Savolu-javob. ("Forumdoshdan forumdoshga savollar" arxivi)  ( 99004 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 18 B


shoir  30 Mart 2009, 18:03:38

Abdulhafizga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Yoshligingizdagi aynan namoz bilan bog'liq kulgili hodisa bo'lganmi?

Javob: 2-3 sinflarda o'qirdik (adashmasam). Sifdoshlar bilan aylanib qadimiy Mug' tepaligiga chiqqan edik. Peshin vaqti bo'lib qolibdi, qarasak suv yo'q. (tepalikdan pastda suv bor edi)Suv bo'lmasa tayammum qilish kerakligini bilamiz, lekin qanday qilish kerakligini bilmasdan, suv bilan tahorat qilgandek tuproq bilan tahorat qilgamiz. Namozni o'qigandan so'ng, hamma yog'imiz chang, pastga tushib yuvingandik... Tayammumni haqiqatini bilgandan keyin, rosa kulgandik. Aslida yig'lashimiz kerak edi...

Qayd etilgan


shoir  30 Mart 2009, 18:03:59

Husaynga berilgan savollarga javoblar:

Savol: Hozirgi kunda jurnalistika "To'rtinchi hokimiyat" sifatida haqiqiy faoliyat olib bormoqdami?

Javob: Албатта, йук! Бугунги журналистикани туртинчи хокимистга смас, аксинча колган учала хокимистни салкинлатиш учун уларнинг тепасида елпигич елпиб утирган куримсизгина канизакка ухшатаман.

Qayd etilgan


shoir  30 Mart 2009, 18:04:30

Foniyga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Ayollarni yomon yo'llar bilan pul topishlariga, hayotlaridagi shunaqa faxsh ishlarda faqat ayollarning aybi bor, degan fikrni qanchalik qo'llab quvvatlaysiz?

Javob: Bunday "ayol"larning Ayol degan muqaddas nomga dog' tushirayotganliklari kechirib bo'lmas darajada ekanligi achinarli hol!?. Lekin nachora, shunday qilishyapti,.. Bunga avvalo muhit, oilada tarbiyaning yaxshi bo'lmaganligi, ota-onalarning e'tiborsiz bo'lganligi sabab, qolaversa o'sha ayollarning o'zlari sababchi: yengiltak bo'lishadi, sayoq yurishadi, irodasizlik qilishadi, xom xayollarga berilishlari natijasida shu kuylarga tushib qolishadi. Ba'zan esa bunday hollarga kimlarningdir zo'ravonligi yoki aldanish orqali tushib qolish hollari ham kuzatilgan. Ikkinchi tarafdan o'shalarga pul sarflab o'z nafslarini qondirayotganlarni ham aybdor sanayverish kerak, gunohga sherikchilik qilishadi,.. Balki ular bunday yo'llar bilan pul topib haromdan hazar qilish degan tushunchadan ancha yiroqlashib ketishgandir, bir burda bo'lsa ham luqmasini haloldan topish haqida esa o'ylab ham ko'rishmasalar kerak,.. vallohu a'lam, Olloh hidoyatga boshlasin!

Qayd etilgan


shoir  30 Mart 2009, 18:18:55


Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 08:58:14

AbdulAzizga berilgan savollarga javoblar:

42. Savol: 1. Sizga yoqqan 3 ta o'zbek filmidagi 3 ta zo'r iqtibosni keltira olasizmi?

Javob: 1. - Shuncha ish, shuncha sayohat... 50 tadan olmasak bo'lmasakan, opoqi.
- manga 20 tayam yetadi.
- Qani, oldik.
- Xudoni o'zi kechirsin, baniyat shifo (!)
- So'raganni aybi yo'q, Mastura Rahbarovna. Namoz ham o'qib turasizmi?
- Yana 20 ta quy-chi... Namoz o'qishga vaqtim yo'q. Lekin hajga ikki marta borib kelganman.

* * *

- Oka, eting, dushmanizi eting, bir yilga pravasini reshat qiptashiyman.
- Iyi... Siz gaishnikmisiz?
- Ha.
- Unda nimaga bozorda pasport tekshirib yuribsiz?
- Uchaskovoy bor-u, hasharga etuvdi. Qarashib yurudim.
("Po'sht arava" filmidan)

2. - Bugungi san'at eng katta biznes. Ravshanoy katta sahnaga chiqishi kerakmi? Kerak! Konsertlarga chiqshi kerakmi? Kerak! Kim uni bepul chiqaradi? Puli bo'lmasa nima qilsin? Sen chiqarsang -seniki, men chiqarsam - meniki! Uniyam tushunish kerak.
Sotiboldiyev uni albatta televizorga chiqaradi. Keyin... biror kecha birga yotadi. Balki yotishga ham ulgurmas. Bundan kattarog'i ilib ketadi. Agar omadi yurishib ketsa Ravshanoy bironta prokurorga ikkinchi yo uchinchi xotin bo'ladi. Tushunaman, chiroyli qiz. Sotiboldiyevga xayf.
Gapni rosti Ravshanoy sanga to'g'ri kelmaydi, Polvon. Bir umr qo'riqlab, nosqovoqday belingga tugib yurolmaysan-ku! G'ijjagini sindirsan ko'ngli og'riydi. Sindirmasang, duch kelganga o'ptirishga majbur...
("Dev bilan pakana" filmidan)

3. "Erkaklar yo'q joyda ayollar erkakka aylanadi"
("Chayongul" filmidan)


43. Savol: Sizga yoqqan 3 ta jahon filmidagi 3 ta zo'r iqtibosni keltira olasizmi?

Javob: 1. Sen bilan ilk bor namoz o'qiganimda ilgari hech qachon tuymagan holatdan qalbim yumshab, to'yib-to'yib yig'ladim. Ammo keyingi namozlarimda bu tuyg'uni topa olmay qoldim. Nimadir yetishmayotgandek bo'ladi. Ammo nima?... Ishoning Oyisha, o'sha birinchi sajdadagi ilohiy halovat tuyg'usini yana topish uchun kerak bo'lsa butun umrimni namoz bilan o'tkazishga tayyorman.

* * *

Yosh qizcha:
- Dada, nega biz yakshanba kunlari cherkovga borib ibodat qilmaymiz?
Ota:
- Biz musulmonmiz-ku, qizim. Biz masjidga boramiz. Cherkovga nasroniylar boradi.
Yosh qizcha:
- Unda nega masjidga bormaymiz?...
Ota:
- Nega bormas ekanmiz, boramiz. Sen hali yoshsan. Men pensiyaga chiqib olay, keyin ikkalamiz birga boramiz...
("Daniyalik kelin" (Turkiya) filmidan)

2. Jin Tay nimaga sen istalgan xavfli vazifani bo'yningga olaverasan. Medallar uchunmi-a? Meni uyga jo'natib yuborish uchunmi? Nima qilayapsan? Mendan o'q o'tmaydi deb o'ylayapsanmi? Har bir soniyada bu yerda kimdir o'lyapti. Sen jinni bo'ldingmi? Medal olishni hohlayapsanmi? Men seni o'limga ro'baro' qilib, ketaveradi deb o'ylayapsanmi? Sen haqingda onamga nima deb aytishimni tasavvur qilayapsanmi? Biz doim birga bo'lishimiz kerak: o'lim yoki hayot! Medalning nima keragi bor, agar shu medal ortida insonlar o‘limi tursa!"
("38 parallel" (Janubiy Koreya) filmidan)

3. Leyla, agar sen o'z joningga qasd qilsang, Allohga osiylik qilgan bo'lasan. Avvalo o'z jonimga qasd qilib yaxshilik qilayapman deb o'ylaysan, lekin buning oqibatida necha-necha gunohsiz insonlar ham qurbon bo'ladi. Bombani portlatganingda necha odam aziyat chekishini bilasanmi? Buni hech kim bilmaydi. Shunday ekan, bilginki, begunoh odamlarni o'ldirish jami insoniyat joniga qasd qilish bilan barobardir. Musulmonlarning aqliga shunday buzg'unchi fikrlarni kiritayotganlar o'z joniga qasd qilishni ham o'rgatadilar. Bu katta gunoh, qizim va u shaytonning sha'ridir. Men sening holatingni tushunib turibman. Lekin sening o'z joningga qasd qilishga ham tayyor turib, dunyo ahli "barcha musulmonlar terroristdir" deyishiga sabab bo'layotgan ishni qilmoqchi bo'layotganingga achinyapman. Alloh bizga yordam bermayapti deb o'ylama, qizim. Bizning hozirgi, vaqtinchalik chorasizligimiz va kuchsizligimi payg'ambarimiz SAV tomonidan bashorat qilingandir. Biz birlashishimiz uchun ham aziyat chekishimiz kerak. Har bir o'z joniga qasd qilish esa chorasizlik va kuchsizligimizni orttiradi. Aynan shuning uchun ham dushmanlarimiz shunday holatlarning ko'p bo'lishini xohlaydilar. Ular bu narsalarni ataylab o'zlari tashkil etadilar. Bizning yagona choramiz shudir: Alloh buyurganlariga labbay deyish. Biz Allohga duo qilishimiz kerak. Shundagina hotirjamlik bo'lamiz.
("Qashqirlar vodiysi: Iroq" (Turkiya) filmidan)


44. Savol: Tasavvur qiling bir muslima qizni o'zingiz hohlab ota onangizga yoqib turmush qurdingiz.Oradan ko'p o'tmay yana bir sizdan islomni o'rganish maqsadi bilan ba'zi maslahatlar so'rab turadigan bir muslima birodaringizga o'zingiz sezmagan holatda "bog'lanib" qola boshladingiz.Va u qizga uylanishlikni nafsingiz hohlayapti. Qiz ham bunga rozidek . Lekin oilangiz ya'ni uydagi ayolingiz hali yangi kelichak sizning bu qaroringizdan ozorlanishi mumkin balki umuman qabul qila olmasligi mumkin.Qanday yo'l tutasiz?

Javob: Judayam qiziqarli, aktual va hayotiy savollar uchun tashakkur. Alloh rozi bo'lsin!
Avvalo uylangan yigitning qanday maqsadidan qat'iy nazar, u ilm olish bahonasimi yoki boshqa, "bir muslima birodariga o'zi sezmagan holatda "bog'lanib" qola boshlashi" ancha shubhali. Bu yerda ikkala tomonning ham bunaqa vaziyatda nafs xohishlari Alloh rizoligidan ustun turadi. Chunki bir muslimning uyida oyday xotini bo'la turib, boshqa bir muslimaga ko'ngil qo'yishi, yoxud bir muslimaning boshqa muslimning oilasi borligini bilgan holda unga ko'ngil bog'lashi ancha shubhali. Haqiqiy muslima ilm yoki maslahatni boshqa nomahram, yana uylangan erkakdan emas, muslima birodar, opalaridan oladi.

Endi, ikkinchi vaziyat, Bu holatga uyingizdagi yangi kelinchak rozi bo'lishi yoki bo'lmasligi. Albatta norizo bo'ladi. Ming sizni tushunishga harakat qilmasin, baribir o'zini xo'rlangandek his qiladi. U ham kimningdir oq yuvib, oq taragan, sizgacha tarbiyalab, tayyor yetuk holida uyingizga olib kelingan qizi. Uning ham siz bilan yashashdan buyuk orzulari bor. Uning ustiga hali yangi kelinchak. Hali ko'p narsalarni tushunmasligi mumkin. Xullas, ancha-muncha qiz bu holatga rozi bo'lmaydi. Bu holatda kelin va kuyovning ota-onasi ham rozi bo'lishi qiyin.

Shuning uchun ham vodiy ulamolari yangi kelin-kuyovga nikoh o'qib bo'lishgach, kuyovga nasihat qilib, shartli ravishda, agar ikkinchi xotin olmoqchi bo'lsangiz, kelinchakning ko'ngliga qarang, deb aytishadi.

Bunday holatda oilada nima bo'lishi mumkin?
- Erkakning boshqa muslima ko'rsatayotgan "mehr"i tufayli oiladagi o'zining ayoliga muhabbati tobora so'nib borishi.
- Boshqa muslimaga intilish oqibatida, erkak uyidagi asosiy vazifalarini esdan chiqarishi yoki tark etishi.
- Mobodo, bildirmay uylandiyam deylik, u holatda ikkala tomonga birdek munosabatda, birdek mehrda bo'lishi juda qiyin. Bu holatda u gunohkor bo'ladi. Chunki bir kun bunisiga, bir kun ikkinchi xotiniga borishni eplash juda mushkul. Hozirgi davrda ko'p "hojiaka", yana ko'p "savdogar aka"larimiz ikkinchi xotinga uylanishda ko'pincha nafs xohishlarini inobatga olishadi. Ba'zilarining 1-xotini bundan bexabar ham. Islom shartiga ko'ra. esa ikkala tomonga ham birdek munosabatda bo'lish talab qilinadi. Bir yoshi katta akamiz ta'riflagandek, "hozir ikkinchi xotin faqat nafsni qondirish uchun bo'lib qolgan. E'tibor bergan bo'lsangiz, "hojiaka"larning ikkinchi xotinidan bironta farzandi yo'q. Bechora ayol farzand ko'rihni xohlaydi. Lekin "hojiaka"larimiz "ortiqcha tashvish"ni xohlamaydilar".

Bunday holatdan Allohning O'zi asrasin.
Barcha mo'minu musulmonlarga Islomiy hayot tarzi hukm suradigan go'zal oila nasib etsin!


45. Savol: Ota-onangiz yoki yoshi katta qarindosh yo qadrdonlaringiz katta ayb ish, gunoh yoki hato ish qilishdi. Ularning aybini hech kim ayta olmaydi.
Siz ayta olasizmi? Aytsangiz qay tarzda?

Javob: Bunaqa holatda agar u menga yaqinroq kishi bo'lsa, borib avvalo shu mavzuga oid hadios va rivoyatlarni aytgan bo'lib, haqiqiqy muddaoga o'taman va ochiq noroziligimni bayon qilaman.
Agar u menga judayam yaqin inson bo'lsa, tekis yuziga aytaman. Bundan hech hijolat bo'lmayman. Uning xafa bo'lishi yoki mendan ranjishi meni qiziqtirmaydi. Chunki haqiqat uning ranjishidan ustun turadi.
Agar u menga uzoqroq, lekin unga tushuntirish menga topshirilgan bo'lsa, u holda avval unga nima deyish, men nima desam u menga qanday javob berishi, keyin men unga nima deyishim va hokazo holatlarni tahlil qilib, rad qilib bo'lmaydigan eng munosib javobni qidiraman va borib o'z so'zimni aytaman.

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 08:58:39

46. Savol: Siz o'zingiz hayotingizda ko'rmagan uchrashmagan bir chet elda yashaydigan qiz bilan int orqalimi yoki biror sabab bilan tanishib qoldingiz.U haqida faqat chiroyli gumonlar qilasiz.Hayolingizda siz bilgan qiz soliha muslima siz bu ahvolda shu qiz bilan turmush qurishga jiddiy ahd qila olasizmi?

Javob: Chet elda yashaydigan qiz bilan internet orqali tanishish ancha shubhali holat.
Bunda, birinchidan, hozirda ko'p qizlarimiz ilm olish bahonasida, chetga mahramsiz chiqib ketmoqdalar. Islom shariatiga ko'ra, ilm olish maqsadidami yoki boshqa maqsaddami, mahramsiz chet-el tugul yurtimizdagi boshqa uzoq shaharga borish ham mumkin emas. Shariatimiz ayoldagi xos xususiyatlarni hisobga olib, shunday hukmni qilgan. Chet-elda mahramsiz yurgan har qanday qiz, garchi u hijobda bo'lsa-da, garchi "ilmli", yuksak axloqli bo'lsa-da, men undan shubha qilaman.
 
Ikkinchidan, gap-so'zlar, kiyimni "islomiylashtirish" hozirgi kunda moda tusiga kirib qolgan. Mini yubka kiyib yurgan o'zbek qizi ham namoz o'qishi bilan maqtanishi mumkin. Aytmoqchi bo'lganim, ayniqsa internetda turfa postu, avatar, imzolar bilan o'zini islomiy qilib ko'rsatish juda oson va hamma ham eplay oladigan holat bo'lib qoldi. Ayniqsa, chet-elda yashab yoki ilm olib yurib, inetnetga tez kirib turadigan qizlar orasida shunday holatlar juda ko'p. Turmush, bu jiddiy masala. Uni faqat yaxshi gumonlar bilan hal qilinmaydi. Sizga juft bo'lishni istayotgan qiz yoki yigitni avvalo uni taniydigan, biladigan katta yoshdagi muslim va muslima birodarlar tomonidan tekshiriladi. Ota-ona rizoligi dega narsa ham bor. Chunki qari bilganni pari bilmaydi. Odatda yoshlar tuyg'ular girdobiga g'arq bo'lib, turfa ajoyib va'dalarga ishonib, haqiqiy hayotni unutib qo'yadilar.

Internet yoki boshqa manba orqali berilgan va'dalar, gap-so'zlar (garchi islomiy tus berilib aytilgan bo'lsa-da) ga ko'r-ko'rona ishonib qolish musulmonga xos xislat emas. Hozirgi kunda musulmon xushyor bo'lishi kerak, laqma bo'lib, hamma narsaga ishonib ketmasligi kerak. Chunki biz sahobalarning Saodat zamonida emas, fisqu-fujur avj olgan og'ir zamonda yashayapmiz. Turmush esa jiddiy narsa. Uni jiddiy fahmlash kerak. Keyin sovchilik, to'ydan oldin kelin va kuyovni ko'rish, turli gumonlardan xoli bo'lishning islomiy odoblari bor.
Allohim barchamizga o'zimizga mos bo'lganini nasib etsin!


47. Savol: Sizningcha "qabr" qanday maskan,uni qanday tasavvur qilasiz?Iloji bo'lsa hadis va rivoyatlar bilan javob bersangiz.

Javob: Alloh taolo aytadi:

 :bsm:
"œHar bir jon o‘limni totguvchidir". (Oli Imron, 185-oyat)

Har bir jon omonatini topshirgandan so’ng, mahshar maydonida yig’ilguncha uning makoni qabr bo’ladi. Hayoti dunyoda mo’min holda o’tib, Allohga qullik qilib, uning Rahmatiga ega bo’lgan kishilar uchun qabr hayoti rohatdir, jannatdan bir bog’chadir.

Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar: Qabr yo jannat bog’laridan bir bog’ yoki jahannam chuqurlaridan bir chuqurdir (Imom Termiziy).

Inson qabrga kirishi bilan uning kelgusi manzili ham oshkor qilanar ekan:

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Birortangiz o‘lsangiz, qabringizda erta-yu kech jannatmi, do‘zaxmi, borar joyingiz ko‘rsatib kirilgaydir va: «Qiyomatda, qayta tirilganingdan so‘ng, borar joying ana shuldir!» — deyilgaydir», — dedilar. (Buxoriy rivoyati)

Hatto Rasululloh SAV ham, jannatiyligi bashorat qilingan buyuk sahobiylar ham qabr azobi va fitnasidan doim panoh tilashgan:

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ollohumma inniy a’uuzu bika minal-ajzi val-kasali val-jubni val-harami va a’uuzu bika min azobil-qabri va a’uzu bika min fitkatilmahyo valmamoti»,— der erdilar». Duoning mazmuni: «Yo parvardigoro, notavonlikdan, yalqovlikdan, qo‘rqoqlikdan, munkillab qolmoqdan, qabr azobidan, tiriklik va o‘lim chog‘ida bo‘ladirgan fitnalardan meni o‘z panohingda asrag‘il!». (Buxoriy rivoyati)

Usmon ibn Affon (roziyallohu anhu) biror qabr oldida to‘xtasalar, yig‘lar, hatto yig‘idan soqollari ho‘l bo‘lib ketar ekan. Buning sababi surishtirishganda: "œMen Rasulullohning: "œQabr oxiratning ilk manzilidir. Agar mayit qabr(dagi azob)dan najot topsa, qolgani yanada oson kechadi, ammo najot topa olmasa, qolgani bundan-da og‘irroq bo‘ladi", deganlarini eshitganman", deb javob bergan ekanlar. (Termiziy va Ibn Moja rivoyati)

Qabrdagi savol-javob va mo’minlarga rohat haqida Rasululloh shunday marhamat qiladilar:

Asmo binti Abu Bakr rivoyat qiladilar: «Quyosh tutilgan kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning xotinlari — Oisha singlimnikiga bordim. Qarasam, odamlar namoz o‘qishayotgan erkan. Oisha qiyomda turgan vaqtida: «Odamlarga ne bo‘ldi?» — deb so‘radim. Oisha qo‘li birlan osmonga ishora qilib: «Subhonalloh!» — dedi. Men: «(Qiyomat) alomatimi?» — dedim. Oisha «Ha» degan ma’noda bosh irg‘ab qo‘ydi. Janob Rasululloh namoz o‘qib bo‘lgach, Olloh taolog‘a hamdu sanolar aytdilarda, bunday dedilar: ((Men ko‘rmagan narsa qolmadi, hatto shul yerda turib jannatni ham, do‘zaxni ham ko‘rdim. Menga «Sizlar qabrda yotganingizda Dajjol fitnasi yanglig‘ bir sinovdan o‘tgaysizlar» deb vahiy qilindi»,— dedilar. Shunda: «Dajjol fitnasi yanglig‘»,— dedilarmi yokim: «Dajjol fitnasiga yaqin»,— dedilarmi, aniq yodimda yo‘q. Keyin, Janob Rasululloh bunday deb davom etdilar: «Har biringiz qabrda yotganingizda bir farishta kelib: «Bul kishi (Rasululloh)ni taniydursenmi?» —deb so‘raydir. Agar qabrda yotgan banda mo‘min (yokim «musulmon»,— dedilar shekilli) ersa, «Bul kishi Muhammad sallallohu alayhi va sallamdurlar, bizga mo‘jizalar (dalillar) olib kelganlar, biz ishonib qabul qilganmiz, ergashganmiz»,— deydir. Unga: «Biz sening mo‘min ekanligingni bilur erdik orom olib yotaverg‘il!»—deyishg‘ay. Ammo, munofiq (yokim, «ikkilanuvchi»,— dedilar shekilli) ersa, «Bilmadim, odamlar bul kishi xususida nimalardir deyishar erdi, men ham o‘shalar aytganini aytar erdim»,— deydir». (Buxoriy rivoyati)

Mo‘minga qabrda yetadigan xushxabar

Ibn Umardan rivoyat qiladilar: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "œLa ilaha illalloh" kalimasi ahliga o‘lim chog‘ida ham, qabrda ham, qayta tirilishda ham qo‘rqinch yo‘qdir. Go‘yo men ularga (qiyomat  kunidagi) qichqiriq chog‘ida boshlarini tuproqdan ko‘tarib, qoqib: "œBizdan g‘am-g‘ussani ketkazgan Allohga hamd bo‘lsin", deb aytayotganlarini ko‘rib turgandayman". (Tabaroniy, Abu Ya’lo, Bayhaqiy rivoyati)

Ka’bul Ahbor aytadilar: "œSolih banda qabrga qo‘yilgan payt-da uni solih amallari qurshab oladi. Azob farishtalari oyoq tomonidan keladilar. Shunda namozi ularga: "œQani, bu yerdan jo‘nab qolinglar-chi", deydi. So‘ng bosh tomonidan keladilar. Ro‘zasi aytadi: "œSenlarga uning oldiga yo‘l bo‘lsin, axir, u dunyo-da Alloh azza va jalla uchun uzoq vaqt chanqadi". Keyin tanasi tomondan keladilar. Haj va jihod aytadi: "œQani, daf’ bo‘linlar-chi, u jonini ko‘p toliqtirdi, badanini charchatdi, Alloh azza va jalla uchun haj va jihod qildi. Sizlarga yo‘l yo‘q". So‘ng qo‘l tomonidan keladilar. Sadaqa aytadi: "œMening sohibim oldidan jo‘nab qolingiz. Qanchadan-qancha sadaqalar mana shu qo‘llardan chiqib, Allohning jamoli orzusida Uning qullariga tushdi. Sizlarga yo‘l yo‘q". So‘ng unga: "œXotirjam yotaver. Tirikligingda yaxshi eding, mayyitligingda ham yaxshi bo‘lding", deyiladi".


48. Savol: Bir rus do'stim bor, unga islomni o'rgatmoqchiman, ammo nimadan boshlashni bilmayman, nimadan boshlash kerak va qanday kitoblarni sovg'a qilish kerak. Umuman olganda odamni o'ziga qarab islom qabul qiladigan va qilmaydiganga ajratish mumkinmi. Hidoyat Allohdan emasmi? Lekin ba'zilar bunga gapirib og'zingni charchatma deyishadi, shundaymikin-a...

Javob: Albatta, hidoyat Allohdan. Ugina hidoyat bermasa, bandasining qo'lidan hech narsa kelmaydi.
Lekin o'sha do'stingizning hidoyatiga siz sababchi bo'lib qolishingiz ham mumkin. Shuning uchun agar uning tushunadigan inson ekanligini bilsangiz, harakatni boshlang.
Quyidagi linkdan ko'p ma'lumotlar topsangiz bo'ladi:
http://islam.ru/vera/guide/

Yana Chorsudagi kitob rastalaridan Islom haqida ruscha adabiyotlarni ham olish mumkin. Shuningdek, "Я тоже хочу читать намаз" ("Men ham namoz o'qiyman") kitobi ham juda foydali kitobdir.


49. Savol: Eng yaxshi ko’rgan badiiy kitobingiz?

Javob: Eng sevgan tarixiy-badiiy kitobim - Saodat asri qissalari (Ahmad Lutfiy)
Eng sevgan badiiy kitobim - O'tgan kunlar (Abdulla Qodiriy)


50. Savol: Uylanmagan yigitlar qiz tanlashda eng avvalo nimaga e’tibor qaratishini maslahat berasiz?

Javob: Iymoni, islomi, xulq-atvoriga. Bu borada yaqinlarning maslahatlari va tekshiruvlari juda muhim.

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 08:59:02

51. Savol: Tanqidga munosabatingiz? Hayotingiz davomida eng esda qolgan tanqid (o’zingizga nisbatan)?

Javob: O'rinli tanqidni qadrlayman.
G'araz, gina, tuhmat bilan qilingan "tanqid"ni yomon ko'raman.
Bir birodarimizning yoshligimda tafakkur qilishga majbur qilgan tanqidini ko'p-ko'p eslab turaman.


52. Savol: Forum administratori sifatida o’zingiz forumning 2-3 yillik faoliyatini qanday baholaysiz? Ijobiy, salbiy jihatlari bilan.

Javob: Menimcha, bunday bahoni boshqalar berishsa xolisroq chiqadi.
Yaxshi hodisalar juda ko'p bo'ldi, ko'ngilsiz holatlar ham yuz berdi. Lekin Allohning inoyati ila ko'pchiligi hayr bilan yakunlandi.


53. Savol: Chetdagi "rahmat" deb qo'yilgan joyni bosmoqchisiz, yani post uchun rahmat aytmoqchisiz, postni manosiga e'tibor berasizmi yoki postni kim yozganligigami?

Javob: Rahmat berishda men quyidagilarga e'tibor beraman.
- postning mazmundorligi, ibratli jihatiga qarayman.
- ba'zida charchaganimda forumdagi ba'zi ibratli foto, mulohazalarni ko'rib, ko'nglim ko'tariladi. Shunda ham rahmat aytaman.
- yangi forumdoshlarning xayriyatli ishlarni boshlash arafasida ularni qo'llab-quvvatlash uchun ham rahmat aytaman.
- forumdoshlarning shu forum uchun qilgan mehnatlari samarasini ko'rganimda ham ularga rahmat aytaman.


54. Savol: Haqiqat nima? Sevgi nima? nomli hikoyalardan siz qanday mazmun topgan edingiz?

Javob: Bu maqolalarni dastlab 2004 yili "Hidoyat" jurnalida chop etilganda maroq bilan o'qib chiqqandim.
Maqola voqealari bizning zamonimizda bo'lib o'tadi, maqola qahramonlari ham zamondoshlarimizdir. Ko'p yoshlar kabi "Haqiqat nima?" deya o'ylanib, o'ziga munosib yo'l qidirishga harakat qilayotgan Xulyo kitob do'koni bahonasida bir ustoz topishga erishadi va ustozidan o'zini qiynayotgan: «Bularning qay biri haq? Iltimos, menga yordam bersangiz!.. Bularning hech birini o‘ylamasdan, bosh qotirmasdan yashayin deyman. Lekin, qarasam, bu gal o‘zim bilmagan holda boshqa bir falsafiy jarayonning ichiga tushibman...» kabi savollarga javob ola boshlaydi:

"Faqat, buguningnigina o‘ylashni tashlab, umringdan samarali foydalanishga urin. Shu qisqagina umrda insonlarga yordamlash, ishla, harakat qil, qozonib-sarfla, ish top, turmush qur, keksayib qarilik gashtini sur. Biroq, unutmaginki, sen bu dunyoga na turmush qurgani, na qarilik gashtini surgani va na o‘lgani kelgansan!"

Maqoladan ta'sirlanganman. Yoshlar uchun judayam zarur tavsiyalar bor ekan, ko'pchilik o'qib chiqsa yaxshi bo'lardi, deya o'sha paytdayoq saytga joylaganman. Hozirgacha bu maqolalarni 10000 ga yaqin (balki undan ham ko'p) muxlislar o'qib chiqishgan.


55. Savol: Ikki jins orasidagi sevgi va ishq nima sizngingcha.Nikohli nikosiz bunday munosabatda chegara qanday bo'lishi kerak?
Sizning yoningizda siz hurmat qiladigan tanishingiz shunday "ishq va sevgi" otashidan nikohdan avval zino sababli "kuyib kul bo'lib"ota yoki ona bo'lishga majbur bo'lib qolganini sezib qoldingiz o'sha inson bilan munosabatlaringizni qay tarzda davom ettirasiz?

Javob: Asl sevgi-muhabbat bu ibodat darajasidagi Alloh halol etgan ne'matlardan biridir. Zero, payg'ambarimiz Muhammad SAV ta'kidlaganlaridek, Alloh uchun sevish jannatga olib boradigan amallardandir.

Endi ikki jins orasidagi sevgi munosabatiga kelsak, bu hol nikohsiz mumkin emas. Ya'ni nikohsiz (garchi "taqvo ahlidan" bo'lsalar-da) ikki jinsning "sevgisi" gunohga, nafsning xohishlari katalak olishiga olib borishi tabiiy.
Bir paytlar forumda "Visol muhabbatning shirin o'limi" degan hikmat haqida bahs bo'lgandi. O'shanda men buni shunday sharhlagandim: "Visol - bu nikoh, shirin o'lim esa - bu boqiylik, musulmon uchun oxirat diyori barcha ezguliklarning vatani. Demak, muhabbat nikohdan keyingina haqiqiy bo'ladi."
Nikohdan keyingi muhabbat sahih bo'lsa-da, uning ham chegaralari bor. Bir insonni judayam ortiqcha sevish bilan boshqa insonlarga nisbatan (masalan yaqin qarindoshlariga) munosabat o'zgarishi uning hadlari buzilganidandir. Yoxud Majnun kabi sevgi deb boshqa barcha narsadan kechib yuborish ham yaxshi natijaga olib kelmasligi aniq.

Ikkinchi nuqtadagi savolingiz juda o'ylashga majbur etadigan savol bo'libdi. Bunaqa holatga duch kelmaganligim uchun javob berishga qiynalayapman. Yoshi kattaroq birodarlarimizdan bu savolga javob berishlarini iltimos qilamiz.

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 09:00:13

56. Savol: Siz uylanmoqchisiz, kelinlikka nomzodlar bilan ba'zan-ba'zan uyga borganingizda uchrashib ham turibsiz, lekin hali bir to'xtamga kelmagansiz... Shunday kunlarning birida ko’chada ketayotganingizda tasodifan bir notanish qizni — huddi siz o’ylagandek, balki undan ziyoda go’zal (idealingizdagi deymizmi) qizni uchratib qoldingiz. U haqiqatda chiroyli, zebo va latofatli, chehrasidan nur taralib turibdi"¦ Shunda yuragingiz behosdan dukkilab ura boshladi. Hozir u haqda qandaydir ma’lumotlarni (qaerda turadi, ismi"¦.) bilib olmasangiz, go’yo uni yo’qotib qo’yadigandeksiz"¦ Biroq u yolg’iz emas, onasi bilan birga"¦ Shunda qanday yo’l tutasiz?

Javob: Siz aytgan holat bo'lishi menimcha juda ishonarsiz. Insonni bir ko'rishda na husni jamolidan, na kiyinishidan, na gapidan, na "chehrasidagi nur"idan qanaqaligini bilib bo'lmaydi. Bu holatda yurkaning "dukkillab" urishini faqat kitoblarda yoxud kinoda deb tasavvur qilsam-da, bu narsa nafsoniy va o'tkinchi hohishdan boshqasi emas.

Bu borada ona, amma-xolalar, yaqin do'stlarning surishtiruvi, xolisona guvohligi eng muhim hisoblanadi. Siz aytgan holatingizda mabodo, "yaxshi qizga o'xshaydi, onasi ham ko'rinishidan ilmli ayolga o'xshaydi (onasini ko'rib qizini ol - o'zbek xalq maqoli), bir surishtirib ko'rish kerak" degan fikr tug'ilsa, u holda ularga bildirmagan holda uyini bilib olib, so'ng opa, amma yoxud xolis kishilarni ishga solib surishtiriladi.


57. Savol: Kurtlar vodiysi kabi kinolarni ko'rish insonga yaxshi deb o'ylaysizmi? Bunday kinolarni ko'rish har bir insonning vaqtini olib qo'ymaydimi? Bunday kinolarni ko'rgandan ko'ra kitob o'qishmi yoki Qur'on o'rganish bilanmi shug'ullangan yaxshi emasmi? Bu haqda fikringiz.

Javob: Har narsa o'z joyida, o'z vaqtida bo'lgani yaxshi. Bu kabi kino va seriallarga qattiq mukkasidan ketib, ko'p vaqtni ketkazishga qarshiman.
Lekin bo'sh vaqtda, dam olish paytlarida yaxshi kino bo'lsa ko'rish zarar qilmaydi. Ayniqsa, u o'ylatadigan kino bo'lsa. "Kurtlar vadisi. Irak", "Guantanamoga yo'l" kabi kinolar aynan fikrga chorlaydigan kinolardir. Ba'zida o'qib yetolmagan narsangizga ko'rib yetishingiz ham mumkin. Bu bilan ko'rish kitob o'qishdan yaxshi demoqchimasman. Hamma ishning me'yori, inson toqati yetadigan chegarasi bo'ladi. Bu chegara hamma insonda har xil. Masalan, mening muttasil kitob o'qishga toqatim yetmaydi. Ba'zan dam olaman, televizor, kino tomosha qilishim mumkin. Aytmoqchi bo'lganim, hozirgi informatsion dunyoda ilm yoki ziyoni faqatgina kitobdan topayotganlar juda kam. Chalg'ituvchi, ayni paytda insonning kamolotiga ham sabab bo'lishi mumkin bo'lgan vositalar juda ko'p. Eng asosiysi, ulardan qay holatda to'g'ri foydalana bilishda.


58. Savol: Siz har kuni onangizni eslab yoki gaplashib turasizmi? Har kuni onangiz uchun nimadir qilaolasizmi?

Javob: Musofirlikda ekanligim bois, har kuni onam bilan ko'rishish, gaplashishga imkoniyat yo'q. Lekin kun ora telefonda gaplashib turaman. Odatda, nimadandir ko'nglim g'ash bo'lgan payt onam bilan gaplashsam, qalbim yorishib, g'ashliklar yo'q bo'lib ketadi. Onam uchun har kun qilishim mumkin bo'lgan yagona ish - duo qilish xolos.


59. Savol: Iymon - nima? Iymoni zaiflarga nima maslahat berar edingiz?

Javob: Iymon - bu Imom Muslim rivoyat qilgan hadisga ko'ra, Allohga, Uning farishtalariga, Kitoblariga, Uning Paygambarlariga, Ohirat Kuniga, yahshi va yomon Qadar Allohdanligiga ishonish, iymon keltirishdir. Iymon Allohga xolislik bilan, bizni ko'rib, bilib turganini his qilib ibodat qilishdir.

Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytganlar: "Kimda quyidagi uch xislat bo‘lsa, unga iymon huzur-halovat baxsh etgaydir:
— Olloh va Rasulini hammadan ko‘ra yaxshi ko‘rmoq;
— Yaxshi ko‘rgan kishisini faqat Ollohni deb (Olloh yaxshi ko‘rgani uchun) yaxshi ko‘rmoq;
— Yomon ko‘rgan kishisini faqat Ollohni deb (Olloh yomon ko‘rgani uchun) yomon ko‘rmoq". Buxoriy rivoyati, sahih


60. Savol: Bilishimizcha musofirsiz ayni damda. "O'z uying o'lan to'shging" degan naql ham bor. O'z Yurtingiz va begona yurtlardagi xalq(insonlar) farqi?

Javob: Ha, musofirman, vale vatan ichra musofirman, ayni paytda. Boshqa yurtda musofir bo'lganimdagi ko'rganlarim bo'yicha birqancha farqli tomonlarni anglaganman:

- Yevropada insonlar qonunni, kundalik axloq qoidalarini hurmat qiladilar. Omer Seyfittin degan turk yozuvchisi o'z hikoyalaridan birida shunday degan edi: "Qonunlar buzilgan yurt ko'karmaydi...". Bizda esa qonunlar, oddiy axloq qoidalari odatda, uning tuzuvchilari tomonidan buziladi-da, buni ko'rgan avlodning ongida o'sha qonunga nisbatan hurmat ko'tariladi. Oddiy misol, otasi bolasiga: "Bola, sigaret chekma", - deydi, vaholanki, uning o'zi shu o'g'lini sigaret olib kelish uchun do'konga jo'natadi...

Polshada, garchi Yevropaning nisbatan kam rivojlangan davlati bo'lsa-da, qonunlar va fuqarolarning o'zaro hurmat qilishi tahsinga loyiq. Ikki-uchta misol keltiraman.

1. Varshavaga kelganimning birinchi kuni. Shaharni aylanay deb, qozog'istonlik do'stim bilan asta yo'l yoqalab ketyapmiz. Mashina kam (Varshava Toshkentdan ko'ra kichikroq shahar). Avval o'ng tomon, so'ng chap tomonga qarab, yo'ldan o'ta boshladik. O'tishim bilan orqaga qaradim, sfetofor tagida 4-5 chog'li odam, ikkita velosipedchi navbat kutib turganday turishibdi. Mashinalar esa yo'q. Ne ko'z bilan qarayki, ular o'zlariga yonga qizil chiroqni hurmat qilib, kutib turishgan ekan.

Bu menga dars bo'ldi. So'ng piyodalar uchun qizil chiroq yonganda, garchi mashinalar qatnovi sust yoki yo'q bo'lganda ham kutib turadigan bo'ldim.

2. Varshavaning markaziy ko'chasida ketayapman. O'sha kunlari Ruminiya Respublikasi prezidenti Varshavaga kelgan edi. Uzoqdan, ikki davlat bayroqlari bilan bezangan prezident karteji ko'rindi. Ular chorrahaga yaqinlashganida qizil chiroq yondi. Prezident kartejining barcha mashinalari to'xtab, yashil chiroq yonishi bilan yana yo'lda davom etishdi.

Ba'zida hayron qolaman. Bizda nari borsa 1-2 yil ishlagan GAI xodimlari ham ba'zida qizil chiroqni mensishmaydi...

3. Bekat tomon yurib kelyapman. Bir kishi mendan avvalroqda, sigaret tutatgan shekilli, qo'lida uning qoldig'ini ushlagancha ketib boryapti. Qo'lidagi axlatini tashlab yuborsa bo'lmasmikan, deb, g'ashim keladi. U bo'lsa, xotirjam bekat tomon ketyapti. Bekatga keldiyu, o'sha yerdagi axlat uchun mo'ljallangan qutiga sigaret qoldig'ini tashladi. Yana kuzatganim bir bolakay, qo'lidagi yeb bo'lgan morojniysi qog'ozini atrofga tashlamay, axlat qutisini qidira boshladi. Allaqancha muddat qo'lida ushlab borib, kerakli joyga tashladi...

...Toshkentga kelib, mana shunday qutilarni qidira boshladim. Garchi, uni har kuni tozalashmasa-da, tozalab bo'lgach, unga yangi polietilen qopchani solib, ozoda qilib ketishmasa-da, harqalay, bunday qutilar shaharlicha ekan. Lekin... Unga tashlanishi kerak bo'lgan chiqindilar, nechukdir, bekat oldidagi suv oqishi kerak bo'lgan ariqchalarda... yoxud aslida ko'm-ko'k bo'lib ochilib, shahar husniga husn qo'shishi kerak bo'lgan guzlorlar ichida...

4. Polshada ommaviy transport vositalarida sizdan pul so'rashmaydi. Bepul, jiddiy, bepul. Faqatgina siz yillik, oylik, haftalik, kunlik yo'l chiptasini oldindan sotib olasiz. Buni avtobus yoxud metroda sizdan na shofer, na komduktor (darvoqe, u yerda konduktorning o'zi yo'q) talab qilmaydi. Bu sizning vijdoniy va fuqarolik burchingiz. To'g'ri, lekin ba'zida tekshiruvchilar avtobusga chiqib tekshirib qolishlari mumkin, lekin bu kamdan kam holatlarda. Lekin kiosklar va shu chiptani sotadigan do'konlardan uni sotib olayotganlarning keti uzilmaydi...

... Bizda-chi? Bir kuni bir gazeta xodimi ham xuddi vakolati borday xizmat guvohnomasini ko'rsatib, avtobusdan tushib ketdi. Konduktor yosh yigit ekan, uni boshqa xizmatdan deb o'yladi shekilli. Bir tanishim hazillashib, hozir fermer xo'jaligini guvohnomasini ko'rsatib ham avtobusda yuraverasan degandi. 2-3 sinfligimda bir onaxon qarindoshimizdan so'ragandim: "Biz yosh bolamiz, avtobusga chiqib, tushayotganda, "rahmat, amaki", deb tushib ketsak bo'ladimi yo pul to'lashimiz kerakmi?" deb so'raganimda, ular "Yoshlaring 7 dan oshib qoldi. To'langlar, shoferning haqi qolib ketmasin" degandilar... Hozir esa 12-13 yoshli bolasi uchun pul to'lamay janjal qilgan, allaqanday guvohnomalarni o'tkazmoqchi bo'lib, konduktorni xunob qilayotganlarni ko'p uchratamiz...

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 09:00:38

61. Savol: Har bir sahobaning umr daftari juda ta’sirli. Sizga qaysi sahobaning hayotida bo’lub o’tgan voqea juda ta’sir qilgan?

Javob: Rasululloh (s.a.v.) rozi holda va rozi bo‘lingan holatda Rafiqul A’loga rihlat qildilar. Keyin musulmonlarning ishiga Abu Bakr Siddiq bosh bo‘ldi.
Bilol Rasulullohning (s.a.v.) xalifalari huzuriga borib:
— Ey Rasulning xalifasi, men Rasulullohning: "œMo‘min amalining afzali Alloh yo‘lidagi jihoddir", deganlarini eshitganman», dedi. Abu Bakr:
— Nima xohlaysan, ey Bilol? — deb so‘radi. Bilol:
— To o‘lgunimcha Alloh yo‘liga aloqadorlikni istayman — deb javob qildi. Abu Bakr Siddiq so‘radi:
— Unda bizga azonni kim aytadi?
Bilol ko‘zlari jiqqa yoshga to‘lib, javob qildi:
— Men Rasulullohdan keyin hech kimga azon aytmayman!
Abu Bakr:
— Qolib, bizga azon aytib turgin, ey Bilol, — deya iltimos qildi. Shunda Bilol aytdi:
— Agar meni o‘z nafsing uchun ozod qilgan bo‘lsang, sen istagandek bo‘laqolsin. Agar Alloh uchun ozod etgan bo‘lsang, unda men va Uning uchun ozod qilingan Zot o‘rtasidagi ishga aralashma!
Abu Bakr Siddiq (r.a.) javob qildi:
— Seni Alloh uchun ozod qilganman, ey Bilol!
Bilol qolgan umrini Islom chegaralarida o‘rnashib o‘tkazdi. Alloh va Rasuliga yo‘liqquniga qadar Alloh va Payg‘ambarimiz yaxshi ko‘radigan amallarda g‘ayrat ko‘rsatdi.
Uning kuchli, o‘tkir va g‘amnok ovozi azon aytib boshqa yangramadi. Sababi shuki, u azon aytarkan: "œAshhadu anna Muhammadar Rasululloh" jumlasiga kelganida xotiralardan qiynalib, ovozi bo‘g‘ilib qolar, kalima va iboralarga qo‘shilib ko‘zlaridan yosh jalasi quyilaverar edi.
Bilol so‘nggi marta Hazrati Umar (r.a.) Shomni ziyorat qilgan kunlari azon aytdi. Musulmonlar Bilolni bir martagina namozlariga azon aytib berishiga ko‘ndirish uchun mo‘minlar amirini vasila qilishdi. Hazrati Umar Bilolni yoniga chorladi. Namoz vaqti kirganida undan azon aytib berishini iltimos qildi.
Bilol mezanaga ko‘tarildi va azon aytdi... U azon aytar ekan, Rasulullohni (s.a.v.) ko‘rgan sahobalar yig‘lab yuborishdi. Yig‘laganlarida ham oldin hech qachon ko‘rilmaganidek qattiq ko‘zyosh to‘kishdi. Eng qattiq yig‘lagan Hazrati Umar bo‘ldi... Manba


62. Savol: Siz bir kunda forum uchun qancha vaqt ajratasiz va umuman internet uchun?

Javob: Avvallari ko'proq vaqt ajratardim. Hozir ham, imkoniyatga qarab, kamida 1 soat ajrataman. Ba'zida 3-4 kunlab kirolmay qolgan paytlarim ham bo'ladi. Odatda sayt va forum uchun materiallarni avvaldan tayyor qilib olaman, kun bo'yi kiritish kerak bo'lgan zarur fakt va raqamlar, rejalarni bloknotga yozib qo'yaman. Internetga kirish oldidan ularni tartibga tushirib, tezda kiritib qo'yishga harakat qilaman. Lekin shunda ham forum va saytning tashkiliy ishlariga qalashib, vaqt o'tib ketib qolganini bilmay qolaman...


63. Savol: Hozirda namoz o'qiydigan, ilm olishga ishtiyoqi borlar,Alhamdulillahki, ko'payib bormoqda. Lekin negadir muslim va muslimalarimizni fikrlash doiralari juda tor holatda qolib ketyapti. Buni sababi nimada deb o'ylaysiz?

Javob: Bunga sabab ayni ilmsizlik yoxud mavjud ilmga ham amal qilmaslikdir. Ilmli musulmon har bir fikrini, qilajak qarorini avval tahlil qilib, dini, dunyosi uchun foydali bo'lsagina, uni amalga oshiradi. Ilmsiz inson esa kim nima desa, shuni haq deb qabul qilib ketaveradi. Bir masalani sahih sanad bilan bundoq bo'ladi, desangiz, u "yo'q, qoriakam, bunaqa dedilar", deb aslida boshqa holat uchun aytilgan masalani o'zlariga hujjat qiladi.

Abu Homid G'azzoliy aytgan ekanlar: "Ilm fikrning xos mevasidir. Agar qalbda ilm hosil bo‘lsa, holati o‘zgaradi, holati o‘zgarsa, a’zolarning amali o‘zgaradi. Bas, amal holatga, holat ilmga, ilm fikrga tobe’dir.

Inson qanchalik ilm olgani sari uning fikrlashi, amali o'zgarar ekan. Uyer bu yerdan ba'zi ma'ruzalarni eshitib olish bilangina ilm hosil qilinmaydi. Ilm hosil qilish uchun mutaallimning o'zi ham harakatda bo'lishi lozim. Shundagina, u oqu-qorani ajratishga o'zida ilm topa oladi.
 
Aks holda esa, ba'zilariga tushuntirish befoyda. O'zi ilmsiz bo'lsa-da, kimlarningdir fikrini o'ziga hujjat qilib oladi-da, boshqa fikrni umuman qabul qila olmagani yetmagandek, hammani noqislikda ayblaydi. Birgina misol. O'zi namozxon ba'zi bolalar Questnet tarmog'ining va'dalariga uchib, biznesga kirishdi. Ularga necha marta bu yo'lda shubha, harom borligini aytib, dalillar keltirsak-da, qaysidir "olim" odamning ham shu biznesga kirgani yoki qaysidir "ulamo"ning bergan "fatvo"sini o'zlariga hujjat qildilar. Oxir-oqibat, hammasi kuyib qoldi.


64. Savol: Siz guvohi bo'lgan eng ibratli yoki hayratlanarli to'y qanday bo'lgan edi?

Javob: Marg'ilonda bir murattab qori bolaning to'yi ko'pchilikning yodida. Avval tushlik paytida kelinning uyida kuyovnavkarlar bilan birga borilib, u yerda go'zal ma'ruzalar bo'lgan. So'ng kechqurun kuyovning uyida juda go'zal Qur'on musobaqasi bo'lgan edi. O'shanda butun vodiy va respublikadagi qori yigitlar yig'ilishgan, yarim kechasigacha qur'on musobaqasi bo'lib, odam ko'payib ketganidan hatto necha-necha kishilar tik oyoqda turib, qorilarning qiroatlaridan bahramand bo'lgan edilar.


65. Savol: Deylik net-kafedasiz.. Yonizda o'tirgan qiz (yigit) ning kompiga beixtiyor ko'ziz tushib qoldi. U Sizning nazdingizda o'zi uchun (din, jamiyat uchun) foydasiz ish bilan mashg'ul. Unga tanbeh berarmidiz yoki indamay qo'ya qolarmidiz?

Javob: Avvalo mening birovning PCda nima qilayotganini kuzatadigan odatim yo'q. O'zim ham men PCda internetda o'tirganimda ustimda turadiganlarni xushlamayman. Siz aytgan holatga hech tushmaganman.
Agar siz aytgan holat bo'ldi, deylik, agar u qilayotgan ish gunohi kabira bo'lsa, kim bo'lishidan qat'iy nazar yotig'i bilan ogohlantirishga harakat qilardim.
Agar u chatda o'tirgan bo'lsa, unga tushuntirish isrof ekanligini bilaman. Chunki, juda ko'p chatter-yoshlar qilayotgan ishlarining bema'ni ekanligini bilganlari holda yana bu ishdan o'zlarini chetlamaydilar.
Agar men guvohi bo'lgan shaxs tanishim bo'lsa, unda barcha qurollarni ishga solib, uni ma'siyatdan qaytarishga harakat qilaman.

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 09:01:16

66. Savol: Қсрқув ва Аллоҳ учун қсрқмаслик билан боғлиқ ҳаётда сзингиз гувоҳ бслган қандай ибратли воқеликни сслай оласиз?

Javob: Men eslagan, o'zim guvohi bo'lgan hodisalar judayam ibratli bo'lmasa-da, lekin o'zim haligacha sog'inib, intilib kelayotgan olis bolaligim-u, bir o'zim hamrohsiz birinchi marta uzoq safarga chiqishim xotiralarini esga soldi. Unda ishonch bor edi, qo'rquv yo'q edi...

* * *

Yosh bolaman. 5-6-sinflarda edim shekilli. Bizga yaqinroq masjid yo'li qabriston bo'ylab o'tardi. Aniqrog'i u yer avval qabriston bo'lib, so'ng maktab stadioni va issiqxona hududi va unga tutash yo'l uning hozirgi ko'rinishi edi. Ko'pchilik o'sha kichikkina tor ko'chadan kechasi yurgani qo'rqar, har xil jin-ajinalarni ko'rgan kimsalarning shu yo'l haqidagi hikoyalari ko'pchilikni vahimaga solardi. issiqxona hududi keng bo'lib, kechasi o'nlab itlar izg'ib yurar, Abdulla Qahhorning "Dahshat" hikoyasini eslatardi. O'shanda bomdodni masjidda o'qishga harakat qilar, o'sha yo'ldan o'tarkanman, doimo o'zimga dam solib, xotirjam o'tardim. Bir kuni kechasi qop-qora, bahaybat, ko'rinishidan quturgan it oldimdan chiqdi. Ichimda dam solib, unga qarshi boraverdim... Yonidan o'tdim, qarab ham qo'ymadi... O'shanda ilk marta duoning kuchini his qilgandim...

* * *

Qoraqalpoq cho'llaridaman. Bir o'zim. Uvays Qaroniyning ramziy maqbarasi joylashgan mozoriston cho'lning ichkari qismnida bo'lib, atrofi katta qabriston. U yerni ziyorat qilgach, qabristonga yetmasdan joylashgan masjidga kirmoqchi bo'ldim. U yerga yaqinlashar ekanman 10 chog'lik it lashkarlari e'tiborimni tortdi. Nazarimda ular kimsasiz masjidni qo'riqlayotganday... Oyatal kursiyni o'qib asta yaqinlashdim. Itlar ham avvaliga men tomon doira shaklida yurib kelishdi. So'ng yo'l ochishdi... Masjidda hech kim yo'q edi...

* * *

Qiziq voqea:
Yoshligimdagi o'sha qo'rqinchli yo'lak. O'sha yo'lning o'rtarog'ida torgina, lekin keskin burilish chiqardi. Bir kuni xuftondan qaytib, o'sha qayrilishdan endi burilsam, bir kishi qo'rqqanidan yuzlari oqarib, nafasi tezlashib, o'tirib qolibdi... O'shanda oq yaktak, oq ishton, oq do'ppi kiyib yurardim...


67. Savol: Сиз сснгги марта баҳраманд бслган ва жуда маъқул келган воқеий ҳикосча(лар)дан бизни ҳам баҳраманд ста оласизми?

Javob: Ba'zida yonimizda turgan jannatiylarni g'animat bilmaymiz...

* * *

Chimyonda masjidni supurib, masjid atrofidagi mashinalarni qo'riqlab yuradigan bir telba devona bo'lgan ekan. Uning aqli bo'lmay, xalq orasidagi nomi ham jinni ekan... Gapirishda ham biron so'zni aytolmas, yosh bolacha tilda o'zicha allanimalarni aytib yurarkan...
O'sha odamning vafotiga guvoh bo'lgan qo'shnisi shunday hikoya qilib beradi:
- O'limi oldidan go'yo unga aql kirdi. O'rnidan turib qibla tomonga yo'nalib, go'zal qiroatda dona-dona qilib: "La ilaha illalloh, Muhammadur Rosululloh!" dedi-da, bir zumda yotib, qaytib turmadi...

* * *

Bozorda ishlaydigan bir do'stim hikoya qiladi:
- Kechagina birga namoz o'qigan edik. Shahartepalik qovun sotuvchi do'stim vafot etibdi. Go'zal o'lim topibdi. Uning ukasi hikoya qiladi:
- Ota-onam bomdoddan ilgari bozorga ketishgan edi. Akam bomdodga turdilar. Namozni o'qidilar. So'ng meni oldimga chaqirib, "uka, mendan rozi bo'linglar. Ota-onamga ham ayting, mendan rozi bo'lishsin... G'alati bo'lib ketyapman... La ilaha illalloh, Muhammadur Rosululloh!" - deb yotdilar. Ertalab esa turmadilar...

Barchamizga go'zal o'lim nasib etsin!


68. Savol: Ўлим ҳақ. Унга борар йсл ҳақ.
Ҳеч сйлаб ксрганмисиз? Сиз қандай слим топишни истардингиз?

Javob: Menga avval ham bir do'stim shunaqa savol bergandi. Unga shunday javob bergandim:
"Xuddi g'oziy sahobalardek, Alloh uchun muhoraba maydonida badanim tilka-pora bo'lib, o'q yemagan joyim qolmagan holda shahodatni aytib jon berishni xohlardim...".
O'shanda do'stim, buning hozir imkoni yo'q-ku, deganida yuqorida Shokirbek aka keltirgan hadisga muvofiq niyat etganligimni bildirgandim.

O'sha do'stimning o'zidan bu savol javobini so'raganimda u shunday degandi:
"Ramazonda, jum'a kunida, Baytullohda, Ka'ba qoshida, ro'zador holda, Yaratganda sajda qilib jon berishni xohlardim..."


69. Savol: Hayotda o'zingiz qadrlagan eng yaqin kishingizni qabrga qo'yganmsiz? Yaqinlaringiz uchun qabr kovlab ko'rganmisiz? O'sha vaqtlarda qalbingizda o'tgan kechinmalaringiz qanday bo'lgan?

Javob: Ha, bir yilda ikki marta...
2008 yili, Ramazonning birinchi kuni... Bir kun avval Toshkentdan uyga keldim. Sevimli amakim meni ko'rgani chiqdilar. Quchoq ochib ko'rishib, suhbatlashdik... Ertasi kuni saxar yig'i ovozidan uyg'onib ketdim... Kechqurun xufton namozini o'qib, uydagilari bilan xayrlashib, tirikchilik yuzasidan safarga chiqqan amakim, avtohalokatga uchrab, omonatni bergan ekanlar...
O'shanda birinchi marta o'lik yuvishda qatnashdim. Amakimning yuzlarida jarohat izlari bo'lsa-da, hayotligida doimo kulib yurganidek, o'shanda ham kulib turardi... Qabrga dadam qo'ydilar, yonlarida men qarashib turdim...
Janozaga tumonat odam yig'ildi. Imom-domla marhumning go'zal kunlarda vafot etganini, inshaalloh shahidlar maqomini topishini duo qildi.
Ko'mib bo'linib, Taborak surasi, ozroq mav'iza va duodan so'ng, "Umidjon qanday odam edilar?" degan so'rovga yig'ilganlar jo'r bo'lib: "Xudo Rahmat!!!" deyishgandi...

* * *

Oradan bir yil ham o'tmadi. O'sha kuni ham Toshkentdan kelgan edim. Bobom kasal edilar. Kechroq kelganim uchun dam olayotgan ekanlar, bezovta qilmadim. O'sha tuni meni so'rabdilar, ozroq atala ichibdilar. Ertasi tongda oldilariga kirdim. Ko'zlari yumuq bo'lsa-da, kulib turardilar... O'sha tongda jonlari uzildi.
Yana qabristondamiz. Dadam qo'ydilar, yonlarida men turdim...


70. Savol: Bo'lajak turmush o'rtog'ingiz forumlarda qatnashishni istasa qanday munosabatda bo'lasiz?

Javob: Forumga qatnashishdan maqsad - ilm olish bo'lsagina, bu masalani o'ylab ko'rish mumkin.
Avvalo, uyda mavjud kitoblar va audioma'ruzalar bemalol, forumdagi mulohazalarning o'rnini bosa oladi. Agar biron zamonaviy mavzudagi fatvo yoxud manba kerak bo'lsa, u holda o'zim unga topib berishga harakat qilaman.

Qayd etilgan