21. Savol: 1. Siz uchun forumda eng qiziqarli 3 ta mavzu (bloglardan tashqari)? Va nima uchun?
2. Bloglar ichida sizga eng ko’proq yoqadigan 3 ta blog nomi? Va nima uchun?
3. Siz forumga kirganingizda birinchi bo’lib ko’radigan mavzuingiz?
4. Siz forumdagi qaysi 3 ta BO’LIMGA deyarli kirmaysiz?
5. Siz tez-tez foydalanadigan 3 ta BO’LIM nomi?
6. Siz uchun forumda eng yoqmaydigan 3 ta mavzu?
7. Siz uchun forumda ibrat bo’lgan va bo’layotgan 3 ta mavzu nomi?
Javob: 1. Oldindan aytaman.
Bu mavzularni xoizrgi vaqtda ko’proq kuzataman. Vaqti kelib balki boshqa mavzularga qiziqishim o’tishi mumkin"¦
1 chisi "œBolaligim seni sogindim"¦". Chunki bu mavzuga kirsam bolalikni eng shirin damlarini yodga olaveraman va hamma hamma "¦ liklarni unutaman.
2 chisi xozirda "œMeni yig’latgan holat"¦", no comment.
3 chisi "œMuhokamaga sabab bo’lgan mavzu"¦"
hazil. "œBizning fotogalireya" bo’lsa kerak. Sababi fotoga olishni yaxshi ko’raman.
2. Albatta 1-o’rinda "œTabriknomalar blogi"¦" (Muhammad Amin) nimagaligini hamma bilsa kerak.
"œXayolga sig’magan xayollar"¦" (ChehMik), chunki bu blogda bemalol xayolingizdagi fikrlarni ochiq oydin yoza olamiz.
Kngisi ZUBAYR bn Chustyni blogi.
4 ta bo’b ketdi - ku
ZUBAYRning blogi IBRATga to’la, Chustyning blogini esa qiziqarli, kayfiyatni ko’taradigan rasmlar ko’pligi uchun ham yaxshi ko’raman.
3. Oxirgi post qoldirilgan va man har doim kirib yuradigan mavzuga kiraman.
Ko’pincha bu "œXayolga sig’magan xayollar"¦", "œBugungi kun mulohazalari", "œBolaligim seni sog’indim", "œMeni yig’latgan holat"¦""¦ bo’ladi.
4. Eng pastda joylashgan bo’limga, Salomatlik va yana Darsxonaga.
5. Umumiy, Islom, Oila va jamiyat.
6. Rosti shu savolni o’zim berib, o’zim qiynalib ketdim.
Shundoq bo’sayam javob berishga harakat qilaman.
Intelekt va Madaniyat bo’limidagi ko’p-ko’p mavzular shu jumladan "œSiz mashhur kishi bilan uchrashib qoldingiz..." mavzusi ham nimagadur yoqmidi.
7. "œIslomiy she’riyat", "œXonimlar,sizlar ular oldida kimsizlar?", "Ibrat izlaganga ibratdir dunyo" va yana ko’pgina mavzular.
22. Savol: Kecha bir birodarimiz bilan suhbatda bir ajoyib gap eshitib qoldim.
"Ehtiyotkorlik TAQDIRni o'zgartirmaydi". Menga bu gap juda yoqdi. Siz bu gapni qanday tushunasiz?
Javob: Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Olloh taolo bir farishtani bachadonga vakil qilib kiritg‘ach, ul: «Yo rabb, maniy (nutfa) bo‘ldi, laxta qon (alaq) bo‘ldi, bir parcha et bo‘ldi»,— degaydir. Olloh taolo (o‘shal bir parcha etni) odam qilib yaratmoqni iroda hilsa, farishta undan: «Yo rabb, o‘g‘il bo‘lsinmi, qiz bo‘lsinmi, baxtli bo‘lsinmi, baxti qaro bo‘lsinmi? Rizqi qancha bo‘lsin, umri qancha bo‘lsin?» — deb so‘rag‘aydir. Mana shularning barchasi ona qornida taqdir qilib bitilg‘aydir!» —dedilar»
AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Ushbu hadisda har bir bandaning taqdiri tug’ilishidan avval bitilgani aytilayabdi.
Lekin bu digani biz "œHa baribir hammasi TAQDIRDAGISI BO’LADI. OLMA PISH OG’ZIMGA TUSH" deb o’tirishimiz kerak degani emas.
Savolizni o’qiganimda birinchi bo’lib mana bu hadis xayolimdan o’tdi:
Payg‘ambarimiz
bo‘sh qo‘yib yuborilgan tuyasini yo‘qotgan bir a’robiyga: «Avval tuyangni tushovlab, keyin Allohga tavakkul qilgin!» - deganlar
Yana bir xikoya esimga tushdi.
Bir qishloqqa suv toshayotgan vaqtda biro dam uyining tomiga chiqib "œAllohni o’zi mani saqlidi" dib o’tiraveribdi.
Suv esa tabora tosharmish. Shu payt qo’shnisi unga "œNimani kutayabsan, joningni saqlamisanmi?" dibdi.
U esa qo’shnisiga "œAlloh meni saqlaydi" dib o’tiraveribdi.
Qo’shnisi qayta-qayta gapirib, ketibdi.
Suv yanayam balandroq ko’tarilibdi. Shu payt u odamning yonidan bir kichkinagina qayiqchaga o’tib ketibdi.
Odam esa "œAlloh meni saqlaydi" dib o’tiraveribdi.
Suv yanayam balandroqqa ko’tarilibdi. Bu gal endi yonidan kichkinagina xoda o’tib ketibdi.
Odam shundayam "œAlloh meni saqlaydi" dib o’tiraveribdi.
Suv toshib butun uyniyam, odamniyam g’arq qilibdi.
Narigi dunyoga borganida odam Tangriga arz qibdi: "œNimaga mani saqlamading? Nimaga manga yordamimngni yubormading?" deb.
Tangri odamga debdi: "œMan sanga uchta yordam yubordim: qo’shningni, qayiqni va bir xodani yubordim, lekin san buni anglamading, ayb o’zingdadir!"
O’zini asraganni, extiyot qilganni Alloh asridi deyishadi.
Alloh taqdirimizga hammasini bitgan, lekin DUO taqdirni o’zgartiradi ham deyishadi, albatta bu ham ALLOHNI AMRI ILA AMALGA OSHIRILADI!!!
23. Savol: Siz yashayotgan yoki siz guvohi bo'lgan to'ydagi uchta eng yaxshi odat qaysi?
Javob: - ayollar alohida o'tirishlari
- oshda musiqa emas amri-ma'ruf va nahiy-munkar qilinishi
- to'ylarimizda ibratli ma'ruzalar bo'lishi.
24. Savol: Аллоҳ учун схши ксриш билан боғлиқ ҳаётда сзингиз гувоҳ бслган қандай ибратли воқеликни сслай оласиз?
Javob: Biz Rasululloh
Alloh uchun yaxshi ko'ramiz...
Ul zot
bilan bir zamonda yashamsak ham, ul zotni ko'rmagan eshitmagan bo'lsak ham...
Bu insonni yaxshi ko'rmay bo'ladimi?
Biz uchun arzimagan narsasini bergan insondan butun umr minnatdor bo'lamiz...
Rasululloh
chi? Butun umrlarini UMMAT uchun yashadilar, xatto farzandlaridan ham UMMATni tanladilar...
Rasululloh
"Birodarlarimni sog'indim..." dib aytgan hadislarida ul zot ham oxirgi zamon ummatlarini g'oibona yaxshi ko'rishlarini va shu ummat bilan jannatda birga bo'lishlikni xoxlashlarini aytganlar.
Biz esa ana o'sha "birodarlari" qatorida bo'lishni va shu yo'lda harakat qilishni Allohdan so'rimiz.
Man uchun ibratli voqealardan biri...
TOSHMI tarafda ishlab yurganimda ishxonamiz direktori chamasi 7 yoshlardagi bolakay bilan ishxonaga kirib keldilar.
O'sha bolakayga ko'zim tushdiyu, uning yuzidagi nur mani o'ziga jalb qildi.
[Inson chiroyli bo'lmasligi mumkin, lekin Alloh uni qalbini nurga to'ldirsa albatta bu uning tashqi ko'rinishiga ham ta'sir qilmay qolmaydi.]
Shu bolakay uyalibgina salom berdi, alik oldim. Ko'zimni u boladan uzgim kelmasdi...
Ichimda o'zimga "Alloh bandalariga farzand baxtini bekorga bermagan, bola inson bag'ri-dilining quvonchi dib bekorga etishmagan" dib qo'ydim.
Keyin direktorim Zulfiya opa shu bolaning ota onasi bilan bog'liq voqeani etib berdilar.
Otasi dindor, taqvodor odam edi.
Ayoli ham itoatkor, taqvodor, erini hurmat qiladigan ayollardan.
Otasi Allohning taqdiri bo'lib qamoqqa tushdi va mana necha yildirki absiz qamoq jazosini o'tamoqda...
Bu ayol esa o'sha vaqtda (ya'ni eri qamalganida), qo'lida 1 gina chaqaloq bilan qolgandi.
Ishonasizmi yo'qmi shu ayol qolgan 3 farzandini shu qamoqxonaga qatnab tug'di...
Mana shu bolakay - AbduMalik ham "zona"ning bollaridan.
Undan keyingi 2 farzand ham huddi shunday tug'ilishgan...
SubhanAlloh! didim o'zimga...
Shu ayol erini Alloh uchun yaxshi ko'rgani uchun ham musibatga sabr ila 4 farzandni mana necha yildirki o'zi katta qilmoqda.
Xuddi shu xolga tushgan yana bir oilani bilamanki, u oilada ayol va uning qarindoshlari bunga sabr qila olmadi...
Va natijada yigitning emas qizning hayoti do'zaxga aylandi... (vaholanki yigit qamoqda bo'lsa ham...)
Bu voqea man uchun juda katta ibrat bo'ldi.
Shu bolakay bilan o'sha kuni rosa o'ynadik... ishxonada qulashmachoq, bekinmachoqlar o'ynadik...
Haligi bolaning yuzidagi tabassum, undagi sokinlikni ko'rgan inson barcha g'amini unutardi...
"Allohni dib yaxshi ko'rish va Allohni dib yomon ko'rish iymondandur" diganlar Muhammad Mustafo
25. Savol: Do'stga zor, dushmanga xor, nomardga muhtoj qilma Duo iborasini qanday tushunasiz?
Javob: Mani avatar ilzoimda ham shu duo turadi: "Allohim O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin..." siz aytganga qaysidur ma'noda o'xshash.
Ibrohim Halilullohni olovga tashlaganlarida Jibriyil alayhissalom keladilara?
Jibriyil Ibrohim alayhissalomga: "Ya Ibrohim menga hojatiz bormi?" deb so'raydilar
Ibrohim alayhissalom qandayin go'zal javob beradilar: "Sizgami? Sizga yo'q! Men faqat Allohdangina hojatimni so'rayman. Men ishonamanki Alloh do'stlarini tashlab qo'ymaydi"...
Naqadar ibrat... Shu voqeani eshitamanu ALLOHU AKBAR diyman har doim...
Bizchi? Biz Hammasini Allohdan dib bilsak ham, nimagadur biror ishda "ishonganimiz"ga suyanib qolamiz.
Aslida Alloh xohlasagina o'sha ish bo'ladi, yo bo'lmaydi!
Lekin Alloh insonlarga bu dunyoda do'stni, sirdoshni, dushman, nodon kimsa tushunchalarini berdiki inson shular bilan hayot mazmunini aslida nima uchun yashab nimaga bu dunyoga kelganini tushunadi...
Do'st aslida bizga nafsimizga yoqadigan gaplarni aytib, bizni do'zax ahli amaliga boshlasa bu do'st emas DUSHMAN...
dushman esa aslida biz haqiqiy do'stni bilishimiz uchun bizga "YORDAM, QO'SHIMCHA"...
nodon ham yaxshilarni bilishimiz, ularni qadriga yetishimiz uchun bizga bir na'muna...
Bu douni so'rar ekan inson do'stga zor qilmasligini, ya'ni qiyin vaziyatlarda, tushkunlik kunlarida unga tog'ri va yaxshi maslahat bera oladigan insonga zor qilmasligini so'raydi (bu uning yoshligidagi do'sti, ayoli, qo'shnisi.... hamma bo'lishi mumkin...)
dushmanga xorlik esa insonni yanada cho'ktiradi... uni bu hayotga nisbatan g'azabli, g'arazli qilib qo'yadi...
Eng yomoni esa NOMARDGA MUXTOJlik, chunki inson qiyin vaziyatda unga yordam berishini kutgan inson NOMARDGA uchrashi bu eng yomoni bo'lsa kerak.
Alloh asrasin.