6. Savol: Sizlar hali talabasizlar.Aytingchi kom va int olamida yahshi va yomon ishlar juda ko'p. Shunday ekan kom va intga sarflayotgan vaqtlaringiz sizlarni o'qishdan va yana hayotda biror kasbni ushlashdan to'smaydimi? Ota onalaringiz int olamida qanday ishlar bilan band ekanligingizni kuzatadilarmi?
Javob: Hozir men ota-onamdan olisda tahsil olmoqdaman. Internet masalasiga kelsak, men ko'pincha universitetda dars tugaganidan so'ng kiraman. Chunki bu vaqtda albatta ozgina dam olish zarur. Shuning uchun netga o'qishdan so'ng, ko'pincha soat 4 yoki 5 larda. Ota-ona nazoratiga kelsam, Allohga shukrlar bo'lsin ular menga yoshlikdan Allohni tanitgan. Qolaversa ular menga ishonishadi, o'z navbatida men ham bu ishinchni oqlashga harakat qilaman. Maqtanishmasu, lekin yoshligimdan mustaqil hayotga moslashib kelganman,(2-sinfdan boshlab uzoqda o'qiganman) menga ota-onam kerakli maslahatlar va muhimi o'z duolari bilan ko'mak beradilar. Shuning uchun doimo ularni o'zim bilan birga deb his qilaman va har bir qadamimni o'ylab bosishga harakat qilaman.
7. Savol: Meni bilishimcha siz hali yoshsiz, lekin sizning postlaringizni o'qib juda ilmli, aqlli va salohiyat egasi ekanligingizni fahmladim. (Bu maqtov emas) Sizni bu holatda keng va to'g'ri fikrlashingizga kimning tarbiyasi ko'proq foyda bergan?
Ota-onangizmi, ustozlaringizmi yoki o'zingiz o'qigan kitoblar va birodarlaringizmi?
Javob: Avvalambor, ota-onamni hidoyatga boshlagan Alloh taologa cheksiz shukronalar va hamd aytaman. Mening o'ylashimcha, agar ota-onam (ayniqsa, dadamlar) o'z vaqtida g'aflat uyqusidan uyg'onib, yolg'iz Allohni tanimaganida, men ham ana shu g'aflatda yurganlar safida bo'lishim hech gap emas bo'lardi. Alloh avvalambor dadamlarni keyin esa onamlarni hidoyatga boshlagan. Chunki, hidoyat - yolg'iz Allohdandir. Yoshligimdan ota-onam menga Allohni tanitgan, islomni o'rgatgan (Alloh o'zi u kishilarning umrlarini uzoq qilsin). Qush inida ko'rganini qiladi, deganlaridek, men ham u kishilarning ortidan ketmoqdaman.
Bundan tashqari bobomlarning ham xizmatlari katta (U kishini Alloh o'z rahmatiga olgan bo'lsin). Shu o'rinda maktabdagi ustozlarni ham eslash maqsadga muvofiq deb o'ylayman. Ular bizga ilm berganlar, tafakkurga chorlaganlar.
Men kitob o'qishni juda yoqtiraman. (Yoshligimda "Go'ro'g'li" turkumini sevib o'qirdim). Shu o'qigan kitoblarim, ayniqsa insonni o'ylshga, tafakkur qilishga chorlaydiganlari tarbiyamga katta hissa qo'shgan deb o'ylayman. (Adashmasam, islom olamiga oid eng birinchi o'qigan kitobim "Nur ul-yaqiyn"). Va hozirgi kunda men uchun sevimli bo'lgan Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining kitoblari va diniy-ma'rifiy dasturlari menga juda katta yordam bermoqda.
8. Savol: Tasavvur qiling. Sizni yolg'onchilikda ayblashyapti (Alloh saqlasin!). Lekin siz ular qilaypotgan tuhmatdan xolisiz. Lekin chalg'ituvchi argumentlar sizning zararingizga xizmat qilayapti. Yoshingiz kichik bo'lgani sabablimi yoxud boshqa vaj bilanmi, aybsizligingizni isbotlash behuda ketayapti. Tezroq bu masalani hal qilmasangiz sizning zararingizga ko'p ishlar bo'lishi mumkin.
Shunaqa holatdan qanday chiqasiz?
Javob: Huddi shunga o'xshash voqea yaqinda sodir bo'ldi. Avval ham bunday holat bo'lgan bo'lishi mumkin, lekin eslay olmayman.
Shu desangiz, qaysidir kuni 3-4 para Ingliz tili darsi edi. Biz darsga chiqdik. Ingliz tili guruhimizda 11 ta talaba bor. Darsga chiqsak, o'qituvchi yo'q ekan. Talabalarda shunday holat bo'lsa, tezda darsdan qochishga tushishadi. Kelishib, hammamiz "quyon" bo'ldik. Biz kelishgan edikki, hech kim o'qituvchini kutmasligi kerak. Hamma birin ketin tarqala boshladi. Men ham zalda ketayotgan edim Ingliz tili kafedrasi mudiri meni chaqirdi va u menga bir hujjatni kompyuterda terib berishimni aytdi. U kishiga kompyuterda tez yozishimni o'rtoqlarim aytishgan ekan. Shunday qilib, men u kishining ishini bajardim va kafedra mudir ingliz tili o'qituvchimiz kelganda meni o'zi darsdan ozod qilganligini aytibdi. Shu sababli menga "nb" tushmagan.
Keyin bilsam, o'sha kuni birozdan so'ng o'qituvchimiz darsga kelgan ekan va xonada 2-3 ta talaba o'tirganini ko'rib, qolgan (darsdan qochgan talabalarga) katta "nb" qo'yibdilar.
Keyin bir o'rtog'im aytdiki, guruhdagi ba'zi talabalar: "O'zi bizlarni ketkizib yuborib, darsga kiribti-da" deyishibdi. Chunki menga "nb" tushmagan edi-da. Men ozmuncha asabiylashdim. Ularga tushintirishga harakat qildim. Ba'zilari tushundi, ba'zilari yo'q. Lekin Allohga shukr, ikki kundan so'ng yana ingliz tili darsi bo'ldi va kafedra mudir meni yana darsdan ozod qildi. Hamma narsa a'yon bo'ldi.
Bundan xulosa qilib aytishim mumkinki, agar shunday holatga tushsam, avvalo haqiqatni anglatishga harakat qilaman. Agar bu o'z samarasini bermasa, Allohga tavakkal qilaman.
9. Savol: O'qishingizdagi muhitning sizga salbiy va ijobiy ta'siri qanday bo'lmoqda?
Javob: O'qish joyimdagi ijobiy muhitni quyidagilarda ko'raman:
1. Bizda tartibga juda katta e'tibor berishadi.
2. Bizda men bilishimcha domlalar baho uchun pul olishmaydi (garchi YURIST ishonmasa ham
3. Bizda ko'pchilik domlalar talabni qattiq qo'yadi.
4. Bizda talabalar o'rtasida ham o'ziga xos raqobat bor. Bu esa o'z navbatida rovojlanishga olib keladi.
5. Bizda yuqori texnologiyadan samarali foydalanishadi (bu narsa hozirda ko'pchilik universitet va institutlarda yo'lga qo'yilmoqda).
6. Bizda ikkinchi chet tilini yaxshi o'qitishadi (jumladan, arab, xitoy, yapon, ispan, fransuz, italyan, nemis, koreys kabi tillar).
7. Bizda BMT ning Rivojlanish dasturi - UNDP ning Inson rivojlanishi - Human Development bo'yicha resurs markazi o'z ishini boshlagan. Bu markazdan o'zingizni qiziqtirgan ko'plab savollarga javob olishingiz mumkin. Uning kutubxonasi ham bor.
8. Bizda talabalar mayda guruhlarga (ba'zan 14 tadan, ba'zan 8-9 tadan) bo'lib o'qitiladi. Bu esa samaradorlikni oshiradi.
9. Bizda begonalarni ichkariga kiritishmaydi (ayniqsa, o'rtoqlarimiz bizni ko'rgani kelishsa, tashqarida turib gaplashamiz. Agar biz ularning o'qishlariga borsa, bemalol yotoqxonasiga kira olamiz
)
10. Bizda formada yurish majburiy. Hamma galstuk taqadi.
Xullas, sanasam ijobiy tomonlari juda ko'p. Buning uchun Universitetimiz ma'muriyatiga katta rahmat aytaman. Lekin o'z o'rnida men sezgan salbiy tomonlari ham bor:
1. Bizda darslar ertalab 9:00 da boshlanadi. Bu esa ko'pchilikda uyquchilik kasalligini paydo qilishga ulgurgan.
2. Bizda uy vazifalarini ko'p berishadi. Hatto o'z sohamizga tegishli bo'lmagan fanlardan ham qattiq talablar qo'yishadi.
3. Bizda ba'zi fanlardan mutaxassis o'qituvchilar yetishmayapti. Ular avval bo'lgan, lekin ko'pchiligi chet elga ketib qolishgan.
4. Bizda hayfsan olish juda oson. Oxirgi paytda "ochisleniya" bo'lish ham juda oson bo'lib qoldi.
10. Savol: Eng katta islomiy va eng katta dunyoviy orzuyingiz?
Javob: Eng katta islomiy orzuim: "Alloh o'zi to'g'ri yo'ldan adashtirmasin". Hayotda har narsa ham bo'lishi mumkin, lekin eng muhimi to'g'ri yo'ldan, hidoyatdan uzoqlashmaslik deb o'ylayman. Hayrulla Hamidovning "Xolislik sari" dasturida bir rivoyat bor edi. Unda bir avliyo, olim, umrini Alloh yo'lida toat-ibodatda o'tkazgan kishining qanday qilib Allohning rahmatidan ajrab qolganligi haqida hikoya qilinadi. Shunisidan juda qo'rqaman. Shuncha toat-ibodat qilib, oxirida botilga yuz tutib ketganlar ko'p.
Shu o'rinda Ahror Usmonovning "Ikki ko'z" deb nomlangan qo'shig'idan parcha keltirsam: "Avvaling xor bo'lsa bo'lsin, oxiring xor bo'lmasin". Alloh barchamizning hayotimizning buguni va oxirini o'ziga qullikda sobitqadam bo'lishimizda va to'g'ri yo'ldan adashmasligimizni O'zi nasib aylasin. Omiyn.
Ikkinchi savolingizga kelsam. Hayotda eng katta dunyoviy orzuim o'zimning sohamda yetuk, mamlakatimiz ravnaqi va Islom rivoji uchun yaxshi mutaxassis bo'lib yetishish. Ya'ni, men kuchli iqtisodchi bo'lmoqchiman. Men orzu qiladigan narsa men ish qidirib emas, ish o'zi meni qidirib yurishini orzu qilaman. Aytmoqchi bo'lganim, sizga va sizning ilmiy salohiyatingizga talab bo'lsin. Shu bilan birga o'zimning Biznesim bo'lishini ham orzu qilaman.
P.S. Yana qo'shimcha ravishda katta kutubxonam bo'lishini doim orzu qilganman.