26. Savol: Int va forum orqalik munosabat va muomala sizga nima beradi.Forum sabab ilm olaman degan tushunchaga ko'p uchrayman sizning bu iboraga fikringiz?
Javob: Forum orqali "turli" doiradagi insonlarni ko'ra boshladim .Ularga bir xilda muomala qilish o'ta qiyin bo'lmoqda.Odamlarni farqlay boshlayapman,opajon.Man uchun dunyoda yomon inson bo'lishi mumkin emas edi.Man uchun hayolimda hamma yaxshi edi.Afsus xom-hayollarim allaqachonlar meni tashlab ketishdi.Bu nafaqat hayotda balki forumda ham o'z asini topdi.Ko'p narsa o'rganyapman buni tan olishim kere,hatto yo'q narsalar orttirib olyapman o'zimga,ya'ni tortishishni,bu manga yot narsa edi
.Shunday hollarda hay-hay Muhseena deb qo'ysela hursand bo'lardim.Boshqa to'polon qimiman,inshaAlloh,agar majbur bo'pqomasam.Ilmim menimcha oshib borvotti,wallohu a'lam.Va buning uchun Allohga hamd aytaman.Asosiysi sabrli bo'lishni va Har ishda O'ziga tavakkul qilishni o'rganyapman.
27. Savol: Бола бслса - шсх бслсин, деган гап бор. Ашлигингиздаги қилган қайси шсхлиг(лар)ингизни ҳалигача сслаб юрасиз? Ўшанда қандай воқеа юз берган сди?
Javob: Bolaligimni eslasam haliyam kulgim keladi,eng esda qolar gap yoshligimdan mani ko;pchilik o'g'il bola deyishardi,astag'firulloh,rosa sho'x bo'lganmanda
.
Buvimlani hech tinch qo'ymasdim,o'liklar haqida,qabr haqida so'rayverardim.Insonni qanday kafanlanishi,buvamlarning vafotini so'rayverardim.Axiri buvim sen yosh bo'la turib boshqa narsani so'rasang bo'lmaydimi,hech qaysi nabiram bu haqida senchalik so'ramaydiya deb urishib bergandilar.Chunki har safar kelganlarida shuni so'rardimda.
***
8 sinf edim.Ukamni maktabdan olib ketayotganimda man tengi qizlar orqamdan kelib gap otishgan.Yaxshi qiz soatiz nechi bo'ldi? deb.Qiz bolaning orqadan gapirishi jahlimmi chiqarib yubordimi bilmadim,indamay oldiga borib,sumkam bilan tushirib qolganman
***
Bolaligimda singlim bo'lishini orzu qilardim.Bir kuni mahallamizg kichkina qiz adashib kelib qolibdi.Uni ko'rib hursand bo'lganimda do'stlashib,uyimga olib kiraman,meniyam singlim bor deb hursand bo'lib o'ynagan edim.1 soat o'tmay onasi qidirib topib kelgan.O'shanda yana hafa bo'lganman.Singlim bo'lmas ekanda deb
28. Savol: Сснгги 10-15 кун ичида ушбу мавзуда берилган жавоблар ичида сизга снг маъқул келганлари қайсилар бслди?
Javob: Avvalo Barchamizni hidoyat yo'llariga boshlagan Allohga hamdlar bo'lsin.Naqadar baxtli insonlarmiz,alhamdulillah.Siz bergan savollarga berilgan javoblarning hammasi shunday go'zal ediki,ilohim mana shunday insonlarni safi ko'paysin,deb duo qildim va Allohdan so'raymanki,bergan javoblarimizga yarasha qilayotgan amallarimizni riyosiz qabul qilsin.Hammamizni Jannat sarhadlarida shod-hurramlikda jamlashini nasib qilsin.Hamma javoblar ham yoqdi,ammo sanab o'tishni lozim topganim:
1.Shokirbek akaning qabr haqidagi aytgan gaplari tasir qildi.O'lim hayol emas,haqiqatdir deganlaridek,bir kunmas bir kun hammamiz o'sha xonaga kirajakmiz.Qiziq mani u yerda nimala kutmoqda...Juda ko'p o'ylanaman.
2.AbdulAziz akaning qanday o'limni orzu qilganliklarini o'ylab hayratlandim.
3.Salmon Forsiyning kichkina aravakash bola haqidagi hikoyalaridan tasirlandi va insonni qabrga qo'yish haqidagi fikrlari yoqdi.
4.Mahdiyahning uchrashuv haqidagi savollari ham yoqdi.
5.Ulug'bek 75 akaning O'lim bilan uchrashuv haqidagi fikrlari
6.AbdulAziz akaning yoshlikda do'stlari bilan masjidga kirib,azon o'rniga hammani "baqirib turg'izishganligi"
7.Guli birodarimning go'zal javobi.Aslida u talaba bo'lolmagan bo'lsada,o'qituvchi hozir.Bunga har kim ham erisholmaydi,odamlar diplom bilan ish qidirshadiyu,albatta Alloh hamma ishga Qodir Zot.Ikki dunyo baxtini tilayman.
8.Abdulhafiz-Sukut saqlang uning eng oz foydasi omonlikdir.
Ali ibn Abu Tolib r.a
9.Imlaah opa:Har bir amaldan kim nimani istasa albatta istaganini oladi
10.Va boshqa userlarning javoblari.Yana bir bor hammangizdan Alloh rozi bo'lsin.Ancha narsa o'rgandim...
29. Savol: 1. Sizga qilingan eng yaxshi sovg'a nima bo'lgan?
2. Hech begona kishidan ham sovg'a olganmisiz?
3. "Sovg'ani boshqasiga sovg'a qilib bo'lmaydi", - deydi ruslar. Agar yaqin bir insoningiz sizga qilingan sovg'ani yoqtirib qolsa, unga berarmidingiz?
Javob: 1.Hadya olish,hadya berish eng chiroyli odat.Insonning ko'nglini ko'tarish o'ta savobli ishlardan.Xususan,o'zim ham hadya berish,hadya olishni hush ko'raman.Manga ko'p sovg'a berishgan
,hammasini qadrlayman,Oxirgi martta sovg'ani Siddiqadan oldim.Ilohim,menga bergan sovg'asini Alloh o'ziga o'n martta ko'paytirib qaytarsin...
2.Kasalxonada yotganimda bir ayol tilla zirak bergan,zirak taqishni yoqtirmasam ham.Uning 4 yoshlik qiziga onam yaxshi qarar ,Allohning Qudrati bilan o'limdan qolishiga sababchi bo'lgan edilar.Zirakni har ko'rganimda o'sha qizchani eslayman.Iroda hozir soppa sog'ayib,maktabga boryapti deb eshitdim.
3.Ruslar o'zi egoist bo'lishadida,hamma narsa o'zlariga bo'lsa bo'lgani.Payg'ambar s.a.v. juda ko'p fazilatli ishlarni meros qoldirganlar,man aynan sovg'ani sovg'a qilish odatini juda yaxshi ko'raman.Eng yaxshi sovg'a kitob deyishganidek,ko'p hollarda manga sovg'a qilingan kitoblarni sovg'a qilib yuboraman,kursdoshim Dilnozani yaxshi qiz bo'lishi uchun har qanday qimmatli sovg'amni berishga tayyorman
...Baxil bo'lmaslikka harakat qilaman,Alloh bilguvchi.