ishida hikmat bor deyishlik afzalroqligi. Nasib qilganlari uchun shukur, nasib qilmaganiga sabr qilish "Armonim bor!" deyishdan kora afzalroq, man uchun. Allahga shukur bu dunyoda armonim yo'q! Alloh ohiratda hayoti dunyoda qilolmagan ibodatlarimiz va hayrli amallarimiz uchun yoki ularni kam qilganimiz uchun ARMONDA QOLGANLAR qatoridan qilib qo'ymasin! Amiin!!!!


29. Savol: Siz yashayotgan joydagi nikoh to'yi bilan bog'liq eng yomon odat qaysi(lar)?

Javob: Yomon odatlar asabni buzadi. Asab buzar to'ylarga ancha bo'ldi bormaganimga, Allahga shukur!  :)
   Yaqinda qo'shnimiz o'g'lini uylantirdi. To'yga bormadik albatta, lekin kelin-kiyov uyga qaytishganda ma'lum bo'ldi qanaqa to'y bo'lgani. Shaytoni la'innini suvi qo'yilgan, erkak ayol aralash, ichishgan, o'tirishgan. Kelin-kuyovni uyga olib kelishganda, kelin moshinadan tushdi, katta yoshli 5-6 ta ayollar turgandi ularga uch bukilib salom berdi  ::) Uyga kirib ketayotgan edi shaytonni suvini ichganidan sal kam shayton qiyofasini olgan "kiyovning do'stlari" bir varakayiga: "Ho'o'o' kelinxon bizgayam bitta bo'lsin salomladan" dib hingillab kulib yuborishdi. Bechora kelin majbur o'sha shirakayflarga ham salom qildi. "Kiyov" esa o'zicha gerdayib turdi  :-[ (ko'nglim buzilib ketti)  ???
     Yana, isrofgarchilik, ortiqcha hashamat, ovoragarchilik va har hil bida't amallar qilinishini manimcha yomon odatlar.


30. Savol: Меҳр билан боғлиқ ҳаётда сзингиз гувоҳ бслган қандай ибратли воқеликни сслай оласиз?

Javob: Inson hayotini mehrsiz tasavvur qilish mushkul. Mehrning turli hil ko’rinishi bor, lekin uning mohiyati bir hil.
     Mehrning eng oliysi, Rahmlilarning eng Rahmlisi bo’lmish Allah taoloni bandalariga qilgan mehridir, manimcha. Allah mehribon, Uning mehrini har soniyada hayotimizda ko’rishimiz mumkin. Allah shu darajada bandalariga mehribonki, biz bandalar osiylik qilib Uni unutsak ham, gunohlardan tiyilmasak ham bizlarni tez jazolamaydi. Adashgan bandasini O’z mehri ila siylab, unga iymonni tortiq qiladi. Bunga har birimiz har doim guvoh bo’lganmiz.
       Yana doim biz guvoh bo’ladigan va his qiladigan mehr bu Rasululloh  :sw: ning ummatlariga bo’lgan mehrlaridir. Eng suyukli ota-onamiz ham o’lim chog’ida "œOhiratim nima bo’larkin, holim ne bo’larkin?" kabi so’zlar bilan olamni tark qilishadi, lekin Rasululloh  :sw: o’lim chog’i ham bizlarni o’yladilar, "œUmmatim, ummatim"¦" deya bizni holimizdan qayg’urdilar. Ularning mehrlarini hamon his qilamiz"¦.. Allah ularga to qiyomatgacha salovatu salomlar ato qilsin, ahli oilalari va ashoblariga rahmat qilsin!
       
     Insonlar orasidagi munosabatlar haqida aytadigan bo’lsak, Allah taolo onaga bergan mehrchalik mehrni hich kimga bermagan. Onamiz uchun biz doim bolamiz. Turmush quramizmi, uylanamizmi, o’zimizni oilamiz bo’ladimi baribir bizni bola deb o’ylashadi. Onaning mehri shu qadar kuchliki, farzandi uchun jonini ham bera oladi. Farzandi kulsa birga kuladi, yig’lasa birga yig’laydi. Onajonlarimiz bizga berayotgan mehrlari haqida juda ham ko’p yozish mumkin, ming afsuski bu yerdagi sahifalar kamlik qiladi hammasini yozish uchun. Toki o’zigiz farzandli bo’lmaguningizcha onani mehrini to’liq tushunib yetmas ekansiz"¦. Baxtimizga onajonlarimiz doimo sog’ bo’lishsin, bizga go’dakligimizda rahm qilishganidek, Allahim ham ularni barchalariga rahm aylasin! Amin!
   Inson mehr bilan tirik, mehrni his qilmas ekan, uni boshqalarga ulashmas ekan u insonda hayr kam deb hisoblayman.
     
          Abu Hurayra roziallohu anhudan rivoyat qilinadi: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "œAllohning yuzta rahmati bo’lib, undan bitta rahmatni jinlar, insonlar, hayvonlar va hashorotlar orasiga tushurdi. Ana o’sha bitta rahmat bilan ular bir-biriga rahm qildilar, shafqatli bo’ladilar va shu shafqat bilan vaxshiy hayvon o’z bolasiga mehribon bo’ladi. Alloh to’qson to’qqizta rahmatni olib qoldiki, ular bilan qiyomat kunida bandalariga rahm qiladi" Muttafaqun alayh.
        Qiyomat kuni Allahning rahmat nazari bilan boqqan bandalari qatorida bo’lishlik har birimizga nasib qilsin! Musulmonlar orasidan hech qachon MEHR ko’tarilmasin! Amin!
   P.S. Bu yerda go'zal javoblari bilan barchamizga ibratli voqealarni ulashgan aka-uka va opa-singilarimizdan Allah rozi bo'lsin!

Qayd etilgan