Savolu-javob. ("Forumdoshdan forumdoshga savollar" arxivi)  ( 97442 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 18 B


shoir  30 Mart 2009, 16:19:59

Y_U_R_I_S_Tga berilgan savollarga javoblar

1. Savol: Bu forumdan tashqari yana boshqa forumga ham kirasizmi? Agar kirsangiz,  forum.ziyouz.comning boshqa forumlardan farqi nimada?

Javob: To'g'risini aytsam internet olami  1 yil oldin menga yaqin soha emas edi. 1 yildan internetdan doimiy foydalanib kelaman. Forumlarga kelsak birinchi bor www.iguzar.uz forumida o'z "faoliyatimni" boshlaganman. Ikkinchi Forum esa bu ziyouz.com Forumi. Ba'zida premera.uz Forumiga ham kirib turaman, lekin menga uncha yoqmaydi.
ziyouz.com Forumining boshqa forumlardan farqi haqiqatdan uning o'zbekonaligi, foydalanuvchilarning esa dunyoqarashi va bilimi ancha yuqoriligi va ayniqsa foydalanuvchi auditoriyasi nafaqat son jihatdan, balki sifat va hudud jihatdan ham kengligi ancha ma'qul tushdi. Eng muhimi ma'muriyat Forum ishlariga ma'suliyat bilan yondoshadi(administrator va moderatorlar). Men ko'p Forumlarga kiraman lekin yoqmasa boshqa qaytib kirmayman. Lekin ko'rib turibsizki ziyouz.com da "yashayapman".


2. Savol: Hayotda yutuq bilan birgalikda mag'lubiyat ham bo'ladi. Masalan, men Respublika fan olimpiadasida nohaqlik bilan mag'lubiyatga uchraganimda, dastlab uncha bilinmagan, lekin shuncha tayyorgarlik, shuncha harakat, hammasi bir-ikki pachka pul oldida "puf" bo'lganidan, xo'rligim kelgandi. Bu mening katta hayotdagi birinchi mag'lubiyatim edi. Imtihondan chiqib, (natijalar aniq) dadamni ko'rishim bilan qayerdandir yig'i kelgan. Hech to'xtata olmaganman. Alamli yig'i edi bu. Birinchi mag'lubiyatning haqsizlikning birinchi yig'isi edi... Undan keyin esa haqsizlik uchun umuman yig'i kelmadi... :) Sizda ham shunaqa holat bo'lganmi? (AbdulAziz)

Javob: Yaramni yangiladingiz.  :2  Menda ham aynan Fan Olimpiadasida shunday holat bo'lgan. 9-sinfda Ona-tili va adabiyot fani bo'yicha Viloyat bosqichi edi. Haqiqatdan o'sha vaqti eng bilimga to'lgan davrim edi.(maqtanish uchun aytganim yo'q) Insho va testni hammadan yuqori bahoga topshirganman. Ammo og'zaki savol-javobda....
Bilasizmi menga qanaqa savollar berishgan: "Kecha "Maslahat" ko'rsatuvini ko'rdim. Unda shunday gap aytildi: "Ayolni sevmaslik jinoyat, sevish jazo" Bu nima degani?"
.... Ona-tili va adabiyot fani bo'yicha bo'layotgan olimpiadada berilgan savolni qarang. O'sha vaqti 13 yosh edim. Albatta javob berishga harakat qildim. Baribir...
Keyin umuman boshqa bir bolaga kitob chiqargan ekansan deb yuqori baho qo'yishib meni balimni pasaytirishgan. O'shanda Imtihon bo'layotgan xonani o'zidan "Insofsiz ekansizlar!" deb yig'lab chiqib ketganman. (ancha ko'nglim bo'sh) Hech esimdan chiqmaydi, Viloyat Xalq ta'limi bo'limi rahbari o'rinbosari bo'lib ishlaydigan bir opa (ismi esimdan chiqibdi, ular ham hakamlar orasida bor edi) orqamdan chiqib: "O'g'lim, xafa bo'lma, men ham farzandim senday bo'lishini xoxlayman" degan edi. Buni eshitib battar yig'laganman. Quvonchdan albatta  :7
Keyinchalik bunaqa xolatlarga ko'nikib ketganman. Oxirgi marta to'yib yig'lagan vaqtim, bu o'qishga kirgan kunim. O'shanda o'qisang, izlansang o'z kuching bilan o'qishga kira olish mumkinligini ko'rib rosa xursandchilikdan yig'laganman. Yana Yuridik Institutiga!
"Zakovat: dagi mag'lubiyatlar esa yig'lashga olib kelmaydi. Sababi bu o'yin. Hayot esa o'yin emas!!!

3. Savol: Ziyouzning boshqalardan qanday afzalliklarini kashf etdingiz?

Javob: Men bunday afzalliklarni "Kashf etishim"ga hojat yo'q. Chunki bu yaqqol ko'rinib turadi. Bunday afzalliklardan biri bu forumning va umuman saytning o'z nomiga loyiqligi. Ya'ni haqiqatdan "Ziyo"  tarqatuvchi manbadir. Ushbu Forumga a'zo bo'lgan kunim hayotimdagi unutilmas kundir. Men bundan zarracha achinmayman, aksincha bir-biridan ajoyib do'stlar orttirganimdan xursandman.
Afzalliklar haqida bundan tashqari yana ko'p narsani sanasam bo'ladi. Bir qancha hayrli loyihalarning o'tkazilishi ham Forumning bir ustunligidir. Men biron narsani o'ta maqtashni yoqtirmayman. Yaxshisi saytga tashrif buyuradiganlarning o'zlari ham baho berishsin.

4. Savol: Kelajakda qaysi sohad ishlashni rejalashtiryapsiz?
- Sud
- Prokuratura
- Militsiya
- Mudofaa
- MXX
- boshqa soha

Javob: Aslida Yuridik Institutiga kirgan barcha talabaning dastlabki orzusi Prokuror bo'lish bo'ladi. Ammo borgan sari o'zining kelajagi qanday bo'lishini oydinlashtirib boradi.
Mening maqsadim Davlat organlaridan birontasida ham ishlash emas. (Xozircha albatta, yana vaqt ko'rsatadi) Institutning o'zida qolib, ilmiy ish bilan shug'ullanish niyatim bor. Balki keyinchalik ko'rarmiz, kelajagamiz qanday ko'rinish olar ekan.


5. Savol: Tasavvur qiling, institutda ishlayotgan paytingizda sizni boshqa davlat organiga ishga taklif qilishdi. Rad etishning iloji yo'q. Siz ishlay boshladingiz. Ish shu darajada ko'pki, boshqa mehnat bilan shug'ullanishga imkon yo'q. Lekin oylik kam... Nima qilardingiz?

Javob: Buni tasavvur qilish qiyin emas. Axir deyarli hamma davlat organida, ayniqsa huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ish huddi shunaqa. Ya'ni ish judayam ko'p. Ammo men baribir ishlagan bo'lardim. Axir duch kelgan ilk qiyinchilik va mashaqqatlarni bahona qilib tashlab ketaversak bu dunyoda aniq ishsiz qolib ketamizku. Chunki bu dunyoda oson ishning o'zi yo'q!

Qayd etilgan


shoir  30 Mart 2009, 16:20:59

Y_U_R_I_S_Tga berilgan savollarga javoblar

6. Savol: Kelajakda qanday mavzuda ilmiy ish qilmoqchisiz?

Javob: "Voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilikning oldini olish" mavzusida ilmiy ish qilish niyatim bor.


7. Savol: Maktabda o'qib yurgan kezlaringiz kimyo fanidan bilimingiz qanaqa edi?

Javob: Maktabda barcha fanlarni yaxshi o'qishga harakat qilganman. Kimyoni a'loga bilardim. Formulalarni qo'llagan holda masalalarni yechishni juda yoqtirardim. Xozir qanchalik bilimga egaman, buni aytolmayman.
 

8. Savol: Zakovat klubiga qanday a'zo bo'lgansiz? Kim taklif etgan?

Zakovat efirga uzatilishni boshlagandan muxlislik qilganman. Bironta sonini qoldirmasdan ko’rardim. Bilimdonlarga judayam xavas qilardim. O’zim ham orzu qilganman ishtirok etishni. Bir kuni ekran orqali boshlovchi litseylar o'rtasida musobaqa bo'lishni e'lon qilgandi. Ishtirok tishni xohlagan jamoalarni Milliy Universitetga taklif etganlar. O’shanda Toshkentga o’qishga kelgan edim. Tavakkal dedimu, kursdoshlarimdan bitta jamoa tuzib, aytilgan joyga bordim. Borsam, boshlovchining shaxsan o’zi o’tirib suhbat uyushtirayapti. Shunaqa hayajonlanganmanki"¦ Keyin suhbat qilib ko’rdilar. Undan muvaffaqiyatli o’tdim. Yillar mobaynida tayyorgarlik ko’rib, tinimsiz mehnat qilgandan so’ng, men ham klubning bilimdonig aylandim. Buning uchun Ollohga behisob shukurlar  bo’lsin.


9. Savol: Zakovatchilardan kim bilan qalin do'stona munosabatdasiz?

Javob: Zakovatda bizning jamoamiz eng qalin va inoq jamoalardan hisoblnadi. Bobur Yoqubov, Umid Valiyev, Saidkamol Abdurazzoqov, Zafar Mirzaboyev, Akmalxon Amilov. Biz aka-uklardek bo’lib ketgnmiz. Shaxsan o’zim Bobur Yoqubov bilan ancha erkin suhbatlashaman. O’zimning tug’ishgan akamdan ham yaqinroq. (Chunki hayotda tug’ishgan akam yo’q-da!)


10. Savol:  Kelajagingiz uchun rajalashtirayotgan eng katta rejangiz?

Javob: Rejalarim ko’p. Ularning katta-kichigi yo’q. Har bir rejam amalgam oshishi uchun birdek harakat qilaman. Ammo eng katta orzuyim haqida aytadigan bo’lsam, bu O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan yurist maqomini olib, akademik unvoniga ega bo’lish. Nasib qilsa, shu orzuyim yo’lida mehnat qilaman.


11. Savol: Siz hurmat qilgan 3 ta o'zbekistonlik sportchi? Nima uchun hurmat qilasiz.

Javob: 1. Mirjalol Qosimov. (No comment)
2. Odil Ahmedov (Insoniyligi yoqadi)
3. Artur Taymazov ("Yashavor, Vasiliy" degim keladi... Ishlariga omad)
4. Ruslan Chagayev (Haqiqiy Alpomish avlodi, shovvoz)
5. Rustam Qosimjonov (O'zbeklar aql-zakovatining ramzi)
Yana ko'p davom ettirsa bo'ladi, ro'yxatni....


12. Savol: Siz havas qilgan 3 ta ajnabiy sportchi. Xavasingiz sababi?

Javob: 1. Maykl Jordan (Tirik afsona atamasiga loyiq tushadi. Qanotsiz uchadi-ya! Qoyil-ey.)
2. Maykl Feleps (Jabrasiz suzadi-ya! Odam amfibiyadan farqi yo'q!)
3. Zayniddin Zidan (U o'zbek-da!)
4. Garri Kasparov (Kompyuterni yutib, inson o'i yaratgan kompyuterdan o'zi ustunligi isbotladi)
5. Maradona (Bunaqasi kamdan-kam bo'ladi.)
Bu ro'yxatni ham juda ko'p davom ettirish mumkin.

Qayd etilgan


shoir  30 Mart 2009, 16:26:55

Robiyaga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Esingizda qolgan eng ga'yritabiiy tush qaysi?

Javob: Bu tushni Umumiy bo'limda ham aytganman...
  Qarasam meni kravatimni to'rt tomonidan to'rt kishi (ular odamga o'xshamasdi,ko'proq farishtaga o'xshardi.Vallohu a'lam) ko'tarib osmonda uchib ketayotgan ekanmiz.Ulardan qayerga boryapmiz deb so'rabman.Ular esa Muhammad payg'ambarning (s.a.v.) huzurlariga deb javob berishibdi.Aytilgan manzilga yetib boribmiz.Allaqanday boshqacha joy ekan.Zinalardan tepaga chiqilarkan.Eng balandda Payg'ambarimiz Muhammad salallohu alayhi vasallam orqalarini qilib turgan ekanlar.Bilasizmi, u kishidan nur taralib turardi.Men sekin-asta zinalardan chiqib u kishining oldilariga borib salom beribman.U kishi Vaalaykum salom.Umringdan baraka top qizim,sen yaqinda hajga borasan debdilar...
 Esimda qolgani shu
 PS.: bu tushni 8-sinfdaligimda ko'rgandim


2. Savol: Sizni eng ko'p yig'latgan kitob?

Javob: Xudoyberdi To'xtaboyevning "Mungli ko'zlar" asari.O'qib juda ta'sirlanganman.Keyinchalik shunga o'xshash voqeaning hayotdagi guvohi bo'ldim


3. Savol: Futbol ko'rishga ketadigan vaqtingizni bekorga sarflangan hisoblaysizmi?(garchi futbolni bo'sh vaqtizda korsez ham)

Javob: Anchayin qiyin savol...Ha,bekorga sarflangan deb hisoblayman.Ammo,...buning oldini olish qiyin bo'lyapti.Shunday bo'lsa-da, hozirda ilgarigidek futbolga mukkasidan ketmaganman. Onda-sonda ko'raman,xolos.Inshoalloh, buni ham yo'qotishga harakat qilaman.


4. Savol: Hayit kuni siz har doim kutib turadigan vaqt qaysi? Hayit kuni aynan qaysi vaqtda judayam xursand bo'lasiz?

Javob: Bahovuddin Naqshband ziyoratgohida turib duo o'qiydigan vaqtni intizorlik bilan kutaman.  Bahovuddin Naqshband ziyoratgohini oilaviy ziyorat qilamiz.


5. Savol: Har doim abiturientlarga yordam sifatida ona tili, adabiyot, ingliz tilidan ma'lumotlar qo'yib borasiz. Bu ma'lumotlarni qayerdan olasiz?

Javob:  Ona tili va adabiyotdan manbalar o'zimda bor. Ingliz tilidan esa AbdulAziz yuborgan kitobdan foydalanyapman. Buning uchun ularga rahmat.

Qayd etilgan


shoir  30 Mart 2009, 16:31:10

Robiyaga berilgan savollarga javoblar:

6. Savol: Siz Islomdagi Salovatlarni eshitganiyizda o'zingizni qanday his qilasiz?

Javob: Salovat so'zining o'ziyoq menda boshqacha his-tuyg'ularni yuzaga chiqaradi. Ularni eshitganimda ko'z yoshlarimni to'xtata olmayman. Judayam ta'sirchanman deya olmaymanu, ammo salovatlarni eshitgan har bir kishida shunday bo'lsa kerak.


7. Savol: Kuniga ziyouz forumi uchun qancha vaqt ajratasiz?

Javob: Assalomu alaykum! Men vaqtim bo'lgan kunlar forumga kirishga harakat qilaman. Aytadigan bo'lsam, bir haftada o'rtacha 5 soat forumda "nafas olaman".


8. Savol:  Bir paytlar harbiy, huquq sohasiga qiziqishingizni va shu sohada ishlamoqchi ekanligingizni yozgandingiz. Hozir fikringiz o'zgardimi?

Javob: Haa, o'sha bir paytlar shu sohalarga qiziqish katta edi,buni tan olaman. Sekin-asta,bu fikr o'zgardi... Hayotda kishining o'zgarishida, albatta ijobiy tomonga ma'lum sabablar bo'ladi. Meni aytish mumkin bo'lsa, ijobiy tomonga o'zgarishimda FORUM.ZIYOUZ.COM SAYTI va uning ajoyib user va userkalarining hissasi juda yuqori. Menga ISLOMni tanitgan Alloh bunda ushbu forumni vosita qildi... Bundan judayam xursandman. Xudo xohlasa bundan keyin faqatgina Alloh amrlari va SUNNATga rioya qilgan holda yashamoqchiman.


9. Savol:  Tasavvur qiling. Turmushga chiqdingiz. Avvaliga rozi bo'layotgan turmush o'rtog'ingiz sizning ishlashingizga qarshi bo'lyapti. Agar ishlamasangiz, shuncha yil olgan bilimlaringiz, mehnatinmgiz... Qanday yo'l tutardingiz?

Ishlamasdim, ayol kishining vazifasi nima bo'lsa shuni qilardim. O'qigan yillarim,...lar ga qaramasdan :)


10. Savol:  Tasavvur qiling. Siz turmushga chiqyapsiz. Ikkita variant bor:
1. Ilmi yuksak, qori, ham fiqh, kalom ilmlari bilimdoni bo'lgan bir arab yigitidan sovchi keldi.
2. Diniy ilmi deyarli yo'q, lekin iymonli bir o'zbek yigitidan sovchi keldi.
Ota-onangiz ixtiyorni sizga berdilar. Ikkisidan birini tanla, dedilar.
Siz qaysi birini tanlardingiz?

Ikkinchisini... Islomni bilmasa-da,iymoni borku, bu holda eng muhimi shu... Keyin hidoyatga sababchi bo'lish ham hammaga nasib etavermaydi. Yelkama-yelka turib, ISLOMni o'rgatib (erkaklarga bu gap yoqmasada, to'g'ri ma'noda, unaqa haq-huquq o'rgatishmas :)),ham o'rganib,...bu menimcha tayyoridan savobliroq, Vallohu a'lam!
Alloh hammamizga iymonli,insofli,taqvoli juftlarni uchrashtirsin!

Qayd etilgan


shoir  30 Mart 2009, 16:31:27

Robiyaga berilgan savollarga javoblar:

11. Savol:  Shijoat haqida fikringiz? U hozir bizda bormi, yetarlimi?

Shijoat... O'zim tushunganimcha javob beraman: Bir narsa qilishga,biror narsaga erishishga jahd bilan kirishmoq.Qanaqa tushunishga bog'liq,qaysi sohadaligiga bog'liq. Masalan,ilm olishga shijoat, do'st orttirishga, yaxshilik qilishga,... va hokazolar. Albatta shijoat ma'lum darajada yetarli,ortib ham ketyapti (Salbiy ma'nodagisiga qarab): boylik orttirishga, ...
Kerakli sohalarda esa albatta,albatta yetyaptimas, kam,nuqsonlarimiz bor...
Nuqtai nazarim xato bo'lishi ham mumkin, men shunaqa tushunaman shijoatni :)


12. Savol:  Tasavvur qiling oilali bo'ldingiz. Turmush o'rtog'inchi ikkinchi xotinga ham uylanmoqchi bo'lyapti. Norozi bo'lmaysizmi?

Bu savol biroz g'alati tuyuldi menga,bilmadim. Men qarshi bo'lardim.


13. Savol:  Sizni so'nggi marta yig'latgan (xoh quvonch, xoh qayg'u ko'z yoshi bo'lsin) forum bilan bog'liq hodisa yoki bironta mavzu?

O'tgan yil 19 aprelda Toshkentda Muslimalar uchrashuviga borishimni bilgan kunimdan boshlab har kun o'ylab biroz yig'lab olardim, xursandligimdan. Uchrashganimizda ham ich-ichimdan xursand bo'lib yig'lagandim, xayrlashayotganda ham...


14. Savol:  Forumda Siz eng xursand bo'lgan kun?

19 aprel ... bu kunni har safar xursand bo'lgan kuniz,yoki forum bilan bog'liq eng esda qolarli voqea deyilganda beraveraman,eslayveraman :) Muslima opajonlarim bilan tanishgan,diydorlashgan kunim eng quvonchli kunim!


15. Savol:  Bolalikda Siz eng xursand bo'lgan kun?

Bolalikda eng xursand bo'lgan kunim ... xotiralarga qaytarkanmizda :) Ko'p bo'lgan bunaqa kunlar, ammo eng xursand qilgan kun - bobom bilan Bahovuddin borgan kunim edi, o'shanda 4-5 sinf o'qirdim. Ziyoratga borgan edik, menga kitob obergandilar, hozir nomi esimda qolmagan,ammo juda xursand bo'lganman.

16. Savol:  Siz maza qilib tomosha qilgan 3 ta o'zbek filmi. Nima uchun shu filmlarni tanladingiz?

1. "Tanka" - Qoraqalpog'iston ijodkorlari ishlagan film, baribir o'zbekona :) Menga filmning sodda tili orqali bizning bugungi kun muammolarining ochib berilganligi uchun juda yoqqan
2. "O'tov" - Sababi http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=274.msg145550#msg145550
3. "Superkelinchak" - faqat "Xo'p bo'ladi, oyijon" degan gapi uchun :)

Qayd etilgan


shoir  30 Mart 2009, 17:26:36

Abdullohga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Sizningcha biz iqtisodiy krizisdan qachon chiqib keta olamiz?

Javob: Assalomu alaykum. Kamina bu narsaga javob berishga juda ojizlik qiladi, (butun dunyo iqtisodchilari ham bu narsa ustida bosh qotirishmoqda-ku, mendek bir ilmsiz qaydan bilsin :)). Ammo har safar NET klubga kirganimda deyarli ko'p marta Moliyaviy krizis haqida yangilik bo'lsa o'qiyman. Olimlarning fikricha, krizis 2012-yilgacha davom etishi mumkin ekan. Bu albatta hamma davlat shu yilda krizisdan chiqadi degani emas, kimdir 2010-yilga kelib ham qutilishi mukin, yana qaysidir davlatda esa bu narsa 2020-yilgacha ham davom etishi mumkin, yana Allohning o'zi bilguvchiroq. Hozircha, O'zbekistonlik iqtisodchilarning fikricha krizis bizga ta'sir qilmagan emish, ammo men o'ylaymanki, shuncha paytgacha ta'sir qilmagan bo'lsa endi ta'sir qiladi. Masalan, birinchi navbatda chet el investitsiyalar keskin kamayib ketish ehtimoli bor, bundan tashqari O'zbekistonning Eksport miqdri ham kamayishi ehtimoldan holi emas. Qolaversa, mehnat muhojirlarining departatsiya qilinishi ham mamlakatda ishsizlikning o'zishiga sabab bo'lishi mumkin. Ko'rganingizdek bu narsalar bari zanjir kabi bir-biriga bog'langan. Bizdan talab qilinadigan narsa esa har qanday narsaga tayyor turish (bularning barchasi Allohdan ekanligiga ishonish) hamda Allohga duolar qilib, o'zimizning faoliyatimizda esa halollikni asos qilib olishimiz muhim deb o'ylayman.


2. Savol: Namozni ilk boshlagan paytingiz va undagi eng go'zal va qiziqarli voqealarni eslay olasizmi?

Javob: Assalomu alaykum. Ilk namozni boshlashimga dadamlar sababchi bo'lganlar. U paytlar juda yosh edim. Mendan 3 yosh katta akam bir qorining uyida tahsil olardi. Negaligini bilmadimu, meni yuborishmagan. Ramazon oyi kirganda dadam menga taroveh namozida o'qiladigan "Subhana zil val malakut...." deb boshlanuvchi duoni o'rgatdi. Namozni to'liq bilmasamda, u kishi bilan masjidga chiqardik. Namoz harakatlarini qilardim va bilgan narsalarimni o'qir edim. Yuqoridagi duoni yodlab olganimdan so'ng dadam menga ertaga shuni jamoatda o'qib berasan dedilar. Men quvonib ketdim. Astoydil tayyorlandim. Nihoyat ertasi kuni kechqurun tarovih namoziga chiqdik. O'sha duo o'qiladigan paytda men ovozimni baland qo'yib duoni o'qiy boshladim, qalbimda o'zgacha bir rohat bor edi. Keyin o'ylab qarasam bunday rohatni boshqa topa olmasam kerak. Nihoyat namoz ham tugadi. keyin bilsam, men duoni o'qishni boshlashimdan avval imom boshqa kishiga o'qishni imlagan ekan.  Menga bu haqda aytishganida ozgina qizarib ham ketdim. Ammo ular meni oz-moz maqtashdi ham. Lekin orada uzoqlashish payti ham bo'ldi yaqin 7-8 yil namozni umuman o'qimadim. Va nihoyat 7-sinfda o'qib yurganimda Gimnaziyamizning yotoqxonasida 3-4 kishi namoz o'qiy boshladik, 1 oy o'tar o'tmas, direktorimiz bilib qolib, buni ham ta'qiqlab qo'ydi.... Lekin men har hafta uyga kelganda namoz o'qishni davom ettirdim. Maktabni bitirgandan so'ng Allohga shukr namozlarni o'qib kelmoqdaman.


3. Savol: Siz yoki birodaringiz guvoh bo'lgan, bilmaslik yuzasidan yuz bergan kulgili hodisa yuz berganmi?

Javob: Bu voqeani bir amaki aytib bergan edi. (Dinga aloqasi yo'q)
"Bir kuni ikki o'rtoq kichikroq kafeda o'tirgan ekan, biri qo'lida pichoq bilan olmani postlog'idan ajratayotgan ekan. Uning bir xislati, u rus tilini umuman bilmas ekan. Bir payt ularning yoniga ikki rus qiz kelib o'tiribdi. Keyin haligi akamiz sherigidan "Men sizni yaxshi ko'rib qoldim" ruschada qanday bo'ladi deb so'rabdi. U kishi "Ya lyublyu tebya" bo'ladi deb javob beribdi. Ammo olma tozalayotgan birodarimiz uni "Ya ubyu tebya" deb tushunibdi va uni qilzardan biriga aytibdi. Qo'lda pichoq. Qiz qo'rqqanidan dugonasi bilan qochishga tushibdi. Haligi kishi esa orqasidan quvib, hadeb "Ya ubyu tebya" deb baqirarmish"...

Qayd etilgan


shoir  30 Mart 2009, 17:42:14

Zamiraxonga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Forumda siz eng hurmat qiladigan erkak va ayol yuserlar kimlar? Nima uchun ularni hurmat qilasiz.

Javob: Forumimiz oshpazi - Chustiy
Forumimiz yuristi, bilimdoni - Y_U_R_I_S_T
Forumimizda yangiliklardan bizni xabardor qiladigan akamiz - Musannif Adham
Forumimiz "otaxoni" - Abdulaziz aka
Forumimiz shoiri - Shoir
...va boshqa qolgan userlarimizni xurmat qilaman
Qiz bolalardan esa hamma mo'mina , muslima opa-singillarimni, ayniqsa Munira Xonim, Muslima, Muslimaa, Dilsora, lolo, Noza, mutaallimah, Guli, siddiqa, Munisa88 - sizlarni Olloh yo'lida yaxshi ko'raman. Olloh hammangizdan rozi bo'lsin.


2. Savol: Forumda o'zingiz hayotda ko'rmagan 3 ta userni kimga o'xshatasiz, yoki qanday tasavvur qilasiz (forumda yozgan postlaridan xulosa qiling).

Javob: Abdulaziz akani O'zb kanalidagi "Tutash taqdirlar" serialidagi Begzod ismli bir yigitga o'xshataman :)
Musannif Adhamni boshqa temalarga postlar yozmasliklaridan (Olloh bilguvchiroqdir) judayam vaqtlarini qizg'anadigan, ishlari reja asosida tuzilgan user deb tasavvur qilaman.
Zubair ni samimiy, kamtar, raxmatlar borasida qo'li ochiq  :D , vatanini sog'ingan deb o'ylayman, bilmadim nimaga... Rostdan ham chet eldamilar? :)


3. Savol: Oxirgi marta kimgadir qilgan sovg'angiz?

Javob: Kompyuter mishkasi :)

Qayd etilgan


shoir  30 Mart 2009, 17:43:12

Muhseenaga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Forumdan qanday yo'qotgan narsangizni topdingiz?

Javob: Bu savol ayni manga tegishli savol ekan.Haqiqattan ham har bir inson bir ish qilayotganda bir nimani maqsad qiladi.Niyatsiz hech bir ish bo'lmaydi.Man yo'qotgan narsa bu yaxshi,islomiy muhit edi.Shunday muhitni hozir topdim desam yanglishmayman.Alloh taolo niyatimga yarashasini ortig'i bilan bermoqda,hozir ko'p muslimalar bilan tanishdim.Alloh ulardan rozi bo'lsin. Ular bilan birodarligimiz abadiy bo'lsin.Bundan tashqari mani ijobiy tomonga o'zgarishimga hissa qo'shayotgan,yaxshiliklarini ayamayotgan birodarlarimizdan Alloh rozi bo'lsin.


2. Savol: Forumdagi qaysi user (erkak va ayol userlar)ning qaysi fazilati sizga ma'qul keldi. Nima uchun?

Javob: Userkaladan Munira opa,Muslimaa, Zamiraxon,Imlaah opa,Nozalarni yaxshi ko'rib qoldim.Bundan tashqari G_u_l_i va Siddiqa eng yaqin birodarlarimdan bo'lishadi.Ularning qalblari musaffo,iymonda mustahkamlar deb yaxshi gumon qilaman,Ular bilan uchrashtirgani uchun Allohga shukronalar aytaman.Userlardanmi?...Adminimiz juda qalbi sof deb gumon qilaman,hamma narsani to'g'ri tushunadilar,yomon gumonni bilmaydilar,yordamlarini hech kimdan ayamaydilar,yaxshi jurnalistlar.Zubair juda zehni o'tkir bola.Qolganlar ham yaxshi. :)


3. Savol: G_u_l_i, siddiqa va Muhseena, Sizlar do'st ekansizlar. Hech bir-biringizdan arazlab qolgan paytlaringiz bo'lganmi? Kim birinchi bo'lib uzr so'ragan?

Javob: Birodarlarimdan hali hecham hafa bo'lmaganman,inshaalloh bo'lmaylik ham.Negaki bir-birimizni tushunamiz,uzr so'rashgacha boradigan darajada gap-so'zlar bo'lmagan.Lekin bir-birimizni hatolarimizni ko'rsak tuzatishga harakat qilamiz,fikrimizni bildiramiz,ammo hafa qiladigan darajada emas.Bir-birimizni to'g'ri tushunganimiz,qo'llab quvvatlayotganimiz uchun ham do'stligimiz mustahkam deb o'ylayman.


4. Savol: Hozirgi kunda haqiqatni dalil yozayotgan qaysi jurnalistlarni bilasiz?

Javob: Haqiqatni yoritadigan jurnalist deb Hayrulla Hamidovni tan olaman.Qolgan kursdoshlarim ham shunday fikrda,ularda shijoat juda kuchli,ular aytgan so'zlarni hech bir jurnalist aytolmaydi.Lekin AbdulAziz aka( Davron Tojialiyev)ning ijodlari bilan forumda tanishib boryapman,juda yaxshi jurnalist ekanliklariga guvoh bo'ldim.To'risini etsam qolganlar haqida bir narsa deyolmayman.Yaxshi jurnalistlar ko'pdir,lekin jamiyatimizni g'aflatdan uyg'onishiga hissa qo'shayotgan jurnalistlarni o'zlari ham uxlab yotibdilar-deya hisoblayman.Bilmadimu jurnalistikamizdagi ahvolni o'ylasam yuragim yomon siqilib ketadi.


5. Savol: Siz oxirgi marta forumdagi qaysi kimning qaysi post yoki mavzusidan ta'sirlandingiz?

Javob: Oxirgi marta desam hato bo'lar.Munira opa qoldirgan har bir postdan ta'sirlanaman.O'qishdan oldin opam nimalarni yozibdilar bugun deb qiziqaman.


6. Savol: Siz eng xursand bo'lgan kun?
1. Forumda Siz eng xursand bo'lgan kun?
2. Bolalikda Siz eng xursand bo'lgan kun?
3. So'nggi 3 yilda Siz eng xursand bo'lgan kun?
O'sha kuni sizni nima xursand qilgan edi?

Javob: Forumga a'zo bo'lganimda post qilgim kelmasdi.Eng birinchi postim islomiy she'r edi.Shu kuni hursand bo'lganman,bolalikdagi hursand kunimmi...buvim bilan o'tkazgan barcha damlar.Buvim choyga non botirib yerdilar,manam ularga qarab shunday qilardim :),hozir katta bo'lib qolganimga hammani oldida unday qilmayman,lekin bir o'zim qolsam nonni choyga botirib yiman. :D.
So'nggi uch yilda ko'p narsalar bo'lib ketdi hayotimda.Eng hursand bo'lgan kunim onam ro'mol sovg'a qilgan kunlari edi.


7. Savol: 1. Siz sevgan O'zbekistondagi 3 ta shahar? Nima uchun siz bu shahrlarga mehr qo'ygnasiz?
2. Siz sevgan jahondagi 3 ta shahar (Makka, Madina, Quddusdan tashqari)? Nima uchun bu shahrlarni yoqtirasiz?

Javob: Yoqtirgan shaharlarim Toshkent,Samarqand,Buxoro.
Toshkent o'zim tug'ilib o'sgan shahar bo'lganligi cuhun-sevmay ilojim ham yo'q.
Samarqand va Buxoroni esa Hazrati Imom-Buxoriy tug'ilib vafot etgan shaharlar boi'lgani uchun yaxshi ko'raman.Ummat uchun bemisl yordam qilib ketdilar.Alloh u kishidan rozi bo'lsin.
Jahonda yoqtirgan shahrim bu-London.Chunki u yerda o'qishni orzu qilganman.
Bu yil Qohiraga o'qish uchun ketmoqchi edim.Bu niyatimdan qaytdim.Bir o'zim bormasligim kerekligini tushuntirib qo'yishdi :).
Uchinchisi hali undayi yo'q,endi bo'lmasa ham kerak.Aslida tepada "bulardan tashqari" debsiz.Aslida baribir o'shalarni yaxshi ko'raman :)

Qayd etilgan


shoir  30 Mart 2009, 17:44:38

Siddiqaga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Forumdan eng xursand bo'lgan kuningiz qachon edi? Unda qanday xayrli voqea yuz bergan edi?

Javob: Bilmasdan forumga kirib qolgan kunim  :D :D :D :D :D a'zo bo'lmasdan oldin "Sizni sog'inaman ,yo ,Rasululloh " maqolasini o'qib qolganman ,keyin a'zo bo'lganman ,oldin tanigan birodarim G_u_l_I ni ham userlar orasida ko'rganimda hursand bo'luvdim .


2. Savol: ZiyoUz forum,ida va saytida siz sevib o'qwigan 3 ta maqola nomini keltiring.

Javob: Forumdagi deyarli barcha maqolalardan hikmat topish mumkin ,ko'plaridan tasirlanganman ,
Mustahkam Qoyalar - bu voqeani avvalllari o'qigandim ,ziyouzda huddi boshqa insonga aylanib o'qigandekman ,tasir qilgan .
 la tahzan (O'kinma kitobidan parchalar .
Antiqa Mushk buni davom ettirish mumkin,forumdagi maqolalardan hali ko'phikmat topaman inshaALLOH


3. Savol: Siz forumda bo'lishini orzui qilayotgan kitob qaysi?

Javob: Hozir shayh MSMY kitoblarini sekinlik bn o'qiyammiz ,shu kitobni 19 juzi "Olamlarga rahmat Payg'ambar" bo'lishini hohlardim ,chunki bozorda judayam qimmat bo'lib ketibdi  :(


4. Savol: G_u_l_i, siddiqa va Muhseena, Sizlar do'st ekansizlar. Hech bir-biringizdan arazlab qolgan paytlaringiz bo'lganmi? Kim birinchi bo'lib uzr so'ragan?

Javob: Birga katta bo'lmaganmiz ,deyarli urushishga yoki bir birimizni hafaqilishga ulgurmaganmiz :D Guli & Muhseena bn tayorrlov kursida tanishib qolganman ,biz birodarlikka ahdlashganmiz va o'ylaymanki birodarlar bir birlaridan hafa bo'lmaydi .hammamiz har hiljoyda o'qisakda ,muborak kunlarda teztez diydorlashamiz .


5. Savol: Siz oxirgi marta forumdagi qaysi kimning qaysi post yoki mavzusidan ta'sirlandingiz?

Javob: Hozirgina sizning savolingizga berilgan javoblardan ,Namozni ilk boshlaganingizda qanday esda qolarli voqealar bo'lgan (bu savol javoblari insonni uzoqlarga olib ketdi


6. Savol: Siz eng xursand bo'lgan kun?
1. Forumda Siz eng xursand bo'lgan kun?
2. Bolalikda Siz eng xursand bo'lgan kun?
3. So'nggi 3 yilda Siz eng xursand bo'lgan kun?
O'sha kuni sizni nima xursand qilgan edi?

Javob: 1.To'g'risi forumga ilk kirganimda menga hech narsa tasir qilmay qo'ygandi ,eng hursand bo'lgan kunim esa bir ikkita maqolalarni o'qib ko'zlarim yoshlangandi ,huddi yana qaytayotgan insonga o'hshardim .
2.bolaligim buvam bn o'tgan kunlar ,akam ,va qo'shni bolalar bn o'tgan kunlar bn go'zl edi .darahtimiz ko'p edi ,Buvam qaysi mevdan oberay qizim derdilar ,men eng balandidagini aytardim ,buvam oberardilar ,har kuni peshin namozidan qaytishlarini kutib sumkamni ko'tartirib ketardim ,o'zlari beraqolin kichkinam dirdilar .
3so'ngi uch yil .....litsey davrimni ko'prorq sog'inaman .ayni yoz issiq 2-3 yil oldin men stamatologiyadan qaytayotgan edim u ham Yunusobodning bir chekkasida ,litseydan charchab chiqqanman ,avtobusdan tushgach qoq cho'lga o'hshiydigan yo'l bor na birdaraht na bir o'simlik .quyosh dahshat shunda hech kim yo'q illo Alloh .baland ovozda salovat ayta boshladim.shunda bilasizmi nila bo'ldi ,hechham ko'rmagan 4 yoki 5 juda katta kabutarlar boshim uzra aylanishardi ,hech bir issiqlikni his qilmasdim ,yig'lay boshlagandim ,shu darajada hursandedimki astanovkagacha ular men bn kelishgandi .eng hursand kunlarimdan biri ........bu kunlarni sog'inaman .o'sha kunlardagi holatimga qaytgim keladi .


7. Savol: 1. Siz sevgan O'zbekistondagi 3 ta shahar? Nima uchun siz bu shahrlarga mehr qo'ygnasiz?
2. Siz sevgan jahondagi 3 ta shahar (Makka, Madina, Quddusdan tashqari)? Nima uchun bu shahrlarni yoqtirasiz?

Javob: Samarqand ,birodarlarim bn ziyoratga borganmiz,ancha qalblarimiz sokinlik  topgan .
Sirdaryotug'ulib o'sgan maskanim ,daryosi bor keyin balig'lariyam ko''pcha
Toshkentnima uchun yahshi ko'rishimni bilmayman

Afina olimpiada o'yinlarini o'sha shahar stadionlarida ko'rgim kegan ,bir vaqtlar .
ParijEfil minorasi ,sayohat uchun borib kelardim. :D
Kualampur Malasiya ,agar kapalaklar bog'i or minglab kapalaklar saqlanadigan bog' shu shaharda bo'lsa uchib borardimu  :D keyin tabiat go'zlliklarini maqtashgandi.

Qayd etilgan


shoir  30 Mart 2009, 17:45:37

G_u_l_iga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Forumda siz eng hurmat qiladigan erkak va ayol yuserlar kimlar? Nima uchun ularni hurmat qilasiz.

Javob: Bu forumdagi hamma-hamma user va userkalani hurmat qilaman.
Ayniqsa oldindan yahshi taniydigan:
Muhseena va Siddiqani, sababi ular b-n do`stlashib yahshi tomonga o`zgarganman, keyin doim bir ish qilsak maslahatlashib olamiz.
Munira xonim-bu userka opajonimga hurmatim o`zgacha, uladan ko`p narsalarni o`rganmoqchiman.
Zamiraxon- bu userka b-n ushrashganimzda shunga amin bo`ldim: juda ochiqko`ngil qiz.
Muslima bo`limidagi hamma opajon-u singlillarimni juda yahshi ko`raman: Noza, Muslima, Muslimaa, Rukhiya, Dilsora, Lolo. Agar ro`yhatni davom ettirsam, tugamasa kerakov.
AbdulAziz aka-uladan minnatdorman, forum u-n tinmay hizmat qiladilar.
Zubair-bilmadim nimaga lekin ukamday yahshi ko`raman.
Chustiy- to`g`risini aytsam, pazandalik bo`limidagi postlarini ko`rib, rasa uyalganman. :3 Qiz bola bo`p turib, shunaqa chiroyli taomlar pishira olmasligimdan.
Ro`yhatni uzoq davom ettirishim mumkin edi, ammo ko`p yozib hammani joniga tegmay.


2. Savol: G_u_l_i, siddiqa va Muhseena, Sizlar do'st ekansizlar. Hech bir-biringizdan arazlab qolgan paytlaringiz bo'lganmi? Kim birinchi bo'lib uzr so'ragan?

Javob: Siddiqa aytganidek, hali vaqt bo`lmagan arazlashishga inshaalloh bo`lmasinam. Aslini olganda hozir o`tirib eslolmadim, arazlashgan kunlarimizni!


3. Savol: Siz oxirgi marta forumdagi qaysi kimning qaysi post yoki mavzusidan ta'sirlandingiz?

Javob: Aslida, hamma postlarni katta qiziqish b-n o`qib chiqaman.Ammo eng so`nggisiga kelsak, Sizni sog`inaman, yo Rasulalloh bo`limidagi postlardan juda ta`sirlandim, va Muhammad Yusufning she`rlarni  onam b-n birga o`qidik!
Foydali post qilayotgan har bir forumdoshimizdan Alloh rozi bo`lsin!


4. Savol: Siz eng xursand bo'lgan kun?
1. Forumda Siz eng xursand bo'lgan kun?
2. Bolalikda Siz eng xursand bo'lgan kun?
3. So'nggi 3 yilda Siz eng xursand bo'lgan kun?
O'sha kuni sizni nima xursand qilgan edi?

Javob: 1.Forumda eng hursand bo`lgan kunim, Siddiqani yaqin dugonalarimdan ekanini bilib qolganim, shunaqa hursand bo`lgandimki, ammo aksiga olib, quvonchli voqeadan so`ng Siddiqa forumga kirmadi(biroz muddatga) :(, keyin Siddiqani hamma postlarini o`qib chiqishni boshlagandim o`shanda.
2.Bolaligimda hursand bo`lgan kunlarim juda ko`p bo`lgan, ayniqsa parkka, sirkka boradigan kunlarimizda, uydagilar  ko`p barbi qo`g`irchoqlar sovg`a qilgan kunlarda juda hursand bo`lardim.
3.Ohirgi 3 yil ichida ko`p voqealar bo`lib o`tdi, ko`pi mening foydamga, shularning ichida juda hursand bo`lgan kunim, yenglari uzun chiroyli ko`ylak kiygan kunim bo`lgan(ayni jazirama yozda), muslimalikka tashlangan ilk qadamlar edi, o`sha damlar.......................
Siddiqa, Muhseena va bir qancha dugonalarimiz b-n birga oliy o`quv yurtiga kirish imtihonlariga tayyorlanayotgan damlarmizni qattiq sog`inaman...........
Har juma` Siddiqa va Muhseenani kelishlarini o`qishda kutiiiib o`tirardim.


5. Savol: 1. Siz sevgan O'zbekistondagi 3 ta shahar? Nima uchun siz bu shahrlarga mehr qo'ygnasiz?
2. Siz sevgan jahondagi 3 ta shahar (Makka, Madina, Quddusdan tashqari)? Nima uchun bu shahrlarni yoqtirasiz?

Javob: 1. Samarqandni yahshi ko`raman, chunki o`sha yerda tug`ilganman, garchi juda kam borgan bo`lsam ham.
Albatta, Toshkent, manimcha izohga hojat yo`q.
Buxoro, bu yerga ziyoratga borganimizda judayam yoqib qolgan bu shahar.
2. Bu savolingizga halicha javob berolmasam k-k, chunki ko`rmagan, bormagan shaharlarni yoqtirolmasam k-k ;)

Qayd etilgan