Muslimaga berilgan savollarga javoblar:
24. Savol: Sizning hayot yo'lingini belgilab bergan 3 ta hadis?
Javob:Unaqa hadislar ko'p, lekin asosiylari qiyidagilar:
1. Nabiy sollallohu alayhi vassallam marhamat qiladilar: "œAlloh taolo aytadi: "œEy odam bolasi, sen Meni o’zing zikr qilsang, Men ham seni bir o’zim zikr etaman. Sen Meni jamoat ichida eslasang, Men seni farishtalar ichida (yoki "œundan yahshiroq jamoat ichida", dedilar) eslayman. Sen Menga bir qarich yaqinlashsang, Men senga bir quloch yaqinlashaman. Sen Menga bir quloch yaqinlashsang, Men senga to’rt quloch yaqinlashaman. Agar Men tomonga qarab yursang, Men sen tomonga yuguraman" (Hadisu qudusiy)
Bu hadisni eshitganimda, Allohning mehribonligi va cheksiz rahm shavqat egasi ekanligini tushungandim. Allohni yo'lida yurishlikni anglashga kirishgandim. Ayniqsa, "Agar Men tomonga qarab yursang, Men sen tomonga yuguraman" degan joyi qattiq ta'sir qilgandi.
2. Bir marta «Birodarlarimni sog‘indim» degan edilar Rasuli Akram sollallohu alayhi vassallam va buni eshitgan sahobalar: «Biz sizning birodarlaringiz emasmizmi yo Rasululloh» deb so‘raganlarida, «Sizlar mening do‘stlarimsizlar, birodarlarim oxir zamonning og‘ir imtihonlariga duch kelgan paytda ham Islomni tark etmagan mo‘minlardir» deb javob bergan edilar.
Bu hadisni eshitganimda ko'zlarim yoshlangandi, Rasululloh (sav) aytgan o'sha birodarlar qatorida bo'lish bahti nasib qilishini duo qilgandim. Va shu yo'lda jiddiy harakat boshlagandim.
3. (Hadis mazmuni): Rasululloh sollallohu alayhi vassallam dedilar: "Qaysi ayol besh vaqt namozizni o'qisa, ramazon ro'zasini tutsa, Alloh buyurgan farzlarni bajarsa va erini rozi qilsa, Jannatga kiradi"
Bu hadis inshaAlloh mani hayotimni ohirigacha man uchun "hayot yo'lini belgilovchi" hadis bo'ladi, inshaAlloh!
25. Savol: Siz doim o'qib yuradigan 3 ta duo?
Javob: 1. "Robbana atina fiddunya hasanatav va fiyl ahirotu hasanatav, va qina a'zaban nar"
Ma'znosi: Allohim bizga bu dunyoda ham ohiratda ham yaxshilikni ato qilgin, va do'zah a'zobidan asragin
2. Amana rosulu ya'ni Baqara surasini 285-286 oyatlari (arabiyda), bu oyatla duo o'rniga ham o'tadi dib eshitgandim.
Ma'nosi: Baqara/285. Payg‘ambar o‘ziga Parvardigoridan nozil qilingan narsaga iymon keltirdi va mo‘minlar (ham iymon keltirdilar). Allohga, farishtalariga, kitoblariga va payg‘ambarlariga iymon keltirgan har bir kishi (aytdi): «Uning payg‘ambarlaridan biron kishini ajratib qo‘ymaymiz». Va «Eshitdik va itoat etdik. Parvardigoro, gunohlarimizni mag‘firat qilishingni so‘raymiz. Va faqat O’zingga kaytajakmiz», dedilar.
286. Alloh hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmaydi. (Har kimning) qilgan (yaxshi) amali o‘zi uchundir va (yomon) amali ham o‘zining buynigadir. Parvardigoro, agar unutgan yoki xato qilgan bo‘lsak, bizni azobingga giriftor aylama! Parvardigoro, bizlarning zimmamizga bizdan ilgari o‘tganlarning bo‘yinlariga qo‘ygan yukingni yuklama! Parvardigoro, bizlarni toqatimiz yetmaydigan narsaga zo‘rlama! Bizlarni afv et, (gunohlarimizni) mag‘firat qil, (holimizga) rahm ayla! O’zing xojamizsan! Bas, bu kofir qavm ustiga O’zing bizni g‘olib qil!
3. Bugungi kunda eng ko'p qalbimga taskin berayotgan va ko'p o'qiydigan duo:
"Hasbun allohi va ni'mal vakil, ni'mal mavla va ni'mal nasiyr"
Ma'nosi: Buyuk Alloh bizga yetarlidir, U naqadar yaxshi vakil, naqadar yahshi qo'riqlovchi va naqadar yaxshi yordamchidir!
26. Savol: Oilani eng baxtli oilalar qatoriga qo'shish uchun va unda solih farzandlar tarbiya topish uchun va haqiqiy islomiy oilaga aylanishi uchun, kimning xizmatlari, fazilatlari ko'proq muhim deb o'ylaysiz?
Javob: Manimcha bu yo'lda oiladagi ayolni va erkakni ham xizmati va fazilati muhim. Lekin oilani oila qilishda, uni eng baxtli oilalar qatoriga qo'shish va unda solih farzandlar tarbiya topish uchun haqiqiy islomiy oilada ayolni SABRI eng muhim. Ayol kishi SABR qilsa, boriga qanoat qilib, jufti haloliga hadeb noliyvermasa, farzandlari tarbiyasiga e'tiborli bo'lsa, yaxshi yomon kunda jufti halolini eng yaqin madadkori bo'lsa, Alloh buyurgan har bir ishda turmush o'rtog'ini qo'llab quvvatlasa haqiqiy go'zal islomiy oilaga aylantira oladi. Vallohu a'lam. Bu mani fikrim.
27. Savol: O'zim chet elda bo'lganim sababli chet elga turmushga chiqib tez orada chet elga kelgan dugonalarim va yoshgina qizlarni ko'p kuzataman.Bu qizlarni ko'plarida chet elda o'qiydigan yoki yashaydigan yigitga turmushga chiqishlaringing asosiy sababi qaynona qaynota nazoratisiz chet elda "erkin" yashashlik bo'lgan bo'ladi.Albatta atrofdagilarga bu ichki hislarini hammasi ham ochiq sezdirmaydilar.Turmush qurib chet elga chiqib olganlaridan keyin boshida juda a'lo yashaydilar.Ayni ko'ngillaridagi holat "ozodlik".Ammo ota -ona sog'inchi va hayotning turfa sinovlariga duchor bo'lganlarida qattiq afsus qiladilar.Aytingchi vaqti yetib o'g'lingizni chet elda o'qish yoki ishlash imkoni bo'lib qolsa va bu ayni uylanib oila quradigan vaqtiga to'g'ri kelib qolsa siz ikki yoshni chet eldagi "mustaqil" hayotlariga ona sifatida qanday munosabat bildira olasiz?
Javob: Mani hayotimga ancha yaqin bo'lgan savolni yozibsiz, lekin hamma qizlar ham "ozodlik" ka erishish uchun chet elga turmishga chiqishmaydi. Aslida qaynona nazoratida turishning ham ko'p hayrli hislatlari bor. Faqat sabr bilan o'tish kerak hammasidan. Munira opajonim aytganlaridek kelajak haqida biror narsa deyish juda qiyin, chunki u paytda biz qay holatda bo'lamiz biz bilmaymiz. Lekin o'g'limni bahtli qila olsa, boshida qiynalsam ham keyinchalik rozi bo'lardim. Chunki ona uchun farzandi qayerda bo'lmasin salomat bo'lsa, bahtli bo'lsa bo'ldi. Allohdan uni haqqiga duo qilib o'tiradi ONA!!!
28. Savol: Sizningcha armon bu nima? Sizning armoningiz? (sir bo'lmasa)
Javob: O'zi armon so'zi - ushalmagan orzu digan ma'noni bildiradi. Man armon digan so'zni lug'atimdan o'chirib tashlaganman. 1-sabab, orzularga qattiq berilishlik yaxshi emas dib hisobliman. Keyingi sabab, agar biz hohlagan biror narsa, deylik orzu qilib yurgan narsamiz ushalmasa uni armon dib emas, balki Alloh tao'lo hayrli qilmagani sabab bo'lmadi, nasib qilmadi, albatta Allohning har bir ishida hikmat bor deyishlik afzalroqligi. Nasib qilganlari uchun shukur, nasib qilmaganiga sabr qilish "Armonim bor!" deyishdan kora afzalroq, man uchun. Allahga shukur bu dunyoda armonim yo'q! Alloh ohiratda hayoti dunyoda qilolmagan ibodatlarimiz va hayrli amallarimiz uchun yoki ularni kam qilganimiz uchun ARMONDA QOLGANLAR qatoridan qilib qo'ymasin! Amiin!!!!
29. Savol: Siz yashayotgan joydagi nikoh to'yi bilan bog'liq eng yomon odat qaysi(lar)?
Javob: Yomon odatlar asabni buzadi. Asab buzar to'ylarga ancha bo'ldi bormaganimga, Allahga shukur!
Yaqinda qo'shnimiz o'g'lini uylantirdi. To'yga bormadik albatta, lekin kelin-kiyov uyga qaytishganda ma'lum bo'ldi qanaqa to'y bo'lgani. Shaytoni la'innini suvi qo'yilgan, erkak ayol aralash, ichishgan, o'tirishgan. Kelin-kuyovni uyga olib kelishganda, kelin moshinadan tushdi, katta yoshli 5-6 ta ayollar turgandi ularga uch bukilib salom berdi
Uyga kirib ketayotgan edi shaytonni suvini ichganidan sal kam shayton qiyofasini olgan "kiyovning do'stlari" bir varakayiga: "Ho'o'o' kelinxon bizgayam bitta bo'lsin salomladan" dib hingillab kulib yuborishdi. Bechora kelin majbur o'sha shirakayflarga ham salom qildi. "Kiyov" esa o'zicha gerdayib turdi
(ko'nglim buzilib ketti)
Yana, isrofgarchilik, ortiqcha hashamat, ovoragarchilik va har hil bida't amallar qilinishini manimcha yomon odatlar.
30. Savol: Меҳр билан боғлиқ ҳаётда сзингиз гувоҳ бслган қандай ибратли воқеликни сслай оласиз?
Javob: Inson hayotini mehrsiz tasavvur qilish mushkul. Mehrning turli hil ko’rinishi bor, lekin uning mohiyati bir hil.
Mehrning eng oliysi, Rahmlilarning eng Rahmlisi bo’lmish Allah taoloni bandalariga qilgan mehridir, manimcha. Allah mehribon, Uning mehrini har soniyada hayotimizda ko’rishimiz mumkin. Allah shu darajada bandalariga mehribonki, biz bandalar osiylik qilib Uni unutsak ham, gunohlardan tiyilmasak ham bizlarni tez jazolamaydi. Adashgan bandasini O’z mehri ila siylab, unga iymonni tortiq qiladi. Bunga har birimiz har doim guvoh bo’lganmiz.
Yana doim biz guvoh bo’ladigan va his qiladigan mehr bu Rasululloh
ning ummatlariga bo’lgan mehrlaridir. Eng suyukli ota-onamiz ham o’lim chog’ida "œOhiratim nima bo’larkin, holim ne bo’larkin?" kabi so’zlar bilan olamni tark qilishadi, lekin Rasululloh
o’lim chog’i ham bizlarni o’yladilar, "œUmmatim, ummatim"¦" deya bizni holimizdan qayg’urdilar. Ularning mehrlarini hamon his qilamiz"¦.. Allah ularga to qiyomatgacha salovatu salomlar ato qilsin, ahli oilalari va ashoblariga rahmat qilsin!
Insonlar orasidagi munosabatlar haqida aytadigan bo’lsak, Allah taolo onaga bergan mehrchalik mehrni hich kimga bermagan. Onamiz uchun biz doim bolamiz. Turmush quramizmi, uylanamizmi, o’zimizni oilamiz bo’ladimi baribir bizni bola deb o’ylashadi. Onaning mehri shu qadar kuchliki, farzandi uchun jonini ham bera oladi. Farzandi kulsa birga kuladi, yig’lasa birga yig’laydi. Onajonlarimiz bizga berayotgan mehrlari haqida juda ham ko’p yozish mumkin, ming afsuski bu yerdagi sahifalar kamlik qiladi hammasini yozish uchun. Toki o’zigiz farzandli bo’lmaguningizcha onani mehrini to’liq tushunib yetmas ekansiz"¦. Baxtimizga onajonlarimiz doimo sog’ bo’lishsin, bizga go’dakligimizda rahm qilishganidek, Allahim ham ularni barchalariga rahm aylasin! Amin!
Inson mehr bilan tirik, mehrni his qilmas ekan, uni boshqalarga ulashmas ekan u insonda hayr kam deb hisoblayman.
Abu Hurayra roziallohu anhudan rivoyat qilinadi: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "œAllohning yuzta rahmati bo’lib, undan bitta rahmatni jinlar, insonlar, hayvonlar va hashorotlar orasiga tushurdi. Ana o’sha bitta rahmat bilan ular bir-biriga rahm qildilar, shafqatli bo’ladilar va shu shafqat bilan vaxshiy hayvon o’z bolasiga mehribon bo’ladi. Alloh to’qson to’qqizta rahmatni olib qoldiki, ular bilan qiyomat kunida bandalariga rahm qiladi" Muttafaqun alayh.
Qiyomat kuni Allahning rahmat nazari bilan boqqan bandalari qatorida bo’lishlik har birimizga nasib qilsin! Musulmonlar orasidan hech qachon MEHR ko’tarilmasin! Amin!
P.S. Bu yerda go'zal javoblari bilan barchamizga ibratli voqealarni ulashgan aka-uka va opa-singilarimizdan Allah rozi bo'lsin!