Savolu-javob. ("Forumdoshdan forumdoshga savollar" arxivi)  ( 99069 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 18 B


shoir  30 Mart 2009, 17:46:11

Imlaahga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Sizning hayot yo'lingini belgilab bergan 3 ta hadis?

Javob: Hayotda sahih hadislarni eshitsam va o'qisam unga ko'ra o'z amallarimni taftish qilishga urinib ko'raman.Ko'proq o'ylaydiganim quyidagi hadisi shariflar.
1. А асулуллох саллаллоху алайхи ва саллам дедилар: «Сизлар сзингиздан аввал стганларнинг йслларига изма-из сргашасизлар, хаттоки улар зоб (калтакесаксимон ундан каттарок судралувчи)нинг уссига кирсалар сизлар хам кирасизлар" А­й расулуллох "схуд насороларми?" дедилар. "Ким бслмаса?" дедилар. (Муттафакун алайхи).
Bu hadisi sharifga ko'ra nafsimni ko'proq kuzatib taftish qilaman.
2. «Илмни срганиб, сргатган ва Куръонни скиган, сснгра сса(бу амалларни) Аллохнинг хузурига олиб келган кишига Аллохнинг неъматлари танитилади. У неъматларни танийди. (Аллох таъоло): ″Аима амаллар килдинг?″ - деб ссрайди. У: ″сргандим, сргатдим ва сен учун Куръон скидим″ - дейди. (Аллох таъоло): «Алгон гапирдинг, сен: ″Мени олим десинлар″ учун илм сргандинг, ″Кори десинлар″ учун Куръон скидинг. Холбуки, шундай дейилди хам» - дейди. Уни юзи билан  жаханнамга отилади...»(Имом Муслим ривостлари).
  Bu hadisi sharif bilganlarimdan qo'rquv hissini uyg'otadi.
3. Уммул-муъминийн Оиша   разисллоху анходан А осулуллох саллаллоху алайхи ва саллам  дедилар: "Каъбага бир тоифа аскар хужум килгани отланади ,сснг бир ердаги сахрога етишганларида уларнинг аввалидан охиригача ер ютади! " "А­й  А осулуллох кандай килиб уларнинг аввалидан охиригача ер ютади ораларида ундай нистда бслмаган ва хамда оддий (соддадил) кишилар бслсачи?" -дедим .А асулуллох дедилар:"Уларнинг аввалидан охиригача ер ютади сснг(киёмат кунида) нистларига караб  кайта тириладилар." (имом Бухорий ва Муслим  ривостлари, бу лафз Бухорийники.)
Bu hadisi sharif har ishda niyatni chiroyli qilib tavakkulga ergashishlikka undaydi meni.


2. Savol: Siz doim o'qib yuradigan 3 ta duo?

Javob: Har doim yodda saqlaydiganim quyidagi duolar:
1 Bismillahir Rohmanir Rohiym Bu duoni har ishimda ta'kidlashga harakat qilaman.
2. «Parvardigoro, O’zing rahmat-mehribonlik va ilm jihatidan barcha narsadan kengdirsan. Bas tavba-tazarru’ qilgan va Sening yo‘lingga ergashgan kishilarni O’zing mag‘firat qilgin va ularni do‘zax azobidan saqlagin. Parvardigoro, ularni ham, ularning ota-bobolari, jufti halollari va zurriyotlari orasidagi solih-mo‘min bo‘lgan kishilarni ham O’zing ularga va’da qilgan mangu jannatlarga dohil qilgin. Albatta Sening O’zinggina qudrat va hikmat sohibidirsan.
 O’zing ularni barcha yomonliklardan asragin. Kimni o‘sha Kundagi (qiyomatdagi) yomonliklardan asrasang, bas haqiqatan unga rahm-shafqat qilibsan. Mana shu buyuk baxtdir» Bu duoni juda yahshi ko'raman .Deyarli har namozimda bu duoni so'rayman Robbimdan.
3 Bizlarni, g‘azabga duchor bo‘lmagan va haq yo‘ldan toymagan zotlarga in’om qilgan yo‘ling bo‘lmish — To‘g‘ri yo‘lga yo‘llagaysan.   Bu duo ham hayot yo'limni yoritguvchi bir nur.

Qayd etilgan


shoir  30 Mart 2009, 17:46:41

Alchemistga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Dunyoning nechata va qaysi davlatlarida bo'lgansiz?

Javob: Uzoq vaqt qolgan davlatlarim:
AQSH, BAA, Turkiya va Malaysia
Qisqa vaqt tashrif buyurgan davlatlarim:
Rossiya,Armaniston,Ozorbayjon, Angliya va Germaniya


2. Savol: Mana shu davlatlardagi sizga yoqqan va yoqmagan jihatlar nima bo'ldi?

Javob: Qaysidir mamlakatga yoki millatga baho berishda inson uz fikrlashidan, dunyoqarashi va usha mamlakatga bulgan shaxsiy munosabatidan kelib chiqib munosabat bildiradi.
Shunday ekan savolizga qisqaroq qilib javob berishga iloji boricha harakat qilaman:
AQSHda insonlarning qattiq mehnat qilishlari va Musulmonlarga toqatli ekanliklari maqul keldi. Musulmon ekan deb ajratib quyishganini yoki galati qarashganiga guvoh bulmadim.
Yoqmagan tarafi esa hozirgi kunda ota-ona va farzand urtasidagi uzaro munosabatlarni yomonlashib ketgani. Hozirgi kunda kupchilik yoshlar ota-ona hurmatini joyiga quyishmas ekan (Balki man shunaqa holatga kuproq guvoh bulganim uchun shunaqa tuyulgandir)
BAAda esa savdo sotiqni tugri yulga quyganliklari va mamlakatning iqtisodiga katta etibori maqul keldi.
BAAdagi Arablarning bazi muammolarga befarq bulib qolayotganliklari yani fohishalik, qullikni bila turib indamay turishlari va turizm deb Evropaliklarning ahloqsizlik tula madaniyatini indamay tomosha qilib turishlari esa maqul kelmagan tarafi buldi.
Turkiyada esa insonlarning uz tarihi bilan, millati bilan faxrlanishlari maqul keldi, bazi odamlaring salgina aldamchilik va ayyorliklari esa maqul kelmadi.
Malaysiada maqul kelmagan narsalar deyarli bulmagan (balki uchramandir omadim kelib) Odamlari judayam mehmondust, insofli, dinga etibor katta, har bir insonni hurmat bilan qabul qilishadi va begaraz yordam berishadi. Judayam erkin his qiladi insonlar uzini.
Qolgan davlatlarda esa qisqa vaqt bulganman shuning uchun munosabatim holis bulmasligi mumkin deya munosabat bildirmaslikni maqul kurdim.

Qayd etilgan


shoir  30 Mart 2009, 17:49:45

Ulugbek-Uzga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Ziyouz forumi haqida dastlabki tasavvuringiz qanday bo'ldi?

Javob: Дастлабки.... Шоир жаноблари, ман форумга аъзо бслган санага сътибор қилинг.            Умуман олганда зиё-уз сайтини 2004 йилдан буён биламан. 2006 йил форумга аъзо бслганимдан буён имконист доирасида форумда иштирок стганман. Охирги кунларда активроқ бслганимнинг сабаби ҳам имконист даражасидан келиб чиқади, албатта. 

Тасаввур....... Тасаввурми ёки таассурот? Таассурот демоқчи бслдингиз манимча. Хуллас, лснда қилиб айтадиган бслсам, сз номи билан Зиё ва Илму-ирфон тарқ атадиган маскан деб биламан.


2. Savol: Deylik, siz uylanyapsiz.
Ikki xil variant bor:
1. O'zingiz topgan shaharlik, muslima qiz.
2. Ota-onangiz topgan qishloqlik oddiy mehnatkash qizi, lekin tarbiyalasa, yaxshi muslima bo'ladi.
Qaysi birini tanlardingiz?

Javob: Qisqa va sharhsiz javob beraman. 2-javob.


3. Savol: Deylik siz bir shaharliik qizni sevib qoldingiz. U qiz har tomondan o'zingizga mos. Ilmi, farosati ham yetarli. Bir-biringini yaxshi tushunasizlar.
...Qishloqqa bordingiz, shunda onangiz senga bir yaxshi qiz topib qo'ydim, menga har tomonlama yoqdi. Shuni kelin qilmoqchiman, dedilar.
Qanday yo'l tutasiz?

Javob: Бу олдинги саволингизни ойдинлаштиришми ёки сзгача саволми билмадим, лекин ҳарқалай:
     Аввало, фараз қилайлик, шундай ҳолат рсй берган тақдирда, аввало, ман ҳеч қачон келажакда шу қиз билан аниқ оила қуришимга ксзим етмаса, сткинчи ҳавасларга берилиб, (майли у ҳар томонлама менга мос, оқила бслса ҳам) у қизни севиб қолмасдим ва унинг ҳам менга нисабатан умидвор бслмаслигига ҳаракат қилардим.
     Айтайлик, мабодо, башарти, агарда, унга уйланишга умид уйғотган бслсам ёки ваъда берган бслсам (ман ҳеч бир нарсага бажаришга олдиндан ксзим етмаса ёки вақтида бажаришга шубҳам бслса ваъда бермайман) ваъдами — ваъда тамом! Ота — онам ҳам ман танловимга қаршилик қилишмасди деб сйлайман (саволда айтилганидек, илмли, фаросатли, мени тушунадиган, сзимга мос бслса — ота онамга ҳам муносиб келин бслади ИМХО).   
    Онам топган қиз ҳам ахлоқли, схши оиланинг фарзанди, меҳнаткаш, билимли, фаросатли бслади албатта.
   Ҳар қандай ҳолатда ҳам ота-онамни норози қилмасдим ва ота-онам ҳам мени норози қилиб, мен ёқтирмаган қизга мажбурлаб уйлантирмасдилар.
   Яна Оллоҳ билгувчи, валлоҳи аълам. Тақдирда бори бслади.
   Шоир жаноблари, саволингизга нисбатан мисда фикрлар ғужғон, тизгинсиз сйнайдур, уларни батартиб сафлашга ожизлик қиладурмен. Каминани маъзур тутгайсиз.


4. Savol: Sizni lol qoldirgan 3 ta tabiat hodisasi?.

Javob: (http://s42.radikal.ru/i098/0901/f9/48a9cd904b7b.jpg)

Узокка бормаймиз: Ҳали сзим шахсан ксролмаган, мени лол қолдирган табиат ҳодисаси.
Сангардак шаршараси ёнидаги Жавзо суви. Йилнинг бир фаслида чоршанба куни кучли босим (напор) билан сув чикиб роппа роса 40 кунда тсхтаркан.
Денов, Сина қишлоғидаги  Чашмаи Сунбула. (http://surxon.gov.uz/aboutr/print:page,1,100-chashmai-sunbula.html
Омонхонадаги табиий холодильник вазифасини стовчи ғор.
... ва сна Сангардак шаршараси (http://tours-tv.com/ru/sangardak_waterfall), Хужаипокота, Омонхона, Хужаикон туз кони ва ҳ.к.
Умуман олганда атрофимизни сраб турган хар бир табиат компонентлари орасида ҳар биримизни мушоҳада юритиш, тафаккур қилишга ундайдиган жиҳатлар ксп.
Юртимизнинг ҳар бир гсшасида Оллоҳнинг бизга марҳамат қилиб берган неъмати, мсжизаси бисёр.


5. Savol: 1. Siz hurmat qilgan 3 ta o'zbekistonlik sportchi? Nima uchun hurmat qilasiz.
2. Siz havas qilgan 3 ta ajnabiy sportchi. Xavasingiz sababi?

Javob: 1.Биродар Абдураимов.
1. Миржалол Комисов.
3. А уфат А искиев. 
  А уйхат анча чузилиши мумкин.
Аима учун хурмат киламан? Изохга хожат йук манимча.           
Ажнабий спортчи:
1. Зинедин Зидан.

Qayd etilgan


shoir  30 Mart 2009, 17:50:41

Chustiyga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Pazandalik ota kasbmi yoki keyinroq paydo bo'lganmi?

Javob: Yog'e, uyda hozircha bitta biz chiqib qolganmiz holos, agar keyinchalik yana ubu kim qo'shilmasa.


2. Savol: Namozni ilk boshlagan paytingiz va undagi eng go'zal va qiziqarli voqealarni eslay olasizmi?

Javob: Yoshlikda, mahalladoshlar bilan Ramazon oyida Taroveh namoziga borar edik, ammo u paytda, namoz o'qishni bilmasdik faqat muqtadiy sifatida imomga iqtido qilib qo'yar edik.
Lekin ilk marotaba Namoz o'qish va uning ibodat ekanligini his etib, Juma namoziga bir birodarmiz bilan Anvar hoji akani (Ho'ja Ahror Valiy) masjidiga chiqqanmiz, keyinroq jamoat namoziga  hotira pand bermayotgan bo'lsa agar, asr namoziga Sirdaryoda chiqqandim.

Qayd etilgan


shoir  30 Mart 2009, 17:53:32

Usmonga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Sizningcha iqtisodiy krizisdan chiqishning qanday yo'llari bor?

Javob: Assalomu alaykum. Savolingiznni ko'rganimdan beri ancha vaqt o'tgan bo'lsa-da, javob yozishga endi fursat topdim. Buning uchun ming bor uzr.
Javobga keladigan bo'lsak.
Wikipediaga murojaat qilsak, hozirgi inqirozga quyidagicha ta'rif berilgan:
2008 yilning Umumjahon moliya inqirozi - 2008 yilda yuz bergan, aksariyat mamlakatlarda asosiy iqtisodiy ko'rsatkichlarning pasayishi va shu yilning oxirida global retsessiya bilan davom etgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz. (http://ru.wikipedia.org/wiki/А­кономический_кризис_(2008))
Bir qarashda, inqiroz ko'rinishidan arzimagan narsa bilan boshlanib (2006 yil AQSH ipoteka inqirozi), endilikda o'ta jiddiy ko'rinish olgandek.
Lekin, fikrimcha, bu tabiiy jarayon edi va ipoteka inqirozi bilan bo'lmasa, boshqa omil natijasida yuzaga kelardi. Bir tomondan iqtisodiy o'sishning siklliligi, ikkinchi tomondan esa ko'pgina bozorlarning, ayniqsa yoqilg'i xom ashyosi bozorining o'ta "qizib" ketganligi inqiroz uchun yetarli shart-sharoit edi.
Moliyaviy sektordagi "ko'pik"ning "yorilish"i, albatta, real sektorga ham tas'ir o'tkazmay qo'ymasdi. Shuningdek, joriy xalqaro integratsiya darajasini hisobga olsak, AQSHda yuz bergan bunday inqiroz dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida o'z aksini topishi ham tabiiy holat edi.
Bundan chiqishning yo'llariga kelsak, menimcha, faqat vaqt talab qilinadi. E'tibor berayotgan bo'lsangiz, aksariyat davlatlar iqtisodiyotni sog'lomlashtirish uchun bir necha 10-100 milliard dollar sarflamoqdalar. Bu pullarning asosiy qismi inqirozdan eng ko'p jabr ko'rgan yirik banklar, kompaniyalarning bir qismini sotib olish yoki ularni imtiyozli kreditlashga sarflanmoqda.
O'zbekistonga keladigan bo'lsak, 2008 yil yakunlari bo'yicha iqtisodiy o'sish 9%ni tashkil qilibdi. Buning ustiga, sanoat, qishloq xo'jaligi, xizmatlar va qurilish sohalari - istisnosiz ravishda barchasida faqat o'sish kuzatilibdi. Birorta sohada hatto turg'unlik ham kuzatilmabdi. Davlat budjeti profitsit bilan amalga oshirilgan, inflatsiya ham prognozdagidan oshmagan. Asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlar joyidami, demak hali inqiroz biz tomonga qadam ranjida qilmagan yoki..
Xalqaro moliya tizimiga juda chuqur integratsiyalashmaganimizni inobatga olsak, agar inqiroz bizga ta'sir qilsa ham, asosan, mahsulotimiz importerlari sotib olish qobiliyatlarining pasayishi hamda xorijda ishlayotgan yurtdoshlarimizdan keladigan pul tushumlarining kamayishi orqali, ya'ni bilvosita ta'sir qilishi mumkin deb o'ylayman.
Uzoqqa borib o'tirmay, har birimiz o'zimizga savol bersak bo'ladi: "Turmush darajamda inqiroz paytida qandaydir o'zgarish bo'ldimi?"
Shaxsan men: "Yo'q!" deb javob bergan bo'lardim, "men inqirozdan oldin qanday yashayotgan bo'lsam, hozir ham shunday yashamoqdaman"... ;)


2. Savol: Siz hurmat qilgan 3 ta o'zbekistonlik sportchi? Nima uchun hurmat qilasiz.

Javob: 1) Mirjalol Qosimov (O'zbek futbolining eng yorqin namoyandasi, tirik afsona)
2) Rustam Qosimjonov (yosh bo'lishiga qaramay, jahon chempioni)
3) Artur Grigoryan (Boksdagi Mirjalol, faqat titullari ko'p)
norasmiy bo'lsa ham 4) Barcha eshkak eshuvchilar (har doim kuchlilar safida)


3. Savol: Siz havas qilgan 3 ta ajnabiy sportchi. Xavasingiz sababi?

Javob: 1) Roberto Carlos (afsonaviy chap qanot himoyachisi kamtarligi, insoniyligi uchun)
2) Zidane (Jahonni, Yevropani titratgan "sehrgar" musulmon bo'lgani, og'ir-bosiqligi (Materazziga uzr), insoniyligi uchun)
3) Ribery (Zidanning o'rinbosari musulmonligi, Zidanni hurmat qilgani uchun)
yana bitta norasmiy vakil - bu ham futboldan - 4) Paolo Di Canio - fair play, insoniylik uchun (esingizda bo'lsa Angliya chempionati o'yinlaridan birida bo'sh turgan darvozaga to'pni kiritish o'rniga jarohat olgan darvozabonga yordam ko'rsatgandi)

Qayd etilgan


shoir  30 Mart 2009, 17:54:34

Mashhuraga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Siz sevgan va o'zingiz o'shanga o'xshashni orzu qilgan badiiy asar qahramoni kim?

Javob: Men sevgan badiiy asar qahramonlari (agar ayol kishini nazarda tutgan bo`lsangiz) ko`p. Kumush (O`tgan kunlar), Ra`no (Mehrobdan chayon), Ferede (Choliqushi)...... Ammo hech biriga o`xshashni orzu qilmaganman.


2. Savol: Mana shu qahramonlar (Kumush (O`tgan kunlar), Ra`no (Mehrobdan chayon), Ferede (Choliqushi)ning qaysi fazilatlari sizga ma'qul va qaysi jihatlari sizga yoqmaydi?

Javob: Kumushning quvligi, Ra`noning jasorati, Feredening "tentekliklari" yoqadi. Kumushning yon berishi ("Men ko`ndim" iborasi bilan), Ra`noning yig`isi, Feredening o`zidan qochib yurishi yoqmaydi. Demak, ularning hayotsevarligi ma`qul.


3. Savol: Siz ref.uz saytiga ham ko'plab referatlar joylashtirib turasiz-a? (Adashgan bo'lsam uzr.)
Aytinghi, insonlarga foydali bilim ulashishni siz nimaga o'xshatgan bo'lardingiz?
Javob: Fikr almashish fikrni ko`paytiradi. Ba`zan xato fikrlardan ham to`g`risini topib olamiz. Bir so`mimga sizning bir so`mingizni almashtirsak, ikkimizda ham bir so`m. Bir fikrimga bir fikringizni almashtirsak, ikkimizda ham ikkita fikr paydo bo`ladi (O`.Hoshimov). Internetda nima joylashtirsam ana shu ehtiyoj tufaylidir.
Insonlarga foydali bilim ulashishni juda ko`pchilik ulug`lar, jumladan J.Rumiy chiroq (sham)ga o`xshatadi. O`zi yonib tamom bo`lishini bilsada, nur ulashish uchun yonaveradi.
("Ichindagi ichindadir"da chiroqni odamlar chiroq uchun emas, o`zlari uchun yuqoriga qo`yishadi. Agar bir ulug`ni yuqoriga ko`tarsak, uning uchun emas, o`zimiz uchundir, deydi.) Menning ham ko`p kalitlarim Mavlono Rumiy kulflariga tushadi.
Hammaga ham hech bo`lmaganda chiroq (sham) bo`lish nasib etsin!

Qayd etilgan


shoir  30 Mart 2009, 17:55:16

ORIFga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Siz muhim marosimni suratga olgani bordingiz. Marosim bvoshlandi. Bir-ikki kadrni suratga oldingiz. Qarangki, fotocajmera batareyasi tugab qolibdi. Aksiga olib, qo';shimcha batareya va zaryadkani ham olmagansiz.  Qanday yo'l tutardingiz? Hayotda ham shunga o'xshash voqealar bo'lganmi?

Javob: 2007 yilning Noyabr oyi o`rtalari edi. Yaponiyadan nufuzli mehmonlkar keldi. Ularni UZdagi tashrifini/sayohatini suratga olish menga topshirildi. Reys Toshkentdan-Samarqandga-Buxoro-Toshkent. Samarqandda kechkiga yaqin batareya tugay deb qoldi. Kechki bazm vaqtida quvvatlovchi matohni chiqarib stolimiz yonidagi tokga uladim. Bir ozdan quvvatga qo`yib yana suratga olardim. Fikr xayolim ishdaligidan bazm tugagach quvvatlovchi uskunani o`sha joyda unutib qoldiribman. Mehmonxonaga kelib Batareyani quvvatlantirmoqchi bo`lib qarasam... u yo`q. Ichimga g`ulg`ula tushdi. Ertasi kuni ertalab tong sahar yana o`sha joyga bordik. Xullas ...... topolmadik.
"Ish qilib batareya pand bermasinda" - degancha Buxoroga qo`ndik. Bu yog`iga quvvatni tejash kerak edi. Har ehtimolga qarshi Buxorodagi tanishlarda kichik digital aparat ovoldim. Shu kuni kun og`gunga qadar o`zimni batareyam arang yetib kelgan. Xizmatim ham oxiriga yetgandi.
Toshkentga qaytib ikki kun quvvatlovchi uskuna izlaganman. Va keyinchalik yana bir qo`shimcha batareya sotib qoldim.
2008 yil boshlarida esa Andijonda ikki kunlik xizmat safaridamiz. Binchi ish kunimizning so`nggi kadri. To`satdan shtattivda turgan photokamera qulab tushdi. Photokamera Linzasi ikkiga bo`linib ketdi. Men shokdaman...... O`sha tun qanday holga tushganim va xayolimdan nimalar kechganini hech unutmasam kerak. Ertngi ish kunida esa o`zim bilan qo`shimcha olib chiqgan kichin sifravoy photoapparatim ish berdi. Kayfiyatim qanchalik rasvo bo`lmasin.... baribir ishlash kerak edi.


2. Savol: O'zingiz maza qilib suratga tushirgan 3 ta joy va lavha?

Javob: Avvalambor savolingizga kech javob yo`llayotganim uchun uzr. Savolngiz bir oz arxiv va xotiralarni titkilashga majbur qildi.
3 ta joy:
Umuman olganda qayerda tasvirga tushurmaylik hech qachon to`laqonli maza tuyish mushkul. Shunday bo`lsada miriqib suratga tushirgan jarayonlarim talaygina. U vaqtning mancalik maza bo`lgani haqida esa faqat tasvirdan keyin, suratlarning anchalik yaxshi chiqganligiga qarab xulosa chiqara olaman.
2007-yilda, Orol bo`yi "Mo`ynoq"da.
2007-yilgi "Sharq Taronalari" festivalida.
(http://i699.photobucket.com/albums/vv360/Orif_photos/UZBEKISTAN_cORIF_09.jpg)
Italiya Politexnika Universiteti rektorining Poytaxtimizga va xalqaro oliy o`zuvyurtlarimizga qilgan tashrifida.
Yana ko`pgina joylarni ham aytib o`tish mumkin.
3 lahza:
Ba'zida hech ham suratga olishni istamay turgan vaqtizda
judayam yaxshi kadrga ko`zingiz tushadi va shosha-pisha kamerani unda to`g`irlaysiz. Ba'zida esa 100lab o`lingan suratlar orasidan bitta, yoki ikkita unutilmas lavhalarga ko`zingiz tushadi.
Men uchun unutilmas lahzalarda biri 2004 yilda "Botanika" oromgohida olingan.
Uni ba'zi joylarda "Ramazon tongi" va ba'zi joylarda "Kuz tongi" deb ataganman.
(http://i699.photobucket.com/albums/vv360/Orif_photos/UZBEKISTAN_cORIF_01.jpg)
Bu suratda ham men uchun unutilmas lahza namoyon.
(http://i699.photobucket.com/albums/vv360/Orif_photos/UZBEKISTAN_cORIF_10.jpg) (Mana bu sahifada ham meni ijodimdan foydalanishgan. Lekin na ruhsat so`rashgan va na ismimni yozishgan. http://madaniyat.sport.uz/uzb/festival.htm)
Yana qaysi birini aytishni bilmayapman.

Qayd etilgan


shoir  30 Mart 2009, 17:56:14

Muslimaaga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Sizningcha, jomiyatimizning hozirgi muslima qizlariga qanday fazilatlar yetishmaydi?

Javob: Kimningdir qanday tomonlama kamchiligi, bor yoki yo'qligini aniq aytib bera olmayman. Chunki, nafaqat jamiyatimizda umuman yer yuzida Mukammal insonning o'zi yo'q, zotan payg'ambarimiz  :sw: dan keyingi demohchiman. Guruch kurmaksiz bo'lmagandek, 5 barmoq baravar bo'lmaganidek uni yaxshi buni yomonga chiqazib qo'yomiyman, bunga umuman haqqim ham yo'q. Tarbiya oiladan boshlanar ekan, oilani ham bir jamiyat misolida ko'rish m-n. Ota oilaning ustuni, zavjayi halol esa ustunning tirgagi ekan, demakki ayni bir-biriga bog'liqlikdan so'ng tarbiyani mujassamlashtirish m-n. To'g'ri insongada juda ko'p narsa bog'liq bo'lsada, ammo daslabki qadam deb hisoblaydigan tarbiyamiz, kelajakda qanday yo'l tutmoqligimizga turtki bo'la oladi. Jamiyatimiz ham bizning oilamiz ekan, unda yoshlikdan aqlini taniy boshlagan, har bir mo'min musulmon farzandlarga ayni shunday Jamiyatning tirgak va ustunlari katta yo'lga qadam qo'yishga tirgak bo'la olishishadi. Jamiyat tirgaglari yoshlikdan qanday tarbiya bera boshlashgan bo'lsa, kelajakda ham ayni shuni kutish mushkul bo'lmagan ishdir. Jamiyatimiz muslimalaridan qandaydir xato ko'rdikmi bunga sababchilar deb jamiyatimiz ustun va tirgaklarini ko'rishimiz m-n. Keyin esa o'zini.
Sevimli birodarim bo'lmish, Nozani fikrlariga to'laqonlik qo'shilaman. Haqiqatda ustun Islomda, mustahkam, sobit qadam bo'la olsalar, tirganlarini ham o'sha bergan tarbiyalaridan ziyodda ko'rish m-n. Zero Alloh har bir qilingan hayirlik, Alloh yo'lidagi, hayirli ishni ayni undanda ziyod javobsiz qo'ymagay.


2. Savol: Forumdan eng xursand bo'lgan kuningiz qachon edi? Unda qanday xayrli voqea yuz bergan edi?

Javob: Forumdan xursand bo'lgan va yanada forumga qiziqishim ortganiga sabab bo'lgan kun, forum admini, janob Abdulazizdan "Rasululloh izdoshlari" kitobini olib tahrir qilib yana forumga joylagan kunim bo'lgan... U kitobni o'qib juda ta'sirlanganman va hursand bo'lganimki, ilmim yanada oshishiga, savollarimga javob topa olganimga hursand bo'lganman. Yana Chorsudan bir birodarim tomonidan hadya qilingan Qirq Hadis kitobini ham 1 kun ichida o'qib, yoqqani u-n, forumga joylashni niyat qilib yurgandim, afsuski 8 kunga kechikgan ekanman :) Mandan oldin joylashgan ekanlar, ammo bilmay joylab qo'ygandim. Ochig'i o'sha kuni juda hursand bo'lganman, yelkamdan tog' ag'darilganidek :)...


3. Savol: Tahrir qilib, forumga kiritib bo'lingan kitoblardan, qaysi birini sizga tahrir uchun yuborilishini istardingiz (tasavvur qiling: hali u kitoblar tahrir qilinmagan)

Javob: Qur'onning ilmiy mo'jizalarini tahrir qilishni istardim va yana hali forumga joylanmagan ammo agarda tahrir qilish k-k b-sa, "Nubuvvat xonadoni xonimlari" kitobini jooon deb tahrir qilardim...


4. Savol: Forumda siz eng sevib o'qigan kitob (5 tagacha variant berishingiz mumkin)

Javob: Ko'pincha forumdan kitob olib o'qimaganman, asosan sitening o'zidan ya'ni, islom.ziyouz.com dan olib o'qiyman. U yerdan o'qigan kitoblarim, "Vijdon Azobi", "Ayollarga xos masalalar", "Islom ikki o't orasida", "Rasululloh izdoshlari", hozirda ayni damda o'qiyotganim "Rasulullohni ko'rganmisiz?" shu :)


5. Savol: Sizga (iymoningizga) judayanm yaxshi ta'sir ko'rsatgan kitob qaysi?

Javob: Iymonim yanada ziyoda bo'lishiga sabab bo'lgan kitob, yaqinda tahrir qilingan "Rasululloh izdoshlari" va yaqinda tahriri tugash arafasida turgan "Rasulullohni ko'rganmisiz" kitoblari ta'siri katta bo'ldi. Izoh: "Rasululloh izdoshlari" kitobini o'qib, Abu Bakr  :ra:  haqlarida ancha ma'lumotlarga ega bo'ldim va mehrim ham bo'lakcha bo'ldi huddi Umar  :ra: ga bo'lganidek :)...


6. Savol: Aqlingizni taniganingizdan so'ng o'qigan eng birinchi islomiy kitobingiz qaysi?

Javob: Savol u-n tashakkur. Esimni taniganimda o'qigan eng birinchi kitobimni nomini aniq eslay olmayman-u, ammo maxsus bolalar uchun kichik su'ralar tarjimasi bilan yozilgan va namoz ro'za haj haqidagi qisqa ma'lumotlari bor juda kichik kitob edi...


7. Savol: Siz oxirgi marta forumdagi qaysi kimning qaysi post yoki mavzusidan ta'sirlandingiz?

Javob: Bunday postlar ohirgi vaqtlarda ayni forumga qiziqish ortganidan beri juda ko'p uchramoqda, uni posti bunday buniki bunday dyomiyman. Hammasi o'zicha to'g'ri va ta'sirli. Hamma userlarni va ta'sirli postlarini hurmat qilaman. Ammo shu o'rinda minnatdorchilikni bildirmoqchiman. Opam Munira opa va Mutalimaahni fikrlarini oldindan qiziqish bilan o'qib hurmat bilan qarayman.


8. Savol: Siz eng xursand bo'lgan kun?
1. Forumda Siz eng xursand bo'lgan kun?
2. Bolalikda Siz eng xursand bo'lgan kun?
3. So'nggi 3 yilda Siz eng xursand bo'lgan kun?
O'sha kuni sizni nima xursand qilgan edi?

Javob: Allohni zikri bilan, uning hifz-u, himoyasida tinch osudalik b-n o'tayotgan har bir kunim, hursand bo'gan kunim hisoblanadi.
1. Ustoz topganimdan hursand bo'lganman
2. Juda ko'p bo'lgan Alhamdulillah, bunisi yaxshi bunisi yomon deb ajrata olmayman :)
3. Allohga yana qaytib, namozni o'qiy boshlaganim va hijobga mehr qo'ygan kunim, InshaAlloh

Qayd etilgan


shoir  30 Mart 2009, 17:56:59

Uzmusga berilgan savollarga javoblar:


1. Savol: Insoniy muhabbat qachon ibodatga aylanadi?

Avvalo savol uchun tashakkur!
Unga qisqa va lo’nda javobim shunday:
Insoniy muhabbat qachonki Alloh roziligi yo’lida bo’lsagina u ibodatga aylanishi mumkin!
Biroq savolingizga biroz batafsilroq javob bergim keldi.
As’ad Jo’shon "œTasavvuf va go’zallik" asarlarida ushbu hadisi sharifni keltiradilar: "œJonim qudrati qo’lida bo’lgan Zotga qasamki, jannatga kira olmaysizlar, toki mo’min bo’lmaguncha, mo’min bo’la olmaysizlar, toki bir-birlaringizni sevmaguncha!"
...Ana shu asnoda, ana shu ma’noda sevmoq ham bir ibodatdir. Ammo juda muhim bir ibodat va jannatga kirmoq sababidir...
Bundan tashqari, hazrat o’zlarining "œHaqiqiy sevgi" risolalarida shunday deydilar:
Madinada Payg’ambar janobimizning masjidiga borib, bir hafta-sakkiz kun o’sha yerda qolsak, 40 vaqt namozni unda o’qidim, deb ko’p sevinamiz. Buni qila olmagan birodarlarimiz o’kinadilar. Bir yil u yerda e’tikof o’tirmoq naqadar savobli!
Lekin musulmonning bir musulmon birodariga shavq bilan nazar qilmog’i undan ham yaxshiroqdir...
Endi tasavvur qiling!
O’sha birodaringiz - "œu", ya’ni jufti halolingiz bo’lsa!..
Qarshingizda Allohning mo’jizasi — "œnasibangiz" turibdi!.. Qaysiki, sizni shoh oz’ini malika sanaydigan, siz uchungina eng chiroyli liboslar kiyadigan, eng shirin va muloyim so’zlarni so’zlaydigan (nomahramlar bilan ular tama’ qilib qolmasliklari uchun samimiy, to’g’ri muomala qiladigan"¦ Azhob 32-33), sizni ishga ochiq chehra bilan kuzatib, ishdan qaytganingizda xush kayfiyat bilan kutib oladigan va siz uchun eng laziz taomlarni tayyorlaydigan..., ko’rganda ko’zingiz quvonadigan malak!..
U atrofingizda girdi-kapalak, elib-yugirib xizmatingizni qilayotir, u bo’lajak yoki bor jajji farzanlaringizning onasi, qisqasi u har on yoningizda"¦
Unga muhabbat bilan boqasiz"¦ Har boqqaningizda Alloh sizga shunday soliha zavja - go’zal fazilatli yor nasib etganidan quvonib (shukr qilib) yashasangiz va har boqqaningizda (u ham sizga boqqanida) qat-qat savob ham olib tursangiz, gunohlaringiz barmoqlaringiz orasidan tinmay to’kilib tursa... Siz ham unga "œSizlarning eng yaxshilaringiz o’z ahli ayoliga yaxshi muomalada bo’lganingiz "¦" hadisiga muvofiq chiroyli muomalada bo’lsangiz"¦ A, bu Yaratganning sizga ato etgan bebaho ne’mati emasmi?!
Bir ulug’ zot, biz o’sha ko’p o’qiydigan: "œRobbana atin afid dunya hasanatan va fil axiroti hasanatan va qina ‘azaban nar..." duosini shunday sharhlagan ekanlar:
Dunyoning yaxshiligi ham, oxiratning yaxshiligi ham, do’zaxdan omon qolib, jannatga kirmoqning sababi ham SOLIHA XOTIN sababidan bo’ladi"¦
Darhaqiqat, Allohning lutfi marhamati bilan, bunday juft tufayli har qanday insonning oilasi tinch va ro’zg’ori ajib bir gulistonga aylanishiga shubhasiz ishonaman!..
Barchangizga oruzuingizdagidek go'zal baxt nasib etishini tilayman! :)

Qayd etilgan


shoir  30 Mart 2009, 18:03:15

Fatimaga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Forum sizni o'zgartirdimi? Agar "Ha" bo'lsa, qanday?

Javob: Ha, forum mani butunlay o`zgartirib yubordi. Ishonish qiyin, avval umuman boshqacha edim, dinimiz haqida hech nima bilmagan ekanman, Allohga shukr hozir umuman boshqacha uni aksi.  "Qanday?" degan savolizga shunday javob berishim mumkin: Forumdagi user va userkalardan, har xil maqolalardan, va hk...lardan ikki yil ichida juda ko`p narsa o`rgandim. Hammalaridan Alloh rozi bo`lsin.

Qayd etilgan