Savolu-javob. ("Forumdoshdan forumdoshga savollar" arxivi)  ( 158672 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 18 B


shoir  07 Dekabr 2009, 09:33:34

31. Savol: Do'stga zor, dushmanga xor, nomardga muhtoj qilma Duo iborasini qanday tushunasiz?

Javob: Olimlardan biri shunday degan ekan:
DO’ST  istasang ALLOH yetar,
Ulfat istasang Qur’on yetar,
Mol istasang qanoat yetar,
DUSHMAN  istasang NAFS  yetar,
Nasihat istasang o’lim yetar.
         Shak shubhasiz eng yaqin do’stimiz ALLOH, eng yomon dushmanimiz NAFSimizdir! Haqiqiy DO’STiminzga biz doim muhtojmiz, lekin DO’STimiz hech narsaga muhtoj emas. Allah O’zidan o’zgasiga muhtoj qilmasin, nafsimizni ustun qilib xor qilib qo’ymasin ilohim. Lekin inson bu hayotda insonlar bilan yahsaydi va muomala qiladi. Ularni orasida do’st ham, dushman ham, mard ham nomard ham bo’ladi albatta.
         Do’stga zor bo’lish inson uchun musibat, manimcha. Chunki yaxshi yomon kunizda sizni qo’llab quvatlab, dardizga sherik bo’la oladigan insondir DO’ST. Do’st ona, ota, jufti halol, opa-singil, aka-uka, birodar va boshqalar bo’lishi mumkin. Inson hayotini bir qismini  o’z do’sti bilan bo’lishadi, unga ishonadi. Agar do’st bo’lmasa hayotni ham qizig’i bo’lmaydi. Do’stga zor bo’lish — atrofida u kerak bo’lgan va unga kerak bo’lgan insonlarning yo’qligidir. Alloh saqlasin!
         Eng katta dushmanimiz — nafsimiz. Agar inson nafsini quli bo’lsa, nafsi iymonidan ustun bo’lsa, unga dushmanning ham keragi yo’q! Chunki inson qiyofasidagi dushman, nafschalik xor qila olmaydi....
         Nomardga muhtoj bo’lish ham musibat. Chunki nomard Alloh urib qo’ygan bandalardan biri. Bunday insonga muhtoj bo’lish, undan biron narsa kutish insonni tubanlashtiradi... Allah saqlasin!


32. Savol: Azaga borsangiz eng ko'p tasirlangan voqeangiz?

Javob: Hali shu kungacha azaga bormaganman.
         Lekin aytishim mumkin, azaning oz’i ta’sirlanadigan voqea. Tobutni ko’rganda hamma ta’sirlanadi manimcha, bir lahzaga bo’lsada qabrni eslaydi, o’zini o’zi sarhisob qiladi, hech bo’lmasa qalbida siniqlik paydo bo’ladi. Bir lahza bo’lsada ohiratni eslaydi, gunohlari ko’pligidan, dunyoni keragidan ortiq sevganidan yuragi siqiladi va fikir yuritadi.
Alloh avvalimizni va oxirimizni go’zal qilsin! Amin!


33. Savol: Int va forum orqalik munosabat va muomala sizga nima beradi.Forum sabab ilm olaman degan tushunchaga ko'p uchrayman sizning bu iboraga fikringiz?

Javob:  Internet va forum orqali muomala ko’p narsani tushunishimda yordam berdi. Har xil insonlarni uchratdim, muomala qildim. Alhamdulillah haqiqy muslima opa-singillar bilan tanishdim. Ibrat olishga arziydigan insonlar bialn tanishdim. Ulardan ko’p narsani o’rganish bahtiga erishdim. Va shu bilan birga sal bo’lsada odamlarni farqiga borishni o’rgandim. Afsuski ishonch tuyg’usini yo’qotdim. INet olamiga kirmasimdan avval hamma "œdindor" larga ishonish mumkin deb o’ylardim, lekin inet va forum manga HAQIQATni ko’rishga sabab bo’ldi. O’zini ancha ilmli qilib ko’rsatib, ishonchni oqlab keyin yo’lg’on va makr ishlatadigan insonlar ham borligini bildim. Ilmni faqat olish, o’qish emas, balki unga amal qilish muhimroq ekanligini o’rgandim. .. va hokazo.
     Forum sabab ilm olish tushunchasiga kelsak, man ham forumga ilm istab kirganman. Haqiqatda ilm olish uchun forumda sharoitlar yetarli. Kitoblar, ibratli fikrlar, Islom  hulqini egallagan userlar ilm olishda katta yordam bera oladilar. Alloh ulardan rozi bo’lsin! Man forumga ilk a’zo bo’lgan vaqtlarimda forumda hich qanaqa ortiqcha dil hiraliklar bo’lmasdi. Ko’pchilik eski userlarni fikridan kelib chiqib aytyapman, forum avvalgi holatini bir muncha yo’qotgan. Hozirda ilm talab qilib kirayotganlarga bu narsa ta’sir qilmaydi degan umiddamiz hammamiz.
Alloh hammamizga vaqtimizdan unumli va samarali foydalanishlikni nasib qildin!


34. Savol: Болалигинингизда сзингиз иштирокингизда рсй берган снг кулгили ҳодисани сслай оласизми?

Javob: Bolalikni har bir oni qiziq voqealarga boy bo'lgan. Biz juda ham sho'x qiz bo'lganmiz 2-3 sinfgacha shunday bo'lgan. Mahdiyah ikkalamiz dugonalarimiz bilan qo'shilvolib ko'chani boshimizga ko'tarardik. Biz "bezorilarni" dastidan biron daraxt qolmasdi, meva pishdi deguncha qizlar bilan bironta meva daraxtini hafa qilmasidik :D Kun bo'yi o'yinga qiziqqanimizdan uyga kirgimiz kelmasdi, qornimiz ochganini ham unutardik :D Onalarimiz uyga chaqirishganidagina esimizga tushardi qorin g'ami.
       Ramazonda qizlar guvalashib uyma uy yurib "ramazon aytib keldik..." dib boshlab qolardik. U paytda odamlar ancha mehrli bo'lgan bo'lsa kerak, har kuni aytib chiqsak ham rusmi, tatarmi, armani, azarbajonmi, o'zbekmi kulib bizlarga shirinlik, pul va hokzaolar ulashardi. Biz esa bundan bolalarcha hursand bo'lardik. :)
       Qizlar bilan bekinmachoq o'ynasak, hisobda Noza chiqib qolsa man uni o'rniga turardim, qizlar esa g'irrom qilyapsan dib janjal qilishardi. :D
          To'g'risi aniq bir voqeani yoza olmadim, qaysi birini yozishni bilmadim, umumlashtirib javob berdim. Aniq javob qilmagan bo'lsam uzr :)


35. Savol: Sizga eng yoqadigan, doim yodingizda turadigan biror mashxur insonning aforizmi?

Javob: Doim yodimda tutadigan hadis man bu: Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: "œBiror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan" (Muttafaqqun alayh).
    Yana yaqinda rahmatli Abdug'ani domlani ma'ruzalarida eshitdim, hikmatga boy bo'lgan so'zlar menga yoqdi, uni ham yod qilib oldim. "Inson ilmi bilan kibrlanadi, maqtanadi vaholanki, ilmni unga Alloh bergan. Inson husni bilan kibr qiladi, uni ham Alloh bergan. Inson mol-dunyosi bilan kibr qiladi, uni ham Alloh bergan. Mol-dunyosini hayrli ishga sarf qilayotganidan ham maqtanadi ba'zan, agar Alloh tafiq berib, uni to'g'ri yo'lga boshlamaganida shu pullarni haromga ham ishlasa bo'lardi. Insondagi hamma narsa Alloh taoloniki, hammasini Alloh bergan. Alloh bergan narsa ila kibr qilishlik noto'g'ri. Insonda faqat bittagina narsa bor, u faqat insonga tegishli. Bu insonning - GUNOHLARIDIR. Alloh bergan narsa bilan emas, qo'lingdan kelsa o'zingniki bo'lgan GUNOHLARING bilan maqtan, kibrlan ey inson! "

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 09:34:11

Mutaallimahga berilgan savollarga javoblar:

15. Savol: 1. Siz sevgan O'zbekistondagi 3 ta shahar? Nima uchun siz bu shahrlarga mehr qo'ygnasiz?
2. Siz sevgan jahondagi 3 ta shahar (Makka, Madina, Quddusdan tashqari)? Nima uchun bu shaharlarni yoqtirasiz?

Javob: 1. O'zbekistondagi biror shahar yoki viloyatga alohida mehr qo'ymaganman.. Hammasi o'zicha chiroylik va go'zal tabiatga ega..
2. 1.O'zim u yerda bo'lgan bir qancha yashagan joylardan  Qohira (Misr) u yerdagi eng yaqin insonlar go'zal xotiralar maroqli o'tgan vaqtlar sabab bo'lsa kerak...
2.Hali u yerda bo'lmaganman lekin kelajakda albatta borishni niyat qilaman Mansura (Misr) Mansuradagi o'qishlarda o'qishni judayam hohlayman..


16. Savol: Tasavvur qiling,forumda siz hurmat qilgan bir opangiz yana bir forumdagi post va fikrlaridan islomga qiziqishi bor deb fikrlash mumkin bo'lgan yana bir forumchi yigit nomidan "sovchi"  bo'ldilar.Siz bu taklifni qanday qabul qilasiz? Yaniy insonni yozganlari sababli islomni yahshi anglab tushunadi deb taklifini qabul qila olasizmi?

Javob: Savol uchun tashakkur. Kech javob yozayotganim uchun uzr so'rayman..
Hmm.. O'ylantiradigan savol bo'libdi, umuman olganda forumga chiroyli nick bilan kirish avatar, imzo va postlarini islomiy so'zlar bilan "bo'yash" hammaning ham qo'lidan kelaveradigan narsa.. Afsuski asliga qaraganda aksar hollarda buning aksi bo'lib chiqadi.. Men shunday xolga duch kelsam o'sha opani gaplarini hazil deb qabul qilib ketaverishlikka harakat qilgan bo'lardim.. Garchi bu "hazil" qanchalar og'ir bo'lsa ham unga ko'p e'tibor berishlik odamdan ko'p narsalarni eng muhimi uning hayolini o'g'irlaydi.


17. Savol: "Kishi o'z yaxshi ko'rgan narsasini mo'min birodariga ham yaxshi ko'rmaguncha, haqiqiy mo'min bo'la olmaydi".
Bu hadisi Sharifni qanday izohlaysiz?
Sizningcha hozirda musulmonlar shu hadisga amal qilgan holatda yashay olishyaptimi?
Va sizningcha mo'minning eng yaxshi ko'rgan narsasi nima va u ko'proq birodarlariga nimani ilinishi lozim?

Javob: Mo'min inson hoh ma'naviy hoh moddiy bo'lsin o'zi uchun sevimli bo'lgan hamma narsani birodariga ilina olsagina haqiqiy mo'min hisoblanadi. O'zi uchun eng sevimli narsani boshqa birovga ilinish ham katta jasorat talab qiladi ba'zida.
Menimcha afsuslar bo'lsinki ayni davrda aksar (hamma emas) musulmonlar bu hadisga umuman teskari hayot kechiradilar...
Mo'min uchun eng sevimli narsa bu ILM o'rganish va o'rganganlariga amal qilish bo'lsa kerak.. Mo'min inson nafaqat birodariga balki umuman dushmani deb bilgan odamiga ham o'zining go'zal xulqi va shirin gaplarini ilinishi lozim.. Chunki go'zal muomala bu eng katta va eng kuchli da'vat demakdir.. (mening fikrimcha).


18. Savol: Tushlarda ba'zida ahaqiqatlar ham ayon bo'ladi.
Tushingizdan ko'rgan voqea-hodisa keyinchalik hayotingizda ham yuz bergan holatlar bo'lganmi?

Javob: Umuman olganda men tush ko'rmayman ko'rsam ham nima haqida ekanligini tushunmayman.
Shuning uchun hozirgacha birorta tushim hayotda sodir bo'lmagan deb o'ylayman.. Lekin 12 yoshimda ko'rgan bir tush hech ham esdan chiqmaydi uni sodir bo'lishini juda ham hohlayman va uni haqiqat bo'lishi uchun harakat qilaman... Allohdan xar doim shu tushimni haqiqatga aylantirishini so'rab qolaman...


19. Savol: Oyijoningizga bo’lgan mehringizni qanday izhor qilasiz?

Javob: Savol uchun katta raxmat. Lekin o'ziyam eng qiyin savolni beribsiz  ;)
Ayam juda qattiqqo'l va talabchan bo'lganlari uchun "yaxshi ko'raman" deyish quchoqlash o'pishlarni unchalik yoqtirmasdilar :) Shuning uchun oilada so'z bilan biror gap aytib kattalarga yoqishga harakat qilish yo'q.. Darslar vaqtida tayyor bo'lsa, hohlagan vaqtlarida so'ragan "savollar"iga qoniqarli javoblar ola olsalar shundan xursand bo'ladilar.. (savollar nimadan iborat ekanligini oldindan hech kim bila olmaydi chunki kutilmagan holatda kutilmagan narsalar haqida bo'ladi doim


20. Savol: O’zingiz o’zingizga yoqmaydigan vaqtlar ham bo’ladimi? Shunday holda nima qilasiz?

Javob: Ha juda ko'p bo'ladi.. Ko'pincha sababi yoki namozlarga beetibor bo'lishni boshlaganim yoki dars topshira olmaganimdan alamimni kimdan olishni bilmay boshqalarni aybdor qilganimdan keyin yaxshilab dars topshirsam bo'ladi :-[...
Bunday xollarda 124. Kim Mening eslatmamdan yuz o‘girsa, bas, albatta uning uchun tang — baxtsiz hayot bo‘lur va Biz uni qiyomat kunida ko‘r holda tiriltirurmiz». oyatini ko'p ko'p eslab tafakkur qilishlik yordam beradi..

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 09:34:29

21. Savol: O'z Vataningiz va hozir yashab turgan manzilingizgiz qay jihati bilan o'xshashligi bor?

Javob: Savol uchun tashakkur.. Kech javob yozayotganim uchun uzr..
Menimcha o'xshash tomonlari islomga qiziqishning ko'pligi va islomga amal qilguvchining kamligida bo'lsa kerak.. (bu faqat insonlarning yashash tarzidagi bog'liqliklar.. Qonuniy o'xshashliklarga to'htalmadim chunki qonunan qaralsa tepadagi fikrlarim umuman noto'g'riga aylanib qoladi...)


22. Savol: Chetdagi "rahmat" deb qo'yilgan joyni bosmoqchisiz, yani post uchun rahmat aytmoqchisiz, postni manosiga e'tibor berasizmi yoki postni kim yozganligigami?

Javob: Albatta postning ma'nisoga qarab rahmat aytaman.. Lekin ko'pincha rahmat tugmasini bosib o'tirishga eringanim uchun ko'p yaxshi postlarga rahmat aytmay o'tib ketaman :)


23. Savol: Siz avtobusda o’qishga ketayotgandingiz, shu payt tasodifan avtobusdagi kelishgan, istarali notanish bir yigit sizga negadir ko’p tikilib qoldi (bot-bot qarayapti), aftidan u bir ko’rishda yaxshi ko’rib qolgandek"¦ Avtobusdan tushganingizda u ham tushib ortingizdan yura boshladi"¦ Shunda nima qilasiz? Mobodo, sizni sevib qolgan bo’lsa, shunday vaziyatda u, sizningcha, nima qilishi va o’zini qanday tutishi lozim, deb o’ylaysiz?

Javob: Umuman siz aytgan holat meni hayotimda bo'lishi mumkin emas bo'lgan holat..(InshaAlloh) Birinchidan ayni vaqtda avtobusdan juda ham kam hollarda foydalaniladigan diyorda yashaymiz.. Ikkinchidan niqobda bo'lganim sababli yuzim ham ko'zim ham boshqalarga ko'rinmaydi :)
Avtobusda o'qishga qatnaydigan joyda turganimda va qatnaganimda ham kiyimim shunday bo'lgani uchun bunday hollarni his etmaganman..


24. Savol: O'zizni juda chorasiz deb o'ylagan vaqtingiz bo'lganmi? Bu holda nima qilgansiz?

Javob: Menimcha hozirgacha umuman chorasizman deb o'ylaydigan holat bo'lmagan.. Chunki har bir ishning bir hikmati bor. Aniq bilmadim-ku lekin o'zini chorasiz deb o'ylagan odam Allohga tavakkal qilsa va shu ishni hikmatini kutsa havotirga o'rin qolmaydi..


25. Savol: Ramazon oyidagi qaysi odat sizga judayam ma'qul keladi?

Javob: Ramazonda iftorlikka aziz insonlarni mehmonga chaqirib iftordan so'ng kooooop vaqt har hil ajoyib mavzularda gaplashib o'tirishimizni judayam yaxshi ko'rardim.......
Hozir uydagi 4-5 yoshli qizchalarni azon ovozi eshitilishi bilan suuuuuuuuuuuvv deb oshxonaga yugurishlarini mazza qilib tomosha qilaman :)

Alloh rozi bo'lsin 40 graduslik issiqda O'zbekistonda ba'zi kattalar ham ro'za tutishmaydi.. lekin bu qizlar har kuni uyqisirab saharlik qilib chanqaab iftorlik qilishadi va taroveh namoziga borish uchun kunduzi bilan dars tayyorlaab o'tirishadi.. Ularni tamosha qilish maroqli...

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 09:34:42

26. Savol: Ar-Rohman surasining 26-27 oyatlari - "œ(Yer) yuzidagi barcha jonzot FONIYdir. Buyuklik va karam sohibi bo‘lgan Parvardigoringizning yuzi — O’zigina boqiy mangu qolur" esimga tushaveradi.
Mastura ismini eshitsam "œhijob" oyatlari va hijob hayolimga kelaveradi.
Savol: Sizningcha insonning ismi DA’VAT bo’la oladimi? Siz uchun qaysi ism DA’VAT?

Javob: Ha albatta insonning ismi qay darajadadir da'vat qila olish qobiliyatiga ega.. Odam o'zini ismini ma'nosini bilib shu ismga munosib tarzda hayot kechirishi kerakligini his etsa doimo o'zini tekshirib yurish imkoniyatiga ega bo'ladi.. Farzandlarga bunday ma'suliyatni yuklash va eng go'zal ismni tanlash esa ota-onadan.. Men doimo o'zimni qilayotgan ishlarim, kiyayotgan kiymnlarim "mastura" nomiga munosib bo'lishini hohlayman, va bunga qo'limdan kelgancha harakat qilaman... Avvallari negadir ismimdan uyalardim, chunki maktabda bunday ismlikl qizlar bo'lmasdida, negadir g'alati ismga o'xshaverardi.. keyinchalik ismimni ma'nosini bilganimdan so'ng Men albatta MASTURA bo'lishim kerakligini his qildim..Demak insonga ismi hayotda qanday yashashi kerakligini ham ko'rsatib berishi mumkin ekan..

Chiroyli dunyo va oxirat uchun foydalik bo'lgan xar qanday ismni yaxshi ko'raman.. Faqatgina ma'lum bir foydalik ma'noga ega ismlar insonga Da'vat bo'la olsa kerak..


27. Savol: Siz hayotingiz davomida o'zingiz tasavvur qilgan insonlarga ibrat bo'laoladigan, musulmon insonni uchratganmisiz?

Javob: Ha, Alhamdulillah unday odamlarni ko'p uchratganman!
O'zlarining go'zal xulqlari bilan hammaga haqiqiy musulmon qanday bo'lishi kerakligini o'rgata oladigan insonlar dunyoda bor, lekin judayam kam..........
Shu ta'rifdagi insonlarni oxirat yo'liga kuzatayotganda ichdan o'tadigan his-tuyg'ularni ta'riflash juda ham qiyin..
Unday insonlar bilan uchrashish hayotda ulardan o'rnak olib yashash judayam katta baxt ekanligini shu baxt qo'ldan ketganda anglash undanam yomon..


28. Savol: Vatandan uzoq bo'lgan barchaga savol. Siz sog'inch juda kuchayib ketgan paytlari o'zingizni qanday ovutasiz?

Javob: Vatandan uzoqda bo'lgani uchun sog'inch judayam kuchayib ketgandek his qilib yuradigan hamma Payg'ambarimizning hayotlarini bir bor eslab olsa eng katta yordam deb bilaman..
Payg'ambarimzi yer yuzidagi eng xayrli joyni tashlab Madinaga borganlarida u yerda iymonlari salomatligi uchun u yerga qanchalar muhabbat qo'yganliklari hattoki Makka fath qilinganida ham o'z vatanlarida qolmay shuncha yillar ular bilan birga yelkama yelka turib dinlarini himoya qilgan birodarlari ashoblarini tanlab Madinaga qaytganliklari Alloh dinlarini ulug'lashtirgan vatanda o'lishlikni afzal bilganliklari bugungi Muhammad sollalohu alayhi va sallam ummatidan bo'lgan bizdek musofir insonlarga eng go'zal ibrat bo'ladi deb o'ylayman..


29. Savol: Ustoz talim berish jarayonida o'z yaqinlariga nisbatan begona shogirdlarga boshqacharoq yondashib ilm beradimi?

Javob: Savol uchun tashakkur. Kechroq javob yozayotganimga uzr.
Menimcha bu ko'proq ustozni insofi va bolani qobiliyatiga bog'liq.. Har qanday ustoz o'rgatayotganiga yarasha natija ko'rishni yaxshi ko'radi.. Shuning uchun bo'lsa kerak ustozlar ko'proq yaxshi oladigan tez uqadigan o'quvchiga e'tibor berishadi u yaqini bo'lsa ham begona bo'lsa ham..


30. Savol: Bir joyda o'qigandim. Ali r.a:"Agar insonlar Alloh va Uning Rasulini SAV yolg'onchi deyishlarini xohlamsangiz Dinni go'zal ko'rsating" degan ekanlar.
Shu fikrga qanday qaraysiz? Hozirda biz shu so'zlarga amal qilib Dinni yaxshi yoki umuman tushunmagan insonlarga Islomni go'zal ko'rsatib bera olyapmizmi? Agar bu qo'limizdan kelmayaotgan bo'lsa bunga nima sabab deb o'ylaysiz?

Javob: Savol uchun tashakkur, kechroq javob yozayotganim uchun uzr...
Juda go'zal va to'g'ri gap..
Menimcha biz bu gapga unchlik ham amal qila olmayapmiz.. Amal qilayotganlar ham bo'lsada ular juda kam bo'lganlari uchun ularning so'zlari qabul qilinmayapti...
Birinchi o'rinda menimcha bunga NAFS sabab bo'lsa kerak.. Chunki hozirgi hayotimizdagi ko'p narsalar nafsimizga to'g'ri kelmagani bois har birimiz o'zimiz uchun hujjatlar topadigan bo'lib qolganmiz, ba'zilar hattoki o'zlarini MUSULMONman degan hollarida Allohning FARZ qilib qo'ygan amallaridan ham tonishga tayyor bo'lib qolganlar nafslari yo'lida (Alloh asrasin) Shunday insonlar kundan kunga ko'payayotgani uchun ham eshitguvchi, qabul qilguvchilar yuqoridagi gapga amal qilishga harakat qilib yashaydigan bir muslim yoki muslimani ko'rganda uning gaplari va faqatgina ISLOM go'zal qilib turgan xulqiga emas umum "muslmon"lar ahvoliga qarab fikr yuritadilar..... Faqat bir insonga qarab uning dini haqida fikr yuritish uchun esa o'sha insonga yaqin bo'lib yashash uni hayot tarzini kuzatish kerak bo'lib qolgan hozirgi vaqtda..  Qisqa qilib aytganda insonlar ko'zlari bilan ko'rib keyin aqllari bilan fikrlamagunlaricha shunday insonlar BOR ekanliigini bilmaydilar ham... Bilsalar ham ta'n olmaydilar chunki ular ning ko'zlarida Islomni go'zal qilib ko'rsta oladigan inson umuman bu hayotdan tashqari mavjudotdek ko'rinadi..

Qachonki nafsimizga qarshi bo'lsa ham dinimizda buurilgan amallarni og'rinmay qila olsak keyin yuqoridagi muammolar yechiladi va dinini go'zal qilib ko'rsata oladigan insonlar ko'payadi shundagina insonlar ba'zi "muslmon"larni deb dinni yomonlayverishdan o'zlarini tiyadilar deb o'ylayman.....


31. Savol: To’ydan keyin turmush o’rtog’ingiz sizga netdan foydalanishni ta’qiqlasalar qanday yo’l tutardingiz?

Javob: Agar Alloh umr berib bir necha yillardan keyin o'sha vaqt kelib qolguday bo'lsa, bu haqida o'shanda o'ylashib ko'ramiz :)

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 09:35:36

Ikbaljohnga berilgan savollarga javoblar:

7. Savol: Ramazon bilan bog'liq hayotingizdagi eng go'zal xotiralar bilan o'rtoqlashsangiz.

Javob: Umuman olganda,qiziqarli xotiralar esda qolmagan ekan.Esda qolganlari:5-6 yoshlarda kattalarga qiziqib va qo'shilib ro'za tutardim,lekin mani ro'zamiz qorin ochgungacha edi.Qornim ochsa,qornimni to'ydirardim va yana o'zimcha og'zimni yoffolardim ;D
7-8 yoshimdayam ro'zani ikkiga bo'lib tutardim,iftorlik paytida oilamizdegi kattalardanam oldinroq dasturxon bo'yiga o'tirvolardim,xuddi bir ishni qoyil qip qo'ygandek : D


8. Savol: Tasavvur qiling siz rejissyorsiz. Qaysi mavzudagi va nima bilan bog’liq kinofilm olgan bo’lardingiz?

Javob: Tarixiy shaxslarimiz haqida kino suratga olgan bo'lardim. Tariximizda Dukchi Eshon, olatxon kabi shaxlsar to'liq yoritib berilmagan. Kattagina sarmoya va professional aktyorlar yordamida Gollivud darajasida kino ishlasa bo'ladi.


9. Savol: Kuzatishimcha ko'p chet elga chiqqan qizlar o'sha o'zlari yashab turgan yurtni yigitlariga turmushga chiqib o'sha yurtda yashab qolishni afzal biladilar.(Buni o'ziga yarasha sabablarini dalil qiladilar).Siz ham hozir yashab turgan yurtingiz Turkiyani bir yahshi oilasidan biror muslimani o'zingizga juft qilib saylay olasizmi?

Javob: Savol uchun rahmat.Vaqtim kamligi uchun javobni qisqa qilaman:umuman yo'q.O'zbek qizlariga yetadigani yo'q,nozlaridan tortib hijolat bo'p turishlarigacha faqat ularga yarashadi.Faqat qadrlariga yetmimizda :(

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 09:36:29

Mahdiyahga berilgan savollarga javoblar:

5. Savol: 1. Sizning hayot yo'lingini belgilab bergan 3 ta hadis?
2. Siz doim o'qib yuradigan 3 ta duo?

Javob: 1. Har bir hadis mo'min hayotining har bir bo'lagida mavjud.

Rasululloh sollallohu alayhi vassallamning hayotlari biz uchun har holatimizda o'rnakdir.
Shuning uchun aynan shu hadis yo bu hadis mani hayotimni belgilab bergan deya olmiman.
Shunday bo'lsa ham hayotimda o'zim uchun hamisha shior kabi o'zimga tez-tez takrorlab eslatib turadigan hadislarimdan 3 tasini yozaman.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar: "O'zingizga ravo ko'rganingizni birodaringizga ravo ko'rmaguningizcha haqiqiy mo'min bo'la olmaysiz".

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Poyafzalingizning bog'ichini yo'qotsangiz ham istirjo' - "INNA LILLAHI VA INNA ILAYHI ROJI'UN" (Ma'nosi: Biz Allohnikimiz va Allohga qayguvchimiz) deb ayting", deganlar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar: "Amallarning Alloh taologa seviklisi - oz bo'lsa ham davomlirog'idir" 

2. 1)Allohim haq yo'lda, iymonda, islomda sobitqadam qilgin!

2) Allohim Sani sevmoqlikni, Sani sevganlarni sevmoqlikni va San sevgan amallarni bajarmoqlikni nasib qilgin!

2) Allohim barchamizga ham Jannatul-Firdavsingda sevganlarimiz bilan bo'lmoqlikni nasib qilgin!


6. Savol: Chet elda o'qiydigan yoki  ishlab yashaydigan hayotingizda umuman ko'rmagan bir yigit sizni int orqali forumlarda yoki umuman ba'zi manbaalardagi fikrlaringizga tayanib sizni "yoqtirib qoldim menga turmushga chiqing" deb aytsa bu taklifni qanday qabul qilasiz?

Javob: Man net orqali turmushni maqullamiman. Lekin Alloh taqdir qilgan bo'lsa biz ojiz bandalarni qo'lidan hechnima kelmaydi!


7. Savol: "Ilm boshqa, amal boshqa" degan gapni qanday tushunasiz?

Javob:  Bu gap ko'proq "Dilda bo'lsa yetadi" ga o'xshidi, aniqrog'i man 2 chi variantni ko'proq eshitganman.
Yana biri "Domlani etganini qilu, qilganini qilma"  hazil

Hamma ham ilmiga amal qilavermidi. O'rganganimizni tushuib, anglab, uqqanimiz va hayotimizga tatbiq qilganimiz unga amal qilishdir.
Faqat o'qiyversak, o'rganaversak amalda o'zgarish bo'lmasa o'rganganimiz 1 chaqaga ham arzimaydi!
Bizni olgan ilmimiz amalimiz bilan bilinadida.
Boshiga do'ppi kiyganni hammasi ham namozxon emas! (Bu ham shunga bir misol)


8. Savol: Sizningcha armon bu nima? Sizning armoningiz? (sir bo'lmasa)

Javob: Armonni ushalmagan orzu, niyat deyishadi.
Armonim bor deya olmiman, yo'q ham deya olmiman chunki  hayot hali oldinda.
Alloh nasib qilsa bizga armon tuyilgan ishlar tez orada sodir bo'lishi hech gap emas.


9. Savol: Ko'chadami, boshqa joydami, qayerda bo'lsa ham begona odam sizni rashk qilsa qanday tushunasiz?

Javob: Rash - iymondan
Begona diganingiz musulmon birodarimiz, qizmi yigitmi kim bo'lsa ham rashk qilsa to'g'ri tushunaman va hursand bo'laman. Ya'ni deylik mo'minalarga boshqa odam tarafidan sha'niga yo o'ziga to'g'ri kelmaydigan bir ish sodir bo'lishi mumkin, shundan qo'rqibmi yo boshqa sababdanmi birodar rashk qilsa hursand bo'lamiz.

O'zim ham akamnimi, opamnimi yo umuman barcha musulmon yigitlarini va qizlarini boshqalardan juda rashk qilaman!!!  :D


10. Savol: Инсон сз Виждони ва ҳоҳишига қарши боришдек бахтсизлик бслмаса керак (сьни схши маьнода). Аллоҳ йслидаги бирор бир амалингизда бошқалар тинчлиги учун сз раьйингизга қарши чиққан ҳолатлар бслганми ва сшандай вақтда бу вазистдан қандай чиқиб кета олгансиз?
2. савол: Она фарзанд тарбиссида снг аввало нимага аҳамист бериши ва тарбисни снг аввало нимадан қай йссинда бошлаши лозим?

Javob: 1. Boshqalar tinchligi uchun ko’pam o’z ra’yimga qarshi bormaganman. Balki bu hudbinlikdir, lekin bor gapni etdim. Ra’yimga qarshi bo’rgan vaqtlarim ham bo’lgan. Bunaqa vaziyatda hammasidan voz kechaman-qo’yaman. Talashib tortishmiman.
Lekin Alloh yo’lida, dinimga qarshi hech qachon birovni tinchligini o’ylab voz kechmaganman! InshaAlloh kelgusidaham bunday bo’midi digan umiddaman. Man uchun hamisha Allohni kalomi BIRINCHI O’RINDA , xoh onam, xoh otam, xoh eng sevikli insonim gapirsa ham!!!

2. Bu savolingizga javob berish manga sal vahliroq bo’lsayam, lekin fikrimni etib o’taman.
Manimcha ona avvalo farzandlarni birdek ko’rishi kerak! — bu bir. To’g’ri ona uchun qaysiduri sevikliroq, qaysiduri mehribonroqdir, lekin ajratish bo’lmasligi kerak (bu holni ko’p oilalarda ko’raman, shuning uchun etib o’tdim).
Nafaqat ona balki ota ham, ikkalasi avvalo bola tarbiyasida o’zlariga savol berishlari kerak: "œFarzandim uchun ibrat bo’la olamanmi? Qay odatim kelajakda farzandim man hohlagandek inson bo’lishi uchun ibratu, qay odatim uni man hohlagandan teskari bo’lishiga sababchi bo’la oladi?"
Avvalo o’zlarini isloh qilishlari kerak.
Chunki misol uchun namoz o’qimagan ota hech qachon o’g’liga "œNamoz o’qi? Nima uchun namoz o’qimisan?" deya olmidi va bunga haqqi ham yo’q bo’ladi. O’zida yo’q narsani boshqadan talab qilishga haqqi yo’q!

Man hamisha farzandlar hususida gap ketsa, yoki kelajak haqida o’ylab qolsam avvalo ular uchun o’rnak bo’lishni, har sohada, ibodatdami, dunyoviy ishdami, hamma hammasida o’rnak bo’lishni o’yliman.
Chunki "œqush inida ko’rganini qilar" digan gap bor. Andoza bilan bichilgan kiyim hatosiz bo’ladi.

Yoshligida keragidan ortiq erkalatib, kn "œQulog’iga gap kirmidigan darajada sho’x" disa, 12 kirganda "œnamozga erinchoqlik qiladi, hijobni xohlamayabdi" disa, 20 ga kirganda "œo’qishni zo’rg’a tamomladi, yomonlarga qo’shilib ketayabdi" "¦ (Alloh asrasin) degandan ko’ra, hamma narsani vaqti-soatida bajarish kerak.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga hamma narsada muallimdirlar.

Bir kuni Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning nabiralari hazrati Hasanni quchoqlab o‘pgan vaqtlarida Aqro ibni Habis otli do‘stlari buni ko‘rib, payg‘ambarimizga shunday dedi: "Demak, siz bolalarni o‘pasiz. Mening o‘n bolam bor, men ularni hech qachon o‘pmaganman".
Payg‘ambarimiz bu kishiga tabassum bilan boqdilarda, shunday dedilar: "Marhamat qilmagan kishiga marhamat qilinmas".

Yana bir hadisda esa Fotima onamiz farzandlari betob bo’ladiyu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni chaqirtiradilar. Shunda Nabiy alayhissalom kelgan odamga "œQizimga borib ayt, Allohdan shifo so’rab duo qilsin" deydilar.

Ikkisida ham ummat uchun oladigan ko’p foydalar bor.
Albatta farzand shirin, lekin uning go’zal hulqiyu, iymoni InshaAlloh ikki dunyoda ham biz uchun shirinroq bo’ladi.
Hali ona bo’lmay og’zimni ko’pirtirayotgandurman.
Lekin niyatim Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qiyomatda "œMANI UMMATIM" deya fahrlanadigan solih va solihalarga ona bo’lishlik, Jannatul firdavsda ota-onasiga Toj kiydiradigan haqiqiy mo’min va mo’minalarga ibrat bo’lib ona bo’lishlik. Alloh o’sha kunlarga yetkazsin! OMIN!

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 09:37:00

11. Savol: Insonning sodda, ochiqko'ngil bo'lishiga qanday qaraysiz? Umuman sodda odam deganda qanday odamlarni tushunasiz?

Javob: Sodda va ochiqko'ngil man uchun 2 hil so'z.
Albatta barcha uchun yaxshi muomilada bo'lishlik, barchani birdek ko'rib ochiqko'ngil bo'lishlik yaxshi.
Lekin sodda inson hayotda ko'p qiynaladi manimcha.
Bir hadisni mazmunida quyidagicha deyiladi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Mo'min odam bir xatoni qayta takrorlamaydi"
"œTili kuygan puflab ichar" ham deyiladi o’zbeklarda.
Sodda odam ishonuvchan odamdir. Bunaqa insonlar ko’pincha aldanadilar bu yolg’on dunyoda, chunki ular hamma narsani o’zlari o’ylagandek yaxshi, yorug’ deb o’ylasa kerak.

Xullas fikrim inson balki sodda bo’lishi kerakdur, lekin 2 marta ham ayni o’sha xatoni takrorlasa u soda emas ahmoq bo’ladi.
Lekin ochiqko’ngil bo’lgani yaxshi. Ochiqko’ngil inson hayotda yutsa yutadiki yutqazmidi!


12. Savol: Ramazon bilan bog'liq bo'lgan hayotingizdagi eng yorqin xotira?

Javob: Rosti savolizni o'qib, darrov bir narsani eslay olmadim.
Odatda savolga qarab darrov bir javob kelardi.
Lekin bu safar unaqa bo'madi.
Balki Ramazon bn bog'liq hali hayotimda u qadar "yorqin" deb atashga mos hotira bo'lmagandir,
balki Ramazonni yaqindan beri to'liq tushunib, ro'zalarda soim bo'layotganimdandir, bilmadim...

Lekin yoshligimda bir ajoyib qiziq voqea bo'lgan Ramazon bn bog'liq.
Hali juda kichkina edim. Dadam bn ayamga qiziqib ro'za tutdimu, peshinga borib qornim ochqab ketdi.
Uni ustiga bozordan chiroyli turshaklar ob kelib, qurisin dib katta idishga yoyib qo'yishganakan.
Yosh bola emasmanmi, nafsim ustunlik qilib bitta turshakni olib chishlab oldim.  ;D
Kn hech kim ko'rmayabdimikin deb qarab, yana qolgan yarmini yeb oldim.
Shomda esa hamma bn yana birga iftor ham qildim.  :D

Har Ramazonda nimagadur shu hotiram esimga tushaveradi... :)


13. Savol: Avvallari Ko'kcha, Hastimom, Hoja Ahror Valiy masjidlarida ayollar ham tarovih namoziga kelishar, alohida o'ralgan joylarda jamoat bilan namozni ado qilishar edi. Keyinchalik bunga ruxsat berishmadi.
Hozir ham tarovih namoziga ayollar ham borib, bahramand bo'lishlarini xohlarmidingiz? Ayni damda bunday ibodatlarda qatnashishga qanday sabablar monelik qilishi mumkin?

Javob: Ha man ham eshitgandim. Xatto ilgari ayollarni o'z masjidlari bo'lgan ekan.
Eski ishxonamdagi bir tatar ayol gapirib berardi, Ma'ruzalar bo'lardi deb.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Ayol kishining uyda o'qigan namozi masjidda o'qigan namozidan 25 marotaba savobliroqdir."
Ammo ulamolar hayit va tarovih namozlarida ayollar qatnashgani ma'qul deyishgan.
Albatta hozir ham ayollar masjidga borib tarovih, hayit namozlarida qatnashishlarini juda xohlardim.
Arab davlatlarining deyarli barchasida shunday.
Lekin ularda ayollar ham sharoit ham shunga mos.
Ya'ni ayollar haqiqiy ma'nboda o'rangan holdalar, haqiqiy hijob ichidagi ayolni erkak kishi ko'rmaydi, chunki u ayol boshdan oyoq o'rangan bo'ladi.
Bizda esa afsuski sharoit buni taqazo qilmaydi.
Ayollar hijobdalar, ammo arab ayollari kabi o'ranmaganlar.
Bu esa boshqa nomahramlarni ko'zi tushishi va turli hil fitnalar sodir bo'lishiga olib kelishi mumkin.
Xatto masjidda ayollar bn erkaklar kiradigan eshikni alohida qilsalar ham baribir masjid atrofida rango-rang kiyingan "hijobli"larni erkaklar ko'rmaydi deb hech kim kafolat bera olmaydi.
Savob olaman deb gunoh orttirib olish hech gap emas.

Lekin juda ham xohlardim ayollar ham ma'ruza tinglab, hayit va tarovihda qatnashishlarini.

Erkak kishining da'vati ayolnikiga nisbatan tezroq ta'sir qiladi mani nazarimda.
Shuning uchun ham ayollar jum'a mavizalarini maviza qilayotgan odamning o'zidan tinglashsa yaxshi bo'lardi.
Afsus hozirgi holat buni taqozo qilolmaydi...


14. Savol: Tasavvur qiling siz rejissyorsiz. Qaysi mavzudagi va nima bilan bog’liq kinofilm olgan bo’lardingiz?

Javob: Agar men rejessor bo'lganimda "inson va dunyo" mavzusida kinofilm olardim. Unda inson taqdiri, uning qanday qilib yutuqlarga erishishi va kelajak uchun kurashishi, haqiqiy Alloh degan insonni nimalar kutishi, Qiyinchiliklarni sabot bilan engishi, har qanday sharoitda ham tushkinlikka tushmaydigan inson haqida bo'lardi. U inson shunday inson bo'lardiki u meni tasavvurimdagi inson. U insonni boshqalarga o'rnak bo'ladigan va dunyo mashaqqatlarini sabr va sabot bilan engib o'tadigan inson sifatida tasvirlardim.


15. Savol: Siz uchun ilmning asosi nima?

Javob: 1. Ilmning asosi...?
Sufyoni savriyning bir gapi bor ilm haqida:
Ilmning avvali sukutdir. Keyingisi tinglamoq, so’ng uni asramoqdir. To’rtinchisi unga amal qilmoq, beshinchisi uni yoymoqdir
juda tog'ri aytilgan so'zlar.
Lekin ilmning asosi nima? Ilm nimaga kerak o'zi?
Agar savolingiz shu ma'noda bo'lsa o'z fikrim:

:bsm:
"28-29. (Ey Muhammad), eslang, Parvardigoringiz farishtalarga: «Albatta, Men (asli) qora botqoqdan bo‘lib (odam surati berilgach) quritilgan loydan Inson yaratguvchiman. Bas, qachon uni tiklab, ichiga O’z (dargohimdagi) jondan kiritganimda, sizlar unga sajda qilgan holingizda yiqilingiz!» deganida;
30. Barcha-barcha farishtalar unga (ya’ni, Odamga) sajda qildilar.
31. Magar Iblis sajda qiluvchilar bilan birga bo‘lishdan bosh tortdi." (HIJR surasi)

Alloh ODAMga ilmni berdi.
Alloh taolo farishtalarni va odamni yaratdi.
Farishtalarga odamga sajda qilishni buyurdi.
Ular ojiz bandaga sajda qilamizmi deganida, Alloh subhanohu va taolo odamni va farishtalarni YERga to'plab farishtalardan so'radi:
"Yer yuzidagi manbu narsaning nomi nima? Anavi narsa nima?"
Farishtalar javob berisha olmadi.
Kn odamdan so'radi. Odam javob berdi.
Shundan kn farishtalar odamga sajda qildilar.

Har bir inson ilm olishi shart!
Xoh dunyoviy xoh diniy.
Diniy ilm olgan sari va shu ilmiga amal qilgani sari banda Allohga yaqinlahaverarkan.
Ilmni ilnson avvalo o'zi uchun oladi.
Bu dunyoda ham oxiratda ham o'zi uchun yaxshidir.
Aslida barcha ilm borib dinga taqaladi.
Bunga oddiy misol Qur'oni Karimdagi oyatlar bugungi kunda, rivojlanayotgan texnikalar, insonlarning say' harakati bilan va eng asosiysi buni ALLOH xohlagani uchun biz insonlarga ochiq oydin isbotlanib berilmoqda.
Kusto bn bo'lgan voqeani hamma bilsa kerak.
Aynan mana shu ham misol bo'la oladi bunga.

P.S. Manga arab yozuvini o'rgatgan ustozim, kenayim shunaqa dirdilar:
"Har qanday ilmning asosi QUR'ONdir".
Shu so'zlar bilan dars boshlardik  :)

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 09:37:17

16. Savol: InshaAlloh bo'lajak turmush o'rtog'ingiz yoki farzandlaringiz tashki va harakter jihaddan qaysi sahobaga o'hshashlarini istardingiz?

Javob: Turmush o'rtog'im yoki farzandlarimda sahobalardagi hislatlar bo'lsa dunyodagi eng bahtli ayol va ona bo'lardim. InshaAlloh

Abu Bakr  :ra: ning sadoqati...
Umarul Foruq  :ra: ning adolati...
Usmon  :ra: ning hayosi...
Ali Murtazo  :ra: ning ilmi va kuchi...
Saloni Forsiy   :ra: ning ilmga, Haqni anglashdagi shijoati...
Sa'd ibn Abu Vaqqos  :ra: ning Haq bilan sevikli insoning gapi kelganda ham HAQni talaganligi ...
Ukkosha  :ra: ning muhabbati...
Abdulloh ibn Mas’ud   :ra: ning Rasululloh  :sw: ga har bir ishda o'xshashga intilishi...
Bilol  :ra: ning go'zal ovozi...  :)
Hamza ibn Abu Tolib  :ra: ning kuchi va fidoiyligi...
Abbos  :ra: ning ilmi...
bu qatorlarni yozib adog'iga yetib bo'masa kerak.
Har birimiz sahobalarni hayotini o'qir ekanmiz albatta ichimizda "Qani endi biz ham farzandlarimiz ham bularga o'xshasak" dib o'ylimiz albatta.

Hamma sahobalar Allohning amri va Rasululloh  :sw: ning gaplariga hech ikkilanmasdan "Labbay" dib javob berishgan.
Jonlariyu, mollari, suyukli oila va farzandlaridan ham kerak bo'sa voz kechishgan.
Agar farzandlarim mana shu yo'lda bo'lsalar Allohga HAMD aytishdan charchamayin.


17. Savol: 3. Siz uchun ko'proq Vodiy vohalari azizroqmi yoki Toshkent ko'chalari?

Javob: Agar xozir ikkalasini solishtirsam aniq kimdur mandan hafa bob qoladi.  :D
Shunchun lo'ndagina qilib aytib qo'ya qolaman.
Hammaga o'zi o'sib o'zi kotta bo'gan joyi aziz.
Shunday ekan TOSHKENTni, qayerda bo'lmasam ham qumsayveraman...
Man uchun Toshkent azizroq!!!


18. Savol: 1.Kundalik odatlaringizda payg'ambar alayhissalomga sevikli odat va ummatlariga sunnat bo'lgan tahajjud namozni o'qishlikni odat qilganmisiz?
2.Bir kunda 1 ju'zdan Quroni Karim mutoalasida toqat bilan davomli o'qiy olasizmi? (shu vaqtgacha o'qimaganlar bo'lsa endi kirisha olasizmi )

Javob: 1. Abu Bakr Siddiq tahajjudga tursalar tahajjudni ovozlarini chiqarmay o'qir ekanlar.
Umarul Foruq esa ovozlarini boricha tahajjud namozida qoim bo'larkanlar.
Bir kuni ikkalalari baxslashib qolishib Abu Bakr  :ra: "Tahajjud yashirin o'qilgani afzal. Chunki nafl ibodatini banda Alloh uchun, Allohga yaqin bo'lish uchun o'qidi" dedilar.
Umarul Foruq  :ra: esa "Men esa tahajjudga boshqalar ham meni ovozimni eshitib tursinlar, va ular ham tahajjud o'qisinlar deb shunday qilaman" dedilar.
Ikkalalri ham HAQ gapni aytishgan, albatta.
Alloh ulardan rozi bo'lsin.
Tahajjudni har kuni o'qiyman deb maqtana olmiman.
Lekin Rasululloh  :sw: aytgan: "Allohga eng sevimli amal, oz bo'lsada davomlisidir" hadislariga amal qilgan xolda tahajjudda qoim bo'lishlikni yaxshi ko'raman :)

2. Rosti Qur’onni endi o’rganayabman.
Lekin Ramazonda hatmni niyat qilib boshlagandim. Alhamdulillah hatm qildim, sal qiynalgan bo’lsam ham. ALLOHGA BEADAD SHUKRLAR BO’LSIN!
InshaAlloh buyog’iga hatmni tez-tez qilishlikka harakat qilaman va bu ishda Allohdan shijoat so’riman.
InshaAlloh man ham 3 kunda hatm qilguvchilardan bo’laman!  :D


19. Savol: Bir kunda bir dona hadis yodlash tarzida musobaqa tashkil qilib har kuni bittadan hadisni yozdlab borishga fikrlaringiz qanday?

Javob: Juda yaxshi firk. Faqat qay tarzda amalga oshiramiz?
Rasululloh  :sw: ham aytganlar: "Ummatimdan kim 40 hadisni yodlab, uni boshqalarga yetkazsa jannatga kiradi".

InshaAlloh 40 emas, kerak bo'lsa 4000 hadisni ham yodlasa bo'ladi unson.  :D


20. Savol: Siz uchun [kelajakda] turmush o'rtog'ingizda bo'lishi kerak bo'lgan eng asosiy 3 hislat?

Javob: 1. Din masalasida ikkilanmaydigan, ya'ni farz, sunnat va... amallar kelganida undoq edi, bundoq edi demaydigan... HAR BIR ISHDA FAQAT QUR'ON VA SUNNATGA MUVOFIQ ISH TUTADIGAN!
2. Oz bilsada, bilganiga amal qiladigan.
3. FARZANDLARIMGA HAR JIHATDAN O'RNAK BO'LA OLADIGAN

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 09:37:40

21. Savol: 1. Siz uchun forumda eng qiziqarli 3 ta mavzu (bloglardan tashqari)? Va nima uchun?
2. Bloglar ichida sizga eng ko’proq yoqadigan 3 ta blog nomi? Va nima uchun?
3. Siz forumga kirganingizda birinchi bo’lib ko’radigan mavzuingiz?
4. Siz forumdagi qaysi 3 ta BO’LIMGA deyarli kirmaysiz?
5. Siz tez-tez foydalanadigan 3 ta BO’LIM nomi?
6. Siz uchun forumda eng yoqmaydigan 3 ta mavzu?
7. Siz uchun forumda ibrat bo’lgan va bo’layotgan 3 ta mavzu nomi?

Javob: 1. Oldindan aytaman.
Bu mavzularni xoizrgi vaqtda ko’proq kuzataman. Vaqti kelib balki boshqa mavzularga qiziqishim o’tishi mumkin"¦
1 chisi "œBolaligim seni sogindim"¦". Chunki bu mavzuga kirsam bolalikni eng shirin damlarini yodga olaveraman va hamma hamma "¦ liklarni unutaman.
2 chisi xozirda "œMeni yig’latgan holat"¦", no comment.
3 chisi "œMuhokamaga sabab bo’lgan mavzu"¦"  ;D hazil. "œBizning fotogalireya" bo’lsa kerak. Sababi fotoga olishni yaxshi ko’raman.

2. Albatta 1-o’rinda "œTabriknomalar blogi"¦" (Muhammad Amin) nimagaligini hamma bilsa kerak.
"œXayolga sig’magan xayollar"¦" (ChehMik), chunki bu blogda bemalol xayolingizdagi fikrlarni ochiq oydin yoza olamiz.
Kngisi ZUBAYR bn Chustyni blogi.
4 ta bo’b ketdi - ku  :D
ZUBAYRning blogi IBRATga to’la, Chustyning blogini esa qiziqarli, kayfiyatni ko’taradigan rasmlar ko’pligi uchun ham yaxshi ko’raman.

3. Oxirgi post qoldirilgan va man har doim kirib yuradigan mavzuga kiraman.
Ko’pincha bu "œXayolga sig’magan xayollar"¦", "œBugungi kun mulohazalari", "œBolaligim seni sog’indim", "œMeni yig’latgan holat"¦""¦ bo’ladi.

4. Eng pastda joylashgan bo’limga, Salomatlik va yana Darsxonaga.

5. Umumiy, Islom, Oila va jamiyat.

6. Rosti shu savolni o’zim berib, o’zim qiynalib ketdim.
Shundoq bo’sayam javob berishga harakat qilaman.
Intelekt va Madaniyat bo’limidagi ko’p-ko’p mavzular shu jumladan "œSiz mashhur kishi bilan uchrashib qoldingiz..." mavzusi ham nimagadur yoqmidi.

7. "œIslomiy she’riyat", "œXonimlar,sizlar ular oldida kimsizlar?", "Ibrat izlaganga ibratdir dunyo"  va yana ko’pgina mavzular.


22. Savol: Kecha bir birodarimiz bilan suhbatda bir ajoyib gap eshitib qoldim.
"Ehtiyotkorlik TAQDIRni o'zgartirmaydi". Menga bu gap juda yoqdi. Siz bu gapni qanday tushunasiz?

Javob: Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Olloh taolo bir farishtani bachadonga vakil qilib kiritg‘ach, ul: «Yo rabb, maniy (nutfa) bo‘ldi, laxta qon (alaq) bo‘ldi, bir parcha et bo‘ldi»,— degaydir. Olloh taolo (o‘shal bir parcha etni) odam qilib yaratmoqni iroda hilsa, farishta undan: «Yo rabb, o‘g‘il bo‘lsinmi, qiz bo‘lsinmi, baxtli bo‘lsinmi, baxti qaro bo‘lsinmi? Rizqi qancha bo‘lsin, umri qancha bo‘lsin?» — deb so‘rag‘aydir. Mana shularning barchasi ona qornida taqdir qilib bitilg‘aydir!» —dedilar»
AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy

Ushbu hadisda har bir bandaning taqdiri tug’ilishidan avval bitilgani aytilayabdi.
Lekin bu digani biz "œHa baribir hammasi TAQDIRDAGISI BO’LADI. OLMA PISH OG’ZIMGA TUSH" deb o’tirishimiz kerak degani emas.

Savolizni o’qiganimda birinchi bo’lib mana bu hadis xayolimdan o’tdi:
Payg‘ambarimiz  :sw: bo‘sh qo‘yib yuborilgan tuyasini yo‘qotgan bir a’robiyga: «Avval tuyangni tushovlab, keyin Allohga tavakkul qilgin!» - deganlar

Yana bir xikoya esimga tushdi.
Bir qishloqqa suv toshayotgan vaqtda biro dam uyining tomiga chiqib "œAllohni o’zi mani saqlidi" dib o’tiraveribdi.
Suv esa tabora tosharmish. Shu payt qo’shnisi unga "œNimani kutayabsan, joningni saqlamisanmi?" dibdi.
U esa qo’shnisiga "œAlloh meni saqlaydi" dib o’tiraveribdi.
Qo’shnisi qayta-qayta gapirib, ketibdi.
Suv yanayam balandroq ko’tarilibdi. Shu payt u odamning yonidan bir kichkinagina qayiqchaga o’tib ketibdi.
Odam esa "œAlloh meni saqlaydi" dib o’tiraveribdi.
Suv yanayam balandroqqa ko’tarilibdi. Bu gal endi yonidan kichkinagina xoda o’tib ketibdi.
Odam shundayam "œAlloh meni saqlaydi" dib o’tiraveribdi.
Suv toshib butun uyniyam, odamniyam g’arq qilibdi.
Narigi dunyoga borganida odam Tangriga arz qibdi: "œNimaga mani saqlamading? Nimaga manga yordamimngni yubormading?" deb.
Tangri odamga debdi: "œMan sanga uchta yordam yubordim: qo’shningni, qayiqni va bir xodani yubordim, lekin san buni anglamading, ayb o’zingdadir!"

O’zini asraganni, extiyot qilganni Alloh asridi deyishadi.
Alloh taqdirimizga hammasini bitgan, lekin DUO taqdirni o’zgartiradi ham deyishadi, albatta bu ham ALLOHNI AMRI ILA AMALGA OSHIRILADI!!!


23. Savol: Siz yashayotgan yoki siz guvohi bo'lgan to'ydagi uchta eng yaxshi odat qaysi?

Javob: - ayollar alohida o'tirishlari
- oshda musiqa emas amri-ma'ruf va nahiy-munkar qilinishi
- to'ylarimizda ibratli ma'ruzalar bo'lishi.


24. Savol: Аллоҳ учун схши ксриш билан боғлиқ ҳаётда сзингиз гувоҳ бслган қандай ибратли воқеликни сслай оласиз?

Javob: Biz Rasululloh  :sw: Alloh uchun yaxshi ko'ramiz...
Ul zot  :sw: bilan bir zamonda yashamsak ham, ul zotni ko'rmagan eshitmagan bo'lsak ham...
Bu insonni yaxshi ko'rmay bo'ladimi?
Biz uchun arzimagan narsasini bergan insondan butun umr minnatdor bo'lamiz...
Rasululloh  :sw: chi? Butun umrlarini UMMAT uchun yashadilar, xatto farzandlaridan ham UMMATni tanladilar...

Rasululloh  :sw: "Birodarlarimni sog'indim..." dib aytgan hadislarida ul zot ham oxirgi zamon ummatlarini g'oibona yaxshi ko'rishlarini va shu ummat bilan jannatda birga bo'lishlikni xoxlashlarini aytganlar.
Biz esa ana o'sha "birodarlari" qatorida bo'lishni va shu yo'lda harakat qilishni Allohdan so'rimiz.

Man uchun ibratli voqealardan biri...

TOSHMI tarafda ishlab yurganimda ishxonamiz direktori chamasi 7 yoshlardagi bolakay bilan ishxonaga kirib keldilar.
O'sha bolakayga ko'zim tushdiyu, uning yuzidagi nur mani o'ziga jalb qildi.
[Inson chiroyli bo'lmasligi mumkin, lekin Alloh uni qalbini nurga to'ldirsa albatta bu uning tashqi ko'rinishiga ham ta'sir qilmay qolmaydi.]
Shu bolakay uyalibgina salom berdi, alik oldim. Ko'zimni u boladan uzgim kelmasdi...
Ichimda o'zimga "Alloh bandalariga farzand baxtini bekorga bermagan, bola inson bag'ri-dilining quvonchi dib bekorga etishmagan" dib qo'ydim.

Keyin direktorim Zulfiya opa shu bolaning ota onasi bilan bog'liq voqeani etib berdilar.
Otasi dindor, taqvodor odam edi.
Ayoli ham itoatkor, taqvodor, erini hurmat qiladigan ayollardan.
Otasi Allohning taqdiri bo'lib qamoqqa tushdi va mana necha yildirki absiz qamoq jazosini o'tamoqda...
Bu ayol esa o'sha vaqtda (ya'ni eri qamalganida), qo'lida 1 gina chaqaloq bilan qolgandi.
Ishonasizmi yo'qmi shu ayol qolgan 3 farzandini shu qamoqxonaga qatnab tug'di...
Mana shu bolakay - AbduMalik ham "zona"ning bollaridan.
Undan keyingi 2 farzand ham huddi shunday tug'ilishgan...

SubhanAlloh! didim o'zimga...
Shu ayol erini Alloh uchun yaxshi ko'rgani uchun ham musibatga sabr ila 4 farzandni mana necha yildirki o'zi katta qilmoqda.
Xuddi shu xolga tushgan yana bir oilani bilamanki, u oilada ayol va uning qarindoshlari bunga sabr qila olmadi...
Va natijada yigitning emas qizning hayoti do'zaxga aylandi... (vaholanki yigit qamoqda bo'lsa ham...)

Bu voqea man uchun juda katta ibrat bo'ldi.
Shu bolakay bilan o'sha kuni rosa o'ynadik... ishxonada qulashmachoq, bekinmachoqlar o'ynadik...
Haligi bolaning yuzidagi tabassum, undagi sokinlikni ko'rgan inson barcha g'amini unutardi...

"Allohni dib yaxshi ko'rish va Allohni dib yomon ko'rish iymondandur" diganlar Muhammad Mustafo  :sw:


25. Savol: Do'stga zor, dushmanga xor, nomardga muhtoj qilma Duo iborasini qanday tushunasiz?

Javob: Mani avatar ilzoimda ham shu duo turadi: "Allohim O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin..." siz aytganga qaysidur ma'noda o'xshash.

Ibrohim Halilullohni olovga tashlaganlarida Jibriyil alayhissalom keladilara?
Jibriyil Ibrohim alayhissalomga: "Ya Ibrohim menga hojatiz bormi?" deb so'raydilar
Ibrohim alayhissalom qandayin go'zal javob beradilar: "Sizgami? Sizga yo'q! Men faqat Allohdangina hojatimni so'rayman. Men ishonamanki Alloh do'stlarini tashlab qo'ymaydi"...

Naqadar ibrat... Shu voqeani eshitamanu ALLOHU AKBAR diyman har doim...
Bizchi? Biz Hammasini Allohdan dib bilsak ham, nimagadur biror ishda "ishonganimiz"ga suyanib qolamiz.
Aslida Alloh xohlasagina o'sha ish bo'ladi, yo bo'lmaydi!
Lekin Alloh insonlarga bu dunyoda do'stni, sirdoshni, dushman, nodon kimsa tushunchalarini berdiki inson shular bilan hayot mazmunini aslida nima uchun yashab nimaga bu dunyoga kelganini tushunadi...
Do'st aslida bizga nafsimizga yoqadigan gaplarni aytib, bizni do'zax ahli amaliga boshlasa bu do'st emas DUSHMAN...
dushman esa aslida biz haqiqiy do'stni bilishimiz uchun bizga "YORDAM, QO'SHIMCHA"...
nodon ham yaxshilarni bilishimiz, ularni qadriga yetishimiz uchun bizga bir na'muna...
Bu douni so'rar ekan inson do'stga zor qilmasligini, ya'ni qiyin vaziyatlarda, tushkunlik kunlarida unga tog'ri va yaxshi maslahat bera oladigan insonga zor qilmasligini so'raydi (bu uning yoshligidagi do'sti, ayoli, qo'shnisi.... hamma bo'lishi mumkin...)
dushmanga xorlik esa insonni yanada cho'ktiradi... uni bu hayotga nisbatan g'azabli, g'arazli qilib qo'yadi...
Eng yomoni esa NOMARDGA MUXTOJlik, chunki inson qiyin vaziyatda unga yordam berishini kutgan inson NOMARDGA uchrashi bu eng yomoni bo'lsa kerak.
Alloh asrasin.

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 09:37:55

26. Savol: Azaga borsangiz eng ko'p tasirlangan voqeangiz?

Javob: Rosti hali azaga bormaganman.
Hali yaqinlarimda bu xolni ko'rmaganman, ko'rmayin ham deyolmiman afsus...
Allohni qadari, Allohni irodasi bilan hamma ish bo'ladi...
Nima bo'lsa ham hammasiga go'zal SABR qilishimni so'riman.

Lekin ko'chada tobut olib ketayotganlarini ko'rsam qandaydur sokinlik, sukunat qamrab oladi.
Hech nima gapirishni xohlamiman...
Bu xolat qabr..., oxirat... Qiyomat... tushunchalarini odamda esga solsa kerak...


27. Savol: Int va forum orqalik munosabat va muomala sizga nima beradi.Forum sabab ilm olaman degan tushunchaga ko'p uchrayman sizning bu iboraga fikringiz?

Javob: Man ham balkim qayerdadur shu iborani yozgandurman, bilmadim...
Lekin bu gapga uncha ham qo'shilmiman...
Sababi... har bir insonni o'z qiziqishi bor...
Yigitlarni aksari futbolga qiziqadi...
kimdur tikishga... kimdur kompyuter o'yinlariga...
Mani qiziqishim esa internet va xozircha forum...
Forumdan har doim ham ILM istab yoki ILM olaman dib foydalanmiman, lekin ko'pincha forum ILM borasida nimadur olishimga sababchi bo'ladi...

Internet orqali rostini etsam juda ko'p dugonalarim bor.
Oldin yonimda bitta ham ro'molli bo'lmasdi.
Xozir Alhamdulillah, internet sabab shu jumladan shu forum ham sabab, dugonalarimni aksari ibodatli qizlar...
"San manga do'sting kimligini ayt, man sanga sani kimligingni aytaman" diganakan bir inson.
Biz oldimizdagi muhitni sozlamasak, ertaga shu muhit o'z domiga bizni tortishi aniq.
Shu sabab man ham internetdan... ko'p dugonalar orttirdim... Alhamdulillah.

Barchamiz bilganimizga OLIMmiz.
Kimdur shu forumda man bilmaganimni yozsa u man uchun USTOZ o'sha o'qiganini yetkazgani bilan.

Endi shu forumda ko'pimiz turli fikrlar yozamiz, hadislar joylimiz...
"ODDIY HAQIQATLAR" da yozganimdek...

Kim qanaqa tushunadi bilmadimu, man o'qiganimni ilm dib hisoblamiman,
amal qilganimni olgan ilmim dib hisobliman, zero O'QIGANmas UQQAN muhimroq.

oyda 100 ta kitob o'qisin... undagi bitta bo'lsa ham gap... unga, ahloqiga, hulqiga, muomilasiga ta'sir qilmasakan o'qiganidan ne foyda?


28. Savol: Uchrashuvga chiqqanizda yigitga beradigan asosiy 3 ta savoliz qanday?

Javob: Savollarga jimjimador javob berish "GAPGA USTA QURUQ"larni ishi.
Xolis javob berish MARD ni ishi.
O'z fikriga ega bo'lmaslik esa AHMOQni ishi.
Etmoqchimanki, chiroyli javob berishi mumkin, lekin ertaga GAPIGA JAVOB BEROLMASA...
NIm bo'lganda ham xolis bo'lishini xohlardim...
Mayli dinni hali yaxshi bilmas, tushunmas... lekin xolis bo'lishini xohliman...
O'zini "AQLLI DOMLA" qilib ko'rsatganlarni juda yomon ko'raman.
Xullasi kelajak hayotni o'ylaganimda nimagadur yaxshi bilgan, tanigan inson bilan yashashni niyat qilardim har doim...
Allohdan shuni so'rirdim... har qanday vaziyatda ham mani to'g'ri tushunib tog'ri maslaxat bera oladigan...
InshaAlloh shunday bo'ladi ham...
Man aniq 3 savol emas kere bo'sa 30 ta savol berardim... :D
Avval dunyoqarashini bilish uchun oddiy savollar berib ko'rardim...
Keyin shunga qarab din u uchun nima?
Hayotdan maqsadi nima?
..... shu kabi savollarni berardim...
yana bitta P.S. Uzr savoldan balki chetlashgandurman, ln 3 ta savol bilan cheklanolmasam kerak... dib o'yladim.

29. Savol: Forumda eng ko'p foydalanadigan qayta qayta ochadigan kitobingiz bormi ? Qaysi kitob?

Javob: QUR'ONI KARIM (Alouddin Mansur tarjima va sharhi) va RIYOZUS-SOLIHIYN (Imom Navaviy)


30. Savol: Болалигинингизда сзингиз иштирокингизда рсй берган снг кулгили ҳодисани сслай оласизми?

Javob: Opam etganide har gal bekinmachoq bo'sa k'pincha hisobda man chiqib qosam o'rnimga u turardi. Unda bo'yim ham o'zim ham kichkinagina edimda  :D
O'zi ko'pchilik opa-ukalar shunday xol tutishardi...
Kn opam etganidek daraxtma daraxt sakrab katta bo'lganmiz.
O'sha mavzudaham yozgandim, bog'chaligimizda Kamola digan dugonam bn parixmaker o'ynaganmiz.
Naq peshonamga tushadigan sochimni taroqqa o'rayvergan o'rayvergan oqibatda yecholmi qolgandi.
Kn nima qilishni bilmasdan qaychini olib qirqqanmiz naq tagidan  :D
Sochim uzunligi uchun yana naq peshonamdan qirqilgani uchun qirqilgan joyi tikka turardi, rosa kulgili xolatidi...  ;D
Ayam bog'chadan kelganimizda rosa mani urushgandilar...
Bog'chada kasha va grechkani yomon ko'rardim, bu voqeaniyam "Bolaligim seni sog'indim" da yozgandim...
Bir kuni bog'chapa majburlab yedirmoqchi bo'ldi.
Tepamga kelib "Shu kashani yisan, yemaguningcha tepangda turaveraman" didi...
Majbur qiyin bo'sayam bir qochiq olib og'zimga solganimni bilaman, hammasi tarelkaga qaytib tushdi  :D
Ko'zlarim qizarib, bo'zarib ketganimdan bog'chapayam qo'rqib ketdi.
Darrov kashani oldimdan olib qo'yib o'rniga kampot bn pechanye bergandi  ;D
Domimizda biz kabi qizchalar ko'p edi...
Yig'ilishib ashulalar etardik, xola-xola o'ynardik...
Ilgarilari O'zbekistonga o'qishga kelgan chet ellik talabalar bo'lardi.
Negir dimasdik, xind dimasdik mabodo domimiz atrofidan o'tib qolsa bo'ldi bilgan ingliz, xind tilidagi qo'shiqlarimizni etib berardik,
ular esa bizga shirinliklar, zvachkalar berishardi...

Qayd etilgan