Savolu-javob. ("Forumdoshdan forumdoshga savollar" arxivi)  ( 99072 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 ... 18 B


shoir  07 Dekabr 2009, 09:38:11

31. Savol: А­нг сснгги олган фотоларингиздан сзингизга снг ёққан(лар)и қайсилар бслди?

Javob: Manda ham rasm olishga uncha vaqt bo'lmadi oxirgi haftalarda...
2-3 kun oldin olganim, hali forumga ham joylamagan rasmim o'zimga yoqdi.
Chunki har doimgidek BULUTLAR ... va man yaxshi ko'rgan havo...
Kimgadur bu oddiy rasm... manga esa sokinlikni o'zida mujassamlashtirgan rasm...








32. Savol: 1. Sizga qilingan eng yaxshi sovg'a nima bo'lgan?
2. Hech begona kishidan ham sovg'a olganmisiz?
3. "Sovg'ani boshqasiga sovg'a qilib bo'lmaydi", - deydi ruslar. Agar yaqin bir insoningiz sizga qilingan sovg'ani yoqtirib qolsa, unga berarmidingiz?

Javob: 1. Odatda kutgan narsamni hadya qilishsa judayam hursand bo'laman. (hammayam shu) Qimmat sovg'a bo'lsayu sizga keremas bo'lsa, undan arzon bo'lsa ham sizga kerakli bo'lsin.
Manga qilingan eng yaxshi sovg'a ko'nglimni ko'taradigan har qanaqa sovg'a bo'lgan. Misol o'tgan Ramazonda anchadan beri olaman dib o'ylab yurgan kitobim "Al Azkorni" sovg'a qilishgani bo'ldi.  :D

2. Ha bo'lgan. Endi Qur'onni o'rganayotganimda kichkina Qur'on kerak bo'lardi (ko'tarib yurishga qulay). Bir doktor hijobdaligimni ko'rib mani yaxshi tanimasada Qur'onga qiziqishimni bilib o'zining Hajdan kelgan kichkinagina Qur'onini sovg'a qilgandi, rosa hursand bo'lganman.

3. Albatta, vaziyatga qarab. Qurbon hayitida dugonamga manga sovg'a qilingan kichkinagina Qur'onni sovg'a qildim, chunki u endi o'rganayabdi hammasini (ham qiziqtirish uchun, ham eng chiroyli sovg'a dib o'ylayman)

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 09:38:42

Salmoni Forsiyga berilgan savollarga javoblar:

5. Savol: Sizni eng tas'irlatgan hayotiy voqea?

Javob: Men ko'pincha Youtubeda Islom dinini qabulqilgan g'arbliklarni Islom diniga amal qilib yurganini ko'rib ta'sirlanaman (Masalan:
1! (http://www.youtube.com/watch?v=KfzFYEOVDgM),
2! (http://www.youtube.com/watch?v=9dz_JRHcgpc),
3! (http://www.youtube.com/watch?v=1ZQqt3OAMNw)...).
Bizda hozir ko'pchilik "Musulmonman" deydi lekin Islomni ismidan boshqa hech narsa bilmaydi.
Qani endi bizdagi ko'pchilik insonlar ulardan o'rnak olishsa.

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 09:39:39

Y_U_R_I_S_Tga berilgan savollarga javoblar:

13. Savol: Maqtovga munosabatingiz qanday? Sizni maqtashsa qanday holatga tushasiz? Faqat haqiqatdan kelib chiqib javob bering, iltimos.

Javob: "Menga maqtovlar umuman yoqmaydi. Meni ko'proq tanqid qilishlarini, aybimni yuzimga shartta-shartta aytib tashlashlarini xoxlayman. Meni maqtashlarini umuman xoxlamayman" desam g'irt yolg'on bo'ladi.  

Maqtov har kimga ham xush kelishi mumkin. Sening qilgan harakatlaring boshqa xolis insonlar tomonidan (e'tibor bering, faqat xolislar!) ijobiy e'tirof etilishi bu menimcha yaxshi. O'shanda o'zinga bo'lgan ishonch yanada ortadi va yangi zafarlar sari odim qadamlar tashlayverasan.

Menga 2 ta holatdagi maqtovlar unchalik yoqmaydi:

1. Bu haddan ortiq maqtash. "Shakarni ham ozi yaxshi" degan iborani unutmaslik kerak. BUning ustiga yana shunday bir gap ham bor.
"Senda yo'q xislatlar bilan maqtaydigan odamdan ehtiyot bo'l. U senda yo'q yomonliklarni ham aytishi mumkin."

2. Shaxsan o'zimga, ko'pchilikning oldida maqtashsa. Albatta bunday holatlarda, senga har qancha o'sha gaplar yoqsa ham, ammo xijolatli ahvolga tushasan.
Ko'pchilikning oldida maqtashning yana bir yomon tomoni, qolgan tinglovchilarda senga nisbatan g'ayirlik paydo bo'lib qolishi mumkin. (Axir insonlar har xil toifada bo'ladida) Aytaylik, ishxonadagi rahbaringiz har doim butun kollektiv oldida faqat sizni maqtayversa, qolgan hamkasblaringizga bu yomon ta'sir qilishi mumkin. Va h.k.

Xullas javobim, me'yoridagi maqtov menga yoqadi. (Mana sizga ochig'ini aytib qo'ya qoldim)


14. Savol: Tasavvur qiling, aynan sizning uquvsizligingiz yoki harakatsizligingiz tufayli sizning guruhingiz mag'lubiyatga uchrayapti. Buni siz ham sezib turibsiz. Ammo jamoadoshlaringiz ham sizni tushunmagandanmi yoki mag'lubiyat alamidanmi, sizni rosa tergashmoqda.
Bu holatda o'zingizni qanday his qilasiz va qanday yo'l tutasiz?

Javob: Qarang, xuddi bilgandek savol beribsiz. Yaqinda bu narsa boshimdan o'tdi. Bir Aziz ismli kursdoshim meni o'rtoqlari bilan bo'ladigan futbol o'yiniga olib bordi. O'rtoqlariga esa meni yaxshi darvozabon deb maqtagan ekan. Men ham bordim. Juda kuchli futbol bo'larkan. Lekin hamma begona bo'lgani uchun negadir o'zimni juda yomon his qildim. Shunaqangi yomon darvozaga turdimki, yosh bolalar qiladigan xatolarni qila boshladim. U yerda 4 ta jamoa o'ynayotgani uchun yutqazgan jamoa chiqib turar ekan. Ketma-ket 3 marta o'yinga tushgan bo'lsam, barchasida meni xatoyim tufayi mag'lubiyatga uchrab chiqib ketdik. Do'stimning o'rtoqlari mendan emas, Azizdan xafa bo'lishdi. "Kimni olib kelding o'zi?" deya rosa urishishdi. Bu juda yomon holat edi. O'rtog'imga gapirishgandan ko'ra, menga tarsaki tortishgani yaxshiroq edi. Hammadan uzr so'radim, ayniqsa Azizdan. Meni deb shunaqa ko'ngilsiz vaziyat bo'lganidan rosa izza bo'ldim. Qanday ahvolga tushganimni so'z bilan ta'riflash qiyin. Keyinchalik o'yinlar qovushib, ketma-ket yuta boshladik.
Oxirida yana barchadan katta uzr so'radim. Ular esa yoki ko'nglimni ko'tarish uchunmi, yoki yurakdanmi, bilmadimu, har holda "Bu futbol, hamma narsa bo'lishi mumkin, ko'nlingizga olmang" deyishdi.


15. Savol: Sizga eng yoqadigan, doim yodingizda turadigan biror mashxur insonning aforizmi?

Javob: Bir kunlik adolat - yuz kunlik toat-ibodatdan afzal.
Amir Temur.


16. Savol: Сизнинг ҳидостингизга сабаб бслган воқеа?

Javob: Avvalo ushbu savolga juda ham kech javob berayotganim uchun uzr. Shunchaki ancha vaqtdan buyon bu savolga nima deb javob yozishni bilmadim.

Chunki aynan mana shu voqea meni hidoyatimga sababchi bo'lgan deb aytishim qiyin.

Ammo bolaligimdagi bir voqeani eslab o'tishim mumkin. 1996 yilda mahallamizda masjid qurilgandi. O'sha vaqtda 7 yoshda edim. Ushbu masjid mahallamiz fuqarolarining mablag'iga qurilgan, undagi ustalar ham, ishlovchilar ham o'zimizni qo'shnilar edi. Hech esimdan chiqmaydi, bir marta masjid qurilishi uchun g'isht olib kelishimiz kerak bo'lgan. O'zimiz qo'shnimizning traktoriga o'tirib, 5-6 ta bola g'isht zavodga borganmiz (Albatta traktorni qo'shnimiz haydagan). G'isht zavoddan qanchaduram g'isht ortgandik. Hammayog'imiz qop-qora, kir bo'lib ketgan. Qaytishda traktor g'isht bilan to'lib qolgani uchun biz piyoda qaytganmiz. Aksiga olib men g'isht zavodga ketayotganimni uydagilarga aytmaganman. Kun bo'yi yo'qolib qolganim uchun rosa "trevoga" qilishgan. Ammo hech qayerdan topisholmagan (g'isht zavodam shaharning chekkasida edida). Uyga qaytib kelganman, hammayog'im qop-qora, ustim kir. Ayajonim birinchi meni ko'rganlarida qanaqa hayolga borganlarini tasavvur qilavering... Rosa urganlar...  :2 Zo'rg'a aytishga ulgurib qolganman, masjid uchun g'ishtga borganimizni. Shundan keyin hovurlaridan tushganlar. "Aytib ketsang, bo'lmaydimi?" deb rosa koyiganlar.

Masjid ham bitdi. Mo'jazgina, bor-yo'gi ikki xonali bo'lsa ham, ammo mo'minlarni birlashtiruvchi ajoyib maskan edi. Biz bolajonlar har kuni darsdan kelishimiz bilan darrov masjidga borardik. O'sha yer ikkinchi uyimizga aylanib qolgan edi. Arab tili darslari o'tilardi. Kim ko'p harf yodlab kelish o'ynardik dastlab. Keyin esa kim ko'p sura va oyatlar yodlashga o'tdik. O'zimizcha diniy bilimlardan bahslar qilardik... Shayton unaqa bo'larkan, qiyomat bunaqa bo'larkan. Savob ish uchun nima qilish kerak? Xullas, shunaqa bolalarcha mavzular edi. O'sha yerda birinchi marta "Laylat ul-Qadr" kechasida laylak kelmasligini bilib olganman :7

Birinchi marta jamoat bilan namoz o'qiganimni unutolmayman. Yonimda qo'shnimiz Ochil buva turgandilar (umrlari uzoq bo'lsin, ilohim. Xozir 80 ga kirgandirlar...) Men qo'limni bo'glaganimda chap qo'limni o'ng qo'limni ustiga qo'yib olgan ekanman. Ochil buva sekin o'ng qo'limni chapini ustiga chiqarib qo'ygan. Hayron bo'lganman. Keyin yana chapni ustiga chiqarib oldim. Yana to'g'riladilar. Yana hayron bo'ldim. "Meni qo'lim bilan nima ishlari bor?" deb o'ylaganman. Yana chiqarib oldim. Uchinchi martasiga menga shunaqa yomon qaradilarki... O'zim o'ng qo'limni qanaqa qilib chapini ustiga chiqarib olganimni bilmay qolganman. :7

Bir marta nega masjidimiz oldida kichkina chuqur qazishayotganlarini ko'rib hayron bo'lganman. "nega qaziyapsizlar" desam, tandir qilamiz deyishgan kulib. Keyin bilsam o'sha chuqurning ichiga sement quyishib, masjidimiz tepasiga gumbaz yasashayotgan ekan. U chuqur esa o'sha gumbazning qolipi ekan. :7

Xozir o'ylab ko'rsam, o'sha vaqtlarda biz bolalarning dunyoqarashida katta o'zgarishlar bo'lgan ekan. Bir-birimizga hech ham so'kinmasdik, yomon gapirmasdik, urushmasdik. Kimdir yomonroq gap aytsa, darrov tanbeh berardik. Xulqimiz juda ham go'zallashgandi.

O'sha masjidning qarama-qarshisida, yo'lning narigi tarafida o'tloq maydon bor edi. Futbol o'ynardik. Ammo azon aytilishi bilan hamma masjid tomon yugurardi. Kimdir tahorat olishga ulgurardi, kimdir esa yo'q. Futbol o'ynashdan oldin, vaqtga qaraydigan bitta bolani saylaydigan bo'ldik, namoz vaqtini aytib turish uchun.

Ilk marta azon aytganim hech esimdan chiqmaydi. Ovozim ingichka va baland bo'lgani uchun, o'zimga juda g'alati eshitilgandi o'shanda. Shunaqa hayajonlanganmanki...

Ilk marta tarobeh namozini o'qiganimiz ham yodimda. Ana tugar deyman, mana tugar deyman, hech tugamaydida. Hamma o'qiydi, o'qiydida, bir o'tirvolib, bitta sura aytishib, yana o'rnidan turib namoz o'qiydi. Hech tushunolmaganman... Nafaqat men, balki men kabi ilk marta tarobeh o'qigan boshqa o'rtoqlarim ham shunaqa holga tushgan. O'shanda imomimiz bizga qarab, "Ha, charchadinglarmi?" deb kulib qo'ygandi.

1999-yilgi voqealardan keyin, bizni masjidga borishimizni cheklab qo'yishdi. Xavfsizlik maqsadida. O'shandan keyin faqat namoz o'qish uchungina boradigan bo'ldik xolos.

Har safar uyga borganimda, sevimli masjidimni ko'rib qaytaman. O'sha yerdagi, bizga ilk diniy saboqlarni o'rgatgan yoshi ulug' chollarni duolarini olaman. Ajib bolaligim esimga tushadi. Xozir juda so'lim maskanga aylangan. Qaytatdan rekonstruksiya qilingan. O'zimizning "eski masjid"dan darak ham yo'q. Ilohim, ushbu masjidni qurishga o'z xissasini qo'shgan barcha insonlarga Ollohimni mukofati nasib qilsin...

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 09:40:35

Robiyaga berilgan savollarga javoblar:

17. Savol: Bizga ma'lumki, Buxoro, Samarqand, Xorazm va o'sha voha tomonlarda DIN Toshkentga va Vodiyga qaraganda ancha orqada qolgan. DIN emas, aniqroq aytadigan bo'lsak, musulmonlar.
O'sha tomonlarda bu tomonlarga qaraganda gunohga, jaholatga va shirkka berilgan musulmonlar ko'p. Xatto juda ko'p.
Buning asosiy sababi nimada deb o'ylaysiz?

Javob: Biz tomonlarda ISLOM ilgari ancha kuchli bo'lgan,aytish kerakki "eng"i bizda bo'lgan, ham o'qitish,ham amal qilishda. H

Hozirgi davrda esa ISLOM odatga aylantirilgan,ya'ni shunchaki hayot tarzidek qabul qilishadi, udumlarga,ufr-odatlarga bog'lanib qolib,haqiqiy ISLOMdan yiroqlashishgan.

Ayni damda islomiy ta'lim berish ilgarigidek bo'lsa ham, amalda kelganda maqtanishga arzigulik jihatlar kamroqdek nazarimda...

Buning oldini olish uchun Qur'on va Hadisni hayotga tatbiq etish kerak. Hozirda bizda yetishmaydigan eng katta muammo shu... Vallohu a'lam!


18. Savol: Hayotda ba'zida umidsizlanish kayfiyati ham bo'ladi.
Shunday holatda qanday qilib o'zingini ovutasiz?

Javob: Bunaqa paytlarda Odamlarning ko'ziga ko'rinmaydigan joyga borib, Allohga iltijo qilaman, munojot qilaman...


19. Savol: Deylik siz bir kitob yozmoqchisiz.Kitobingizda qalbizdagi eng katta muammoni yoritish niyatidasiz.Sizni qalbingizni qiynayotgan muammo va uni yechimini qisqa qilib qanday izohlagan bo'lardingiz.

Javob: "Nega odamlar bir-birini tushunmaydi?.. Nega hamma noshukr bo'lib ketyapti?.. Nega hasadchilar ko'paymoqda?..Xolislik qayoqqa yo'qoldi?.." -

Yechim:

21. Ey, insonlar, sizlarni va sizlardan oldingilarni taqvoli bo'lishlaringiz uchun yaratgan Rabbingizga ibodat qilingiz! "Baqara" surasi

110.  Namozni mukammal ado etingiz va zakot beringiz! O'zingiz uchun nimaiki yaxshilik qilgan bo'lsangiz, uni Alloh huzurida topajaksiz. Albatta, Alloh qilayotgan amallaringizni ko'rib turuvchidir. "Baqara" surasi

1. Ey, odamlar! Sizlarni bir jon (Odam)dan yaratgan va undan jufti (Havvo)ni yaratgan hamda ikkisidan ko'p erkak va ayollarni taratgan Rabbingizdan qo'rqingiz! Shuningdek, o'rtalaringizdagi o'zaro muomalada nomi keltiriluvchi Allohdan va qarindoshlar (aloqasini uzish)dan qo'rqingiz! Albatta, Alloh sizlarni kuzatib turuvchidir. "Niso" surasi

Izoh: Islomdan uzoqlashgan sayin shunaqa savollar ko'payadi, ISLOM - bu savollarga eng munosib javobdir!!!


20. Savol: Siz turmushga chiqmoqchisiz, tanlagan insoningiz siz istagandada ziyodaroq ammo 2 chi ayol bo'lib turmushga chiqishingizni so'rayaptilar, 1 chi ayollari rozilar, lekin ota-onangiz qarshi qanday yo'l tutgan bo'lardingiz?

Javob: Ota - onamning ra'ylariga qarayman.

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 09:40:47

21. Savol: Alloh buyurgan farzi hukumlari bilan hayot tarzingizni bog'lamoqchisiz ammo ota-onangiz qarshi qanday yo'l tutasiz?

Javob: Bu holatda ota-onam qarshi bo'lishmaydi,menimcha. Qarshi bo'lishsa,.... Alloh saqlasin, unday bo'lmasin, ilohim!


22. Savol: Diniy kitoblardan boshqa yana qanday janr, mazmundagi kitoblarni o'qishni hush ko'rasiz?

Javob: Sarguzasht asarlar yoqadi, "Sariq devni minib"ga o'xshash :)


23. Savol: Ayni kunlarda siz uchun asosiy yetishmayotganday tuyulayotgan narsa nima?

Javob: Men uchun yetishmayotgan narsa (ayni damda):
Sokin bir joy...
Shovqin-suronsiz, baqir-chaqirsiz,... go'sha...
Hech kim xalaqit bermasa, faqat men va xayollar, ezgu o'ylar...
Faqat men va ISLOM...
Faqat men va U. Ishqida tobora alangalanayotganim, muhabbati dilimni kuydirayotgan ALLOHim...


24. Savol: Din va dunyoviy masalarlarda sizni eng ko'p qiziqtiradigan va dolzarb mavzu?

Javob: Diniy masalalarda mni eng ko'p qiziqtiradigani Qur'onni ma'nolarini o'rganish (tafsir) va Payg'ambarimiz SAVning siyratlari.

Diniy masalalarda dolzarb mavzu menimcha - aqida, mazhablar (kerakmi yo'qligi haqida) borasidagi bahslar, Vallohu a'lam!

Dunyoviy masalalarda esa - kishilarni qanday qilib kayfiyatini ko'tarish, xafaqonligini yo'qotish meni qiziqtiradi :D Xobbim - kishilarni xursand qilish, xursand ko'rish...

Dunyoviy masalalarda dolzarb mavzu - tez va oson hamda muhimi ko'p pul ishlab topish shekilli ;)


25. Savol: Siz avtobusda o’qishga ketayotgandingiz, shu payt tasodifan avtobusdagi kelishgan, istarali notanish bir yigit sizga negadir ko’p tikilib qoldi (bot-bot qarayapti), aftidan u bir ko’rishda yaxshi ko’rib qolgandek"¦ Avtobusdan tushganingizda u ham tushib ortingizdan yura boshladi"¦ Shunda nima qilasiz? Mobodo, sizni sevib qolgan bo’lsa, shunday vaziyatda u, sizningcha, nima qilishi va o’zini qanday tutishi lozim, deb o’ylaysiz?

Javob: Yo'l hammaniki, e'tibor qilmasdan yo'limda davom etaveraman. Agar shu vaziyatda u meni sevib qolgan bo'lsa (o'zi hayotda agar degan so'zni ishlatishni yomon ko'ramanu,mayli, birodar shunday savol beribdilar,javob beraman), niyati qanaqaligiga qarab ish tutishi lozim deb o'ylayman... Endi uni niyati haqiqatda jiddiy bo'lsa, uygacha kuzatib,yashash joyimni aniqlashga kirishardi... Aks holda, darrov jonga tegib qolib (yurishni nazarda tutyapman, men shunaqa tez yuramanki :-D), qaytib ketardi...

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 09:40:56

26. Savol: Misol uchun siz  har kuni avtobusda uyga qatnaysiz  ishdan qaytib turgan paytizda  kechi payt qorong'u tushib qolgan bo'ladi. Aytaylik avtobus kutib turibsiz har kungidek Avtobusga chiqaman deb turgan paytizda avtobusdi ichida faqat erkaklar, erkaklardan tashqari bitta qariya onaxon o'tiribdi siz nima qilgan bo'lardiz. Misol Avtobusga chiqarmidiz yo chiqmasmidiz. Misol erkaklardi soni 25ta va bitta qariya onaxon o'tirishibdi avtobusdi ichida.

Javob: O'zi man kechqurunlari yurmaymankuya, ammo savol berilibdi javob qilaman... Chiqqan bo'lardim avtobusga...

 
27. Savol: Tasavvur qiling, tusmushga chiqdingiz. Xo'jayingiz o'ziga to'q odam. Bolalarni bog'chadan olib kelish va boshqa yumushlarda foydalansang, mashhina olib beraman, desa rozi bo'larmidingiz?

Javob: Albatta rozi bo'laman. Ayol agar shariat ahkomlariga qarshi bo'lmasa erning har qanday yumushiga rozi bo'lishi lozim.


28. Savol: Tasavvur qiling, siz jamoat transportiga - avtobusga chiqdingiz. Yarim yo'lga kelganda cho'ntagingizni titkiladingiz, yo'l kartochkangiz yo'q, pul olishni ham esdan chiqaribsiz. Bir so'm ham pulingiz yo'q, lekin avtobusga to'lash kerak. Uning ustiga yoningizda tanishingiz ham yo'q. Konduktor ham yomon muomalali... Shu vaziyatda nima qilasiz?

Javob: Shunday vaziyatga tushsam, chiroyli qilib tushuntirardim vaziyatni, va ertaga albatta pulini olib kelaman derdim.


29. Savol: Sahobalar, hatto sahobiya ayollar ham din uchun, Rasululloh uchun jonlarini fido qilganlar. Siz uchun joningizni fido qilishingizga arzidigan narsa nima?

Javob: Man savolni o'qishim bilan dilimga kelgan javobni yozaman: iymonim halovat topadigan har narsa uchun jon fido qilishga tayyorman! Hozir aynan shu narsa menga yetishmayotgandek go'yo...


30. Savol: Avvallari TVda Ramazon munosabati bilan turli dasturlar, filmlar namoyish etilardi. Shulardan siz eslab qolgan, o'sha paytda sizga qattiq ta;'sir etgan film yoki dastur?

Javob: Esimda qolgani va ko'pchilik uchun tanish bo'lgan bir film bo'lardi Payg'ambarimiz SAV hayotlariga bag'ishlangan "Muhammadur Rasululloh" (film nomida adashayotgan bo'lsam,ma'zur tutinglar), mana shu filmni oilaviy saharlik qilib ko'rardik. Keyinchalik u kino yo'q bo'lib ketdi...

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 09:41:07

31. Savol: Hozir ham tarovih namoziga ayollar ham borib, bahramand bo'lishlarini xohlarmidingiz? Ayni damda bunday ibodatlarda qatnashishga qanday sabablar monelik qilishi mumkin?

Javob: Ayol kishining uyida o'qigan namoziga masjidda o'qiganlik savobi beriladi. Shuning uchun ham  ayollar  tarovihni uyda o'qishsa yaxshi bo'lardi...


32. Savol: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga dunyo hazinalari kaliti berilganida ul zot "œMen bu dunyoga dunyo, mol-davlat, boylik uchun kelmadim. Men ummmat uchun (ya’ni ummatni do’zaxdan ogohlantirish, Allohning amrlarini yetkazish uchun) keldim" deganlar.
Savol:Sizni Alloh nima maqsadda dunyoga keltirdi deb o’ylaysiz?

Javob: Alloh meni nega dunyoga keltirganini Uni O'zidan boshqa hech kim bilmaydi!
Menimcha Unga qullik qilishim uchun yaratgan,Alloh adashtirmasin!


33. Savol: Siz yashayotgan yoki siz guvohi bo'lgan to'ydagi uchta eng yaxshi odat qaysi?

Javob: Ha,o'zim yaxshi odatni ko'rmaganman. Ammo dadam qatnashgan to'ylari haqida aytishim mumkin. Nomahramlar alohida o'tirishlari,aroq qo'yilmasligi (bu bizda yaxshi odat sanaladi :)),musiqa o'rnida amri - ma'ruf qilinganligini jo'shib va quvonib aytib berdilar. Ammo tan olish kerakki, hozirda bunaqa to'ylar bo'lsa ham juda oz... Duo qilamiz,shunaqa to'ylar ko'paysizn deb...


34. Savol: Uchrashuvga chiqqanizda yigitga beradigan asosiy 3 ta savoliz qanday?

Javob: 1. Yashashdan maqsadingiz nima?
2. Menga din,dunyo va oxiratim uchun manfaatli nima bera olasiz?
3. Ikki dunyo saodatiga erishishda ko'makdosh bo'la olasizmi?


35. Savol: Do'stga zor, dushmanga xor, nomardga muhtoj qilma Duo iborasini qanday tushunasiz?

Javob: Javobimni esa qisqacha aytadigan bo'lsam, Alloh rahmatiga olgan bo'lsin, buvijonim juda ko'p aytardilar shu maqolni, hamda uni o'zlari talqin qiberardilar:
Do'st- farzand, katta bo'lib,balog'atga yetganidan keyin bolangiz ham do'stga aylanadi, o'sha paytda unga zor qilmasin...
Dushman - buni esa nafs deb tushuntirganlar...
Nomard - do'st, hayotdagi do'st deb hisoblaganimiz...


36. Savol: Sizga eng yoqadigan, doim yodingizda turadigan biror mashxur insonning aforizmi?

Javob: Niyat xayr - oqibat xayr! Fuzayl ibn Iyoz

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 09:42:59

Abdullohga berilgan savollarga javoblar:

4. Savol: Siz sevib o'qigan badiiy 3 ta asardagi 3 ta zo'r iqtibosni keltira olasizmi?

Javob: 1. O’tkir Hoshimovning "œDunyoning ishlari" qissasidan.
ILTIJO
Oyi, men keldim... Eshityapsizmi, oyi, men yana keldim...
Qarang, oyi tag‘in ko‘klam kirdi. Esingizdami, har yili bahor kirishi bilan sizni dalaga olib chiqardim. Siz charaqlagan oftobni, tiniq osmonni, ko‘m-ko‘k maysalarni ko‘rib quvonardingiz. Esingizdami, nevaralaringiz terib kelgan boychechaklarni ko‘zingizga surtib, «omonliq-somonliq» qilardingiz...
Bugun... o‘zingizning ustingizdan boychechak o‘sib chiqibdi... Yo‘q, yo‘q, oyijon... Yig‘layotganim yo‘q. Bilaman, men yig‘lasam, siz bezovta bo‘lasiz. Hozir... hozir o‘tib ketadi. Mana, bo‘ldi...
Ertalab-chi, oyi, yomg‘ir yog‘di. Qattiq yomg‘ir yog‘di. Siz bahor yomg‘irini yaxshi ko‘rardingiz... Keyin oftob chiqib ketdi. Qarang, oftob charaqlab yotibdi... Esingizdami, siz menga oftob to‘g‘risida cho‘pchak aytib bergan edingiz. O‘sha oftob charaqlab yotibdi... Ko‘ryapsizmi...
Esingizdami, oyi, siz ukamga alla aytardingiz. Men allaning ohangiga mast bo‘lib uxlab qolardim. O‘sha beshikda men ham yotganman. Allangizdan men ham orom olganman.
Nima qilay, oyi, men alla aytishni bilmayman. Qabringizni silab qo‘ysam orom olasizmi...
Mana, oyijon, mana... Yo‘q, yo‘q, yig‘layotganim yo‘q. Hozir, hozir o‘tib ketadi. Esingizdami, oyi, siz bir marta, atigi bir marta, o‘shandayam hazillashib: «Meniyam kitob qilib yozsang-chi, o‘g‘lim», degandingiz. Men: «Sizning nimangizni kitob qilaman, oyi?» degan edim. Xafa bo‘lmang, men hazillashgan edim. Mana, o‘sha kitob. Yo‘q, uni men yozganim yo‘q. Uni siz yozgansiz. Men uni qog‘ozga tushirib, odamlarga tarqatdim, xolos. Men uni dunyodagi hamma onalar o‘qishini xohlayman. Bilaman, dunyodagi
hamma onalar yaxshi. Shundoq bo‘lsayam, ularning hammasi Sizga o‘xshashini xohlayman...

2. Tohir Malikning "Iymonlashish umidi" kitobidan.

O’zgaga jahannam "œgullari" nasib bo’lishini istayotgan odam buning o’rniga o’zi uchun jannat rohatini tilagani afzal emasmikin? O’zganing jahannam o’tida kuymog’i uning duosi bilan bo’lmaganidek, o’zining jannat bog’larida sayr qilishi yaxshi niyat va amallari bilan ekanligini bilishi ham bir baxtdir.

3. Hayrulla hamidovning "Mehribone topmadim" qissasidan.

Dunyo shunaqa ekan, hamma bilishi shart bo’lmagan haqiqatlar bor ekan. Ular shu kecha-kunduzda oshkor bo’lmasa ham, kun kelib kattaroq auditoriya oldida fosh etiladi.  Shuning uchun ham musibat holida ko’p kuyinmang. "Mehribone topmadim" deb hazrat Navoiy umuman boshqa ma’noda aytgan edilar:
Mehr ko’p ko’rguzdim, ammo mehribone topmadim,
Jon base qildim fido, oromi jone topmadim.

To'g'risini aytsam, ikkinchi savolingizga javob bera olmayman. Chunki jahon adabiyotidan unchalik ham ko'p kitob o'qimaganman.


5. Savol: Siz kimni o'zingizga ideal deb bilasiz va nima uchun?

Javob: U paytlar ziyouz.com sayti haqida endi bila boshlagan edim. Shunda saytda adminimiz AbdulAziz akaning qisqacha biografiyasini ko'rgan edim. U kishi Hayotdagi idealim - Muhammad :sw: deb juda maqbul javob bergan edilar. O'zi har bir musulmon uchun Rasuli Akram  :sw: hayotda ideal bo'lishi kerak. To'gri u zot  :sw: ga hech kim o'xshay olmaydi. Lekin biz U zot  :sw: ning sunatlariga amal qilib yashashimiz kerak. Qandaydir kino yulduzi yoki qandaydir sportchini o'zimizga ideal qilib olmasligimiz kerak.

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 09:43:13

6. Savol: Sizlar hali talabasizlar.Aytingchi kom va int olamida yahshi va yomon ishlar juda ko'p. Shunday ekan kom va intga sarflayotgan vaqtlaringiz sizlarni o'qishdan va yana hayotda biror kasbni ushlashdan to'smaydimi? Ota onalaringiz int olamida qanday ishlar bilan band ekanligingizni kuzatadilarmi?

Javob: Hozir men ota-onamdan olisda tahsil olmoqdaman. Internet masalasiga kelsak, men ko'pincha universitetda dars tugaganidan so'ng kiraman. Chunki bu vaqtda albatta ozgina dam olish zarur. Shuning uchun netga o'qishdan so'ng, ko'pincha soat 4 yoki 5 larda. Ota-ona nazoratiga kelsam, Allohga shukrlar bo'lsin ular menga yoshlikdan Allohni tanitgan. Qolaversa ular menga ishonishadi, o'z navbatida men ham bu ishinchni oqlashga harakat qilaman. Maqtanishmasu, lekin yoshligimdan mustaqil hayotga moslashib kelganman,(2-sinfdan boshlab uzoqda o'qiganman) menga ota-onam kerakli maslahatlar va muhimi o'z duolari bilan ko'mak beradilar. Shuning uchun doimo ularni o'zim bilan birga deb his qilaman va har bir qadamimni o'ylab bosishga harakat qilaman.


7. Savol: Meni bilishimcha siz hali yoshsiz, lekin sizning postlaringizni o'qib juda ilmli, aqlli va salohiyat egasi ekanligingizni fahmladim. (Bu maqtov emas) Sizni bu holatda keng va to'g'ri fikrlashingizga kimning tarbiyasi ko'proq foyda bergan?
Ota-onangizmi, ustozlaringizmi yoki o'zingiz o'qigan kitoblar va birodarlaringizmi?

Javob: Avvalambor, ota-onamni hidoyatga boshlagan Alloh taologa cheksiz shukronalar va hamd aytaman. Mening o'ylashimcha, agar ota-onam (ayniqsa, dadamlar) o'z vaqtida g'aflat uyqusidan uyg'onib, yolg'iz Allohni tanimaganida, men ham ana shu g'aflatda yurganlar safida bo'lishim hech gap emas bo'lardi. Alloh avvalambor dadamlarni keyin esa onamlarni hidoyatga boshlagan. Chunki, hidoyat - yolg'iz Allohdandir. Yoshligimdan ota-onam menga Allohni tanitgan, islomni o'rgatgan (Alloh o'zi u kishilarning umrlarini uzoq qilsin). Qush inida ko'rganini qiladi, deganlaridek, men ham u kishilarning ortidan ketmoqdaman.

Bundan tashqari bobomlarning ham xizmatlari katta (U kishini Alloh o'z rahmatiga olgan bo'lsin). Shu o'rinda maktabdagi ustozlarni ham eslash maqsadga muvofiq deb o'ylayman. Ular bizga ilm berganlar, tafakkurga chorlaganlar.

Men kitob o'qishni juda yoqtiraman. (Yoshligimda "Go'ro'g'li" turkumini sevib o'qirdim). Shu o'qigan kitoblarim, ayniqsa insonni o'ylshga, tafakkur qilishga chorlaydiganlari tarbiyamga katta hissa qo'shgan deb o'ylayman. (Adashmasam, islom olamiga oid eng birinchi o'qigan kitobim "Nur ul-yaqiyn"). Va hozirgi kunda men uchun sevimli bo'lgan Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining kitoblari va diniy-ma'rifiy dasturlari menga juda katta yordam bermoqda.


8. Savol: Tasavvur qiling. Sizni yolg'onchilikda ayblashyapti (Alloh saqlasin!). Lekin siz ular qilaypotgan tuhmatdan xolisiz. Lekin chalg'ituvchi argumentlar sizning zararingizga xizmat qilayapti. Yoshingiz kichik bo'lgani sabablimi yoxud boshqa vaj bilanmi, aybsizligingizni isbotlash behuda ketayapti. Tezroq bu masalani hal qilmasangiz sizning zararingizga ko'p ishlar bo'lishi mumkin.
Shunaqa holatdan qanday chiqasiz?

Javob: Huddi shunga o'xshash voqea yaqinda sodir bo'ldi. Avval ham bunday holat bo'lgan bo'lishi mumkin, lekin eslay olmayman.

Shu desangiz, qaysidir kuni 3-4 para Ingliz tili darsi edi. Biz darsga chiqdik. Ingliz tili guruhimizda 11 ta talaba bor. Darsga chiqsak, o'qituvchi yo'q ekan. Talabalarda shunday holat bo'lsa, tezda darsdan qochishga tushishadi. Kelishib, hammamiz "quyon" bo'ldik. Biz kelishgan edikki, hech kim o'qituvchini kutmasligi kerak. Hamma birin ketin tarqala boshladi. Men ham zalda ketayotgan edim Ingliz tili kafedrasi mudiri meni chaqirdi va u menga bir hujjatni kompyuterda terib berishimni aytdi. U kishiga kompyuterda tez yozishimni o'rtoqlarim aytishgan ekan. Shunday qilib, men u kishining ishini bajardim va kafedra mudir ingliz tili o'qituvchimiz kelganda meni o'zi darsdan ozod qilganligini aytibdi. Shu sababli menga "nb" tushmagan.

Keyin bilsam, o'sha kuni birozdan so'ng o'qituvchimiz darsga kelgan ekan va xonada 2-3 ta talaba o'tirganini ko'rib, qolgan (darsdan qochgan talabalarga) katta "nb" qo'yibdilar.

Keyin bir o'rtog'im aytdiki, guruhdagi ba'zi talabalar: "O'zi bizlarni ketkizib yuborib, darsga kiribti-da" deyishibdi. Chunki menga "nb" tushmagan edi-da. Men ozmuncha asabiylashdim. Ularga tushintirishga harakat qildim. Ba'zilari tushundi, ba'zilari yo'q. Lekin Allohga shukr, ikki kundan so'ng yana ingliz tili darsi bo'ldi va kafedra mudir meni yana darsdan ozod qildi. Hamma narsa a'yon bo'ldi.

Bundan xulosa qilib aytishim mumkinki, agar shunday holatga tushsam, avvalo haqiqatni anglatishga harakat qilaman. Agar bu o'z samarasini bermasa, Allohga tavakkal qilaman.


9. Savol: O'qishingizdagi muhitning sizga salbiy va ijobiy ta'siri qanday bo'lmoqda?

Javob: O'qish joyimdagi ijobiy muhitni quyidagilarda ko'raman:
1. Bizda tartibga juda katta e'tibor berishadi.
2. Bizda men bilishimcha domlalar baho uchun pul olishmaydi (garchi YURIST ishonmasa ham  :)
3. Bizda ko'pchilik domlalar talabni qattiq qo'yadi.
4. Bizda talabalar o'rtasida ham o'ziga xos raqobat bor. Bu esa o'z navbatida rovojlanishga olib keladi.
5. Bizda yuqori texnologiyadan samarali foydalanishadi (bu narsa hozirda ko'pchilik universitet va institutlarda yo'lga qo'yilmoqda).
6. Bizda ikkinchi chet tilini yaxshi o'qitishadi (jumladan, arab, xitoy, yapon, ispan, fransuz, italyan, nemis, koreys kabi tillar).
7. Bizda BMT ning Rivojlanish dasturi - UNDP ning Inson rivojlanishi - Human Development bo'yicha resurs markazi o'z ishini boshlagan. Bu markazdan o'zingizni qiziqtirgan ko'plab savollarga javob olishingiz mumkin. Uning kutubxonasi ham bor.
8. Bizda talabalar mayda guruhlarga (ba'zan 14 tadan, ba'zan 8-9 tadan) bo'lib o'qitiladi. Bu esa samaradorlikni oshiradi.
9. Bizda begonalarni ichkariga kiritishmaydi (ayniqsa, o'rtoqlarimiz bizni ko'rgani kelishsa, tashqarida turib gaplashamiz. Agar biz ularning o'qishlariga borsa, bemalol yotoqxonasiga kira olamiz  ;D)
10. Bizda formada yurish majburiy. Hamma galstuk taqadi.

Xullas, sanasam ijobiy tomonlari juda ko'p. Buning uchun Universitetimiz ma'muriyatiga katta rahmat aytaman. Lekin o'z o'rnida men sezgan salbiy tomonlari ham bor:

1. Bizda darslar ertalab 9:00 da boshlanadi. Bu esa ko'pchilikda uyquchilik kasalligini paydo qilishga ulgurgan.
2. Bizda uy vazifalarini ko'p berishadi. Hatto o'z sohamizga tegishli bo'lmagan fanlardan ham qattiq talablar qo'yishadi.
3. Bizda ba'zi fanlardan mutaxassis o'qituvchilar yetishmayapti. Ular avval bo'lgan, lekin ko'pchiligi chet elga ketib qolishgan.
4. Bizda hayfsan olish juda oson. Oxirgi paytda "ochisleniya" bo'lish ham juda oson bo'lib qoldi.


10. Savol: Eng katta islomiy va eng katta dunyoviy orzuyingiz?

Javob: Eng katta islomiy orzuim: "Alloh o'zi to'g'ri yo'ldan adashtirmasin". Hayotda har narsa ham bo'lishi mumkin, lekin eng muhimi to'g'ri yo'ldan, hidoyatdan uzoqlashmaslik deb o'ylayman. Hayrulla Hamidovning "Xolislik sari" dasturida bir rivoyat bor edi. Unda bir avliyo, olim, umrini Alloh yo'lida toat-ibodatda o'tkazgan kishining qanday qilib Allohning rahmatidan ajrab qolganligi haqida hikoya qilinadi. Shunisidan juda qo'rqaman. Shuncha toat-ibodat qilib, oxirida botilga yuz tutib ketganlar ko'p.

Shu o'rinda Ahror Usmonovning "Ikki ko'z" deb nomlangan qo'shig'idan parcha keltirsam: "Avvaling xor bo'lsa bo'lsin, oxiring xor bo'lmasin". Alloh barchamizning hayotimizning buguni va oxirini o'ziga qullikda sobitqadam bo'lishimizda va to'g'ri yo'ldan adashmasligimizni O'zi nasib aylasin. Omiyn.

Ikkinchi savolingizga kelsam. Hayotda eng katta dunyoviy orzuim o'zimning sohamda yetuk, mamlakatimiz ravnaqi va Islom rivoji uchun yaxshi mutaxassis bo'lib yetishish. Ya'ni, men kuchli iqtisodchi bo'lmoqchiman. Men orzu qiladigan narsa men ish qidirib emas, ish o'zi meni qidirib yurishini orzu qilaman. Aytmoqchi bo'lganim, sizga va sizning ilmiy salohiyatingizga talab bo'lsin. Shu bilan birga o'zimning Biznesim bo'lishini ham orzu qilaman.

P.S. Yana qo'shimcha ravishda katta kutubxonam bo'lishini doim orzu qilganman.  :)

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 09:43:26

11. Savol: Tanqidga munosabatingiz? Hayotingiz davomida eng esda qolgan tanqid (o’zingizga nisbatan)?

Javob: Tanqidni ilk marta eshitganimda bir seskanib tushaman. Keyin esa o'zimni bosib olib, tanqidni to'g'ri tushunishga  harakat qilaman. Ko'p hollarda tanqiddan to'g'ri xulosa chiqarishga harakat qilamn-u, ammo osha yomon xislatimni yo'qota olgan paytlarim kam bo'ladi.

Meni yon atrofimdagilar menga nisbatan eng ko'p ishlatadigan tanqidi: "Sen juda maqtanchoqsan" deyishadi.  :) Bu narsani o'zim ham tan olaman. Men darslarda hech kim bilmagan biror narsani aytsam yoki shunga o'xshash holatlarda oz-moz  :D maqtanib ham qo'yaman. Bunday holatlarda, odatda "Meni bilasizlar-u!" ni ko'p ishlataman. Yana o'zim his qiladigan bir narsa men ko'proq bu gaplarni hazil aralash gapiraman. (Yana maqtanib qo'ydimmi?)


12. Savol: O’zingizni bahsga moyil deb hisoblaysizmi? Qaysi hollarda bahs qilish behuda? O’zi bahs qilish kerakmi, nechog’lik foydasi bor?

Javob: Juda yaxshi savol! O'zim bahslarga kam qatnashishga harakat qilaman. Ammo qatnashsam, yutishga harakat qilaman. Yutqizib qo'ysam, o'zimni yomon his qilaman. Ba'zan foydasiz bahslar ham bo'lib turadi. Bulardan qochishga o'zimda kuch topa olmayman. Shunday paytlar bo'ladiki, bahsda yutqizgan tomon o'z mag'lubiyatini tan olgisi kelmaydi. Shunday paytlarda menimcha bahsni davom ettirishni hech foydasi yo'q. Yoki bahsning natijasini oldindan ehtimol qilib ko'rsangiz, masalan, siz bahsda yutasiz ammo raqib buni tan olmaydi, shunda ham bahsning unchalik foydasi yo'q deb o'ylayman.

Umuman olganda bahsni kamroq qilish kerak. Payg'abarimiz  :sw: "Sizdan avvalgi qavmlar uch narsa tufayli halokatga uchradilar: ko'p yeganliklari, ko'p uxlaganliklari va ko'p gapirganliklari uchun". (Sahih hadis, ammo kim rivoyat qilganini eslay olmayman).

Bundan tashqari ham ko'p hollarda Payg'ambarimiz  :sw: tilga ehtiyot bo'lishini bizlarga buyurganlar.


13. Savol: Siz forumda tanqidga munosib deb hisoblaydigan 5 ta user(ka) va tanqid sababi?

Javob: Hozircha, menimcha birovni tanqid qilishga haqqim yo'q. Birgina tanqid qila oladigan user bbu Abdulloh. Yaxshiyam, Savob uchun tender bor ekan. Bo'lmasa, hali ham Newbie bo'lib yurarmidi, bu user  ;)


14. Savol: Hozirda ilmlik kishilardan ham, ilmsiz kishilardan ham, biror ishga kirishsak, bu ishingiz hozirgi zamonga to'g'ri kelmaydi. Hozirda sahobiylar va sahobiya ayollar yo'q(yo'qligiga to'la holda qo'shilaman), ularga o'xsholmaymiz ham, degan gaplarni eshitamiz. Shaxsan menga bu gap juda og'ir botadi. Biz ulardek bo'lolmaymiz, lekin bo'lolmas ekanmiz deb turishimiz to'g'rimikin. Ularni dengiz deb qiyos qilsak, shu dengizdani bir tomchisi bo'lishga harakat qilishimiz va shunga erishishimiz uchun nimalar qilishimiz lozim, deb o'ylaysiz.
(Bunga boshqa ishtirokchilarimiz ham javob berishlari mumkin)

Javob: To'g'risini aytsam, savolingizga javob berish men uchun juda qiyin. O'z bilganlarim va malakamdan kelib chiqib javob berishga harakat qilaman.

Hammamizga ma'lumki, islom yangi paydo bo'lgan vaqtda butun Arabiston (Hijoz o'lkasi)da hammayoqda xurofot, butlarga sig'inish, jaholat avj olgan edi. Bunday davrda ularga yangi dinni tushuntirish, bu dinning foydalarini tushintirish, bu dinning - Allohning haq dini ekanligini tushintirish Payg'ambarimiz sallollahu alayhi vasallam va ilk sahobalar raziyallohu anhumlarga juda mashaqqatli kechgan. Yana bir narsa ma'lumki, bu davrning odamlari ham Allohning irodasi bilan o'sha zamonga mos qilib yaratilgan. Hazrat Bilol R.A ning azob chekkanda ham "Ya Ahad" kalimasi og'zidan tushmasligi, Hazrat Abu Bakr Siddiq R.A ning hech kimda uchramaydigan o'ziga xos sodiqligi, Hazrati Umar R.A ning odilligi va yana bir qancha omillarni keltirish mumkin. U paytda islomning yangi qonun-qoidalari, shariati sahobalarga tushintirilganda ular bir og'iz ham so'z aytmay bo'yinsunishgan. Sharob haqida oyati-karima tushganda sahobalar buni eshitoboq uylaridagi sharob to'ldirilgan bochkalarni sindirib tashlashganligi hammaizga ma'lum va mashhur. Ular hatto bir qultum ichib olay, bu so'nggisi bo'ladi deyishni hayoliga ham keltirmaganlar. Alloh ulardan rozi bo'lsin. Bunday misollardan cheksiz adadda keltirish mumkin.

Endi o'zimizning zamonimizni olib qaraylik. Birorta islom ulamosi yangi narsa haqida Qur'oni Karim yoki Hadisi sharif yoki Qiyos asosida fatvo chiqarsa biz musulmonlar (hamda musulmonchilikka da'vo qiluvchilar) bundan avvalo o'zimizga foyda tarafini o'ylaymiz. Agar bu fatvo yoki ijmo bizning zararimizga yuradigan bo'lsa, hatto o'zimizni bilmaganlikka ham olamiz. Bu qanday daxshat. Bu hodisalar o'zimda ham kechganligini tan olaman. Beayb parvardigor deydilar. Qalb muolajasiga bir necha marta urinib ko'rdim, ruhiy tarbiyamni yaxshilashga ancha ter to'kdim. Baribir ba'zi hollarda nafs qurgur o'zining ustunligini qilmoqda. Mana shunday gaplar...

Men bu gaplarim bilan biz hech qachon sahobalarga o'xshay olmaymiz demoqchi emasman. Aslini olganda ham shunday, menimcha hozirgi kunda kamdan-kam inson bu da'vo bilan chiqishi mumkin. Lekin bizning qo'limizdan keladigan narsa shuki, Payg'ambarimizning, sahobalarning ibratli hayotidan o'git olib, ularni hayotimizga tadbiq qilish va bunga intilish. Amallar niyatga bog'liq deydilar. Shunday ekan, biz chekinmasdan harakat qilishimiz va doimo Allohga duo qilishimiz, savob umidida bo'lishimiz darkor deb o'ylayman. "Islom g'ariblikdan chiqdi, yana g'ariblikka boradi" mazmundagi hadisi-sharifni eshtiganman. Bu ko'rinib turgan haqiqat, albatta. Alloh barchamizning qilgan kichik va katta, ochiq va maxfiy gunohlarimizni o'zi kechirsin, qilgan tavbalarimizni, duolarimizni va ibodatlarimizni qabul aylasin. O'zi bizlarga Asri saodatdagidek saodatga erishishimizni nasib aylagan bo'lsin. Omin.


15. Savol: Siz guvohi bo'lgan eng ibratli yoki hayratlanarli to'y qanday bo'lgan edi?

Javob: Hali bunaqasi bo'lgani yo'q. Men ko'rgan to'ylarning ko'pchiligida Hojiboy Tojiboev rahmatlik aytganlaridek "urush" albatta bo'lardi.

Qayd etilgan