Savolu-javob. ("Forumdoshdan forumdoshga savollar" arxivi)  ( 97197 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 18 B


shoir  30 Mart 2009, 15:48:17

Muslimaga berilgan savollarga javoblar:

11. Savol: Meni sizga savolim dunyoda siz uchun eng aziz narsa nima?

Javob: Dunyoda man uchun eng aziz narsa bu - IYMONIM!
Yaqinlarimni sog'ligi, tinchi va quvonchi.


12. Savol: Sizning hayotingiz davomida sizga eng aziz bo'lga sovg'a nima va kim sovg'a qilgan?

Javob: Juda aziz sovg'a bo'magan. Lekin muslima birodarim sovg'a qilgan bir kitob mani juda hursand qilgan sovg'a bo'lgan halos. :)


13. Savol: Sovg'a qilishni ko'proq yaxshi ko'rasizmi yoki sovg'a olishni?

Javob: Ko'proq sovg'a qilishni yaxshi ko'raman. Insonlar ko'zidagi quvonch va shodlikni sababchisi bo'lish manga juda yoqadi. :)


14. Savol: Hayit kunidagi qaysi odat sizga eng yoqadi?

Javob: Hayit kunidagi bitta alohida odatni ajratib ko'rsatish qiyin! Hammasi ham yaxshi odatlar!
Eng yaxshi ko'rganim, musulmonlarni masjidlarni to'ldirib jamoat bo'lib hayit namozini o'qishlari.
Hamma bir-birini ayyom bilan qutlashi, yoqadi.
Yana hayitlik berishni yaxshi ko'raman. Hayitlik olishni ham albatta  :)


15. Savol: Qaysi userning forumda
1. savollari;
2. javoblari;
3. o'zini tutishi, intizomi;
4. ilmga chanqoqligi, ilmiy mavzularga munosabati;
5. javob berish uslubi;
6. tili (ya'ni qanday yoza bilishi, shevadami yo adabiy tilda)
7. boshqalarga munosabati, samimiyati
SIZGA YOQADI 

Javob:
1. Shoir, Diydor opajon.
2. Munira opajon, Diydor opajon.
3. milanelly, Salmoni Forsiy, Shukurulloh.
4. mastura, AbdulAziz.
5. Diydor opajon, Munira opajon.
6. Diydor opajon.
7. AbdulAziz, Munira opajon, Shoir.

Qayd etilgan


shoir  30 Mart 2009, 15:48:50

Muslimaga berilgan savollarga javoblar:

16. Savol: Sizga forumdagi yoqqan eng yaxshi erkak va ayol niki qaysi?

Javob: Forumda yaxshi niklar ko'p. Bir vaqtlar forumda Muhibbul_Jannah nikli male userni niklari yoqardi. Hozi kamnamolar. Female userlardan Robbim_Rahmon niki yoqandi. Lekin islomiy ismlardan iborat niklarni hammasi yoqadi manga.


17. Savol: Hijobda bo'la turib, xunuk ishlarni qiladigan qizlarga munosabatingiz?

Javob: Bunaqa qizlarga munosabatim albatta salbiy. Ular o'zlaricha insonlarni aldamoqchilar, insonlarni aldasalarda Allohni aladay olmaydilar! Alloh hammani amalini ko'rib bilib turguvchi! Alloh hammani qalbida nima niyat borligini juda yaxshi biladi. Haq taolodan qo'rqmasalar, o'zlarini tog'irlashga harakat qilmasalar ularga Allohni O'zi kifoya qiladi, inshaAlloh! Faqat eng alam qiladigani ular ham hijobli qizlarni bir vakilasi, ularni yuzi. Ular qilgan nomaqulchiliklar tufayli, boshqa qalbida haqiqatda Alloh rizosini istab hijobga kirganlarga ham malomat yetishi!
Alloh hammamizni to'g'ri yo'lida bardavom aylasin!


18. Savol: Qachon shahrizga kelasiz?

Javob: Alloh nasib qilsa yozda. Har yili yozda boramiz. InshaAlloh bu yil bahorda borish niyatimiz ham bor. Lekin, agar ilojim bo'lganida hozir ham jon dib ketardim, buvijonimni juda sog'indim...


19. Savol: Menimcha, siz sog'inchni ko'p his qilgansiz. Uni tushuntirib bera olasizmi? Sog'inch nima o'zi?

Javob: Siz aytgandek sog’inchni ko’p his qilmaganman. Shunchaki, yaqinlarimga, o’zim yaxshi ko’rgan insonlarimga balki qattiq bog’langanim uchun, ularni olisligidan qiynalaman. Buni qanday tushuntirsam ekan, huddi olisga ketgan yoki olisda bo’lgan yaqinlarim yuragimni bir parchasini o’zlari bilan olib ketgandek bo’ladi, man uchun.
Lekin hammasidan ham ko’ra har bir musulmonni qalbida bo’lgan sog’inch, mani ham ko’nglimda bor, ALHAMDULILLAH! Bu sog’inch dardini malhami Havzi Kavsar bo’yidagi diydor va inshaAllah Jannatdagi CHIN VISOL bo’ladi. Allohdan eng katta umidim shu"¦


20. Savol: Biron bir muslima birodaringizning hijoblanganini ko'rganingizda to'yib-to'yib yig'laganmisiz?

Javob: Ha, bo'lgan. Qadr kechasi kuni, jamoat bilan yig'ilganimizda bir muslima opajonimz ro'mol o'ragandilar. Ularga ustozim o'zlari ro'molni o'ratib qo'ygandilar! Hamma muslimalar ko'z yoshlarini yashira olishmagandi. Hursandchiligimiz ichimizga sig'magan, Allohga hamdlar aytib yig'lagandik!

21. Savol: Xristianlik cherkoviga boradigan va shu dinga e'tiqod qiladigan, lekin ovqatlangandan keyin omin qiladigan, Ollohga shukrona qiladiganlarga munosabatingiz qanday?

Javob: Birodar yuqoridagi savolingizga albatta o'z bilmim va olgan ilmim qadar javob berishga harakat qilaman... agar hato ketsam avvaldan uzurimni qabul qiling....
-Aslida u kishilar (yani hristyan bo'lib OMIN deguvchilar)ni OMINlari ayanan Alloh uchun deb o'ylamayman chunki ular shikrk keltirgan insonlar (yani hojga topinishadi)... Faqat ular bu OMINlari bilan "Injil","Zabur","Tavrot" kabi kitoblarga amal qilishadi... Chunki u kitoblar ham Alloh JJni kalomu nozili bo'lib ularda ham OMIN so'zi uchraydi... Manimcha shuning uchun ham ular OMIN deb qo'yishdi... Lekin bu aynan Alloh JJga duo qilib yuzlanishga o'hshamaydi... Chunki ularni duosida "uch kishi" ko'p tilga olinadi (Eslashdan va aytishdan Alloh JJ asrasin)....
-Javobimda kamchilik va nuqsonlar bo'lsa uzur... ilmim juda ziyoda emas......


22. Savol: Agar sizda hamma imkoniyat (vaqt, skaner, fayl, tayyor elektron kitoblar, internet, komputer va h.) bo'lganda forumga qaysi kitoblarni kiritardingiz?

Javob: O'xoooooooo, agar manda shunaqa imkoniyat bo'lganida, forumni eng yaxshi kitoblar bilan to'ldirardim :)
Eng avvalo, "Saodat asri qissalari" ni hamma qismlarini joylardim. Chunki o'zim bu kitobni sevib o'qiman, boshqalarga ham avvalo shu kitobni ilinardim.


23. Savol: Sizningcha, jamiyatimizning hozirgi muslima qizlariga qanday fazilatlar yetishmaydi?

Javob: Hozirgi aksariyat muslima qizlarga o'zlikni anglash yetishmaydi, negadur ular ibratni yashab o'tgan muslima va mo'minalarning eng afzallari bo'lmish Nubuvvat honadoni honimlaridan emas, balki hozirgi kunda hayo va iffat chegaralarini qo'pol buzganlardan olishyapti. Yana SABR, SHIJOAT VA MUSTAHKAM E'TIQOD yetishmaydi.
   Agar muslima deganda ro'mollik qizlarni nazarda tutgan bo'lsez, aksariyatini hijobida "HIJOB" yo'q!!! Undan bugun faqat nom qolgan...
Muslimalarda bu sifatlarni yetishmasligi - bu erkaklarning "yutuq" laridir...

Qayd etilgan


shoir  30 Mart 2009, 15:55:45

Mutaallimahga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Siz uchun forum nima?

Javob: Men uchun forum huddi darshonaga o'hshaydi.Bu forumda men hayotni,muomalani va juda ko'plab bilmagan narsalarimni o'rgandim .Bu ilmni olib -o'rganishimga sabab bo'lgan Abdulaziz akaga,forumdagi har bir diniy va dunyoviy ilmdan namuna bo'lguvchi postlar qoldirgan har bir forumdosh aka va opalarimga rahmat.Har biringizni dunyo va ohiratda Alloh ajringizni komil qilib bersin.


2. Savol: Qorong'ulikdan qo'rqasizmi? Jinlarning zarar yetkazishidan-chi?

Javob: Yo'q qo'rong'ulikni yaxshi ko'raman qorong'uda bir o'zim bo'lsam qandaydir hotirjamlikni his etaman... Jinlarni zararidan esa Allohddan panoh so'rayman..


3. Savol: Sizga biror kishi noo'run qattiq gaplar gapirsa   nima qilasiz  gaiga siz ham shunday javob berasizmi, yig'laysizmi, indamaysizmi?

Javob: Ko'pincha indamay ketaman yoki yengilroq biror gap aytaman lekin hech qachon YIG'LAMAYMAN! unday vaqtda yig'lash zaiflik belgisi.


4. Savol: Bizda ko’pchilik yigitlarning fikricha hijobli ayollarni 90% zi yaxshi ayollar emas ekan. (Bu fikr muslimalarni ranjitadi!) Sizningcha bitta-ikkita "œniqolilar" ni dib barcha muslimalarga bir hil hukum chiqarish yaxshimi?

Javob: Yo'q..  "ba'zi" o'zini muslima qilib ko'rsatguvchilarni deb hamma haqida bir hil o'ylash noto'g'ri... Bu albatta Hijobni qadrini bilib qalbidagi iymoni va Allohga bo'lgan qo'rquvni his etib chin qalbdan o'rangan har bir MUSLIMAga og'ir... Lekin bu o'tkinchi dunyoda Alloh Ta'alo sevganidek G'ARIB bo'lishlik shunday be'mani fikrlarga SABR etishlik bilan erishiladi...  Shaxsan men shunday fikr yuritadiganlarni faqatgina shakli inson deb bilaman.. chunki shunday fikrlaydiganlarni AQLI OJIZ.. biror to'g'ri gapni na eshitishni na tushunishni hohlaydilar, ular o'z umrlarini qadriga yetmaydilar Alloh ularga nasib etgan aqlni zanglattirib faqat gi'ybat va fasod chiqarishdan boshqasiga kuchlari yetmaydigan zaif bandalardilar...


5. Savol: Sizni g'iybat qilishganini bilsangiz nima qialsiz?

Javob: Hech narsa...
Bilmadim nega lekin insonlar bilan yuzma yuz turganda kamdan kam hollarda ichimdagini ochiq ayta olaman... Ko'pincha ichimdagi gapim ichimda qolib ketadi.  Orqasidan gapirishni esa foydasi yo'q...

Qayd etilgan


shoir  30 Mart 2009, 15:57:33

Mutaallimahga berilgan savollarga javoblar:

6. Savol: Islomiy birodarchilikni qanday tushunasiz? Oddiy do'stlikdan Alloh yo'lidagi do'stlikni qanday farqi bor sizningcha?

Javob: Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallam aytgan ekanlar:
"Agar dunyoda do'st kerak bo'lganida Abu Bakrni tanlar edim lekin menga Islomiy Birodarlikni o'zi kifoya" deb.
Insonlar "mening eng yaqinim, "ishonganim" haqiqiy do'stim" degan insonlaridan ham ko'p narslarni sir tutadilar..
Alloh yo'lidagi haqiqiy BIRODARlar orasida esa hech qachon hech qanday sir bo'lmaydi!
Chunki ular "Mo'min mo'minga ko'zgu" deb birodarlarini hamma yaxshi va yomon tomonlarini bir birlariga ko'rsatib turadilar!!!
Allohim faqat va faqat o'zing yo'lingda birodar bo'lgan bandalaringni qiyomat qoim bo'lgan kunda ham o'zing yo'lingdagi eng sevimli birodarlar holida turgizgin!!! ularni Jannatul Firdavsda ham birga jamlagin!!! (amin!!)


7. Savol: Forum sizga nimalarni o'rgatdi.

Javob: Forum menga ko'p narsalarni o'rgatdi..
Eng asosiysi insonlarni o'rgandim..
undan ham muhimi: Hayotda xar-hil insonlarga hech qachon qattiq ishonmaslik kerakligini ham o'rgandim lekin buni forumdan emas undagi bir userdan o'rgandim... U insonni Alloh o'zi to'g'ri yo'lga boshlasin...


8. Savol: Har doim hayitga sevib pishiradigan taomingiz yoki shirinlik?

Javob: Hayitda pishiriladigan to'rtni judayam yaxshi ko'raman! Oldinlari kelin oyim bilan qilardik savol beraverib miyalarini achitvorardim :) hozir ayam bilan qilamiz lekin ayam unchalik shirinlikni yoqtirmaganlari uchun unchalik qiziqmas...


9. Savol: Ba'zan yoshi katta insonlarni bachkanaliklarini va yoshiga yarashmagan ishlarini qilishlaridan hafa bo'lganmisiz? Imkon bo'lganida shunday insonlarga nima degan bo'lardingiz?

Javob: Ha... Yoshlari katta bo'lgan insonlarning Yolg'on gaplaridan ko'proq hafa bo'laman katta insonlar menimcha o'zlariga yarasha salobatli viqorli bo'lishlari kerak..
Yoshlar oldida o'zini tinmay maqtaydigan katta yoshli ayollar meni jahlimni chiqazadi..
Menimcha inson o'z qadr-qimmatini hoh katta hoh kichik bo'lishidan qat'iy nazar unutmaslik kerak ...........
Bundaylarga o'zlariga biror narsa deya olmayman chunki nima bo'lganda ham ularni yoshlari ancha katta va buni hurmat qilishlik meni burchim... Lekin ko'p shu insondan o'zimni uzoqroq tutaman.. Chunki kimdir meni jahlimni chiqazsa uni yomon ko'rib qolaman ...... gapirayotgan gaplarini hammasi yolg'on dek tuyuladi o'zimni uyqusirab leksiya eshitayotgan talabaday his qilaman :)


10. Savol: Siz necha yoshingizdan islomni o'rganishni boshlagansiz?

Javob: Allohga hamdlar bo'lsin Islomni yaxshi biladigan oilada tug'ilganman.. Kichkinaligimdan namoz ro'za kabi islom ahkomlariga amal qilganman va har-hil islomiy kioblar o'qib yurganman... Lekin menimcha uni to'liq o'rganishlikni Misrga kelib boshlaganman. Chunki bu yerda qilayotgan har bir amalimni haqiqatini o'rgana boshlaganman...

Qayd etilgan


shoir  30 Mart 2009, 15:57:59

Mutaallimahga berilgan savollarga javoblar:

11. Savol: Siz ishongan insonlar sizga ko'p marta aziyat berishsa, siz bu holatdan qanday chiqasiz?

Javob: Har qanday vaziyatdan chiqishni o'ziga yarasha usullari bo'ladi albatta. Ba'zida o'ta qattiq ba'zida esa judayam muloyim bo'lish kerak. Lekin men ishongan inson menga bir marta aziyat yetkazsa undan qattiq ranjiyman, va unga ishonmaslikka harakat qilaman, yana meni hafa qilgan insonga hech yaxshi gap ayta olmayman..
Menimcha bu meni eng yomon sifatlarimdan bo'lsa kerak... Vallohu A'alam.


12. Savol: O'zbek va arab mentaliteti orasida qanaqa farqlarni ko'rdingiz? Ijobiy va salbiy jihatlari?

Javob: Nafaqat o'zbek va arablarni balki arab bilan arabning urf-odatida ham juda katta farqlar bor.. Arablarning deyarli hammasida bor bo'lgan bolalarga bag'rikenglik o'zbeklarda juddaayam kam uchrasa kerak.(arablarchalik bolani ko'ngliga qaraydigan birorta ham o'zbekni ko'rmaganman).. Yana Misrliklarni ilmga va amal qilishga bo'lgan intilishi hamda ixlosi uncha muncha arablarda ham topilmaydigan hislatlardan.. Aynan men muomala qilgan, o'zim tanigan arablarga qarab aytadigan bo'lsam ularning yurish turishlari ham men uchun ibrat.. Doim ulardek bo'lishga intilaman bag'ri keng, qo'li ochiq, ko'nglida hasadi g'ubori yo'q, ortiqcha gapdan o'zini saqlaydigan ilmga ishtiyoqi baland u insonlarga o'xshashlik juda ham qiyin.. Lekin besh qo'l baravar emas.. Hamma joyda yaxshi va yomon bor bo'lganidek arablarda ham yomon sifatli odamlar yetarlicha bor.. Arablar bolani ko'ngliga "keragidan ortiq" qarashgani sabab ularning farzandlari o'zbek bolalariga qaraganda erkaroq va qizlari to'yi bo'lmaguncha oshxonani ko'rmaydi :)
Men Misrda asosan faqat arablar bilan birga bo'lganim uchun bo'lsa kerak, boshqa davlatda o'zbek ayollarning orasida o'tirsam doim o'zimni "Marsdan tushgan" dek his qilaman :(


13. Savol: Sizni so'nggi marta yig'latgan (xoh quvonch, xoh qayg'u ko'z yoshi bo'lsin) forum bilan bog'liq hodisa yoki bironta mavzu?

Javob: Shayx Mahmud al-Misriyning "Albatta u Jannatdir ey singlim" degan kitoblarida
"Agar sizni Allohga ko'p ibodat qilishlikdan to'sayotgan sizning da'vatingizni qabul qilishni istamagan dugonangiz bo'lsa undan voz keching" degan gapni o'qiganimda rosa yig'lagandim...
Chunki o'sha vaqtda shu forumda tanishganim endg yaqin opalarimdan biri bilan muomalamiz qil ustida turgandi...


14. Savol: Hayotingizda hech shunaa voqea bo'lganmi, qaysiki siz ilk marotaba suhbat qurgan inson sizda juda katta ijobiy taasurot qoldirgan va hattoki sizni hayratga solgan. Agar bo'lgan bo'lsa, sizni u insonning qaysi xislatlari hayratga solgan edi?

Javob: Ha, unday voqealar bo'lib turadi.. Muslima qizlar bilan gaplashganda birinchi suhbatdan yoki juda ham yaxshi ko'rib qolaman yoki.. teskarisi.. Bir dugonamni birinchi ko'rganimdayoq uning odabi, ilmi, hayosi va hijobiga bo'lgan muhabbatiga havas qilganman.. U bilan tanishganimga uch yildan oshdi haligacha shunday doim unga o'xshashga harkat qiliaman.. Uni har bir harakatini yaxshi ko'raman..

Qayd etilgan


shoir  30 Mart 2009, 16:00:11

Ikbaljohnga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Jiddiylik deganda nimani tushunasiz? Sizning jiddiylik ko'proq erakka yarashadimi yoki ayolga?

Javob: Jiddiylik haqida boshqalar nimani tushunsa, manam o'sha narsani tushunaman.Jiddiylik hammaga yarashadi.Ishda yoki ko'chada jiddiyman.Forumlarda, YM da sal o'zimmi bo'sh qo'yaman.Forumdegi postlarimmi o'qib, bu user jiddiymasakan dimoqchi bo'ldiz-a?:)
A tak hayotta jiddiyman.


2. Savol: O'ziga ishongan insonni dahshatli tarzda aldagan kishini sizningcha qanday jazolash lozim? U kechirishga arziydimi?

Javob: Umumiy aytadigan bo'lsak, kechirish lozim.Jazoni Alloh beradi. Lekin man kechirishim qiyinroq bo’ladi, harakter shunaqa.Balki kechirarman, lekin bu 3-4 yildan keyin...


3. Savol: Tassavur qiling tashqarida yomg`ir shovullab yog`yapti, siz o`sha yomg`irda sayr qilishni yoqtirasiz yoki yomon  ko`rasizmi? yoqtirish va yoqtirmaslik sababini ham yozing!!:)

Javob: Shanba yoki Yakshanba kunlari, yonimda yaqin odamim bo'lsa, billa sayr qilishim mumkin yomg'irda.Jichca romantika deganlaridek.Keyin kayfiyatgayam qarayman.
Lekin o'zim yomg'irda sayr qilishni yoqtirmiman.Keyin boshlanadi gripp, tumov deganlaridan bunaqa sayrdan keyin.


4. Savol: Sizga taqdim etilgan eng original sovg'a nima edi? Uni kim bergan?

Javob: O'qituvchim tomonidan (U turk edi) tug'ilgan kunimga turk kostyum shimi sovg'a qilgan edi.Yomonam zo'r turardi ustimda.Keyin kotta bo'ldim va kostyum shim manga kichik bo'pqolgan.O'zbeklarda bo'ganidek, mandan keyin kostyum shim jiyanimga o'tgan


5. Savol: Hayotda hamma narsa bo'ladi. Musofirchilikda esa ko'rmagana har qanday holatlarni ko'rasiz. Musofirchilikda biron qayg'u-musibat tushganda yig'lab olganmisiz? Va bu sizni yengillatganmi?

Javob: Кандай тушунтирсам скан....
Кандайдир ишлар купайиб кетиб, 1 йил давомида уйга бора олмадим.Уйга кеч,тунги 12дан кейин кириб бордим.Уйдегилар ухлашган скан.Ховлимизда айланиб юрибман.Уйимизнинг хар бир карич ерини бриб курдим.Куйхонаю,подвалгача кириб курдим ва кузимдан ёш чикиб кетди.Бу узок согинишдан кейинги севинч ёшлари сди.Карасам,туппа-тузук хунграб йигласпман.А­с,сшитганлар,курганлар нима деб уйлайди деб услиб кетдим.
Яна йиглоки скан деб уйламелар.Бир шунака буп коган-да.Бумасам сна йигитларга хос сифатларни тилаб ёзадиганлар чикиб колади.
 Лекин узимми жичча дийдам каттикрок.


6. Savol: Forumni ko'ngilochar mavzularsiz tasavvur etish mumkinmi?
Sizningcha, ko'ngilochar mavzularning qanday chegaralari mavjud bo'lishi kerak?

Javob: Forumni ko'ngilochar mavzularsiz tasavvur qilish qiyin.Lekin chegaradan o'tilganda,har qanday foydali ko'ngilochar mavzu ham foydasizga aylanadi.Forumda ko'ngilochar bo'limi mavjudligida,men o'zimning mansabimni suistemol qilgan holda o'sha ko'ngilochar mavzularni foydasizga aylantirgan edim,albatta o'zimga o'xshagan offtopchilar bilan irgalikda.Xozir munday o'ylab qarasam,o'sha qilgan hatt-harakatlarimdan uyalib ketaman. PS: Lekin o'ziyam rosa yayrar edik

Qayd etilgan


shoir  30 Mart 2009, 16:03:27

NOZAga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Hayotingizda ziyouz.com qanday iz qoldirdi?

Javob: Bu forum avvalo manga o'z dinimini yaxshiroq tushunishimga yordam berdi va yordam berib kelmoqda.
Ko'pgina yaxshi insonlar bilan tanishdim...
Manimcha iz qoldirdi deyish notog'riroq bo'lsa kerak.
Bu forum Alhamdulillah hali faollikda, Inshaolloh har doim shunday bo'lsin.
Demak iz qoldirmoqda...


2. Savol: Cardlar, presentationlar tayyorlashda sizga kimdir sizga g'oya berib turadimi? Rasmlar, ma'lumotlar topishda qiynalmaysizmi?

Javob: G'oya o'zidan o'zi bo'lib ketaverar ekan.
Lekin agar kimdur qandaydir g'oya bersa o'zimga yoqs albatta qabul qilaman.
Lekin asosan kitoblardan ayniqsa Taqvimlardagi o'zimga yoqqan hadislardan foydalanaman.
Rasmlarga kelsak, komp.imda bor rasmlardan foydalanaman. Kerak bo'lsa internetdan ham olaman.


3. Savol: Sizningcha, jomiyatimizning hozirgi muslima qizlariga qanday fazilatlar yetishmaydi?

Javob: Avvalo 5 qo'l baravar emas.
Ayrim muslimalarda ibrat yo'q. Muslimada avvalo boshqalarga ibrat bo'lishi kerak hox uyda, hox ko'chada, hox kiyinishda.
Chunki muslimani ko'rgan odam unga havas ila qariydi.
Biron bir nojo'ya qilig'i bilan muslima boshqalarga dinni yomon ko'rsatib qo'yishi mumkin.
Ayrimlarida hayo yo'q, ayrimlarida sabr yo'q, ayrimlarida qanoat yo'q...
Lekin har bir muslimani orqasida uga mahramlar (otasi, akasi, turmush o'rtog'i) turadi.
Mahrami muslimani yo'lga sola olsa jamiyatdagi muslimlar ham muslimalar ham hammamiz uchun ibrat bo'la olardilar


4. Savol: Sizni so'nggi marta yig'latgan (xoh quvonch, xoh qayg'u ko'z yoshi bo'lsin) forum bilan bog'liq hodisa yoki bironta mavzu?

Javob: Forum bilan emas, forumdoshimiz bilan bog'liq holat desam to'g'riroq bo'ladi.
Forumdosh birodarlarimizdan 2 dugonamning hijobga kirishlari va ularga qarshi chiqqanlaridagi sabrlari.

Qayd etilgan


shoir  30 Mart 2009, 16:04:58

Salmoni Forsiyga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Yevropada birinchi o'qigan hayit namozingiz haqida gapirib bera olasizmi?

Javob: 2003 yil kuzda  birinchi hayitni Evropada nishonlagan edim.Vallohi A'lam adashmasam Turk birodarlarning Sthlm da ochgan masjidida Hayit namozini o'qigan edim.


2. Savol: Siz "G'ARIBLAR" deganda nimani tushunasiz? Va sizningcha G'arib bo'lib yashash osonmi?

Javob: G'ariblar- Bu dunyoga haqqan tashqari berilmaslik,o'zini dunyodan nafsini tiyish.G'arib bo'lib yashash oson emas.(qisqachasi)
G'ariblarga jannat bo'lsin Yo Rabbiy,
Ohir Kunda omad kulsin Yo Rabbiy.


3. Savol: Odatda yigit kishi o'z yig'isini doim yashiradi. Ko'pchilik yig'lash bu ojizlikdan nishona deyishadi. Aslida-chi? Siz yig'ingizni yaqinlaringizdan yashirasizmi?

Javob: Aslida yig'lash bu qalbning yumshoqligidan deb bilaman.Qalbi qattiqlar rahm shavqatni ham,mehr muruvvatni ham  umuman bilmaydigan kishilardir.Yig'lash yolg'iz Alloh uchun bo'lishi kerak.Buni boshqalarga ko'rsatish kerak emas.
Ko'pgina valiy zotlar ham Allohdan qo'rqib ko'z yosh to'ganlar.
Bildirmaslikka harakat qilaman lekin ba'zan buning iloji bo'lmaydi.Ro'parangizdagi inson ko'zlaringiz qizarganidan baribir bilib oladi.


4. Savol: Oilali erkak bilan, hali uylanmagan yigit o'rtasidagi uchta eng asosiy ijobiy farq nima?

Javob: Iqtisodiy tomondan mustaqil bo'lmagan yigitlarga uylanishni tavsiya etmayman.Chunki oilali inson har qanday holatda o'z oilasini har tomondan ta'minlay olishi kerak.Ishlamaydigan yigit uylanib,keyin ota-onasini qo'liga qarab o'tirishi chiroyli ko'rinmasa kerak.Hozirgi jamiyatimizdagi eng dolzarb muammolardan biri bo'lsa kerak.

Qayd etilgan


shoir  30 Mart 2009, 16:08:51

Shoxjahon12ga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Nima sababdan oldingi nickizga 12 raqamini qo'shib oldingiz? Buni sababi bormi?

Javob: Negadir 12 raqami manga juda yoqadi.  Va shu bilan birga manga omadli ham. Masalan, 2001 yil 12 (!) avgust kuni Universitetga kirganligimni bilganman. Bir yil 12 oydan iborat. Sevimli futbolchim Franchesko Toldo ham 12 raqam ostida harakat  qiladi. Onamlarning tug'ilgan kunlari 12 iyun. Rafiqamning tug'ilgan kuni 12 oktyabr. 2005 yil 12(!) sentyabr kuni Koreya Respublikasidan Vatanimga qaytib kelganman. Qo'l telefonimni oxirgi raqami ham 12. Xullas, aytaman desam 12 raqami bilan bog'liq omadli jihatlar ko'p. Shuni uchun ham 12 raqamini  yoqtiraman... :)


2. Savol: Siz forumni "veteranisiz :) ". Oldingi forum bilan hozirgi kundagi forumning farqi nimada? + va - tomonlari nimada?

Javob: Ha, rost aytdingiz, nokamtarligim uchun uzr,AbdulAziz,men, Bonu degan userka bo'lardi, Namangandan Nargiza85 degan userka bo'lardi, Noza  forumga birinchi tamal toshini qo'yganlardan edik. U paytlarda men Koreyada edim va Vatan sog'inchi meni internetdan hamyurt dos'tlarni izlashni talab etdi. Va ziyouz.com saytini topib olganman. Dastlab saytga maqolalar yozib turdim.Keyinroq forum ochildi. 
3 yil oldingi forumni + tomonlari:
+ Userlar bir-birlarni juda hurmat qilar va qo'pol so'zlardan o'zlarini tiyar edilar;(Hozirgilar ochiqdan ochiq bir-birlariga "tosh otadilar").
+ Userlar juda izlanuvchan va ijodkor edilar;
( Hozirgilar,kechirasizlaru, boshqa saytlardan manbani ko'rsatmay ko'chiradilar).
+ Xorijdagi userlar albatta o'sha mamlakat haqida "reportaj"lar yozib, rasmlar kiritib turar edilar; (Hozir "Xorijiy bo'lim xuvillab qolgan).
+ Forum tarixida ilk marta xorijlik userlar ham paydo bo'lgan edi;( Hozir manimcha xorijlik user qolmadi , hisobi).
Hozirgi forumni + tomonlari:
+ Userlar ko'pchilikni tashkil qilmoqda. Demakki, forumga qiziqish kuchaymoqda. (Avvallari, userlar barmoq bilan sanarli edi).
+Mavzular xilma-xil;
+ Baxs-munozara bor;
+ Va eng muhimi: FORUM HAMMAMIZNING BILIM MANBAYIMIZGA AYLANIB BORMOQDA!


3. Savol: Sizni hayotingizda futbol qanday o'rin tutadi?

Javob: Endi savolga kelsak, futbolga juda qiziqishim bor gap.
Futbolchi bo'lish orzuim amalga oshmay qolgan va bir kichik armon bo'lib qolgan.
Esimda o'shanda 3-sinfda o'qir edim. Maktabimiz futbol jamoasida tuman maktablari o'rtasidagi musobaqada qatnashganmiz. O'shanda jamoamiz 1-o'rinni olgan edi. Men ham hamma o'yinda qatnashganman. Shu musobaqani shahardan kelgan bir futbol murabbiyi tomosha qilgan ekan. Harakatlarim yoqib qolgan shekilli, ertasi kuni u men va ikki o'rtog'imni ko'rik mashg'ulotda qatnashishga Toshkentga taklif qildi. Ammo dadam futbolchilikning qiyin ekanligini, jarohatlar futbolchiga "hamroh" bo'lishi haqida gapirib , menga ruhsat bermaganlar. Shu-shu futbolchi bo'lish orzuim qolib ketdi. Buning uchun dadamdan aslo hafa bo'lgan emasman. Mana, ularning nasihatlari orqasidan kam bo'layotganim yo'q. Bo'sh vaqtlarimda o'rtoqlarim bilan to'p tepib turamiz. Futbol - bu millionlar o'yini. Futbol tomosha qilsam, o'zimni yengil his qilaman.Ayniqsa, kuchli jamoalar o'rtasidagi murosasiz o'yinlar odamga zavq beradi. TV orqali beriladigan birorta futbol matchini qoldirmaslikka harakat qilaman.


4. Savol: Eski forumdoshlardan kimlarni xotirlab turasiz?

Javob: Eski forumdoshlardan hozirda deyarli hech kim qolmadi (adashmasam). Lekin Nargiza85, Bonu, Dimon degan userlarni eslab turaman. Ayniqsa, Bonu forum va saytning rivoji uchun jon kuydirardilar. Hozirgilardan Muslima (Rohatoy) ning forumdagi faolliklari menga Bonuni eslatib yuboryapti. Dimon (Dilshod)  garchi forumga onda-sonda kirib tursa ham forumga o'zgacha fayz kiritib turardilar. Shunaqa userlar bor ekan forum va sayt yanada ommalashaveradi.


5. Savol: Osiyo Chempionlar ligasi va Konfederatsiya kubogi musobaqalarida qatnashayotgan jamoalarimizning imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

Javob: Oddiy bir muxlis sifatida shuni aytishim mumkinki, bu yil jamoalarimizning imkoniyatlari avvalgi mavsumlarga qaraganda ancha yuqori. Ayniqsa, guruh bosqichidan keyingi bosqichga 1-2 o'rin egalari chiqishi mumkinligi imkonyatlarimizni yanada oshiradi. "Neftchi"ni hisobga olmaganda jamoalarimiz xalqaro mavsumni yaxshi boshlashdi,deb bemalol ayta olamiz. Kechagi g'alaban keyin farg'onaliklar ham vaziyatni sal bo'lsa-da o'nglashga erishdilar. Shaxsan men "Paxtakor", "Bunyodkor", "Neftchi"larning kerakli natijaga erishishlariga ishonaman va erishishlari kerak. Chunki o'zbek klublarining natijasi OCHL va OFK Kubogining keyingi mavsumlardagi jamoalarimiz soniga ta'sir etadi. Eng muhimi, butun O'zbekiston shu klublarimizning muvaffaqiyatlarini kutishmoqda.

Qayd etilgan


shoir  30 Mart 2009, 16:12:05

Rukhiyaga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Forumda tez muddatda o'z so'zingizni ayta oldingiz. Sizningcha, Ziyouz forumining o'ziga tortadigan tomoni qaysi?

Javob: Forumda avvalo birdamlik bor,barcha forumdoshlar talabchan.Bir birini hurmat qilishadi,Undan tashqari islomdan ilm olish uchun juda ham qulay,etarli ma'lumotlar to'plangan.Bunda ham forumdoshlarning talabchanligi,ilmga chanqoqliglaridan  bo'lsa kerak.
AbdulAzizga alohida minnaddorchilik bildiraman.
Shu tamonlari albatta har bir insonni forumga etaklab kelsa kerak.


2. Savol: Siz qanday insonni kuchli inson deb bilasiz?

Javob: Rasululloh sallalohu alayhi vassallam: "G'azabi kelganida o'zini bosa olgan kishi kuchlidir" deb marhamat qilganlar. Man ham albatta shunaqa insonni kuchli dib hisobliman.
Yana Allohdan kelgan musibatga go'zal sabr qilgan va biror insondan rosa aziyat ko'rgan bo'lsada uni duoibad qilmay unga Allohdan ofiyat so'ragan insonni ham kuchli inson dib hisobliman!


3. Savol: Haqiqiy musulmon bo'lish uchun birinchi o'rinda nimalarga etibor berish kerak?

Javob: Mani fiktimcha Qur'ondagi hukmlarga va Rasululloh sallallohu alayhi vassallamning sunnatlariga amal qilib, shubhali har qanday harakatdan saqlanish kerak, Vallohu ala'm!


4. Savol: Ayol kishi uchun Iymon va Islomdan keyin eng buyuk baxt nima?

Javob: Man uchun  bu oilamning tinchligi-ahilligi. Umrimining so'nggi daqiqalarigacha turmush urtog'im bilan bir-birimizni tushunib bahli yashash.Alloh buyurgandek hayot kechirish.Va Allohning roziligi yo'lida solih-soliha farzand tarbiya qilib.Ularning rohatini ko'rish.
Ya'na yakkayu yolg'iz onajonimi sog'-salomatliklari,hayor ekanliklari eng buyuk baht.


5. Savol: Rasululloh sav:Kimki o'ziga yaxshi ko'rgan narsasini boshqa bir birodariga yaxshi ko'rmagunchi komil mo'min bo'la olmaydi", degan hadislarini siz qanday tushunasiz? Va sizningcha musulmonlar komil mo'min bo'lsih uchun bu hadisga amal qila olishyaptimi?

Javob: Bu hadisdan tushunganim shu-ki.Inson nimani o'ziga ravo ko'rsa shuni boshqalarga ham ilinish kk.Bir narsa aniqki inson hech qachon o'ziga yomonlikni ravo ko'rmaydi.Mani fikrimcha bu hadisda barcha ezgu ishlar va yaxshilikni rovo ko'rish nazarda turilmoqda.Wallohi a'lam.Yaxshilikni turlari esa juda ko'p.Hoh moddiy hoh ma'naviy bo'sin.Shu narsalarni hammasini boshqalarga ham ilinish kk.
M: O'zi to'q bula turib boshqa och qolmasliki.Boshqalarni ham o'ylashligi.Ilm olib saodatga erishni istagani kabi boshqalarga ham shuni ravo ko'rish.Umuman bu narsaga yozaman desam gapim ko'p. Qisman javob berishni ma'qul ko'rdim.
Bundan hulosa qilib aytish mumkin-ki yaxshilikni har tamonlama birga baham ko'rish.
Boshqa musulmonlarning qalblarida nima borligi Allohgagina ayon.Balki a'mal qilguvchilar ham ko'pdir.
Ammo avfsus-ki,ba'zilarni ko'rib bunga a'mal qilayotganlariga guvoh bo'lasan kishi.Faqat (har tomonlama)o'zim bulay deydigan insonlar ham kam emas.


6. Savol: Sog'inch nima? Vatan, ota-ona sog'inchi nima? Qanday sog'iniladi? Ko'proq qaysi holatni sog'inasiz?

Javob: Sog'inch ko'p hollarda vaziyatizga qarab ham farqlanar ekan.Avvallari juda ham yurtimi sog'inib,o'zimi ko'p hollarda nimadir yetishmayotgandek his qilar edim. Chunki hozir yashab turgan yerimizga hali ko'nikib ulgurmagan edim. Albatta hozir sog'inmayman,demoqchi emasman.Lekin nisbatan ko'nikdim.Alhamdulillah ota-onam, opa-singillariz,turmush o'rtogim barchalari yonimdalar.
Qaysi holatni sog'inasiz degan savolizga kelsak. O'zimizni musulmon insonlarni juda sog'inaman,ular bilan suhbat qurishni sog'inaman. Keyin o'zimizni o'zbekchada mazza qilib,bemalol suhbatlashni sog'inib ketaman.  :) Baribir o'z ma'daniyatimiz,ona tilimiz,o'z vatandoshlarimizga nima yetsin?


7. Savol: Ayni paytda Vatanning horijda topilmaydigan qaysi jihatini (masalan vatandagi biron joy, biron ovqat, masalan, sumalak, balki yana biron gul va h.) sog'inyapsiz?

Javob: Issiqqina tandir somsalarni bilan tandirda yopilgan oddiy nonlar bor-ku shularni sog'indim. Ekilgan bog'dagi qip-qizil atirgullar va rayhonlarni,shabadada tebranganda o'zidan ajoyib hushbo'y his taratib turishini rosa sog'indim. Rayhon isini rosa yaxshi ko'raman. Bu yerda esa hali ekilgan to'p-to'p rayhon ko'rmadim. Muzdekkina qilib suv sepilgan hovlidan,yerdan taraladigan ajoyib hidni  ham...
Savollariz bilan sog'inchimi kuchaytirib yuboryapsiz! :)

Qayd etilgan