Muallif Mavzu: Savolu-javob. ("Forumdoshdan forumdoshga savollar" arxivi)  ( 95056 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Savolu-javob. ("Forumdoshdan forumdoshga savollar" arxivi)
« Javob #90 : 07 Dekabr 2009, 09:43:39 »
16. Savol: Deylik net-kafedasiz.. Yonizda o'tirgan qiz (yigit) ning kompiga beixtiyor ko'ziz tushib qoldi. U Sizning nazdingizda o'zi uchun (din, jamiyat uchun) foydasiz ish bilan mashg'ul. Unga tanbeh berarmidiz yoki indamay qo'ya qolarmidiz?

Javob: Bir narsani aniqlashtirib olaylik. Din, jamiyat uchun foydasiz deyilganda ikki xil ma'noni tushunish mumkin. Birinchisi, uning faqatgina foydasizligi, lekin zarari yo'q. Ikkinchisi esa, ham foydasiz, ham zarari bor. Agar mening hayotimda birinchi hol bo'lsa, unga hech narsa demayman. Ikkinchi hol bo'lsa, bu qiyinroq masala. Sizning unga bergan tanbehingiz yomon oqibatlarni keltirib chiqarishidan qo'rqaman. Shuning uchun eng ma'quli unga ham indamaslik. Chunki, men birovning gapiga (ayniqsa, begonaning) kirib, maslahatiga quloq soladigan kishini uchratmaganman. Ayniqsa, hozirgi zamonda bu narsani ko'plab guvohi bo'lishingiz mumkin. Bu yerdan bir foydani olish mumkin. Bu ham bo'lsa, o'sha yoningizda odam foydalanayotgan sayt foydasiz yoki zararli bo'lsa, siz bu haqda ma'lumotga ega bo'lasiz. Va bunday saytlarga qadam ranjida qilmasligingizga ancha yordam beradi.

 
17. Savol: МеҳÑ€ билан боғлиқ ҳаётда ўзингиз гувоҳ бўлган қандай ибратли воқеликни эслай оласиз?

Javob: kamina hayotimda ko'plab kishilar tomonidan mehr ko'rganman. Eng avvalo ota-onamda, akalarim va opajonimda. Tanish-bilish, mahalla-ko'y, o'qituvchilar-u sinfdoshlar, universitetda kursdoshlar-u professor o'qituvchilar. Sanasam, sanab tugata olmayman. Lekin bularning barchasi banda bilan banda orasida bo'ladigan mehr munosabatlariga bog'liq. Men hozir yozmoqchi bo'lgan narsa Xoliq va banda orasidagi mehrga bog'liq.
Ko'p postlarimda bu haqda yozishga harakat qilaman, hayotimda Yaratgan tomonidan cheksiz ko'p mehrga sazovor bo'lganman. Kuni kecha buning yana guvohi bo'ldim. Voqea bunday kechdi:
Hammayoqda cho'chqa grippi deb atalgan ofat tarqalgan bir payt. Hammayoqda bu haqda broshuralar, bukletlar osilgan, tashviqot-targ'ibot deganlaridek... Shu desangiz kechagi kuni ozgina tomog'im og'rib, ancha qiynaldim. Bugun-erta grippga qarshi vaktsina olishimiz kerak edi. Doktorlar aytishicha, vaktsinani qabul qilayotgan paytda insonning isitmasi bo'lmasligi lozim ekan. Agar shunday bo'lsa, 3-4 kun kasallanib qolish ehtimoli bor ekan. Shu sababdan oz-moz qo'rqdim. Kechqurun xufton namozini ado qilgandan so'ng, Yaratganga yuzlanib astoydil duo qildim. undan dardimga shifo berishini so'radim. Bu borada aptekadan olgan tabletkalardan ham qabul qildim. Ertalab, ertalab... Ne ko'z bilan qarayki, tomog'im ancha yaxshi. oldingi og'riqdan asar ham yo'q. Bu ne sir-sinoat. Bu ne mehr. Bunday mehrni faqatgina Yaratgangina bandasiga berishi mumkin. Allohga mingdan ming shukrlar bo'lsin. Alloh haqiqatda mehribon va rahmli zotdir. U Zot mehrining cheki yo'q. Allohu Akbar!


18. Savol: Болалигинингизда ўзингиз иштирокингизда рўй берган энг кулгили ҳодисани эслай оласизми?

Javob: Bolalik yillarim esimga tushub ketdi. Bolalik paytimda yig'lashga sabab bo'lgan ba'zi voqealarni eslasam, hozir kulgim kelyapti

***
Dadam menga yangi kompyuter olib bergandi. U paytlar 8-sinfda o'qirdim. Katta akamning kompyuterdan sabog'i bor bo'lgani uchun bir nimalarni o'rgatardi. Bir kuni akamning kompyuterda "Panel upravleniya" degan joyga kirib bir narsalarni o'chirayotganini ko'rdim. O'zim kompga kirgan paytim, men ham shu joyni ochdimda, bir-ikkita o'zimga yoqmagan narsalarnio'chirib tashladim. Sababi, ularning oldidagi rasmi hunuk ekan. Keyin, komp nimadur so'radi, "OK" ni bitt bossam, komp o'chib yondi. Keyin... keyin... Kompdagi yarliklar katta bo'lib ketibdi. Juda xunuklashib ketibdi. Qo'shiq ham aytmayapti. Keyin, sekin dadamning telini olib chiqdimda, katta akamga tel qildim. Unga, komp o'z-o'zidan shunday bo'lganini tushuntirdim. Akam, uyga boray o'zim ko'rib beraman dedi. Uyga kelib, kompni ko'rdi va bir balolar qilib to'g'riladi. keyin, mendan nima qilganding degandi, hech narsa deb javob berdim. keuyin akam, menga haligi "Panel uoravleniya" degna joyga kirdida mana bularni o'cjrib tashabsan, shunga bunday bo'lgan dedi. Lekin meni urushmadi, o'rniga "Ha, endi kompni ham buzib-buzib o'rganadida" degandi. Shu-shu, kompni tez-tez buzib, inshaAlloh hozirda birodralarimizga kompda muammo chiqsa yordam berib turibmiz, qo'ldan va kalladan kelguncha.


19. Savol: Sizga eng yoqadigan, doim yodingizda turadigan biror mashxur insonning aforizmi?

Javob: 1. «Odamlar sababli bir ishni tark etish – riyo, odamlar sababli bir ishni qilish – shirkdir. Alloh seni shu ikkisidan omon saqlashi esa ixlosdir». (Fuzayl ibn Iyoz)
2. "Bugunni o’yladim, kecha o’tdi, erta bormi?! Yoshlikka ham ishonma, o’layotgan faqat qarilarmi?!" ("Zamin farzandi" filmidan) Bularni imzoyimga joylab qo'yganman. Bundan tashqari yana bir nechta muallifi noma'lumlarini ham yaxshi ko'raman: "Everything is going to be OK", "Information is a key to the success" kabi.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Savolu-javob. ("Forumdoshdan forumdoshga savollar" arxivi)
« Javob #91 : 07 Dekabr 2009, 09:44:23 »
Zamiraxonga berilgan savollarga javoblar:

4. Savol: Siz kimni o'zingizga ideal deb bilasiz va nima  uchun?

Javob: Men uchun Oisha onamiz idealdir. Chunki, Oisha onamiz sababli juda ko'p oyatlar tushirilgan. Ularga tuxmat qilishganda unga bag'ishlab to'liq bir sura tushirilgan, bundan tashqari suv yo'qligida tayammum qilish mumkinligi ham Oisha onamiz sababli tushirilgan. Umuman olganda, Payg'ambarimizning barcha xotinlari - bizning onalarimiz men uchun idealdir.


5. Savol: 1. Forumda Siz eng xursand bo'lgan kun?
2. Bolalikda Siz eng xursand bo'lgan kun?
3. So'nggi 3 yilda Siz eng xursand bo'lgan kun?
O'sha kuni sizni nima xursand qilgan edi?

Javob:1. 27fevral - Muslimalar uchrashuvi kuni :)
2. Bolaligimda... mmmm nimagadir hech eslay olmayapman, chunku har kunim bir-biridan ajoyib va g'aroyib, baxtli onlarga boy kunlar edi :) Ha, esladim, ukam tug'ilgan kun, 1994 yil 7 yanvar kuni rossa xursand bo'lganman, xatto akam bilan talashardim men uxlataman deb... Zo'r damlar :)
3. So'nggi uch yilda? mmmm... Menimcha Ximiyadan masalalarni tushunib ishlab domlaning e'tiborini qozongan kunim bo'lsa kerak. Yana bilmadim, unaqa muhim xursand bo'lib, kalendarlarga belgilashga arzigulik voqea bo'lgani yo'q.
Shoir aka, savollar uchun thanks, o'tmishni biir eslab chiqdimda o'ziyam :)


6. Savol: Tasavvur qiling siz forumchilar bilan biror ziyoratgohga uchrashuv tashkillashtitayotgan edingiz.Bu orada uchrashuv vaqtiga oz qolganda sizni to'yingiz boldi va siz kelinchaksiz.Ko'pchilikka sir emas int cafelarga o'zbek kelinlari bunday yumushlar bilan kira olmaydilar.Forumdoshlaringiz esa sizni fikringizni kutib turishibdi ,bu holatni turmush o'rtog'ingizga amallab tushuntirdingiz lekin oilada qaynona va qaynota degan mo'tabar zotlar bor.Bu yoshi ulug' insonlarga sizning bunday ishlaringiz umuman yoqmaydi siz qanday yo'l tutasiz.Avvaldan hammani boshqarib uyushtirib bir qancha insonlarni o'zingizga ishontirib qo'ygansiz,endi esa...

Javob: Agar shunaqa bo'ladigan bo'lsa forumdagi tanish, telefoni bor bo'lgan o'rtolarimga tel qilib aytib qo'yaridm, vaziyatni tushuntirib, o'zlaring boraveringlar, deb.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Savolu-javob. ("Forumdoshdan forumdoshga savollar" arxivi)
« Javob #92 : 07 Dekabr 2009, 09:44:37 »
7. Savol: Yoningizdagi yaqinlaringiz sizni tushunmayotgan yoki tushunishni xohlamayotgan bir paytda o'zingizni qanday his qilasiz? Uning chorasi nimada deb o'ylaysiz?

Javob: Bunaqa holat yuzaga kelishiga mazkur odamning o'zi sababchi, hamma gap  muammoni to'g'ri tushuntirib bera olishda. Ba'zida tushuntirishga so'zlar ham ojiz bo'lib qoladi, bunday paytda mehrli ko'zlar bilan qarash, ko'zlarimiz bilan uni hamrohimizga yetkaza olishimiz bizni yuqorida siz aytgan vaziyatga tushmasligimizga yo'l qo'ymaydi.
 Lekin har doim biz o'ylaganimizday bo'lavermaydi, shunday ekan bizni tushunmagan, yoki shaxsan meni tushunishmagan holatlarda men yolg'iz o'zim xonada o'tirib, qayerda hato qilganimni, ularning o'rniga o'zimni qo'yib ko'rib, ular qayerda hato qilishganini o'ylayman.


8. Savol: Oyijoningizga bo’lgan mehringizni qanday izhor qilasiz?

Javob: Ba'zida insonlar o'ziga eng yaqin kishilariga bo'lgan mehrini ichidan chiqarib ko'rsata olmaydi. Balki munosib so'zlar topolmas, balki ung'aysizlanar. Lekin onamizga bo'lgan mehrimizni ular hayotlik paytlarida aytishim kerak, zero hamma insonlar o'tkinchidir. Pushaymonlik yomon narsa.
"Dunyoda sizdek onalar ko'paysin, lekin baribir mening onajonimdek ona bitta, yakkayu-yagona. Ollohimga meni sizdek insonning farzandi qilgani uchun shukronalar aytaman".


9. Savol: O’zingiz o’zingizga yoqmaydigan vaqtlar ham bo’ladimi? Shunday holda nima qilasiz?

Javob: Inson o'zining xatosini kimdandir emas, o'zining ichki ovozidan eshitib, uni tushunib yetsa, bunaqa xatolarga boshqa yo'liqmaslikka harakat qilishiga, yo'liqqan paytida ham vaqtida orqaga chekinishda ichki ovozi yordamga kelishini o'ziga va'da qilgan insongina xayotida xato ishlarga qo'lini kamroq uradi. Inson hayotida tajribalari ko'paygan sari xatolari kamayadi.
Albatta bunaqa holat bo'ladi. Har kuni oynaga qaraganimda  :7 :-[ (Hazil) O'z-o'zimga yoqmasligimga sababchi bo'ladigan ishlarga ko'proq yo'liqishga harakat qilaman, chunki bu meni o'zimga chetdan qarashga yordam beradi.


10. Savol: Yoshlikdagi siz tez-tez yodga olib turadigan qiziqarli voqea?

Javob: Biron narsani eslashga urinsang aksiga olib o'sha narsa esingga kelishi qiyin bo'ladi qabilidagi gap to'g'rida - a? Qancha urinmay eng qiziqarli voqea esimga tushmadi, uni o'rniga o'qib turib "shuyam qiziq voqeami?" deyishga olib boradigan voqeacha ko'z oldimdan o'tdi.
Birinchi sinf. Hayajon. Yana qanaqadir hozir his qilmay qo'ygan hislar. Sinf partalari yonida turibman, lekin hech stulga o'tirishga bo'yim yetmayapti. Bir sinfdosh qiz (ismi adashmasam Luiza edi) meni o'tirg'izib qo'ygan.  ;D :D
Xo'sh, rostdanam uncha qiziqmasa?

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Savolu-javob. ("Forumdoshdan forumdoshga savollar" arxivi)
« Javob #93 : 07 Dekabr 2009, 09:44:45 »
11. Savol: Postlaringizni kuzatdim va anglaganim barchangiz bu hayotda o'z fikringizga ega mustaqil insonlarsiz.Tasavvur qiling siz "sevib" qoldingiz.Ammo "oshig'ingiz" ota onangizga yoqmadi.Siz esa boshqa inson bilan yashay olmayman degan ishonchdasiz.Hayotda qanday yo'l tutasiz?

Javob: Hayotda biz uchun eng muhim narsalardan biri bu - ota-ona roziligi. Ota-onamiz bizdan xursand bo'lib, yaxshi tarbiya berishganidan suyunib, ibrat bo'ladigan solih farzandlarni yaratganlaridan quvonib yashashlari bu o'tkinchi tuyg'u bo'lmish - sevgiga almashinmaydigan, ikki dunyoda ham teng kelmaydigan BAXT.
Sevgini o'tkinchi deganim kimlargadir yoqmas, kimlardir qarshidir, lekin mening fikrim shunaqa.
Hissiyotlar bir qadam oldinga chiqsa, aql bir qadam orqaga chekinadi.


12. Savol: Siz avtobusda o’qishga ketayotgandingiz, shu payt tasodifan avtobusdagi kelishgan, istarali notanish bir yigit sizga negadir ko’p tikilib qoldi (bot-bot qarayapti), aftidan u bir ko’rishda yaxshi ko’rib qolgandek… Avtobusdan tushganingizda u ham tushib ortingizdan yura boshladi… Shunda nima qilasiz? Mobodo, sizni sevib qolgan bo’lsa, shunday vaziyatda u, sizningcha, nima qilishi va o’zini qanday tutishi lozim, deb o’ylaysiz?

Javob: Hozirgi kunda yoshlar o'rtasida avtobus, ko'cha-ko'yda, telefonda tanishishlar, yaxshi ko'rib qolishlar ko'p sodir bo'lib turadi. Lekin yana bir narsa: keyingi 5-6 yil ichida yosh oilalardagi janjallar, ajrashishlar soni avvalgiga nisbatan sezilarli oshgan. Bu nimadan dalolat? Kim bilandir hayotingizni bog'lamoqchi bo'lsangiz uni bilmasdan turib, ko'chada ko'rgandan sevib qolib, hissiyotlarga berilib yurish yaxshi natijalarga olib kelmaydi. Hech bir odam ideal emas. Hammaning o'ziga yarasha minus va plyus taraflari bor...
Menda shunaqa holat bo'lsa, birinchi navbatda manyak degan fikr o'tsa kerak.  ;D Agar orqamda yurishda davom etaversa, qadamimni tezlashtiraman. e'tibor bermaslikka harakat qilaman, va yo'limda davom etaman. Qars ikki qo'ldan chiqadi. Agar qiz bola yo'lda jiddiy bo'lib, hech kimga ola qarash qilmasdan ( ola qarash qiladigan qizlar hozir bor!!!) yo'lida to'g'ri ketsa, menimcha u bola orqasidan kelishga botinolmasa kerak.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Savolu-javob. ("Forumdoshdan forumdoshga savollar" arxivi)
« Javob #94 : 07 Dekabr 2009, 09:45:19 »
Muhseenaga berilgan savollarga javoblar:

8. Savol: 1. Siz yoqtirgan 3 ta erkaklar ismi. Nima uchun yoqtirasiz?
2. Siz yoqtirgan 3 ta ayollar ismi. Nima uchun yoqtirasiz?

Javob: Hadicha- (r.a) Payg’ambar s.a.v. mehribon,oqila zavjalarining ismi.”Mo’minlarning onasi” nomiga musharraf bo’ldilar.Ular haqida birinchi marta Ahmad Lutfi Qozonchining “Saodat asri qissalari” kitobidan bilganman:
Имон келтирганлар ягона сафга тизилган кунда энг олдинда, ҳеч ким эгаллай олмайдиган биринчи ўринда бир кишигина туради... Бу мақому мартабага Макканинг мушрикларига хам
ўзини «Ð¢Ð¾ҳира — Покиза аёл» дея танитиш шарафига муяссар бўлган, жаннатга кирадиган аёларнинг султони, буюк Хадича — «Ð¥Ð°Ð´Ð¸Ñ‡Ð°Ñ‚ул Кубро розийаллоҳу таоло анҳо» ҳазратлари мушарраф бўлажак...
Har birimizga ulardagi qalbi poklik,itoat va shijoat  nasib qilsin..Amiin.
Muhsina-(infoq-ehson degan ma’noda ham qo’llaniladi)-qo’li ochiq,xayr-u saxovatli deganidir.
Alloh taolo Baqara surasi 272-oyatda “…Qilgan har bir xayr-ehsoningiz (savobi) sizlarga adolatsizlik qilinmagan holda mukammal qaytarilur”.
Saba’ surasining 39-oyatida:”..Biror narsani (muhtojlarga xolis) ehson qilsangiz,bas,(Alloh) uning o’rnini to’ldirur.U rizqlantiruvchilarning yaxshisidir.”-degan.
  Nodira-chunki bu mani haqiqiy ismim .

Erkaklarning ismlaridan:
Abdurahmon-ismi yoqadi. Allohning Ar-Rohman sifati barcha yaratgan mahluqlarini,mo’minlarni,kofirlarni yediruvchi,ichiruvchi,ularga marhamat etuvchi o’ta mehribon zot.-degan ma’noni anglatadi.Ya’ni u hech kimni e’tibordan chetda qoldirmaydi,barchani rizqlantiradi va marhamat qiladi.                                       
Hasan va Husayn ismini yoqtiraman,chunki shunday ismli shirin jiyanlarim bor.
Hasan-yaxshi va chiroyli degan ma’noda qo’llaniladi.
Husayn esa o’sha yaxshi va chiroylining kichigi deganidir.


9. Savol: Chet elda o'qiydigan yoki  ishlab yashaydigan hayotingizda umuman ko'rmagan bir yigit sizni int orqali forumlarda yoki umuman ba'zi manbaalardagi fikrlaringizga tayanib sizni "yoqtirib qoldim menga turmushga chiqing" deb aytsa bu taklifni qanday qabul qilasiz?

Javob: Avvalo oila qurish bu jiddiy qaraladigan masala.Shuning uchun bunday taklifni bir o'zim hal qilolmayman.Bundan tashqari aniq bilamanki ota-onam chet davlatda yashovchi insonga turmushga bermaydilar,chunki bunday takliflar oldin ham bo'lgan edi.Ya'ni net. orqali emas ayrim yaqin tanishlardan shunday taklif tushganda otam avvalo yigitning odob-axloqi,jamiyatdagi o'rnini hisobga olib rozi bo'lmoqchi bo'lganda,onam tamoman rad etganlar.Chunki  oilada qandaydir nizo chiqib qolsa,hech kim yordam berolmaydi u yerda-degandilar.Shuning uchun har qanday chet davlatda yashayotgan insonga o'ylamasdan raddiya bildiraman.Uning qalbi qanchalik go'zal bo'lishidan qat'iy nazar.
Umuman olganda ertaga nima   bo'lishini Allohdan boshqa hech kim bilmaydi,shunday ekan man har doim turmush borasida  Allohdan eng xayrlisini so'rab qolaman va o'ziga tavakkul qilaman.Duo qilib qolamanki barcha muslima qizlarga iymoni butun,qalbi va fitrati toza inson nasib qilsin!


10. Savol: Qizlar postlaringizga ko'ra sizlar uch dugona ekansizlar.Sizlarning dugonaliklaringiz ahloq va kundalik hayotingizda qanday tasir qiladi.Yaniy kiyinishda muomalada bir birlaringizdan tasirlanasizlarmi?

Javob: Dugonalarim bilan tayyorlov kurslarida tanishganmiz,aslida Guli bilan sinfdosh ham edim azgina vaqt.Ammo umuman boshqa olam edik o'shanda,keyinchalik Siddiqa bilan yaqinlashib bordik.Keyinchalik esa ajralib boshqa o'quv yurtlariga o'qishga kirdik.Muhit esa har birimizga o'zgacha ta'sir qilmoqda edi.Albatta eng qiyini Guli o'rtog'imga keldi,uning o'qiyotgan muhiti juda yomon,juda ahloqsiz insonlar bilan to'la edi.Ammo Allohga shukrki,u bu muhit doirasiga tushmay,qaytangi ular uchun bir ibrat bo'lishlikka harakat qildi.Siddiqaning ham, mening ham muhitim uncha yaxshimasdi.Mana shundan keyin tez-tez uchrashadigan,muammolarimizni eytib,birga hal qilishga harakat qiladigan bo'ldik.Uchchalamizni birdamligimizga sabab menimcha,maqsadimiz,niyatimiz,orzularimiz bir ekanligida.Va o'sha maqsadlarimiz uchun kurashda deyarli bir xil sharoitdamiz.Albatta bir-birimizga ta'sirimiz katta deb o'ylayman.Kiyinish borasida ham,ahloq borasida ham.Masalan Gulidan o'rgangan narsam bu sabr.U juda sabrli qiz.Siddiqa esa juda ixlosli ,ilmga chanqoq qiz.Man hozir hamma xislatlarini yozib o'tirmadim.Ammo  men sabrli bo'lishim va ilmga intilishimda ayni shu dugonalarimning ta'siri juda katta.
InshaAlloh birdamligimiz bardavom bo'lib,Alloh niyatimizga yarashisini ato etsin.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Savolu-javob. ("Forumdoshdan forumdoshga savollar" arxivi)
« Javob #95 : 07 Dekabr 2009, 09:45:34 »
11. Savol: Siz hozir tahsil olayotgan sohada o'qishingiz ota-onangiz xohlaganmi yoki o'zingiz?
Siz kelajakda bu sohada yangilanish yarata olaman deb o'ylaysizmi?(masalan din uchun xizmat qiladigan)

Javob: Jurnalistika sohasiga uncha qiziqmaganman.Man til o'rganishni xohlardim,o'qishga kirguncha ham tarjimon bo'laman deb niyat qilardim.Keyinchalik onam shu fakultetda o'qishimni xohladilar,o'qishda ham til o'rganish imkoniyati ham jurnalist bo'lish imkoniyati paydo bo'ldi.Keyin rozi bo'ldim.Aslida til o'rganish uchun kirdim,o'zim o'rganishni orzu qilgan arab tilini o'qimoqdaman,alhamdulillah.Lekin shu ikki yil davomida jurnalistikani ham chuqur o'rgandim.Bu sohaning xalq,omma uchun foydasi nihoyatda katta .Jurnalistni aslida xalqqa ziyo tarqatuvchi shaxs deb tushunaman,garchi bizda kamroq amal qilinsa ham.Shu kungacha jurnalist bo'lmayman deyman-u,lekin siz aytgandek,qalbimda uyg'ongan yana bir tilagim tufayli  shu sohada ishlashni niyat qildim.Albatta niyatim dinimizga xizmat qilish.Bilamizki hozirda jurnalistikamiz bu borada ancha oqsamoqda.Borini ham yo’q qilib tashlashyapti.Amaliyot davomida ayrim Muslim birodarlarimiz yozgan maqolalardan domlalarimiz hayiqishdi,negadir diniy maqolalarni darrov tanqid qilishga urinadilar.O'qish davomida domlalardan,kursdoshlardan har xil gaplar chiqadi.Ular bilan gohida tortishishga to’g’ri keladi.Keyin gohida ko’nglim ham qolib ketadi,eh shular ham jurnalistmi deb.Shunday vaqt bo’ldiki,erkak domlalar bilan hijob borasida tortishdik,ayrim ayol domlalar bilan ham.Ko’pchilik o’qiydigan gazetalarning jurnalistlari dars berishadi.Ammo ulardan dinimiz uchun biron bir jo’yali ish qilganlarini negadir kuzatmadim.Ular uchun hozi eng birinchi o’rinda ma’naviyat-ma’rifat turadi go’yoki.Ammo ularning asl o’zagi Islom dini ekanligini aytadigan bo’lsak,ancha-muncha gap eshitib olamiz.Hozir shu fikrga keldimki,ko’pchilik dinga amal qiluvchi mo’min mo’minalarni ilmsiz deb hisoblar ekan,ayni shundan keyin man ularga bunday emasligini isbotlash uchun ham jurnalist bo’lish istagi kuchaydi.Opajon balki shunday kunlar kelarki,yozgan maqolalarim dinimiz uchun azgina bo’lsada xizmat qilar.Kimgadir ziyo ulashish nasib qilar.Duo qilib turing,shu niyatim so'nmasin.Chunki hali harakatimni boshlab yubormaganman.Inshaalloh yaxshi maqolalar yozib forumga ham joylash niyatim yo’q emas.


12. Savol: Yoningizdagi yaqinlaringiz sizni tushunmayotgan yoki tushunishni xohlamayotgan bir paytda o'zingizni qanday his qilasiz? Uning chorasi nimada deb o'ylaysiz?

Javob:
:bsm:
Alloh taolo Kahf surasi 45-oyatda marhamat qiladi:

(Ey Muhammad alayhissalom,odamlarga) hayoti dunyo misolini keltiring! (U) xuddi bir suv kabidirki,Biz osmondan yog’dirgach,(avval-kishi hayotining bahorida) u sababli zamin nabototi (bir-biriga) aralashib-chirmashib ketur,so’ngra (hayot kuzi kelgach),shamollar uchirib ketadigan xas-xashakka aylanib qolur.Alloh hamma narsaga Qodir bo’lgan Zotdir.

Alloh taolo umrimizni qanchalik tez o’tib ketishini ta’riflar ekan,har bir inson o’ziga berilgan imkoniyatlardan foydalanib qolishi zarur.Uni faqat yaxshilikka ,ibodatga sarflashimiz biz uchun xayrli yo’ldir.Ammo dunyoda har xil insonlar bor.Kimdir nima uchun hayotga kelib-ketayotganini anglolmay yashaydi.Kimdir esa uning aksi,ya’ni hayotini toat-ibodatga bag’ishlaydi.
 
:bsm:
Azhob surasi 71-oyatda Alloh taolo marhamat qiladi:
Kim Allohga va Uning Payg’ambariga itoat etsa,bas, u buyuk saodatga erishibdi.”

Hayotga nega kelib ketayotganini anglagan kishilar BUYUK SAODATga erishish maqsadi bilan yashaydilar.Lekin buni his qila olmagan kishilar bizni tushunmaydilar.Ularning nazdida bu bir hom-hayoldek,amalga oshirib bo’lmaydigan orzudek tuyuladi.Juda ko’pchili hozirda 5 kunlik dunyoda yaxshi yashab qol-degan shior bilan yashamoqda.
Oddiy misol sochini tagidan qirib olib,ko’chada bemalol yurgan  qizni holatini man umuman tushunmasligim mumkin,xuddi u ham Jazirama issiqda mani yengi uzun ko’ylakda yurishimni tushuna olmagani kabi.Demak hayot shu.Hayotda kimdir sizni tushunib yashaydi,kimningdir siz bilan umuman ishi yo’q,kimdir sizga qarshi.Hayotda har xil muammolar bo’ladi.Juda ko’p hollarda mani tushuna olishmayapti.Ammo shu paytda faqat sabr va sabr qilishga harakat qilyapman.Qanchalik qo’limdan kelyapti buni bilmayman,har holda kurashishga imkonim darajasida harakat qilyapman.Bu holatda faqat  Allohga muhtojman.
 
:bsm:
Fotir surasi 15-oyatda:”Ey insonlar, sizlar Allohga muhtojdirsizlar.Allohning O’zigina (barcha odamlardan) Behojat va (barcha) maqtovga Loyiq Zotdir.

Faqat bir narsani tushunishlarini juda ham istardim.Haqiqiy musulmon kishi birovga faqat va faqat yaxshilikni ilinadi.Hech ham birovga ozori tegmaydi.Shunga intilib yashayotgan odamlarni tushunmay,ularni umidlarini so’ndirish uchun harakat qilayotgan kishilarga Allohim to’g’ri yo’lni ko’rsatsin. Iymon,islom nuri bilan siylasin! :amn:


13. Savol: Oiladaga muhit, sizni ro'mol(hijob)ni tanlab uyda o'tirishlik yoki bo'lmasa ro'mol(hijob)siz dunyoviy ilm olib, biror kasb egasi bo'lish shartini qo'ymoqda qay birini tanlaysiz?
 
Javob: Avvalo Allohning buyurganidan boshqasi bekordir.O'tkinchi dunyo tufayli jahannamning yuzini ko'rishdan Alloh asrasin.Lekin
Kelajakda olgan bilimlarimni samarasiz ketishini ham xohlamayman,albatta ishlash niyatim hozircha bor.Yana Ertaga nima bo'lishini Alloh biladi.Ishlasam ham kunimni ko'chada o'tkazish niyatim yo'q.Muhimi nimadir foydali ish qilib qolsam bo'lgani.Agar ro'mol yoki ish deydiganlar bo'lsa,ro'molni tanlayman shubhasiz.Meni ishlashdan maqsadim pul topish bo'lmaydi-ku,inshaAlloh.Allohim xayrlisiga yetkazsin,sabr bersin!


14. Savol: Chetdagi "rahmat" deb qo'yilgan joyni bosmoqchisiz, yani post uchun rahmat aytmoqchisiz, postni manosiga e'tibor berasizmi yoki postni kim yozganligigami?
 
Javob: Aslida rahmat tugmasi bo'lishi shart emas forumda.Ammo biz u orqali birodarlarimizga o'z minnatdorchiligimizni bildirib qo'yamiz.Masalan,man forumda ko'pchilikni tanimayman-u ammo taniydigan kishilarim ham yo'q emas.Lekin rahmat tugmasini bosishdan oldin postni ko'rib chiqmaslik mani fikrimcha noto'g'ri bo'lsa kere.Avval postni kim qoldirganiga qarayman,keyin nima qoldirilganiga qarayman.Gohida beixtiyor post yoqib ketganidan darrov Rahmat aytib qo'yaman.Gohida esa rahmat aytmagan  postlarimni qayta-qayta o'qiganimda menga yoqib qoladi.Shu vaqtda ham rahmat aytib qo'yishni jozi deb topaman.Man shaxsan forumdagi eng mazmundor postlar egasi AbdulAziz aka deb o'ylayman.Ortiqcha postlar qilmaydilar,forumni doim nazoratda saqlaydilar,Islomiy ilmni taratish uchun xizmat qiladilar.Shuning uchun ularga ko'p rahmat aytib o'taman.Rahmat tugmasi post egasiga mening shaxsiy fikrim ifodasi o'laroq aks etadi.


15. Savol: Postlaringizni kuzatdim va anglaganim barchangiz bu hayotda o'z fikringizga ega mustaqil insonlarsiz.Tasavvur qiling siz "sevib" qoldingiz.Ammo "oshig'ingiz" ota onangizga yoqmadi.Siz esa boshqa inson bilan yashay olmayman degan ishonchdasiz.Hayotda qanday yo'l tutasiz?
 
Javob: Ota-onamga hamma ham yoqavermasligini juda yaxshi bilganim sababli ularni ranjitmaslikka harakat qilaman,ya'ni ularni ko'ngillariga qarayman.Ammo mani doimo qo'llab quvvatlashga harakat qilishadi buni ham bilaman..Men faqat bir narsani angladimki meni taqdirim na mening va na ota-onamning qo'llarida ekan.Yolg'iz parvardigori olamgina ne'mat beradi va oladi.Kimnidir sevib qolsam,Alloh uni menga nasib qilishi yoki qilmasligini ham bilmayman. Haqiqiy sevgini hali uchratmadim.Hozir men bilgan sevgi o'tkinchi hoyu havas,xom-hayoldan boshqa narsa emas.Ammo hayotimda ikkilanmaydigan darajada sevib qolsamu ota-onam qarshi chiqishsa ularga tushuntirsam kere yana Alloh bilguvchi.Chunki ota-onam avvalo meni o'ylashligini bilaman.Meni qarorlarim ularga yoqmagan paytlarida ham,unga ko'z yumib ketishgan vaqtlari bo'lgan.Har holda ota-onam qattiq norozi bo'lsalar,sevgidan voz kechganim ma'qul.Chunki u sevgida xayr bo'lishi dargumon.Har holda ota-onam menga faqat baxt tilashlari aniqku.Menga yomonlikni ravo ko'risharmidi.Albatta hayotimda biron o'zgarish sodir bo'layotgan bo'lsa onam bilan ochiq oydin gaplashishga odatlanganman.Agar muammo bo'lsa tezda bartaraf qilishga harakat qilaman.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Savolu-javob. ("Forumdoshdan forumdoshga savollar" arxivi)
« Javob #96 : 07 Dekabr 2009, 09:45:56 »
16. Savol: Siz avtobusda o’qishga ketayotgandingiz, shu payt tasodifan avtobusdagi kelishgan, istarali notanish bir yigit sizga negadir ko’p tikilib qoldi (bot-bot qarayapti), aftidan u bir ko’rishda yaxshi ko’rib qolgandek… Avtobusdan tushganingizda u ham tushib ortingizdan yura boshladi… Shunda nima qilasiz? Mobodo, sizni sevib qolgan bo’lsa, shunday vaziyatda u, sizningcha, nima qilishi va o’zini qanday tutishi lozim, deb o’ylaysiz?
 
Javob: Man bir ko'rishda yoqtirib qoladigan yigitlarga umuman ishona olmayman,unga nisbatan qalbimda shubha va gumon paydo bo'ladi.Chunki u yigit mani bir ko'rishda yoqtirib qolgan bo'lsa,ertasi kuni boshqasini yoqtirib qolmasligiga hech kim kafil bo'lolmaydi.Agar u haqiqattan ham yoqtirib qolgan bo'lsa,u menga buni aytolmagan yohud sezdirmagan bo'lardi,vallohu a'lam.(O'g'il bolaning ham hayosi bo'lishi kerak manimcha) Agar u inson manga tikilib qarasa,gapiradigan bo'lsa bunday vaziyatda u odamga hecham gapirmayman ham,qaramayman ham,eshitmaganga,ko'rmaganga olib o'tib ketaman.Agar uning niyati xolis bo'lsa,haqiqatdan ham yoqtirib qolgan bo'lsa,shariatga muvofiq ota-ona roziligida uchrashib gaplashishni amalda qo'llasa kerak deb o'ylayman,yana Alloh bilguvchi...


17. Savol: Sizningcha haqiqiy mo'mina ayol qanday bo'lishi kerak? Hozirda haqiqiy mo'mina yol deb kimlarni bilasiz?
 
Javob: Albatta bu savolga o'z bilim darajam va tafakkurim ila javob berishga harakat qilaman.Agar kamchiliklari bo'lsa aybga buyurmagaysiz....Haqiqiy mo'mina ayol men uchun shunday zotki,unda dunyoda hech bir qiymat bilan baholab bo'lmaydigan ulug' ne'mat-iymon bor.Iymonni hech qachon pulga yoki mol-dunyo evaziga sotib ololmaymiz.Ko'ramiz kuzatamiz,Alloh taolo hamma bandasiga ham iymon bermagan.Iymon ne'mati naqadar ulug' baxt ekanini Allohga iymon keltirgan,U Zotning payg'ambarlariga,farishtalariga,kitoblariga,taqdiri azalga,jannat-do'zaxga,oxirat kuniga ishongan zotlargina anglay oladilar.Bayyina surasida Alloh taolo marhamat qilganidek:
7. Albatta iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlar — ana o‘shalar yaralmish jonzotlarning eng yaxshisidirlar.
Mo'mina ayol deganda  mehribon,samimiy,Allohdan qo'rquvchi,barchaga yaxshilik tilovchi va ilmli ayol ko'z oldimga keladi.Unga har qanday sharoitimda xoh diniy xoh dunyoviy tashvishim bo'lsin tayanishim mumkin deya o'ylayman,vallohu a'lam.Har qanday holatda u menga qo'lidan kelgancha  Alloh rizoligi uchun yordam berishini bilaman.Chunki uning dili sof va pokdir .Shunday insonlar albatta oramizda bor,alhamdulillah.Mo'mina ayol sabrli,dunyo g'amlariga kuyunavermaydigan,Oxirat g'amida yuradigan inson bo'lmog'i zarur menimcha.Insonga har qanday sinovlar tushishi mumkin.U siinovlarni yengishda Islomni( Qur'on va Sunnat)ni mahkam ushlash joiz deb bilaman.Hozirgi kunda insonlarga va shaxsan o'zim ko'proq muhtoj bo'lgan narsa bu musibatlarga sabr qilishdir.Ammo Alloh taolo Kalomida doim haq gapni aytgan:
5.   Bas,  albatta har bir og‘irlik-mashaqqat bilan birga bir yengillik ham bordir.
6. Albatta har bir og‘irlik-mashaqqat bilan birga bir yengillik ham bordir.
(Sharh surasi)
Muslima ayol har qanday holatda sabr qila olsa,albatta,Rabbimiz bizni qo'llaydi,O'z holimizga tashlab qo'ymaydi deb o'ylayman.Bu dunyoda u boshqa ayollarga nisbatan dunyoviy rohat-farog'atni olmasa-da oxiratda albatta olajak.Chunki buni Alloh taolo vada qilgan.Yaqinda ko'chada oftobda yurib boshim og'rib,mazam bo'lmay qoldi.Nima qilishni bilmay,bir daraxtning tagiga borib dam oldim.Shu payt mayin shamol esdi,ozgina vaqtdan keyin ancha o'zimga keldim.Ayni shu vaqt Qiyomat kuni Arshning soyasi mo'minlar uchun qanchalik rohat bahsh etishini o'ylab,qalbim taskin topdi.Besh daqiqa soyada dam olganim meni holatimni yaxshilagan bo'lsada,butun umrimni  Alloh buyurgan yo'lda o'tkazishim mani abadiy hayotdagi holatimni rohatda bo'lishini  belgilar ekan.Allohdan ikki dunyo saodatiga yetkazishini so'rab qolaman.Bu dunyoda muslima ayollarga qancha tosh otishsa ham,oxiratda o'sha toshlar o'zlariga o'n chandon ko'p bo'lib qaytishiga ishonaman.


18. Savol: Bir kuni sizga siz tanimaydigan userdan pm habar keldi. Habarda sizdan faqat hol ahvol so'ralgan. Aytingchi, bu xatga javob berarmidiz?
 
Javob: Hol-ahvol so'ragan bo'lsa,hol-ahvolim haqida aytib o'taman.Xolis bo'lishga harakat qilaman.


19. Savol: Sahobalar, hatto sahobiya ayollar ham din uchun, Rasululloh uchun jonlarini fido qilganlar. Siz uchun joningizni fido qilishingizga arzidigan narsa nima?
 
Javob: Dinimizda har bir amal niyatga bog'liqligi hammamizga ma'lum.Ezgu niyat orqali biz hatto qilmagan amalimiz uchun ham savob olamiz.Alloh va Habibimiz Mustafo s.a.w. uchun jonni fido qilish ayni shu yo'lda vafot etish chin mo'min va mo'minaning orzusidir.Men ham hohlardim.Allohning o'zidan munofiq va riyokor bo'lib qolishimdan saqlashini so'rayman.Hayotimda shunday vaziyat bo'lib qolsayu o'tkinchi dunyo havaslari meni aldab qo'ymasligidan Alloh taoloning o'zidan panoh so'rayman.Chunki Rasululloh s.a.w davrlarida Jihod payti ayrim kimsalarning jonlari shirinlik qilib jangga kirmay,holllari voy bo'lib qolgani bzga ma'lum.Ana shu vaziyatga tushib qolishdan Alloh saqlasin.Alloh Taolo Tavba surasida marhamat qiladiki:
24. (Ey Muhammad), ayting: «Agar ota-onalaringiz,  bolalaringiz,  aka-ukalaringiz,  juftlaringiz, qarindosh-urug‘laringiz va kasb qilib topgan mol-dunyolaringiz, kasod bo‘lib qolishidan qo‘rqadigan tijoratlaringiz hamda yaxshi ko‘radigan uy-joylaringiz sizlarga Allohdan, Uning payg‘ambaridan va Uning yo‘lida   jihod qilishdan suyukliroq bo‘lsa, u holda to Alloh o‘z amrini (ya’ni, azobini) keltirganicha kutib turaveringlar. Alloh itoatsiz qavmni hidoyat qilmas.

Allohning Oz'i bizni Hidoyatida bardavom qilsin.Alloh dillarimizdagi sirlarimizni bilguvchidir.Uning O'zi bizni Tog'ri yo'li Islomda Sobitqadam qilsin.Alloh taolo Tavba surasida marhamat qiladi:

16. (Ey mo‘minlar), balki sizlarning orangizda (haq yo‘lda) kurashgan va Allohdan, Uning payg‘ambaridan va mo‘minlardan o‘zga biron kimsani do‘st tutmagan zotlarni, Alloh bilmasdan (ya’ni, imtihon qilmasdan o‘z holiga) qo‘yib qo‘yishini o‘ylagandirsizlar?! Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir.
Har qanday niyatimizni xolis bo'lishini Allohdan so'rab qolaman.Albatta Payg'ambarimizga (s.a.w.) ergashgan Sahoba va Sahobiya roziyallohu anhumolar kabi jonimni Alloh va payg'ambari yo'lida fido etishdek sharafli amalni Allohdan so'rab qolaman.


20. Savol: Oxirgi marotaba O'LIMni eslashingizga sabab bo'lgan holat?
 
Javob: Menimcha oxirgi vaqt eng ko'p o'ylaydigan narsam o'lim bo'lib qolgan.O'limdan qo'rqaman,chunki qay holatda o'lishimni bilmayman.Bundan tashqari,necha oydan beri tobim yo'q.Bu ham menga o'lim haqida o'ylashimga sabab bo'lmoqda.Jonimni qay holatda bo'lganimda olishini ham bilmayman.Avvallari hecham o'ylolmasdim...Men Allohga u mendan norozi bo'lib qolgan vaqtda jonimni olishidan panoh so'rayman.Uning roziligisiz o'lib qolishni istamayman.Allohning O'zi rahm qilsin...Ammo Qur'ondagi ba'zi tafsir oyatlarini o'qib sal taskin topaman:
NOZIOT SURASI
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. (Kofirlarning jonlarini badanlarining) ich-ichidan qattiq sug‘urib oladigan (farishta)larga qasam,

2. (Mo‘minlarning jonlarini osonlik bilan) ildam tortib oladigan (farishta)larga qasam,

3-4-5. (Osmonlar bilan yer o‘rtasida) silliq suzib, (o‘z zimmalaridagi vazifalarni ado etishda) shoshib-o‘zib, (Alloh buyurgan barcha) ishning tadbirini tuzib turadigan (farishta)larga qasamki, (sizlar albatta qayta tirilib, hisob-kitob qilinursizlar)!

Shu surani ilk bor o'qiganimda,uning rahmatini naqadar ulug' ekanligini his qilib,ko'zimga yosh kelgan edi.
O'lim haq.
Rasululloh s.a.v:Allohim!Men Sendan bir narsa bosib qolishidan panoh so'rayman.Men Sendan baland joydan yiqilishdan panoh so'rayman.Men Sendan g'arq bo'lishdan va kuyishdan panoh so'rayman.Men Sendan o'ta qarililkdan va o'lim oldidagi shaytonning buzg'unchiligidan panoh so'rayman.Men Sendan yo'lindan orqaga qochib o'lishdan va bir narsa chaqib o'lishdan panoh so'rayman-deb duo qilgan ekanlar.Men ham Habibimiz s.a.v aytgan duoni ko'p qaytarib yurishga harakat qilaman.InshaAlloh,bizga Alloh eng xayrli o'limni nasiba qilishiga umid qilib qolamn.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Savolu-javob. ("Forumdoshdan forumdoshga savollar" arxivi)
« Javob #97 : 07 Dekabr 2009, 09:46:08 »
21. Savol: Siz yashayotgan yoki siz guvohi bo'lgan to'ydagi uchta eng yaxshi odat qaysi?
 
Javob: Man uchun eng yaxshi to'y menimcha eng kam xarajatli,isrofgarchilik bo'lmaydigan to'ydir.Shaxsan o'zim qatnashmagan bo'lsamda eshitganman.Bir islomiy oila qizini uzatgandi.Ota-ona qarzga ham botgani yo'q.Bor holicha qiziga sep qildi.Kuyov taraf mebel ham boshqa narsa ham talab qilmadi.To'yida faqat bitta ovqat tortilgan,ammo hech kim bunga biron nima demagan.Chunki unda juda chiroyli davat bo'lgan ekan.Hammaning havasi keldi,haqiqiy islomiy to'y mana shu deb.To'y deganda ko'pchilikning hayoliga stol to'la ovqat,jarag'-jarag' pul sochishlar,ga'alati til uchida aytilgan tabrik so'zlar kelsa kerak.Mana shu odatlar bo'maydigan to'y man uchun yaxshi to'y bo'lgan bo'lardi...


22. Savol: To’ydan keyin turmush o’rtog’ingiz sizga netdan foydalanishni ta’qiqlasalar qanday yo’l tutardingiz?
 
Javob: Hozircha qanday juft bo'la olaman bilmaymanku,niyyat qilamanki,kelgusida ularning rizoligi shu yo'lda bo'lsa rozi bo'lmoqlikka ko'namizde.Lek bitta yaxshi ko'rgan opam borlade.Forumdoshimizni oyijonlari...Iltimos qilardim shular bilan ahyon-ahyonda bo'lsa-da gaplashib turishga.Chunki ko'p muammolarga duch kelganimda o'zlarining maslaxatlarini ayamaydilar.Bunga rozi bo'lsalar kere.Tag'in Alloh bilguvchi. Lek Niyatni chiroyli qilyapmiz opa  :)


23. Savol: Forumda eng ko'p foydalanadigan qayta qayta ochadigan kitobingiz bormi ? Qaysi kitob?
 
Javob: Hayotda ham Forumda ham eng ko'p foydalanadigan,o'qiydigan kitobim shayx Alovuddin Mansurning Qur'oni Karimning ma'nolar tarjimasi kitobidir.forum.hilol.com.da faol ishtirok etgan paytlarim ayniqsa ko'p ochib foydalanar edim.Afsus Sulaymon haliyam o'sha-o'sha ahvolda bilishimcha.Alloh ungayam,bizgayam insof berishini so'riman.Ko'p hollarda postlarimda shayxni kitoblaridan foydalanaman.Boshqa kitoblarni keragini o'qib olaman,lekin kam foydalanaman.Allohimdan kam ilmimizni boyitishini so'rab qolaman...


24. Savol: Аллоҳ учун яхши кўриш билан боғлиқ ҳаётда ўзингиз гувоҳ бўлган қандай ибратли воқеликни эслай оласиз?
 
Javob: Bu savol bilan bog'liq ilk hodisani Payg'ambar s.a.v.ni tanish orqali his qila boshlagan edim.Bu hissiyot meni islomga yaqinlashtira boshladi,ammo men bu hissiyot aynan nima ekanligini bilolmaganman u vaqtda.Chunki Alloh uchun yaxshi ko'rish degan narsani eshitmaganman.Men Alloh uchun yaxshi ko'rgan ilk inson ham Payg'ambar s.a.v. bo'lganlar.O'qishga kirish uchun tayyorlanib yurgan paytlarim edi.Bir kuni juda zerikdim.Xonamda katta kitob javonim bor.Sekin qarab chiqsam "Saodat asri qissalari" degan kitob bor ekan.Qizig'i bu kitobni onam qo'shnimizning qistovi bilan sotib olgan ekandilaru,ammo hech kim ochib o'qimagan.Shu kitob qo'limga tushib qoldi.Namoz o'qishni endi boshlagan vaqtarim edi.Men uchun qiziq tuyula boshladi.Namoz o'qirdimu,lekin Payg'amabarimiz hayotlari bilan qiziqib ko'rmagan ekanman.Shu tariqa o'qiy boshladim.O'qiy,o'qiy qalbimda iliq tuyg'u paydo bo'la boshladi.Buni tuyg'uni hali his qilib ko'rmagan edim.Bu kitob orqali islomga qiziqishim yanada ortdi.U paytda men Qur'oni Karimdan uchtagina sura bilgan holimda namoz o'qirdim.Tushuncham kam edi.Meni hayratga solgan narsa shu ediki,men yosh bo'lsamda,men hayotda ko'rishni istagan,mana shunday xislatga,axloqga inson bormi degan savolimga javob topolgan edim.Payg'amabrimizga mehrim orta bordi.Ularni ismlarini eshitsam yig'lab yuboray derdim.Ko'nglimda"Eh,shunchalik ham mehribon inson bo'lgansiz,mukammal inson bo'lgansiz,sizni juda yaxshi ko'raman" degandim.Insonlardan biron ozor yetsa,doim ularni eslayman,Payg'ambarimiz s.a.v yonimda bo'lganlarida edi,menga yig'lamagin,hech o'ylama degan bo'lardilar-deb qolaman.Bunga o'zimni ishontiraman.Ular men uchun qoldirgan har bir narsaga amal qilishni o'zimga maqsad qilgan edim.Umuman mening islomga bo'lgan muhabbatimni aynan Payg'ambarimizning go'zal hulqlari sabab bo'lgan edi.Ayniqsa sahoba Abdulloh ibn ummi Maktum bilan bo'lgan hodisani o'qiganimda rosa yig'lagandim,payg'amabrimiz Alloh taolodan tanbeh eshitganlaridan so'ng:Kel,Rabbim meni tanbeh qilishiga sababchi bo'lgan ey sharafli inson! deganlari...Men doim insonlardan qalb go'zaligini qidiraman.Qalbi go'zal insonning amallariyam chiroyli bo'ladi.Meni hayotda bironta ustozim bo'lmagan.Keyinchalik Alloh uchun yaxshi ko'rish nafaqat Rasululloh s.a.v.ga boshqalargayam bo'lishi mumkinligini bilganman.Ikkinchi inson Xayrulla aka Hamidov bo'lganlar.Bu insondan Alloh rozi bo'lsin.Ko'p insonlarni hidoyatiga sababchi bo'lganlar.Bir kuni ulardan shu haqida so'radim va ular quyidagicha javob bergandilar:
Аллохни яхши куриш аломати Унинг каломи шарифи Куръони Каримни укиш, унга амал килиш .
Пайгамбаримизни яхши куриш аломати у зотнинг суннатларини махкум ушлаш, суннатни тирилтираётган инсонларни калбдан яхши куришдир.
Одамларни яхши куриш учун албатта уларнинг хаммаларига бу мухаббатни айтиб утириш шарт эмас. Балки якин одамга айтиб куйса булади. Одамларни хакки рост яхши куриш аломати ер юзидаги жамики инсонларга Аллохдан хидоят сурашдир.
27.09.2007.
Men hozir muayyan voqea hodisa haqida gapirolmadim.Chunki bunday muhitni deyarli ko'rmaganman.Atrofimni dunyoviy insonlar qamrab olgan.Ularning ko'plariga bu savolni berib ko'rardim  yoki ko'rishni istardim.Ammo men xohlagan javobni olmaganim uchun,o'zimni javobim bilan cheklanishga majburman.Men Allohni va Uning Rasulini sevuvchilarni,qalbini turli nopok,qabih ishlardan saqlab,pok saqlovchilarni yaxshi ko'raman.Va bu forumda menga shunday muhabbat paydo qilgan insonlar borki,ulardan Allohning O'zi rozi bo'lsin.Savolga to'liq javob bera olmaganim uchun uzr so'rayman.Kamchiliklari bo'lsa kechirib yuborgaysizlar,qalbimdagi bor gaplarni yuzaga chiqara olmadim.


25. Savol: Azaga borsangiz eng ko'p tasirlangan voqeangiz?
 
Javob: Eng tasirlangan voqea,23 yoshdagi yosh qo'shnimning noma'lum kasallikdan vafot topishi bo'ldi.Shunday mo'min-qobil ediki...Yana bir bora ALlohning qazosiga iymon keltirganman.Yigitni ibodat qilishi haqida hech qaysimiz bilmasdik.U shunchalar hayoli,kamgap edi.Alloh rahmat qilsin.O'limi oldidan ota-onasi atrofida parvona bo'lib yurdilar.Axiyri kaliyma keltirilishi kerak bo'lgan vaqt yaqinlashdi.Ona nima deyishini bilmaydi.O'g'lim "Laa ilaha illalloh"desang tezroq tuzalib ketarkansan...dedilar :'(.O'g'il "Laa ilaha illalloh,Muhammadur Rasululloh"deya jim bo'ldi.Bu uning oxirgi kalimasi bo'ldi...

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Savolu-javob. ("Forumdoshdan forumdoshga savollar" arxivi)
« Javob #98 : 07 Dekabr 2009, 09:46:20 »
26. Savol: Int va forum orqalik munosabat va muomala sizga nima beradi.Forum sabab ilm olaman degan tushunchaga ko'p uchrayman sizning bu iboraga fikringiz?
 
Javob: Forum orqali "turli" doiradagi insonlarni ko'ra boshladim .Ularga bir xilda muomala qilish o'ta qiyin bo'lmoqda.Odamlarni farqlay boshlayapman,opajon.Man uchun dunyoda yomon inson bo'lishi mumkin emas edi.Man uchun hayolimda hamma yaxshi edi.Afsus xom-hayollarim allaqachonlar meni tashlab ketishdi.Bu nafaqat hayotda balki forumda ham o'z asini topdi.Ko'p narsa o'rganyapman buni tan olishim kere,hatto yo'q narsalar orttirib olyapman o'zimga,ya'ni tortishishni,bu manga yot narsa edi ;D.Shunday hollarda hay-hay Muhseena deb qo'ysela hursand bo'lardim.Boshqa to'polon qimiman,inshaAlloh,agar majbur bo'pqomasam.Ilmim menimcha oshib borvotti,wallohu a'lam.Va buning uchun Allohga hamd aytaman.Asosiysi sabrli bo'lishni va Har ishda O'ziga tavakkul qilishni o'rganyapman.


27. Savol: Бола бўлса - шўх бўлсин, деган гап бор. Ёшлигингиздаги қилган қайси шўхлиг(лар)ингизни ҳалигача эслаб юрасиз? Ўшанда қандай воқеа юз берган эди?
 
Javob: Bolaligimni eslasam haliyam kulgim keladi,eng esda qolar gap yoshligimdan mani ko;pchilik o'g'il bola deyishardi,astag'firulloh,rosa sho'x bo'lganmanda :3.
Buvimlani hech tinch qo'ymasdim,o'liklar haqida,qabr haqida so'rayverardim.Insonni qanday kafanlanishi,buvamlarning vafotini so'rayverardim.Axiri buvim sen yosh bo'la turib boshqa narsani so'rasang bo'lmaydimi,hech qaysi nabiram bu haqida senchalik so'ramaydiya deb urishib bergandilar.Chunki har safar kelganlarida shuni so'rardimda.
***
8 sinf edim.Ukamni maktabdan olib ketayotganimda man tengi qizlar orqamdan kelib gap otishgan.Yaxshi qiz soatiz nechi bo'ldi? deb.Qiz bolaning orqadan gapirishi jahlimmi chiqarib yubordimi bilmadim,indamay oldiga borib,sumkam bilan tushirib qolganman  ;D
***
Bolaligimda singlim bo'lishini orzu qilardim.Bir kuni mahallamizg kichkina qiz adashib kelib qolibdi.Uni ko'rib hursand bo'lganimda do'stlashib,uyimga olib kiraman,meniyam singlim bor deb hursand bo'lib o'ynagan edim.1 soat o'tmay onasi qidirib topib kelgan.O'shanda yana hafa bo'lganman.Singlim bo'lmas ekanda deb  :)


28. Savol: Сўнгги 10-15 кун ичида ушбу мавзуда берилган жавоблар ичида сизга энг маъқул келганлари қайсилар бўлди?
 
Javob: Avvalo Barchamizni hidoyat yo'llariga boshlagan Allohga hamdlar bo'lsin.Naqadar baxtli insonlarmiz,alhamdulillah.Siz bergan savollarga berilgan javoblarning hammasi shunday go'zal ediki,ilohim mana shunday insonlarni safi ko'paysin,deb duo qildim va Allohdan so'raymanki,bergan javoblarimizga yarasha qilayotgan amallarimizni riyosiz qabul qilsin.Hammamizni Jannat sarhadlarida shod-hurramlikda jamlashini nasib qilsin.Hamma javoblar ham yoqdi,ammo sanab o'tishni lozim topganim:
1.Shokirbek akaning qabr haqidagi aytgan gaplari tasir qildi.O'lim hayol emas,haqiqatdir deganlaridek,bir kunmas bir kun hammamiz o'sha xonaga kirajakmiz.Qiziq mani u yerda nimala kutmoqda...Juda ko'p o'ylanaman.
2.AbdulAziz akaning qanday o'limni orzu qilganliklarini o'ylab hayratlandim.
3.Salmon Forsiyning kichkina aravakash bola haqidagi hikoyalaridan tasirlandi va insonni qabrga qo'yish haqidagi fikrlari yoqdi.
4.Mahdiyahning uchrashuv haqidagi savollari ham yoqdi.
5.Ulug'bek 75 akaning O'lim bilan uchrashuv haqidagi fikrlari
6.AbdulAziz akaning yoshlikda do'stlari bilan masjidga kirib,azon o'rniga hammani "baqirib turg'izishganligi" :D
7.Guli birodarimning go'zal javobi.Aslida u talaba bo'lolmagan bo'lsada,o'qituvchi hozir.Bunga har kim ham erisholmaydi,odamlar diplom bilan ish qidirshadiyu,albatta Alloh hamma ishga Qodir Zot.Ikki dunyo baxtini tilayman.
8.Abdulhafiz-Sukut saqlang uning eng oz foydasi omonlikdir.
Ali ibn Abu Tolib r.a
9.Imlaah opa:Har bir amaldan kim nimani istasa   albatta istaganini oladi
10.Va boshqa userlarning javoblari.Yana bir bor hammangizdan Alloh rozi bo'lsin.Ancha narsa o'rgandim...


29. Savol: 1. Sizga qilingan eng yaxshi sovg'a nima bo'lgan?
2. Hech begona kishidan ham sovg'a olganmisiz?
3. "Sovg'ani boshqasiga sovg'a qilib bo'lmaydi", - deydi ruslar. Agar yaqin bir insoningiz sizga qilingan sovg'ani yoqtirib qolsa, unga berarmidingiz?
 
Javob: 1.Hadya olish,hadya berish eng chiroyli odat.Insonning ko'nglini ko'tarish o'ta savobli ishlardan.Xususan,o'zim ham hadya berish,hadya olishni hush ko'raman.Manga ko'p sovg'a berishgan  :),hammasini qadrlayman,Oxirgi martta sovg'ani Siddiqadan oldim.Ilohim,menga bergan sovg'asini Alloh o'ziga o'n martta ko'paytirib qaytarsin...
2.Kasalxonada yotganimda bir ayol tilla zirak bergan,zirak taqishni yoqtirmasam ham.Uning 4 yoshlik qiziga onam yaxshi qarar ,Allohning Qudrati bilan o'limdan qolishiga sababchi bo'lgan edilar.Zirakni har ko'rganimda o'sha qizchani eslayman.Iroda hozir soppa sog'ayib,maktabga boryapti deb eshitdim.
3.Ruslar o'zi egoist bo'lishadida,hamma narsa o'zlariga bo'lsa bo'lgani.Payg'ambar s.a.v. juda ko'p fazilatli ishlarni meros qoldirganlar,man aynan sovg'ani sovg'a qilish odatini juda yaxshi ko'raman.Eng yaxshi sovg'a kitob deyishganidek,ko'p hollarda manga sovg'a qilingan kitoblarni sovg'a qilib yuboraman,kursdoshim Dilnozani yaxshi qiz bo'lishi uchun har qanday qimmatli sovg'amni berishga tayyorman  :) ...Baxil bo'lmaslikka harakat qilaman,Alloh bilguvchi.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Savolu-javob. ("Forumdoshdan forumdoshga savollar" arxivi)
« Javob #99 : 07 Dekabr 2009, 09:47:00 »
Siddiqaga berilgan savollarga javoblar:

8. Savol: 1. Siz yoqtirgan 3 ta erkaklar ismi. Nima uchun yoqtirasiz?
2. Siz yoqtirgan 3 ta ayollar ismi. Nima uchun yoqtirasiz?

Javob: 1. Ayyub, sabrda o'rnak bo'luvchi payg'ambarimiz Ayyub (as) ismlari ,bu ismli insonlarni bosiq ,sobur  ,shokir holatga ko'rganman .
Abubakr, tarifga hojat yo'q ,siddiq va atiyq ,sevikli rasulimizning  sevikli birodarlari.
Zayd, ilk iymon keltirgan ,Rasulullohning saqlab olgan o'g'illari .bu ismni juda yahshi ko'raman .

2. Osiyo,isyonkor Fir'avnning ,zokira va sobira ayoli ,o'rnak bo'luvchi ayollarning biri .
Siddiqa, yahshi ko'ramanda bu ismni
Sora, Ibrohim (as)ning zavjalari ,yana ko'pi smlarni yahshi ko'raman, faqat 3 so'rabsizda .


9. Savol: Siz hijoblanishingiz cuhun ota-onangiz qarshi bo'lishyapti, lekin siz juda xohlayapsiz.
Siz ularga qarshi bora olasizmi?

Javob: Eshitdim... itoat etdim deya olmagan muslimalar qalbi to'la qabrlar bo'larkan .Ota-ona .....ro'mol o'ray olmaganimning sababi ham kuchsizligim ,kurashda bardavom bo'lmayotganimdir .inshaAlloh sekin sekin tushuntirayaman,hidoyat Allohdan faqat shu uzun ro'mollar hijronida o'tib ketishdangina qo'rqaman ,ularga qarshi shijoat bn kurashishga Alloh so'nmas kuch bersin ,inson o'zligini yo'qotiob yashashdan ko'ra bahtsizroq oqibat yo'q.


10. Savol: Yoningizdagi yaqinlaringiz sizni tushunmayotgan yoki tushunishni xohlamayotgan bir paytda o'zingizni qanday his qilasiz? Uning chorasi nimada deb o'ylaysiz?

Javob: chora topishga harakat qildim ,lekin bu choralar faqat yaqinlarimga ozor berish bn o'tdi ,hafa qilishsa honamga bir dunyo shirinlik obkirib hich kimga ochmasdim,albatta ko'z yoshlar bn  ,lekin vaqt o'tgani sari insonnig yoshi ham ,o'zi ham o'zgararkan  ,hamma narsa o'zgaradi ,ular juda ko'nglimga qarashadi ,bir ikkita asosiy masalalarda ...bilishmiydida .hozir juda qiyin ahvolga tushsam ,Qur'on juda yordam beradi .keyin birodarlarim ham .inson har qanday holatda Allohga suyansa, hamma narsa o'tib ketadi.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Savolu-javob. ("Forumdoshdan forumdoshga savollar" arxivi)
« Javob #100 : 07 Dekabr 2009, 09:47:14 »
11. Savol: Deylik siz bir kitob yozmoqchisiz.Kitobingizda qalbizdagi eng katta muammoni yoritish niyatidasiz.Sizni qalbingizni qiynayotgan muammo va uni yechimini qisqa qilib qanday izohlagan bo'lardingiz.

Javob: O'tkir Hoshimovni shunaqa mazmundagi gaplari bor edi " o'qigan asaringizda  sizning labingizda kichik tabassum paydo bo'lsa bilinki ,bu asarni yozuvchi chinakamiga kulib yozgan ,agar ko'zlaringiz salgina yoshlansa ,yozuvchi bu asarni chinakamiga yig'lab yozgan demak asar yozish bu oddiy ish emas .asar yozishga kirishishimdan oldin ,maqsadimni anglab olaman ,inshaAlloh ........va asarni o'qigan o'quvchi hayotida kuchli burulish yasashi uchun uni ,ayni mo'jizaviy haqiqatlar bn bezayman .


12. Savol: Bir rus do'stim bor, unga islomni o'rgatmoqchiman, ammo nimadan boshlashni bilmayman, nimadan boshlash kerak va qanday kitoblarni sovg'a qilish kerak. Umuman olganda odamni o'ziga qarab islom qabul qiladigan va qilmaydiganga ajratish mumkinmi. Hidoyat Allohdan emasmi? Lekin ba'zilar bunga gapirib og'zingni charchatma deyishadi, shundaymikin-a...

Javob: Qur'onni ruschasini sovg'a qiling derdim ,ko'p insonlar shu kitob orqali tafakkur qilib islomga kirganlar ,keyin do'stingizga gapiraverib bezdirib qo'ymang ,islomni kichik bo'lsada chiroyli amallar bn ko'rsating .bir borodarim ustozlari haqida aytib bergandilar ,u inson buni o'qi buni qil demas ekanlarda ,har gal o'sha inson oldida namoz o'qirkanlar ,keyinchalik bu birodarimga tasir qilib tafakkur qila boshlabdi ,bu islomga qo'yilgan ilk qadamlari bo'lgan .va duolar bn inshaAlloh u inson hidoyat toparlar .


13. Savol: Oyijoningizga bo’lgan mehringizni qanday izhor qilasiz?

Javob: sevikli rasulimizga sav,onalarimizga eng yahshi sevikli qo'shni bo'lishlarini hohliman ,kalit so'zimiz bor onajonim bn "sizzi hech narsaga qaramay yahshi ko'raman "


14. Savol: O’zingiz o’zingizga yoqmaydigan vaqtlar ham bo’ladimi? Shunday holda nima qilasiz?

Javob: bo'lgan ayniqsa keskin qaror qabul qilishimni yoqtirmayman ,(bu hislatimdan gohida qo'rqaman )o'zim bn urushib qoladigan holatim bo'ladi  :10   shunda kerakli narsani qur'ondan izlayman .


15. Savol: Oiladaga muhit, sizni ro'mol(hijob)ni tanlab uyda o'tirishlik yoki bo'lmasa ro'mol(hijob)siz dunyoviy ilm olib, biror kasb egasi bo'lish shartini qo'ymoqda qay birini tanlaysiz?

Javob: Ayol kishi qachon bahtli bo'ladi .qachonki u ayolligini unutmasa .Hayotda hamma narsa bo'lishi mumkin gohida ishlashga ham to''ri kelib qolishi mumkin .shuncha o'qiding diplomingchi diydiganlar qancha ,agar ayol kishining ko'chaga chiqishi fitna bo'lsa (hatto u o'rangan bo'lsa ham)unda uyda o'tirgani afzal .mo'min banda tanlashda eng foydalisini tanlaydi ,yani ohirati go'zalligini .Muslimalarning haqiqiy go'zalliklari dunyoda  ham ,ohiratda ham ularning hayolari yashiringan ro'mollari emasmi .bunday holatda albatta birinchi yo'l ma'qul.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Savolu-javob. ("Forumdoshdan forumdoshga savollar" arxivi)
« Javob #101 : 07 Dekabr 2009, 09:47:25 »
16. Savol: Postlaringizni kuzatdim va anglaganim barchangiz bu hayotda o'z fikringizga ega mustaqil insonlarsiz.Tasavvur qiling siz "sevib" qoldingiz.Ammo "oshig'ingiz" ota onangizga yoqmadi.Siz esa boshqa inson bilan yashay olmayman degan ishonchdasiz.Hayotda qanday yo'l tutasiz?

Javob: men o'zimga qaysi taom yoqishini ,qaysi rang yarashishini juda yahshi bilaman .lekin turmush ,oila oddiy taom emaski bemaza bo'lsa tark qilinadigan .qaysi yo'l menga hayrli ekanini biguvchi Allohga barchasini topshiraman va agar Alloh un ko'ngil qo'ygan va hurmat qilgan insonim ,haqiqiy taqvo libosi bn bezangan bo'lsa ,ota onamga tushuntirishga harakat qilaman va albatta ularni fikrlarini birinchi navbatga qo'yganim singari ular ham farzandlarini ko'ngliga qarashadi. va bilamizki haqiqiy muhabbat nikohdan so'ngina paydo bo'ladi .


17. Savol: Siz avtobusda o’qishga ketayotgandingiz, shu payt tasodifan avtobusdagi kelishgan, istarali notanish bir yigit sizga negadir ko’p tikilib qoldi (bot-bot qarayapti), aftidan u bir ko’rishda yaxshi ko’rib qolgandek… Avtobusdan tushganingizda u ham tushib ortingizdan yura boshladi… Shunda nima qilasiz? Mobodo, sizni sevib qolgan bo’lsa, shunday vaziyatda u, sizningcha, nima qilishi va o’zini qanday tutishi lozim, deb o’ylaysiz?

Javob: Hech ishga hojat yo'q bu holatni o'sha holatdayam bo'magan narsa sifatida tasavvur qilaman va hotirijam holatda yo'limda davom etaman.


18. Savol: Bir kuni sizga siz tanimaydigan userdan pm habar keldi. Habarda sizdan faqat hol ahvol so'ralgan. Aytingchi, bu xatga javob berarmidiz?

Javob: Salom berib, Alloh har bir mo'mindan habar olguvchidir derdim.


19. Savol: Oxirgi marotaba O'LIMni eslashingizga sabab bo'lgan holat?

Javob: kecha magmud Hudoyi yo'li filmini ko'rar ekanman ,omonatini qanday ham chiroyli topshirayatgan insonlarni ko'rib subhanaAlloh deb ularga havasim kelib ketdi ,o'lim haqiqatdan ham
mo'min uchun rahmat eshigi .
mo'min uchun visol eshigi ekan .
alloh hammamizni jon olar payti omonatimizni o'z egasiga qaytarayotgan payti qalblarni hushnud qilib kalimasida o'lishlikni va yashashlikni nasib qilsin .
omiiin.


20. Savol: Siz yashayotgan yoki siz guvohi bo'lgan to'ydagi uchta eng yaxshi odat qaysi?

Javob: Bir birodarim aytardi .....yaponlar islomga kirishyapti,va nihoyat yaponlar o'ziga berilgan aqlni ishlatishibdida deb .
to'g'risini aytsam men ham ko'p narsalarni anglab qolganimdan keyingina avvalgi yahshi deb zo'r deb ataladigan to'ylar ko'z oldimda g'aribgina ko'ringan .
shariatdan uzoqda bo'lgan narsalar sekingina ko'mila boshlagan ,va umrimda 1tagina islomiy to'yda bo'lganman (haqiqiy ) demoqchiman ,
faqat ayollar ,
chiroyli va qattiq qalbni ham eritib yuboradigan davat ,(yig'lashgandi )
salovat bn kuzatilgan kelin yor yor o'rniga....................
hozirda ham bunaqa to'ylarni hohlayotganlar ko'p ,lekin hohlamayotganlar undan ham ko'p, ayniqsa oilalar ko'pincha qarshi. kuchli irodava mustahkam iymonni Allohdan so'riymiz .
agar alloh hohlasa toshdan gul unar.....

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Savolu-javob. ("Forumdoshdan forumdoshga savollar" arxivi)
« Javob #102 : 07 Dekabr 2009, 09:47:47 »
21. Savol: Forumda eng ko'p foydalanadigan qayta qayta ochadigan kitobingiz bormi ? Qaysi kitob?

Javob: Forumda o'zim sevib o'qigan kitobdan parcha bor men ham bu kitobni parchasini o'qiganman ,nechidir varoq lekin qalb daftarimga o'rnashib qolgan ,La tahzan yani O'kinma kitobidagi satrlar ,ayni yig'lagudek paytimda meni olg'a intiltira olgan kitob ,agar to'liq kitob shakli bo'lsa jon deb qayta qayta o'qigan bo'lardim .


22. Savol: Int va forum orqalik munosabat va muomala sizga nima beradi.Forum sabab ilm olaman degan tushunchaga ko'p uchrayman sizning bu iboraga fikringiz?

Javob: Forumda o'z fikrlarimni ijobiy va salbiy tomondan baholanishini ko'ra oldim ,ilm olishga kelsak bu insonni o'ziga bog'liq ,kim uchundir int gohida hikmatu ,gohida illat ,
lekin shu kunlarda int ga kirmaslik men un aancha hikmatli bo'lgandek nazarimda ,hamma narsani o'z miqdorida bo'lgani afzal .lekin ilm olish uchun intdan ko'ra foydaliroq makonni izlash yahshiroq ekan .


23. Savol: Болалигинингизда ўзингиз иштирокингизда рўй берган энг кулгили ҳодисани эслай оласизми?

Javob: Bolalikda nimalar bo'lmaydi deysiz , reks degan katta zotdor  kuchugimiz bor edi ,lekin tishlamasdiyuuuu rosa qo'rqishardi uni bahaybatligidan ammamni o'g'lini rosa yugurtirganman uni bo'shatvorib , qo'shnimiz Ozod bilan har kuni urushardik lekin boshini yorganimda qattiq jang bo'lgan , yan bir qiziq voqaelardan biri hovlimizda katta shotut darahtimiz bor edi , shotutni bilasizlar katta katta nordon tut uni rangi ham kiyimda uncha buncha ketmaydi ,shu tutni qo'lchalarimizga olib ezib hammani kiyimiga besh bosib chiqqandik ,
vaaaay ,,, undan keyingi sahna uydegilarning jahhllari chiqishi ,lekin bundan qochish usuli ;) ;)  menday hech kim darahtga zo'r chiqolmasdi uchiga chiqvoganman .


24. Savol: Sizga eng yoqadigan, doim yodingizda turadigan biror mashxur insonning aforizmi?

Javob: Esimda qolib ketgan hikmatli so'zlardan biri lekin kimniki ekanligi esimda yo'q,
O'limdan keyingina insonnni haqiqiy bahtli yoki bahtsizligi  bilinadi. Hali hech kim muvaffaqiyat narvoniga qo'lini cho'ntagiga suqib chiqmagan.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Savolu-javob. ("Forumdoshdan forumdoshga savollar" arxivi)
« Javob #103 : 07 Dekabr 2009, 09:48:22 »
G_u_l_iga berilgan savollarga javoblar:

6. Savol: 1. Siz yoqtirgan 3 ta erkaklar ismi. Nima uchun yoqtirasiz?
2. Siz yoqtirgan 3 ta ayollar ismi. Nima uchun yoqtirasiz?

Javob: 1. Abdurrohman, Abdulloh, Ahmad
2. Oisha, Zaynab, Ruqayya.


7. Savol: Qizlar postlaringizga ko'ra sizlar uch dugona ekansizlar.Sizlarning dugonaliklaringiz ahloq va kundalik hayotingizda qanday tasir qiladi.Yaniy kiyinishda muomalada bir birlaringizdan tasirlanasizlarmi?

Javob: Oliy o`quv yurtiga kirishdan oldin umuman boshqa olam edik,do`stligimiz mustahkamlanib borgani sayin bir-birimizdan ibrat ola boshladik, ayniqsa man kiyinish borasida dugonalarimdan yahshigina ibrat olganman,hozirgi kunda bir-birimizga har qanday holatda ham yordam berishga harakat qilamiz,yuragimiz siqilganida darrov ko`rishishga harakat qilamiz.
Umuman, olganda dugonalarimni ko`rganimda borligingizga shukr, mehribonlarim degim keladi.


8. Savol: Islom dinini o'rganishni xohlaydigan insonga eng avval qaysi kitobni o'qishni tavsiya qilardingiz?
Sizningcha u kitob qaysi jihati bilan insonga ta'sir qilishi mumkin?

Javob: Manimcha, bu kitob "Men ham namoz o`qiyman"," Saodat asri qissalari", "Vijdon azobi", "O`gay ona".
Bu ro`yhatni ancha davom ettirish mumkin, manimcha qanday kitob berish insonga bog`liq, shu inson nimalarga qiziqsa, nimalarni yoqtirsa, shularni e`tiborga olib kitob tavsiya qilgan ma`qul.
Anas(r.a) rivoyat qilinadi.
"Payg`ambar (s.a.w):
"Osonlashtiringlar, qiyinlashtirmanglar, xushxabar beringlar, nafrat qildirmanglar", dedilar".
Ikki Shayx rivoyat qilishgan.
Manimcha shu hadisga asoslanib kitob tavsiya qilgan ma`qul.


9. Savol: Rahmat tugmasini POST yoqmasa ham bosgan vaqtingiz bo'lganmi? (Deylik o'sha insonga hurmat yuzasidan Rahmat tugmasini bosgansiz, yoki boshqa sababdan?)

Javob: Postlar menga zarracha foyda keltirsa, ilm yo`lida biror narsa o`rgansam, hatto kayfiyatimni ko`tarsa ham rahmat tugmachasini bosaman. Menimcha boshqa sabab yo`q.


10. Savol: Har bir sahobaning umr daftari juda ta’sirli. Savol: Sizga qaysi sahobaning hayotida bo’lub o’tgan voqea juda ta’sir qilgan?

Javob: Quyida Rasululloh  :sw:
"Qur`on qiroatini to`rt kishidan;Ibn Ma`suddan,Abu Huzayfaning mavlosi Solimdan, Ubaydan va Muoz ibn Jabaldan talab qilinglar", deb ta`kidlab o`tgan zot Muoz ibn Jabal  :ra: ning vabo tarqalganda ko`rsatgan mardliklari, jasoratlaridan qattiq ta`sirlanganman :'( :'( :'(
Ibn Xuzayma va Ibn Asokirlar quyidagilarni rivoyat qiladilar:
"Shomda vabo tarqaldi. Shunda Amr ibn Oss  :ra: :
"Bu vabo jirkanch narsadir Undan vodiylar va daralar tomon qochinglar!" dedi.
Bu gap Shurahbiyl Ibn Hasana  :ra: ga yetib borganda uning achchig`i chiqdi va :
"Amr ibn Oss bekor aytibdi. Men Rasululloh  :sw: ga, Umarga sohib bo`ldim. Hozirgacha uning ahli jumalasidanman. Albatta, bu vabo nabiyingiz duosidir. Robbingizning rahmatidir. Sizdan oldingi solihlarning vafotidir", dedi.
Bu Muoz ibn Jabal  :ra: ga yetganda u:
"Ey, Allohim,oli Muozning nasibasini to`liq qilgin!", dedi.
Bas, uning ikkita qizi o`ldi. Uning o`g`li Abdurrahmon ham vaboga yo`liqdi. Shunda ota o`g`liga:
"Bu Robbingdan bo`lgan haqdir. Shak keltirguvchilardan bo`lma!" dedi.
"Inshaalloh, meni sabr qilguvchilardan topursan", dedi.
Muozning o`zi ham kaftining ort tarafidan vaboga uchradi va:
" Bu men uchun eng yahshi ne`matlardan ham yaxshi", dedi.
U o`z oldida yig`layotgan bir kishini ko`rib:
"Nimaga yig`lamoqdasan?" dedi.
"Sendan olib turgan ilmimga", dedi.
"Yig`lama! Ibrohim yashagan paytda yer yuzida olim yo`q edi. Bas, Alloh unga ilm berdi. Agar men o`lsam ilmni to`rt kishidan: Abdulloh ibn Salom, Salmon va Abu Dardolardan ol", dedi"
Alloh Muoz ibn Jabal  :ra: dan rozi bo`lsin!
Yana bir ta`sirli voqea, bu voqea garchi Sa`d ibn Muoz :ra: ning hayotlik chog`larida sodir bo`lmagan bo`lsa-da, menimcha ularning qandaty inson bo`lganliklarini anglatib turibdi.
Ibn Sa`d Osim ibn Umar ibn Qatodadan rivoyat qiladilar:
Rasululloh :sw: uyqudan turganlarida oldilariga Jabroil keldi va:
"Ummatingdan bir kishi bu kecha vafot etgan edi. Uning o`limidan osmon ahllari xushnud bo`ldilar. U kim? " dedi.
"Sa`ddan boshqaning og`ir bemorligini bilmayman. Sa`dga nima bo`ldi?" dedilar.
"Ey Allohning Rasuli, uning ruhi qabz qilindi.So`ng uning qavmi kelib, o`z diyorlariga olib ketishdi", dedi.
Rasululloh  :sw: bomdodni o`qidilar.So`ngra yo`lga tushdilar. U zot bilan odamlar ham jo`nab ketdilar. U zot juda tez yurardilar. Hattoki, odamlarning oyoqlaridagi kavushlariing ipi uzilib, elkalaridagi ridolari tushib ketdi. Shunda bir kishi:
"Ey Allohning Rasuli, odamlarni shoshiltirib yubordingiz, "dedi.
"Men Hanzalaga bizdan oldin maloiklar borgani kabi unga ham bizdan oldin borib qolishmasin deb qo`rqmoqdaman", dedilar u zot.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Savolu-javob. ("Forumdoshdan forumdoshga savollar" arxivi)
« Javob #104 : 07 Dekabr 2009, 09:48:32 »
11. Savol: Siz yashayotgan yoki siz guvohi bo'lgan to'ydagi uchta eng yaxshi odat qaysi?

Javob: Bunaqa to`yga bor yo`g`i bir marotabagina guvohi bo`lganman, to`yda erkak-ayol aralash,musiqa qisqasi hech qanday ortiqcha dabdaba bo`lmagan.
Yana boz ustiga chiroyli ma`ruza to`yga yanada fayz bag`ishlagan, ammo men  u paytda islomni yaxshi tushunmasdim, shunga qaramay bu kabi  islomiy(sunnatga muvofiq)  to`ylar yaxshi taasurot uyg`otgan.
PS:Valiyma haqida yaxshi bir maqola o`qigan edim, sizlarga ham ilindim.
http://islom.uz/content/view/1273/108/
http://islom.uz/content/view/1272/108/


12. Savol:  To’ydan keyin turmush o’rtog’ingiz sizga netdan foydalanishni ta’qiqlasalar qanday yo’l tutardingiz?

Javob: Agar i-netdan foydalanmaysan desalar, foydalanmayman tamom.Kerakli ma`lumot, kitob kabi narsalarni o`zlari i-netdan topib olib kelib berishlarini iltimos qilardim.


13. Savol: Сизнинг ҳидоятингизга сабаб бўлган воқеа?

Javob: Bu voqeaga ancha bo`lgan, chamasi 2 yoki 3 sinfda o`qirdim, bir kuni tvda mo`jiza haqida ko`rsatuv berilayotgandi, oldiniga dunyodagi bir necha mo`jizalar haqida so`z bordi, ya`ni hammaga tanish Misr ehromlari, Tojmahal .........
Shunda bir ishtirokchi insonning qanday murakkab to`qima, hujayralardan tashkil topgani haqida aytib o`tdilar. Bilmadim, negadir o`shanda rosa ta`sirlanganman. Uydagi diniy risolalarni birma-bir o`qishni boshlaganman. Ammo biror ustoz, nasihatgo`y bo`lmagandan keyin bu narsalar vaqti kelib unut bo`lib ketgandi..................
Ammo alhamdulillah, yillar o`tib Alloh meni ham qalbimga hidoyat berdi,uni topish u-n sababchilarni ham ro`baro qildi. Abituriyent paytimiz bir kursdoshimiz bo`lardi,ko`pincha bizga kitoblar hadya qilardi. Shulardan birinchi o`qigan kitobim Ahmad Lutfi Qozonchining "Qaynona" asari edi. Birinchi bor islomiy muhit, musulmonlar qanday bo`lishi haqida tasavvur uyg`ongan.  Birodarimning Yusuf Islam hayoti, opasining hijoblanishi haqida gapirib berganida chinakamiga qalbdan yig`laganman.
Bir o`qituvchi opamiz esa bizni qiynagan muammolar b-n o`rtoqlashardilar, har kuni islomdan oz bo`lsa-da, ta`lim berardilar. Muhseena ikkalamiz qachon bizni xonalariga chaqirarkinlar deb kutib o`tirardik.
Atrofimizda muslima qizlar ko`p edi, har kuni, har soniya ular bizga o`rnak bo`lishardi.Ko`pchilik nazdida qariganda ro`mol o`rash tushunchasi bizda ham bor edi, ammo yonimizadgi muslima qizlar bu tushunchalarga o`zalaring go`zal hulqi, mustahkam iymoni b-n  barham berishdi.Kunlarimiz ma`ruza, ibratli hikoya, o`rnak bo`lgulik hodisalar b-n o`tardi. .O`sha paytlarni hozir judayam  sog`inaman.
Ko`plab insonlarning da`vat, ma`ruzalari  sabab  alhamdulillah, hijoblanish ham nasib etdi
 Talaba bo`lolmadim, lekin alhamdulillah, muslima bo`ldim...


14. Savol:  Int va forum orqalik munosabat va muomala sizga nima beradi.Forum sabab ilm olaman degan tushunchaga ko'p uchrayman sizning bu iboraga fikringiz?

Javob: Internetdan ko`plab  kitoblar, programmalar, rasmlar kabi ko`plab menga k-kli ma`lumotlarni olaman. Masalan, http://savollar.islom.uz/smf/index.php shu yerdan ko`plab meni qiynagan, muhim savollarga javob topaman. 
Ko`pgina muslima opa-singillar b-n tanishdim. Hatto ularning ba`zilari b-n diydor ko`rishish nasib etdi.
Forum sabab ilm olyapmiz shekilli, sababi forumda kiritilgan ko`plab kitoblarni, maqolalarni  qisman bo`lsa-da, o`qishga kitoblarni  tahrir qilishga harakat qilaman. Muslim-muslimalardan yordam, maslahat so`rayman. Mendan yordamlarini, maslahatlarini ayamagan user, userkalarimizdan Alloh rozi bo`lsin!


15. Savol:  1. Sizga qilingan eng yaxshi sovg'a nima bo'lgan?
2. Hech begona kishidan ham sovg'a olganmisiz?
3. "Sovg'ani boshqasiga sovg'a qilib bo'lmaydi", - deydi ruslar. Agar yaqin bir insoningiz sizga qilingan sovg'ani yoqtirib qolsa, unga berarmidingiz?

Javob: 1. Menga hadya qilingan har bir narsa men u-n qadrli. Yana ruslarning gapi bor-ku," Dorog ne podarok, a vnimaniya" degan. Meni eslab sovg`a qilishishsa juda hursand bo`laman. Hadyalar ulashishni esa undan ko`proq yoqtiraman.Men u-n eng qadrlisi kitoblar.Chunki, shunaqa ko`plab kitob hadyalar sabab hidoyatga erishganmiz.
2. Ha,real hayotda tanimaydigan bir insondan kitoblar olganman va juda hursand bo`lgandim. O`qib bo`lishim bilanoq darrov hadya qilib yuborganman.
Hadya egasidan Alloh rozi bo`lsin.
3. Ha,agar shu hadya o`sha insonga kerak bo`lsa darrov berib yuboraman.

 

"Siz sevgan..." mavzusi savollari arxivi

Muallif LayloBo'lim Forumdoshlar hayoti

Javoblar: 12
Ko'rilgan: 8879
So'nggi javob 12 Noyabr 2007, 07:30:49
muallifi Laylo
,,Islomiy viktorina" savollar.

Muallif Muslim IslomiddiynBo'lim Intellekt

Javoblar: 5
Ko'rilgan: 5381
So'nggi javob 23 Sentyabr 2013, 08:26:03
muallifi Muslim Islomiddiyn
KOREYA: FUTBOL BO'YICHA "TINCHLIK KUBOGI"

Muallif muxbirBo'lim Futbol

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 6638
So'nggi javob 31 Yanvar 2007, 12:20:27
muallifi Shoxjahon12
Toshkent haqida "Wikipedia Encyclopedia"da

Muallif AbdusalomBo'lim Toshkent shahri

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 13631
So'nggi javob 20 Iyun 2006, 01:51:11
muallifi Abdusalom
Toshkent haqida "Encarta Encyclopedia"da

Muallif AbdusalomBo'lim Toshkent shahri

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 7321
So'nggi javob 20 Iyun 2006, 01:52:39
muallifi Abdusalom